Urganch davlat universiteti


Nеolit (yangi tosh) davri



Download 1,98 Mb.
bet2/4
Sana18.11.2019
Hajmi1,98 Mb.
#26265
1   2   3   4
Bog'liq
2 5460773947307984109


Nеolit (yangi tosh) davri. Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o’zgarish - inqilob sodir bo’ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo’ldi. Neolit davri «toshboltalar asri» ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog’i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni «sopol asri» ham deyishadi. Neolit davrida odamlar hayotida chorvachilik va dehqonchilik vujudga keladi va xo’jalikda asosiy o’rinni egallaydi. Urug’ jamoalari echki, qo’y va qoramollardan iborat qo’ra-qo’ra chorva mollariga, don-dun zahiralariga ega bo’ladilar. Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo’jalik shakllanib bo’ladi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo’lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Urug’ jamoalari ozuqa izlab ko’chib, daydib yurishdan o’troq hayot kechirishga o’tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylanadi, qishloqlar vujudga keladi. Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o’rniga jun va o’simlik tolasidan to’qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo’ladilar. Hunarmandchilikda to’qimachilik, tikuvchilik tarmog’i ham paydo bo’ladi.

Joytun madaniyati. O`rta Osiyodagi dastlabki dеhqonchilik manzillari. Kaltaminor madaniyati va uning bosqichlari. Nеolit davri qabilalari xo`jalik shakllariga qarab, quyidagi madaniyatlarga bo`linadi: Joytun madaniyati, Kaltaminor madaniyati, Hisor madaniyati.

Joytun madaniyati. Janubiy Turkmaniston hududidagi mil. avv. VI-V ming yilliklarga oid madaniyat. Bu yеrdan O`rta Osiyodagi birinchi paxsa uylar qoldiqlari, sopol idishlar namunalari aniqlangan. Aholisi, asosan, dеhqonchilik, chorvachilik va qisman ovchilik bilan shug`ullangan.

Kaltaminor madaniyati. Qadimgi Xorazm hududidan topilgan bo`lib, mil.avv. V-IV ming yilliklarga oiddir. Topilmalar Kaltaminor qabilalarining baliqchilik, ovchilik va qisman hunarmandchilik bilan shug`ullanganligidan dalolat bеradi.

Hisor madaniyati. Asosan, Hisor-Pomir tog`laridan topilgan, Miloddan avvalgi V-IV ming yilliklarga oid. Hisorliklar sopol idishlar yasab, asosan, chorvachilik, ovchilik, qisman tеrmachilik bilan shug`ullanganlar.

Ta`kidlaganimizdek, mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko’plab arxeologik yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi Okchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog’i va Orol dengizining shimoliy-sharqiy bo’ylaridan yana ko’plab makonlar topib o’rganildi. Bularning hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi. Kaltaminorliklar hayoti, xo’jalik mashg’ulotlari va turmush tarzini o’rganish, uning miloddan avvalgi 5-3 ming yilliklarga doir arxeologik madaniyat ekanligini ko’rsatdi. Kaltaminor madaniyatining eng muhim manzilgohlaridan biri Jonbos-4 hisoblanadi. Jonbos-4 da o’tkazilgan qazish ishlari natijasida maydoni 300 kv.m. qeladigan g’oyat katta turar joy-yarim yerto`la shaklidagi kulba ochildi. Tadqiqotlar kulbaning xodalar va qamishdan qurilgani, keyinchalik yonib ketganligini, odamlar foydalangan barcha uy-ro’zg’or buyumlari, mehnat qurollari yiqilgan kulba ostida qolib ketganligini ko’rsatdi. Kulba tomini ko’tarib turgan birnecha ustunlar borligi aniqlandi. Bu manzilgohda 100-120 ga yaqin kishi istiqomat qilishgan. Uning o’rtasidan katta o’choq, atrofida yana 20 dan ortiq mayda o’choqlar, ko’mirga aylangan yog’ochlar va qamishlar topildi. Har bir o’choq atrofidan baliq, yovvoyi cho’chqa, bug’u, qirg’ovul, suv qushlarining suyaklari, o’rdak va g’oz tuxumining po’choqlari, yovvoyi jiyda danaklari topildi. Katta o’choq o’t og’asi ixtiyoridagi otashkada G’altarG’ bo’lib, Kaltaminor urug’ jamoasi katta o’choqdagi o’tga topinishgan, bu odamlarning diniy e’tiqodini ko’rsatadi. Kulbadagi mayda o’choqlar esa ona urug’i doirasida ko’plab juft oila mavjud bo’lganini ko’rsatadi. Jonbas-4 manzilgohidan chaqmoq toshdan yasalgan juda ko’p mehnat qurollari, keskich asboblar, suyak garpunlari, turli xil naqshlar, o’yib solingan sopol idish siniqlari va boshqa ashyolar topiladi. Topilgan qoldiqlarning deyarli ko’pchiligi baliq va qush suyaklari bo’lib, kaltaminorliklarning baliqchilik va ovchilik bilan shug’ullanganligini ko’rsatadi. Kaltaminorliklar o’q-yoydan keng foydalanganlar. Markaziy Farg`ona nеolit davri yodgorliklari. Hisor madaniyati. Tosh qurollarining takomillashuvi. 1950 yillarda taniqli arxeolog olim Ya.G’.G’ulomov Zarafshon bo’ylab qidiruv ishlari olib boradi va o’nlab manzilgohlarni aniqlab, ulardan neolit davriga oid tosh qurollar va sopol parchalarini topadi. Qidiruv ishlarini 1960 yildan boshlab arxeologlardan A.Asqarov va O’.Islomovlar davom etkazadilar. Natijada 100 dan ortiq katta va kichik manzilgohlar topiladi. Ularda yashagan urug’ jamoalarining baliq ovi bilan shug’ullanganligi, termachilik xo’jaligida tosh yorg’uchoqlardan keng foydalanilganligi aniqlanadi. Zarafshon daryosining o’rta havzalarida yana bir yodgorlik-Sazag’on makoni. Samarqand viloyatining Sazag’on qishlog’i topib o’rganiladi. Ko’plab tosh qurollar, yovvoyi va uy hayvonlari suyaklari topiladi. Sazag’on jamoasi qoramollarni qo’lga o’rgatib, chorvachilik bilan shug’ullanganlar. Zarafshon vodiysi urug’ jamoalari sifatli tosh xom ashyolardan qurollar yasaganlar. Ular tosh konlarida shaxtalar hosil qilganlar. Neolit davrida Uchtut chaqmoqtosh konida 4-5 metrlik shaxtalardan namlangan toshlarni kovlab olib qurollar yasaganlar. Namlangan toshlarni yo’nish oson bo’lganligini bilganlar.

Zarafshon vodiysida yashagan urug’ jamoalari hayotida ovchilik, ayniqsa baliq ovlash alohida ahamiyat kasb etgan.

Neolit davri mehnat qurollari


  • Tosh bolta, pona, iskana

  • Motiga (ketmon-tesha). Motiga dehqonchiligi

  • Chaqmoq toshga tig’ o’rnatilgan suyak o’roq

  • Toshdan yasalgan don yorg’uchoq

  • Loydan qo’lda yasalgan va pishirilgan sopol idishlar

Ishlab chiqarishga asoslangan xunarmandchilikning vujudga kеlishi: kulolchilik, qayiqsozlik, to`qimachilik va zargarlikning rivojlanishi. Zig’ir tolasi va jundan ip yigiruv urchuqlari, mato to’quv dastgohlari yasaldi. Kiyimlar tikilgan.Yog’och g’o’lalarni bir-biriga bog’lab yasalgan suvda suzuvchi sol, qayiqlar yasashni o`rgandilar. Odamlar xayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga jun va o‘simlik tolasidan to‘g‘ilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadilar.

Hunarmandchilikda to‘qimachilik, tikuvchilik paydo bo‘ladi. Bu davrda ishlab chiqaruvchi ho‘jalik shakllana bordi. Odamlar o‘troqlasha boshladilar, kulbalar, uylar barpo etiladi. Ajdodlarimiz loydan idish yasab, ularni olovda pishirishni, yog‘och va hamishdan qayiq yasashni o‘rgandilar. Navoiy viloyati hududida qariyb 7 ming yil muqaddam ajdodlarimiz qo‘li bilan loydan yasalgan xumcha topildi. Sopol idishlarni kashf etish suyuq ovqatlar tayorlash imkonini yaratdi. Chorvachilik va dеhqonchilikning shakllanishi.



Enеolit davri. Insoniyat tarixining tosh davri o’rnini metall qurollar egallay boshladi. Miloddan avvalgi 4 minginchi yillarda odamlar misdan qurollar yasashni o’rganadilar. Mis metall sifatida yumshoq bo’lganligi tufayli, undan yasalgan qurollar mo’rt,yumshoq va tez egiluvchan bo’lgan. Shu sababdan toshdan mehnat qurollari yasash ham davom etgan. Bu davrni eneolit, ya’ni mis-tosh davri deb ataladi. Odamlar dastlab misni yer yuzasidan sof holda uchratib, undan mehnat qurollarini yasaganlar. Keyinchalik uning olovda erishini bilganlar va undan turli xil shakldagi qurollar va buyumlar yasaganlar. Ajdodlarimiz miloddan avvalgi 3 minginchi yillardayoq misga qalay aralashtirib bronza, ya’ni qattiq metall qotishmasi olishni, undan pishiq va qattiq mehnat qurollari, qilich, xanjar, uy-ro’zg’or buyumlari, zeb-ziynat bezaklari yasashni o’zlashtirib oladilar. Bu davr bronza davri deb nom oldi. Bronzaning kashf etilishi metallurg hunarmandlarni, metallurgiya ustaxonalari va zargarlik korxonalarini vujudga keltirdi.

Eneolit va bronza davri mehnat qurollari

  • Eritilgan mis, qalay aralashmasi quyiladigan tosh va loyqoliplar

  • Bronza qotishmasidan tayyorlangan bolta, o’roq, ketmon, tesha

  • Misdan, bronzadan yasalgan igna, nayza, xanjar, qilich

  • Misdan yasalgan taqinchoq, bezak va boshqa buyumlar

  • Er haydaydigan omoch

  • Yog’och arava

Hunarmandchilikning bu tariqa ixtisoslashuvi turli hududlar o’rtasida mahsulot ayirboshlashga, ularni iqtisodiy jihatdan bog’laydigan aloqa yo’llarining paydo bo’lishiga olib keladi. Bronza davrida yashagan ajdodlarimiz ho’kiz, ot, eshak va tuyadan transport vositasi sifatida foydalanganlar. Hayvonlar qo’shilgan g’ildirakli aravalar vujudga keladi.

Sarazm, Anov va Zamonbobo madaniyatlari. Suniy sug`orishga asoslangan dеhqonchilik madaniyati markazlarining paydo bo`lishi. O’zbekiston hududidan eneolit va bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko’plab manzilgohlar topib o’rganilgan. Buxoro viloyati Qorako’l tumani markazidan 15 km. shimolisharqdagi Zamonbobo ko’li atrofida 1950 yillarda Ya.G’.G’ulomov, 1960 yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri odamlarining makoni va qabristonini topib o’rganadilar. Bu Zamonbobo madaniyati deb ataladi. Zamonbobo makonidan maydoni 170 kv.m bo’lgan yerto`la tipidagi uy, ikki chayla, kulolchilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. Makonning sharqiy-janubiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida dambaga o’xshash devor bilan o’ralganligi ma’lum bo’ldi. Qazishlar vaqtida yerto`la va uning atrofidan o’choq o’rni, ustunlar o’rnatilgan chuqurchalar, qoramol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug’doy va arpa donlari, qamish va poxol qoldiqlari, toshdan yasalgan yorg’uchoq siniqlari, chaqmoq toshdan yasalgan o’roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar topildi. Topilmalar Zamonboboliklarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganini ko’rsatadi. Zamonbobo ko’lining shimoliy sohilidan topilgan qadimgi qabristonda 45 ta mozor ochilib o’rganiladi. Mozorlar hozirgidek lahat shaklida bo’lib, marhumlar o’ng va chap yoni bilan ona qornida yotgan chaqaloq singari gujanak shaklida ko’milgan. O’liklar yolg’iz, juft, ba’zan uchtalab G’erkak, ayol va bolaG’ ko’milganligi, bir go’rga takror ko’milish hollari bo’lganligi aniqlandi. Erkaklar qabridan o’q-yoy paykonlari, pichoqsimon qurollar, ayollar qabridan tosh munchoq, oltin marjon, surma, toshoyna va boshqa buyumlar, bir qabrdan kichkina sopol haykalcha topiladi. Qazilmalarda topilgan Badaxshon la’lidan ishlangan munchoqlar, Turkmaniston sopol idishlari Zamonboboliklarning boshqa xududlardagi urug’ jamoalari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarda bo’lganligini ko’rsatadi. Zamonbobo madaniyati bir urug’ jamoasining moddiy va madaniy merosi hisoblanadi. Zamonbobo makoni va qabristoni O’zbekiston tarixshunosligidagina emas, jahon tarixi fanida ham mashhurdir. Eneolit va bronza davriga xos yana bir yodgorlik Zarafshon vodiysida Tojikiston respublikasining O’zbekiston bilan chegaradosh qishlog’i - Sarazmdan topildi. Bu makonning maydoni 90 gektar bo’lib, odamlar uzoq yillar davomida istiqomat qilganlar, dehqonchilik bilan shug’ullanganlar. Sarazmda bir xonali va xom g’ishtdan yasalgan ko’p xonali uylar, ikkita ibodatxona va qishloq ko’chalari ochildi. Qazishmalar natijasida uylar o’rtasida oilaviy e’tiqod joyi, dumaloq shaklda ishlangan olovxona, torozi toshlari, to’qimachilik dastgohining qismlari, urchuq toshlar, pichoq, xanjar, qarmoq, igna va bigizlar, sopol idish parchalari, mis oyna, taqinchoqlar topildi. Metall buyumlar yasash keng tarqalganligi aniqlandi. Kulolchilikda charx dastgohi

kashf etilgan. Shunday qilib, So’g’d o’lkasining Zamonbobo va Sarazm yodgorliklari bobodehqonlarimizning soy va daryo etaklaridagi zaxkash yerlarda yuritgan dehqonchilik xo’jaligi haqida qimmatli ma’lumot beruvchi makonlardir. 1969-1974 yillarda A.Asqarov rahbarligidagi arxeologlar guruhi Surxondaryo viloyati Muzrabod vohasida cho’lida qidiruv ishlari olib borib, Sopollitepa yodgorligini topib o’rgandilar. Sopollitepa 4 gektar chamasidagi tepalikdan iborat bo’lib, uning markaziy qismini baland qal’a tashkil etadi.Sopollitepaning markaziy qismi kvadrat shaklida bo’lib (82x82), atrofi yirik xom g’ishtlardan qilingan uch qator mudofaa devorlari bilan o’rab olingan, devorning qalinligi o’rtacha 1,6 m, ba’zi joylarda 2 m bo’lgan. Qal’aning o’rta qismi bo’sh maydondan iboratligi, qal’a ichkarisidagi uylarni 8 kvartalga bo’lib turuvchi 6 ta ko’cha borligi ma’lum bo’ladi. Qal’a darvozasi uning janubiy tomoniga joylashganligi, uylarning devorlari va poli bir necha bor somon suvoq qilinganligi, har bir uyda mo’rili o’choq, o’choq yonida supa, ba’zi xonalarda sandal o’txonalari borligi aniqlandi.

Sopollitepadan 150 ta qabr ochilgan, ulardan sopol idishlar, bronza, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan yasalgan bezaklar, bronza mehnat qurollari topilgan. Sopollitepadan 20 ga yaqin sopol pishiradigan xumdon, vaza, ko’za, xurmacha, choynak, piyola, kosa, tog’ora, xum, lagan va boshqa 40 ga yaqin xildagi yaxshi pishirilgan nafis, jarangdor, engil idishlar topilgan.Xonalardan tosh yorg’uchoqlar, o’g’irlar, urchuqlar va paykonlar, arpa, bug’doy va tariq donlari topilgan. Sopollitepadagi tadqiqotlar odamlarning bug’doy go’ja, umoch, qaynatma sho’rva kabi ovqatlar pishirib iste’mol qilganini, ipakdan va paxtadan kiyimlar tikib kiyishganini ko’rsatadi. Erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimoti haqida ma’lumotlar olindi, erkaklar o’troq dehqonchilik, chorvachilik, kulolchilik, binokorlik bilan shug’ullangan, ayollar esa uy ishlari, bola tarbiyasi bilan band bo’lgan. Urug’ jamoasiga erkaklar boshchilik qilgan.

Bronza davri, uning yodgorliklari: Namozgoh, Oltintеpa, Sopollitеpa, Tozabog`yob, Amirobod, Chust madaniyatlari. Vatanimiz hududlarida o`troq dеhqonchilikning rivojlanishi. Patriarxal ota urug`i munosabatlarining yuzaga kеlishi.

Sopolli madaniyati odamlarning sug’orma dehqonchilikni o’zlashtirganini, o’troq dehqonchilik madaniyati barpo bo’lganligini isbotlab berdi. Kulolchilik rivojlanib, nafis idishlar kulolchilik charxida tayyorlangan. To’qimachilikda paxta va tabiiy ipakdan foydalanilgan. Shuningdek, metall bilan ishlash hunarmandchiligi ham rivojlanganligi aniqlandi. Sopolli madaniyati o’lkamizda shaharlarning vujudga kelishi uchun ilk zaminlar bronza davridayoq mavjud bo’lganligini ko’rsatadi.

1953-1961 yillarda M.E.Voronets boshliq arxeologlar guruhi Namangan viloyatining Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalagan buloq yoqasidan mil. av. 2 minginchi yillar oxiriga oid makonni topib o’rgandilar. Izlanish natijasida yana Dalvarzintepa, Qoraqo’rg’on, To’raqo’rg’on, Chimboy, Ashqoltepa va boshqa o’ndan ortiq yodgorliklar topib o’rganildi. Ularning barchasi Chust madaniyati nomi bilan tarix faniga kirdi. Chust madaniyati odamlarning qishloq-qishloq bo’lib yashaganligidan dalolat beradi. Chust madaniyatiga mansub yodgorliklarda qo’lda yasalgan guldon, spool tovoqlar, labi bukilgan turli shakldagi sopol idishlar, piyolalar, xurmosimon idishlar ko’p uchraydi, ularga qizil va qora ranglarda uchburchak, romb shakllari tushirilgan.

Tadqiqotlar Chustliklarning asosiy mashg’uloti sug’orma dehqonchilik ekanligini ko’rsatdi.Ketmon, tosh yorg’uchoq, xovoncha, o’roqsimon pichoq, bronza o’roqlaridan foydalanishgan. Topilgan ashyolar Chustliklar bug’doy, arpa, suli ekib dehqonchilik qilganini, yerni ketmon bilan ishlaganini, daryolarni bo’g’ib sun’iy kanallar orqali dalalarga suv chiqarganini, uzunligi bir necha o’n chaqirimdan iborat kanal qurganligini ko’rsatadi. Shuningdek, ovchilik va baliqchilik ham qadimgi chustliklarning turmushida muhim o’rin egallagan. Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik yaxshi rivojlanganligini topilgan metall buyumlar ham yaqqol ko’rsatdi. Tosh qoliplarda oyna, o’roq, pichoq va bigizlar quyma holda yasalgan. Qazish vaqtida ot uzangilari va suvligi, bilaguzuk, xalqa, qarmoq, paykonlar, suyak va toshdan yasalgan qurollar topilgan. Chustliklar hayotida to’qimachilik hunarmandchiligi ham ancha rivojlanganligi ma’lum bo’ldi. Buni yodgorliklardan topilgan 13 xil mato, urchuq toshlar, moki, suyak taroqlar va to’qimachilik dastgohlaridan bilsa bo’ladi.

Shunday qilib, Chust madaniyati Farg’ona vodiysida qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllanganligini ko’rsatuvchi misol bo’lib xizmat qiladi. Chustliklarning olovga e’tiqod qilganliklari ularda diniy tasavvurlarning shakllanganligini ko’rsatadi. Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlaridan ham topilib o’rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog’yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog’yob madaniyati, Amirobod kanali etaklaridan topilib o’rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi. Bu manzilgohlarda yashagan odamlar o’troq holda urug’ jamoa bo’lib ashaganligi, sug’orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanganligi aniqlandi. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar. Mеhnatning birinchi yirik taqsimoti. Xo`jaliklarning ixtisoslashuvi. O`troq va ko`chmanchi aholi munosabatlari. Mamlakatimizning shimolidagi cho’l va dasht joylarida chorvador urug’ jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo’jalikning asosiy tarmog’i bo’lgan. Otliq cho’ponlar qoramol, qo’y, echkilardan iborat podalarni uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos joylarga ko’chib yurganlar, novdadan to’qilgan uylar, ho’kizlar qo’shilgan g’ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi. Ular o’zaro fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo’ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy so’zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o’zaro tushunarli tilda gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi. Bronza davri oxirlarida chorvador qabilalarning o’z podalarini haydab o’troq dehqon jamoalari yashaydigan vohalarga tinch yoki zo’rlik bilan kirib borganligi ham kuzatiladi. Natijada etnik jarayonlar kuchayib, shimol va janub qabilalarining dastlabki aralashuvi yuz berib, hozirgi zamon o’zbek va tojiklarning dastlabki etnik qatlami shakllana boshlaydi. Mil. av. bir minginchi yillarning boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtiradilar va mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir davri boshlanadi.

Temirdan yasalgan omoch, ketmon, belkurak va boshqa mehnat qurollari ancha keng maydonlarni haydash, to’g’onlar qurish, kanal va ariqlar qazib suv chiqarish imkonini beradi. Bular dehqonchilikning yuksalishiga olib keladi. Temirning kashf etilishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Temirdan qattiq va o’tkir pichoqlar, o’roqlar yasalishi mehnat umumdorligini oshirishga yordam berdi.

Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng tarqaldi. Temirchilik bosqoni, qo’l tegirmoni vujudga keldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odamlarning turmush tarsi ham o’zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular aholining ko’payishini ta’minladi.

Shunday qilib, mamlakatimiz odam paydo bo’lgan ilk mintaqalardan biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab kelmoqdalar. Ular o’z taraqqiyotida ibtidoiy to’da, urug’ jamoasidan iborat uzoq tarixiy yo’lni bosib o’tdilar. Yashash uchun kurashib, oddiy tosh qurollari yasashdan metallni kashf etishgacha, metalldan mehnat qurollari, uy-ro’zg’or va turli xil bezak buyumlari yasashgacha ko’tarildilar. Yalang’och holda yashashdan jun, paxta, pilla tolasidan kiyim tikib kiyishgacha, g’orlarda yashashdan uy-joy qurish, qishloq-qishloq bo’lib yashashgacha bo’lgan uzoq ijtimoiy rivojlanish davrini boshdan kechirdilar. Ibtidoiy to’daning o’sib urug’chilik jamoasiga ko’tarilishi insoniyat taraqqiyotida sodir bo’lgan tub ijtimoiy o’zgarish bo’ldi. Odamlar birbirini taniydigan, muloqotda bo’ladigan, bir urug’ga, avvalo, ona urug’iga, keyinroq ota urug’iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo’ldi, mushkuli osonlashib bordi. Turmush tarzida termachilik va ovchilik o’rnini chorvachilik, dehqonchilik, hunarmandchilik egalladi. Mehnat unumliroq bo’lib bordi. Ajdodlarimiz tabiatdan tayyor narsalarni o’zlashtirish xo’jaligi o’rniga iste’mol qilinadigan maxsulotlarni o’zlari ishlab chiqaradigan xo’jalik yaratdilar.

Ibtidoiy jamoa tuzumida jamoa a’zolari ishlab chiqarish vositalariga, uyjoylarga, mehnat qurollariga birgalikda egalik qilgan, mehnat qilishda va mehnat mahsullaridan foydalanishda teng bo’lganlar. Sug’orma dehqonchilikning kashf etilishi natijasida o’troq dehqonchilik madaniyati shakllandi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. Vatanimizning ko’pgina hududlari - Xorazm, Surxondaryo, Zarafshon, Farg’ona va boshqa vohalari sivilizatsiyasiya taraqqiyotining markazlariga aylandi. Cho’l va dashtlarda yashovchi chorvador urug’ jamoalari ko’chmanchilik turmush tarziga o’ta bordilar va ko’chmanchilarga aylandilar. O’troq dehqon jamoalari bilan chorvadorlar o’rtasida aloqalar, mahsulot ayirboshlash jarayoni o’sib bordi. Ishlab chiqarish xo’jaligining vujudga kelishi, mehnat unumdorligining ortishi urug’doshlar o’rtasida ijtimoiy tengsizlikning, mulkiy tabaqalarning vujudga kelishi, urug’chilik jamoasining emirilishi uchun zamin tayyorladi.



O`rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo`lishi: Oltintеpa, Sopollitеpa, Jarqo`ton va boshqalar. dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo`lib, bu ikkala jarayon uzviy bog`liq holda kеchgan.

Ma'lumki, mil. avv. II ming yillikka kеlib, qadimgi O`zbеkistonning dеhqonchilik vohalarida o`troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar-o`troq dеhqonchilikniig rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o`zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O`zbеkiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo`lishida asosiy omillardan hisoblanadi.

Jamiyat hayotida sodir bo`lgan ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar mil. avv. III ming yillikning oxiri-II ming yillikning boshlariga kеlib, O`rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo`lishiga olib kеladi. Shahar madaniyatining shakllanishi ham, xuddi jamiyat taraqqiyotida bo`lgani kabi, uzluksiz taraqqiyot yo`li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko`ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi uzoq, bosqichma-bosqich davrlarni bosib o`tgan. Mil. avv. II ming yillikka oid O`rta Osiyodagi Jarqo`ton, Sopolli, Dashli, Gonur, Namozgoh, Oltintеpa, Ulug`tеpa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo`ldi:


  • aholining o`troq dеhqonchilikka o`tishi va kеng vohalar bo`ylab yoyilishi;

  • hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalarga ixtisoslashishi;

  • qadimgi savdo yo`llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo-sotiqning taraqqiy etishi;

  • tabiiy-gеografik hamda harbiy stratеgik shart-sharoitlar.

O`rta Osiyo shaharlarining jahon shaharsozlik madaniyatida tutgan o`rni. Shahar madaniyati, dastavval, O`zbеkistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so`ngra esa shimolga So`g`d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, Shosh va Farg`ona hududlariga tarqaldi. Bu-aynan yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notеkislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas.

Ko`p sonli arxеologik topilmalarning dalolat bеrishicha, O`zbеkistondagi ayrim ko`hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltеpa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo`rg`on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar—tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo`lgan jamiyat taraqqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.


Quyidagi ma’lumotlarga e’tibor bering.


  • Ilk bosqichi 3-2,5 mln. -100 ming yillar avval

  • Selung’ur g’ori yoshi mil.av. 1,5 mln. yil

  • Ko’lbuloq yoshi 200 ming yil

  • O’rta bosqichi 100-40 ming yillar avval

  • Teshiktosh, Omonqo’ton, Qo’tirbuloq, Obirahmat, Xo’jaxayr, Uchtut, 50 tacha makon topilgan

  • So’nggi bosqichi mil.av. 40-12 ming yillar Samarqand, Xo’ja Go’r, Shug’nov 30 tacha makon topilgan

  • Neolit davri mil.av. 6-4 ming yilliklar, Jaytun, Kaltaminor, Sazag’on, Uchtut (neolit shaxtalari)

  • Eneolit davri mil.av. 4 minginchi yillar Zamonbobo, Sarazm

  • Bronza davri mil.av. 3-2 ming yilliklar Sopollitepa, Jarqo’toon, Tozabog’yob, Chust Ibtidoiy jamiyatning davrlari, yurtimizdan topib o’rganilgan manzilgohlar

  • Paleolit davri 3-2,5 mln. - 12 ming yillar avval Mezolit davri mil.av. 12-7 ming yilliklar Qo’shlish,Obishir, Mochay, 100 gacha makon topilgan


Davrlar. Odamlarning kashfiyotlari

Paleolit

Ilk bosqichi

O’rta bosqichi

So’nggi bosqichi



Mezolit

Neolit

Eneolit

Bronza

Toshdan uchi o’tkir qirrali, tuxumsimon qurollar, daraxt shoxlaridan tayoq va so’yil kabi qurollar yasaldi. Termachilik, ovchilik. Olovdan foydalanishning o’zlashtirilishi. Chaqmoq toshdan qo’l chopqichi, pichoq, teshuvchi bigizlar yasaldi. Urug’ jamoasi (matriarxat) shakllandi, chayla va yerto`lalar qurildi. Arralovchi, shiluvchi, teshuvchi tosh qurollari, igna, nayza uchlari, qarmoq yasaldi. Baliq ovlash o’zlashtirildi.

Haykaltaroshlik, tasviriy san’at, suyak taqinchoqlar yasash vujudga keldi.

O’q-yoy (kamon), irg’ituvchi nayza qurollari yasaldi. Yakka ovchilik, daydi hayot yuzaga keldi. Mollarni qo’lga o’rgatila boshlandi, boshoqli o’simliklarni o’stirish o’rganildi.

Qoyatosh suratlari paydo bo’ldi. Tosh bolta, pona, iskana, motiga (ketmon-techa), tosh moslamali suyak o’roq, don yanchgich, sopol idishlar yasaldi. Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik vujudga keldi. Suvda suzish moslamalari yasaldi. Uy-joy qurilishi va o’troqlashuv boshlandi. Ip yigiruvchi urchuq, to’quv dastgohlari vujudga keldi. Jun va o’simlik tolasidan kiyimlar tikildi. Ishlab chiqarish xo’jaligi shakllandi. Mis kashf etildi, misdan bolta, o’roq, nayza uchlari, xanjar qurollari, taqinchoq va bezak buyumlari yasaldi. Patriarxatga o’tildi. Bronza ixtiro qilindi. Metaldan bolta, o’roq, ketmon, tesha, nayza, pichoq, qilich, xanjar, zargarlik buyumlari yasaldi. Omoch, g’ildirak, arava yasaldi. Ustaxonalar paydo bo’ldi. Hayvonlardan transport sifatida foydalanish o’zlashtirildi.

Yorg’uchoq, o’g’ur, charx-urchuq yasaldi. Chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi. O’troq dehqonchilik, sug’orma dehqonchilik, savdo aloqalari vujudga keldi. Shaharlar paydo bo’ldi. Turli ijtimoiy tabaqalar, mulkiy tengsizlik vujudga keldi. Shahar davlatlari shakllandi.



IV

Yozuv madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi. Dastlabki sivilizasiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. asrlarda paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat ahmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.

Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublihamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi. Manbalarga asoslanib aytish mumkinki, bu yerlarda qadimgi mahalliy tillar-turkiy, So‘g‘diy bo‘lgan. O‘rta asrlarda esa ular bilan birga forsiy, arab, chig‘atoy va o‘zbek tillari rivoj topa boshlagan.



Dastlabki diniy qarashlar. Qadim zamon odamlarida turli tabiiy va g‘ayri tabiiy kuchlarga ishonch tuyg‘ulari paydo bo‘ladi. Shu alfozda urug‘chilik davrida totemizm, ajdodlar ruhiga sig‘inishlar, sehrgarlik, shamanlik kabi e'tiqod va marosimlar vujudga keladi va tarqaladi. Bu dastlabki e'tiqodlar, ayniqsa totemizm o‘sha paytda paydo bo‘la boshlagan san'atda turli hayvonlar siymosi sifatida o‘z aksini topgan edi. Bunday siymolar Farg‘onaning ayrim qishloqlaridan, Toshkent viloyatining Chinoz, Sijjak tumanlaridan, Samarqand atrofidan, Amudaryo sohillaridan topilgan. Keyingi davrlarda tabiatning turli hodisa va namoyondalarini ilohiylashtirish, ularga ettiqod qilish va sig‘inish davom etgan.

Ibtidoiy jamiyatning yemirilib borishi jarayonida yangi diniy aqidalar vujudga kela boshladi. Shu jumladan, odamsimon xudolar, ajdodlar ruhiga sig‘inish, oxirat to‘g‘risidagi afsonalar paydo bo‘ladi. Endi diniy tasavvurlar ancha murakkablashadi, milliy aqidalar asosida jahon dinlari, xususan, zardushtiylik shakllana boradi.



Shuningdek, arxeologik topilmalar va yozma yodgorliklar bundan 2-2,5 ming yil avval Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida zardushtiylarning olovxonalari bilan bir qatorda buddaviylarning ibodatxonalari bo‘lgani, ulardan minglab e'tiqod qiluvchilar foydalanganligidan xabar beradi.

O`rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo`lishi. “Avesto”ning insonning ma`naviy hayotini shakllantirishdagi o`rni. O’z mazmuni, mohiyatiga ko’ra yakkaxudolik, insonparvarlik, mehrshafqat, mehnatsevarlik, yurtparvarlik g’oyalarini tarannum etib, odamzod ahlini bunyodkorlik, yaratuvchilikka undagan muqaddas «Avesto» olis tariximizning asl durdona asarlari sirasiga kiradi. «Avesto» kitobi mil. av. so’nggi ming yillik boshlari va o’rtalarida yashagan hududimizdagi qadimgi xalqlarning o’ziga xos turmush tarzi, xo’jalik mashg’uloti, ijtimoiy-madaniy hayoti, urf-odatlari-yu, marosimlari haqida ma’lumot beruvchi muhim tarixiy manbadir. Yurtboshimiz uqtirganidek: «Eng mo’’tabar, qadimgi qo’lyozmamiz «Avesto»ning yaratilganligiga 3000 yil bo’lyapti. Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig’ida, mana shu zaminda umrguzaronlik qilgan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma’naviy, tarixiy merosidir. «Avesto» ayni zamonda bu qadim o’lkada buyuk davlat, buyuk ma’naviyat, buyuk madaniyat bo’lganidan guvohlik beruvchi tarixiy hujjatdirki, uni hech kim inkor eta olmaydi»3 . Modomiki, «Avesto» ona tariximizning muhim tarkibini tashkil etar ekan, bu noyob manba qachon, qayerda, kim tomonidan yaratilgan? Tarixiy manbalarni chuqur o’rganish, eng avvalo, «Avesto»da tilga olingan asosli jug’rofiy hududlar, yurtlar nomlarini, aholining mashg’ulot turlarini, urf-odatlarini, dafn marosimlarini sinchiklab o’rganish bu buyuk ta’limotning haqiqiy Vatani O’rta Osiyo o’lkasi, uning Xorazm vohasi ekanligini tasdiqlamoqda. «Avesto»da tilga olingan 16 ta yirik hududiy nomlarning ko’pchiligi ham O’rta Osiyoga taaluqlidir. «Avesto»da ezgulik, yaxshilik xudosi Ahura Mazda tilidan shunday deyiladi: «Men- Ahura Mazda – yaratgan ilk sarzamin va birlamchi yurt – bu Doityo (Amu) daryosi xushmanzara Iyron Vij (hozirgi Xiva o’rnidagi qadimgi manzilgoh nomi) edi. Men - Ahura Mazda – yaratgan ikkinchi sarzamin va go’zal yurt Sug’d diyori edi…. Men - Ahura Mazda - yaratgan uchinchi sarzamin va go’zal yurt qudratli va pok Marv diyori edi…. Men - Ahura Mazda – yaratgan to’rtinchi sarzamin va go’zal yurt zebo va orasta Balx diyori edi…. Men – Ahura Mazda - yaratgan beshinchi sarzamin va go’zal yurt Balx va Marv oralig’idagi Nisoyadir»…4. Keltirilgan bu dalil «Avesto»ning vatani bizning yurtimiz bo’lganligiga hech bir shubha qoldirmaydi. Avval boshda «Avesto» 21 kitobdan iborat bo’lgan. Abu Rayhon Beruniyning «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida ta’kidlanishicha, Eron podshohi Doro davrida «Avesto» to’liq holda 12 ming qora mol terisiga zarhal xarflar bilan bitilgan. Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa istilosi davrida uning buyrug’i bilan zardo’shtiylik ibodatxonalari vayron qilinganidek, muqaddas «Avesto»ning 5 dan 3 qismi ham kuydirib yuborilgan. Keyinroq Parfiya podshohlari Vologez I va Vologez V davrida (I- II asrlarda) «Avesto»ning qolgan-qutgan qismlari to’plangan. Sosoniylar davrida (III- IV asrlarda) «Avesto» qismlari jamlanib, pahlaviy tilida yangidan kitobot holiga keltirilgan. Hozirgacha «Avesto»ning jami 21 qismidan «Gohlar», «Yasna», «Vandidot», «Yashtlar», «Vispirad», «Kichik Avesto» nomli kitoblari etib kelgan. Vatanimizda «Avesto»ning 2700 yilligi nishonlanishi munosabati bilan u ilk bor o’zbek tiliga tarjima qilinib, 2001 yilda nashr etildi. «Avesto» shunday bir tarixiy davrda yaratildiki, bu vaqtga kelib, ya’ni mil. av. so’nggi ming yillik boshlarida o’lkamizning turli hududlarida yashagan elatlar, qavm, qabilalar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda yangi bosqich sari o’tib borayotgan edi. Mintaqaning Xorazm, Baqtriya, Sug’diyona singari viloyatlarida urug’-qabilalarning o’troqlashuvi, sun’iy sug’orish tizimiga asoslangan dehqonchilik madaniyatining vujudga kelishi va rivojlanishi, dehqonchilikdan chorvachilikning ajrab mustaqil xo’jalik tarmog’i sifatida o’sib borayotganligi, qishloqlardan shahar-qal’alar, so’ngra esa dastlabki davlat tuzilmalarining yuzaga kelishi yaqqol ko’zga tashlanmoqda edi. Tarixning bunday keskin burilishi sharoitida shu turli urug’-qabila va elatlarni ma’nan va ruhan birlashtirish, ularning ongi, shuuriga ilg’or qarashlar, mushtaraklik tuyg’ularini, e’tiqod tamoyillarini singdirib borish g’oyatda muhim edi. Yakkaxudolilik va ezgulik timsoli Ahura Mazda

  • yaxshilik

  • yorug’lik

  • poklik

  • soflik

  • birodarlik

  • mehr-oqibat

  • mehnatsevarlik

  • vatanparvarlik

  • yurtparvarlik

  • ezgulik

  • bag’rikenglik

  • tozalik

  • insoflilik

  • sabr-bardoshlilik

  • baxt-saodat v.b.

«Avesto»da ilgari surilgan g’oyalar Yovuzlik timsoli Ahriman

  • yovuzlik

  • zulmat

  • johillik

  • baxillik

  • dushmanlik

  • shaytonlik

  • zulmkorlik

  • qorong’ulik

  • g’ayirlik v.b.

«Avesto» ta’limoti bir tomondan, yerli qabila, elatlarni turli mahalliy ko’rinishdagi bid’at va xurofotlar ta’siridan xalos bo’lishiga, ikkinchidan, mahalliy etnoslarning chuqur ildiz otib, mustahkamlanib, etnik shakllanishiga va uchinchidan, ishlab chiqarish jarayonining tobora kengayib, ijtimoiy munosabatlarning takomillashuvi jarayoniga sezilarli turtki berardi. Buning ustiga «Avesto»da zardo’shtiylikning umumbashariy ahamiyati va mohiyatidan tashqari unda o’lkamizda ilk boshqaruv tizimining amal qilganligi to’g’risida ham qimmatli ma’lumotlar uchraydi. Bu esa alohida e’tiborga loyiqdir. Masalan, «Avesto» jamiyatni 4 asosiy qismga bo’ladi: uy, oila jamoasi - «Nmana», urug’ jamoasi - «vis», qabila - «zantu», qabilalar itifoqi - «daxyu». «Daxyu» tushunchasi «viloyat», mamlakat ma’nosini ham anglatadi. Mamlakatni idora qilgan shaxs «Kavi» deb yuritilgan. Oqsoqollar kengashi - «varzanapoti», «Xanjamana», xalq yig’ilishi - v’yaxa deyilgan. «Avesto»da qadimgi jamiyatda mavjud bo’lgan 4 ta asosiy ijtimoiy tabaqalar

  • Kohinlar (Ruhoniylar)

  • Askarlar

  • Hunarmandlar

  • Chorvadorlar

Manbaning turli ma’lumotlariga ko’ra, qadimda zargarlik, kulolchilik, to’quvchilik, temirchilik singari hunarmandchilik turlari ham o’ziga xos tarzda rivoj topgan. «Avesto»dagi bosh ma’buda - ezgulik, yorug’lik, yaxshilik, baxtiqbol

xudosi Ahura Mazda bilan yomonlik, yovuzlik, qorong’ulik, razolat timsoli - Ahriman o’rtasidagi doimiy murosasiz kurash g’oyasi zardushtiylik (otashparastlik) dinining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Zardusht payg’ambar sifatida Ahura Mazda tilidan vahiy qilingan muqaddas kalomlarni, nasihatlar va oyatlarni xalqqa, odamlarga etkazishga da’vat etkuvchidir. Zero, Zardo’sht har bir masalada fikr yuritganda Ahura Mazda nomini tilga oladi, unga murojaat etadi. Bir o’rinda u bunday xabar beradi: «Biz Ahura Mazdani ulug’laymiz, u chorvani, suvni va o’simlikni, yorug’likni va yerni yaratgan ... ». «Avesto»da moddiy dunyo, borliq muqaddaslashtiriladi. Yer, suv, havoni bulg’ash, olovga tupirish eng og’ir gunoh sanaladi. «Avesto» avvalgi dinlarda rasm bo’lgan insonlarni qurbonlik qilishni qat’iyan man etadi va ularning daxlsizligini himoya qiladi. Zardushtiylar dinida ta’kidlanadiki, odamzod yashashga haqli bo’lib, bu huquqdan uni mahrum qilishga hech kimning haqqi yo’qdir. Zardushtiylik dinida olov muqaddaslashtirilgan bo’lib, u insonning baxtusaodati ramzi sifatida ulug’langan. Shu bois ajdodlarimizning ko’plab to’ytomoshalari, xursandchilik marosimlari olov yoqish, uning atrofida keng davra qurish bilan bog’liq holda o’tkazilgan. Bu odatlarning ba’zilari hozirgacha ham saqlanib qolgan. Shaharlar, aholi manzilgohlarining eng gavjum joylarida maxsus qurilgan otashkadalar bo’lib, ular doimo ziyoratchilar bilan to’la bo’lgan. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra, doimiy farog’atli hayot inson uchun uzoq notanish hayoliy jannatda emas, balki insonlar yashaydigan shu tiriklik dunyosida bo’ladi. Bu maqsad, marraga etish uchun esa odamlar juda ko’p murakkab va jiddiy sinovlardan o’tishlari kerak bo’ladi. Shunday qilib, muqaddas «Avesto» kitobi buyuk o’tmishdoshlarimizning keng qamrovli hayot tarzini, umrboqiy urf-odatlari, ta’lim-tarbiyasi, boshqaruv tizimini o’rganishimizda muhim dasturilamal manba bo’lib xizmat qiladi. Unda umumbashariy g’oyalarning chuqur aks etganligi sababidan ham bu asar keng hududlar bo’ylab yoyilib, Sharqu G’arbda e’tirof topib, turli xalqlarning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’rsatib borgan. Hozirgi mustaqillik sharoitida ham bu ta’limot g’oyalari o’z ta’sirchan ahamiyatini ko’rsatib, asl ma’naviyatimiz sarchashmalaridan biri sifatida xalqimiz ruhiyatini boyitib borishga xizmat qilmoqda.



Azaliy milliy ma`naviyatimiz Navro`z misolida. Navro`z bayrami biz uchun hayot adabiyligi, tabiatning ustuvor qudrati va chеksiz saxovatining, ko`p yillik milliy qiyofamiz, oliyjanob urf-odatlarimizning bеtakror ifodasi ekanligi. Ajdodlarimiz ma'lum bir odatlar, rasm-rusumlar, udumlarni o‘ylab topganlar, ular asta-sekin an'analarga, hayot qoidalariga aylangan. Shy alfozda qadriyatlar vujudga kelgan, ular esa, o‘z navbatida, kishilarni ma`naviy yetuklikka da'vat etgan. Bunga yorqin misol Navro‘z udumlaridir.

Tadqiqotchilarning fikricha, Navro‘z bayrami bundan taxminan 3,5-4 ming yil avval paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyoda qadimgi dehqonlar qishni kuzatib, bahorni qarshilash marosimini shunday deb ataganlar. U davrlarda aholining aksariyati dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Navro‘z yangilanish, poklanish ramzi, inson umidlari, niyatlarini ifodalash belgisi sifatida paydo bo‘lgan.



Tayanch atamalar va iboralar izohi:
Sivilizatsiya - lotincha so‘z, harbiylashmagan jamoa; antropogenez - insonning paydo bo‘lishi va rivojlanishi; totemizm - hayvon va o‘simliklarga sig‘inish; fetishizm - jonsiz buyumlarga e’tiqod qilish; animizm - hayvon, ruhlarga ishonish.

NA`ZORAT SAVOLLARI:

    1. O‘rta Osiyoda ijtimoiy taraqqiyot qachon paydo bo‘lgan?

6. Ijtimoiy taraqqiyotning bosqichlari va asosiy belgilarini toping.

7. O‘zbekiston hududida ibtidoiy jamiyat manzilgohlari qayerlarda topilgan?

8. Mintaqadagi qadimgi madaniyat, aholining diniy e'tiqodlari qanday bo‘lgan?

5. Zardushtiylik dinining mazmun moxiyati nimadan iborat?

6. "Avesto" muqaddas kitobining o‘lkamiz tarixini o‘rganishdagi o‘rni qanday?
ADABIYOTLAR:


  1. A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q". T., "O‘zbekiston", 1998.

  2. Jo‘raev U., Saidjonov Y. Dunyo dinlari tarixi. T.,

  3. Karimov I.A. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. T., "O‘zbekiston", 1996.

  4. Karimov I.A. Tatixiy xotirasiz kelajak yo‘q. T., "Sharq", 1998.

  5. Karimov I.A. Yuksak manaviyat-yengilmas kuch. T., “Manaviyat”, 2008.

  6. O‘zbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari. T., 2001.

  7. O‘zbekiston tarixi. 1-qism. I nashri. (mas’ul muharrirlar A.Sagdullaev, B.Eshonov) t., "Universitet", 1999.

  8. O‘zbekiston tarixi. T., "Yangi asr avlodi", 2003.

  9. O‘zbekiston tarixi. T., "Iqtisodiyot", 2006.

  10. Sa'dullaev A. Qadimgi O‘zbekiston ilk yozma manbalarda. T., "O‘qituvchi", 1996.

  11. Tohir Karim Muqaddas "Avesto" izidan. T., "Cho‘lpon", 2000.

  12. Vatan tuyg‘usi. T., O‘zbekiston, 1996.

  13. O‘zbekiston tarixi. T., "Yangi avlod asri", 2003.

  14. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.

  15. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.

  16. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.


3-MAVZU: O’ZBEK DAVLATCHILIGINING SHAKLLANISHI VA DASTLABKI TARAQQIYOT BOSQICHLARI.
Re`ja:


1. Davlat tuzilmalari shakllanishining asosiy shartlari va omillari. Ilk shaharlar dastlabki boshqaruv tizimi

2. Ilk davlat-lar: Qadimgi Xorazm va Baqtriya, So`g`d davlati: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

3. Ahamoniylarning O`rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi(To`maris, Shiroq, Skunxa, Frada). Ijtimoiy-iqtisodiy hayot

4. Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo`shinlarining O`rta Osiyoga yurishi. Spitamen. Salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlati.



5. Qang`, Dovon davlati. Kushon podsholigi: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. Buyuk ipak yo`li. “O`zbek” atamasi.

I

Qadimshunoslarning ko‘plab topilmalariga, "Avesto" va boshqa yozma manbalarga tayanib aytish mumkinki, mil.av. I ming yillikning birinchi yarmida, aniqrog‘i taxminan 2700 yil ilgari Markaziy Osiyoda Katta Xorazm, Baqtriya, so‘ng Sug‘diyona, Marg‘iyona deb ataluvchi davlat tuzilmalari paydo bo‘ladi.

Davlatchilik tushunchasi. Davlat, davlatchilik o‘z mohiyati bilan insonlarning dolzarb talablarini, tub ehtiyojlarini amalga oshirishga, ularning huquqlarini ximoya qilishga, jamiyatda barqarorlik o‘rnatish va uni saqlashga mo‘ljallangan dargoh, u muayyan jamoa, elat, xalq tomonidan tashkil etilgan maxsus guruh bo‘lib, uning ma'lum huquqlarga ega bo‘lgan vakillari mavjud. Davlat siyosiy tashkilot sifatida jamiyatni uyushtiradi, hokimiyat bilan xalqni uyqunlashtirishga harakat qiladi. Bir faylasuf-davlatni barpo qilishdan maqsad odamlarga jannat yaratish emas, balki jamiyatda do‘zax bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir, degan ekan. Balki alloma qaqdir. Chunki jamiyatda barqarorlik bo‘lsa, odamlar farovon hayotni o‘z mehnatlari bilan yaratadilar.

Davlat tuzilmalari shakllanishining asosiy shartlari va omillari. Ilk shaharlar dastlabki boshqaruv tizimi.

Mehnat qurollarining takomillanishi natijasida yerga ishlov berish yaxshilanib, ekin maydonlari kengayib, odamlarning mehnati unumliroq bo’lib bordi. Temirning kashf etilishi, undan yasalgan mehnat qurollari qishloq xo’jaligi va hunarmandchilikning tez o’sishiga olib keldi. Odamlarning daryolarni bo’g’ib, to’g’onlar qurib, kanallar qazib yerlarga suv chiqarish imkoniyati kengaydi. O’rgatilgan ishchi hayvonlari qo’shilgan temir tishli omochlar bilan yerni haydashning o’zlashtirilishi hosildorlikning oshishini, ko’proq mahsulotlar etishtirishni ta’minladi. Bu odamlar turmushini ancha yaxshiladi, umrini uzaytirdi, aholi son jihatdan ko’payib bordi. Urug’chilik munosabatlari ham o’zgarib boradi. Ikki urug’ a’zolaridan tashkil topgan er-xotin - juft oilalar vujudga keladi. Katta patriarxal oilalar urug’ jamoalaridan ajralib chiqadi, ularga urug’ jamoalariga qarashli yerlardan chek yerlari ajratib beriladi. Shu tariqa urug’ jamoasining umumiy xo’jaligi oilalar jamoasiga bo’linadi. Bunday oilalar jamoasi ishlab chiqarish jamoalari deb ham ataladi.



Vatanimiz hududlarida dastlabki boshqaruv tizimining shakllanishi. Mеhnat taqsimotining chuqurlashuvi, mahsulot ayirboshlash, xususiy mulk va turli ijtimoiy tabaqalarning vujudga kеlishi.

«Avesto»da jamiyat tarkibining bo’linishi



  • «Nmana» - katta patriarxal oila

  • «Vis» - «nmana»lar birikuvidan hosil bo’lgan urug’ jamoasi

  • «Varzana» - «Vis»lar birikuvidan vujudga kelgan yirik qo’shni jamoa

  • «Zantu» - qabilalar uyushmasi

  • «Daxyu» - qabilalar ittifoqi

Katta oila jamoasining oqsoqoli bir vaqtning o’zida oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq, piru ustod va murabbiy bo’lgan. Urug’ – qishloq oqsoqoli esa butun qishloq ahlining boshlig’i hisoblangan. Oqsoqollar kengashi qo’lida diniy va dunyoviy hokimiyat jamlangan bo’lib, u jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilgan. Mo’’tabar shaxslarning topshiriq va buyruqlari jamoa a’zolari uchun majburiy hisoblangan. Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o’z xususiy mulkiga ega bo’lgan. Xususiy mulkning kelib chiqishi, jamoalarning ishlab chiqarish qonun-qoidalari asosida tashkil topishi o’z navbatida mulkiy tabaqalanishni keltirib chiqardi. Boylik avvalo jamoa oqsoqollari, harbiy boshliqlar, mo’’tabar shaxslar qo’lida to’plana bordi. Ular yerning hosildor qismini egalladilar, ko’plab chorva mollariga ega bo’ldilar. Oqsoqollar oila jamoalari, urug’ va qabila ishlarini boshqargani uchun jamoachilar ularga etishtirgan hosillarining, chorva mollarining bir qismini berishga majbur etilgan. Oqsoqollar o’z iste’molidan ortib qolgan bunday mahsulotlarni mis, oltin, kumush buyumlarga ayirbosh qilganlar. Qabilalar o’rtasida yaxshi yer va yaylovlar uchun, chorva mollari uchun urushlar kelib chiqqan. Qabiladosh jangchilar urush harakatlariga boshchilik

qilish uchun o’z harbiy yo’lboshchilarini saylaganlar. Urushda qo’lga kiritilgan o’ljaning ko’p qismi yo’lboshchiga hamda oqsoqolga berilgan. Shu tariqa, oqsoqollar va yo’lboshchilar jamiyatda alohida, ustun mavqega ega bo’lib, ularni zodagonlar deb atashgan. Keyinchalik zodagonlar o’z o’g’illariga nafaqat boyligini, mulkini, shuningdek, o’z lavozimlarini ham meros qilib qoldirganlar. Zodagonlar jamoa, urug’ va qabilalar ustidan o’z hukmronligini o’rnatganlar. Ishlab chiqarish jamoalarining paydo bo’lishi asta-sekin ortiqcha mahsulotlarni ayirboshlashni hamda ijtimoiy mehnat taqsimotini keltirib chiqaradi. Jamoa a’zolari ishlab chiqarishning o’zlariga qulay sohasini tanlab oladilar. Shu tariqa, dehqonchilikdan chorvachilik, keyinroq hunarmandchilik mustaqil xo’jalik turlari sifatida ajralib chiqadi. Ayrim ishlab chiqarish jamoalari dehqonchilik bilan, boshqalari chorvachilik yoki hunarmandchilik bilan shug’ullanadilar. Ular o’rtasida dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik mahsulotlarini o’zaro ayirboshlash kengayib boradi. Bu esa o’z navbatida savdogarlar tabaqasini, ilk shaharlarning muhim belgilaridan biri sifatida bozorlarni keltirib chiqaradi. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tovar ayirboshlash yuz beradi, dastlabki shaharlar paydo bo’ladi. Ilk shaharlar va davlatchilik taraqqiyoti o`rtasidagi dialеktik bog`liqlik. Ilk shaharlar dastlabki davlatlarning asosi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo`lishi dastlabki davlatchilik shakllanishida eng muhim va asosiy omil bo`lib, bu ikkala jarayon uzviy bog`liq holda kеchgan.

Ma'lumki, mil. avv. II ming yillikka kеlib, qadimgi O`zbеkistonning dеhqonchilik vohalarida o`troq qabilalar rivojlanib, aholining alohida joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy o`zgarishlar-o`troq dеhqonchilikniig rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etishi, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o`zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy-siyosiy vaziyat O`zbеkiston hududlarida dastlabki shaharlarning paydo bo`lishida asosiy omillardan hisoblanadi.

II

Ilk davlat-lar: Qadimgi Xorazm va Baqtriya, So`g`d davlati: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

"Avesto" kitobidagi va boshqa ma'lumotlarga ko‘ra, qadimda, Taxminan bundan 3-3,5 ming yil muqaddam O‘rta Osiyo jamiyati alohida yirik oilalardan tashkil topgan ekan. Urug‘ jamoasi (vis) yerga egalik qilgan, bir nechta bir-biriga yaqin bo‘lgan urug‘lar qabilaga birlashgan. Nisbatan yirik qabilalar esa muayyan hududda birgalashib yashaganlar. Bu birlashma dag‘yo degan nom olgan. Viloyat boshlig‘i dag‘yopati, deb atalgan. Ana shu uyushma dastavval harbiy-siyosiy birlashma sifatida paydo bo‘lgan. Ular o‘zi yashagan hududni mudofaa qilgan. Sug‘orish ishlarini uyushtirgan va boshqarib borgan. Qabila boshliqlari vaqti-vaqtida to‘planib, kengashib turishgan. Bular dastlabki davlatchilikning alomatlari edi. Iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyot jarayonida jamiyatning siyosiy tuzilmasi davlat va uni boshqaruv tizimi muttasil takomillashib borgan. Xususan, davlatlar paydo bo‘lishining osiyocha ishlab chiqarish usuliga asoslangan "Sharq yo‘li" bo‘lib, unda iqtisodiyotning asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etgan. Binobarin, yer va irrigatsiya inshootlari davlatning mulki bo‘lgan. Shuningdek, dehqonchilik jamoasi jamiyatning birlamchi yacheykasi, ya'ni xujayrasi hisoblangan. Aholining katta qismini safarbar etish zarurati esa, qat'iyatli boshqaruvchilar tabaqasining shakllanishiga olib kelgan.

O‘rta Osiyodagi ikki daryo oraliqi-alohida tarixiy-geografik va tarixiy-madaniy hududdir. Uning sivilizasiyasi Amudaryo va Sirdaryo tufayli ko‘p ming yilliklar mobaynida vujudga keldi. Bu mintaqada yuzaga kelgan davlatlar qadimgi davrlarda ham, o‘rta asrlarda ham umumiy belgilar bo‘lishiga qaramay, Markaziy Osiyoning boshqa qismlaridagi davlatlardan o‘ziga xos belgilariga ko‘ra ajralib turgan. O‘rta Osiyodagi ikki daryo oraliqi hududi doirasining o‘zida ham shimoliy viloyatlar (Xorazm) va janubiy viloyatlar (Baqtriya) ayniqsa qadimgi davrlarda etnik va madaniy, til va yozuv, davlat qurilishi tizimi jihatidan bir-biridan farq qilgan. Bu har bir viloyatga xos bo‘lgan madaniy-genetik tiplar, darajasi qar bir viloyatda turlicha bo‘lgan o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarning raqobatlashuvi bilan belgilangan.

Qadimgi davrda O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘ida davlat birlashmalarining har xil shakllari mavjud bo‘lgan:

1. Davlat tipi-podsholik. Boshqaruv shakli-mutlaq monarxiya.

2. Davlat tipi-konfederativ podsholik. Boshqaruv shakli-cheklangan monarxiya. Ular odatda qabila boshliklari yoki o‘z tangasini zarb qiluvchi urug‘ boshliqlari tomonidan boshqariladigan bir nechta mustaqil o‘lkalardan iborat bo‘lgan.

3. Davlat tipi-mulkka egalik qilish. Boshqaruv shakli-qabila doxiylari yoki urug‘ boshliqlarining meros qilib qoldiriladigan hokimiyati. O‘rta Osiyodagi qadimgi davlatchilik evolyusiyasini (taraqqiyotini) bir necha davrlarga ajratib ko‘rsatish mumkin.

1-davr milod.av. II ming yillikning II yarmi - O‘zbekiston janubida davlatchilik tuzilmalarining ilk belgilari paydo bo‘ldi. Davlatning bunday namunasi Jarqo‘tonda topilgan.

2-davr miloddan avvalgi I ming yillikning boshi Xorazm, Baqtriya, So‘g‘d tarixiy-madaniy viloyatlarining shakllanishi.

3-davr mil.av. VI-V asrlarda Ahmoniylar bosqini va O‘rta Osiyoning Ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi natijasida mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanaffus.

4-davr miloddan avvalgi IV-II asrning yarmi A.Makedonskiy bosib olgandan boshlab Yunon-Baqtriya podshohligining qulashigacha. Bir vaqtning o‘zida mahalliy davlatchilikning tiklana borishi.

5-davr m.av. II yerning yarmi va mil. I asri boshi Mahalliy davlatlar: Kang, Xorazm podshohligi So‘g‘d, Dovon davlatlarining mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi.

6-davr mil. I asri boshidan III asr yarmigacha mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O‘zbekiston janubiy hududlarining Kushon imperiyasi tarkibiga kirishi.

"Avesto" hamda yunon mualliflarining guvohlik berishicha, miloddan avvalgi VII-VI asrlarda O‘zbekiston hududida So‘g‘diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massaget elatlari yashaganlar. Zarafshon va Qashqadaryo vodiysida dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab aholi istiqomat qilgan. Yozma manbalarda bu hudud So‘g‘da ("Avesto"da), Suquda (Bexistun yozuvlarida), Arrian, Strabon, Kursiy Ruf asarlarida esa So‘g‘diyona deb nomlangan.

Amudaryoning quyi oqimida yashaydigan o‘troq dehqon elatlari xorazmliklar bo‘lgan. Ularning yurti Xvarizam ("Avesto"da), Xvarazmish (Bexistun yozuvlarida), Xorasmiya (Arrian, Strabon asarlarida) deyilgan.

So‘g‘diylarning eng yaqin qo‘shnilari baqtriyaliklar bo‘lib, ularning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashgan. Yozma manbalarda u Baxdi ("Avesto" da), Baqtrish (Bexistun yozuvlarida) deb nomlangan. Yunon - rim mualliflari uni Baqtriana yoki Baqtriya deb ataganlar.

Amudaryo bo‘ylarida ko‘chmanchi massaget qabilalari yashaganlar. Markaziy Osiyoning toqlik, cho‘l va sahro yerlarida asosiy mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan saklar istiqomat qilishgan. Miloddan avvalgi VI asrda ular o‘z yerlarini turli qabilalar hujumidan ximoya qilish uchun harbiy - ittifoq tuzadilar.

Qadimgi rim va yunon tarixchilarining yozishlaricha, saklar uch ijtimoiy guruhga bo‘lingan. Ularning ko‘pchilik qismi sakatigraxauda, ya'ni o‘tkir uchli kigiz qalpoq kiyib yuruvchi saklar deb atalgan. Ular hozirgi Toshkent viloyati va Janubiy Qozog‘iston yerlarida yashaganlar. Ikkinchi guruh sakatiaydarayya, ya'ni daryoning narigi tomonida yashovchi saklar deb atalgan. Ular Orol dengizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashaganlar. Pomirning toqli tumanlarida va Forqonada saka-xaumovarka deb ataluvchi saklar yashaganlar.

Miloddan avvalgi VII-VI asrlarda yuqorida ko‘rsatilgan o‘lkalarda yashovchi aholi ilk davlat uyushmalarini tashkil etganlar. Bu davlat uyushmalari o‘zining ma'lum hududi, chegaralariga ega bo‘lib, iqtisodiy-geografik makon-katta bir viloyat sifatida shakllanib borgan. Bu davrlarda Xorazm, Baqtriya, Marqyona, So‘g‘diyona, Farg‘ona kabi viloyatlar mavjud edi. Ahmoniylar bosqiniga qadar o‘lkaning asosiy qismini birlashtirib turuvchi siyosiy markaz shimolda Xorazm, janubda Baqtriya hisoblangan.

Qadimgi Xorazm davlati. Xorazm haqidagi yozma va arxеologik ma`lumotlar, hududiy chеgaralari masalalari.

O’rta Osiyo hududidagi ilk davlat tuzilmalari to’g’risida qadimgi yozma tariximizning eng noyob manbasi hisoblangan «Avesto» kitobi, shuningdek, qadimshunos olimlarning o’lkamizning turli hududlarida olib borgan arxeologik - qidiruv ishlari, ularning natijalari muhim manba hisoblanadi. Shuningdek, qadimgi Yunon, Rim va Eron manbalari asosida ham bu masalani oydinlashtirish, etarli, asosli fikrlarni aytish mumkin bo’ladi. Bu o’rinda Yunon, Rim mualliflaridan Gerodot, Gekatay, Ktesiy, Strabon, Arrian va boshqalarning asarlari, yodnomalari, Forsiy mixxat yozuvlari, qolaversa, o’lkamizda keng ko’lamli arxeologik tadqiqotlar olib borgan Ya.G’ulomov, S.Tolstov, V.Masson, A.Asqarov, E.Rtvaladze, A.Sagdullaevlarning ilmiy tadqiqotlari alohida ahamiyatga molikdir. Arxeolog olimlarimizning so’ngggi tadqiqotlari asosida fikr yuritadigan bo’lsak, O’zbekiston hududida bronza davridayoq, mil. avv. 2 minginchi yillik o’rtalarida kichik shahar davlatlari shakllangan. Yurtboshimiz I.Karimovning mana bu fikrlari ham o’zbek davlatchiligi tarixining o’q tomirlari olis davrlar qa’riga borib tutashishidan yaqqol dalolat beradi: «O’zbek davlatchiligining tamal toshlari bundan 2700 yil muqaddam ayni Xorazm vohasida qo’yilgan. Shu ma’noda, milliy davlatchiligimiz tarixi Misr, Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Eron kabi eng qadimiy davlatlar tarixi bilan bir qatorda turadi. Xorazm tarixi o’zbek davlatchiligining asosi, uning qudrati va qadimiyligining tasdig’idir».

Katta Xorazm”. Xorazm davlati o`zbеk davlatchiligining qadimiy poydеvori ekanligi. "Katta Xorazm" davlat uyushmasi ittifoqi hududi hozirgi Xorazm yerlari bilan chegaralanib qolmay, balki uning atroflari-hozirgi Qoraqalpoqiston, Marv hamda Amudaryoning quyi oqimigacha bo‘lgan yerlarni o‘z ichiga olgan. Yunon tarixchisi Gerodot ma'lumotiga ko‘ra qadimda Oqs (Amudaryo) bo‘ylab 360 dan ziyod sun'iy kanallar, suv inshootlari mavjud bo‘lgan. Dehqonchilikda dukkakli ekinlar, meva-sabzavot yetishtirishga e'tibor ko‘p bo‘lgan. Paxtachilik rivoj topa boshlagan. Qal'aliqir, Ko‘zaliqir, Janbosqal'a kabi shaharlar barpo etilgan. Paxsa, xom qisht ishlatiladi, binolarning tashqi va ichki ko‘rinishlari ko‘rhamlashadi. Davlatni mustahkamlash maqsadida poytaxt va boshqa shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Ichki va tashqi savdo-sotiq yuksak darajada rivojlandi. hunarmandchilik sohalari, toq-kon ishlari rivoj topadi. Chorvachilikda ot, tuya, qo‘y-echkilar boqishga e'tibor kuchayadi. Tabiiyki, bu jarayonda dastlabki davlat tizimining uyushtiruvchilik o‘rni o‘sib borgan. "Avesto"da ta'kidlanishicha, Xorazmning qadimiy sulolasi Siyovushiylar bo‘lgan.

Xorazm davlati miloddan av. VI asrgacha o‘z mustaqilligini saqlab qola olgan. Xorazmning mustaqil davlat sifatida saqlanib qolishiga uning mukammal harbiy bazasi sabab bo‘lgan. Harbiy qism mustahkam otliq va piyoda askarlardan iborat bo‘lib, yaxshi qurollangan va qattiq itizomga rioya qilgan edilar.



Qalaliqir, Ko`zaliqir va boshqa yodgorliklar. Xorazm davlatda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. Miloddan avvalgi so’nggi ming yillikning boshlariga tegishli «Amirobod madaniyati», quyi Amudaryo havzasida yuzaga kelgan o’ziga xos sun’iy sug’orish inshooti tizimi hamda dastlabki shaharsozlik timsoli bo’lgan shahar-qal’alar-Qal’aliqir, Ko’zaliqir, Jonbosqal’a va boshqalar - bular Xorazm vohasida davlat tuzilmalari mavjudligidan dalolat beradi. Negaki, bu singari umumelatlar, qavm-qabilalar manfaatlariga xizmat qiladigan muhim o’zgarishlar davlat boshqaruvi yo’li bilangina amalga oshirilishi mumkin bo’lgan. Qadimshunos olim Ya.G’ulomov tomonidan Xorazmda aniqlangan 200 km uzunlikdagi, eni birnecha o’nlab metrdan iborat kanal o’zani, obod dehqonchilik madaniyati - Xorazm davlati qadimdan insoniyatning yirik madaniy maskanlaridan biri sifatida shuhrat topganligidan guvohlik beradi. «Avesto»da Xorazm Markaziy Osiyodagi rivoj topgan, o’z hududiy chegaralariga ega bo’lgan o’lkalardan, viloyat (davlat)lardan biri sifatida tilga olinishi ham bejiz emas. Gerodot ma’lumoticha, qadimda Oks (Amu) daryosi bo’ylab 360 dan ziyod sun’iy sug’orish kanallari, suv inshootlari barpo etilib, cho’lli, sahroli yerlarga suv chiqazilib dehqonchilik uchun ekin maydonlari kengaytirib borilgan. Gerodot taassurotlarida Xorazm o’lkasida yashagan aholi dehqonchilikda katta tajribaga ega bo’lib, ularning donli, dukkakli ekinlar, chunonchi, bug’doy, suli, arpa, meva-sabzavotchilik mahsulotlarini mo’l-ko’l etishtirganligi qayd etib o’tiladi. Xorazm shaharsozligida xom g’isht, paxsalardan keng foydalanilgan. Binolarning tashqi va ichki ko’rinishlariga maxsus ishlov berilib, ularning mustahkamligi, o’ziga xos ko’rkamligi ta’minlangan. Bu ko’hna hudud bag’rida ming yillar davomida zamonlar silsilasidan o’tib, saqlanib kelayotgan ko’plab asori atiqalar, shahar-qal’alar xarobalari, qoldiqlari ham buni isbot etadi. Xorazm vohasida hunarmandchilik, tog’-kon ishlari ancha rivojlangan. Bu yerdan qazib olingan qimmatbaho ma’danlar ishlov berilib, yuksak sifat ko’rsatkichiga etganidan keyingina u tayyor mahsulot sifatida foydalanishga chiqarilgan. Xorazmda aholining bir qismi chorvachilik bilan shug’ullangan, ularning tuya, ot, qo’y-echkilardan iborat ko’plab suruvlari bo’lgan. Savdo bozorlarida g’alla, meva, chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari ayirbosh qilingan.

Qadimgi Baqtriya davlati. Yozma va arxеologik ma`lumotlar. Baqtriyaning hududiy chеgaralari. Baqtra, Qiziltеpa va boshqa shaharlar. Markaziy Osiyodagi yana bir qadimgi davlat uyushmasi - Baqtriya edi. Bu davlatning hozirgi Surxondaryo, qisman Qashqadaryo viloyatlari, janubiy Tojikiston va shimoliy Afg‘oniston hududlarida joylashganligi ma'lum. Uning poytaxti Baqtro (hozirgi Balx) shahri, podshohlaridan biri Oqslart ismli shaxs bo‘lgan. Gerodot Baqtriyani Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga oladi. Qadimgi Baqtriya tabiiy boyliklari tufayli Xitoy, Hindiston, Misr, Bobilga qadar mashxur bo‘lgan. Masalan, Badaxshon lojuvardi (lazuriti) boshqa yurtlarda ham qadrlangan.

"Avesto"da Baqtriya eng go‘zal o‘lkalardan biri sifatida ta'riflanadi. Unga qarashli Vaxsh vodiysi unumdor bo‘lib, dehqonchilik madaniyati taraqqiy topgan. Hunarmandchilik ayniqsa zargarlik keng rivojlangan edi.

Eronda saroy tabibi bo‘lib ishlagan yunon tarixchisi Ktesiyning yozishicha, Baqtriya miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda qudratli davlat bo‘lgan. Bu davlat bir qancha mahalliy hokimliklarni birlashtirgan harbiy demokratiya tipidagi davlat edi. Baqtriya hukmdorlari oltin va kumush tangalar zarb etganlar.

"Baqtriya" nomi Esxilning eramizgacha bo‘lgan 472 -yili saxnaga qo‘yilgan "Forslar" tragediyasida ham uchraydi. Ko‘plab mualliflar baqtriyaliklarga "ko‘p sonli", "jangavor" va "botir" xalq sifatida tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli “zabt etib bo‘lmaydigan” ko‘plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtr (Balx) bor edi, deb hisoblaganlar.



Ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayot. Tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalar. Bu davrda qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg`uloti dеhqonchilik edi. Kuchuktеpa, Qiziltеpa, Qizilcha, Bandixon kabi mil.avv.VI-IV asr yodgorliklaridan ko`plab mеhnat qurollari topilgan. Dеhqonchilik sun'iy sug`orishga asoslangan. Bu hududlarda, undan tashqari, chorvachilik, kulolchilik, tеmirchilik va badiiy hunarmandchilik (Amudaryo xazinasi) ham rivojlanadi



Sug`d (Sug`diyona) va uning hududi. Sug`d arxеologik va yozma manbalarda. Ko`ktеpa, Afrosiyob, Uzunqir, Еrqo`rg`on va ularning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. So‘g‘diyona hokimligi ham qadimgilardandir. Uning hududlari hozirgi O‘zbekistonning Samarqand, Navoiy, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent, O‘ratepa va Xo‘jand yerlarini o‘z ichiga olgan. Qadimgi So`g`diyona janubi-sharqda Baqtriya, shimoli-g`arbda Xorazm bilan chеgaradosh bo`lgan. So`g`diyona haqida «Avеsto», ahmoniylar davri mixxat yozuvlari va yunon-rim tarixchilari ma'lumotlar bеradilar. Qashqadaryodagi bir qator turar joylar va uy-qo`rg`onlar qoldiqlari mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. So`g`diyonada Afrosiyob, Yerqo`rg`on, Uzunqir kabi yirik shahar markazlari hamda qo`shni viloyatlar va davlatlar bilan o`zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar rivojlanadi.

Hokimlik poytaxti Maroqanda (Samarqand) bo‘lgan. Aholi dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik bilan band bo‘lgan. Shaharsozlik kengayib borgan. Eng qadimgi shahar Afrosiyob taxminan 2750-2800 yil muqaddam tashkil topgan. So‘g‘d tili o‘sha paytlardayoq jahon savdo tili darajasiga ko‘tarilgan. Bu davlat qo‘shni mamlakatlar bilan savdo-sotiq, tijorat ishlarini yo‘lga qo‘ygan.



Ahamoniylarning O`rta Osiyoni bosib olishi. Mahalliy aholining bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi(To`maris, Shiroq, Skunxa, Frada). Ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

Mil. av. VI asr o’rtalarida Axomaniylar davlati (mil. av. 558-330 yillar) qisqa davr ichida qadimgi fors podshohlari xonadoni – axomaniylar vakili Kir II asos solgan. Hind daryosidan Egey va O’rta dengizgacha bo’lgan oraliqdagi Osiyo mamlakatlarini, shuningdek Misr, Liviya va bolqon yarim orolining bir qismini bosib oladi. Kir II O’rta Osiyo yerlariga yurish qilishga maxsus tayyorgarlik ko’radi. Kirning O’rta Osiyoga harbiy yurishlari mil. av. 545-539 yillarga to’g’ri keladi. Kir II ning O’rta Osiyo hududlariga ikkinchi yurishi mil. av. 539-530 yillarni o’z ichiga oladi. O’rta Osiyoning tabiatan erksevar, yurtparvar xalqlari, qavm-qabilalari ahomaniylarga bo’ysunmaslik uchun o’z ona zamini, diyorini himoya qilib mardonavor kurash olib borganlar. Bu esa Kir II ni qayta-qayta bu hududga katta qo’shin bilan bostirib kelishga majbur etgan. Ahomaniylar podshosining yurishiga doir bir qator ishonchli ma’lumotlar Yunon va Rim mualliflaridan Gerodot, Yustin, Strabonlarning yozuvlarida ko’p uchraydi. Kirning massagetlar yurtiga bostirib borishi, Eron shohi bilan massagetlar malikasi, mard va jasur ayol To’maris o’rtasidagi munosabatlar, ularning o’zaro urushi, uning yakunlariga oid Gerodot ma’lumotlari alohida e’tiborga loyiqdir. 200 minglik katta jangovar qo’shin tuzib To’maris yurtiga kelgan Kir II harbiy mahoratda mislsiz bo’lgan massaget qabilalarini ochiq jangda engish qiyinligini his etib, avvalda turli hiyla-nayranglar ishlatishga urinib ko’radi. Shu maqsadda To’maris huzuriga elchilar yuborib, go’yo o’zini malikaga jazzman ekanligini va shu bois unga uylanmoqchiligini bildiradi. Bu nayrang natijasiz chiqadi. Kir II shundan so’ng yana hiyla ishlatib, To’marisning mard, jasur o’g’li Sparganisni asirga oladi va oqibatda u o’zini halok etadi. Yagona farzandidan judo bo’lib o’rtangan onaning dushmanga bo’lgan o’tli nafrati o’n chandon ortadi. Buning ustiga elu-yurt erki, ozodligini har narsadan a’lo bilgan To’maris Kir qo’shiniga qarshi hayot-mamot jangiga hozirlik ko’radi. Butun vujudlari ila g’animlarga qarshi nafrat olovi bilan yongan massaget qo’shinlari bosqinchilarga qarshi jangga tashlanishadi. Nihoyat, massagetlar g’alaba qozonadilar. Fors qo’shinlarining katta qismi, jumladan Kir ham jang maydonida xalok bo’ladi. Bu miloddan avvalgi 530 yilga to’g’ri keladi. Ahomaniylar shohi Kambis II (530-522) va Doro I (522-486) davrida O’rta Osiyo hududlari bosib olinadi. Tarixiy ma’lumotlarga qaraganda, Doro I 519-518 yillardagi harbiy yurishlari davomida sak qabilalarini engib, itoatga keltirishga musharraf bo’ladi. Lekin bunga osonlikcha erishgan emaslar. Loaqal bu yurtning oddiy cho’poni Shiroq singari mard shunqorlarining ajnabiy bosqinchilar bilan jon berib, jon olishib, mardona kurashganligi buning yorqin isboti bo’la oladi. Eron ahomaniylariga qarshi O’rta Osiyoning Parfiya, Marg’iyona hududlarida, Saklar o’lkasida ko’plab xalq qo’zg’olonlari yuz berib turgan. Jumladan, Eron hududidan topilgan Bihistun yozuvlarida aytilishicha, mil. av. 522 yilda Marg’iyonada ko’tarilgan kuchli xalq qo’zg’oloniga Frada degan shaxs etakchilik qilgan. Doro I qo’shini qo’zg’olonchilardan qonli o’ch oladi. 55 ming qo’zg’olonchilar qatl etiladi, 7 mingga yaqin kishi asir olinadi. Frada ham qo’lga olinib qiynab o’ldiriladi. Bularning hammasi mahalliy xalqlarning ajnabiy bosqinchilar zulmiga bo’yin egmay, o’z erki, ozodligi yo’lida tinimsiz kurash olib borganligini ko’rsatadi.

Ahmoniylarning O`rta Osiyoni ma`muriy-boshqaruv tartiblari. Satrapliklar. Soliq undirish tartibi. Iqtisodiy hayot. Pul muomalasi. Eron ahomaniylari hukmronligi davrida O’rta Osiyo hududlari to’rt satrapiya (harbiy okrug)larga bo’linib idora etilgan. Bular: Kaspiy bo’ylaridan yashovchi ko’chmanchi qabila, elatlar 11-satrapiya Saklar qabilalari 15-satrapiya Baqtriya 12-satrapiya Xorazm, Sug’diyona, Parfiya 16-satrapiya Har bir satraplik majburiyati Yillik soliq to’lovi Saroylar va ibodatxonalar qurilishida mehnat majburiyatini o’tash O’rta Osiyo satrapliklari Eron davlatiga eng ko’p miqdorda daromad yetkazib berardi. . Bu davrda zarb etilib, muomalaga chiqarilgan dastlabki tanga pullar ham shaharlar hayotining o’sganligidan guvohlik beradi.

Mil.avv. VI-V asrlarda yurtimiz hududida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayon Hunarmandchilik ishlab chiqarishi Qurilish ustachiligi, qayta ishlangan ma’danlar, badiiy hunarmandchilik, savdo-sotiq rivoji mil. avv. V-IV asrlarda Markaziy Osiyo hududida dastlabki tanga pullar – doriylar (hajmi 6,7 gr bo’lgan tillo tangalar) va talantlar (qimmati 34 kg kumushga teng daromadning shartli hisobi) kumush, oltin, la’l, zumrad, rangli va qora metallar quyish O’rta Osiyo xalqlarining yurt ozodligi va mustaqilligi yo’lida olib brogan kurashlari pirovard oqibatda o’z samarasini bermay qolmadi. Mil. av. to’rtinchi asrga kelib Eron ahomaniylari xokimiyati kuchsizlanib, zaiflashib qoladi. Bunday sharoitda birinchi bo’lib Xorazm o’z mustaqilligini tiklashga muvaffaq bo’ladi. Usta diplomat, mohir siyosatchi Farasman Xorazm mustaqilligini qo’lga kiritib, uni mustahkamlay bordi. O’lkaning boshqa hududlarida ham mahalliy xalqlarning Eron ahomaniylaridan yurtni ozod qilish borasidagi qatiy kurash harakatlari avj olib bordi. Biroq, afsuski, o’lkamiz xalqlarini bu davrda tarixning yana og’ir sinovlari kutmoqda edi.



III

Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon qo`shinlarining O`rta Osiyoga yurishi. Spitamen. Salavkiylar, Yunon-Baqtriya davlati.

Antik dunyo tarixida makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn (Aleksand, Makedoniya podshosi Filip II ning o’g’li) olamga dovrug’ taratgan jahongir hukmdorlardandir. Yunoniston, Kichik Osiyo, Arabiston hududlarini qudratli harbiy kuch bilan egallab, o’sha joylarda o’z hukmronligini o’rnatgan Iskandar mil. av. 331yil oktyabrida Gavgamela yonida (shimoli-sharqiy Mesopotomiya) bo’lgan jangda Eron qo’shinlarini engadi. Eron podshohi Doro III Iskandardan uzil-kesil engilib, mamlakat sharqiga, Baqtriyaga qochadi. U yerda esa Baqtriya satrapi Bess tomonidan o’ldiriladi. Tez orada Iskandar qo’shini ortiqcha qarshiliksiz Baqtriya poytaxti - Baqtra (hozirgi Balx) shahrini hamda Aorn, Drapsak singari mustahkam qal’alarni egallaydi. Ko’p o’tmay Bess qo’lga olinib, qatl etiladi. Mil. av. 328 yilda Xorazm shohi Farasman baqtradagi Iskandar qarorgohiga tashrif buyuradi va ittifoqchilik bitimi imzolanadi. Shu boisdan Iskandar Xorazmga yurish qilmaydi. Mil. av. 329 yilda Oks (Amu) daryosi sohiliga etib kelgan Yunon qo’shinlari daryodan o’tib Navtaka (hozirgi Qashqadaryoning Kesh-Shahrisabz vohasi)ga kirib boradi. Endigi harakat yo’nalishi Sug’diyona paytaxti - Marokanda (Samarqand)ga qaratiladi. Rim olimi Kurtsiy Rufning ma’lumot berishicha, Iskandar armiyasi Marokandani uncha qiynalmasdan va kam talofat bilan ishg’ol etgan va «shaharda o’zlarining garnizonlarini qoldirib, yaqin atrofdagi qishloqlarni yondirib va vayron etib», so’ngra esa shimoli-sharqqa qarab harakatlanganlar. Biroq Marokandadan so’ng yunon-makedon qo’shinlarining yurishlari nihoyatda qiyin va murakkab kechdi. Chunki ular endilikda mahalliy xalqning qudratli qarshiligiga duch keldi. Iskandar bosqinidan, uning yurtga solayotgan qirg’ini-yu, zulm, asoratidan ko’zi g’aflat uyqusidan ochilgan, erk, ozodlik qadrini har narsadan afzal bilgan ona zamin kishilari bir yoqadan bosh chiqarib, ajnabiy istilochilarga qarshi harakatga keladi.



Spitamеn boshchiligidagi harakatlar. Mil. av. 329 yil kuzida Sug’diyonada boshlanib, O’rta Osiyo mintaqasining boshqa hududlarida keng aks sado bergan xalq qo’zg’oloni yurtimiz ozodligi tarixida chinakam yangi sahifa yozgan. Iskandar tajovuzi va zulmiga qarshi ko’tarilgan bu ommaviy harakatga so’g’d xalqining mard o’g’loni Spitamen boshchilik qildi. So’g’diyona va Baqtriyada mahalliy xalqlarning chuqur ishonchini qozongan, katta harbiy salohiyat sohibi Spitamen xalqdan lashkar tuzib, dastlab Iskandarning Marokandada qoldirib ketgan harbiy garnizoniga hujum qilib uni yanchib tashlaydi. Bu xabar yerli aholiga katta ruhiy quvvat bag’ishlab, uning ajnabiylarga qarshi faol kurashiga turtki beradi. Iskandar o’z qo’shinining bir qismini qo’zg’olonchilarga qarshi Marokandaga yo’llaydi. Bu davrda Iskandarning o’zi Yaksart (Sirdaryo)ning chap sohilidagi shaharlar va aholi turar joylarini bo’ysundirish uchun og’ir janglar olib borayotgan edi. Ajoyib jang taktikasini qo’llagan Spitamen Iskandar lashkari Marokandaga yaqinlashib kelayotganini eshitgach, darhol shaharni tark etib, Politimet (Zarafshon) daryosining quyi oqimi tomon jang qilib chekinadi. So’ngra bu yerdagi dashtli ko’chmanchilarning otliq askarlari bilan qo’shilib kutilmaganda qarshi hujumga o’tadi. Bundan sarosimaga tushgan yunon qo’shini katta talofatga uchrab, qolgan-qutgan jangchilari bilan shaharga chekinadi. Spitamen Marokandani qamal qiladi. Bundan xabar topgan Iskandar Sirdaryo bo’yidagi hujum harakatlarini vaqtincha to’xtatib, o’zi qo’shinga bosh bo’lib Spitamenga qarshi yurish boshlaydi. U Marokandaga etib kelganida Spitamen kuchlari allaqachon bu joyni tark etib, So’g’diyonaning cho’llik qismiga chekingan edi. Iskandar Spitamendan o’ch ololmagach, butun qahri-zahrini Zarafshon aholisiga qaratadi. U Spitamen kuchlarini ta’qib qilib, Marokandadan cho’lli hududlar tomon borar ekan, yo’lyo’lakay 120 mingdan ziyod tinch aholini qirib tashlagani tarixiy manbalarda uchraydi. Biroq u bari-bir mahalliy xalqlarni o’ziga uzil-kesil bo’ysindira olmaydi. Iskandar Doroning yuz minglab muntazam lashkarlariga qarshi jang olib borishdan ko’ra Spitamen boshchiligidagi qo’zg’olonchilarga qarshi kurashish qiyin ekanligini tushunib etadi. Negaki, yerli aholi o’zining har bir qarich tuprog’i, daryo-ko’li, qir-adiri, qoyasi uchun dushman bilan jon berib, jon olishib kurashgan. Iskandar armiyasining engilmasligi to’g’risidagi afsonalar ham bizning yurtimizda barham topdi. Oxiri shunday bo’lib chiqdiki, O’rta Osiyo yerlarini kuch, qurol bilan enga olmasligiga ko’zi etgan Iskandar aqlu zakovat, hiyla yo’li bilan ish tutib, mahalliy aholining yuqori tabaqasi, zodagonlari bilan umumiy til topishga, yerli xalqning milliy udumlari, urf-odatlari, marosimlarini qabul qilishga majbur bo’ladi. Shunday yo’l bilan So’g’diyona ulug’laridan Oksiart, Xorien degan mahalliy aslzodalar uning tomoniga o’tadi. Iskandarning Oksiartning go’zal qizi Raxshanak (Roksana)ga uylanishi esa qarindoshlik aloqalarining kuchayishiga xizmat qiladi. U xalq qaxramoni Spitamenni qo’lga tushirib, uni jismonan yo’q qilishda ham mahalliy zodagonlar xizmatidan foydalanadi. Spitamenning tez orada o’ldirilib, uning boshi Yunon podshohiga tortiq qilinganligi fakti ham qo’zg’olonchi kuchlar o’rtasida birlikning bo’lmaganligi alomatidir. Shunga qaramay ajnabiy bosqinchilarga qarshi xalq g’alayonlari 327 yil boshlariga qadar davom etdi. Garchand Spitamen boshchiligidagi keng ommaviy xalq harakati oxir-oqibatda mag’lubiyatga uchragan bo’lsada, u ulug’ ajdodlarimizning mardlik jasoratini, elu-yurt hurligi, ozodligi yo’lidagi fidoyiligini yorqin namoyon etdi. Shunday qilib, muttasil uch yil davom etgan shiddatli janggu jadallardan so’ng Iskandar Baqtriya, Sug’diyona va Ustrushonaning faqat bir qisminigina itoat ettirib, bu hududlarga o’z ishonchli odamlarini, o’ziga sodiq sug’dlik Oropiyni Sug’diyona hokimi etib tayinlab, o’zi mil. av. 327 yilda Hindiston tomon qo’shin tortadi. Yunon-Makedon qo’shinlari O’rta Osiyo yerlarida shu qadar holdan toyib, o’zining jangovorlik qobiliyatini yo’qotdiki, buning oqibatida ular shimoliy Hind yerlariga arang kirib bordilar. Bu holatni tan olgan Iskandar tez orada Hindistondagi urush mavsumini tugatib, ortga, ikki daryo oralig’idagi Bobil shahriga qaytib ketishga buyruq beradi. Antik dunyo olimlarining yakdil ta’kidlashicha, Yunonlar podshosining bu buyrug’i ruhan cho’kkan uning butun qo’shinida katta qoniqish bilan qarshi olingan ekan. Shunday qilib, butun yer yuzini egallab, dunyo hukmdori bo’lishga da’vo qilgan Iskandarning sharqiy yurishlari oxir - oqibatda ko’zlangan yuksak natijalarsiz tugadi. Uning o’zi mil. av. 323 yilda Bobilda hayotdan ko’z yumadi. Ayniqsa uning ko’p sonli lashkarlarining Vatanimiz sarhadlarida mislsiz xalq qarshiligiga duch kelib, son-sanoqsiz qurbonlar berishi pirovardida uning jahongirlik da’vosini puchga chiqardi.

O’zgalar yurtini zo’rlik bilan egallash evaziga qudratli saltanat qurish, boshqalarga o’z irodasini majburlash yoxud zulm-asoratni kuchaytirish pirovard natijada qanday xunuk oqibatlarga olib kelishini Iskandar Zulqarnayn timsoli yaqqol isbot etadi. Tarixning bu achchiq sabog’ini hech mahal unutmaslik kerak bo’ladi.



Yunonlar davrida Baqtriya va Sug`diyona. Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. Madaniy hayot. Sug`diyona va Baqtriya yunon-makеdon sulolasi - salavkiylar hukmronligi ostida. Diadotlar o`rtasidagi kurash. Iskandar vafotidan keyin (323 yil) mil. av. IV asr oxirlaridan (312 y) to mil. av. III asr o’rtalarigacha Turonzamin hududlari alohida satrapliklar (bekliklar) sifatida salavkiylar sulolasi tomonidan idora etiladi. Iskandarning iste’dodli sarkardalaridan bo’lgan Salavk va uning vorislari ikki daryo oralig’I (Tigr va Efrat)dan tortib to O’rta Osiyo, Xitoyning g’arbiy chegaralari, shimoliy Hindistonga qadar bo’lgan katta hududlarda o’z hukmronligini amalga oshirgan. Yunonlarning bu hududlarni boshqarishi, ularning xalqlarini itoatda tutishi g’oyatda murakkab sharoitlarda kechgan. Negaki, tabiatan erksevar Vatanimiz xalqlari yunonlar zulmi va asoratiga qarshi to’xtovsiz kurash olib borganlar. Buning oqibatida Salavkiylar davlati tobora zaiflashib, ichdan emirila boradi. Mil. av. III asr o’rtalariga kelib Turonzamin xalqlari salavkiylar xukmronligi ta’siridan xalos bo’lishga va o’z mustaqil davlat tuzilmalarini vujudga keltirishga muvaffaq bo’ladi. Shu bilan birlikda yunonlarning sharqiy hududlarda xiyla uzoq davom etgan hukmronligi davomida yunon madaniyati bu hududlarga yoyilib va ayni paytda Sharq xalqlari madaniyati bilan o’zaro singishib, bir-birini boyitib bordiki, bu hol ellinizm nomi bilan mashhur bo’ldi. Ellinizm madaniyati turli xalqlar madaniyatini o’zida mujassam etgan ilg’or tarixiy hodisa sifatida o’z davrida muhim ahamiyatga ega bo’lgan.

Vatanimiz xalqlarining salavkiylarga qarshi ozodlik kurashi muvaffaqiyatli yakun topgach, Baqtriya salavkiylar saltanatidan ajralib chiqadi va mil.av. 250 yilda uning davlat mustaqilligi qayta tiklanadi. Uning tarkibiga Baqtriya (hozirgi Qashqadaryo, Surxondaryo, Tojikiston janubi), Sug’diyona (Zarafshon vohasi), hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Turmanistonning sharqiy yerlari – Marg’iyona ham kirgan. Bu davlatning Yunon-Baqtriya deb atalishining boisi shundaki, uning markazi Baqtriya hududlari edi, hukmdorlari esa asosan yunon aslzodalari bo’lgan. Mustaqil Yunon-Baqtriya davlati unga asos solgan, o’zini shoh deb e’lon qilgan Diadot I, uning o’g’li Diodot II davrlarida bir muncha yuksaladi. Bu jarayon Evtidem I va u boshlab bergan yevtidimiylar sulolasi boshqaruvi davrida yanada kuchayadi. Baqtriya davlati sarhadi keyinchalik Sharqiy Turkiston, Sharqiy Eron, shimoliy-g’arbiy Hindiston, Sind o’lkasi hududlarigacha kengaygan. Uning xo’jalik, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti ham ancha yuksak darajaga ko’tarilganligidan guvohlik beradi. Shimoliy Afg’onistonning Oyxonum, Tojikistonning Ko’hnaqal’a, Qayqobodshoh, Surxondaryo viloyatining Dalvarzintepa, Zartepa va boshqa joylarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar qadimda bu shahar - qal’alarda to’laqonli hayot tarzi hukm surganligidan, ularda savdo-sotiq, hunarmandchilik va boshqa kasb turlari ravnaq topganligidan dalolat beradi. Shu boisdan ham Yunon olimi Yustin Yunon-Baqtriyani ming shaharli davlat deb bejiz ta’riflamagan. Bu davlatning poytaxti Baqtra nomi bilan atalgan. Bu shahar xalqaro karvon savdosi - Buyuk Ipak yo’lining muhim chorrahasida joylashganligidan, unda savdo-hunarmandchilik sohalari bir muncha rivoj topgan. Mamlakatning Eron, Xitoy, Hindiston, singari o’sha davrning rivojlangan davlatlari bilan olib borgan savdo-tijorat munosbatlari asosan mana shu shahar orqali o’tgan. Shuningdek, eski Termiz, Marv, Kaykobodshoh, Qo’hnaqal’a, Marokanda (Samarqand) singari shaharlarning ham savdo-sotiqning yirik markazlari sifatidagi mavqei yuksak bo’lgan.

Yunon-Baqtriya davlati o’zining pul birligiga ega bo’lgan. Oltin, kumush va misdan tanga pullar zarb etilib muomalaga chiqarilgan. Bundan tashqari bu mamlakatda turli xil don ekinlari, serunum erlarida uzumzor bog’lar ko’p bo’lgan, sharbatli mevalar etishtirilgan. Bu hol unda dehqonchilik madaniyati o’sganligidan, sun’iy-sug’orish inshootlari tizimi keng tarmoq otganligidan yaqqol dalolatdir. Garchand Yunon-Baqtriya davlatida quldorlik munosabatlari mavjud bo’lsa-da, biroq unda erkin dehqon jamoalari mehnati salmoqli rol o’ynagan. Bu esa ishlab chiqarish jarayonlarining nisbatan tez o’sishiga, shaharlar hayotining rivojlanishiga muhim turtki bergan.

Miloddan avvalgi II asr o’rtalariga kelib bir qator ichki va tashqi vaziyat taqozosi bilan yuz bergan keskin o’zgarishlar oqibatida Yunon-Baqtriya davlati tushkunlikka yuz tutdi. Buning muhim sabablaridan biri- qo’shni Parfiya davlatining kuchayib ketishi va o’z hududlarini Yunon-Baqtriya hisobiga kengaytirishga intilishi bo’ldi. Bu hol Yunon-Baqtriya davlatini mushkul ahvolga solib qo’ydi. Tez orada Hind yerlari hamda Sug’diyona uning tarkibidan ajralib ketdi. Mamlakatning shimoliy va sharqiy hududlariga esa sharqdan kelgan ko’p sonli katta yuechji qabilalarining hujumi kuchayib, ular asta-sekin Farg’ona, Surxondaryo hududlari sari siljiy boradi. Buning natijasida 120 yilcha mustaqil davlat sifatida mavjud bo’lgan Yunon-Baqtriya davlati halokatga uchradi.



Yangi shaharlar qurilishi. Savdo-sotiq va unarmandchilikning taraqqiyoti. O‘z davrida salavkiy hukmdorlari shaharsozlik bilan faol shug‘ullanganlar va keyinchalik «Salavkiya» deb atalgan shahar markazlariga asos solganlar. Markaz sulola vakillaridan birining nomi bilan atalgan hollarda unga polis huquqi (to‘liq mustaqil bo‘lmagan) berilgan. Bunday shaharlar ma’muriy nazorat ostiga olingan. Shuningdek, bu shaharlarda yunon aholisi jamlanishi lozim edi. Salavkiylarning shaharsozlik faoliyati haqida Pliniy, Strabon, Ammian Marsellin kabi antik davr mualliflari ma’lumotlar beradilar. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona Antioxiyasi, Skifiyadagi Antioxiya, Tarmat Antioxiyasi (Termiz bo‘lishi mumkin), Oyxonim kabilar polis huquqiga ega bo‘lgan. Salavkiylar davlatida shaharlarga tobe qishloqlar o‘zining jamoa tuzilishini saqlab qolgan bo‘lib, ularning tobeligi jamoaviy xususiyatga ega bo‘lgan va ular polis hududiga kiritilmagan.

Salavkiylarning O‘rta Osiyodagi istilochilik siyosati haqida to‘liq ma’lumotlar saqlanmagan. Ammo qo‘shni viloyatlarga oid ko‘p sonli ma’lumotlardan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, salavkiylarning istilochilik siyosati O‘rta Osiyoni ham chetlab o‘tmagan. Bu siyosatni amalga oshirish maqsadida ko‘p sonli yunonlar ko‘chirib keltirilgan. Ular yangi bunyod etilgan shaharlar hamda yunon harbiy manzilgohlari – katoykiyalarida istiqomat qilganlar. Ayrim hollarda mahalliy aholi vakillari ham hokimiyat boshqaruvida ishtirok etganlar.

Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili shaharlar ko‘p edi. Marakanda, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.

Salavkiylar davlatining inqirozi. Baqtriya davlatining qayta tiklanishi. Diodot va Еvtidеmlar sulolasi davrida davlatning kеngayishi va kuchayishi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Yunon-Baqtriya davlatining salavkiylardan ajralib chiqishi yunon zodagonlarining qo‘zg‘oloni xususiyatiga ega bo‘lib, unga Baqtriya aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Diodot boshchilik qiladi. Tadqiqotchilar Yunon-Baqtriya davlati paydo bo‘lgan turli sanalarni belgilaydilar (mil. avv. 256, 250, 248 va 246-245-yy.). Bu davlatning asosi Baqtriya bo‘lib, ba’zi hokimlar davrida (Yevtidem, Demetriy, Yevkratid) Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismi, Amudaryo va Sirdaryo o‘rtasidagi katta yerlar qo‘shib olinadi.

Ko‘pchilik tadqiqotchilarning fikricha, Yunon-Baqtriya mulklarining chegaralari doimiy mustahkam bo‘lmasdan harbiy-siyosiy sharoitdan kelib chiqib o‘zgarib turgan. Mil. avv. III asrning oxirlari O‘rta Osiyoning janubidagi harbiy-siyosiy vaziyat haqida Polibiy ma’lumotlar beradi. Uning yozishicha, salavkiylar tomonidan Baqtrada qamal qilingan Yevtidem (Yunon-Baqtriya hukmdori) ularning hukmdori Antiox III ga “chegarada ko‘chmanchi qabilalar turganligi va ular chegaradan o‘tadigan bo‘lsa har ikkala tomonning ham ahvoli og‘ir bo‘lishi mumkinligini” bildiradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Polibiy ma’lumot bergan ko‘chmanchilar mil. avv. III asrning oxirlarida Zarafshon daryosiga qadar deyarli butun So‘g‘dni egallagan bo‘lib, bu hududlar Yunon-Baqtriya mulklarining vaqtinchalik shimoliy chegarasi bo‘lib qoladi. Shuningdek, G‘arbiy Hisor tog‘ tizmalari ham shimoliy chegaralar bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Yunon-Baqtriya davlatining gullab-yashnagan davri mil. avv. III asrning ikkinchi yarmi va mil. avv. II asrning birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi. Janubiy hududlardan bu davrga oid Jondavlattepa, Dalvarzin (pastki qatlamlar), Oyxonim, Qorobog‘tepa, Kampirtepa kabi yodgorliklardan hokimlar saroylari, ibodatxonalar, turar-joylar, mehnat va jangovar qurollar, turli hunarmandchilik buyumlari hamda ko‘plab tanga pullarning topilishi bu hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotdagi rivojlanish jarayonlaridan dalolat beradi.

Yunon-Baqriya davlati markazlashgan davlat bo‘lib, hokimiyatni podsho boshqarar edi. Davlat bir necha viloyatlarga bo‘lingan bo‘lib bu viloyat hokimlari podshoga bo‘ysunar edilar. Ba’zi tadqiqotchilar So‘g‘d va Farg‘ona ham Yunon-Baqtriya tarkibiga kirgan desalar, ayrimlari bu davlatning chegaralari Amudaryodan nariga o‘tmagan deydilar. So‘nggi yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan juda ko‘plab arxeologik topilmalar Amudaryoning o‘ng va so‘l qirg‘og‘i aholisining mil.avv. III-II asrlardagi o‘zaro aloqalardan darak beribgina qolmay, bu yerlarni Yunon-Baqtriya davlati tarkibiga kirganligidan dalolat beradi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda mil. avv. 250-140G’130 yillar davomida Yunon-Baqtriya davlati mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, bu davrda Diodot, Yevtidem, Yevkratid, Geliokl kabi podsholar hokimiyatni boshqarganlar. Mil. avv. II asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‘chmanchilar zarbalari ostida Yunon-Baqtriya davlati inqirozga uchradi.



Ellin madaniyatining o`ziga xos xususiyatlari va uning O`rta Osiyoga yoyilishi. Sharq va G`arb madaniyatining o`zaro ta`siri. Yaqin va O‘rta Sharqning turli davlatlari, jumladan O‘rta Osiyo hududlarida katta xronologik davr yunon-makedon sulolalari siyosiy hukmronligi davri sifatida izohlanib fanda bu davr-ellinizm davri deb ataladi. Ellinizm-(Bolqon yarim orolidagi Ellada shahri nomi bilan bog‘liq) bu aniq tarixiy mavjudlik bo‘lib, iqtisodiy hayotda, ijtimoiy va siyosiy tuzumda, mafkura va madaniyatda ellin (yunon) va Sharq unsurlarining o‘zaro uyg‘unlashuvi ifodasidir.

Qadimgi (antik) davrda ellin dunyosi Yunonistondan Hind daryosi vodiysiga bo‘lgan ulkan hududni qamrab olgan edi. Tadqiqotchilar, ellinlashuv darajasiga qarab bu hududni uchta mintaqaga bo‘ladilar: 1. Ellada; 2 Kichik Osiyo, Suriya va Misr; 3.Yefrat daryosining sharqidagi viloyatlar. Bu hududlar tarixiy adabiyotlarda “Ellinlashgan Sharq“ tushunchasida aks etgan bo‘lib, uning tarkibiga Mesopotamiya, Eron, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistonning Makedoniyalik Iskandar bosib olgan hududlari kirgan.

Makedoniyalik Iskandar yurishlari natijasida keng miqyosda boshlangan ellinizm madaniyatining kirib kelishi Baqtriya, Parfiya va So‘g‘diyona shaharlari, hunarmandchiligi va badiiy-amaliy san’atiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Yozma manbalar Iskandar nomi bilan bog‘liq uchta shahar: Aleksandiya Oksiana (Oks bo‘yidagi Iskandariya), Aleksandriya Marg‘iyona (Marg‘iyona Iskandariyasi), Aleksandriya Esxata (Chekkadagi Iskandariya) haqidagi ma’lumotlar beradi. Ulardan tashqari, katoykiyalar deb nomlangan yunon harbiylari manzilgohlari ham mavjud edi.

Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida O‘rta Osiyoning janubiy hududlaridan ellinizm madaniyati bilan bog‘liq bo‘lgan turar-joylar, moddiy-ma’naviy madaniyat buyumlari, tanga pullarning topilishi bu hududlardagi mahalliy madaniyatga ellin an’analari (shaharsozlik, haykaltoroshlik, badiiy-amaliy san’at, alifbo va boshqalar.) kuchli ta’sir etganidan dalolat beradi. Shu bilan birgalikda bu topilmalar mahalliy madaniyatdagi rivojlanish qadimgi davr (antik) Sharq va G‘arb madaniyatining o‘zaro uyg‘unlashuvi natijasida o‘ziga xos madaniyat darajasiga ko‘tarilishining ham guvohidir.



Antik davr shaharsozligi. Savdo-sotiqning o`sishi. Salavkiylar davri Baqtriya, Marg‘iyona, So‘g‘diyona va Parfiya hududlarida ko‘p aholili shaharlar ko‘p edi. Marakanda, Baqtra, Niso kabi ko‘plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan topilmalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi.

O‘rta Osiyoning katta qismi salavkiylar davlatiga qo‘shib olinishi g‘arb va sharq o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga turtki berdi. Shu bilan birga mahalliy madaniyat, savdo-sotiq, shahar hayoti, hunarmandchilik va sug‘orish ishlari izchil rivojlanib bordi.

Shunday qilib, O‘rta Osiyoning salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon istilosi tufayli vayron etilgan iqtisodiy hayotni tiklash, baqtriyaliklar, so‘g‘diylar, parvfiyaliklar va boshqa O‘rta Osiyo xalqlarining salavkiylarga qarshi kurashish uchun birlashuvi davri bo‘ldi.

Mil. avv. III asrning 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o‘rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada salavkiylar davlatining sharqiy satraplari siyosiy hayotida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Mil. avv. 250 yilga kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari salavkiylar davlatidan ajralib chiqib o‘zlarini mustaqil deb e’lon qildilar.



IV

Qang`, Dovon davlati. Kushon podsholigi: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. Buyuk ipak yo`li. “O`zbek” atamasi.

Mil. avv. I ming yillikning so‘nggi choragida O‘rta Osiyoning shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarida ham qadimgi (antik) davlatlar rivojlanadi. Xususan, mil. avv. II-I asrlarga oid Xitoy manbalari dehqonchilik va chorvachilik, ayniqsa yilqichilik keng rivojlangan Dovon (Da-yun, Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal etganlar.

Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan chorvador va ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.

Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Dovon muhim ahamiyatga ega bo‘la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.

Xitoy manbalarida Farg`ona vodiysi haqidagi ilk ma`lumotlar.Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan Dovonning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: “O‘troq aholi yer haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor”. Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o‘zlari uchun notanish bo‘lgan beda va uzum hayratga solgan. Manbada yana shunday ma’lumot bor:”Xitoy elchisi urug‘ keltirdi, shunda osmon farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi”.

Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni bo‘lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma’lumotlar beradi. Dovon o‘lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi. Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi shug‘ullangan. “ Dovonda yaxshi otlar bo‘lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga berishga rozi bo‘lmaydilar”. Dovonning mashhur “samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.

Xususan, O‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o‘zining samoviy otlari bilan qadimdan mashhur bo‘lganligini tasdiqlabgina qolmay, farg‘onaliklarning yuksak tasviriy san’at sohiblari bo‘lganligidan ham dalolat beradi.

Davan va Xitoy munosabatlari. Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv. II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tgan. Bu to‘qnashuvlarda dovonliklar o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar.

Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq dexqonchilik madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar, ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida keng yoyilishi sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilik markazlari bo‘lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Bu davrga oid arxeologik topilmalar dehqonchilikdan ixtisoslashgan hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z navbatida hunarmandchilik va tog‘-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘ vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat beradi.

Qang` davlatining tashkil topishi, Choch, Kеsh, Sug`d, Buxoro, Xorazmning birlashtirilishi. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv. III asrning boshlarida Qang‘ davlati paydo bo‘ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya davlati hamda ko‘chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‘ davlatining yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‘ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda usun, yuyechji qabilalari bilan shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi, g‘arbda, Sirdaryogacha borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‘z ichiga olib Qang‘ davlatining asosiy yerlari hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‘liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi yerlarni va Xorazmni o‘zlariga bo‘ysundiradilar.

Davlat boshqaruvi tizimi. Xoqon, yabg`u (jabg`u), hokim. Oliy kеngash. Iqtisodiy hayoti. Tashqi aloqalari. Qadimgi manbalarda Qang‘ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi haqida aniq ma’lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy.) faqat bir marta Qang‘uy (Qang‘) podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‘tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqaradigan bo‘lsak, Qang‘ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha muhim masalalar maslahat bilan hal qilingan.

Qang‘ davlatiga qarashli yerlar bir necha viloyatlarga bo‘linib ularning har birini alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-chjavou) deb atalgan. Qang‘ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora etgan. Bu viloyatlarning ko‘pchiligi Qang‘ davlatining kuchaygan davrlarida, ya’ni, mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‘arlarga qarashli beshta: Susye, Fumu, Yuni, Gu, Yuyechyan viloyatlari eslatib o‘tiladi. Tadqiqotchilar ularni qadimgi Toshkent, Sug‘diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.

Manbalarda Qang‘ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi. Ular yozni O‘trorda (hozirgi Qozog‘istondagi Aris va Turkiston oralig‘ida) qishni esa Qanqa (Qanxa, hozirgi Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazganlar. O‘troq aholidan tashqari Qang‘ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‘lib, ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‘ullanib kelganlar. Ular bahor va yoz mavsumlarida o‘z chorvalari bilan ko‘chib, yozgi yaylovlarda yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‘z an’anaviy qishlov joylariga qaytib kelganlar. Qang‘lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‘lib, ular issiq kunlarni yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‘tkazganlar.

Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi aholining ma’lum qismi mil.avv. III-milodiy V asrlarda o‘troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga qaraganda, O‘tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‘rik xarobalari o‘rnida qang‘arlarning qo‘rg‘onlari va ko‘xna shaharlari bo‘lgan. Shahar va qishloqlarda yashovchi o‘troq xalqlar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholiga nisbatan yuqori turganlar. Toshkent vohasida yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanganlar. Ular arpa, bug‘doy, tariq, no‘xat, sholi va boshqa donli ekinlar yetishtirganlar. Mevali daraxtzor va uzumzorlari ko‘p bo‘lgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi qang‘arlar asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar.

Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‘larida temirchilik, misgarlik hunarining rivojlanishi uchun kerakli ma’danlar bo‘lgan. Bu joylardan juda ko‘plab mis, temir, kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‘shib, mustahkam qurollar yasashni ham o‘zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar tayyorlangan.

Qang‘ shaharlari qalin va baland devorlar bilan o‘ralgan. Devorlarning tashqarisida qal’a atrofi gir aylantirilib chuqur va keng qilib handaq qazilgan. Shaharlar ichida mustahkam istehkom (ark) va shahristonlarning ham baland mudofaa devorlari, bir necha darvozalari bo‘lgan. Yirik shaharlardan tashqari, Toshkent vohasida yuzga yaqin aholi yashaydigan katta va kichik qo‘rg‘onlar ham mavjud bo‘lgan.

Qang‘arlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib o‘rganilgan bo‘lib, fanda Qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik topilmalar ma’lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo o‘rta oqimi, Yettisuv va Shimoliy Farg‘onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‘rta oqimida yashovchi xalqlarning So‘g‘diyona, Farg‘ona va Tyanshan tog‘ining shimoli-sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‘lganligi tufayli Qovunchi madaniyati ancha taraqqiy etgan.

Qang‘ davlatining asosiy aholisi o‘troq va yarim o‘troq bo‘lib uning hududida ko‘chmanchi chorvadorlar ham yashar edi. O‘troq aholi asosan vodiyda yashab, dehqonchilik, bog‘dorchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanib kelgan. Sun'iy sug‘orish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

Chorva mollarining ko‘pchiligi qisman ko‘chmanchi va yarim o‘troq xolda yashovchi aholi ixtiyorida bo‘lgan. Qang‘ podshohlari, ya'ni xoqonlari va ularning xonadoniga yaqin kishilar boy chorvadorlardan bo‘lgan. Qang‘ hukmdorlarining markaziy shaharlari ikkita bo‘lib, yozni O’trorda, qishlovni Qang‘dizda (uning harobalari Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanida) o‘tkazar edilar.

Qang‘liklarda ko‘plab qal'a va ko‘rganlar bo‘lib, ular dushman qamal iga bardosh beradigan qilib qurilgan. Ularda hunarmandchilikning turli sohalari yaxshi rivojlangan. Qang‘ harobasidan, hoshtepa va Toshkent vohasi boshqa tepaqo‘rg‘onlardan topilgan arxeologik ashyolar Qang‘ davlati madaniyatining namunasi hisoblanadi.

Manbalarda Qang‘ hukmdorlarining nomlari tilga olinmaydi, odatda ular o‘zlarining ismlari bilan birga urug‘ nomini ham qo‘llaganlar va "Qang‘ xonadoni hukmdori xoqon" deb ataganlar. Qang‘lilar uchun "xalq qo‘shin" tushunchasi xos bo‘lib, bunda har bir erkak-oila boshlig‘i ayni paytda safda turishga tayyor askar hisoblangan. Shu bois Qang‘ davlati qo‘shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bo‘lgan. Davlatda saylangan hukmdorlarning hokimiyati oqsoqollar Kengashiga tayangan va ularning huquqlari kengash tomonidan cheklab qo‘yilgan. Harbiy yo‘lboshchilik hukmdorning vazifasi hisoblangan. Shuningdek, qo‘shni davlatlar diplomatik muzokaralar olib borish vakolatiga ega bo‘lgan. U diniy marosimlarni ado etishda ham bosh-qosh bo‘lgan. Aholi asosan quyosh xudosi Mitraga va boshqa ilohlarga topingan.

Qang‘ davlati o‘ziga boshqa qabilalarning qo‘shib olinishi hisobiga o‘ziga xos konfederativ podshohlik tashkil qilib, mustahkam langan. Har bir qabila boshlig‘i harbiy yo‘lboshchi sanalib, o‘z bayroq turlari va urug‘ gerblariga ega bo‘lganlar. Urush sharoitida xoqon bayrog‘i ostida jang qilganlar. Qabila-urug‘ boshliqlariga viloyat va tuman boshliqlari bo‘ysungan. Mil.av. III asrda paydo bo‘lgan bu davlat mil. III asriga kelib parchalanib ketdi

Milodiy V asr o‘rtalariga kelib qang‘arlar yeridagi o‘troq va qisman o‘troq aholi O‘rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Yeftalitlar davlatiga tobe bo‘ldilar.

Xorazmning Qang` davlati tasarrufidan mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi. Afrig`iylar sulolasi davrida Xorazm. Xorazmshohlar. Kat shahrining poytaxt sifatida qayta tiklanishi.

Miloddan avvalgi IV-II asrlarda qadimgi Xorazm mustaqil davlat bo‘lib, Iskandar, Salavkiylar va Yunon-Baqtriya davlatlari tarkibiga kirmagan. Bu hol Xorazmda o‘ziga xos mahalliy davlatchilik tizimi rivojiga muhim omil bo‘ldi. Davlat tipi - podshohlik bo‘lib boshqarish shakli mutloq monarxiya, ya'ni yakkahokimlik edi. Milodiy I asrdan boshlab Xorazmda Afrigidlar sulolasi hokimlik tepasiga kelgan va 700-800 yil davomida hukmronlik qilgan. Bu davrlarda podshohlikda markazlashtirilgan tartibda tanga zarb qilingan va hokimiyat sulolaviy tarzda meros bo‘lib qolgan.

Zarb qilingan tanga pullarda Artov, Artamux, Vazamir kabi Xorazmshohlar ismlari uchraydi.

III asr o’rtalarida Qang’ davlati zaiflasha boshladi. Qang’ davlatidan birinchi bo’lib xorazm ajralib chiqdi. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Xorazm hududlaridan ko‘plab yodgorliklar topilgan. Jonbosqal’a, Qo‘yqirilganqal'a, Tuproqqal'a shular jumlasidandir. Bu shaharlar atrofi mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan. Devorlarda shinaklar va minoralar mavjud bo‘lgan. Ko‘xna shaharlarning asosiy inshooti ulkan qal'a bo‘lib, Xorazm hukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan. Xorazm davlatining poytaxti dastlab hozirgi Tuproqqal’a shahar harobalarining o’rnida bo’lgan. Tuproqqal'ada ikki qavatli binolar bo‘lib, ulardan turli maqsadlarda foydalanilgan. Tashqari xonadonlarda maxsus qabulxonalar, ya'ni "shohlar koshonasi" ham bo‘lgan. Qabulxonaning devorlari va supalari turli tasvirlar bilan bezalgan. Shuningdek, bu qal'ada yozuv namunalari ham topilgan.

Xorazmshoh Afrig’ Kat shahrini qayta tiklab, mustahkam qasr va binolar qurdirib, 305 yilda poytaxtni Katga ko’chiradi. Kumush tangalar zarb ettirib, davlatni har jihatdan mustahkam boshqaradi.

Xorazmda dehqonchilik va hunarmandchilik yuqori darajada rivojlangan. Shaharlar muhim savdo yo‘llarida joylashgan.



V

Yuеchji qabilalarining O`rta Osiyoga kirib kеlishi. Kushonlar (guyshuan) sulolasining siyosiy hokimiyatni egallashi. Kushonlar tomonidan mintaqadagi siyosiy uyushmalarning birlashtirilishi. Baqtriyada yunonlar hukmronligining ag`darilishi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 172-16-yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy (Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To‘ng‘ich Xan uyi tarixida ham yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari ta’kidlanadi.

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuyechji davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji hukmdorlari ko‘l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, Shaunmi, Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar.

1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.

2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise, Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib ular xi-xou (yabg‘u) tomonidan boshqarilgan.

3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz) qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.

Kudjula Kadfiz, Vima Kadfiz, Kanishka davrida saltanat hududlarining kеngayishi, davlat qudratining kuchayishi. Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada bu davrga kelib Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati, Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi “Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan “Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.

Tangashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini davlat yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan, ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va “o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg‘usi Kujula Kadfiz” degan so‘zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar. Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Germey hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga ko‘ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o‘z ismini qo‘yib zarb qilishga sabab, Germey tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini “yobg‘u”dan “shohlar shohi” faxriy unvonigacha ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O‘rta Osiyodan (ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan yozuv ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan.

Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi. Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib, oltin tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.

Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg‘oniston) atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston, Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan odamlarini yuborar edilar”.

Kushonlar sulolasi davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Qishloq xo`jaligi. Sug`orma dеhqonchilikning rivojlanishi. Shaharlar qurilishi, hunarmandilik va savdo-sotiq. Kushonlar sulolasi hukmronligi davri ko’hna tariximizda katta iz koldirgan ekan, buni uning tarkibiga kirgan har bir hudud yoxud elatlar hayoti misolida yaqqol ko’rsa bo’ladi. Uning dastlabki poytaxti Dalvarzintepa (Surxondaryo), unga tutash Xalchayon (Denov), Zartepa, Fayoztepa, Qoratepa, Ayritom (Termiz atroflari) va boshqalar Kushonlarning eng rivoj topgan savdo-sotiq, hunarmandchilik sohalari o’sgan gavjum shaharlari hisoblangan.

O’lkamizda sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati nihoyatda taraqqiy etgan, ko’plab sug’orish inshootlari barpo etilgan. Surxondaryo vohasida Eski Angor, Zang, So’g’ddagi Darg’om kanallari shular jumlasidandir. Vatanimiz hududida shaharsozlik, me’morchilik, haykaltoroshlik, kulolchilik singari hunarmandchilik turlari yuksak darajada taraqqiy etgan. Buni ko’hna Tuproqqal’a, Ayritom, Termiz, Axsikent shaharlari o’rnida olib borilgan tarixiy tadqiqotlar ham tasdiqlaydi. Ayni chog’da Kushonlar davrida moddiy va ma’naviy madaniyat yonma-yon tarzda rivojlanib borgan, deb xulosa chiqarishga to’la asoslar bor.



Madaniy – ma`naviy hayot. Diniy etiqodlar. Otashparastlik, buddaviylik, moniychilikning tarqalishi. Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuklaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o’zaro yaqinlashib, bir-birlarini to’ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo’l ochgan, umumiy yuksalishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O’rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o’lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug’ ajdodlarimiz ma’naviy hayotidagi jiddiy o’zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O’rta Osiyo xalqlarini birbirla iga

ma’nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko’rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoi dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma’naviy madaniyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.

Kushonlar davri madaniyatining muhim, katta yutuklaridan biri shundaki, bunda turli qutb va mintaqada yashagan xalqlarning madaniyatlari o’zaro yaqinlashib, bir-birlarini to’ldirib, boyitib borgan. Bu esa ularning bir birlari bilan turli-tuman sohalarda yaqindan hamkorlik, hamjihatlik qilishlariga keng yo’l ochgan, umumiy yuksalishiga turtki bergan. Masalan, Hindistondan O’rta Osiyo hududiga Budda dinining kirib kelishi va yoyilishi, o’lkaning turli joylarida hashamatli Budda ibodatxonalarining barpo etilishi, budda haykallari va haykalchalarining yaratilishi - bular ulug’ ajdodlarimiz ma’naviy hayotidagi jiddiy o’zgarishlardandir. Ularning timsolida Hind va O’rta Osiyo xalqlarini birbirla iga

ma’nan yaqinlashtirgan muhim omilni ko’rish mumkin. Termiz, Ayritom va boshqa joylardan topilgan buddizmga oid ashyoi dalillar, budda ibodatxonalari namunalari, haykallar, ularning yuksak mahorat bilan yaratilganligi - bular Kushonlar davrida Vatanimiz hududida moddiy va ma’naviy madaniyat rivoj topganligining yaqqol ifodasidir.



Ibodatxonalar. Haykaltaroshlik. Tasviriy san`at. Kushonlar davlatida zarb etilgan kumush, oltin tangalarning bir tomonida Budda xudolari, zardushtiylar xudolari Anaxita, Mitra rasmlari uchrasa, ikkinchi tomonida esa "shoh", "shohlar shohi" atamasini ko‘ramiz. Buyuk ipak yo‘li tarmoqlarida joylashgan Kushon podshohligi gullab yashnadi. Ko‘pdan-ko‘p yangi shaharlar bunyod etildi. Bu davrda ko‘plab sug‘orish inshootlari qurilib, yangi yerlar o‘zlashtirildi. Shaharlar qurilishida aniq binokorlik qoidalari amalga oshirilgan. Shaharlar to‘g‘ri burchakli bo‘lib, qalin devorlar bilan o‘ralgan. Shahar tuzilishiga ko‘ra, u bir necha qismlarga bo‘lingan: hokim saroyi (qal'a), hunarmandchilik ustaxonalari, guzarlar, alohida ibodatxonalar joylashgan qismi, savdo maydoni va boshqalar tartibli ravishda joylashgan edi.

Kushon podshohligi iqtisodiyotining asosini sug‘orma dehqonchilik, savdo va hunarmandchilik tashkil qilgan. Ular yuqori darajada rivojlangan.

Hindiston, Xitoy va Rim saltanati bilan savdo va elchilik munosabatlari o‘rnatilgan edi. Savdo munosabatlarining rivojlanishida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyati katta bo‘lgan. Termizdan Rim tangalari xazinasi, o‘rta yer dengizi atrofi hududlarida esa kushon tangalari topilgan.

Kanishka davrida Hindistondan tarqalgan Budda dini davlat diniga aylandi. Oromiy va yunon yozuvlari bilan birga kushon yozuvi ham mavjud bo‘lgan. Kushon saltanati davrida me'morchilik va tasviriy san'at yuksak darajada rivojlangan edi. Buni o‘lkamiz ning Ayritom, Ko‘xna Termiz, Qoratepa budda ibodatxonalari Fayoztepa, Xolchayon, Dalvarzintepa va boshqa joylardan qazib olingan arxeologik topilmalardan ko‘rishimiz mumkin. Muxtaram o‘quvchi, talabalarimiz yurtimizdagi O‘zbekiston davlat tarix muzeyi, O‘zbekiston amaliy san'ati muzeyi va boshqa muzeylardagi tarixiy eksponatlarni ko‘rish jarayonida bunga o‘zi ham amin bo‘ladi. Kushon davri shaharlari harobalarini va qabrlarini o‘rganish o‘lka xalqlarning urf-odatlari, diniy qarashlari to‘g‘risida qimmatli ma'lumotlar beradi. Xususan, Dalvarzintepa ashyolari kushonlarning diniy e'tiqodlari buddizm bilan zardushtiylik bo‘lganini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yapon olimlari bilan Darvarzintepada, fransuz arxeologlari bilan Afrosiyobda olib borilgan tadqiqotlar talabalarimizga muhim ma'lumotlar beradi.



Qadimiy yozuv madaniyati. Oromiy yozuvi. Baqtriya, Xorazm, Sug`d yozuvlarining Oromiy yozuvi tarkibidan ajralib chiqishi. Yunon-Baxtar yozuv. Dastlabki sivilizasiya ma'lum darajada til va yozuvlar bilan bog‘liq. Yozuv madaniyatining eng qadimgi o‘choqlari Misr, Mesopotamiya, Old Osiyodir. Markaziy Osiyoda ham yozuv mil.av. asrlarda paydo bo‘lgan. Yozuv yaratish harakatlarining dastlabki qadamlarini xalqimizdagi qoyatoshlarga ishlangan ajoyib suratlarda ko‘ramiz. Bundan 2,5 ming yil avval yurtimiz xalqlari ilk bor chizma belgilarda nutq tovushini ifodalovchi (fonetik) yozuv tajribasini yarata boshlagan. Bu harakat ahmoniylar davrida ma'lum bir yozuvga aylangan. Oromiy yozuvi mil.avv. I ming yillik boshlarida vujudga kеlgan. Bu yozuv dastlab Suriya va Mеsopotamiyada paydo bo`lgan. Dastlabki oromiy yozuvi finikiya yozuvidan dеyarli farq qilmagan. Kеyinchalik mil.avv I ming yillik o`rtalarida oromiylar finikiya yozuviga ayrim o`zgartirishlar kiritganlar. Harflar soni qisqartirilib, shaklini ham soddalashtirganlar. Mil.avv. VIII asrdan boshlab ko`pgina xalqlar: yahudiylar, vavilonliklar, assuriyaliklar, forslar va arablar oromiy yozuvini o`z tillariga moslashtirganlar. Mutaxassis olimlar mil. av. V-III asrlarda oramiy yozuvlari tajribasi asosida So‘g‘d, Xorazm, Baxtar, Parfiya kabi o‘lkalarda mahalliy tillarni ifodalashga mo‘ljallangan yangi yozuvlar yaratildi, deb ta'kidlaydilar. Bular fonetik ifoda jihatdan oramiydan farq qiluvchi mustaqil yozuv tizimlari bo‘lgan. Mil. av. IV-III asrlarda, shuningdek, Yunon imlosi ham ishlatilgan. Ajdodlarimiz turkiy-run (Urxun-Enasoy), uyg‘ur, so‘g‘d yozuvlarini qo‘llaganlar.

Demak, mintaqamizda qadim paytlarda turli yozuvlar paydo bo‘lib, ular takomillasha borgan, mahalliy tillar va lahjalar xususiyatlarini aks ettirgan va shu tariqa Markaziy Osiyo madaniyatining rivojiga o‘z ulushini qo‘shgan. Respublihamiz hududida tillarning shakllanishi bir necha ming yillarni o‘z ichiga oladi.


Tayanch atamalar va iboralar izohi: harbiy demokratiya - davlatga o‘tish davrining boshqaruv shakli; Satraplik - ahmoniylar davridagi ma’muriy-hududiy tuzilma; Maroqanda - Samarqandning yunoncha nomi; ellinlashtirish - sharqda yunon madaniyatining yoyilish jarayoni; Qang‘li - turkiy qabilalar uyushmasi, Xitoy manbalarida Qang‘yuy; Yuechji - qabila uyushmasi nomi.
NA`ZORAT SAVOLLARI:
1. Salavkiylar qachon va qanday qilib hokimiyat tepasiga keldi?

2. Yunon-Baqtriya davlati Salavkiylar davlatidan qachon, qanday ajralib chiqqan?

3. O‘rta Osiyoda mahalliy davlatchilik qanday rivojlandi?

4. Qadimgi Dovon va Qang‘ davlatlarining boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

5. Kushon saltanatining geografik o‘rnini aniqlang.

6. Kushon podshohligidagi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanish jarayoni qanday kechgan?

7. Davlat tushunchasining mazmun moxiyati nimada?

8. Davlatning shakllanishi va paydo bo‘lishidagi asosiy omillarni ko‘rsating.

9. O‘rta Osiyodagi ilk davlatlarning boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

10. Katta Xorazmning geografik o‘rnini toping.

11. Qadimgi Baqtriya va So‘g‘d hoqimligining davlat boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

12. O‘rta Osiyoga ajnabiy bosqinchilarning hujumi qanday oqibatlarga olib keldi?



ADABIYOTLAR:
1. I.A.Karimov "Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q". T., "O‘zbekiston", 1998.

2. Azamat Ziyo. O‘zbek davlatchiligi tarixi. T., "Sharq", 2000.

3. Sulaymonova F. Sharq va g‘arb. T., "O‘zbekiston", 1997.

4. Rtveladze E.V. va boshqalar. O‘zbekiston sivulizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. T., "Adolat", 2001.

5. Vatan tuyg‘usi. T., "O‘zbekiston", 1996..

6. Pidaev M. Sirli Kushon saltanati. T., "Fan", 1990.

7. Shoniyozov K. Qang‘ davlati va Qang‘liklar. T., "Fan", 1990.

8. Ipak yo‘li afsonalari. T., "Fan", 1993.

9. Rtveladze E.V. va boshqalar. O‘zbekiston sivilizatsiyasi: davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar. T., "Adolat", 2001.

10. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.

11. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.

12. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.



4- MAVZU: ILK O`RTA ASRLARDA O`ZBЕK DAVLATCHILIGI: IJTIMOIY-SIYOSIY, IQTISODIY, MADANIY HAYOT.

Re`ja:


1. Kidariylar, xioniylar va eftaliylar davlati, undagi boshqaruv tizimi. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.

2. Turk xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. To`n Yabg`u. Mamlakat-dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.

3. Arablar istilosi va hukmronligi davrida O‘rta Osiyo. Arab xalifaligiga qarshi ozodlik harakatlari. Abu Muslim, G`urak, Divashtich, Muqanna

4. Islom dinining yoyilishi.”Qur`oni karim”, hadis ilmi rivojiga hissa qo`shgan O`rta Osiyolik muhaddislar.


I

Xioniylar va kidariylar. IV-asr o‘rtalarida Turon o‘lkasiga shimoldan ko‘chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar nomi bilan tanilganlar. Xioniylarning 353 yil So‘g‘d ustiga yurish qilganliklari ma’lum. Xioniylar hukmdori o‘rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli shaxs bo‘lgan. 359 yil xioniylar o‘z ittifoqchilik burchlariga ko‘ra Shopur II bilan Suriyaning Amida (Umda) shahri uchun bo‘lgan jangida qatnashishadi. Bu jangda Grumbatning o‘g‘li halok bo‘ladi.

IV-asrning 60-70 yillarda Eron bilan munosabatlar yana keskinlashib, Eron shohi Shopur II xioniylar bilan kurash olib boradi va ikki marotaba yengiladi. Bu kurashda xioniylar kidoriylar bilan ittifoqchilikda bo‘lgan bo‘lishlari ham ehtimoldan xol emas. Bu davrda Sirdaryo bo‘yidan Amudaryogacha cho‘zilgan hudud xioniylar ta’siri ostida bo‘lgan.

Kidoriylar xususidagi asosiy ma’lumotlar Xitoyning Beyshi solnomasida hamda g‘arb tarixchilaridan biri Prisk Paniyskiy ma’lumotlarida uchraydi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra Kidoriylarning yuyechjilar hukmdori Sidolo yoki tadqiqotlar fikricha Kidor (ba’zan “Kidara”) IV-asrda hukmronlik qilgan.

Yaponiyalik tadqiqotchi K. Yenoki braxmiy yozuvidagi bir qator “Kidara Kushon sha” deb yozilgan tangalarni tadqiq qilgan. Bu taxminan 390-430 yillarga mansub bo‘lib, hind tadqiqotchisi A. Bivarning xulosasiga ko‘ra bunday tangalar 2 ta hokim tomonidan bir vaqtning o‘zida zarb etilgan. Yenokining fikricha Kidoriylar Tohariston va Gandxarni 412-437 yillar oralig‘ida o‘z qo‘llarida birlashtirganlar.

Kidariylar masalasi nisbatan ancha kam o‘rganilgan va tadqiqotlar davom ettirilishi kerak bo‘lgan masaladir. Chunki yuqoridagi ma’lumotlarni (jumladan Beyshi) keyinchalik boshqa manbalar tilga olmaydi. Hindistonga (456 y) ketib Gupta davlatini bosib olganlaridan keyingi kidoriylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham deyarli yo‘q. Faqatgina ular Hindistonda 75 yil hukmronlik qilganlari, 477 yil Gandxardan Xitoyga elchilar yuborganliklari ma’lum xolos. Ba’zi tadqiqotchilar ularni Sharqiy Turkistondan kirib kelgan kushonlar qoldig‘i deb ham tushuntirish berishadi. Shuningdek, kidoriylarning O‘rta Osiyoning janubida xiyoniylar bilan birga ittifoqchiligi hamda ularning Eronga qarshi birgalikdagi harakatlari to‘g‘risida ham turli taxmin va fikrlar mavjud. O`rta Osiyo hududlariga ko`chmanchi qabilalarning yurishlari. IV-asr o‘rtalarida Turon o‘lkasiga shimoldan ko‘chmanchi xion qabilalarining hujumi boshlanadi. Tarixda ular xiyonit yoki xioniylar nomi bilan tanilganlar. Xioniylarning 353 yil So‘g‘d ustiga yurish qilganliklari ma’lum. Xioniylar hukmdori o‘rta yoshlardagi tadbirkor va aqlli davlat arbobi Grumbat ismli shaxs bo‘lgan. 359 yil xioniylar o‘z ittifoqchilik burchlariga ko‘ra Shopur II bilan Suriyaning Amida (Umda) shahri uchun bo‘lgan jangida qatnashishadi. Bu jangda Grumbatning o‘g‘li halok bo‘ladi.

Eron sosoniylari bilan o`zaro munosabatlar. IV-asrning 60-70 yillarda Eron bilan munosabatlar yana keskinlashib, Eron shohi Shopur II xioniylar bilan kurash olib boradi va ikki marotaba yengiladi. Bu kurashda xioniylar kidoriylar bilan ittifoqchilikda bo‘lgan bo‘lishlari ham ehtimoldan xol emas. Bu davrda Sirdaryo bo‘yidan Amudaryogacha cho‘zilgan hudud xioniylar ta’siri ostida bo‘lgan.



Umuman olganda, xioniylar kidoriylar bilan ko‘pincha ittifoqda harakat qilgan bo‘lishlari kerak. Chunki tadqiqotlarda ularning nomi ko‘pincha birgalikda uchraydi. Ularni ba’zida eftalitlarning bir qismi deb ham hisoblashadi. Fikrimizcha, ulardagi o‘zaro farqlanish etnik emas, faqat sulolaviy bo‘lgan. Chunki ularning hammasi qon-qardosh turkiy xalqlardan bo‘lishgan.

Eftaliylar. O`rta Osiyoda eftaliylar davlatining shakllanishi, uning hududiy chеgarasi. Ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «tetal», xeptal, arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eftalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o’ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydi. Biroq nima bo’lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko’pdan buyon yashab kelgan tub joy, yerli qavmlardandir. Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457 yilda Chag’oniyon (hozirgi Surxon yerlari), Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundiradi. So’ngra eftaliylar Sug’dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko’p o’tmay o’z hududiy yerlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Qoshg’ar va Xo’tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birin-ketin qo’lga kiritib, o’z siyosiy hokimiyatini ko’chaytirishga erishadilar. Ular tuzgan qudratli davlat O’rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi. Eftaliylar davrining yirik madaniy markazlari Poykand Varaxsha Balx Davlat tepasida podsho turgan Shunday qilib: Eftaliylar O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston xalqlarini yagona davlatga birlashtirib, o’z o’tmishdoshlari(kushonlar) siyosatini davom ettirganlar. Eftaliylar va Eron sosoniylari. Sharqiy Eron va Shimoliy Hindistonning eftaliylar davlatiga qo`shib olinishi. Eftaliylar bir necha bor o’zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan Eron shohi Pero’z bilan bo’lgan urushlarda ularning qo’li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to’lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Pero’z o’g’li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo’ladi. Pero’zning 484 yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og’ir o’lpon yuklanadi. Pero’zdan so’ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to’lashga majbur bo’lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502-yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506 yilda ikki o’rtada tuzilgan sulx shartnomasi bo’yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o’lja olib qaytganlar. Kubodning o’g’li Xusrav I Anushirvon ham 554 yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to’lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar

ta’siridan qutilishga muvaffaq bo’lgan. Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqarishning o’ziga xos qonun-qoidalari bo’lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan.



Eftaliylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot. Savdo. Hunarmandchilik. Chorvachilik. Eng boy zodagonlar doimiy hamroh sifatida 20 va undan ortiq do‘stlarga ega bo‘lishgan. Zodagon vafot etganda, qoida bo‘yicha uning do‘stlari ham tirikligicha qabrga qo‘yilgan.

Jinoyatchilik yuzasidan jazo nihoyatda qattiq bo‘lgan. O‘g‘rilik qilgan shaxs kim bo‘lishidan qat’iy nazar boshi kesilgan. O‘g‘irlangan mol-mulk miqdoridan qat’iy nazar o‘n barobar qilib undirib olgan. Eftalitlar kuchli qo‘shinga ega bo‘lishgan. Lashkarning asosiy qismini suvoriylar tashkil etgan. Suvoriylar asosan gurzi va qilich bilan qurollanganlar. Xitoyliklar ularni mohir kamonboz deb ham ta’riflashgan. Bu davrda otliq qo‘shin asosiy ahamiyat kasb etgan.

V-VI asrlarda dehqonchilik vohalarida eftalitlarning o‘troqlashuvi kuchayadi. Buning oqibatida esa obikor yerlarga bo‘lgan muhtojlik ortadi. Kichik-kichik sug‘orish kanallari qazib chiqarilib minglab gektar yangi yer maydonlari o‘zlashtiriladi. Sug‘orish texnikasi takomillashadi, shohariqlar chuqurlashib, yer-suv va sershoha sug‘orish tarmoqlariga aylanadi. Hozirgi vaqtda ham mavjud bo‘lgan Zahariq, Bo‘zsuv, Darg‘om kanallari V asrda barpo etilgan eng yirik sug‘orish tarmoqlaridan bo‘lgan.

Shuningdek tog‘ oldilariga suv chiqarish uchun suv chiqarish asboblaridan keng foydalanilgan. Yangi o‘zlashtirilgan yerlarda zodagon dehqonlarning qalin va katta-katta xom g‘ishtdan urib chiqilgan hamda mustahkam asos (fundament) ustiga qurilgan qo‘rg‘onlari, istehkomlari yuzaga kela boshlagan. Istehkomlarning to‘rt burchagi baland minoralar bilan mustahkamlanib, devoru yo‘llari bir necha qator kamondan o‘q uzgich nishon tuynuklari bilan ta’minlangan. Qalin mudofaali qo‘rg‘onlar ilk o‘rta asrning o‘ziga xos me’morchilik namunalaridan bo‘lib, Nahshab vohasidagi Zahoki-Moron qal’asi, Buxorodagi Shahri Vayron, Xorazmdagi Fir qal’asi shular qatoridandir. Vohalarni tashqi dushmandan himoya qilish maqsadida bir necha chaqirimlab uzunlikdagi qalin devorlar barpo etilgan. Samarqand vohasidagi 12 ta darvozaga ega bo‘lgan “Devori qiyomat”, Buxoro vohasidagi uzunligi 336 kilometrli “Kampirak”, Toshkent vohasidagi “Kampirdevor” istehkom devorlari shular jumlasidandir.

Bu davr me’morchiligida qasrlar qurilishi ayniqsa ahamiyatli bo‘lgan. Qasrlar odatda 2 qavatli, shipi tekis, gumbazsimon va ravoqsimon yopilgan bir necha xonadan iborat bo‘lgan. V asrdan saroy, qasrlar qurilishida paxsa va xom g‘isht bilan bir qatorda pishiq g‘ishtlar ham ishlatilina boshlangan. Saroy va ibodatxonalar devorlari odatda rangdor tasvirlar bilan bezatilgan. Bunday tasviriy san’at namunalaridan biri Bolaliktepa (Surxondaryo) qasri devorlarida qayd etilgan. Bu nodir tasviriy san’at asarida bashang kiyingan ayol va erkaklarning ziyofat tasviri tushirilgan rasmlar katta did va mahorat bilan ishlangan. Shu davr moddiy madaniyat yodgorligi sifatida Xorazmdagi Tuproqqal’a xarobasini ham ko‘rsatish mumkin. Bu qal’a o‘zining istehkom devoriga ega bo‘lib, qal’a ichidagi to‘g‘ri yo‘naltirilgan ko‘chalar shaharni 10 ta mavzega bo‘lib turgan. Shaharning shimoliy-g‘arbiy qismida ko‘tarma supa ustiga xom g‘ishtdan saroy qurilgan. Uning yonida ark binosi bo‘lgan. Shuningdek 100 ga yaqin turar joy, xo‘jalik binolari, 8 ta saroy zali xarobalari, qadimgi xorazmiy yozuvidagi 80 tadan ortiq hujjatlar topilgan.

Eftalitlar me’morchiligining ajoyib namunalaridan biri Buxoro yaqinidagi Varaxsha saroyidir. Bu qo‘rg‘on ulkan kvadrat shakldagi tepa ustiga qurilgan. Devorlari ganch qilinib, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Xonalar keng-keng bo‘lib qalin devorlar bilan bir-biridan ajralib turgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, VI-VII asrlarda bu yerda buxorxudotlarning qarorgohi bo‘lgan. Shuningdek Toshkent vohasidagi Oqtepadan, Jo‘nariq yaqinidan, Poykentdan va boshqa bir qator joylardan eftalitlar davri yodgorliklari topib tadqiq qilingan.

Eftalitlar davrida hunarmandchilik ham rivoj topgan. Ayniqsa kulolchilik, shishasozlik, chilangarchilik, bo‘zchilik, zargarlik, qurolsozlik kasb-hunarlari ravnaq topgan. Chochda yasalgan o‘q va yoy “kamoni chochiy” nomi bilan mashhur bo‘lgan. Katta-kichik shaharlar soni ko‘paygan. Birgina Zarafshon vohasida Rivdod, Kushoniya, Xariman, Arqud, Romiton, Varaxsha, Poykand kabi savdo hunarmandchilik shaharlari mavjud edi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra Poykand shahri eftalitlarning poytaxti bo‘lgan (xitoyliklar uni Bi deb, arablar keyinchalik “Madinat-ut-tujjor” deb atashgan). Poykand shahri ayniqsa zirhli po‘lat qurollar ishlab chiqarish bilan ham mashhur bo‘lgan. Shuningdek shu davrda rangli oynalar ishlab chiqarish ham keng tarqalgan. Eftalitlar halqaro savdo sohasida Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy bilan savdo-sotiq munosabatlarini olib borishgan.

Eftalitlar “Ipak yo‘l” savdo yo‘lini nazoratda tutishga harakat qilganlar. Ipak yo‘li savdosida va umuman savdogarlar ichida so‘g‘diylar yetakchi o‘rinni egallashgan edi. Bu paytda O‘rta Osiyodan oltin, kumush, Badaxshon la’lisi, rangli shisha va shisha buyumlar, turli xil mevalar, ip-gazlama, qorako‘l, zotdor tulporlar olib chiqilib savdo qilinardi.

Avval boshda eftalitlar sosoniylardan bo‘lgan Varaxran V va Perozning kumush tangalaridan o‘zaro savdo-sotiqda foydalanar edilar. Keyinchalik eftalitlar Eron shohi Varaxran V Bahromgo‘r tangalariga taqlid qilgan holda kumush tangalar zarb qildilar. Bundan tashqari Buxoro, Poykand, Samarqand, Xorazmdagi mahalliy hokimlar tomonidan chiqarilgan chaqa tangalar ichki savdoda keng muomalada bo‘lgan.



Mazdak harakatining paydo bo`lishi va uning asosiy g`oyalari. O’ziga tegishli yerlarda erkin xo’jalikni yurituvchi kashovarzlar tabaqasining mavjudligi Yirik mulkdorlar, zodagonlar zulmi va asoratining ortishi, aholi quyi tabaqalari huquqining poymol etilishi, ularning ayovsiz ekspluatatsiya qilinishi pirovardida ijtimoiy adolat va haqqoniyat yo’lidagi xalq harakatlari, g’alayonlarining yuzaga kelishiga sabab bo’ldi. VI asr birinchi choragida Eronda boshlanib, O’rta Osiyo hududida ham keng aks-sado bergan Mazdak qo’zg’oloni buning yaqqol ifodasidir. Mazdakchilar «Z» harfi bilan boshlanadigan 4 narsaning aholi o’rtasida teng baham ko’rilishini yoqlab chiqqandilar: Zamin (yer), Zar (oltin, boylik), Zo’rlik (kuch-hokimiyat) va Zan (xotin). Mazdakchilar ilgari surgan bu xil g’oyalardan shuni anglash mumkinki, ular ijtimoiy adolat tushunchasini birinchi o’ringa qo’yib, bunda yer-mulk, boyliklarni aholi o’rtasida barovar taqsimlash talabini ilgari surganlar. Ular davlat hokimiyati tomonidan fuqarolarning daxlsizligi va qonuniy huquqlarini himoya qilinishini, ayollar tengligini yoqlaganlar. Biroq o’sha davrda, sinfiy tabaqalanish tobora kuchayib, mulkiy tengsizlik avj olayotgan bir paytda mazdakchilik g’oyalarining tantana qilishi yohud hayotga tatbiq etilishi mumkin emas edi. Shu bois ham Mazdak qo’zg’oloni tez orada hukmron tuzum kuchlari tomonidan bostirildi. Mazdak va uning ko’plab tarafdorlari qo’lga olinib qatl etildi. Shunga qaramay Eron va Turon aholisining keng qatlamlari orasida Mazdak g’oyalari saqlanib, ularning haq, adolat yo’lidagi kurashlariga xizmat qildi. Еrga egalik munosabatlari va tabaqalanish, dеhqonlar, kashovarzlar va kadivarlar. Ularning turmush tarzi va jamiyatda tutgan o`rni. Ilk o’rta asrlardayoq ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o’zgarishlar yuz berdi. Vohalarda yirik sug’orish inshootlari barpo etilib, yangi yerlar o’zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi yerlarni o’zlashtirish ishlariga urug’ boshliqlari, qishloq oqsoqollari boshchilik qiladi. Shu boisdan ular o’zlashtirilgan yerlarni katta qismini, sug’orish inshootlari yonidagi yerlarni egallaydilar. Shu tariqa katta yer egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan xukmronlik qila boshlaydilar. O’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlarning shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo’rg’onlari bo’lib, xizmatkor-cho’rilarga qo’riqlovchi choparlarga ega bo’lgan. V asrda obikor yerlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Qishloq jamoalarida yashab yer va suvdan iborat umumiy mulkda o’ziga tegishli yerlari bo’lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o’ziga tegishli yerlaridan dehqonlar foydasiga mahrum bo’lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar. Kadivarlar dehqonlar yerida ijarador bo’lib ishlashga majbur bo’ladi, dehqonlarga qaram tabaqaga aylanib boradilar. Shu tariqa qishloq ahli uch tabaqaga bo’linadi.

􀂾 Eng asosiy o’zgarish – yerga egalik qilish munosabatlarining vujudga kelishi

􀂾 Yirik mulkdorlar – dehqon xo’jaliklari salmog’ining kuchayishi

􀂾 Ularga qaram – ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi



Eftaliylar davrida madaniyat, diniy etiqodlar. Varaxsha shahri obidalari, Termiz yaqinidagi Bolaliktepadan topilgan saroy, uning devorlariga ishlangan betakror tasvirlar, o’ymakorlik va ganjkorlik namunalari - bular ajdodlarimiz yuksak badiiy mahoratidan yorqin dalolatdir. Bu davrning moddiy madaniyatiga oid yodgorlik sifatida Xorazmdagi Tuproqal’a to’g’risida bir qadar ma’lumot keltirib o’tish joizdir. Uning tuzilishi to’g’ri burchakli bo’lib (500x 360 m), gumbazsimon yo’lakli va burjli mudofaa devori bilan o’ralgan. Devorning janubiy qismidagi darvozadan ibodatxonaga tomon asosiy ko’cha o’tgan. Ko’ndalang tushgan ko’chalar shaharni 10 ta mavzega bo’lgan. Tuproqqal’aning shimoliy-g’arbiy qismida maxsus ko’tarma supa ustiga xom g’ishtdan saroy qurilgan. Unga yonma-yon ark binosi joylashgan. Bundan tashqari 100 ga yaqin turar-joy, xo’jalik binolari va 8 ta saroy zali mavjud bo’lgan. Qal’aning janubiy-sharqiy burchagidagi 4ta xonada teri va yog’ochga yozilgan qadimgi Xorazm yozuvidagi 80 dan ortiq hujjatlar topildi.

V-VI asrlarda diniy e’tiqod va tasavvur bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tasviriy san’at-koroplastika-ma’budalarning sopol haykalchalarini yasash va ularga topinish keng yoyiladi. Sopol haykalchalar hududlarga ko‘ra turlicha bo‘lib, kiyim-kechaklari, yuz siymolari, taqinchoqlari jihatidan ham bir-biridan farqlangan.

Ulkan hududdagi eftalitlar davlati juda ko‘p xalqlarni o‘zida birlashtirganligi sababli undagi diniy e’tiqodlar ham turlicha bo‘lgan. So‘g‘dda zardo‘shtiylik keng tarqalgan bo‘lsa, Tohariston va Sharqiy Turkistonda buddizmga e’tiqod qiluvchilar ko‘pchilikni tashkil etgan. Shaharlarda xristian va yahudiy jamoalari ham mavjud edi. Moniylik va Mazdak ta’limoti tarafdorlari ham paydo bo‘layotgan edi. Zardo‘shtlar Nohid, Mitra, Siyovush kabi mahalliy ma’budalarga ham sig‘inganlar. Navro‘z kuni Buxoro otashparstlarlari Siyovush qabri ustida xo‘roz so‘yib, qurbonlik qilar edilar. Janubda buddizmning ta’siri ko‘proq bo‘lgan edi.

Chorvador aholi turkiycha so‘zlashar, turkiy til tobora ko‘proq yoyila boshlagan edi. O‘troq aholining katta qismi so‘g‘diy tilida so‘zlashar edilar. So‘g‘diy tili va yozuvi Yettisuv, Farg‘onadan o‘tib Sharqiy Turkistonga qadar yetib boradi. Uning xususiy so‘g‘d-“samarqand usuli” keng yoyilgan edi. Bundan tashqari xorazm, kxaroshtiy, buxoro yozuvlari ham mavjud bo‘lgan. Eftalitlar yozuvi baqtriya yozuvi asosida paydo bo‘lgan. Syuan Szanning yozishicha u 25 ta harfdan iborat bo‘lib, xat chapdan o‘ngga qarab ko‘ndalangiga yozilgan. Bunday yozuv namunalari Zangtepa, Qoratepa, Afrosiyob xarobalaridan, Kofirqal’adan topilgan.



II

Turk xoqonligi, davlat boshqaruv tizimi. To`n Yabg`u. Mamlakat-dagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol.

Turkiy elatlarning keng sharqiy hududlarda qadim-qadim davrlardan buyon yashab, o’zlaridan munosib madaniy iz qoldirib kelganligini juda ko’plab tarixiy manbalar ham tasdiq etadi. Mo’’tabar Xitoy manbalari, mashhur «O’g’iznoma», Urxon-Enasoy yozuvlari, Kultegin bitiklari bunga ishonchli guvohdir. Oltoy, Tuva hamda ularga tutash hududlarda turli turkiy qabilalar, chunonchi, Ashin, Arg’u, O’g’iz, To’qqiz o’g’iz, O’ttuz tatar, Karluq, Kitan, Tolis, Turk, Uyg’ur, To’qri (toharlar), Quriqan, Duba (tuba-tuva)va boshqalar yashardilar. VI asr boshlarida Oltoy o’lkasida siyosiy jarayonlar faollashadi. O’sha paytda hozirgi Mo’g’uliston va qisman Xitoyning shimoliy hududlari ustidan Jujan xonligi hukmronlik qilardi. VI asr boshlarida Oltoydagi turkiy qavmlar orasida Ashin urug’ining mavqei ko’tariladi. Ashin urug’iga mansub Asan va Tuu 460-545 yillarda boshqa urug’larni o’zlariga bo’ysundiradilar va Oltoyda turkiy qabilalar ittifoqiga asos soladilar.Tuuning o’g’li Bumin Tele qabilasini ham bo’ysundiradi. Bumin Jujan xonligiga tobelikdan chiqish uchun kurashadi va 551 yilda Jujan xonining qo’shinlarini engib, ularni o’ziga bo’ysundiradi. Bumin 552 yilda Xoqon deb e’lon qilinadi va yangi davlat - Turk hoqonligiga asos soladi. Uning poytaxti Oltoydagi O’tukan shahri edi. Xoqonlik tez orada kuchayib, uning dovrug’i ortib borgan. U ko’p bor Xitoyga yurishlar qilib, uning bir qancha hududlarini bosib olgan. Xitoy podsholigi Turk xoqonligiga har yili o’lpon tariqasida yuz bo’lakdan iborat ipak mato berib turishga majbur bo’lgan. 553 yilda Buminxon vafot etgach, hokimiyatga uning katta o’g’li Mug’anxon (553-572) o’tiradi. Mug’anxon 558 yilda jo’janlarga so’nggi bor qaqshatqich zarba berib, o’z davlati hukmronligini Tinch okeangacha bo’lgan hududlarda mustahkamlaydi. Uning amakisi Istami (unga «Yabg’u» - bahodir unvoni ham berilgan) bo’lsa, bu davrda xoqonlik hududini g’arbga tomon kengaytirib, Yettisuv, Qashqar va boshqa hududlarni egallaydi. 563-567 yillar davomida Istami yabg’u qo’shinlari eftaliylar davlatiga ketma-ket zarbalar berib, O’rta Osiyo va Kaspiy dengizigacha bo’lgan yerlarni egallashga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida Eftaliylar davlati qulaydi. Turk xoqonligi O’rta Osiyo yerlarini ishg’ol etgach, uning hududlari bevosita Eron chegarasiga tutashadi. Xoqonlik Eron bilan yaxshi qo’shnichilik, savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intiladi. Shu maqsadda Eron shohi Xusrav 1 Anushirvonga turk malikasi uzatiladi, Eronga elchilar yuboriladi. Biroq Turk xoqonining Eronga ikki bor yuborgan elchilari faoliyati muvaffiyatsiz chiqqach, Eronning xoqonlik bilan murosaga bormasligi, uning qat’iy dushmanligi ma’lum bo’ladi. Buning boisi Eron shohining O’rta Osiyo hududlariga da’vogarligida edi. Bu esa, shubhasiz, bir necha bor xoqonlikning Eron bilan urushlar olib borishiga sabab bo’ladi. Istami qo’shinlari Eron shohi Xisrav I ni engadi. Eron shohlari Turk xoqonligiga 400 ming Vizantiya tillosi hajmida tovon to’lashga majbur bo’ladi. Mug’anxon va uning avlodlari g’arbda Qora dengizga qadar hududlarni zabt etib o’zlariga bo’ysundirganlar. Turk xoqonligi 568-569 yillarda o’sha davrning qudratli davlati-Vizantiya bilan iqtisodiy va savdo-sotiq aloqalarini o’rnatishga intilib, sug’d savdogari Maniax boshchiligidagi elchilarni u yerga yuboradi. Elchilar imperator Yustinian II qabulida bo’ladi. Shundan so’ng Vizantiyannig Zemarx boshliq elchilari xoqonlik davlatiga keladi. Bu esa shu davlatlar o’rtasida o’zaro ishonch va savdo-tijorat munosabatlarini o’rnatishda muhim ahamiyat kasb etgan. Turk xoqonlari O’rta Osiyoda hukmronlik qilsa-da, biroq o’zlari bu hududga ko’chib kelmaganlar. Ular Yettisuv va boshqa hududlardagi bosh qarorgohlarida qolib, bo’ysungan hududlarni mahalliy hukmdorlar orqali boshqarib, ulardan olinadigan soliq-o’lponlar va to’lovlar bilan kifoyalanganlar. Bundan ko’rinadiki, Turk xoqonligi davrida bu hududdagi mavjud mahalliy davlat tuzilmalari, ularning boshqaruv tizimlari saqlanib, ichki siyosat bobidagi mustaqil faoliyatlari davom etgan. Xoqonlik istisno hollardagina o’lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotiga aralashgan. Bu narsa ko’proq tashqi siyosat, xalqaro savdo-sotiq masalalariga daxl etardi. Xitoy manbalarida ta’kidlanganidek, Zarafshon, Amudaryo va Qashqadaryo vohalarida bu davrda 9 ta mustaqil hokimlik mavjud bo’lgan: Samarqand, Ishtixon, Maymurg’, Kesh, Nahshab, Kushon, Buxoro, Amul va Andxoy shular jumlasidandir. Ayniqsa Samarqand Buxoro, Xorazm va Choch (Toshkent) hokimliklari o’zlariga ancha mustqil bo’lganlar. Buxorxudotlar zarb etgan tanga pullar keng muomalada bo’lgan. Shu bilan birlikda bu nisbatan mustaqil hokimliklar o’rtasida o’zaro kurash, ichki ziddiyatlar ham to’xtovsiz bo’lib turgan. Bu esa mahalliy aholi hayoti, turmushini nochor ahvolga duchor etgan.

Turk xoqonligi davrida mamlakat boshqaruv usuli. Xoqon-davlat boshlig`i. Zodagonlar kеngashi-qurultoy. Mustaqil hokimliklar. Butun saltanat ustidan oliy hukmronlikni hoqon olib borgan. Bu lavozim merosiy bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra ota doimo o‘z o‘g‘liga taxtni qoldiravermay, balki undan kattaroq turgan qarindoshlarini qoldirishi lozim bo‘lgan. Bundan tashqari, shunday hollar ham bo‘lganki, taxt sohibini “urug‘ oqsoqollari” tayinlagan. Xitoy manbalariga ko‘ra, turkiylar xonni taxtga o‘tqazishda maxsus marosim o‘tkazganlar, ya’ni, amaldorlar bo‘lajak xonni kigizga o‘tkazib, quyosh yurishi bo‘ylab 9 marotaba aylantirganlar, ishtirokchilar ularni qutlab turgan. Keyin xonni otga o‘tkazib, bo‘yniga ipak mato bog‘laganlar. Keyin undan so‘raganlar: “Siz necha yil xon bo‘lmoqchisiz?. U necha yil xon bo‘lishini aytgan, shu muddat tugagandan keyin taxtdan ketgan. Hoqondan keyingi shaxs Yabg‘u (bahodir) davlatdagi birinchi amaldor (vazir) vazifasida bo‘lgan. (Masalan Istemi yabg‘u). Ammo yabg‘u taxtga merosxo‘rlik qila olmas edi. Taxt merosxo‘ri tegin (shahzoda) deb yuritilgan. Tegin taxtga da’vogar shaxs bo‘lgan. Shod unvoni tuman va viloyat hokimligidagi shahzodalarga berilgan. Shahzodalar bilan qondosh bo‘lmasa, unday odamga shod unvoni berilmagan. Xitoy manbalarining birida shunday deyiladi: “Oliy martabalar orasida eng ulug‘i Shexu (Jabg‘u, Yabg‘u), keyin Dele (Tegin), uchinchisi esa Silifa, to‘rtinchisi Tumaofa, (qolgan) kichiqroq darajasidagi mansablarda 20 kishi band; ularning hammalari mansablari merosiydir... qo‘riqchilarni esa Fuli (ya’ni bo‘ri) deb ataydilar”.

Tudun unvoni hukmdorning joylaridagi noibi (nazoratchisi)ga berilgan. Ular mahalliy hokimlar siyosatini, boj-soliq ishlarini nazorat qilganlar. Shod unvonidagi kishi hukmdorning o‘ng tomonidan joy olgan.

Chorvador turkiy aholida urug‘-jamoachilik an’analari nihoyatda kuchli bo‘lib, qabila va urug‘ jamoalarining negizi katta oilalardan iborat edi. Bunday oilalarda uy qullari ham mavjud bo‘lar edi. Qullarning ko‘payishi bilan tabaqalanish munosabatlari tarkib topa boshlagan. Lekin qulchilik ijtimoiy hayotga keng kirib kelmadi. Ko‘pincha janglarda ayollar qul qilib olib ketilar edi. Lekin qul ayollardan og‘ir ishlarda foydalanilmay, balki uy-ro‘zg‘or ishlarida ishlatilinar edi. Qul erkakmi, ayolmi bari bir, imkon topishi bilan qochib ketavergan. Qochgan qul ta’qib qilinmagan. Ular uchun hech kim tovon to‘lamagan.

Turkiy ko‘chmanchilarning asosiy qismi kambag‘al chorvador va ovchilardan iborat edi. Bunday xalq ommasini bo‘dun yoki qora bo‘dun deb atashgan. Mamlakat bo‘dunlar yashaydigan ellarga bo‘lingan. Hoqonlikning markaziy boshqaruv tizimi asosan yirik siyosiy-davlat tadbirlari (saltanat osoyishtaligini saqlash, davlat hududini kengaytirish, soliq tizimi, ichki va tashqi savdo, diplomatik munosabatlar va hakozo) bilan mashg‘ul bo‘lib joylardagi mahalliy ishlarga ma’lum darajada erkinlikka yo‘lga qo‘yilgan. Shuning uchun ham Farg‘ona, So‘g‘d, Shosh, Tohariston, Xorazm va boshqa joylarda boshqaruv ishi asosan mahalliy sulolalar qo‘lida bo‘lgan. Xitoy manbalariga ko‘ra So‘g‘dda kelib chiqishi asli yuyechjilardan bo‘lmish Kan sulolasining mavqei kuchli bo‘lib, So‘g‘d hukmdori ixshid unvoniga, tobe hokimliklar ham o‘z unvonlariga ega bo‘lganlar. (Masalan, Kesh hukmdori ixrid unvoniga ega bo‘lgan)

Qonunchilik, ijtimoiy hayotda u yoki bu masalalarni hal etish uchun “turkiy tuzuklari” yoki “Turolari” bo‘lgan. Xitoy tarixchisi shunday tuzuklardan biri So‘g‘ddagi ibodatxonalardan birida saqlanishini yozadi. Qonunlarga ko‘ra, eng og‘ir gunoh qilgan odam urug‘-aymog‘i bilan yo‘q qilib yuborilgan. Qolgan jazolar o‘lim va turli miqdordagi tovon to‘lash usullari bo‘lgan. (Masalan birovni o‘ldirsa, buzuqchilik qilsa, ot o‘g‘irlasa, o‘lim jazosi, birovning mol-mulkini o‘g‘irlasa yoki kishiga lat yetkazsa tovon to‘lagan va hakozo).

Ijtimoiy tabaqalanishning kuchayishi. Abruy qo`zg`oloni. Turk xoqonligining ikki qismga bo`linishi. O`rta Osiyo G`arbiy turk xoqonligi tarkibida xo`jalik va ijtimoiy hayot. 585-586 yillarda Buxoroda zodagon dehqon va boy savdogarlarga qarshi qo’zg’olon ko’tariladi. Unga Abro’y boshchilik qiladi. Hoqon Qoracho’rin qo’shinlari qo’zg’olonni bostirib, qo’zg’olonchilarni qattiq jazolaydi. Bo’ysundirilgan hududlarni mahalliy hokimlar orqali boshqarish tartibi hoqonlikni zaiflashtira bordi. Natijada VI asrning 80-yillari oxirlarida Turk xoqonligi ikki qismga bo’linib ketadi. G’arbiy turk hoqonligi (uning tarkibiga O’rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Jung’ariya (Xitoyning shimoliy g’arbi) hududlari kirgan). Sharqiy turk hoqonlik (uning tarkibiga Mo’g’uliston hududlari kirgan). VII asrda g’arbiy hoqonlikda shaharlar rivojlanishi, Eron va Xitoy bilan qizg’in savdo-sotiq va diplomatic aloqalar kuzatilgan. Darhaqiqat, Xitoyda Tan sulolasi (618-907yil) hukmronligi davrida G’arbiy Turk xoqonligi bilan Xitoy o’rtasida foydali aloqalar keng yo’lga qo’yiladi. Masalan, 627-644 yillarda O’rta Osiyodan Xitoyga 9 marta savdo karvonlari yuborilgan. VII asrning 30-yillarida xoqonlik hududlarini kezgan xitoylik sayyoh Syuan Tsin Issiqqo’l, Chu vodiysi, Choch, Samarqand, Buxoro kabi joylarning ancha gavjum va obod bo’lganligini qayd etadi. Tan sulolasi 659 yilda Sharqiy Turk hoqonligini o’ziga bo’ysundiradi. VII asr ikkinchi yarmida ancha kuchaygan Xitoy O’rta Osiyo hududlarini ham o’z qo’l ostiga kiritish payiga tushadi. Biroq 670 yilda tibetliklar bosh ko’tarib, sharqiy Turk xoqonligini yangidan tiklaganlaridan so’ng va bu davlat Xitoy uchun kutilmagan xavf-xatarni keltirib chiqargach, endilikda Xitoy O’rta Osiyoga bo’lgan o’z da’vosidan vaqtincha voz kechadi. Uning endigi butun diqqati Tibetga qaratiladi. Bu davrda O’rta Osiyo hududlarida G’arbiy Turk xoqonligi ta’siri tobora zaiflashib boradi. Bunga mahaliy hokimliklar o’rtasidagi ichki ziddiyatlar, yer-mulk uchun o’zaro kurashlar ham sabab bo’ladi. Bu esa pirovardida bu hududlarning arab istilochilari tomonidan bosib olinishiga sabab bo’ldi.

Turk xoqonligining sharqiy yerlaridan farqli o’laroq G’arbiy hududda aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi, madaniy darajasi nisbatan yuqori bo’lgan. Negaki, sharqiy hududlarda yashagan ko’pchilik ko’chmanchi turkey elatlarda urug’-qabilachilik munosbatlari hamon kuchli saqlangan. Aholining quyi tabaqasi budun yoki qora budunlar deb atalgan. Urug’-qabilaning nomdor vakillari «beklar» deb yuritilgan. Jamoani xoqon va zodaganlar kengashi - «Qurultoy» boshqargan. O’rta Osiyo yerlarida esa bu davrda dehqonchilik, bog’dorchilik va uzumchilik sohalari yuksak darajada rivojlangan. O’lkaning Farg’ona, Xorazm va Zarafshon vohalarida ko’plab suv ayirg’ichlar, kanallar, suv havzalari bunyod etilgan. Farg’ona va Sug’dda aholining bir qismi tog’-kon ishlari bilan ham mashg’ul bo’lgan. Bu yerlarda oltin, mis, temir eritish, ulardan kerakli asbobanjomlar ishlash yaxshi yo’lga qo’yilgan. Shuningdek, Iloqda qo’rg’oshin, kumush, Shahrisabzda esa qizil tuz qazib olingan. Xoqonlik davrida shaharlar hayoti xiyla rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Ishtixon, Toshkent, Isfara, Qubo (Quva), Koson kabi shaharlar o’sha davrning ancha taraqqiy etgan hunarmandchilik va savdo-sotiq markazlari hisoblangan. Buyuk ipak yo’li bu shaharlarning xalqaro savdoda faol ishtirok etishini ta’minlagan.

Dehqonlar mavjud suv resurslari hamda lalmikor yerlar imkoniyatlaridan foydalanib asosan don ekinlari hamda, qovun, tarvuz, beda, uzumchilik, paxtachilik sohalaridan yuqori hosil yetishtirganlar. Mevali daraxtlardan bog‘-rog‘lar yetishtirishga alohida ahamiyat berilgan, manba tili bilan aytganda “mevali daraxtlar savlat to‘kib turgan”. Chunonchi, ajnabiylarni Samarqandning “tilla shaftolisi” lol qoldirgani ma’lum.

Shahar aholisi asosan hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi. Dehqonchilik va konchilikdagi taraqqiyot ko‘lami va sifati o‘zidan keyingi uch tarmoq-hunarmanchilik, qurilish, savdo-sotiq ravnaqi uchun katta turtki bo‘ladi. Shuning uchun bu vaqtda metallsozlik, zargarlik, kulolchilik, duradgorlik, qurolsozlik, to‘qimachilik, shishasozlik, konchilik keng rivoj topgan. Hunarmandchilik rivojiga turkiy aholi katta ta’sir ko‘rsatdilar. Chunki ularda qadimdan ko‘pchilik kasb-hunarlar juda rivojlangan edi. Turkiylar sarrojlik, metall qazib olish va undan qurol-yarog‘ yasashda ayniqsa mohir edilar. Turkiylar yasagan qurol-yarog‘, zebu-ziynat buyumlari xilma-xilligi va pishiqligi bilan ajralib turgan. Konchilik faoliyati ham shu paytda ancha rivojlangan. Oltin, temir, kumush, qo‘rg‘oshin, mis, margimush, tuzning bir necha xili, qimmatbaho toshlar, turli ma’danlar So‘g‘d, Shosh, Farg‘ona, Qashg‘ar, Tohariston kabi viloyatlarda qazib olishganligi manbalarda aniq ko‘rsatilgan.

Turkiy hoqonlik ulkan hudud ichida zarur tinchlikni ta’minlaganligi natijasida “Buyuk ipak yo‘li” samarali ishlashda davom etdi. O‘lkaning asosiy savdo hamkorlari Eron, Xitoy, Hindiston va Vizantiya edi. Bu mamlakatlarga to‘qimachilik, ipakchilik mahsulotlari, qimmatbaho toshlar va ulardan ishlangan buyumlar, taqinchoqlar, dorivorlar, nasldor arg‘umoqlar, bir necha xil tuz, sharob, bog‘dorchilik mahsulotlari, qazilma boylik va hakazolar olib borilgan. So‘g‘d savdogarlarining ayniqsa mavqeyi kuchli bo‘lgan. Shu ma’noda Xitoylik muallifning quyidagi guvohligi e’tiborga sazovordir: “(so‘g‘diyonalik) erkaklar yigirma yoshga to‘lishlari bilan qo‘shni mamlakatga oshiqadilar va (savdo-sotiqda)qayerda (qulaylik) va manfaat bo‘lsa (albatta) u yerga qadam ranjida etadilar”. O‘rta Osiyoning shu davrdagi Marv, Poykant, Buxoro, Samarqand, Choch, Isfijob, Suyob kabi shaharlari savdo-sotiqning markazlari edi.

Xitoy bilan savdo munosabatlari ayniqsa rivojlanib, 627-647 yillar mobaynida Xitoyga 9 marotaba savdo elchilari yuborildi. O‘rta Osiyoda shu paytda 15 taga yaqin mayda davlatlar bo‘lib, Buxoroda buxorxudotlar, Xorazmda xorazmshohlar, Choch va Iloqda bo‘dun va dehqonlar, Farg‘onada ixshidlar hukmronlik qilishgan. Ularning hammasi Turkiy hoqonlikka qaram bo‘lsa-da, amalda yarim mustaqil edilar.



O’rta Osiyolik qo’li gul hunarmandlar, to’quvchilar, zargarlar, miskaru temirchilar, ko’nchiyu qurolsozlar ishlab chiqargan nafis, xaridorgir buyumlar, asbob-anjomlar turli yurtlarga yuborilgan. Mahalliy hunarmandlar ishlab chiqargan rangli shishalar, zotdor otlarga xalqaro miqyosda talab katta bo’lgan. Bu davrning o’ziga xos muhim o’zgarishlaridan yana biri-bu O’rta Osiyo kulolchiligi hunarining yuksak san’at darajasida rivojlanganligidir. Bu davrda ham yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yangiyangi betimsol namunalari yaratildi. Turli olimlar mutaxassislar bahsiga sabab bo’lgan Turk-ruin, Urxon-Enasoy yozuvi, Kultegin bitiklari, Bilga xoqon yodnomasi va shu singari noyob topilmalar turk yozma madaniyatning qadimiyligi va rang-barangligiga guvohlik beradi. 1970 yilda Almati yaqinidagi «Issiq» degan joydan topilgan va fanga «Issiq yozuvi» nomi bilan kirgan turkey yozuv ham bizning yozuv tariximizga oid qarashlarimizni yanada boyitadi. Endilikda topilgan noyob ashyoi dalillar asosida turkiy yozuvning tarixi miloddan avvalgi II-I asrlarga borib tutashishi ma’lum bo’ldi. Turonzaminda turkiy yozuv bilan bir qatorda sug’d va xorazm yozuvlari ham keng qo’llanilgan. Sug’d yozuvi 22 ta belgidan iborat bo’lib, chapdan o’ngga qarab yozilgan. Shaharlarda so’g’d-turk ikki tilliligi rasmiy odat bo’lganligi haqida Mahmud Qoshg’ariyning «Devoni lug’atit turk» (XI asr) asarida ham qayd etib o’tilgan. Bu yozuvlarda ulug’ ajdodlarimizning katta tarixi, boy madaniyatiga oid mislsiz ma’lumotlar aks etgan. Yana shu narsa diqqatga sazovorki, o’sha davrlarda ulug’ ajdodlarimiz o’z navqiron nasllari to’g’risida ham muttasil qayg’urganlar. Shu boisdan o’smir 5 yoshga to’lishi bilan uni bilim olishga yo’llab, dastavval, xat-savod va hisob-kitobni o’rganishga jalb etganlar. Bolalar o’smir-balog’at yoshiga etgach esa ularni dunyo tanish, savdo-tijorat ishlarini o’rganish uchun maxsus vakillar homiyligida xorijiy ellarga yuborganlar. Turk xoqonligida yashagan xalqlarning diniy e’tiqodi, tasavvurlari ham turlicha bo’lgan, ko’p xudolilik xukm surgan. Bu esa ularda turli xil osmoniy va yer jismlari - quyosh, oy, yer-suv, hayvonlar va boshqa narsalarga sig’inishlikni keltirib chiqargan. Osmon xudosi Tangri turk qavmlarining eng oliy xudosi hisoblangan. Hozirda ham «Tangri» iborasi Alloh nomiga nisbat sifatida qo’llaniladi. O’rta Osiyo xalqlari orasida zardushtiylik dini bilan bir qatorda joylarda buddizm, moniylik, xristianlik dinlariga e’tiqod qilishlik ham keng rasm bo’lgan. Bu narsa qadimgi ajdodlarimizning tor, biqiq holda hayot kechirmasdan balki boshqa ko’plab qavmlar, elatlar bilan bog’lanib, aralashib, ma’naviy jihatdan yaqinlashib hayot kechirganliklaridan dalolat beradi. O’rta Osiyo xalqlari orasida tasviriy san’at o’ziga xos uslubda rivojlangan. Jumladan, Varaxsha xarobalaridan topilgan saroy binolari devorlari peshtoqlariga bitilgan rang-barang, bir-biridan nafis va jozibador rasm-suratlarni (qurollangan yoxud ov qilayotgan jangchi askarlar, oq fillar, tuyalar, otlar va boshqa xil hayvonlar, parrandayu darrandalar va hokazo) ko’zdan kechirar ekanmiz, bunda ajdodlarimizning noyob iste’dodi va aql-zakovatiga tan beramiz va bundan o’zimizda g’urur tuyamiz. Shunday qilib, Turk xoqonligi o’z davrida keng hudularga yoyilgan eng yirik davlat bo’lgan. Uning hukmdorlari Xitoy, Eron va Vizantiya bilan bo’lgan munosabatlarda uzoq yillar o’z ta’sirini o’tkazganlar. Shu bilan birgalikda xoqonlik davri moddiy va ma’naviy madaniyati, uning nodir namunalari Turonzamin xalqlarining to’laqonli turmush tarzini o’ziga xos yo’sinda aks ettirib qolmasdan, ular bobokalonlarimiz dahosining teranligidan, ularning yuksak ijodkorligi, izlanuvchanligidan ham shahodat beradi.

Turkiylarning dini haqida “Vey-shu” va “Suy-shu” Xitoy yilnomalarida qayd etilgan. Unda turkiylar dini, odatlari haqida shunday ma’lumotlar bor: 1) hoqon qarorgohiga Sharq tomonidan kiritilgan, bu bilan kun chiqish tarafga hurmat ma’nosi ifodalangan, ayni paytda quyoshga sig‘inishni ham bildirgan. 2) har yili hoqon o‘z amaldorlari bilan maxsus g‘orga borib, ota-bobolari ruhiga qurbonlik keltirgan. 3) har 5-marotaba oy chiqishida va o‘sha oyning o‘rtasida hoqon yaqinlarini yig‘ib, daryo bo‘yiga borgan, osmon ruhi (tangri)ga qurbonlik keltirganlar. Qabilalar o‘rtasida ham turli xudolarga e’tiqod qilish bo‘lgan. Tangri (osmon ruhi) barcha qabilalar uchun yagona asosiy xudo bo‘lgan. Unga doimiy qurbonliklar keltirganlar. Ular ruh abadiyligi, narigi dunyo borligiga ishonganlar. Biror kishi qazo qilsa uning yoniga boshqa kishilar, buyumlarni ham qo‘shib ko‘mganlar. Masalan, 576-yil Istemi-yabg‘u vafot etganida u bilan birga 4 ta harbiy asir o‘ldirilib ko‘milgan. Muqanxon vafot etganida unga oxiratda xizmat qilish uchun 20.000 kishi o‘ldirilib, birga ko‘milgan. Qiyomat kunini turkiylar “Qoldirilgan kun” deb ataganlar. Turkiylar qabr toshlari, ya’ni bitiktoshlar yoniga odamlarning tosh haykalchalarini qo‘yishgan. Ular “balballar” deyilgan. Bu balballar o‘lgan odamning ruhiga bag‘ishlangan yodgorlikdir. Shamanizm o‘sha davrda turkiylarning asosiy dini bo‘lib, keyinchalik ular ichida buddizm, xristianlik va boshqa dinlar ham tarqalgan. Tosh bitiklarda o‘lgan odamga madhiyadan tashqari, ko‘plab tarixiy hodisa va voqealar ham bitilgan. Bunday bitiklar ichida eng ma’lumlari Kul tigin bitigtoshi, Bilga hoqon bitigtoshi, To‘nyuquq bitiktoshi va boshqalar mashhurdir. Bular birgalikda O‘rxun-Enisey yozuvlari deb ataladi. Shuningdek qog‘ozga yozilib, Xitoydan topilgan 104 satrlik “Ta’birnoma” asarida ham turkiylar hayotining sahifalari yoritilgan.

III

Arablar istilosi va hukmronligi davrida O‘rta Osiyo. Arab xalifaligiga qarshi ozodlik harakatlari. Abu Muslim, G`urak, Divashtich, Muqanna

Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda, shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.

VI asrning ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan).

Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo‘ysunish” ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan.

Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni “muslim”, ya’ni “itoatkorlar” deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g‘arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, uni Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvod” o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.

Muhammad payg‘ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson Yaratgan, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko‘ra og‘irlashib borgandan so‘ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo‘ldilar. Muhammad ham o‘ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o‘zining eng yaqin do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha).

Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket “Xulofoiy rashoddin” (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.

VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqning boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar o‘z yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Sosoniylarning so‘nggi vakili Eron shohi Yozdigard III (632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.)dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib Sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar. Jahon tarixida ulkan iz qoldirgan davlatlardan biri-bu Arab xalifaligidir. Arab xalifaligi davri O‘rta Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Yaqin va O‘rta Sharq, shimoliy Hindiston, Pireneya yarim oroli va shimoliy Afrika xalqlarining ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotida o‘ziga xos yuksalish davrini belgilab berdi. Arab istilochilari xususida shubhasiz eng asosiy ma’lumotlarni arab, musulmon mualliflari berib o‘tganlar. Shu xususda, jumladan, al-Balazuriyning “Futuh al buldon” (Mamlakatlarning fath etilishi), at-Tabariyning “Tarixi rasuli va muluk” (Payg‘ambarlar va podsholar tarixi) asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.

Islom dinining vatani Arabiston yarim orolidir. Arablar semit qabilalari guruhiga mansub bo‘lib, asosan ko‘chmanchi, chorvachilik bilan hayot kechirgan. Ko‘chmanchilar badaviylar deb yuritilgan. Vohalardagi aholi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Dengiz bo‘ylari, vohalarda, shaharlar qad rostlagan bo‘lib, ularda asosan savdo-sotiq va hunarmandchilik bilan kun ko‘radigan aholi yashar edi.

VI asrning ikkinchi yarmi, VII asrning birinchi yarmidagi arab ijtimoiy hayoti juda murakkab va rang-barang edi. Unda urug‘-aymoqchilik munosabatlari endigina kurtak ochib kelayotgan feodal munosabatlar bilan chatishib ketgan edi. Asosiy savdo yo‘llarining bu hududdan o‘tishidan arab zodagon-savdo ahli juda manfaatdor edi. Lekin mamlakatda bu paytda siyosiy parokandalik hukm surar edi. O‘zaro qabilaviy urushlar natijasida dehqonchilik va savdo-sotiq ishlariga katta zarar yetkazilar, xonavayronlik avj olgan edi. Bu holat arab aslzoda guruhlari, zodagonlari manfaatiga zid bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yo‘nalishida yuqoridagi salbiy holatlar katta zarar yetkazar edi. Yuqoridagi vaziyat ham turli tabaqa, toifa kishilarining o‘zaro hamjihatlikka yagona, kuchli davlat atrofiga birlashishga chaqirar edi. Aholi ichida ko‘p xudolik-butparastlik urf edi (xususan Ka’bada 360 ta but bo‘lib, ularning eng yiriklari Hubal va Lut bo‘lgan).

Shunday vaziyatda Islom to‘g‘ri va haq yo‘lni ko‘rsatuvchi din sifatida yuzaga keldi. Islom-bu Alloh yagona deb e’tirof etib, unga bo‘ysunmoqlik va butun qalbi bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Islom “itoat”, “bo‘ysunish” ma’nolarini bildiradi. Bu dinning asoschisi Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) (570-632) makkalik Abdullohning o‘g‘li bo‘lgan. Uning bobosi Abumutallib quraysh qabilasining boshlig‘i bo‘lgan.

Muhammad payg‘ambarning ta’limotiga ergashganlarni “muslim”, ya’ni “itoatkorlar” deb yuritganlar. O‘z payg‘ambarlik faoliyatini Muhammad Makkada boshlagan. Makka Arabiston yarim orolining g‘arbiy qismidagi Hijoz viloyatida joylashgan shahar bo‘lib, bu yerda Ka’ba joylashgan edi. Diniy ta’limotga ko‘ra Ka’bani Odam Ato barpo qilgan bo‘lib, uni Ibrohim payg‘ambar o‘z o‘g‘li Ismoil bilan birga qayta qurgan va birinchi Haj safarini uyushtirgan. Ka’baning ichida muqaddas tosh “Hajar-ul-asvod” o‘rnatilgan. Har yili bu muqaddas joyga millionlab musulmonlar ziyoratga keladilar.

Muhammad payg‘ambar muslim (musulmon)larning yagona Alloh oldida teng ekanliklarini, Yaratganning o‘zi rizq-ro‘z ulashishini, jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi jazo muqarrar va har bir kishi bu dunyodagi ishlariga ko‘ra taqdirlanishi, inson Yaratgan, yolg‘iz Allohgagina e’tiqod qilishini targ‘ib qiladi. Bu ta’limot aholining barcha qatlamlari manfaatlariga mos bo‘lib, tez orada birinchi navbatda shahar ahli ichida tarqala boshlaydi. Lekin yangi din tarafdorlarining ahvoli ularning e’tiqodlariga ko‘ra og‘irlashib borgandan so‘ng bir qism musulmon aholi Habashistonga, ba’zilari shimolga qarab ketishga majbur bo‘ldilar. Muhammad ham o‘ziga qarshi turgan quraysh qabilasi a’zolarining ta’qibi kuchayib ketgan 622 yil 16 iyulda (ba’zi adabiyotlarda 15 iyul deyiladi) o‘zining eng yaqin do‘sti va safdoshi Abu Bakr bilan Makkadan Madinaga ko‘chishga majbur bo‘ladi. Bu arab tilida “hijrat” deb atalib, shu kundan boshlab musulmon olamida qabul qilingan hijriy yil boshlanadi. (Hijriy yil hisobi 2 xil bo‘ladi: hijriy-qamariy, ya’ni oy hisobi bo‘yicha va hijriy-shamsiy, quyosh hisobi bo‘yicha).



Madinada Muhammad o‘z ta’limotini davom ettiradi. Madinada shuhrat qozongan makkaliklar butparastlik g‘oyalariga qarshi ham harbiy, ham siyosiy zarba bera boshlaydilar. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar vafot etgach (632 y), ketma-ket “Xulofoiy rashoddin” (haq yo‘ldan borgan sahih xalifalar) nomlarini olgan Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar (661 yilgacha) payg‘ambar siyosatini davom ettirib, Arabiston yarim orolida markazlashgan-Arab xalifaligi davlatiga asos soladilar. O‘zaro qabilalar birlashuvi, dini islomning yoyilishida ilohiy muqaddas kitob Qur’onning o‘rni nihoyatda katta bo‘ldi.

VII asrning ikkinchi yarmidan boshlab Xalifalik kengaya borib o‘z chegaralarini g‘arb va sharq tomon kengaytirishga harakat qildi. Yaqin va O‘rta Sharqning boy viloyatlari qo‘lga olinib, nihoyatda uyushgan va jangovar arab qo‘shini shiddat bilan harakatlarini boshlab yuborgan edi. Bir vaqtning o‘zida arablar o‘z yurishlarini Vizantiya va Eronga qarshi olib bordilar. Sosoniylarning so‘nggi vakili Eron shohi Yozdigard III (632-651) arablarga qarshi turishga harakat qildi. Lekin Kadisiya (636 y.) va Nahavand (642 y.)dagi janglarda arablar qo‘shini forslarga qaqshatqich zarba berib Sosoniylar sulolasiga barham berdilar. Vizantiyaga qarshi qilingan harbiy harakatlar natijasida Falastin, Misr, Suriya, Iroq egallandi. Xalifa Umar ibn al-Xattob (634-644) davrida ilk bora arab istilochilari Xuroson chegaralarida paydo bo‘lgan edi. 643-644 yillarda arab sarkardasi Abdulloh ibn Varqa Kirmonni egallab Xurosonning janubdagi darvozalari hisoblangan Tabas va Qureynga yurish qiladi. Bu yerning aholisi o‘z zimmasiga yiliga 60000 dirham soliq to‘lash majburiyatini oladilar. Movarounnahrning Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qo`shini tomonidan istilo qilinishi. VII asr o’rtalariga kelib xalifalik e’tibori O’rta Osiyo yerlarini bosib olishga qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu yerlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu yerlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton yerlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, oyliklarni qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini yengib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G’urak edi. G’urak arab qo’shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo’lmaganligi sababli engiladi. Qutayba bilan G’urak (709-738) o’rtasida tuzilgan shartnomaga binoan u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to’lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o’rnida berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O’rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg’ona vodiysini egallaydi, ko’p o’tmay o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg’ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo’l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko’plab ibodatxonalari, muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o’zining «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o’ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g’ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga arablar aholidan olingan mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo’lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar.

Arab xalifaligining O`rta Osiyoda yuritgan siyosati. Boshqaruv tizimi. Soliq siyosati: xiroj, ushr, jizya, zakot, fitr. Aholining majburiyatlari. Mahalliy madaniyatning taqib etilib, arab madaniyatining targ`ib etilishi. Shaharlarga arab qo`shinining joylashtirilishi, arab tilining rasmiy tilga aylantirilishi.

Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamma shaharlar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligining hukmronligi aholi uchun og‘ir yuk bo‘lib qoldi.

Istilochilar avval boshda Movarounnahrning hunarmandchilik va savdo shaharlari, obod viloyatlariga bostirib kirib, ularni taladilar va katta o‘ljalarga ega bo‘ldilar. O‘lkalarni bosib olish chog‘ida dehqonchilik vohalari oyoq osti qilinib, shahar va qishloqlar vayron etildi. Suv inshootlari buzib tashlandi. Ko‘pgina joylarda qurg‘oqchilik yuz bera boshladi. Shaharlardan katta miqdorda qimmatbaho o‘ljalar, Buxoro, Poykand va So‘g‘d hukmdorlaridan esa katta miqdorda tovon olindi.

Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo‘ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirishgan arablar, shu harbiy kuchga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoat ishlariga safarbar qilishar edi. Marv, Poykand, Buxoro, Samarqandda uylarning qoq yarmi arablar ixtiyoriga topshirildi. Ba’zi istilochi zodagonlar dehqonchilik vohalaridagi eng unumdor yer maydonlar va suv inshootlarini egallab ola boshladilar. Arab oilalari qishloq va shaharlarga kelib o‘rnasha boshladilar. Ariq qazish, ko‘prik qurish, binolarni ta’mirlash va boshqa jamoa ishlarida aholidan bepul foydalanar edilar. Shu bilan birga mahalliy aholi arab zodagonlari va qo‘shinini ot-ulov, kiyim-kechak, oziq-ovqat, qullar va boshqa narsalar bilan ta’minlab turishi kerak edi.

Iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida arablar bu yerda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar. Bu tizimga yer solig‘i-hiroj (hosilning o‘ndan bir yoki o‘ndan ikki qismi miqdorida) chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan juzya solig‘i ham qo‘shildi.

Arablar o‘z hukmronligi siyosiy negizini mustahkamlash va uning barqarorligini ta’minlashda islom dinini keng yoyishga va targ‘ib qilishga katta e’tibor berdilar. O‘rta Osiyo aholisi ichida e’tiqod qilayotgan zardushtiylik, moniylik, buddizm, nasroniy va boshqa dinlar soxta deb e’lon qilindi. Ayniqsa zardushtiylikka qarshi keskin kurash olib borildi. Bosib olingan yerlarda bu dinning barcha ibodatxonalari yo‘q qilindi. Uning o‘rniga masjidlar barpo qilina boshlandi. Zardushtiy adabiyotlar, xususan diniy kitoblar, so‘g‘d tilidagi nomalar, xalq adabiyoti yo‘q qilinib yuborildi.

“Qutayba ibn Muslim Xorazm xattotlarini qatl ettirdi va din peshvolarini qirib tashlab, ularning kitob va qo‘lyozmalarini yoqib yuborgandan keyin,-deb yozgan edi Beruniy,-xorazmliklar savodsiz bo‘lib qoldilar, ularning faqat yodda saqlab qolgan xotiralarigina qoldi, ammo vaqt o‘tishi bilan bu unutilib, faqat o‘zlari uchun mos bo‘lgan xotiralargina saqlanib qoldi”.

So‘g‘d tilidagi dunyoviy adabiyotlar yo‘q qilib tashlandi. Islom dinini qabul qilgan, musulmon bo‘lgan mahalliy aholi vakillari dastlabki yillarda xiroj va juzya soliqlaridan ozod etilib, ularga anchagina imtiyozlar berildi. Namoz o‘qish uchun masjidlarga borgan shaxslarga 2 dirhamdan pul ham berilar edi. Juzya solig‘ini o‘z vaqtida to‘lamagan kishilar tutib olinib bo‘yinlariga “qarzdor” deb taxtachalar osib qo‘yilgan.

Qutaybaning o‘limidan so‘ng arab hokimiyatining Movarounnahrdagi mavqeyi biroz zaiflasha bordi. Xurosonning yangi noibi Al-Jarroh (717-719) yangi musulmon aholisiga islomga zid ravishda shafqatsiz munosabatda bo‘la boshlaydi. Sulaymon vafotidan so‘ng taxtga o‘tirgan yangi xalifa Umar ibn Abdulaziz (717-719)-Umar II xorijiylar ta’limoti tarafdori edi. Xorijiylar shialardan ajralib chiqqan guruh bo‘lib ilk islom ta’limoti tartiblarini va umumiy tenglik g‘oyalarini ilgari surar edilar. Umar II Movarounnahrdagi murakkab vaziyatni hisobga olib, bo‘ysundirilgan xalqlar bilan murosachilik siyosatini yurgiza boshladi. U Movarounnahr aholisini islomni qabul qilishga chaqirib, katta ahamiyatli farmon qabul qildi. Unga ko‘ra arablarga yangi yerlarni zabt etish man qilindi va moliyaviy islohotlar o‘tkazish ko‘zda tutildi. Arablar bilan bir qatorda yangi musulmonlardan ham juzya va xiroj solig‘i olish bekor qilindi. Umar II soliq yig‘uvchilardan va xalifalik amaldorlaridan Qur’on va Hadislarga qat’iy amal qilishni buyurdi.

Arab feodal-zodagonlari turli yo‘llar bilan xiroj solig‘i yig‘a boshladilar. Xalifa xazinasiga keladigan soliqlar esa kamayib keta boshladi. Xiroj yerlarini davlat solig‘i sifatida saqlab qolish maqsadida Umar II arablarga o‘z yerlarini kengaytirishni man etdi va hijriyning 100 yilidan (719 yil) keyin sotib olingan barcha xiroj yerlarini qaytib berishni buyurdi. Shu paytgacha olingan yerlardan esa xiroj emas, ushr (o‘ndan bir qismi) soliq olish ko‘zda tutildi.



Umar II islohotlaridan ruhlangan Samarqand ahli zodagonlari unga elchilar yuborib Samarqand shahristonini qaytarib berishni so‘radilar. Umar II Samarqand hokimi Sulaymon ibn-Abus-Sariyaga maktub yozib, qozi bu ishni hal qilib berishini so‘raydi. Samarqandliklar shikoyati ko‘rib chiqilib, bu ish samarqandliklar foydasiga hal bo‘ldi. Qozi Samarqanddan arab garnizoni olib chiqib ketilishi kerak deb hukm chiqardi. Bu esa urushni bildirar edi. Arablar kuch-qudratini bilgan samarqandliklar o‘z da’volaridan yana voz kechdilar. Mahalliy zodagonlar o‘zlarini musulmon hisoblab, g‘aznaga soliq to‘lamay qo‘ydilar. Shundan so‘ng xalifalik barchadan soliqlarni olishni belgiladi. Natijada Movarounnahrda norozilik kuchayib keta boshladi. Mahalliy zodagonlar bilan arab ma’muriyati orasida ziddiyat keskinlasha bordi.

Arab xalifaligidagi ichki sulolaviy kurashning o`lkamiz ijtimoiy- siyosiy hayotiga ta`siri. Abu Muslim boshchiligidagi harakat. Mustamlaka zulmining yanada kuchayishi. G`urak va Dеvashtich. Xalq g`alayonlari. Muqanna qo`zg`oloni va uning tarixiy ahamiyati. O’rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari

  • Sug’diyonada 720-722 yillarda G’urak va Divashtich boshchiligida

  • Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729 yillarda

  • Tohariston va Sug’dda 736-737 yillarda

  • Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 746-749 yillarda

  • Muqanna qo’zg’oloni 769-784 yillarda

  • Rafi ibn Lais qo’zg’oloni 806-809 yillarda 720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rostmona jangu jadal tusini olgan. 736-737 yillarda Tohariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlarini bartaraf etish, o’lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo’ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi. VIII asr 40-yillarida xalifalikda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. 748 yilda Abu Mislimning Xurosonda ko’targan qo’zg’oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Ummaviy Marvon II taxtdan ag’dariladi. 749 yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko’tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo’zg’olonlari tez-tez ko’tarilib turdi. Muqanna qo’zg’oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida alohida o’rin tutadi. Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo’lgan bu qo’zg’olonga o’z zamonasining har tomonlama etuk kishisi, xalq dardi, qayg’usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo’ldi. Muqanna umaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko’rsatgan Abu Muslim qo’zg’olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo’lini bosib o’tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko’tarilgan (757-759). 759 yilda Xuroson amiri Abdujabborning

xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769 yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g’oyalarini o’ziga singdirgan taniqli siymo bo’lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo’lishi bu harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko’rish jarayonlarini ham hisobga olganda 14 yilni o’z ichiga oladi) sabab bo’libgina qolmay, ayni chog’da arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo’zg’olon Marvda boshlangan bo’lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo’zg’oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naxshobu Kesh hudulari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg’ona vodiysining ko’p sonli aholisi ham quvvatlab chiqdi. Qo’zg’olonning bosh g’oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo’lga kiritish g’oyasi bo’lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg’usi qo’zg’olonchilarga hayotiy ruh, ma’naviy madad bag’ishlagan, ularning uzoq vaqt davomida arablarning katta harbiy kuchlari bilan jon berib, jon olishib kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo’lgan. Biroq shu bilan birga qo’zg’olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug’vor g’oyaga sodiq bo’lgan, unga oxirigacha amal qilgan, deb xulosa chiqarib bo’lmaydi, albatta. Negaki, qo’zg’olon kuchaygan kezlarda undan o’z xudbin maqsadlari yo’lida foydalanishni ko’zlab xalq kurashiga qo’shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo’lgan. Ular keyinchalik qo’zg’olon pasayishi va mag’lubiyat sari yuz tutgan kezda darhol xiyonat yo’lini tutib, ajnabiylar bilan til topib, ular tomoniga o’tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat’i nazar, bir necha yillar davom etgan «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug’ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo’zg’olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh bo’lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki G’uriy, G’aricha kabi xalq qahramonlarini ham etishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar. 780-783 yilarda qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh tayanch nuqtasi-Som qal’asi ham shu joyda bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o’z tomoniga jalb etib, qo’zg’olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa dushman qo’lida mag’lub bo’lmay, o’zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok bo’ladi. Bu voqea Beruniy ma’lumotiga ko’ra 783 yilda yuz beradi. Garchand Muqanna qo’zg’oloni engilgan bo’lsa-da, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini to’la namoyon etdi. Qo’zg’olon ayni chog’da xalifalikning Movarounnahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini shubha ostiga solib qo’ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida vatanparvarlik tuygusini jo’sh urdirdi, ularni ajnabiy zolimlarga qarshi yanada shiddatkorlik bilan kurash olib borishga da’vat etdi.

Arab xalifaligining zaiflashuvi. Islom dinining yoyilishi. Masjidlar qurilishi. Quroni-karim – muqaddas kitob. Shariat qonunlari va axloq-odob. Hadislar va ularning ijtimoiy-siyosiy moxiyati. Islom dini ta`limotini rivojlantirishda O`rta Osiyolik olimlarining hissasi. Imom al-Buxoriy, imom at - Tеrmiziy, imom al-Moturidiy. Mustaqillik yillarida diniy qadriyatlarning tiklanishi. Allomalarimiz ziyoratgohlarining obod qilinishi va ushbu xayrli ishlarda O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning ulkan xizmatining etirofi. Ma`naviy kamolotga erishuv yo`lida muhaddislar mеrosining ahamiyati.

Masalaning yana bir jihati shundaki, islom dinininng ko‘p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uni tez orada qabul etilishiga sabab bo‘ladi. Qutayba singari uni pul va qilich bilan joriy etish mumkin emas edi. Qachonki islom mohiyatiga yetilgachgina unga rag‘bat va e’tiqod kuchayib ketadi. Oliq-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Islomning xalqparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi. Zero, islom dini ma’naviy bo‘shliqni tugatdi. Diyorimizda ota-bobolarimiz dini-islom faqatgina mustaqillik sharofati bilan qayta tiklandi. Prezidentimiz tashabbusi bilan buyuk diniy arboblar-Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Imom al- Moturudiy, Burxoniddin al-Marg‘inoniy, Abdulxomid G‘ijduvoniy, Bahovuddin Naqshband va boshqalarning tavallud yoshlarining keng miqyosda nishonlanishi, ularning oxirgi manzilgohlarini obod qilib, ziyoratgohlarga aylantirilishi, diniy bayramlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizning tiklanishi, dindorlarga o‘z e’tiqod huquqlarining qaytarib berilishi, qator masjid-madrasalarninng, xalqaro islom tadqiqot markazi, Islom universitetining ochilishlari va boshqa xayrli, savobli tadbirlar musulmon olamining bir qismi bo‘lgan O‘zbekistonda haqiqatda muqaddas Islom diniga qanchalik ehtirom bilan qaralayotganligining yorqin isboti deb hisoblaymiz. Zero, Prezidentimiz I.Karimovning “Olloh qalbimizda, yuragimizda” nomli risolasida, bizning madaniyatimiz, ma’naviyatimiz, o‘tmishimiz, islom tarixi, uning qonun-qoida va an’analari bilan chambarchas bog‘lanib ketganligi alohida ta’kidlab o‘tiladi.



IV
Tayanch atamalar va iboralar izohi: dehqon - yerning xoni yoki egasi; kashovarz - yer xaydovchi; kadivar - qishloq qo‘rg‘onida yashovchi; chohar - qurollangan guruh; ixshid - So‘g‘d hokimlarining unvoni; bo‘dun - chorvador aholi; amir - qabila boshlig‘i, harbiy boshliq; xalifa - o‘rin bosar; xiroj - yer solig‘i; iqta- in’om qilingan chek yer; devon - davlat boshqaruv shakli; xon - turkiy xalqlar va mo‘g‘ul hukmdorlarining unvoni; sarrof - Yirik pullarni maydalovchi, qimmat baho buyumlarni pulga almashtirib beruvchi; amloq - amaldorlarga in’om qilingan yer, suv.

NA`ZORAT SAVOLLARI:



  1. Eftaliylar davlatidagi boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

  2. O‘rta Osiyoda qachon yerga egalik munosabatlari shakllana boshlagan?

  3. Turk xoqonligidagi davlat boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

  4. O‘rta Osiyoni arablar qachon, qanday istilo qildilar?

  5. Arablar hukmronligi davrida davlat boshqaruv tizimi qanday bo‘lga

  6. Muqanna qo‘zg‘olonining boshlanish sabablarini aniqlang.

  7. O‘rta Osiyoga islom dinining yoyilishi qanday ahamiyatga ega?

  8. IX asr boshidagi Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat qanday bo‘lgan?

  9. Movarounnahrda Somoniylar davlati qanday boshqaruv tizimini joriy etdi?

  10. Qoraxoniylar davlati qachon tashkil topdi?

  11. Qoraxoniylar davlatidagi boshqaruv tizimi qanday bo‘lgan?

  12. Xorazmshohlar davlatiga qachon asos solindi?



ADABIYOTLAR:

1. I.A.Karimov. Olloh qalbimizda yuragimizda. T., "O‘zbekiston", 1999.

2. Abu Rayhon Beruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar 1-jild. T., "Fan", 1968.

3. Nasimxon Rahmon. Turk xoqonligi. T., 1993.

4. A.Sagdullaev va boshqalar. O‘zbekiston tarixi: davlat va jamiyat qurish taraqqiyoti. T., 2000.

5. Qilichev T. Ko‘xna qal'alar diyori. T., Fan, 1993.

6. O‘zbekiston tarixi 1-qism. II nashri. T., Universitet, 1999.

7. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.

8. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.

9. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.



5- MAVZU: IX-XII ASRLARDA O`ZBEK DAVLATCHILIGI. AJDODLARIMIZNING JAHON SVILIZATSIYASI TARAQQIYOTIGA QO`SHGAN ULKAN HISSASI.

Re`ja:


1.IX asr boshlarida Movarounnahr. Tohiriylar, Somoniylar, Qoraxoniylar, G`aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazm-Anushteginlar.(Ismoil Somoniy, Mahmud G`aznaviy, Otsiz, Takash, Muhammad Xorazmshoh)

2. IX-XII asrlar O`rta Osiyoda madaniy yuksalish.”Bayt ul-hikma”, “Ma`mun akademiyasi”(Al-Xorazmiy, Al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Al-Forobiy)

3. IX-XII asrlarda islom dini va so`fiylik.Imom al-Buxoriy “Al-jome as-sahih”.(Imom Termiziy, Yusuf Hamadoniy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq G`ijduvoniy, Najmiddin Kubro.

4. IX-XI asrlarda me`morchilik va san`at



I

O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.

Tarixchi Abu Mansur as-Saolobiyning Somoniylar Buxorosiga bergan ta’rifi butun O‘rta Osiyo davlatlarining IX-XIII asrlardagi ahvoliga tegishlidir: “...shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan, yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan hamda o‘z davrining fozillari yig‘ilgan (joy) edi”. O‘rta Osiyo hukmdorlari ilm ahli bilan yaqinlashdilar. Mamlakatni boshqarishda ularning bilimi va maslahatlaridan foydalandilar. Hukmdorlarning aksariyati bu davrda o‘z saroylarida olim, shoir va usta san’atkorlar, turli sohalar bo‘yicha qimmatbaho kitoblarni to‘plashga odatlandilar. Saroyga jalb etilgan olim va shoirlar, kutubxonalardagi nodir qo‘lyozma asarlar bilan mag‘rurlanardilar.

O‘rta Osiyoda IX-XIII asr boshlarida Somoniylar, Qoraxoniylar, G‘aznaviylar va Xorazmshohlar davlatlari hukm surdilar. Bu davlatlar xalqaro maydonda o‘z mavqei va tutgan o‘rni jihatidan katta e’tibor va nufuzga ega bo‘ldilar. Ahmad Nasr, Ismoil Somoniy, Alptakin, Mahmud G‘aznaviy, To‘g‘rulbek, Sulton Sanjar, Otsiz, Takash singari tadbirkor va uzoqni ko‘ra oladigan davlat arboblari davrida O‘rta Osiyoda hayotning barcha jabhalarida yuksalishlarga erishildi, davlat hokimiyati mustahkamlandi, nisbatan tinchlik, osoyishtalik va barqarorlik vujudga keldi.



Shaharlarning madaniy markazlar sifatida taraqqiy etishi. Bayt ul-hikma. Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.

Damashq, Qohira, Bag‘dod, Kufa, Basra va boshqa katta shaharlarda O‘rta Osiyodan borib fan, madaniyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shgan avlod-ajdodlarimiz bu davrga kelib ko‘paya bordi. Bag‘dod shahri Sharqning ilm-fan markazi sifatida olamga tanildi, chunki IX asrda bu yerda “Bayt ul-hikma”-(“Donishmandlar uyi”) Sharqning fanlar akademiyasi tashkil etildi. Bunga monand holda X asr oxirlarida Xorazmda ham xalifa Ma’mun davrida (995-997-y.) “Donishmandlar uyi”-“Bayt ul-Hikma”-“Ma’mun akademiyasi” (Xorazm akademiyasi) tashkil topdi. Bu ikki ilm o‘chog‘larida Sharqning mashhur va ma’lum olimu-allomalari tahsil ko‘rganlar. Ular orasida Ahmad Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqa buyuk allomalarning nomlari bor.

Xorazmdagi «Ma`mun akadеmiyasi». Xorazm Ma`mun akadеmiyasi 1000 yilligini yurtimizda kеng nishonlanishi. O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimov Xorazm Ma`mun akadеmiyasi to`g`risida. X asr oxiri XI asr boshlariga kеlib Arab xalifaligi siyosiy hokimiyatida tanazzuliy holatlar kuzatilgan bir vaziyatda ananaviy davlatchilik zanjiri uzoq asrlar davomida uzilmay kеlgan Xorazm birmuncha barqaror rivojlanish pallasida edi. Xususan, Afrig`iylardan hoqimiyatni olgan Ma`muniylar davri bor yo`g`i 22 yilni tashkil etsa-da, ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda o`ziga xos jo`shqin davr bo`ldi. Ayni shu qisqa davrning 1004–1017 yillari orasida shakllanib, tеz suratlar bilan rivojlangan «Majlisi ulamo» sharqona «akadеmiyachilik»da misli ko`rilmagan ilmiy salohiyatni ishga soldi. Bu hodisa ajdodlarimiz ilmiy dunyoqarash ananalarining kuchli ildizlaridan dalolat edi. Asrlar osha to`plangan ilmiy tajribalar ««Bag`dod «Bayt ul-hikma»si ananalari tarix taqozosi bilan Xorazm tuprog`ida yanada yuksak pog`onaga ko`tarildi. Xorazm Ma`mun Akadеmiyasi jahoniy, umumbashariy ahamiyatga ega ulkan ilmiy mеros qoldirishga erishdi.

Xiva shahrining 2500 yilligiga bag`ishlangan yubilеy tantanalarida O`zbеkiston Prеzidеnti I.A. Karimov Xorazmdagi Ma`mun Akadеmiyasini qayta tiklash tashabbusi bilan chiqdi va 1997 yil 11 noyabrda imzo chеkkan farmoniga binoan Xiva shahr­ida Ma`mun Akadеmiyasi qayta tashkil qilindi. Bu voqеa o`zbеk xalqi madaniy va ma`naviy hayotida muhim o`rin egalladi. O`zbе­kistonning taklifi va tashabbusi bilan YuNЕSKO Ma`mun Akadеmiyasi 1000 yilligini xalqaro miqyosda nishonlash haqida qabul qilgan qaror hamda O`zR Vazirlar Mahkamasining shunga muvofiq qarori asosida 2006 yilda yubilеy tantanalari nishonlandi.



II

Tabiiy fanlar. Muso al-Xorazmiy. Uning tabiiy fanlar bo`yicha barkamol ijodi. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783-850) qadimgi Xorazm diyorida tug‘ilib, voyaga yetadi. G‘oyatda o‘tkir zehn egasi va noyob qobiliyat sohibi bo‘lgan al-Xorazmiy yoshlik chog‘idan boshlab aniq va tabiiy fanlarni o‘rganishga qiziqdi, arab, fors, hind va yunon tillarini egalladi, bu tillarda yozilgan kitoblarni qunt bilan o‘qib, mutolaa qildi. U dastlabki ta’limni xususiy muallimlardan oldi va so‘ngra o‘sha davrning yirik ma’rifat markazlaridan biri bo‘lgan Marv madrasasida o‘qidi. Xalifa Xorun ar-Rashidning o‘g‘li Ma’mun xalifalik taxtiga o‘tirgach (813 y.) Muhammad Muso al-Xorazmiyni o‘zi bilan birga Bag‘dodga olib ketadi va u yerda tashkil etilgan “Bayt ul-Hikma”ga boshliq etib tayinladi. Bag‘dodda u Suriya, Iroq, Eron, Xuroson va Movaraunnahr olimlari bilan ijod qiladi.

Xorazmiy matematika, geometriya, astronomiya, geografiya, tarix ilmi va boshqa fanlar sohasida barkamol ijod qildi. Uning “Al Jabr al muqobala” (“Tenglamalar va qarshilantirish”), “Hisob al-Hind” (“Hind hisobi”), “Kitab surat al-Arz” (“Yer surati haqida kitob”), “Kitab at-Tarix” (“Tarix kitobi”), “Kitab al-Amal Bil Usturlabat” (“Usturlob bilan ishlash haqida kitob”) kabi asarlari olimga jahonshumul shuhrat keltirdi. Xorazmiy yaratgan 20 tadan ortiq asardan bizning davrimizgacha faqat 10 tasigina yetib kelgan.

«Al jabr val muqobala», «Hisob al-Hind» va boshqa asarlari. Olimning falakiyot fani rivojiga qo`shgan hissasi. Xorazmiy ijodi merosida “Aljabr va al-muqobala” kitobining ilmiy ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u matematika tarixida birinchi bo‘lib algebra faniga asos soldi. “Al-gebra” atamasi ushbu kitobning “al-jabr” deb yuritilgan qisqacha nomining aynan ifodasidir. Xorazmiy nomi esa matematikada “algoritm” atamasi shaklida o‘z ifodasini topdi. Uning “Al-jabr” asari asrlar davomida avlodlar qo‘lida yer o‘lchash, ariq chiqarish, bino qurish, merosni taqsimlash va boshqa turli hisob va o‘lchov ishlarida dasturilamal bo‘lib xizmat qildi. Xorazmiyning bu risolasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilinadi va qayta ishlanadi. Keyinchalik asrlar davomida Yevropa olimlari Xorazmiy asarlarini qayta-qayta ishlab, u asosda asarlar yozadilar. Xorazmiyning arifmetik risolasi hind raqamlariga asoslangan o‘nlik pozitsion hisoblash sistemasi Yevropada, qolaversa, butun dunyo taraqqiyotida buyuk ahamiyat kasb etdi, algebrani mustaqil fan darajasiga ko‘tardi.

Olimning “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)da Xuroson , Kichik Osiyo va Movarounnahrning VIII-IX asrlar tarixiga oid qisqa va aniq ma’lumotlar o‘z ifodasini topgan. Xorazmiyning “Zij” (“Astronomik jadval”), “Quyosh soati haqida risola” asarlari falakiyotshunoslik fanining rivojlanish taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Al-Farg`oniy. Uning XII asrdayoq Yevropada mashhur bo`lishi hamda tabiiy fanlar (matеmatika, astronomiya, gеografiya) rivojiga qo`shgan buyuk hissasi. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda.

Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi.



Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’iy nazar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar.

Abu Rayhon Bеruniy. Uning tabiat falsafasi va tabiiy fanlar bilan qiziqishi. «Gеodеziya», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Hindiston» asarlari. Biz o‘rganayotgan davr IX-XII asr fan va madaniyatining ravnaqini Abu Rayhon Beruniysiz (973-1048-y.) tasavvur qilish mumkin emas. U o‘z zamonasining barcha fanlari - fizika, matematika, astronomiya, geodeziya, tarix, geografiya va bir necha boshqa fanlarni puxta egallagan olim bo‘lgan. U 362 hijriy yili (973-y.) Xorazmning qadimgi Kat shahrida tug‘ildi. O‘sha davrda Kat shahri Xorazmshohlar - Afrig‘iylar sulolasining poytaxti bo‘lib, O‘rta Osiyoning Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Kavkaz va Sharqiy Yevropa davlatlari bilan bog‘lab turuvchi savdo va madaniy markazlaridan biri edi. Afsuski, Beruniyning zamondoshi Ibn Sinonikiga o‘xshagan tarjimayi holi bizgacha yetib kelmagan. Shuning uchun u boshlang‘ich ta’limini kimdan, qachon olganligi haqida aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo, bir narsa aniqki, u yoshligidanoq ilm-fanga juda ham qiziqqan, qobiliyatli, mehnatkash bo‘lgan.

U o‘z ona tili xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni-so‘g‘diy, fors, hind, yunon va qadimgi yaxudiy tillarni ham o‘rgangan. U Hindistonda bo‘lar ekan, tez orada nafaqat Hindiston tarixi, madaniyati, hatto sanskrit tilini ham o‘rganadi. Xorazmdagi Ma’mun akademiyasining eng ko‘zga ko‘ringan faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Shu bilan birga u shoh Ma’mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Beruniy Urganchda yashagan davrda Ibn Sino bilan yozishma olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan 18 tasi yetib kelgan. Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan guvohlik beradi. Savol-javoblarning mazmunida Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o‘zining tuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo‘ygan. Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo‘ladi.

Beruniy Xorazmda yashagan vaqtda hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, Kat shahrida muhim astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi asboblar ixtiro qilgan. Beruniy 22 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan vatanni tashlab ketishga majbur bo‘ladi va avval Rayga, keyin Jurjonga keladi. Bu yerda mashhur tabib, astronom, faylasuf Abu Saxl Iso al-Masixiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi. Beruniy o‘zining mashhur asarlaridan biri bo‘lmish “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda yoza boshlagan.

Tarixdan ma’lumki, 1017-yilda Mahmud G‘aznaviy Xorazmni bosib oladi va Beruniyni ham Xorazmshoh saroyidagi bir qancha olimlar qatori G‘azna shahriga olib ketadi. Beruniy G‘azna shahrida 1017 yildan to 1048 yilgacha hayot kechirgani ma’lum. Bu yillar Beruniy hayotida o‘ziga xos davr bo‘ladi. Bir tomondan g‘urbatda yashagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan ilmiy faoliyatda juda ham mahsuldor davri bo‘ladi. Beruniy faoliyatini o‘rganuvchi olimlarning fikricha, bunday hol, ya’ni davlat ishlariga aralashmagan, siyosiy faoliyatdan chetlashgan olim o‘zining butun bo‘sh vaqtini ilmiy-tadqiqot ishlariga sarflaydi.

Beruniy tabiat fanlarining rivojiga bebaho hissa qo‘shgan olimdir. U o‘zining ilmiy asarlarida dunyoning tuzilishi haqida fikr yuritganda Ptolemey fikriga suyansa ham, amalda yerning harakati haqida Ptolemey tartibiga zid keluvchi fikrlarni bayon qiladi. U “Geodeziya” asarida geotsentrizm bilan bog‘liq bo‘lgan ba’zi nazariyalarning to‘g‘riligiga shubha bilan qaraganligini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Bu bilan u dunyoning geliotsentristik tuzilishi haqidagi nazariyani ishlashiga hissa qo‘shganlardan biri hisoblanadi.

Beruniy o‘z davrining katta matematigi ham bo‘lgan. U matematika masalalariga bag‘ishlangan asarlarida geometriya, arifmetika, algebra, sonlar nazariyasi, trigonometriya tushunchalarini ma’lum tartib bilan ta’riflaydi. Hozirgi zamon tadqiqotchilarining ko‘pchiligi Beruniyni trigonometriya fanining rivojiga qo‘shgan hissasini juda ham yuksak baholashadi. Ular Beruniyning trigonometriyaning matematikada mustaqil fan sifatida qaragan olim sifatida ko‘rsatmoqdalar.

Beruniy 1030-yilda “Hindiston” nomi bilan mashhur bo‘lgan eng yirik asarini yozadi. Bu asar juda katta ahamiyatiga ega bo‘lgan asar bo‘lib, bu haqda juda ko‘p g‘arb va sharq olimlari o‘zlarining fikr-mulohazalarini bildirganlar. Beruniyning bu asari ustida 20 yil ish olib borgan E.Zaxau uning arabcha tanqidiy teksti bilan ingilizcha tarjimasini 1888-yilda Londonda nashr ettiradi. Ana shu olim “hindshunoslikda Beruniyga teng keladigan biror olim na undan oldin va na undan keyin bo‘lganligini bilmaymiz”-degan edi. Yirik arabshunos olim R.Rozen “Hindiston” asari qadimgi va o‘rta asr g‘arb va sharq adabiyotida “misli ko‘rilmagan”-deb baholaydi. Hind olimlaridan Hamid Rizo esa “O‘rta asr va yangi zamon mualliflaridan hech biri Hind madaniyatining chigal masalalarini ilmiy ruhda tushunish bo‘yicha Abu Rayxon Beruniy erishgan yutuqlariga erisha olmadi. Beruniyning “Hindiston” asari klassik namuna bo‘lib qolishi bilan birga o‘z muallifining qadimgi hind madaniyati va faniga tortig‘idir”-degan edi.

Abu Ali ibn Sino. Olimning tibbiyot sohasidagi yutuqlari. «Tib qonunlari». Tabiiy fanlar sohasida faoliyat yuritgan boshqa olimlar. Abu Ali ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinida joylashgan Afshona qishlog‘ida tavallud topgan. Otasi ziyoli, o‘qigan, bilimdon kishi bo‘lib asli Balxdan bo‘lgan. Ibn Sino o‘sha davr ziyolilar oilasida hukm surgan turmush tarzi tizimi bo‘yicha “Qur’oni Karim”ni yoshlik chog‘idan yod ola boshlaydi. Bu bilan kifoyalanib qolmasdan otasi unga falsafa, hind hisobi kabi sohalarni ham o‘qita boshlaydi. Hatto Abu Abdulloh an-Nashali degan kishini o‘g‘liga murabbiy qilib oladi. U o‘spirinlik yillarida, 16 yoshida shunchalik chuqur shug‘ullanganki, hatto biron-bir kecha ham to‘yib uxlamagan ekan. Fan asoslari bilan bunday shug‘ullanish, ko‘p vaqtlar davomida amalga oshirgan mashaqqatli mehnat tez orada o‘z samarasini beradi, u 17 yoshidayoq olim sifatida shakllanib, tabib degan nom chiqara boshlaydi. Mukofot sifatida saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga sazovor bo‘ladi.

Biz ko‘rib chiqayotgan davr siyosiy tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu vaqtda ikki sulola (Qoraxoniylar va Somoniylar) tarix sahnasida hukmronlik uchun kurash olib bormoqda edi. Mamlakatdagi bunday beqarorlik fan arboblarining faoliyatiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmas edi. Ibn Sino ham o‘sha davrda Xorazmda fan va madaniyat xomiysi sifatida nom chiqargan Ma’mun (999-1016) saroyiga boradi. U yerda o‘sha davr mashhur olim, faylasuflari Abusaxl Masixiy, tabib Abul Xayir Xommar, qomusiy olim sifatida butun dunyoda tan olingan Abu Rayhon Beruniy va boshqa mashhur olimlar bor edilar. Ammo olimning tinch ijodi bu yerda ham ko‘pga cho‘zilmaydi. Xorazmni Mahmud G‘aznaviy egallagach u Hamadonga jo‘naydi. O‘sha davrda Hamadon hukmdori Shams ad-Davla degan kishi bo‘lib, u kasal bo‘lib qoladi. Ibn Sino Buxoro amirini davolaganidek uni ham tuzatib yuboradi va evaziga vazir etib tayyorlanadi. O‘sha davrda ham saroy fisqu-fasod, isyonlar uyasi edi. Ana shunday fisqu-fasodlar tufayli u zindonga tashlanadi. Isfaxon hukmdori Alouddavla Hamadonni bosib olgach, u zindondan ozod qilinadi.

Ibn Sinoning zamondoshi, uning shogirdi Jurjoniyning yozishicha u jismoniy jihatdan juda baquvvat bo‘lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, yuqorida qayd qilganimizdek, kechalari uxlamasdan uzluksiz ishlash va ta’qib ostiga olishlar olimning salomatligiga ta’sir ko‘rsatadi va u 428 xijriy yilning ramazon oyida, 1037 yilning iyun oyida 57 yoshida vafot etadi.

Ibn Sino haqiqiy ensiklopedik olim bo‘lib, o‘z davrining deyarli barcha fanlari bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd qilingan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan.

Ibn Sinoning tog‘larni paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi juda ajoyib fikrlari, minerologiya va geologiya fanlariga qo‘shgan hissasi juda salmoqlidir. Jumladan, u minerollarni to‘rt guruhga bo‘lib, ularning original klassifikatsiyasini taklif etadi. Bu klassifikatsiya to XIX asrgacha deyarli o‘zgarishsiz saqlanib keldi. Olimning minereologiya sohasidagi ishlarining muhimligi ta’kidlanib, 1956-yilda O‘zbekistonda topilgan mineral Avitsenit deb atalgan.

Ibn Sino botanika masalalari bilan ham ko‘p shug‘ullangan. Chunki tabobatda ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati o‘simliklardan olinadi. Mashhur shved botanigi Karl Linney (1707-1778) Ibn Sinoning botanika sohasidagi xizmatlarini ta’kidlab, tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan bir daraxtni Avitsenna deb atadi. Ham G‘arbda, ham Sharqda “Avitsenna” va “Shayxur-Rayis” nomi bilan shuhrat qozongan bobokalonimiz haqiqatan ham mustaqil O‘zbekiston yoshlari qalbida o‘z tarixi va bobokalonlari bilan faxrlanish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.



Ijtimoiy fanlar. Al-Farobiy buyuk qomusiy olim. Olimning tarixiy- falsafiy asarlari. «Fozil odamlar shahri», «Falsafaning moxiyati haqida kitob» va boshq. Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Farg‘oniy 797-865 yillarida yashab ijod qilgan vatandoshimizdir. Ahmad Farg‘oniy o‘z asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Ahmad Farg‘oniyning ijodiy faoliyati Bag‘dodda ulug‘ mutaffakir olim Al-Xorazmiy rahbarligidagi “Baytul-Hikma” bilan bog‘liqdir. U arab atamashunosligini paydo bo‘lishi va ilmiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, Bag‘dod va Damashqda rasadxonalar qurilishida shaxsan qatnashdi. Ahmad Farg‘oniyning kitoblari dunyoga ma’lum va mashhurdir. “Kitob fi Usul ilm an-Nujum” (“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”), “Falakiyot risolasi”, “Falak asarlari sababiyati”, “Al-Majistiy”, “Ilm-xayya”, “Al Farg‘oniy jadvallari”, “Usturlob bilan amal qilish haqida”, “Oy yerning ustida va ostida bo‘lganida vaqtni aniqlash risolasi”, “Yetti iqlim hisobi”, “Usturlob yasash haqida kitob” asarlarining qo‘lyozmalari Angliya, Fransiya, Germaniya, Misr, Hindiston, AQSh va Rossiyada saqlanmoqda.

Ahmad Farg‘oniyning bu asarlaridagi ilmiy kashfiyotlari butun jahon fani va madaniyatiga ulkan va munosib hissa qo‘shdi. U 812 yilda quyosh tutilishini oldindan bashorat qilib berdi, yerning dumaloq ekanligini ilmiy dalillar bilan isbotlab, bir xil fazo yoritgichlarni har xil vaqtda ko‘rilishini, tutilishini hamma joyda har xil kuzatish mumkinligini izohlab berdi.



Ahmad Farg‘oniy yaratgan ilmiy kashfiyotlar natijalari qaysi fan sohasida bo‘lishidan qat’iy nazar g‘oyatda pishiq, puxta va nihoyatda mukammal bo‘lgan. XII asrdayoq olimning asarlari lotin tiliga tarjima qilinganligi va Yevropaga tarqalganligi bu fikrning isbotidir. Yevropaliklar Ahmad Farg‘oniyni “Al Fraganus” deb ataganlar. Uning asarlarini lotin, nemis, ingliz, fransuz, rus va boshqa tillarga tarjima qilganlar.

Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad Forobiy 873-yilda Forob (O‘tror) yaqinidagi Vasij shaharchasida tavallud ko‘rgan va 951-yilda Damashqda vafot etgan.

O‘rta Osiyoning yirik qomusiy olimlaridan biri, Sharq uyg‘onish davrining eng ko‘zga ko‘ringan arbobi, Sharq falsafasining otasi Forobiy avval Forob, Buxoro va Samarqandda bilim oldi va turli tillarni o‘rgandi. Bag‘dodga kelgach fanning turli sohalari bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirishda davom etdi. U ilmiy darajasini oshirgach, fanning deyarli barcha sohalarini egallab, 160 dan ortiq asar yozdi. Forobiyning riyoziyot, falakiyot, tabobat, musiqa, falsafa, tilshunoslik va adabiyotga oid asarlari butun olamga mashhur bo‘ldi. U yozgan “Aristotelning “Metafizika” asari maqsadlari haqida”, “Tirik mavjudot a’zolari haqida”, “Musiqa kitobi”, “Baxt-saodatga erishuv haqida”, “Siyosat al Madaniya” (“Shaharlar ustida siyosat yurgizish”), “Fozil odamlar shahri”, “Masalalar mohiyati”, “Qonunlar haqida kitob”, “Tafakkur yurgizish mazmuni haqida”, “Mantiqqa kirish haqida kitob”, “Falsafaning mohiyati haqida kitob” va boshqa asarlar buyuk olimning ilm va dunyoqarash doirasining beqiyos darajada kengligi va chuqurligidan dalolat beradi.

Forobiy fanning nazariy va falsafiy tomonlarini yoritishga harakat qilgan. U Platon, Aristotelning barcha falsafiy, tabiiy, ilmiy asarlariga, Ptolemeyning osmon jismlari harakati, Aleksandr Afrodiyning ruh haqidagi psixologiyasiga oid, Galenning tibbiyot bo‘yicha asarlari, Epikur, Zenon, Yevklid risolalariga taqriz va sharhlar yozdi. Agar ilm-fan rivojidagi o‘zining qo‘shgan buyuk xizmatlari uchun Aristotel “Birinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lsa, Forobiy donishmandligi, Aristotelni yaxshi bilganligi, qomusiy aqli va ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan katta hissasi uchun “Al-muallim as-Soniy - “Ikkinchi muallim”, “Sharq Aristoteli” degan mu’tabar unvon oldi.

Forobiyning “Inson tanasining a’zolari haqida”gi risolasi tibbiyot ilmining maqsad va vazifalarini aniqlashga bag‘ishlangan. “Astrologiyaning to‘g‘ri va noto‘g‘ri qoidalari haqida”gi risolasida astrologlarning ruhiy va ijtimoiy hodisalar va jarayonlarni osmoniy jismlar haqidagi ilmiy taxminlariga asoslangan faoliyatini, yolg‘on tasavvurlar va uydirmalardan farqlash zarurligini ta’kidlaydi.

Olimning ko‘p jildli “Musiqa haqida katta kitob” asari musiqa ilmining katta bilimdoni, sozanda va ajoyib bastakor ham bo‘lganligini tasdiqlaydi. U yangi musiqa asbobining ixtirochisi ham bo‘lgan.

O‘rta asr fanining rivoji va taraqqiyotida Forobiyning ilm tasnifi bo‘yicha olib borgan ilmiy ijodiy ishlari g‘oyatda qimmatlidir. U “ilmlarni kelib chiqishi haqida”, “Ismlarning tasnifi haqida” va boshqa risolalarida o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan 30 ga yaqin ilm sohasining tartibi, tasnifi va tafsilotini beradi.

Forobiyning ilmiy - falsafiy merosi xalqimizning buyuk ma’naviy boyligi sifatida asrlar osha avlodlar uchun muhim ijod manbai bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.

Abu Bakr Narshaxiy. Olimning «Tarixi Buxoro» asarlari. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy (899-959) Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) asari bizgacha yetib kelgan. Asar qo‘lyozma nusxalarda va hozirgi zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro haqida xabarlar”)kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning bizgacha yetib kelgan qismi 1128 yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari qisqartirilgan va so‘nggi voqealar asosida to‘ldirilgan. Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq ul- ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan.

“Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Movaraunnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan.



Rudakiy fors-tojik adabiyotining asoschilaridan biri. Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy (960-1041-y.) taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. Yana boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar.

Rudakiyning tarjimai holiga bag‘ishlangan barcha manbalarda uni kambag‘al oiladan ekanligi, yoshligidayoq musiqa asboblarini yaxshi chalishni va ashula aytishni sevganligi qayd etiladi. Yosh shoirning o‘zi she’rlar yozishi va musiqaga bo‘lgan bunday muhabbati tez orada uni mashhur qilib yuboradi. Bu davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. Shuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi.Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy qarigan vaqtida saroydan quviladi va qolgan umrini o‘zining ona qishlog‘ida faqirlikda o‘tkazadi. Saroydan quvilayotgan paytda uning ko‘ziga mil tortib, ko‘r qilinadi.

Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar yetib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi.

Rudakiyning she’riyati hayot lazzati, hayotning o‘zi ustod ekanligi, undan ko‘p narsalarni bilib, o‘rganib olish mumkinligini ta’kidlaydi va shunday qilish lozim ekanligini uqtirishga harakat qiladi. Hayot ta’limi butunlay boshqacha ta’lim ekanligini, uni ba’zida shirin, ba’zida achchiq ekanligini ko‘rsatadi. Bunday ta’limni hech bir o‘qituvchi bera olmasligini uqtiradi.

Har bir kishi olmasa hayotdan ta’lim,

Unga o‘rgata olmas hech bir muallim.



Bizgacha Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar yetib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan.

III

IX-XII asrlarda islom dini va so`fiylik. Islom dinini targ`ib etuvchi markazlar. Imom Buxoriy. «Al-Jomе», «As-Sahih». Hadislar tasnifi. IX-XII asrlarda islom dini O‘rta Osiyo xalqlari davlatchiligi tarixida katta rol o‘ynay boshladi. Movarounnahrda bu davr arab xalifaligidan mustaqil bo‘lgan davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi davri bo‘lgan bo‘lsa, islom bu vaqtda Sharqda keng tarqalib jahon dini darajasiga ko‘tariladi, musulmon dunyosining mafkurasiga aylanadi. Arab tili davlat tili darajasiga ko‘tariladi. Azaldan savodli bo‘lgan, madaniyat darajasi yuqori darajaga ko‘tarilgan xalq tez orada nafaqat arab tilini, balki islomni ham chuqur o‘rganib, arab tili va shariat masalalarida kitoblar yozadigan olimlarni yetishtirib chiqara boshladi.

Xalifalikdan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar somoniylar, qoraxoniylar, saljuqiylar va g‘aznaviylar, Xorazmshohlar davrida bu mustaqil markazlashgan davlatlarni yanada mustahkamlash uchun islom diniga, uning ta’limotiga, tarixiy ahkomlariga e’tibor bir necha bor kuchaya boshlaydi. Shaharlarda masjidlaru-madrasalar qurilishiga e’tibor berila boshladi. Masalan, manbalarning darak berishicha, Buxoroda dastlabki madrasa Kovushdo‘zlar timi yaqinida barpo qilinadi. Hatto qonunshunoslar uchun ham maxsus “Faqihlar madrasasi” degan ixtisoslashtirilgan madrasa qurdirilgan. Bunday bilim maskanlarida Qur’oni karim, Hadis ilmi va shariat asoslari har tomonlama mukammal o‘rganilgan.

O‘sha davr shaharlari orasida islom dini ta’limotini chuqur targ‘ib qilishda Buxoro shahri alohida o‘rinni egallaydi. Yuqorida qayd qilinganidek, madrasayu, maktablarning borligi bu yerda yetuk ilohiyot fani namoyondalarini yetishib chiqishiga xizmat qiladi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, Buxoro shu davrdan boshlab “Qubbat-ul-islom”(”Islom dinining gumbazi”) nomi bilan shuhrat topa boshlaydi.

Sekin-asta markazlashgan davlatning asosiy mafkurasiga aylangan islom dini boshqa diniy qarashlarni siqib chiqara boshlaydi va xalq ommasini itoatda ushlab turish uchun qurol vositasi rolini ham bajara boshlaydi.

Bu davrda islom ta’limotiga bebaho hissa qo‘shgan Imom al-Buxoriy va Iso at-Termiziy kabi ko‘plab ulamolar yetishib chiqdilar. Ular shu kunga qadar Hadis ilmining eng ko‘zga ko‘ringan, butun musulmon dunyosi tomonidan tan olingan allomalari darajasiga ko‘tarilgan zotlardir.



Imom Buxoriy (809-870-yy.) Buxoroda tug‘ilib, shu yerda birinchi bilimlarni oladi. So‘ngra bilimini yanada chuqurlashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag‘dod, Damashq, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga boradi. Manbalardan bizga ma’lumki, Imom Buxoriy islom dini masalalariga bag‘ishlangan 20 ga yaqin asar yozgan. Shu kitoblar orasida Buxoriyning butun dunyoga mashhur qilgan asari “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonchli to‘plam”)dir. Bu asar 160 qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Buxoriy hadislarini to‘plash va bayon etishda uni haqiqiyligiga asosiy e’tibor bergan, uni haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni keltirgan va shu asosda hadislarni tasnif qilgan olimdir. Uning diqqat markazida fanning inson uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma’naviy yuksalishi, fozilligi, donoligi, yaxshi va yomonni ajrata olishi turadi. Umrining oxirida u o‘z Vataniga qaytib keladi va Samarqand yaqinida vafot etadi. Mustaqillik yillarida bu ulug‘ bobakalonimiz ruhini shod etib, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan uning vafot etgan joyida ulkan majmua-bino barpo qilindi. Hozirda bu joy nafaqat mamlakatimiz fuqarolarini, balki butun musulmon dunyosi ahlini ziyoratgoh joyiga aylangan.

Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish