Qonning tarkibi. Yangi olingan qon qizil rangli, loyqa suyuqlikdir. Agar uning ivib qolish xavfini oldi, olinib tindirilganida, sentrifugalansa, yanada yaxshiroq bo’lib u ikki qatlamga bo’linadi. Yuqorigi qatlam –sarg’ichroq rangda bo’lib –plazma va pastki qatlam – qoramtir- qizil rangdagi cho’kma – shaklli elementlar deyiladi. Cho’kma plazma bilan birga shaklli elementlardan –eritrositlar, leykositlar, trombositlardan hosil bo’ladi. Qonning barcha hujayralari ma’lum muddat yashaydi va so’ngra parchalanadi. Qon hosil qiluvchi organlarda (qizil ilik, limfa tuguni va taloq) qonning yangi hujayralari tinimsiz ravishda hosil bo’ladi.
Sog’lom odamlarda plazma va shaklli elementlar orasidagi nisbat uncha katta bo’lmagan chegarada (55 % -plazma va 45 %-shaklli elementlar) bo’ladi. Yangi tug’ilgan va yosh bolalarda shaklli elementlarning foyizli miqdori bir muncha yuqori bo’ladi.
JINSIY GORMONLAR, ULARNING UNUMLARI, SINTETIK O‘RIN BOSUVCHILAR VA
ANTOGONISTLARINING PREPARATLARI
Ayollar jinsiy bezlari gormon preparatlari
Tuxumdonda gormonlar follikulalarda (estrogenlar) va sariq tanada (gestagenlar) xosil
bo‘ladi.Estradiol follikulalarning asosiy gormoni bo‘lib, tuxum xujayralarining rivojlanish jarayonida
xosil bo‘ladi. Organizmda estradioldan (asosan jigarda) qon va peshobda estron va estriol xosil bo‘ladi
Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha bu brikmalar steroid qatoriga mansub. Estrogenlar jinsiy a'zolar va
ikkimlamchi jinsiy belgilarni rivojlanishi uchun zarur. Ular ta'sirida xayz siklining birichi yarimida
endometriy proliferatsiyasi ro‘y beradi.
Tuxum xujayra yetilgach follikula yoriladi – ovulyasiya boshlanadi. Follikula o‘rniga sariq tana xosil
bo‘ladi. Progesteron sariq tananing asosiy gormonidir. Jigarda u peshob tarkibida ajraladigan
pregnandiolga aylanadi
1
. Gestagenlar (progestagenlar), estrogenlar kabi, steroid tuzulishli birikmalar qatoriga mansubdirlar. Gestagenlar xayz ko‘rish siklining ikkinchi yarimida (sekretor faza) bachadon shilliq qavatining keyingi transformatsiyasini amalga oshishiga, tuxum xujayrasi urchiganda detsidual parda va yo‘ldoshni shakllanishiga imkon yaratadi. Shunday qilib, xomilani xomiladorlik davrida rivojlanishi uchun sharoit tayyorlanadi. Shu sababli sariq tana goromoni ko‘pincha xomiladorlik goromoni deb ataladi. Yo‘ldosh xam gestagen va estrogen gormonlar manbasi xisoblanadi. Yo‘ldosh ta'sir xususiyatlari bo‘yicha gipofiz oldingi bo‘lagi gormoniga xos bo‘lgan xorionigonik gonadotrop goromon (lyuteinizatsiyalovchi) ajratadi. Angar tuxum xujayrasi urchimasa, sariq tana teskari rivojlanishga uchraydi va xayz ko‘rish bachadon shilliq qavatining ko‘chishi kuzatiladi. Jinsiy bezlar gormonlarining ishlab chiqarilishi gipofizning oldingi bo‘lagining gonadotrop gormonlari boshqaradi. Estrogen va gestagen maxsus retseptorlar bilan boglanib xujayra ichida ta'sir ko‘rsatadilar.Asosiy ta'sir joyi bu xujayra yadrosi bo‘lib, u yerda estrogen yoki gestagen retseptor kompleksi (majmuasi) DNK bilan brikadi va shu yo‘l bilan oqsil sinteziga ta'sir ko‘rsatadi. Estrogen va gestagen (progestagen)lar ta'sir ko‘rsatuvchi retseptorlarning eng ko‘p miqdori bachadon, qin, sut bezlari, xamda gipotalamus va gipofizning oldingi bo‘lagida joylashgan.
Ayollar jinsiy gormon preparatlarining spetsifik faolligi ba'zan biologik standartizatsiya usuli bilan aniqlanadi. Estrogenlarni axta qilingan sichqon yoki kalamushlarda kuyikish chaqirish (estrus) xossasi asosida sinaladi. Estrogenlar ta'sirini jonivorlar qinidagi ajratmadan tayyorlangan surtma xarakteriga ko‘ra xukum chiqariladi. Osoyishtalik davrida (anestrus) surtmada shilliq, leykotsitlar va juda kam miqdorda yadroli epitelial xujayralar aniqlanadi. Kuyikish davrida surtmada ko‘p miqdorda yadrosiz dag‘allashgan epitelial xujayralar aniqlanadi. Bir ta'sir birligi (1 TB) 0,1 mkg estron faolligi mos keladi. Gestagenlarni biologik standartizatsiyalashni balog‘atga yetmagan urg‘ochi quyonchalarda o‘tkaziladi. Ma'lum sxema bo‘yicha jonivorlarga avval estron, so‘ngra progesteron kiritiladi. Bunda soxta xomiladorlik rivojlanadi. Bachadon shilliq qavatining o‘zgarishlari taxminan xomiladorlikning 8kuniga mos kelishi kerak (gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi). Bir ta'sir birlik ( 1TB) 1 mg kristallik prgesteron faolligiga teng.
1. Estrogen va progesteronlar almashinuvi maxsulotlari glyukuron va sulfat kislota bilan kon'yugatlar ko‘rinishida buyrak orqali ajraladi.