Avariya (havfsizlik va evakuasiya yoritish),
qo’riqlash va navbatchi yoritish
4.60. Avariya yoritishi havfsizlik va evakuasiya yoritishiga bo’linadi.
4.61. Havfsizlik yoritishini quyidagi hollarda, agar ishchi yoritishni va u bilan bog’liq bo’lgan jihozlar va mexanizmlarga xizmat ko’rsatishining izdan chiqishi quyidagilarga:
portlash, yong’in, odamlarning zaharlanishiga;
texnologik jarayonning uzoq muddat buzilishiga;
elektr stansiyalari, radio- va televizion eshittirish va aloqa, dispetcherlik punktlari, suv ta’minoti, ishlab chiqarish xonalari uchun, qayerda ishlar to’xtatilishiga ruxsat etilmaydi va h. k., ventilyasiya va havoni kondisiyalashni o’rnatish obyektlarining ishini buzilishiga;
bolalar soniga bog’liq bo’lmagan bolalar muassasalari rejimining buzilishiga olib kelsa...
... ko’zda tutish lozim.
4.62. Binodan tashqarida ishlar bajariladigan yerlarda yoki xonalarda evakuasiya yoritishini:
odamlar o’tishi uchun havfli bo’lgan joylarda;
evakuasiya qilinadiganlarning soni 50 kishi dan ortiq bo’lganda, odamlarni evakuasiya qilish uchun xizmat qiladigan o’tish joylarda va zinalarda;
50 kishidan ortiq ishlovchilar bo’lgan ishlab chiqarish xonalarining asosiy o’tish joylarida;
balandligi 6 qavat va ortiq bo’lgan turar joy uylarining zinapoya kataklarida;
normal yoritishni avariyali uchirishda ishlab chiqarish jihozlarining ishi davom etishi natijasida travmatizm havfi bilan bog’liq bo’lgan, odamlar doimo ishlaydigan ishlab chiqarish xonalarida;
agar xonalarda bir vaqtning o’zida 100 kishidan ortiq odam bo’lishi imkoniyatiga ega bo’ladigan ishlab chiqarish korxonalarining jamoat binolari va yordamchi binolari xonalarida;
tabiiy yorug’lik bo’lmagan ishlab chiqarish xonalarida...
...ko’zda tutish lozim.
4.63. Havfsizlik yoritishini, ishlab chiqarish xonalari ishchi yuzalarida va ishchi yoritish o’chirilgan vaqtda yoritilganlikdan 5% mikdorda kichik yoritilganlikni xizmat qilishga talab etadigan korxonalar hududida yoritishdan ichki yoritish uchun me’yorlanadigan, ammo binolar ichida kamida 2 lk va kamida 1 lk korxonalar hududlari uchun tashkil etish shart. Bunda binolar ichida razryad lampalarda 30 lk dan ortiq va cho’g’lanish lapmalarida 10 lk dan ortiq bo’lmagan eng kam* yoritilganlikni tashkil etishga tegishlicha asoslanganda ruxsat etiladi.
Evakuasiya yoritishi asosiy o’tishlarning polida (yoki yerning) va zinalar pog’onalarida: xonalarda 0,5 lk, ochiq territoriyalarda 0,2 lk bo’lgan eng kichik yoritilganlikni ta’minlash shart.
Evakuasiya o’tishlari o’qi bo’ylab evakuasiya yoritishining notekisligi (maksimal yoritilganlikning minimalga nisbati) ko’pida 40:1 bo’lishi shart.
Xonalarda havfsizlik yoritishining yoritgichlari evakuasiya yoritishi uchun qo’llanishi mumkin.
4.64. Avariya yoritish uchun (havfsizlik za evakuasiya yoritishi) quyidagilarni:
a) cho’g’lanish lampalarini;
b) xonalarda havoning minimal harorati kamida 5°S va kuchlanishning nominaldan 90 % dan past bo’lmagan barcha rejimlarida lampalar ta’minoti shartida lyuminessent lampalarini;
v) yuqori bosimli razryad lampalarini, ularni bir zumda yoki tezkor qayta yoqish xuddi taminlash kuchlanishini qisqa vaqtga o’chirishdan so’ng issiq holati kabi, shuningdek sovuq holatda bo’lishi shartida ...
... qo’llash lozim.
4.65. Korxonalarning jamoat va yordamchi binolaridagi xonalardan chiqishlar, qayerda bir vaqtda 100 kishidan ortiq odam bo’lishi, shuningdek, tabiiy yorug’likka ega bo’lmagan ishlab chiqarish xonalarida. qayerda bir vaqtning o’zida 50 kishidan ortiq odam bo’ladigan yoki 150 m ortiq maydonga ega chiqishlar ko’rsatgichlari bilan belgilanishi shart.
Chiqishlar ko’rsatgichlari, avariya yoritishi tarmog’iga ulangan, ularning yorug’lik manbasi devor orasiga o’rnatilgan yorug’likli va chiqishlar (yozuv, belgi va h. k.) belgilanishi avariya yoritishining yoritgichlari bilan yortilish sharti bajarilganda, yorug’liksiz bo’lishi mumkin.
Bunda ko’rsatgichlar bir-biridan 25 m masofada, shuningdek, koridorlar burilishlarida o’rnatilishi shart. Qo’shimcha, yuqorida keltirilgan xonalarga yondoshgan koridorlar va rekreasiyalardan chiqishlar ko’rsatgichlar bilan belgilanishi shart.
4.66. Avariya yoritishining yoritgich asboblarini (havfsizlik, evakuasiya yoritishi) iormal yoritishning yoritgich asboblari bilan bir vaqtda yoqiladigan yonib turuvchi va normal yoritish ta’minoti to’xtatilganda, avtomatik ravishda yoqiladigan bo’lsa, yonib turmasligini ko’zda tutishga ruxsat etiladi.
4.67. Ko’riqlash yoritish (qo’riqlashning maxsus texnika vositalari bo’lmaganda) kechasi ko’riqlanadigan hududlar chegarasi bo’ylab ko’zda tutish shart. Yoritilganlik yer sathida gorizontal sirtda kamida 0,5 lk yoki yerdan vertikal sirtning bir tomoni 0,5 m sathda, chegara liniyalariga perpendikulyar holda bo’lishini ko’zda tutish shart.
Maxsus texnika vositalarini qo’riqlash uchun yoritilganlikni qo’llaganda qo’riqlash yoritishni loyihalashga vazifalar bo’yicha qabul qilish lozim.
Ko’riqlash yoritishi uchun, qo’riqlash yoritishi normal yonmaganda qo’riqlash signalizasiyasi yoki boshqa texnika vositalari ta’siridan avtomatik ravishda yoqiladigan hollar, tashqari, istalgan yorug’lik manbaidan foydalanish mumkin. Bunday holda cho’g’lanish lampasi qo’llanishi shart.
4.68. Navbatchi yoritish uchun qo’llanish chegarasi, yoritilganlik kattaligi, bir tekislik va sifatga talablar meyorlanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |