Urganch davlat universitetisan`atshunoslik fakulteti “Tasviriy sanat kafedrasi“


-7 sinflarda naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari metodikasi



Download 103,86 Kb.
bet3/9
Sana05.04.2022
Hajmi103,86 Kb.
#530070
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Atabayeva Muharram

1.2. 5-7 sinflarda naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari metodikasi

Naturaga qarab haykal ishlash metodikasi
Naturaga qarab tasvirlash tasviriy san`at mashg`ulotlarida ikki bo`limdan tashkil topadi. Bu ikkala bo`limga boshlang`ich sinflarda etarlicha o`rin berilgan bo`lib ular bolalarda tasviriy malakalarni Shakllantirishga qaratiladi. 5-7-sinflarda bu ikkala yo`nalishlar bo`yicha mashg`ulotlar davom ettiriladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlari boshlang`ich sinflardagiga qaraganda anchagina murakkablaShadi va u o`quvchilarning yoshlik xususiyatlari, Shuningdek, rasm ishlash malakalarining shakllanganligi bilan asoslanadi. Naturaga qarab rasm ishlashga 5-7 sinflarda savodli rasm ishlashdek jiddiy talablar qo`yiladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar yorug`soya, rangShunoslik, perspektiva asoslari yuzasidan nazariy bilimlar beriladi. Yorug`soya, perspektiva qonunlari asosida kub, prizma, peramida, konus, shar va geometrik Shakldagi predmetlar rasmini ma`lum ketma-ketlikda chizdirish maqsadga muvofiqdir. Keyinchalik topshiriqlar murakkablashib borib, natyurmortlar bir necha predmetlardan tashkil topadi. Naturaga qarab rasm chizish darslarining oxirgi bosqichlarida bolalarga oddiy va kichik o`lchovdagi amaliy san`at namunalari, murakkab tuzilishdagi gullar, mevalar, sabzavotlardan tashkil topgan natyurmotlar qo`yiladi. Bunday mashg`ulotlarda bolalar naturaning tuzilishini, rangini, shaklini, hajmini narsalarning asliga yaqinlashtirib ishlashlari talab etiladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarida, ham qalamtasvir, ham rangtasvir ishlari bajariladi. Shuningdek, uzoq davom etadigan (1-2 soatli) mashg`ulotlar bilan birga qisqa vaqt davom etdagan (10-15 minut) qoralama va ranglamalar Ham ishlatiladi.
Naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlaridagi murakkab vazifalarni amalga oShirish uchun yorug`soya, perspektiva, rangshunoslikning nazariy asoslarini o`rganish maqsadida gipsli shar, kub, piramida, konus, silindr kabi geometrik shakllarni chizdirish yaxshi samaralar beradi.
5-7-sinflarda natyurmort ishlash mashg`ulotlarida kolorit muammosi ham bor. Xususan, shu maqsadda xalq amaliy san`ati namunalaridan (sovuq rangda ishlangan chinni servislar) chizish uchun sovuq koloritli natyurmotlar, kuzgi mevalar, gullar va predmetlardan iliq koloritli natyurmotlar qo`yiladi.
Natyurmotlar ishlashda bolalarni akvarelni ko`p qatlamli, qalin qilib ishlashlariga, oq bo`yoqdan foydalanishlariga yo`l qo`yilmaydi. chunki, bunda rasm ranglari loyqalashib ketib, ranglar toza qo`rinmaydi.
5-7 sinflarda naturaga qarab rasm ishlash mashg`ulotlarining yana bir o`ziga xos xususiyatlari, bu faqat quruq qog`ozda emas, ho`l qog`ozda ham bo`yoq bilan rasm ishlashdir.
Natura uchun narsalar tanlash o`qituvchining eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. shuning uchun bu masalaga alohida e`tibor berib natyurmort uchun material tanlaShda bir qator mezonlarga rioya qilish kerak bo`ladi:
1. Narsalarning estetik jihatlari, ya`ni ular shakl, rang jihatdan yoqimli bo`lib, bolalar e`tibori va diqqatini o`ziga tortuvchan bo`lishligi.
2. Narsalar har jihatdan bolalarga tanish, mohiyati jihatdan foydali, ularning Hayotida uchraydigan, shuningdek, bolalarda qiziqish uyg`otadigan bo`lishligi.
3. Tanlanadigan materiallarni naturaga qarab rasm ishlash darslarining maqsad va vazifalariga mos bo`lishligi.
4. Narsalar yuzasini silliq va yaltiroq, rang-barang bo`lmasligi. Ular narsalar Hajmi va ranglarini to`g`ri ko`rishni qiyinlashtiradi va chalkashtiradi.
5. Natura uchun tanlanadigan narsalar tuzilishi jihatdan tushunarli, bolalar idrokiga mos, yorug`soyalari, blik, reflekslari yaqqol ko`rinib turishligi.
Natyurmort ishlash mashg`ulotlarining metodikasi quyidagilarni e`tiborga olishni nazarda tutadi:
1. Natyurmortlarni bolalar ishtirokida o`rnatish. Bunda natura bilan fon munosabatlarini to`g`ri belgilab olish zarur, ya`ni natura och rangda bo`lsa fonga to`q material tanlanishi narsalarni aniq ko`rinishini ta`minlaydi. Shuningdek, naturani o`rnatishda mayda narsalarni birinchi planga va yiriklarni orqa planga qo`yilishi maqsadga muvofiqdir.
2. Natyurmotni o`quvchilar tomonidan mustaqil va har tomonlama kuzatish va tahlil qilish.
3. Savol-javob asosida natyurmotni tahlil qilish. Bunda natyurmortni nimalardan tashkil topganligi, ularning joylashuvi, har bir narsani tuzilishi, Shakli, rangi, o`lchovlari, o`lchov nisbatlari, perspektiv qisqarishi aniqlaShtiriladi. Natyurmortni bolalar tomonidan mustaqil o`rganilishi va uni savol-javob tarzida tahlilini solishtirma metod asosida o`tkazilishi nihoyatda muhim. Bunda bir predmetni ikkinchi predmetga nisbatan tuzilishi, shakli, rangi, o`lchovlari o`rtasidagi farq, shuningdek, uning har bir bo`lagining o`lchov nisbatlari, hajmi, rangi, tuzilishlari bir-birlariga nisbatan solishtirib o`rganiladi.
4. Mavzuga yaqin bironta yoki bir nechta rassomning asarlarining reproduksiya yoki slaydlari namoyish etilib, ular ham shu tartibda savol-javob orqali tahlil qilinadi.
5. O`qituvchi naturani chizish tartibini tushintiradi. Bu bosqichda o`qituvchi natyurmortni qog`oz yuzasida kompozitsion jihatdan to`g`ri joylashtirish haqida gapirib, rasm eskizini chizib olishni tavsiya etadi.
6. O`quvchilarning mustaqil ishlari. Bu bosqichda o`qituvchi bolalar e`tiborini rasmni qalamni bosmasdan engil chiziqlar chizish, narsalarning o`lchov, o`lchov nisbatlari, tuzilishi, rangi, shakli, yorug`soyalari jihatdan tez-tez solishtirish, yordamchi chiziqlardan o`rinli foydalanish kabilarga qaratishi lozim.
O`qituvchi bolalarning mustaqil ishlari jarayonida ularning faoliyatlarini kuzatadi hamda tegishli yordamlar ko`rsatadi. Bunda u albatta bo`sh o`zlashtiruvchi bolalarga ko`proq e`tibor beradi. Ish jarayonida bolalar tomonidan muaffaqiyatli bajarilayotgan rasmlardan namunalar butun sinfga namoyish etiladi.
7. Dars ikki soatga mo`ljallangan bo`lsa, qalamtasvir birinchi soatda, uning rangtasvirini ishlash ikkinchi darsda amalga oshiriladi. shuni ham qayd qilish lozimki, natyurmort qalamtasviri tayyor bo`lgach, ranglashdan avval uni toza suv bilan ho`llanadi, aks holda bo`yoq qog`ozga yaxshi yopishmasligi mumkin.
8. Darsni tugashiga yaqin o`qituvchi bolalar tomonidan 3-4 ta muaffaqiyatli ishlangan rasmlardan ajratib olib, ularni bolalar bilan birgalikda tahlil qiladi. Tahlilda rasmlardagi yutuqlar bilan bir qatorda ularning kamchiliklari ham ko`rsatilib o`tiladi. Biroq, muaffaqiyatsiz bajarilgan rasmlarni tahlil qilganda ularni haddan ziyod qattiq tanqid qilmagan ma`qul. Aks holda, bu rasm mualliflari tushkunlikka tushishlari, tasviriy san`atga bo`lgan qiziqishlari so`nishi mumkin. Ko`rsatiladigan kamchiliklar tavsiya tarzida bo`lishi maqsadga muvofiqdir.
“Paxta” servisi natyurmorti sinfning orqa tomonidagi o`tirgan bolalar uchun yaxShi ko`rinmasligi mumkin. Shuning uchun uni sinfning 2-3 eriga o`rnatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu natyurmort boshqa predmetlardan bo`lishi ham mumkin.
Natyurmort o`rnatilib bo`lingach, sinfdagi hamma o`quvchilarning e`tibori unga qaratilib, uni bolalar mustaqil kuzatishlari uchun imkon beriladi.
-Kuzatish jarayonida o`quvchilar quyidagi savollarga javob topishlari lozim:
-Natyurmortni qanday nomlash mumkin?
-Natyurmort qanday predmetlardan tuzilgan?
-Natyurmortdagi predmetlarni boShqacha joylashtirsa bo`ladimi?
-Bu predmetlar qanday materiallardan tayyorlangan?
-Natyurmortni umumiy eni kattami yoki bo`yimi? har bir predmetni-chi?
-Servisning badiiy bezagida qanday naqsh unsurlari ishlatilgan? Ularning shakli, o`lchovi, rangi, qanaqa?
-Predmetlarda blik, yorug`soya, yarimsoya, reflekslar bormi?
Natyurmortning rasmini ishlash yo`li doskada chizib ko`rsatiladi. Rasm ishlash yo`llari bolalarga tushunarli bo`lganidan so`ng u doskadan o`chirib tashlanadi. Aks qola bolalar naturaga qaramasdan rasmni doskadan ko`chirib oladilar. Shuni qam yoddan chiqarmaslik kerakki, bolalarni rasmdan ko`chirib olishga emas, naturadan chizishga o`rgatish lozim. Tayyor rasmdan ko`chirish naturadan chizishga nisbatan ancha oson. Qolaversa, sinfdagi natyurmort turli tomondan turlicha ko`rinadi, ya`ni bolalarning biriga natura to`g`risidan, boshqasiga yonboshidan, yana biriga ma`lum burchak ostidan ko`rinadi. Shuning uchun har bir bola o`zi o`tirgan joydan qanday ko`rinsa shunday chizishi lozim.
Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida o`qituvchi o`z e`tiborini ko`proq bo`sh o`zlashtiruvchilar bilan ishlashga qaratadi. Dars yakunida sinfda bajariladigan ishlardan ko`rgazma tashkil etiladi va ularni taqlil qilinadi. Ko`rgazmaga eng xarakterli rasmlar tanlab olinadi.
Uyga rassomlarning jurnal va kitoblarda berilgan natyurmortlar reproduksiyalari va otkritkalarini yig`ish va albomga yopishtirish vazifa qilib topshiriladi.
Naturaga qarab haykal ishlash mashg`ulotlari 5-7-sinflarda katta o`rinni egallamaydi. Chunki bolalarning naturaga qarab haykal ishlash yuzasidan malakalari 1-4 sinflarda ma`lum miqdorda Shakllangan bo`ladi. Shu sababdan ham 5-7 sinflarda naturaga qarab haykal ishlashga e`tibor kamayadi va uning vazifalari ko`proq haykaltoroshlik kompozitsiyasi darslarida amalga oshiriladi.


Download 103,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish