Қурилиш меъёрлари ва қоидалари



Download 5,89 Mb.
bet13/43
Sana13.01.2022
Hajmi5,89 Mb.
#356449
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43


4.31. Shahar joylarda ko’chalar, yo’llar va maydonlar, hiyobon va skverlar, piyodalar ko’chalari va mikrorayonlar hududlarining qatnovga ega bo’lmagan qism qoplamalari darajasidagi o’rtacha gorizontal yoritilganlikni 12-jadvalga muvofiq qabul qilish lozim.

4.32. Tarixiy shaharlarniig asosiy piyodalar ko’chalarida o’rtacha yarim silindrik yoritilganlik kamida 6 lk bo’lishi shart.

4.33. Jamoat binolari hududidagi o’rtacha gorizontal yoritilganlikni 13-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.

4.34. Istirohat bog’lari, stadionlar va ko’rgazmalar hududlarining o’rtacha gorizontal yoritilganligini 14-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.

4.35. Qishloq joylarining ko’chalari, yo’llari, qatnov yo’llari va maydonlari qoplamalari darajasidagi o’rtacha gorizontal yoritilganlikni 15-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.

4.36. Qishloq joylar darajasidagi avtomobil yo’li umumiy tarmoq uchastkalarining yoritilganligini xuddi 11-jadval bo’yicha yoki ushbu me’yorining 4.28 b.ga muvofiq yo’l to’shamasi turiga bog’liq bo’lgan 5 kate-goriyasidagi ko’chalar uchun olingandek qabul qilish lozim.

4.37. Tashqi yoritish loyihalarida yong’inga qarshi suv manbalariga kirish yo’llarini, agar ular ko’chalar va qatnov yo’llarining yoritilmagan qismida joylashgan bo’lsa, yoritishni ko’zda tutish lozim.

Ushbu (podyezd) kirish yo’llarining o’rtacha gorizontal yoritilganligi quyidagicha, lk, bo’lishi shart:

shaharlarda va posyolkalarda 2

qishloq aholi punktlarida 1

A va B kategoriya ko’chalari va yo’llarini tashqi yoritish loyihalarida yoritilmagan uzunligi 100 m bo’lgan yondosh ko’chalar va yo’llar (ushbu ko’chalar va yo’llarni yoritish me’yorlari bo’yicha) uchastkalarini yoritishni ko’zda tutish lozim.

12-jadval


Eslatmalar: 1. Transport harakatining intensivligiga bog’liq bo’lmagan tezligi katta yo’llar qoplamasining o’rtacha ravshanligi shahar chegarasida 1,6 kd/m2 va katta shaharlarning aeroportlari, daryo va dengiz portlariga qatnov yo’llarida 0,8 kd/m2 qabul qilinadi.

2. Barcha kesishuvchi bog’ yo’llarida ikki va undan ortiq darajadagi transport kesishuv chegaralarida qatnov qismi qoplamasining o’rtacha yoritilganligi yoki o’rtacha ravshanligi xuddi ular ichidagi asosiysi kabi, shahar chegarasidagi kirishlar va tarmoqlanishlarda esa – kamida 0,8 kd/m2 yoki 10 lk bo’lishi shart.

Yoritiladigan obyektlar

O’rtacha gorizontal yoritilganlik, lk

1

2

1.Piyodalar uchun asosiy ko’chalar, A va B kategoriyalar maydonlarining qatnov bo’lmagan qismi va zavod oldi maydonlari.

10

2.Piyodalar ko’chalari:




jamoat markazlari chegaralarida

6

boshqa territoriyalarda

4

3.Quyidagi kategoriyalar ko’chalarida qatnov qismidan ajratilgan piyoda yo’llar:




A va B

4

V

2*

4.Barcha kategoriyadagi ko’chalardagi jamoat transportining odamlarni o’tkazish maydonchalari

10

5.Piyodalar ko’prikchalari

10

6.Piyodalar yer osti yo’llari:




kunduzi

100

kechqurun va tunda

50

7.Kechqurun va tunga mo’ljallangan piyodalar yer osti yo’llarining zinapoyalari.

20

8.Quyidagi kategoriyalar ko’chalariga tutashuvchi xiyobon va chkverlarning piyodalar yo’lkalari (11-jadval)




A

6

B

4

V

2

Mikrorayonlar hududlari:




1

2

9.Qatnov yo’llari:




Asosiy

4

Ikkinchi darajali, shu qatori, kirish yo’llari – qatnov yo’llari

2

10.Xo’jalik maydonchalari va axlat yig’gichlar oldidagi maydonchalar

2

11.Harakatlanuvchi o’yinlar uchun jihozlar joylashgan joylardagi bolalar maydonchalari

10

*Me’yor, o’tish va past turdagi qoplamalari bo’lgan B va V kategoriyadagi ko’chalarning qatnov qismiga yondoshgan piyoda yo’llarning yoritilganligiga ham qo’llaniladi.


4.38. Ko’chalarning qatnov qismida joylashgan tramvay yo’llarini yoritish me’yori ko’chalarni yoritish me’yoriga muvofiq bo’lishi shart. Alohida o’rin tutadigan tramvay yo’lining o’rtacha gorizontal yoritilganligi 6 lk bo’lishi shart.

4.39. Uzunligi 60 m dan ortiq bo’lgan shahar transporti yer osti yo’lagi qatnov qismi yo’l to’shamasining o’rtacha gorizontal yoritilganligini kunduzgi rejimda 16-jadval bo’yicha, kechqurun va tungi rejimda esa 50 lk ga teng qabul qilish lozim. Yer osti yo’lagining uzunligi 60 m gacha bo’lganda, yo’l qoplamasining o’rtacha yoritilganligi barcha rejimlarda 50 lk bo’lishi shart.

4.40. Sutkaning qorong’i vaqtida ko’priklar va osma yo’llar tagidagi qatnov yo’llari to’shamasining o’rtacha gorizontal yoritilganligi qatnov yo’lining uzunligi 40 m gacha bo’lganda kamida 30 lk bo’lishi shart, katta uzunliklarda esa 4.39 b.ga muvofiq yer osti yo’laklarini yoritish me’yorlari bo’yicha qabul qilinadi.

4.41. Avtomobillarni saqlash yonilg’i quyish hududlarida o’rtacha gorizontal yoritilganlikni 17-jadval bo’yicha qabul qilish lozim.

4.42. Maksimal yoritilganlikning o’rtachaga nisbati yoritilganlikning o’rtacha me’yorida bo’lishi shart:

6 lk dan ortiq.......ko’pi bilan 3:1;

4 lk dan 6 lk gacha....... – “ – 5:1;

4 lk dan kam....... – “ – 10:1.

4.43. Poytaxtlarda, tarixiy, kurort va port shaharlarida, shuningdek, juda katta va katta shahar quyidagi hollarda:

13-jadval



Yoritiladigan obyektlar

O’rtacha gorizontal yoritilganlik, lk

1

2

Bolalar bog’cha-yaslilari, umumta’lim maktablari va maktab-internatlari, o’quv yurtlari




1. Guruhiy va jismoniy tarbiya maydonchalari

10

2. Dam olish zonalaridagi harakatlanuvchi o’yinlar uchun maydonchalar

10

3. Sanatoriyalar, dam olish uylari bino va maydonchalariga qatnovlar va o’tishlar

4

4. Hududga kirish

6

5. Yotoqxona binolariga, oshxonalarga, kinoteatrlarga va shu kabi binolarga qatnov va o’tish yo’llari

4

6. Istirohat bog’i zonasining markaziy xiyobonlari

4

7. Istirohat bog’i zonasining yon tomon xiyobonlari

2

8. Tinch dam olish va madaniy-ommaviy xizmat ko’rsatish zonasining maydonlari (ommaviy dam olish maydonlari, ochiq estrada oldi maydonchalari va h.k.)

10

9. Stol usti o’yinlari, ochiq turdagi o’quv zallari uchun maydonchalar

10


Download 5,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish