Mineralokortikoid preparatlari
Dezoksikortikosteron atsetat- Desoxycorticosteroni acetas
0,5% moyli eritma 1ml ampulalarda: 0,005g dan tabletkalar (til ostiga qo‘yish uchun) Dezoksikortikosteron trimetilatsetat-
Desoxycorticosteroni
trimethylacetas 2,5% suspenziyaning 1ml ampulalarda
Estrogen va antiestrogen preparatlar.
Kimyoviy tuzilishi jixatidan estrogen preparatlar steroid (tabiiy gormonlar va ularning xosilalari) va nosteroid (sintetik preparatlar) birikmalarga bo‘linadilar.
Steroid tuzilishli estrogenlardan tibbiyot amaliyotida xomilador ayol yoki xomilador jonivorlar peshobidan olinadigan estron (follikulin), xamda estradiol qo‘llaniladi. Estradiolni benzoat, dipropionat, valeriat bilan efir ko‘rinishida ishlatiladi. Estradiol dipropionat estrondan faolliroq va anchagina davomliroq ta'sir etadi. Agar estronni xar kuni kiritilsa, estradion
dipropionatni 2,4 kunda bir marta kiritiladi.. Estron va estradiolning efirlarinig moyli eritmalarini mushak ichiga kiritiladi. Ichilganda ular samarasiz, chunki jigarda tez parchalanadi. Nomi yuqorida qayd etilgan vositalardan yarim sun'iy preparat etinilestradiol (mikrofollikulin) tubdan farq qiladi. U eng faol estrogen. Agar estron ning faolliligini 1 deb xisoblansa etinil estradiol faolligi 50 ga mos keladi. Bundan tashqari, etinilestradiol ichilganda xam samarador, chunki etinil guruxi uni jigarda parchalanishdan saqlaydi. Preparatning ta'siri davomli emas (kuniga 1-2 marta qabul qilinadi).
Yarim sintetik estrogen bo‘lgan mestranol organizmda etinilestradiolga aylanadi. U ichiladi. U ko‘pincha kontratseptivlar tarkibiga kiradi.
Enteral yo‘l bilan kiritilganda nosteroid tuzilishli, estrogenlik faollikga ega bo‘lgan sintetik
vositalar ham samradordirlar. Ulardan biri geksan xosilasi bo‘lgan s i n i s t r o l (geksestrol)dir.
Faolligi bo‘yicha u estrondek. Uni ichiladi va mushakga kiritishga (tavsiya etiladi) buyuriladi.
Jinsiy gormonlar, ularning preparatlari, sintetik analoglari va ularni o‘rin bosuvchilari, antogonistlari.
Gurux Estrogenlar va ularning antogonistlari Gestagenlar va ularning
antogonistlari Androgenlar va ularning antogonistlari Tabiiy goromonlar va ular almashinuvi maxsulotlari(steroidlar) Estradiol Estron Estriol,Progesteron Pregnandiol Testosteron Androsteron Jinsiy gormonlar prepa ratlari va ularni analog lari (steroidlar) Estron Estradiol dipropionat Etinil estradiol Proge teron Pregnin Oksiprogesteron kapronat Testosteron Propionat Testosteron enantat Metil testosteron Gormonal faollikga ega bo‘lgan sintetik vositalar (nosteroidlar) Sinestrol Jinsiy gormonlar antogonistlari Klomifen sitrat Tamksifen sitrat Mifepriston Siproteron atsetat Flutamid FinasteridTamksifen xar-xil to‘qimalarda yo antiestrogen ta'sir (sut bezida), yo estrogen (suyaklar va boshqalar) ta'sir ko‘rsatadi. Bunday preparatlarni estrogen retseptorlarining modulyatorlari deb ataldadi. Klomifen
barcha to‘qimalarda faqat antiestrogen ta'sir ko‘rsatadi
** digidrotesteron sintezining ingibitori
Estrus- oqma (grekchadan oistros –xoxish istak, genos – tug‘ilish)
Do'stlaringiz bilan baham: |