Issiqlik miqdori. Ichki energiyadan farqli o‘laroq issiqlik miqdori xuddi ish kabi sistema holatining funktsiyasi emas. U holatning o‘zgarish jarayonini xarakterlaydi va sistemaning bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayonining berilishi bilan aniqlanadi. Energiyaning o‘zgarishi butunlay boshlang‘ich va oxirgi holat bilan aniqlanganligi tufayli termodinamikaning birinchi qonuniga binoan jism ichki energiyasining o‘zgarishi hamda jismning bajargan ishi bilan o‘lchanuvchi issiqlik miqdori jismning bir holatdan boshqa holatga o‘tish jarayoniga bog‘liq. Jism A holatdan V holatga o‘tishda turlicha miqdor issiqlik olishi mumkin. Demak, jism V holatda yoki umuman boshqa qandaydir bir holatda qanday issiqlik miqdoriga ega bo‘lishi haqida gapirish ma’nosizdir. Faqat jismdan ichki energiya haqidagina gapirish mumkin, chunki har bir holatda jism ma’lum bir qiymatdagi enegiyaga ega bo‘ladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni. Saqlanish qonunlari materiyaning va uning harakatining paydo bo‘lmasligi hamda yo‘qolmasligi haqidagi tabiatning umumiy qonunini aks ettiradi. Agar energiyaning sifat xususiyati-uning bir turdan boshqa turga aylana olishi ham ta’kidlab o‘tilsa, energiyaning saqlanish qonuni umumiy tabiiy-ilmiy mazmun kasb etadi. Bu qonunning miqdor va sifat tomonlari o‘zaro aloqador, ajralmasdir.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish kerakki gumanitar akademik litseylarda mazkur fanni o’qitish aniq fanlarni o’zlashtirayotgan o’quvchilarni o’qitishdan ancha ajralib turishini nazarga olish lozim. Tabiyatda kechuvchi jarayonlarni analiz qilish, ma’lum qonuniyatlarga va tizimlarga solib o’rganish, energetika sohalarida juda katta ahamiyatga egadir. Lekin gumanitar sohalarda fizika fanining chuqur matematik ko’rinishlarini tushunish ancha murakkab jarayondir. Ayniqsa matematik qurilmalari juda sust bo’lgan bu soha o’quvchilari fizik jarayonlarning chuqur ma’nolarini anglab yetishlari ancha og’ir jarayonligi ochiq va oydin ko’rinib turgan narsadir. Demak qanday yo’sinda dars jarayonlarini olib borish va hech bo’lmaganda oddiy fizik jarayonlarni bu soha talabalariga to’g’ri yo’nalishda tushuntira olish juda mashaqqatli. Bizning nishonimizda o’quvchilarda tabiyat to’g’risida tasavvur hosil qilish va o’quvchilar ongida o’z sohalari bo’yicha zarur darajadagi fizik bilimlar bilan ta’minlashimiz zarur. Misol tariqasida kelajakda siyosatchi yoki iqtisodchi bo’lmoqchi bo’lgan o’quvchi yarimo’tkazgich moddalarning olinishi jarayoni va qancha mablag’ asosida qanday sifatdagi homashyo moddalari olinishi to’g’risida yetarli darajada tasavvurga ega bo’lishi lozim. Bu faqat hisobga olinishi lozim bo’lgan faktorlardan faqat bittasigina xolos.