Urganch davlat universiteti xorijiy filologiya fakulteti gid hamrohligi va tarjimonlik yo



Download 1,18 Mb.
bet12/13
Sana08.07.2022
Hajmi1,18 Mb.
#756480
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Imom al buxoriy hadislari va maqbarasi haqida (2)

3.2. Imom al-Buxoriyga e’tirof
Istiqlol sharofati bilan Buxoriyning o‘lmas merosi el-yurti bag‘riga qaytdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida“gi qarori (1997 - yil 29 - aprel) asosida Buxoriyning ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish, xotirasini abadiylashtirish borasida katta ishlar qilindi. 1998 - yil 23 - oktabrda Samarqandda yubiley tantanalari bo‘lib o‘tdi. 750 ta alloma abadiy qo‘nim topgan Chelak tumanidagi Hartang qishlog‘ida ulkan yodgorlik majmui ochildi. Buxoriyning boy maʼnaviy merosini chuqur o‘rganish va keng targ‘ib qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan Imom al-Buxoriy xalqaro jamg‘armasi tuzildi (1998 - yil 4 – noyabr birinchi raisi Zohidillo Munavvarov). Jamg‘armaning asosiy vazifasi Qur’oni karim va Buxoriyning „Al-Jome’ as-sahih“ tarjimalarining akademik nashrlarini tayyorlash, buyuk islomshunoslar ilmiy merosini tadqiq etish, diniyfalsafiy mavzularda ilmiy anjumanlar o‘tkazish va shular yordamida yosh avlodni milliy anʼanalarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat. 2000 - yildan boshlab mazkur jamg‘arma o‘zining maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-adabiy „Imom al-Buxoriy saboqlari“ jurnalini nashr eta boshladi. Jurnal xalqimizni milliy-maʼnaviy merosimizdan bahramand etish, milliy, limiy qadriyatlarning sog‘lom idrok etilishiga yordam berishni o’z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. O‘zbekistonda Buxoriyning xotirasi munosib tarzda abadiylashtirilgan. Toshkent Islom institutiga Buxoriy nomi berilgan. Buxoriyning hayoti va ijodiga bag‘ishlab bir necha tillarda kitob, albom, 2 qismli film (1995), „Hadis ilmining sultoni“ 4 qismli kinoqissa (1998) yaratilgan5.
1974 yilda Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari Diniy boshqarmasi tashabbusi bilan jumhuriyatimizda butun islom dunyosi vakillari ishtirokida allomaning 1200 yillik yubileyi nishonlangan edi. Uning shoh asarlari hisoblanmish “Al-Jomeʼ as-sahih” va “Al-adab al-mufrad” kitoblari Toshkentda qaytadan nashr qilinishi al-Buxoriy merosini oʻrganishda katta ahamiyatga ega boʻldi. Toshkentdagi diniy oliy maʼhadning Imom al-Buxoriy nomi bilan atalishi bundan oʻn ikki asr muqaddam ilm-fan yoʻlida beqiyos katta xizmat qilgan buyuk olimga chuqur hurmat-etiborning ramzidir. Allomaning Xartang qishlogʻida joylashgan salobatli maqbarasi eng obod va koʻrkam qadamjolardan biri sifatida ardoqlanib, islom ahli va barcha mehmonlar uchun tabarruk ziyoratgoh sifatida mashhurdir. 1998 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti formoni bilan buyuk hadisshunos allomaning 1225 yillik tavallud kuni keng jamoatchilik tomonidan katta hurmat va ehtirom ila nishonlanib, uning maqbarasi qayta qurildi.
Xulosa
Buyuk asar “Sahih al-Buxoriy”ni tasnif etilishiga bo‘lgan bu ikki sabab ham shubhasiz, Imom Buxoriyning o‘zi tomonidan rivoyat qilingan. Bu uning ustozi marvlik buyuk muhaddis, musnid imom, hofiz Isʼhoq ibn Rohavayning bergan taklifi va Buxoriyning tushiga Alloh taolo tomonidan berilgan ilohiy rag‘bat. Bu ikki sabab ham 20-22 yoshdagi Muhammad ibn Ismoil Buxoriyga kelajakda “Sahih al-Buxoriy” asarini yozishga katta rag‘bat bergan. Bu ilohiy rag‘bat va ustozining irshodi uning keyinchalik buyuk asarni tasnif etishi va bu asar Qurʼoni karimdan keyingi maqomda bo‘lishida ishorat bo‘lgan. Shundan so‘ng Imom Buxoriy shoh asarni yozishga kirishib, uni 16 yilda yozib bitirgan. Asarni boshlanishi 217/833-yilda bo‘lib, bu vaqtda Imom Buxoriyning yoshi 23 yoshda bo‘lgan. Buyuk muhaddis 39 yoshida 233/849-yilda yozib bitiradi. Bu ulug‘ ishni bajarish Alloh taoloning buyuk marhamati bilan yer yuzida faqat Imom Buxoriyga nasib etgan.
Imom Buxoriy “Sahih al-Buxoriy” asarini jamlash uchun o‘zining xolis mehnati, mustahkam taqvo va zuhdi hamda o‘n olti yillik vaqtini sarflagan. Abu Isʼhoq Zanjoniy shunday dedi: “Abdurrahmon ibn Rasoyin Buxoriydan eshitdim, u Imom Buxoriydan eshitganligini shunday deb aytib berdi: “Sahih” kitobimni o‘n olti yilda yozdim. Men kitobdagi hadislarni olti yuz ming hadislardan tanlab oldim va uni (kitobni) Alloh taolo va o‘zim o‘rtamda hujjat qilib bitdim” deb aytdi”. Imom Buxoriyning bu so‘zi haqiqatdan o‘z isbotini topdi, o‘z davrida aytilgan bu bashorat asrlar osha butun islom ulamolari tomonidan ittifoq bo‘lindi. Ko‘plab hadis borasida asarlar tasnif etilsada, bu kabi asarni dunyo yuzi qaytib ko‘rmadi.
“Sahih al-Buxoriy” asarining nomlanishi borasida muhaddis va muarrixlarning bir nechta qarashlari mavjud. Asarning mashhur bo‘lgan nomi “Al-Jomeʼ as-Sahih” bo‘lib, asosan ushbu nom bilan tarix va hozirgi davrda yuritilib kelinadi. Imom Buxoriy bu shoh asarini aslida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” (Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning sunnatlari va u kishining hayotlari haqida qisqa, sahih, sanadi uzluksiz, barcha islom ahkomlarini jamlovchi) deb nomlagan. Bu nom bilan kelganligini ko‘plab muhaddis va allomalar taʼkidlaydi. Jumladan, Abu Nasr Kalaboziy “Rijolu Sahih al-Buxoriy”, Abduxoliq ibn G‘olib ibn Atiyya “Fihrist ibn Atiyya”, Hofiz ibn Xoyr Ishbiliy “Fihrist mo ravo an shayxihi”, Hofiz Badruddin Ayniy “Uʼmdat al-Qoriy” asarlarida “Al-Jomeʼ al-Musnad as-Sahih al-Muxtasar min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi” deb nomlanganini tasdiqlaydi. Muhaddisning “Sahih al-Buxoriy” asarini bunday nomlanishida quyidagi sabablar keltirib o‘tiladi:
“Al-Jomiʼ” – deb nomlanishi asar islom ilmlaridan bo‘lgan imon, tavhid, ibodat va muomalat hukmlari, jihod va g‘oziylik, tarix, fazoil, manoqib, tafsir, nikoh, odob-axloq, zuhd kabi masalalarni qamrab olgan. Hadis ilmida bu masalalarni o‘z ichiga olgan asar “Jomeʼ” deb nomlanadi.
“Al-Musnad” – asarda hadislarning muttasil sanad bilan kelgani, har bir hadis marfuʼ yaʼni sanadining Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)ga borib ulanishiga aytiladi. Imom Buxoriy asaridan oldin tasnif etilgan hadis asarlarida sahih hadislardan boshqa zayif, munqatiʼ- roviyning bir joyda tushib qolishi va muʼzal - bir joyda ikki roviyning tushib qolishiga o‘xshash hadislar ham kiritilgan. Bu asarda bu kabi hadislarning uchramasligi bilan muhim ahamiyatga ega.
“As-Sahih” – mazkur asarda faqat sahih hadislar saralab olingan. Imom Buxoriy o‘z asarida oldingi asarlardan farqli bo‘lgan yo‘nalishga asos solgan. Muhaddisgacha bo‘lgan davrda jamlangan kitoblarda sahih, hasan, zayif, mavzu hadislar birga jamlangan. Imom Buxoriy hadislarning fiqhiy mavzusi, turi, sahihligiga qarab tasniflash metodiga birinchi bo‘lib asos solgan muhaddisdir8.
“Al-Muxtasar” – Imom Buxoriy yod bilgan yuz ming sahih hadislar ichidan 7397 tasi tanlab olingan. Asarni hajmi katta bo‘lib ketishidan saqlangan va hadislarning takrorlanmaslik va ularning nodir jihatiga alohida eʼtibor qaratgan. Asarni boshlashda muhaddisning niyati ham ustozi Isʼhoq ibn Rohavayning taklifi asosida butun sunnat va hadislarni jamlovchi qisqa-muxtasar asar yaratish bo‘lgan9.
“Min umuri Rasulullohi sallallohu alayhi vasallam va sunanihi va ayyomihi”- asarda jamlangan hadislarning barchasi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlari, bajargan ishlari, sahobalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni tasdiqlashlari va u zotning ulug‘ shamoillari, tarixi va chiroyli xulq-odoblarini qamrab olganligidir10.
Islom tarixida buyuk maqom kashf etgan muhaddisning shoh asari asrlar osha o‘rganilib, islom taʼlimotida Qurʼoni karimdan keyingi manba sifatida foydalanib kelinmoqda. “Sahih al-Buxoriy” asarining yaratilishi va uning keyingi avlodlarga yetib kelishida ham buyuk bir ibratli tarix bor. Zero, bu asarning butun musulmonlar qalbidan joy olishi bejiz emas. Imom Buxoriyning tinimsiz ilm yo‘lida chekkan mashaqqati, qirq yil sahroi-shaharlarni kezib qiyinchiliklarga sabr qilishi, tunu-kun qilgan ilmiy mehnati, sof eʼtiqodi va xolis amalining buyuk samarasidir. Imom Buxoriy bu asarni yozib tarixning oltin sahifasiga muhrlashi bilan faqat orzu havas va shirin xayol bilan ulug‘likka erishib bo‘lmasligini isbotladi. Ilm yo‘lidagi buyuklik ilm-maʼrifat va xolis xizmat bilan bo‘lishini o‘zining ibratli hayoti bilan ko‘rsatib berdi11.


Download 1,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish