“Imom al Buxoriyning hayoti va ijodi”



Download 75,44 Kb.
Sana06.02.2022
Hajmi75,44 Kb.
#433076
Bog'liq
dars ishlanma 9 sinf


Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumanidagi 20-son umumiy o`rta ta’lim
maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Ruzibayeva Soxibaning ona tili fanidan 9-sinfda Imom al Buxoriyning hayoti va ijodimavzusida o`tkazilgan ochiq


Sana:26.11.2019


Sinf: 9-“B”
Mavzu: Imom al-Buxoriyning hayoti va ijodi.
Dars maqsadi:
Ta`limiy maqsad: O`quvchilarga adabiyotning mazmun-mohiyati xususida umumiy ma’lumot berish,o`quvchilarni Imom al-Buxoriyning hayoti va ijod yo`liga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish. Tarbiyabiy maqsad: Buxoriyning o`zbek millati uchun qilgan xizmatlarini ta’kidlagan holda o`quvchilarga milliy iftixor tuyg`usini shakllantirish, ularning kitobga bo`lgan e’tibori va qiziqishini kuchaytirish. Rivojlantiruvchi maqsad: Adib ijodi orqali o`quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish.
Darsning metodi: Interfaol, guruhlararo musobaqa.
Darsning usuli: “Tushunchalar tahlili” , “Jumboqli bekatlar o`yini”, “Tez yurar poyezdi” o`yini
Darsning jihozlari: Imom al-Buxoriy rasmlari asosida tayyorlangan buklet, Imom al-Buxoriy hadislar to`plami, rasmli ko`rgazmalar, slaydlar, “Rag`bat” kartochkalari va “Sirli sandiq”
DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI

Mavzu

Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi

Maqsad va vazifalar



Maqsad:

  • O`quvchilarga adabiyotning mazmun-mohiyati xususida umumiy ma’lumot berish, o`quvchilarni Imom al-Buxoriy hayoti va ijodi yo`liga oid ma’lumotlar bilan tanishtirish.

  • Imom al-Buxoriyning o`zbek millati uchun qilgan xizmatlarini ta’kidlagan holda o`quvchilarga milliy iftixor tuyg`usini shakllantirish,ularning kitobga bo`lgan e’tibori va qiziqishini kuchaytirish.

  • Adib ijodi orqali o`quvchilar dunyoqarashini rivojlantirish.

Vazifalar:

  • O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, ularda mavzu asosida bilim va ko`nikmalarni shakllantirish, kengaytirish;

  • Mavzuga oid berilgan savollarni o`quvchilar tomonidan guruh holatida o`zgartirib olishlari hamda berilgan topshiriqlar qay darajada o`zgartirilganligini nazorat qilish,ularning bilimini baholash.




O`quv jarayoning mazmuni

Imom al-Buxoriy hadisshunos ekanligi, Buxoriy hadislarining mohiyati, ma’no-mazmuni, u qoldirgan hadislarning yoshlar ma’naviy tarbiyasidagi ahamiyati haqida

O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Interfaol, “Tushunchalar tahlili”, “Tezyurar poyezdi”, “Jumboqli bekatlar”, “Har sohadan bir shingil”
Shakl: guruhlarda ishlash (slaydlar asosida).
Vosita:Buxoriy rasmlari asosida buklet, Buxoriy va Termiziy hadis kitoblaridan namunalar, slaydlar, ko`rgazmali qurollar va “Rag`bat” kartochkalari
Nazorat: og`zaki va yozma
Baholash: 5 balli tizim asosida

Kutiladigan natijalar



O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishadi.O`quvchi faolligini oshiradi. O`quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi.Bir darsda barcha o`quvchilar baholanadi.O`quvchilar tomonidan darsni mustaqil o`rganish va uni xotirada saqlash,boshqalarga yetkazish,savol berish va savollarga javob berishga o`rgatadi
O`quvchi: yangi bilimlarni egallaydi. Mustaqil ijodiy ishlashni o`rganadi, nutqi rivojlanadi. Qisqa vaqt ichida ko`p ma’lumotga ega bo`ladi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi: pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish, o`z ustida ishlash.Pedagogik mahoratni oshirish
O`quvchi: mustaqil ishlashni o`rganish,o`z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo`shimcha materiallar izlash, ularni o`rganish. O`rtoqlarini fikrini tahlil qilish

Uyga vazifa

Buxoriyning hayoti va ijodini o`rganib,uning hadislarini yod olish

Darsning borishi:


I.Tashkiliy qism: Salomlashish, madhiya kuylash, davomatni aniqlash, guruhlar bilan tanishish, guruhlar shiorini tinglash
II. O`tkan mavzuni so`rash: “ Jumoqli bekatlar” metodi yordamida o`tgan mavzuni mustahkamlash. 1-bekat. “ Jonlantirish” san’ati qo`llanilgan baytga misol keltiring 2-bekat. “Jonlantirish” san’ati ya`ni tasvir vositasi qo`llanilgan san’at adabiyot ilmida qanday nomlanadi. 3-bekat. “Husni ta`lil” san’ati haqida gapiring. 4-bekat. “ Mubolag`a” san’atiga misol keltirish. 5-bekat. “ Talmeh” san’ati haqida gapiring. 6-bekat. “ Ishtiqoq” san’ati qanday bo`ladi. 7-bekat. “ Tazod” san’ati haqida gapiring. 8-bekat. “ Tajnis” san’atiga misollar keltirish. 9-bekat. “ Ko`ngul” so`zining qanday ramziy ma`nolari bor Dars qoidalari: 1. O`zaro hurmat 2. Erkin fikrlash 3. Do`stona munosabat 4.O`zgalar fikrini hurmat qilish 5.Ahil jamoaga aylanish 6. Vaqtga amal qilish 1. Sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lish: Unda o`quvchilarni uch guruhga bo`lamiz. 1. “ Topqirlash” 2. “ Zukkolar” 3. “Bilimdonlar”
Bunda o`zlariga sardor hamda shior tanlaydilar Shiorlar: 1. Intilganga tole` yor. 2. Oz-oz o`rganib dono bo`lur, Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur 3. Bilmaganni so`rab o`rgangan olim, Orlanib so`ramagan o`ziga zolim.
III. Yangi mavzu bayoni: Darsning qisqacha mazmuni: Imom al-Buxoriy islom dunyosining eng mashhur kishilaridan biridir. Uni “Muhaddislar imomi”deydilar. “Muhaddis”so`zi-“hadis biluvchi, hadis aytuvchi”degan ma’nolarni bildirgan. Hadislar esa payg`ambarimiz so`zlaridir. Bundan chiqadiki, Imom al-Buxoriy payg`ambarimiz so`zlarini yig`gan, o`rgangan, aytgan allomadir. Hadislarni yig`ish payg`ambarimiz davrlaridan boshlangan. Lekin vaqt o`tishi bilan hadis aytuvchilar ko`payib ketgan, shu sababdan ularni saralash, ishonchlilarini, ishonchsizlaridan ajratib olish uchun hadisshunoslik fani vujudga kelgan.
Payg`ambarimiz so`zlari roviylardan yig`ilgan. Roviy-ma’lumot beruvchi, ma’lumot aytuvchi deganidir. Roviylar asosan ikki xil bo`ladi:sahobalar va tobeinlar. Sahoba deb payg`ambarimizni ko`rgan va u kishi bilan suhbatda bo`lgan izdoshlariga aytilgan.Tobeinlar esa payg`ambarimizni emas, sahobalarini ko`rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir.
Hadis ikki qismdan-sanad va matndan tashkil topgan.Sanad-payg`ambarimiz so`zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligi hujjati bo`lsa,matn uning mazmunidir.
Allomaning ismi-Muhammad, otasining ismi Ismoil bo`lib, 810-yilning 21-iyunida Buxoro shahrida tug`ildi. Otasi ham muhaddis bo`lib, goho tijorat bilan shug`illangan. Onasi ham ziyoli insonlardan bo`lgan. Ziyoli oilada voyaga yetgan alloma 16 yoshida minglab hadislarni yod bilgan va u ilm olish uchun yurtma-yurt kezib,minglab hadislarni yozib olgan. Bularning samarasi sifatida bizga yigirmadan ortiq asari yetib keladi. Shularning ichida “Al-jome’ as-sahih”nomli kitobi ustida 16 yil ishlagan va 600 ming hadis ichidan 7397 hadisni saralab olgan.
Imom al-Buxoriy hayotining so`nggi yillari Samarqand yaqinidagi Xartang qishlog`ida kechdi. U 870-yilning 31-avgustida vafot etdi. Qabri o`sha yerda ,hozirgi Samarqand viloyati Payariq tumani Xartang qishlog`idadir. O`quvchilarning darsdagi faolligini oshirish maqsadida “Tezyurar poezdi” o`yini orqali birinchi o`quvchi bir ma’lumot aytadi. Keyingi o`quvchi ma’lumot aytishda davom etadi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: “Har sohadan bir shingil” o`yini
1. Davriy sistemani kim tuzgan?
2. Globusni kim yaratgan?
3.Mustaqil so`z turkumlarini sanab bering. 4. “ O`tkan kunlar” romani muallifi?
5. Men 9-sinfda o`qiyman so`zini inglizchada aytib bering. 6. Butun olam tortishish qonuni kim tomonidan yaratilgan? 7. Ga`zal mulkining sultoni? 8.” Fasli navbahor o`ldi” misrani davom ettiring. 9. Ikki yoki undan ortiq kesimdan tashkil topgan gap? 10. Tadbirkorlik faoliyati turlarini sanab bering.

Musnadi

Hadislarni bir-biridan eshitib rivoyat qilib,avloddan-avlodga qoldirgan roviylar ro`yxati

Riyo

Ikki yuzlamalik

Qavl

So`z

Sahih

Ishonchli

G`ayrisahih

Ishonchsiz








V.O`quvchilarni baholash va rag`batlantirish: Dars so`ngida o`quvchilar shartlar bo`yicha to`plagan “Rag`bat” kartochkalari sanaladi. G`olib guruh o`quvchilariga “Sirli sandiq” taqdim etiladi. Sirli sandiq ichidan kalit chiqadi. Bu kalit ramziy ma’nodagi kalit bo`lib g`olib bo`lgan jamoa Samarqanddagi Imom al-Buxoriy maqbarasining darvozasini ochuvchi kalit hisoblanadi.
VI. Uyga vazifa: Imom al-Buxoriy hayotiva ijodi bo`yicha 15 ta savolnoma yozish
Download 75,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish