Urganch davlat universitetisan`atshunoslik fakulteti “Tasviriy sanat kafedrasi“


-7 sinflarda haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari



Download 103,86 Kb.
bet8/9
Sana05.04.2022
Hajmi103,86 Kb.
#530070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atabayeva Muharram

2.3. 5-7 sinflarda haykaltaroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari

5-7-sinflarda bunday mazmundagi topshiriqlarni bajarishda bolalar
dan kompozitsiyaning qonun va qoidalariga rioya qilgan holda ishlash talab etiladi. Ularning bajaradigan ishlari, mazmunan ham, tasvirlash texnikasi jihatidan ham boshlang`ich sinflardagiga qaraganda savodliroq bo`lishi kerak. Bunda ko`proq kompozitsiyadagi detallarni ishning bo’sh g`oyasiga bo`ysunishi qonuni, muvozanat qonuni, detallarning haykalda simmetrik va assimetrik joylashuvi qoidasi, kompozitsiyasida harakat va turg`unlik, qarama-qarshilik kabi qoidalarga alohida e`tibor beriladi.
Haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasi ta`lim mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Bunda ko`proq bolalarning yoshi, idroki, haykal ishlash malakalarining Shakllanganlik darajasi va boshqa sifatlari e`tiborga olinadi.
5-7-sinflarda haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlari uchun “Karvon”, “Otchoparda”, “Ona va bola Hayvonlar”, “Qo`chqorlar jangi”, “Ajdarho”, “Qo`ychivon” xalq qahramonlariga yodgorlik mavzularida dekorativ, relefli va yumaloq haykallar ishlash tavsiya etilgan.
Haykaltoroshlik kompozitsiyasi mashg`ulotlarida o`qituvchilar quyidagi jihatlarga ko`proq e`tibor berishlari lozim:
1. Mavzu yuzasidan suhbatlar o`tkazish. 2. Mavzuga doir fotolar, rasmlar namoyish etish. 3. Mavzuga doir o`qituvchining namuna uchun tayyorlagan ishlarini namoyish etish va uning mazmunini tushuntirish. 4. Mavzuga doir kompozitsiya sxemalarini doskada ko`rsatish. 5. Mavzuga doir parallel sinf o`quvchilarining ishlaridan namunalar ko`rsatish hamda ularni tahlil qilish. 6. Bolalarga mustaqil ish uchun eskiz chizdirish. 7. Bolalar tomonidan ishlangan eskiz namunalaridan ayrimlarini butun sinfga ko`rsatib tahlil qilish. 8. Eskiz asosida o`quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etish.
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi ularning faoliyatlarini muntazam kuzatib turadi va zaruriyat tug`ilganda kerakli maslahatlarni beradi. Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi bajarilayotgan ishlardan namunalar olib, ularni barchaga namoyish etadi.
Ayrim mavzular o`z mazmuniga ko`ra keng qamrovli ishlarni talab etadi. Xususan, “Otchoparda” mavzusida haykal ishlash shunday mavzulardan hisoblanadi. Chunki, bunday mavzuda haykal ishlaganda kamida uch odam va uch ot tasvirlarini yasaShga to`g`ri keladi. Bu ishlarni bir o`quvchi mavzuga ajratilgan bir yoki ikki soatli darsda bajara olmaydi. Topshiriqni bir yoki ikki soat darsda bajarib ulgurish uchun ishni jamoa bo`lib bajarish kerak bo`ladi. Jamoa ishda 3-4 o`quvchi birlashib bajariladigan kompozitsiyadagi detallarni bo`lishib oladilar. Har bir o`quvchi o`ziga yuklangan vazifani bajarib bo`lgach ulardan yagona kompozitsiya tuziladi.
Darsning mavzusi: "Otchoparda poyga" mavzusida haykal ishlash (jamoa ish).
Darsning vazifalari. O`quvchilarning haykal ishlash (loy bilan ishlash) malakalarini, Shaklni his qilish qobiliyatlari va ijodkorligini o`stirish.
Darsning jihozlanishi. “Poyga” mavzusida ishlangan tasviriy san`at (rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika) asarlarining reproduksiyalari, rasmlar, suratlar.

Darsning mazmuni. Dastlab o`qituvchi otchopar va u erda bo`ladigan musobaqalar haqida suhbat o`tkazadi. Suhbatda otchoparda ot bilan o`tkaziladigan o`yinlarga poyga, qizquvish, uloq kabilar kirishi va u yerda xalq sayllari, milliy bayramlar, ommaviy sport musobaqalari tez-tez o`tkazilib turilishi aytiladi. Bu o`yinlar yirik sport va ommaviy maydonlarda o`tkaziladi. Ularda o`nlab zotli, sinalgan chopqir otlar, tanilgan chavandozlar va ming-minglab tomoshabinlar ishtirok etadilar.
Bu mavzuda A.Deyneka, Q.Basharov, D.Tugarinov va boshqa rassomlar va HaykaltaroShlar sermazmun asarlar yaratganlar.
O`qituvchi bu asar reproduksiyalaridan bir yoki ikkitasini namoyish etib, ularning mazmuni, kompozitsiyasi, ifodalilik vositalari va boshqalar haqida fikr yuritadi. So`ngra ot va odam rasmlari orqali ularning tuzilishi, bo`laklari, o`lchovlari va o`lchov nisbatlari, shakllari, xarakatdagi holatlari tushuntiriladi.
Bunday haykalni yaratish uchun bolalar avval ot, so`ngra odam tasvirini alohida-alohida ishlab olib, so`ngra ularni bir umumiy kompozitsiyaga birlashtiradilar. Ko`rgazmali materiallardan foydalanib, otning harakati, uning shakli va o`lchovlari aniqlashtiriladi, odam haykali ot haykali ustiga o`rnatilib, ular poygada chopayotgan holatga keltiriladi.
Chavandoz haykalini ishlayotgan bolalar quydagilarga e`tibor beradilar:
-Haykalning umumiy eni 15 sm.dan, balandligi 12 sm.dan oshmasligiga;
-poygada chopayotgan ot holatining aniq tasvirlanishiga;
-chavandozning ot ustida va poyga holatida to`g`ri tasvirlanishiga;
-chavandoz kiyimlarining milliy bo`lishligiga;
-chavandoz bilan ot o`lchovlarini bir-biriga mos tasvirlanishi va b.
Haykallar tayyor bo`lgach, 3-4 o`quvchi birgalikda "Otchoparda poyga" mavzusida kompozitsiya yaratadilar. Dars yakunida har galgidek ko`rgazma tashkil etiladi.
Uyga "Otchoparda" mavzusida jurnal va kitoblardagi rasmlarni o`rganish va shu asosda yangi kompozitsiya ishlash topshiriladi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarni estetik ruhda tarbiyalashda tasviriy san’at ta’limining o’rni beqiyos, Boshlang’ich sinf o’quvchilariga estetik tarbiya berish muammosi ilmiy jixatdan isbotlab berildi, ya’ni qog’oz-karton, gazlamalar, tashlandiq materiallar, tabiiy materiallar bilan ishlash, texnik modellash, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi tasviriy san’ati jarayonida o’quvchilarning estetik dunyoqarashini rivojlantirish ishlari amalga oshirildi va bu mavzu yuzasidan tajriba- sinov ishlari o’tkazildi.
Kurs ishida tasviriy san’at ta’limi jarayonida o’quvchilarni estetik tarbiyasini oshirish uchun yangi ilg’or pedagogik texnologiyalardan, dars samaradorligini oshiruvchi turli metodlardan, ya’ni tushuntirish va hikoya qilish, suhbat, kirish instruktaji, texnika vositalaridan foydalanish, shu bilan birga sinfdan tashqari ishlar ham olib borildi. Darslarda yana turli adabiyotlar bilan ham ishlashga qaratildi. Dars ishlanma orqali amaliy mash’ulot o’tkazish bosqichlari ishlab chiqiladi. Tajriba sinov ishida amaliy mashg’ulot solishtirma misolida o’tkazildi.
Mashg’ulotlarni qiziqarli o’tishiga ham katta e’tibor qaratdim. Bunda tasviriy san’at darslarini tasviriy san’at, tabiatShunoslik, o’qish, odobnoma darslari bilan bog’lab olib boridi. Darslar yanada qiziqarliroq o’tishi va samara berishi uchun qo’shimcha to’garaklar tashkil etilgan. Darslar va to’garaklar jarayonida ham o’quvchilarning estetik tarbiyalari rivojlantiriladi. To’garaklarda materiallardan, qog’oz-kartondan narsalar yasash texnika vositalaridan foydalanish va boshqa narsalar o’rgatiladi. O’quvchilar yaxshiroq tushunishi va qiziqishi uchun yasagan narsalarini o’zlariga chizdirib ko’riladi. Mashg’ulotlar qiziqarli o’tishida turli metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Amaliy mashg’ulotlarda o’quvchilarning estetik qarashlarini yuksaltirish, ijodkorlikka yo’naltirish ishlari ham amalga oshirildi.



Download 103,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish