Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


www.ziyouz.com kutubxonasi 5-BOB



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/140
Sana05.06.2022
Hajmi10,95 Mb.
#638925
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

92
www.ziyouz.com kutubxonasi


5-BOB
QISHLOQ XO'JALIGINING ASOSIY VA AYLANMA
FONDLARI HAMDA ULARDAN SAMARALl
FOYDALANISH YO‘LLARI
• Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha, 
ularning ahamiyati va turkumlanishi.
• Bozor munosabatlari sharoitida asosiy va aylanma fondlami shakllantirish 
manbalari.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish holati va 
samaradorligini 
tavsiflovchi ko'rsatlcichlar.
• Asosiy va aylanma fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari.
5.1. Qishloq xo‘jaligining asosiy va aylanma fondlari to‘g‘risida tushuncha,
ularning ahamiyati va turkumlanishi.
Qishloq 
xo‘jalik 
korxonalarining 
fondlari 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarida qatnashishiga yoki foydalanilishiga ko‘ra ishlab chiqarish fondlari 
hamda noishlab chiqarish fondlaridan tashkil topadi. Ular ayrim hollarda ishlab 
chiqarish jarayonida bevosita va bilvosita qatnashadiganlarga ham bo‘linadi. 
Masalan, yer, suv, o‘g‘it, urug'lik, yem-xashak, yer haydaydigan, ishlov 
beradigan traktorlar qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirishda bevosita 
qatnashadi. Chunlci ular mahsulot yetishtirish hajmiga, sifatiga bevosita ta'sir 
etadi. Xo‘jaliklaming ma'muriy, madaniy va boshqa binolari, omborxonalar, 
xizmat ko‘rsatuvchi texnikalar, kompyuterlar va boshqa 
vositalar 
ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot hajmiga, ulaming sifatiga bilvosita ta'sir etadi. Lelcin 
ulaming mahsulotlami ishlab chiqarishdagi umumiy ahamiyatini inkor etib 
bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlari iqtisodiy mohiyatiga, 
ya’ni shakllantirilishi, mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish jarayonida 
qatnashishiga lco'ra, asosiy hamda aylanma fondlarga bo‘linadi. Ulaming 
natural holdagi ko‘rinishi asosiy va aylanma vositalar deb ataladi.
Asosiy va aylamna fondlar mahsulot ishlab chiqarib, qishloq 
xo'jaligini rivojlantirishda juda lcatta ahamiyat kasb etadi. Chunlci ularsiz 
talabni qondiradigan miqdorda, sifatli mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas. 
Ulardan oqilona foydalanish natijasida mehnat va mablag1 xarajatlari tejaladi. 
Demak, asosiy va aylanma fondlardan oqilona va samarali foydalanish tufayli
93
www.ziyouz.com kutubxonasi


qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti rivojlanadi. Natijada aholining ijtimoiy-iqtisodiy 
ahvoli yaxshilanadi. Shuning uchun bunday vositalami yaratishga, qurishga, 
ta'mirlashga, ulardan yaxshi foydalanishga hukumatimiz alohida e'tibor berib 
kelmoqda.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish fondlarining katta qismini asosiy 
fondlar tashkil etadi. Ularga qishloq xo‘jaligida qatnashadigan barcha mehnat 
vositalari kiradi. Ular qishloq xo'jalik korxonalarining doimiy kapitalini tashkil 
etadi.
Asosiy fondlar iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra, qishloq xo'jalik ishlab 
chiqarish jarayonida bir yildan ko‘p muddat davomida qatnashib, qiymatini 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, bajarilayotgan xizmatlarga yillar 
davomida qisman o‘tkazib boradi. Ularga qishloq xo‘jalik yerlari, mashinalar, 
traktorlar, binolar, inshootlar, transport vositalari, qurilmalar, mexanizmlar, 
ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar 
kiradi.
Qishloq xo‘jaligidagi asosiy fondlaming turkumlanishi 5.1-chizmada 
keltirilgan.
Funksional vazifasiga qarab asosiy fondlar 
ishlab chiqarish va 
noishlab chiqarish vositalariga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish asosiy fondlariga bevosita moddiy ishlab chiqarish 
sohasida qatnashadigan asosiy vositalar, noishlab chiqarish asosiy fondlariga 
esa xo'jalikning klublari, madaniyat saroylari, maktablar, sog‘likni saqlash 
idoralari, bolalar bog‘chasi, hammom, ombor va hokazolaming asosiy fondlari 
kiradi. Ular mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishda katta rol o'ynaydi.
Asosiy fondlaming alohida turlari qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida 
bir xilda ishtirok etmaydi. Ulardan ba’zilari ishlab chiqarish bilan to‘g‘ridan- 
to‘g‘ri bogiangan va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ko‘paytirishda asosiy omil 
hisoblanadi. Ularga traktorlar, kombaynlar, transport vositalari, qishloq 
xo‘jaligi mashinalari, texnikalari va hokazolar kiradi. Boshqa asosiy fondlar 
qurilish, savdo va qishloq xo‘jalik korxonalaridagi umumiy ovqatlanishga va 
boshqalarga yo'naltirilgan vositalardir. Shuning uchun asosiy fondlar qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita qatnashuvchi va qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishida qatnashmaydiganlarga bo‘linadi.
Qishloq xo‘jaligining asosiy fondlari tarmoq xususiyati bo‘yicha 
dehqonchilikka oid, chorvachilikka oid va umumiy fondlarga boiinadi. Bundan 
tashqari qishloq xo'jaligida tor doirada foydalaniladigan asosiy fondlar borki, 
ulardan faqatgina bir mahsulotni ishlab chiqarishda foydalaniladi. Masalan, don 
kombaynlari, paxta teruvchi mashinalar, sut sog‘ish apparatlari va hokazo.
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qishloq xo‘jaligi asosiy fondlarining turkum lanishi
5.1-chizma.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tarmoqda mahsulot ishlab chiqarish jarayonida qishloq xo'jaligi ishlab 
chiqarishida bevosita qatnashuvchi fondlar muhim ahamiyatga ega, chunki ular 
asosiy ishlab chiqarish fondlarining 80 foizga yaqinini tashkil qiladi. Bu 
fondlarga quyidagilar kiradi:
• qishloq xo‘jaligi yerlari;
• binolar va inshootlar;
• traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikalari;
• mashina va mexanizmlar;
• transport vositalari;
• ishlab chiqarish va xo'jalik inventarlari;
• mahsuldor va ishchi hayvonlar;
• ko‘p yillik mevali daraxtlar;
• yerlarning meliorativ holatini yaxshilash uchun qilingan xarajatlar;
• asbob-uskunalar va boshqa shu kabilar.
Asosiy fondlar ishlab chiqarishning so‘nggi natijalariga bir xilda ta'sir 
etmaydilar. Shuning uchun ular aktiv va passiv fondlarga ajratiladi. Aktiv 
fondlarga ishlab chiqarish jarayonida faol 
qatnashadigan traktorlar, 
kombaynlar, avtomobillar, qishloq xo‘jaligi texnikalari, transport vositalari, 
mahsulotlarni realizatsiya qilishda ishtirok etadigan vositalar va boshqalar 
kiradi. 
Passiv fondlarga esa qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida bevosita 
qatnashmaydigan binolar, inshootlar, melioratsiya obyektlari kiradi. Barcha 
asosiy vositalardan yil davomida toTiq foydalanishga harakat qilish kerak.
Qishloq xo‘jalik korxonasidagi asosiy fondlaraing tarkibi o'zining 
moddiy xarakteriga va ishlab chiqarish jarayonida bajaradigan vazifasiga qarab 
quyidagi guruhlarga boTinadi:
a) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi asosiy fondlari (imorat, inshootlar, 
traktorlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va mexanizmlar, mahsuldor 
hayvonlar, ko‘p yillik mevali daraxtlar va boshqalar);
b) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga bogTiq bo‘lmagan asosiy fondlar 
(sanoat ishlab chiqarishi vositalari, qurilish tashkiloti vositalari, savdo va 
umumiy ovqatlanish shaxobchasi vositalari va boshqalar);
d) noishlab chiqarish asosiy fondlari (uy-joy kommunal xo'jaligi, 
tibbiyot muassasalari, bolalar bog‘chasi, klublar, istirohat bogTari, maishiy 
xizmat ko‘rsatish shaxobchalari va boshqa shu kabilaming vositalari).
Asosiy vositalardan yillar davomida foydalanilishi natijasida jismoniy 
jihatdan eskiradi. Fan-texnika taraqqiyoti natijasida yangi, zamonaviy 
texnikalaming yaratilishi, takomillashtirilishi tufayli ular ma'naviy jihatdan 
ham eskiradi.
Asosiy vositalaming eskirishini ulaming amaldagi eskirish me'yorlari 
yordamida aniqlash mumkin. Ulaming eskirish qiymati amortizatsiya sutnmasi 
deb ataladi. Asosiy vositalaming eskirishini belgilab beravchi amortizatsiya
96
www.ziyouz.com kutubxonasi


me’yori asosida ulaming eskirish summasi 
aniqlanadi:

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish