O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI
GID HAMROHLIGI VA TARJIMONLIK YO’NALISHI
__ KURS ___-GURUH TALABASI
Jumyazova Õģiljonning
O’zbekiston milliy madaniy merosi fanidan
KURS ISHI
MAVZU: “Imom al-Buxoriy hadislari va maqbarasi haqida”
Qabul qildi: ___________________
Topshirdi: _______________________
Urganch-2022
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………………3
ASOSIY QISM
I-BOB. IMOM AL-BUXORIY MUHADDIS ALLOMA SIFATIDA
1.1. Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi haqida………….………………………….....5
1.2. Imom al-Buxoriy asarlari……………..………………………………………..8
II-BOB. HADISSHUNOSLIK SAN‘ATI
2.1. Hadislar haqida tushuncha………………….…………………………….........11
2.2. Hadisshunos olimlar………………………………………...……………........15
2.3.Hadislarning tarbiyaviy ahamiyati…………………………………………...…19
III-BOB. MUSTAQILLIGIMIZDAN KEYIN IMOM AL-BUXORIYGA E’TIROF
3.1. Mustaqillik davridagi Imom al-Buxoriy maqbarasi.…..……………….........24
3.2. Imom al-Buxoriyga e’tirof……………………………………………………27
XULOSA………………………………………………………………………….29
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………..32
KIRISH
Asrlar davomida Oʻzbekiston zamini musulmon olamining buyuk va noyob madaniyati, ilm-fani va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining markazlaridan biri boʻlganidan sizlar albatta xabardorsiz. Qadimiy Oʻzbekiston – yaʼni, Movarounnahr diyori islom dunyosining yuksak madaniyati va sivilizatsiyasi rivojiga unutilmas hissa qoʻshgan alloma va mutafakkirlar yurtidir. Buxorolik buyuk ulamo – imom Ahmad ibn Hafs Kabir Buxoriy va uning butun dunyoga tanilgan shogirdlari, imom Al-Buxoriy va imom At-Termiziy asarlarining islom falsafasi ilmiy-nazariy asoslarini yaratishdagi ahamiyati beqiyosdir.
Buxoroi sharif musulmon olamida “Qubbat-ul islom”, yaʼni, “Islom dinining gumbazi” nomi bilan maʼlum va mashhurdir.
Oʻzbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining ulugʻ namoyandasi Imom Al Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi sharifda aytilganidek, “Albatta, amallar niyatga bogʻliqdir”.
Maʼlumki, 2016 yili Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimida Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasi yonida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifi bilan chiqqan edi. Keyinchalik Prezidentimiz ushbu markaz loyihasi va qurilishi bilan bir necha bor tanishdi. Uning mazmun-mohiyati, hatto, rangining qanday boʻlishigacha belgilab berdi. Bugungi kunda qurilish va pardozlash ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Davlatimiz rahbari ushbu markazda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.Markaz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkir allomalarimizning bebaho ilmiy-maʼnaviy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish, mamlakatimiz va xorijiy davlatlardagi kutubxonalar, arxiv fondlarida saqlanayotgan qoʻlyozmalarning elektron nusxalarini toʻplash, ularni xalqimiz va jahon jamoatchiligiga yetkazish bilan shugʻullanadi. Bu yerda ajdodlarimizning boy merosini alohida-alohida oʻrganish, yetuk mutaxassislar tayyorlash uchun barcha kerakli sharoitlar yaratilgan.
Markazning birinchi qavatida muzey tashkil etilgan. Unda Imom Buxoriyning hayoti, ilmiy safarlari aks etgan. Muzey markaziga “Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qoʻlyozma nusxasi qoʻyilgan.Muzey bilan tanishar ekan, Prezidentimiz bu joy ziyoratchilarga Imom Buxoriy haqida tasavvur, bilim berishini taʼkidladi.
- Dunyo xaritasida yana bir ilmiy markaz paydo boʻldi. Bu markaz mamlakatimizga ilm, baraka olib keladi. Yoshlarimizga bilim, kuch beradi. Bu yerda oʻqiganlar, ziyoratga kelganlar katta maʼnaviyat, maʼrifat oladi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Do'stlaringiz bilan baham: |