Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazariy va amaliy asoslari


Natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi



Download 0,49 Mb.
bet57/131
Sana14.01.2022
Hajmi0,49 Mb.
#362833
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131
Bog'liq
Urganch davlat universiteti zohid jumaniyozov tarjimaning nazari

Natijaning sabab bilan, sababning natija bilan almashtirilishi. Tarjima jarayonida sodir bo’ladigan leksik almashtiruv turli tushunchalar orasida mavjud bo’lgan sabab–natija munosabatlariga asoslangan bo’lishi mumkin. Masalan, asl matnda ma’lum bir ish-harakat, hodisa yoki holatni ifodalovchi leksik birlik tarjima matnida ushbu ish-harakat, hodisa yoki holatni emas, balki uning sababini ko’rsatuvchi leksik birlikka almashtiriladi. Masalan: Ich beschuldige ihn nicht - Men uni tushunaman.

Tarjima matnida asl matndagi ish-harakatning sababi ko’rsatilgan: (Men uni ayblamayman, chunki men uni tushunaman.)



Er ist jetzt tot - U o’lib qoldi. (U endi o’likdir, sababi u allaqachon o’lib qolgan.)

Er machte es immer so, daß Sie alles zweimal sagen mußten - U doimo hamma narsani qayta so’rar edi.

(Siz aytgan narsalarni takrorlashga majbur edingiz, chunki u sizdan doimo hamma narsani qayta surar edi).

Antonimik tarjima. Antonimik tarjima bu tarjima jarayonida keng qo’llaniladigan kompleks leksik–grammatik almashtiruvdir. Bunda tasdiq grammatik konstruktsiya inkor grammatik konstruktsiyaga, yoki aksincha, inkor konstruktsiya tasdiq konstruktsiyaga almashtiriladi. Shu bilan birga asl matndagi biror so’z tarjima tilida uning antonimiga almashtiriladi (odatda “antonim” so’zi bir tilning so’zlariga nisbatan qo’llaniladi; biz esa bu yerda “antonim” so’zini ikki tilning – asl matn tili va tarjima tilining ma’nolari qarama- qarshi bo’lgan so’zlarni ifodalash uchun qo’llaymiz).

Masalan: Frau Kramer ist einverstanden (1), wenn alle bei der Arbeit nur leise sprechen (2) - Frau Kramer qarshi emas (1), bolalar ishlaganlarida shovqin qilmasalar bas (2).

Bu misolda nemischa tasdiq grammatik konstruktsiya (1, 2) o’zbek tilida inkor konstruktsiyaga almashtirildi; shu bilan birga einverstanden sein (rozi bo’lmoq) birikmasi uning o’zbekcha antonimi „qarshi bo’lmoq“ga, leise sprechen “sekin ovozda gapirmoq” birikmasi uning o’zbekcha antonimi „shovqin qilmoq“ga almashtiriladi. Yana bir misol:

Ich ging oft in die Bibliothek, die sich nicht weit von unserem Haus befand - Men uyimiz yaqinida joylashgan kutubxonaga tez-tez borib turar edim .

Bu misolda weit (uzoq) so’zi o’zbekcha antonimi “yaqinida” so’ziga almashtirilgan.

Eine Frau ging im Garten umher, eine ältere Dame von düsterem, ja tragischem Aussehen. (Th. Mann. “Zauberberg”)

Bog’da yosh bo’lmagan, ko’rinishi g’amgin, qayg’uli bo’lgan bir ayol u yoqdan bu yoqqa borib turar edi.

Bu misolda nemischa ältere (yoshi o’tgan) so’zi o’zbekcha antonimi «yosh» so’ziga almashtirilgan.

Antonimik almashtiruviga yana bir qiziqarli misol:

Herr Bong riet ihm ab (1), den Beruf des Schreiners zu ergeifen(2).

Gerr Bong unga duradgorlik kasbini egallamasligini (2)

maslahat berdi (1).

Bu misolda abraten fe’li o’zbekcha antonimga (1) almashtirilgan, ergreifen (egallamoq) fe’lining tasdiq shakli esa inkor shakliga (2) o’zgartirilgan.

Qo’shish va tushrib qoldirish hodisasi. Ba’zan tarjima matniga leksik birliklarni qo’shishga to’g’ri keladi. Masalan: Promotion – защита кандидатской диссетации - nomzodlik dissertatsiyasini yoqlash.

Habilitation – защита докторской диссертации - doktorlik dissertatsiyasini yoqlash.

Wettbewerbssshutz - защита свободной конкуренции - erkin raqobatni himoya qilish. (Wörterbuch. Deutsch-Russisch/Rusissch-Deutsch. Begriffe aus Wissenschaft und Hochschule. Deutscher Akademischer Austauschdienst. Bonn, 1996. S.92-93.)

Katrin freut sich auf den Kuchen, den sie vorgestern im Ethik – Unterricht gerührt haben. (Ute Andresen. Deutschland in kleinen Geschichten. S.98.)

Катрин предвкушает пирог, тесто для которого они готовили на уроке этики позавчера. (Уте Андерсен. Немцы о себе и оГермании. -С.99).

Katrin pirog yeyishni ko’z oldiga keltirib oldindan lazzatlanadi, bu pirogning xamirini ular o’tgan kuni etika darsida qorgan edilar.

In der letzten Stunde geht Katrin zum Turnen in die Halle. Frau Alzmann schimpft, weil Katrin ihren Turnanzug vergessen hat. Ohne Turnanzug darf man nicht mitturnen. (ebenda, S.100)

На последнем уроке Катрин идёт в спортзал на физкультуру. Фрау Алцман ругает её за то, что она забыла дома форму. Без формы нельзя заниматся в зале. (Там же, С. 101)

Ohirgi dars – jismoniy tarbiya darsida Katrin sportzalga boradi. Frau Altsmann unga tanbeh beradi, chunki Katrin formasini uyida qoldirib kelibdi. Formasiz esa sportzalda shug’ullanish mumkin emas.


Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish