Urganch davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti gid hamrohligi va tarjimonlik yo



Download 1,18 Mb.
bet9/13
Sana08.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#756480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Imom al buxoriy hadislari va maqbarasi haqida (2)

Imom Buxoriy
<
1) yangi, yangi narsa, yangi ro’y bergan voqea;
2) so’z, hikoya, naql, rivoyat;
3) Muhammad payg’ambar yoki uning sahobalari haqida hikoya qiluvchi xabar yoki rivoyat.
Islom dini ta’limoti bo’yicha eng asosiy manba Qur’ondir. Hadislar ana shu muqaddas asardan keyingi o’rinda turuvchi mo’tabar manbadir. Hadislar Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati, shuningdek, uning turli sharoitlarda diniy, falsafiy, axloqiy-ta’limiy mavzularda aytgan xilma-xil fikrlari, ko’rsatmalari yoki munosabatlarini aks ettiradi. Hadislarning yuzaga kelishini uch omil bilan ko’rsatiladi:
1. Muhammad payg’ambar aytgan gaplar.
2. Uning o’zi qilib ko’rsatgan ishlar.
3. Payg’ambarimiz tomonidan ko’rilgan yoki kuzatilgan ishning taqiqlanmagani. Ana shu uch holatning har biri sunnat deyiladi.
<> ham arabcha soʻz boʻlib, uning lugʻaviy maʼnosi <> demakdir. Istilohiy maʼnoda esa Muhammad paygʻambardan qolgan urf-odatlarga aytiladi. Ularni bajarish vojibdir. Ularda islom diniga oid tushunchalar va ularning talqini, xususan, farz, vojib, sunnat, halol, harom, makruh kabi tushunchalarning maʼno qamrovi, izohi oʻz aksini topgan. Hadislarning asosiy katta qismi axloq-odob masalalariga, inson manaviyati bilan bogʻliq muammolarga qaratilgan. Shuning uchun ham hadislarga eng qadimgi davrlardan-Muhammad paygʻambar zamonidanoq alohida ahamiyat berishgan. Hadislar imkoni boricha xatosiz, asl holida boshqalarga yetkazilishi lozim boʻlgan. Paygʻambar nomiga bogʻlab turib yolgʻon hadis tarqatish qattiq qoralarngan. Ushbu talab natijasida hadislar koʻp vaqtlar oʻz holicha saqlanib qolgan, ammo jamiyat bir joyda qotib turmaydi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot oqibatida sinflar, ijtimoiy guruhlar orasida munosabatlar, qarashlar ham oʻzgarib boradi, ziddiyat, ixtilof va kelishmovchiliklar yuz beradi. Shunday hodisa islom dinida ham koʻzga tashlanadi. Islom dinidagi ichki gʻoyaviy kurashlar va oʻzaro murosasizlik natijasida paygʻambar hadislarini buzish, ularni soxtalashtirish ham koʻzga tashlana boshlaydi. Bunday nomaʼqul harakatlarga qarshi kurashish zaruriyati yuzaga keladi. Natijada hadislarni faqat eshitish bilan emas, balki yozib olish, uning haqiqiy dastlabki shaklini tiklash bilan ham shugʻullanishga toʻgʻri keladi. Shunga koʻra hadislarni toʻplab, bir kitob holiga keltirish harakati VIII asrlardan boshlab keng avj oldi.
Muhaddislar hadislarning haqiqiyligini ayrim belgilar orqali aniqlashgan. Bular: hadislar Qur’on oyatlariga zid kelmasligi lozim; ular paygʻambar sunnatlariga muvofiq boʻlmogʻi shart; ularda tarixiy voqelik buzilmasligi kerar. Hadislarning gʻayri axloqiy boʻlishi mumkin emas. Hadislarni toʻplab, ularning haqiqiylarini aniqlash bilan shugʻullangan olimlar muhaddis deyiladi. Imom Buxoriy, Muslim ibn Hajjoj, Imom Termiziy, Abu Dovud, Sulaymon Sijistoniy (817—888), Ibn Mojja (834—886), Dorimiy, Bayhaqiy, Tabaroniy, Ibn Hibbon, Xatib, Hokim, Abu Aʼlo, Daylamiy, Doriqutniy, Jamoliddin Suyutiy kabi muhaddislarning nomi mashhur. Lekin muhaddislar orasida olti kishining dovrugʻi olamni tutgan. Ulardan beshtasi oʻrta osiyolik: Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (hijriy 194—256, milodiy 810—870), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824—892), Abu Muhammad Abdulloh Muhammad ibn Yazid ibn Mojja (824—888) shular jumlasidandir. Shubhasiz, ular orasida yurtdoshlarimiz Imom Buxoriy hamda at-Termiziylarning boʻlishi koʻngillarda iftixor tuygʻularini uygʻotadi. Buxoriyning toʻliq ismi-Abu Abdulloh Muhammad Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mugʻira ibn Bardazbah al-Juafiy al_Buxoriydir. U Buxoroda Ismoil isimli katta olim oilasida 810 yilda tugʻilgan, yoshligidanoq oʻzining oʻtkir zehni va kuchli iqtidorini namoish qilgan. Buxoriy goʻdakligidayoq otasi dunyodan oʻtdi va onasini qoʻlida qoldi. Maktabda dastlabki savodini chiqargancha arab tili va hadis kitoblarni oʻqishga ularni yod olishga ragʻbat bildiradi. Oʻn sakkiz yoshga kirganda u bir qator yirik ilmiy asarlar muallifi edi.

Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish