Ish tushunchasi. Ish terminining hozirgi zamon nuqtai nazaridan tushunilish birinchi marta 1826 yil, fransuz olimi Ponsele asarlarida paydo bo‘ldi, Ponsele ta’riflashiga binoan, ish moddiy nuqtaga ko‘chish yo‘nalishida ta’sir etuvchi kuch modulini, kuch qo‘yilgan nuqtaning ko‘chish modulini ko‘paytmasiga teng ekan. Biroq fizika nuqtai-nazaridan bu kattalikning bunday tarzda aniqlanishi uning mohiyatini ochib bermaydi. Ish tushunchasi to‘liq mohiyati sekin-asta energiyani o‘rganish asosida shakllanib bordi.
Mexanikada saqlanish qonunlari. O‘quvchilar ongida ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, ularni fikrlashini o‘stirish uchun biz o‘quvchilar diqqatini tabiatdagi o‘zgaruvchan jarayonlarga jalb qilamiz. Biroq tabiatdagi hodisalarda o‘zgarishlarni saqlanishlardan ajratib bo‘lmaydi. Atom fizikasida masalan, elementar zarrachalar-ning o‘zgarishi kashf qilinadi. Shu bilan birga ma’lumki, o‘zaro aylanuvchi jarayonlarda ba’zi bir zarrachalar o‘zlarining muhim xossalarini saqlaydi.
2.3 GUMANITAR AKADEMIK LITSEYLARDA MOLEKULYAR FIZIKA BO‘LIMINI O‘QITISH XUSUSIYATLRI
Do'stlaringiz bilan baham: |