2.2. 5-7 sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari metodikasi
Dekorativ kompozitsiya. Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari metodikasi uning mazmunidan kelib chiqqan holda olib beriladi. Ma`lumki, dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari quyidagi yo`nalishlarda amalga oShiriladi. 1.Choynak (dazmol), quticha, nomoyon kabilardan birontasi uchun eskiz ishlash. 2. Gazmol va liboslar uchun eskiz ishlash. 3. Televizor, kreslo, avtomobillarni yangi markasining eskizini ishlash. 4. Kitoblarni badiiy bezagi eskizini ishlash.
Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari metodikasi, rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasi bilan umumiylikka ega bo`lsada, biroq uning o`ziga xos jihatlari ham bor. Ular ko`proq dekorativ faoliyatning turli tumanligida ko`zga taShlanadi. Xususan, ular jihozlar, kiyimlar, in`terer, avtomobillar, kitoblarning badiiy bezagi bilan bog`liq holda olib boriladi. 5-7-sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarining boshlang`ich sinflardagidan yana bir muhim farqi ularning ko`proq ijodiy xarakterda bo`lishligidir. Boshlang`ich sinflarda dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarida naqsh namunalaridan ko`chirish katta o`rinni egallasa, 5-7- sinflarda bunday mashg`ulotlar faqat ijodiy tusda bo`ladi. Bunda bolalar faoliyatiga ko`proq mustaqillik beriladi, ularning badiiy tafakkuri, fikri va tasvirlash malakalari o`stiriladi.
Bunday mashg`ulotlarda san`atshunoslik asoslari bo`yicha bolalarga kompozitsiyadan berilgan nazariy bilimlarga tayanish va ularga rioya qilgan holda ijodiy ishlarni bajartirish muhim hisoblanadi.
O`quvchilarning tasviriy ishlarini baholashda ularning kompozitsiyaning qonun va qoidalariga qanchalik rioya qilganliklari hisobga olinadi. Dekorativ kompozitsiya ishlash metodikasi quyidagi tartibda va ketma-ketlikda o`tkaziladi: 1.O`quvchilarga dars mavzusi va topshiriqni tushuntirish. 2. Mazuga doir materiallar bilan tanishtirish. Bunda bolalarga amaliy san`atga doir fotolar, naqshlar, buyumlar uchun kompozitsiya eskizlari, bezak elementlari, bezak sxemalari ko`rgazmali qurol orqali namoyish etiladi, ulardan ayrimlari doskada chizib ko`rsatiladi. 3. Tasvirlanadigan dekorativ kompozitsiya elemetlarini joylashuv sxemasi yoki eskizini chizib olish. 4. Dekorativ kompozitsiyaning o`lchovi va formatini aniqlaSh. 5. Dekorativ kompozitsiyani qalamtasvirini chizib olish. 6. Bezak uchun zarur bo`lgan ayrim tabiiy materiallarni stilizatsiyalash. Bu bosqichda ayrim naqsh elementlari o`zgartirilishi mumkin. 7. Dekorativ kompozitsiyani bo`yoqlar bilan ishlash.
5-7-sinflarda dekorativ kompozitsiya ishlash mashg`ulotlarining xarakterining turli-tuman ekanligini hisobga olib, ularning Har biriga metodik jihatdan alohida-alohida yondoshish talab etiladi. Xususan, gazmollar, kiyimlar uchun bezak eskizini ishlash mashg`ulotlarida o`qituvchi ko`proq ko`rgazmalilikka e`tibor berib, turli mato-gazmol nusxalari, kiyimlarning fotolari yoki slaydlarini ko`rsatsa, bironta adabiy asarga (hikoya, ertak, masal, doston v.b.) illyustratsiya ishlash mashg`ulotlarida esa bolalar e`tiborini ko`proq asar mazmuniga qaratadi. Zaruriyat bo`lganda asarni qayta-qayta o`qib yoki so`zlab beradi, savol-javob o`tkazadi.
Avtomobillarni yangi markasining eskizini ishlash mashg`ulotida esa ularning turli markadagi rasmlarini namoyish etadi, bir-biridan farqini ko`rsatib beradi.
Dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlari metodikasining o`ziga xos xususiyatlaridan biri ko`proq bolalarni mustaqil ishlashga yo`naltirishdir.
5-7-sinflarda dekorativ kompozitsiyadan amaliy mashg`ulotlar shu sinflarda beriladigan nazariy bilimlar bilan bog`lab o`tkaziladi. Ayniqsa, amaliy bezak va dizayn, liboslar yuzasidan nazariy mashg`ulotlar berilgandan so`ng dekortiv kompozitsiyadan amaliy ishlar bajariladi.
Dasturda o`zbek xalq amaliy san`atini nazariy jihatdan o`rganishga alohida e`tibor berilgan bo`lib, u dekorativ kompozitsiyada o`quvchilar tomonidan bajariladigan barcha topshiriqlarni talablar darajasida amalga oShirishga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Chunki, bolalar tomonidan bajariladigan har bir dekorativ kompozitsiyada o`zbek xalq amaliy san`atining milliy badiiy an`analari o`z ifodasini topgan bo`ladi.
Quyida dekorativ kompozitsiya mashg`ulotlarini o`tkazish metodikasiga doir dars ishlanmalari berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |