2.1 5-7 sinflarda rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasi
Rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlariga ko`pincha 2-3 soat vaqt ajratiladi. Ularning birinchi soatida mavzu, mazmun aniqlanadi, material to`planadi, ishchi eskiz tayyorlanadi, chiziqli rasm ishlanadi. Mashg`ulotlarning ikkinchi soatida esa rasmni bo`yoqlar bilan bo`yaladi. Murakkab mazmundagi rasmlar ishlaganda esa, birinchi soatda tayyorgarlik, ikkinchisida eskiz va chiziqli rasm, uchinchisida, ish bo`yoqlar bilan bajariladi.
Bolalar o`z rasmlarini tezroq bo`yab tugallaShga juda qiziqishlari oqibatida ularning rasmlari kompozitsiya jihatdan bo`Sh va chala bo`lib qoladi. Bunga yo`l qo`ymaslik uchun bolalar rasmni bo`yashga faqat o`qituvchining ruxsati bilangina o`tishlariga ruxsat etiladi.
O`quvchilarning fikrlarini boyitish va harakatlarini qo`llab-quvvatlah maqsadidsa yordamchi ko`rgazmali materiallar faqat darsning boshlanish qismida emas, bolalarning mustaqil ishlari jarayonida ham amalga oshiriladi. Bu ko`rgazmali materiallar rasmdagi ayrim obrazlarga taaluqli detallar, kompozitsiya, sxematik rasmlar, perspektiva, yorug`soya, bo`yoqlar bilan ishlashga oid bo`lishi mumkin. Darsning oxirida sinf ishiga yakun yasash maqsadida muaffaqiyatli, o`rtacha va bo`sh ishlangan bolalar rasmlaridan ayrimlarini ajratib olinadi hamda ular butun sinf ishtirokida tahlil qilinadi. Bunda ishdagi yutuq va kamchiliklar aniqlanadi Hamda ularning sabablari qayd qilinadi.
Quyida rangtasvir kompozitsiyasi mashg`ulotlari metodikasiga doir dars ishlanmalari berilgan.
Darsning mavzusi: “Suv osti dunyosi” mavzusida rasm ishlash.
Darsning vazifalari: o`quvchilarni suv ostidagi hayot haqidagi tasavvurlari va tuShunchalarini yanada kengaytirish. Ularda ijodkorlik, fantaziya va badiiy didni o`stirish, tasviriy malakalarni rivojlantirish, tabiatga nisbatan mehr-muruvvatli bo`lishga, ularni asrab-avaylashga o`rgatish.
Darsning jihozlanishi: dengiz hayvonlari va o`simliklarning tasvirlari. Dengiz ostini aks ettiruvchi slayd, diapozitiv, diafilm va boshqalar. Dengiz ostini aks ettirishga bag`ishlangan kompozitsiya variantlari.
Darsning mazmuni: dars mavzusi qator tashkiliy ishlar va metodik suhbatlar o`tkazishni taqoza etadi. Ana shunday ishlardan biri suv osti dunyosiga bolalarning hayoliy sayohatini uyushtirishdir. Bu dars puxta tayyorgarlikni talab etganligi uchun o`qituvchi avvalgi tasviriy san`at darsida bolalarga suv osti dunyosiga taalluqli bo`lgan rasmlar, reproduksiyalar to`plashni vazifa qilib topshiradi. Hayoliy sayohat quyidagicha mazmunda bo`ladi. Ma`lumki, suv osti dunyosi, ya`ni okeanlar, dengizlar, ko`llar, daryolar nihoyatda turli-tuman g`aroyibotlarga ega. Xususan, okeanda hayvonlarning 160.000 dan ortiq, o`simliklarning 10.000 dan ortiq turlari mavjud. Suv Hayvonlari orasida ko`pchiligini baliqlar, (kit, akula, delfin, laqqa baliq, bukri, qilich baliq, yapaloq baliq v.b.) tashkil etadi. Ularning eng kattasi kit hisoblanab, uzunligi 33 metrga boradi. Akulalarning uzunligi esa 10 metrgacha boradi. Suvlarda baliqlardan tashqari, dengiz toshbaqalari, sakkizoyoqlar, ilonlar, timsoqlar, qurbaqalar, tyulen va boshqalar ham hayot kechiradilar. Afsonalarga ko`ra dengiz va okean qa`rida yarmi ayol, yarmi baliq “Rusalka”lar, dengiz shohlari, dengiz otlari va devlari, ajdarlari yaShaydi. 50-rasm. Bu suv hayvonlarining tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari shunchalik turli-tuman, rang-barangki, agar ularni o`zaro solishtirilsa, ular har qanday odamni ham hayratlantirishi shubhasizdir.
Masalan, dunyodagi baliqlarning o`zi 25.000 turdan iborat bo`lib, ular ilon Shaklida, yumaloq shaklda, pakana shaklda, yapaloq shaklda, boshi katta, tanasi kichik va aksincha, dumi o`zidan uzun, chiroyli va beo`xshov, beozor va vaxshiy, aqlli va beaql, serharakat, uchar va noharakat turli-tuman bo`ladilar. Bulardan ularning ranglari ham qolishmaydi. Ularning oppoqlari, yam-yashillari, qip-qizillari, qop-qora, zangori, jigarrang, qisqasi hamma rangdagilari bo`ladi. Hattoki 3-4 rangli baliqlar ham bo`ladi. Bir baliqdagi bir necha ranglar bir-birlariga yaqin, shuningdek, kontrast bo`lishi mumkin. Baliqlar suv ostidagi qoyada, toshlar ichida, silliq toshlarning oralarida, o`simliklar, balchiq va qumlar ichida o`zlariga in yasab hayot kechiradilar.
Suv hayvonlari va o`simliklari haqida ham ana shunday turli-tumanlik mavjud. 51-rasm. Ularning ham uzun, yapoloq, dumaloq shakldagilari, to`p bo`lib o`sadiganlari bo`ladi. Bunday umumiy suhbatdan so`ng imkoni bo`lsa o`qituvchi suv osti dunyosidagi hayotni aks ettiruvchi diafilm yoki kinofilm namoyish etsa dars yanada samarali bo`ladi. Bu darsda bolalarga beriladigan topshiriq suv osti dunyosiga qilingan sayoHat asosida uning tasvirini ishlashdan iborat bo`ladi.
Bolalar o`zlari ishlayotgan tasvirlarida quyidagi ko`rinishlardan birontasini aks ettirishlari tavsiya etiladi:
1. Suv ostidagi hayvonlarning tinch hayoti. 2. Suv osti hayvonlarining o`zaro jangi. 3. G`ovvoslarning suv osti dunyosini o`rganishlari. 4. Afsonaviy hayvonlarning (rusalka, dev, dengiz shohi, ajdar, suv otlari v.b.) suv ostidagi hayoti va boshqalar.
Topshiriqni bajarish texnikasini har bir o`quvchining o`zi tanlaydi. u akvarel, guash, rangli qog`ozdan, tabiiy materiallar (barg, ildiz, daraxt, shohlari, gazmol parchalari, tashlandiq materiallar, tosh, o`simlik v.b.) dan bo`lishi mumkin.
Bolalar ijodiy ishga kirishishlaridan avval o`qituvchining ularga mavzu yuzasidan tayyorlagan kompozitsiya variantlarini yoki ularning sxemalarini ko`rsatishi, topshiriqni yuksak darajada bajarilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |