Qo’ng’irotlar sulosasi 1770-1920
Muhammad Amin Inoq - 1770-1790
Avazxon - 1790-1804
Eltuzarxon - 1804-1806
Muhammad Rahimxon I - 1806-1825
Olloqulixon - 1825-1842
Rahimqulixon - 1842-1845
Muhammad Aminxon - 1846-1855
Abdullaxon - 1855-1856
Sayid Muhammadxon - 1856-1864
Muhammad Rahimxon II - 1864-1910
Asfandiyorxon - 1910-1918
Sayid Abdullaxon - 1918-1920
XVIII asrning 60-yillaridan badavlat shaharliklar va ruhoniylarning qo‘llab-quvatlashishiga erishgan qo‘ng‘irot urug‘lari Xiva xonligida hokimiyatni qo‘lga ola boshlaydilar.
Inoq Muhammad Amin (1763-1790) 1770-yilda turkmanlarning, 1782-yilda buxoroliklarning hujumini qaytarib, Xiva xonligida qo‘ng‘irotlarning amaldagi hokimiyatini mustahkamlaydi. Avaz Inoq (1790-1804) davrida Xiva xonligida markaziy hokimiyat mustahkamlanib, xonlikdagi iqtisodiy ahvol yaxshilandi. Bu XIX asr boshlarida qo‘ng‘irotlar sulolasining hokimiyatni rasman egallashlariga zamin bo‘ldi. 1804-1806 yillarda hukmronlik qilgan Eltuzarxon Inoq Xiva taxtiga o‘tirgan qo‘ng‘irotlar sulolasining birinchi xoni hisoblanadi. Uning vorisi Muhammad Rahimxon I (1806-1825) Xiva xonligini birlashtirishni nihoyasiga yetkazdi. 1811-yilda bo‘ysunmas orolliklar-qoraqalpoqlarni ham Xiva tarkibiga qo‘shib oldi. U o‘tkazgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlar natijasida boshqaruv tizim takomillashib, soliqlar tartibga tushdi. Xazina daromadlari ko‘paydi.
Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1842-1845) va Muhammad Aminxon (1845-1855) davrlarida Xiva qo‘shinlarining Xurosonga yurishlari kuchaydi, Marv shahri uchun Buxoro amirligi bilan tez-tez urushlar bo‘lib turdi. Xiva xonlari bu davrda Sirdaryoning Orol dengiziga quyiladigan joyidan Turkmaniston hududidagi Kushkagacha bo‘lgan yerlarni boshqarganlar. 1855-yilda Seraxsni qamal qilish paytida Muhammad Aminxonning halok bo‘lishi mamlakatda parokandalikka sabab bo‘ldi. Abdullaxon (1855-1856), Qutlug‘murodxonlar (1856) 6 oydan ko‘p hukmronlik qilmaslaridan o‘ldirildilar. 1856-yilda taxtni Sayid Muhammadxon (1856-1864) egalladi. U bo‘ysunmas turkmanlar va qoraqalpoqlarga qarshi urush uyushtirganligi natijasida bu xalqlarning ko‘pchiligi ko‘chib ketdilar. 1859-yilda Muhammad Panoh Orenburgdan yordam olib, Orol bo‘yida mustaqil davlat tuzish uchun qilgan harakati bostirildi. Xivaliklar tomonidan daryoga to‘siq qo‘yilishi natijasida Butakov flotiliyasi qoraqalpoqlarga yordam bera olmadi.
Xiva xonligidagi so‘nggi mustaqil hukmdor Feruz taxallusi bilan ijod qilgan Muhammad Rahimxon II (1864-1910) bo‘ldi. Uning davrida xonlikning siyosiy, iqtisodiy, madaniy jihatdan yuksalishi ko‘zga tashlanadi. Lekin 1873-yilda Rossiya Xiva xonligini bosib oldi va Muhammad Rahimxon II va Kaufman imzolagan Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra, Xiva xonligi Rossiyaga qaram davlatga aylanib qoldi.
Ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy ahvol. Tijorat ishlari. Mеmorchilik. Xiva xonligi boshqaruv tizimi, asosan, Buxoro va Qo‘qon davlatlaridagidek bo‘lib, farqi XIX asr boshlaridan xon huzurida Kengash (Devon) bo‘lgan. Eng yuqori amaldorlar a’zo bo‘lgan kengash vakolati cheklangan bo‘lib, asosiy qarorlar xon tomonidan qabul qilingan bo‘lsa-da, amaldorlarning xonlik boshqaruvida mavqei baland bo‘lgan. Mansab va unvonlar xonliklarda harbiy-ma’muriy, harbiy va diniy toifalarga bo‘lingan. Inoq, otaliq, biy, amir ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklar begi, devonbegi va boshqa unvon va mansablar xonlik iqtisodiy, siyosiy, moliyaviy, harbiy hayotida muhim o‘rin tutgan. Xonlikda sud ishlari asosan diniy ulamolar qo‘lida bo‘lib, ularning mamlakat hayotida ta’siri kuchli bo‘lgan.
Xonlikda davlat tili o‘zbek tili bo‘lib, Buxoro va Qo‘qondan farqli o‘laroq barcha farmonlar, davlat hujjatlari faqat o‘zbek tilida yozilgan.
XVI-XVIII asrlarda Xiva xonligining ma’muriy jihatdan bo‘linishi viloyat deb atalgan bo‘lsa, XVIII asrdan bekliklar deb atala boshlangan. Eng kichik ma’muriy bo‘linish machitqo‘m deb yuritilgan. Dastlab xonlikda 16 ta viloyat 2 ta noiblik bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik viloyatlar soni 22 taga yetgan. Ularni xon tomonidan tayinlangan hokim va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir tomonidan boshqarilgan.
Xonlikda, asosan, o‘zbeklar dehqonchilik tumanlarida yashab ko‘pchilikni tashkil qilganlar. Shuningdek, turkmanlar, qoraqalpoqlar, kam miqdorda tojiklar, eronliklar, yahudiylar, arablar ham istiqomat qilishgan.
Ijtimoiy hayotda xon va uning amaldorlari va diniy ulamolarning mavqei yuqori bo‘lib, iqtisodiy hayotning asosini tashkil qiluvchi yer ham asosan ular qo‘lida bo‘lgan. Kam yerli va yersiz dehqonlar ulardan ijaraga yer olib ishlaganlar va ahvoli juda og‘ir bo‘lgan. Sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik mamlakat iqtisodida muhim o‘rin tutgani uchun Amudaryodan chiqarilgan kanallarni qazish davlat ahamiyatiga molik ish hisoblangan. Shuningdek, chorvachilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq ham iqtisodiy hayotda muhim o‘rin tutgan.
Xonlik harbiy qo‘shini va qurol aslahasini yaxshilash juda past darajada bo‘lgan. Qo‘shinni ko‘proq yarim ko‘chmanchi turkmanlar tashkil etgan. Oldingi davrlardagi harbiy sohadagi ijobiy tajribalar rivojlantirilmay tashlab qo‘yilgan.
Xiva xonligi Buxoro, Qo‘qon, Eron va Rossiya kabi qo‘shni davlatlar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Soliqlar barcha musulmon davlatlaridagidek xiroj, zakot, boj va jizyadan iborat bo‘lgan. Shu bilan majburiy mehnatning ba’zi turlari amalga oshirilgan.
Xiva xonligida ham adabiyot, tarixnavislik, me’morchilik bir muncha rivojlangan bo‘lsa ham tabiiy va texnika fanlariga, dunyoviy ilmlarga e’tibor qaratilmagan.
Boshlang‘ich maktabda o‘qish-yozishni o‘rgangan bolalar madrasalarda o‘qitilgan. XIX asrda Xiva xonligida 1500 ga yaqin boshlang‘ich maktab va 130 ta madrasa mavjud bo‘lgan. Xiva shahrining o‘zida 22 ta madrasa bo‘lgan. XIX asrda Xiva xonligida adabiyot, tarixnavislik, hattotlik, musiqa san’ati, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida katta yutuqlar qo‘lga kiritilgan.
Shermuhammad Munis Xorazmiy, Muhammad Rizo Erniyozbek o‘g‘li Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Kamron, Bayoniy, Xusraviy, Murodiy, Rojiy, Mutrib, Laffasiylar asarlari o‘zbek adabiyoti rivojida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Tanbur chiziqi notasini yaratgan Komil Xorazmiy “Maqomi Feruzshohiy” asari va “Panjgoh” maqomi bilan o‘zbek musiqa san’ati rivojiga katta hissa qo‘shdi.
Abulg‘oziyxon “Shajarayi Turk”, “Shajarayi tarokima” asarlari bilan Xorazm tarixnavislik maktabini boshlab bergan bo‘lsa, Munis va Ogahiylar tarixnavislik va tarjimonlik maktabini yaratib, “Firdavs ul-iqbol”, “Zubdat ut-tavorix”, “Riyoz ud-davla”, “Gulshan ul-davlat”, “Jomiy’ ul-voqeoti sultoniy”, “Shohid ul-iqbol” asarlari bilan tarix sohasini rivojlantirdilar. Bayoniyning “Shajarayi xorazmshohiy”, “Xorazm tarixi” asarlari yuqoridagi asarlar kabi Xiva xonligi tarixini o‘rganishda asosiy manbalar hisoblanadi.
Hozirgi Xiva shahrida saqlanib qolgan qadimiy me’morchilik inshootlari asosan xonliklar davrida qurilgan bo‘lib, eng qadimiysi XVI asrda qurilgan Sayid Ota maqbarasi bo‘lsa, eng keyingi XX asr boshlarida qurilgan Nurillaboy saroyidir. Ichan qal’adagi o‘nlab imoratlarning ko‘pchiligi XIX asrda qurilgan bo‘lib, ular xalqimiz buyuk zakovatining bir qismi sifatida qad ko‘tarib turibdi.
Qoraqalpoqlarning ijtiimoiy-iqtisodiy hayoti. Bexistun yozuvlarida miloddan avvlgi VI asrda hozirgi Qoraqalpog’iston hududida saka tigraxauda (cho`qqi kigiz qalpoqli) qabilalari yashab o`tganligi haqida ma`lumot beriladi. VI-VIII asrlarda Orol dengizi atroflarida bijanak va o`g’uz etnik guruhlari shakllandi. Ana shu bijanaklar qoraqalpoqlarning ajdodi hisoblanadi. VIII-X asrlarda qoraqalpoq halqi tashkil topa boshlagan davrda, Orol atrofi Kerder viloyati deb atalgan.
1221 yilda Chingizxon qo`shinlari Urganchni egallab, Amudaryo to`g’onini buzib tashladi. endi Amudaryo Kerder viloyati tomon emas, g’arb tarafga oqa boshlagan: ekin erlarining qurib qolishi sababli qoraqalpoqlarning bir bo`lagi Volga va Yoyiq daryolari bo`ylariga, Qora dengiz qirg’oqlari, Sirdaryo yoqalari sari kuchayib ketganlar.
XII-XIII asr rus yilnomalarida qoraqalpoqlar «chernie klobuki», sharq manbalarida «qora bo`rkli» tarzida tilga olinadi. XIV asr oxirlarida qoraqalpoqlar Volga va Yoyiq daryolari oralig’ida tashkil topgan No`g’oy (Mang’it) xonligi tarkibida bo`lganlar. No`g’oy xoni Idigu (Edigey) 1419 yilda o`ldirilgach, taxt talashishlar natijasida xonlik kuchsizlandi.
No`g’oy xonligida mang’itlar tarkibida yashagan qoraqalpoqlar o`troq va yarim ko`chmanchi halq edi. No`g’oy xonligini qoraqalpoqlar boshqargan.
XVI asr oxirida No`g’oy xoni Ismoil avlodlari o`rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Shu kurash davomida O`rmambetbiy o`ldirilgach, XVII asr boshlarida Tinaxmadning avlodi eshtarak Mirzo hokimiyat tepasiga keladi. Uning davrida ham o`zaro urushlar to`xtamadi. Ulug’ No`g’oy o`rdasi Azov va Kuban, Kaspiy va Terek daryolari oralig’ida ko`chib, o`troqlashib turadi. 1613 yili No`g’oylar Xo Urluk boshchiligidagi qalmoqlarning hujumiga duchor bo`ladi. XVII asrning 30 yillarida qalmoqlar Volga va O`rol daryolari quyi oqimlarini egallagach yaylovlaridan ajralgan no`g’oylar g’arbga Qrim tarafga ko`chishga majbur bo`ladi. No`g’oylarning Olti ul ulusi Sharqqa, Orol dengizi bo`ylariga kelib o`rnashadi. XVII asr oxirida qoraqalpoqlar Sirdaryo bo`yiga ko`chib kelganlar.
1714 yilda Sirdaryo bo`ylarida qoraqalpoqlar eshimxon (EshMuhammad) ni xon ko`targanlar. Bu davlat Sirdaryoning quyi oqimi, Volga bo`yi qalmoqlari, Boshkurt ulusi va qozoq xonlari bilan chegaradosh bo`lgan. 1722 yilda qoraqalpoqlar Jung’or qalmoqlari hujumiga duchor bo`ldilar. 1723 yili Jung’or qalmoqlari qozoqlar yurtiga bostirib kirdilar. Qozoqlar uch tarafga bo`linib ko`chib ketdilar. Sirdaryo qoraqalpoqlari ham qozoqlarga qo`shilib, bir guruhi Orol tarafga, ikkinchi bo`lagi Sirdaryo bo`ylab yuqoriga-Toshkent tarafga jilishga majbur bo`ladi: Farg’ona vodiysiga kelib o`troqlashdi.
Qoraqalpoq xonligiga Orol bo`ylari ham qaragan. eshimxon Qorao`zak tumanida eshimyop kanalini qazdirgan. 1715 yili Xiva taxtiga Sherg’ozi o`tirgach, Orol bo`ylarini o`ziga bo`ysundiradi. 1723 yili qoraqalpoqlar Shohtemir boshchiligida xonga qarshi qo`zg’olon ko`taradilar va shunda Sherg’ozi o`ldiriladi.
XVIII-XIX asrlarda Amudaryoning sharqiy tarafidan oqib, Orol dengiziga quyilgan Ko`ko`zak daryosi bo`yidagi ko`psonli qoraqalpoqlar bilan orollik o`zbeklarda dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik gullab yashnagan. Mazkur daryo bo`yida Oqyoqish nomli qabilalar uyushmasi vujudga keladi. Oqyoqish oti bilan mashhur bo`lgan hozirgi Taxtako`prik tumani hududida saqlanib qolgan qal`ani halq Oydo`st qal`a deb ataydi.
Hujjatlarda XVII-XVIII asrlardagi qoraqalpoq xonlari orasida Kuchukxon, Taburchak sulton bo`lgani eslatiladi. 1709 yili Taburchak sultonning o`g’li G’oyib sulton Iris Muhammad qoraqalpoq hukmdori bo`lgan.
1747-1748 yillari Abulxayrxon qoraqalpoqlar ustiga chopovul yasagan: ularning bir qismini Talas daryosining bo`yiga ko`chirib keltirib, dehqonchilik bilan shug’ullanishga majbur qilgan. Qoraqalpoqlarning asosiy qismi Yangidaryo va Quvondaryo bo`ylarida dehqonchilik, chorvachilik, ovchilik qilib kun kechirishgan.
Muhammad Rahimxon I Xiva xonligini markazlashgan, iqtisodiy kuchli davlatga aylantirish maqsadida Yangidaryo bo`yidagi qoraqalpoqlar ustiga qo`shin tortgan, qoraqalpoq zodagonlarini o`z tarafiga og’dirishga harakat qilgan. Shuningdek natijasi o`laroq qoraqalpoq biyi Oydo`stbiyning Yangidaryo bo`yidagi qoraqalpoqlarni Orol bo`yiga ko`chirib keltirishga yordam bergan.
Amudaryo etaklarida yashovchi qoraqalpoqlar ham Xiva xonligi qaramog’iga o`tgan.
XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning ijtimoiy-siyosiy hayotida jiddiy o`zgarishlar yuz bera bordi. Bu o`zgarish avvalo ularning endi ko`proq dehqonchilik bilan shug’ullana boshlashida namoyon bo`ldi.
Qoraqalpoqlar hayotida baliqchilik muhim ahamiyat kasb etadi. endilikda baliqchilarning qishloqlari vujudga keldi. Sol ustiga qurilgan suzib yuruvchi uylar paydo bo`ldi. Bu davrda hunarmandchilik ma`lum darajada qaddini rostlab bormoqda edi. Qoraqalpoqlar endilikda olacha, dag’al ip gazlama mato, gilam to`qiy boshladilar, yog’ochdan turli buyumlar yasay boshladilar, teri pishirdilar, egar, yugan, ayil, kigiz tayyorlash bilan shug’ullandilar.
XIX asrning o`rtalarida bir boy qoraqalpoqning qo`rg’oni atrofida bozor paydo bo`ldi, keyinchalik bu erda Chimboy shahri barpo etildi. O`zining qulay geografik holati tufayli shahar ma`muriy markazga aylandi.
Qoraqalpoqlar ijtimoiy hayotida urug’-qabilachilik an`analari ustun edi. Erga jamoa egaligi hukmron edi.
XIX asr boshlarida qoraqalpoq erida yangi-yangi urug’lar vujudga keldi. Masalan, 1810 yilda el qabilasidan chiqqan kiyotli qoraqalpoqlar biyi ekinlikning 400-500 o`toviga ko`nqirot va mang’itlardan 200 o`tov qo`shilgan. Bunday holat boshqa o`tovlarda ham sodir bo`lgan. Natijada 14 ulus deb nom olgan yirik urug’lararo birlashma tashkil topgan.
XIX asr o`rtalaridan boshlab qoraqalpoq erida ham urug’ qabilachilik munosabatlarida o`zgarish boshlandi. Ayni paytda erga jamoa bo`lib egalik qilish ham barham topa boshladi. endilikda uning o`rnida yirik zamindorlik qaror topdi. Ular orasida 15 ming tanobgacha erga egalik qiluvchilar ham bor edi.
XIX asr boshlaridan boshlab Xiva xonligi qoraqalpoqlarni o`ziga tobe etish uchun kurash boshladi. 1803 yilda xon eltuzar qabilalararo nizodan foydalandi va qoraqalpoqlarning xitoy qabilasini bo`ysundirdi.
1811 yilda qoraqalpoqlar Xiva xonligi tarkibiga kirganlar. Xon qoraqalpoqlar erida qal`alar qurdira boshladi. Qoraqalpoqlar endi xon uchun harbiy majburiyat o`taydigan bo`ldilar.
Urush davrida qoraqalpoqlar 1000 nafardan 2000 nafargacha navkar etkazib berish majburiyatini oldilar. Bundan tashqari, urush paytida har bir xo`jalik qozon solig’i degan soliq to`lashga, sug’orish inshootlarini qurish va ta`mirlash ishida ishtirok etishga duchor etilganlar. Qoraqalpoqlar 1827 yilda xonga qarshi qo`zg’olon ko`tardilar. Qo`zg’olonga qoraqalpoqlarning eng badavlat toifalariga mansub Oydo`stbiy rahbarlik qilgan.
Muhammad Rahimxon I davri (1806-1825) da Oydo`stbiy yuqori mansabga ko`tarilib, saroyga yaqinlashgan. Muhammad Rahimxon taxtga o`tirgan kuni unga zarbof to`n, oltin sopli xanjar sovg’a qilingan. U barcha qoraqalpoq halqining biyi darajasiga ko`tarilgan. O`shanda Orol, Qo`ng’irot eli To`ramurod so`fi boshchiligida mustaqil bo`lishga harakat qilgan.
Bu harakat oldidan Oydo`stbiy xondan yordam so`ragan. Xiva xoni yordamida Oydo`stbiy Oqyoqish bo`yida (Hozirda Taxtako`prik tumanida) ulkan qo`rg’on qurdirgan.
Qo`zg’olon oldidan qoraqalpoqlar orasida soliq yig’ish uchun Gadoyniyoz mahram yuborilgan. U qoraqalpoqlarning xitoy qabilasi boshlig’i Bekpo`latbiydan qo`zg’olon tayyorlanayotgani to`g’risida eshitadi. Shundan keyin mahram qo`ng’irot qabilasi boshlig’i Cho`nqorabiyning o`g’li Qobilbiy huzuriga keladi. Uning uyida qolib, odamlarini Xivaga jo`natadi. 1827 yil 25 iyul’ kuni xon Oydo`stbiy boshchiligidagi tayyorlanayotgan qo`zg’olon haqida eshitadi. Xon Oydo`stbiy qo`zg’olonchilarini yo`qotish uchun mahsus qo`shin to`plab, unga Muhammad Nazarbiy inoqni qo`mondon tayinlaydi va Xo`jayli shahriga jo`natadi. Shahar atrofida askarlar o`rnashadi.
Oydo`stbiy qoraqalpoq kadxudo va biylarni to`plab, Orol dengizi bo`yida Sori atov degan mavzuda mashvarat qiladi. Yig’ilganlar maslahati bilan qoraqalpoq ovullariga otliq choparlar jo`natib, shunday buyruq beradi: «Hamma bola-chaqasi bilan qo`zg’olonga yig’ilsin. Kimda-kim bosh tortsa, u dushman hisoblanadi». Natijada barcha qoraqalpoqlar to`planib qulay erda xandak qazib, shoh-shabbalar va aravalar bilan mudofaa to`sig’i qurishgan. 29 iyulda Oydo`stbiy o`zining ikki o`g’li Rizo va To`rani 300 botirga bosh qilib, Qo`ng’irot qo`rg’oniga chopovulga yuboradi. O`shanda Qo`ng’irot hokimi Muhammad Ya`kub Mushrif qo`rg’on mudofaasini uyushtirgan. Urush peshingacha davom etgan. Oydo`stbiy askarlarining bir qanchasi nobud bo`lgan. Ba`zilari dengiz tomon qochgan. Rizo ham, To`ra ham bor imkoniyatni ishga solsalar-da, engilganlar.
Xo`jayli shahri atrofida turgan Muhammad Nazar inoq hamda Muhammad Rizo qushbegi uchun ham xonning qo`zg’olonchilariga qarshi qo`shin yuborish haqidagi farmoni keladi. Ular yovmut va shavdor qabilalaridan askar to`plab, Suyinbiy, Do`simbiy, Muhammad Niyoz yasovulboshilar boshchiligida qo`zg’olonchilarga qarshi jo`natadi. Bular orasida qoraqalpoqlardan yig’ilgan odamlar ham bor edi. Jumladan, Davlatnazarbiy boshchiligida askarlar Oydo`stbiy odamlarining engilganini eshitib, o`ziga yaqin odamlari bilan Sori otovni tashlab ketishga majbur bo`ladi va Qo`qon tarafga yo`l oladi. Muhammad Nazar inoq uning habarini eshitib, Oydo`stbiy odamlari orasidan saralangan qo`shin jo`natadi. Qo`shin ikki kun deganda Chirikrabot mavzeida Oydo`stbiy odamlarini o`rab oladilar. Natijada qo`zg’olonchilar mag’lubiyatga uchradilar.
Qoraqalpoq halqining madaniyati. Chimboy, Qo`ng’irot, Xo`jayli shaharlarida qoraqalpoq hunarmandlari ko`pchilikni tashkil qilgan. Masalan, temirchi, duradgor, kigiz bosuvchilar, zargarlar, bo`yoqchi, kulolchi, to`qimachi kabilar. Ustaxonada 3-4 odam ishlagan. Shogirdlar 12-13 yoshdan qabul qilingan.
Orol dengizi bo`yi Terbenbes ovulida Arzimbet zargarning ishlari tarixiy asarlarda ta`kidlanadi. U qoraqalpoq ayollarining sevimli bezagi savkalani moxirona ishlagan. Sirg’a, bilaguzuk, uzuk, haykal, o`ngirmunchoq, zebigardon tumorchalar ham yasagan. Ayniqsa, qoraqalpoq yigitlari qiyadigan cho`girmalarini tikish yuksak mahorat talab etgan.
Yana bo`rk tikib kiyishgan. Uni qoraqalpoqlar quroch deb atashadi. Ayollar, qizlar kiyimlari orasida ham asrlar osha qadri tushmay kelayotganlari bor.
Qoraqalpoqlar Nukus, Qiyot, Qo`ng’irot, Qipchoq kabi shaharlarda yashaganlar. Zarafshon vodiysida XIX asrning birinchi yarmida qoraqalpoqlarning 37 ovuli mavjud bo`lgan. Mazkur shaharlarning eng yirigi Qo`ng’irot bo`lib, u Orolliklar markazi bo`lgan. Xo`jayli Orol birlashmasi bilan Xiva orasidagi savdo markazi bo`lib, bojxona shu shaharda joylashgan.
Yana Mang’it, Chimboy, Janga qal`a, Oydo`s qal`a, ernazar qal`a, Ko`k o`zak, eshon qal`a shaharlari qoraqalpoq halqi tomonidan yaratilgan madaniy va me`morchilik yodgorligi markazlari hisoblanadi.
Qoraqalpoq yoshlari Buxoro va Xiva shaharlarida o`qiganlar. Qoraqalpoqlar yurtida XIX asr boshlarida 318 ta maktab, Qoraqum eshon, Qalila oxun, egambergan oxun, Oybit eshon, eshonqal`a va boshqa mavzelarda madrasalar bo`lgan.
Qoraqalpoq xalqi madaniyati. Qoraqalpoqlar o`z to`y-ma`rakalarini qo`shiqsiz, dostonlarsiz, tarixiy xangomalarsiz o`tkazmaydilar. Ularning halq og’zaki ijodi juda boy. Qoraqalpoq fol’klor namunalari 20 jildligining nashr etilgani fikrimizning dalilidir. Ular o`z so`z ustalari bo`lgan chechanlarni, jirov-baxshilarini qattiq sevdi. el oqsoqollari, rahbarlari yonidan qissaxonlar arimagan.
O`zbeklarning afandisi bo`lsa, ularning O`mirbek laqqasi bor.
Qoraqalpoqlarning qaxramonlik dostonlari qadimdan ma`lum. Ulardan «Qirqqiz», «Alpomish», «Ko`blan», «Mastpodsho» dostonlarida qoraqalpoqlarning voqealarga boy tarixi kuylanadi.
Qoraqalpoqlarning halq qo`shiqlarida el yo`lboshchilari, qahramonlari Maman botir, Esangeldi mahram, Oydo`stbiy, Ernazar biylar ulug’lanadi.
Qozoq ma`rifatparvar olimi Cho`qon Valixonovaning «Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoir ham qo`shiqchilar, shundan keyin qirg’izlar ham turkmanlar», degan so`zlari bejiz aytilmagan.
Qoraqalpoq halqi og’zaki ijodi janr jihatidan lirik va epik asarlarga bo`linadi.
Qoraqalpoq adabiyotida XVII-XVIII asrlardagi tarixiy voqealarni badiiy shaklda aks ettirgan «Qirqqiz» dostoni alohida o`rin tutadi. Bu asar qoraqalpoq halq qaxramonlik eposidir.
Asar erksevarlik, vatanparvarlik va insonparvarlik g’oyalari bilan sug’orilgan.
Asarning bosh qaxramoni Guloyim o`zining qirq nafar dugonasi va o`z sevgilisi Arslon bilan birga eron shohi Nodirshoh hamda qalmoq xoni Surtoysha hujumidan yurtini himoya qilishga otlanadi. Guloyim Xorazmni ozod qilib, u erda qoraqalpoq, turkman, o`zbek va qozoq halqlari vakillarini birlashtirgan davlat tuzadi.
Asarda Guloyim bilan bir qatorda jang qilgan Oltinoy, O`tbosgan, Arslon, Sarvinoz kabilar timsolida mardlik, jasurlik, vatanparvarlik, insoniylik, ayni paytda dushmanga nisbatan shafqatsizlik xislatlari o`z ifodasini topgan.
Qoraqalpoq yozma adabiyoti. XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakllandi va rivojlana boshladi.
XVIII-XIX asrning birinchi yarmida qor qoraqalpoq adabiyotining ko`zga ko`ringan qator namoyandalari qalam tebratganlarki,ularning nomlari bugungi kunda ham ardoqlanadi.Ulardan biri Jien Jirov (1730-1784) edi. U mashhur baxshi sifatida kamol topdi.Ayni paytda she`rlar ham bitdi. «Xayr endi,do`stlar», «Yuragimda ko`p dog’im», kabi she`rlarida jamiyatdagi noxaqliklardan noliydi.
Jien Jirav xajviy asarning ham ustasi edi. U «Xoy xonimiz,xonimiz» kabi xajviy she`rlarini yaratgan.
Ma`lumki, qozoq xoni Abulxayrga qarshi olib borilgan urushda qoraqalpoqlar engilgan edi. Bu mag’lubiyat natijasida ular azob-uqubatlarga duchor etilgan. Hususan, Sirdaryo bo`ylaridagi qoraqalpoqlar har yoqqa tarqab ketganlar. Ularning bir qismi esa Toshkent atrofiga ( Chirchiq bo`ylariga), boshqa bir qismi esa Qizilqum orqali Xorazmga ( Orol dengizining janubiy sohillariga) ko`chib ketganlar. Mana shu mashaqqatli ko`chishlarning guvohi bo`lgan Jien Jirov o`zining « Darbadar el» nomli dostonini yaratgan edi.
Qoraqalpoq adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan yana biri Kunxo`ja Ibrohim o`g’li (1799-1830 yy) edi.
Uning butun umri Muhtojlikda o`tgan. Shoirning «O`roqchilar», «Oq qamish», «Cho`ponlar» kabi she`rlari diqqatga sazovordir.
Ajiniyoz Kasibay o`g’li (1811-1878 yy) qoraqalpoq halqining atoqli shoirlaridan biri. Mo`ynoqdagi eski maktabda o`qigan. Keyin Xivadagi Sherg’ozixon madrasasida ilm olgan. Shoirning « Bo`zatov» dostonida qorqalpoq halqining boshqa yurtlarga ko`chib ketishiga majbur etilganligi, katta mahorat bilan bayon etilgan. Ajiniyoz shoir she`rlarida vatanparvarlik, insonparvarlik g’oyalari ustun turadi.
Shoir Ajiniyozni butun O`rta Osiyoda tanitgan asari «Qiz Mengash bilan aytishuv» asari edi.
Qoraqalpoq halqi adabiyoti uning asoschisi Berdaq (1827-1900 yy) nomi bilan mashhurdir.
Berdimurod Qarg’aboy o`g’li Berdaq yoshligidan ota-onasidan etim qolib, bir burda non uchun ovulma-ovul ish qidirishga majbur bo`lgan. U ijodini 18-19 yoshlarida do`mbira chertib she`r aytishdan boshlangan. 25 yoshida iste`dodli shoir sifatida halq orasida tanildi. Uning she`rlarida halqning hayotida aks ettirilgan.
Berdaq tarixiy mavzularida ham qalam tebratgan. Uning «Avlodlar», «Omongeldi», «Oydosbiy», «Ernazarbiy» kabi asarlarida halq qaxramonlari faxr bilan kuylanadi
Xivaning Rossiya bilan aloqalari. A.Bеkovich-Chеrkasskiy va Nikiforov diplomatik missiyalari. Shohniyoz xonlik maqomiga ega bo‘lgach, o‘z homiysidan yuz o‘girib, mustahkam tayanch qidirib, Rossiya hukmdori Petr I ga xat yo‘llab, Xivani Rossiya tarkibiga qo‘shib olishni so‘raydi. Sharqda ta’sirni maqsad qilib qo‘ygan rus podshosi 1703-yilda Xivaning Rossiya hududiga qo‘shib olingani xaqida yorliq jo‘natadi. Lekin 1702-1715 yillarda xonlik qilgan Arab Muhammad bunga ahamiyat bermadi. Bu rus podshosining O‘rta Osiyoga e’tiborini qaratdi, xolos. U Xiva xonligini rasman tobe qilish maqsadida Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbarligida Xivaga harbiy ekspeditsiya tayyorladi.
Arab Muhammad va uning vorisi Sherg‘ozixon (1715-1728) davrida xonlikdagi siyosiy nizolar mamlakatning iqtisodini ham izdan chiqardi. Sherg‘ozixon olti ming rus askari bilan 1717-yilda xonlik hududiga kirib qolgan rus harbiy ekspeditsiyasini yaxshi kutib oldi. Uning maslahati bilan Bekovich-Cherkasskiy qo‘shinlarini 3 ga bo‘lib joylashtirdi. Qulay vaziyatdan foydalangan xivaliklar rus qo‘shinlarini butunlay qirib tashlashdi. Natijada rus harbiy ekspeditsiyasi samarasiz yakunlandi.
XVIII asrda Farg`ona vodiysidagi siyosiy vaziyat. O`zbеklarning ming urug`idan bo`lgan Shohruhbiy tomonidan Qo`qon xonligiga asos solinishi. XVIII asr boshlarida Buxoro xonligida siyosiy parokandalik unga rasman qaram bo‘lgan Farg‘ona vodiysiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. 1709-yilda Chodak xo‘jalari isyon ko‘tarib, Farg‘onaning bir qismini egallab olib, mustaqil davlat tuzilganligini e’lon qildilar. 1710-yilda vodiyda ancha kuchli ta’sirga ega bo‘lgan, o‘zbeklarning ming urug‘i boshlig‘i Shohruhbiy (1710-1721) hokimiyatni qo‘lga oldi. Shohruhbiy o‘z hukmronligi davrida Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara atroflarini bo‘ysundirib, o‘z hokimiyatini mustahkamladi. Uning vorisi Muhammad Abdurahimbiy (1721-1733) Xo‘jand, O‘ratepa, Samarqand, Jizzax, hatto Shahrisabzni o‘ziga bo‘ysundirib, mamlakat hududlarini ancha kengaytirdi. Shuning bilan birga u qurdira boshlagan shahar dastlab “Qal’ayi Rahimbiy” deb ataldi. Abdurahimbiyning bevaqt vafoti sababli ukasi Abdulkarimbiy (1733-1750) shahar qurilishini yakunlab, Tepaqo‘rg‘ondan poytaxtni yangi shaharga ko‘chirdi va Eski o‘rda degan joyida o‘rda-qal’a qurdiradi.
O‘sh, Andijon, Marg‘ilonni egallagan qalmoqlar 1745 yilda Qo‘qonni qamal qilganda Abdukarimbiy O‘ratepa hokimi Fozilbek yordami bilan qalmoqlarni mamlakat hududidan haydab chiqarib, davlat mustaqilligini saqlab qoldi. Qalmoqlar garov tariqasida Muhammad Abdurahimbiyning o‘g‘li Bobobekni olib ketishadi. Abdukarimbiy vafotidan keyin xonlar tez-tez almashtiriladi. 1750-1754 yillarda Abdurahmonbiy (1750-1751), Erdonabiy (1751-1753), Bobobek (1753-1754) xonlik qilganlar. Nihoyat, 1755 yilda Erdonabiy 2-marta hokimiyatga kelgach, xonlik ancha mustahkamlandi. U O‘sh va O‘zganni bo‘ysundirib, 1758-1759 yillarda Sharqiy Turkistonga ham yurish qilgan. Bu davrda Qo‘qon xonligi Buxoro va Xitoy bilan tengma-teng kurashadigan davlatga aylandi. Lekin Erdonabiy davrida olib borilgan urushlar mehnatkash xalqning aholini ancha og‘irlashtirdi. Yerdonabiy 1769 yilga qadar taxtni boshqargan. Undan keyin taxtga o‘tirgan Sulaymonbek bor-yo‘g‘i 6 oy xonlik qildi.
Qo‘qon xonligini 1770-1800-yillarda boshqargan Norbo‘tabek markaziy hokimiyatni mustahkamlash va bo‘ysunmas hokimlar qarshiligini bostirishda bir muncha muvaffaqiyat qozondi. U Chust va Namangan hokimlarining o‘zboshimchaliklarini tugatib, qo‘zg‘olon ko‘targan Xo‘jand shahrini bo‘ysundirdi va uni xonlikka butunlay qo‘shib oldi. Lekin 1799-yilda uning Toshkentni egallash uchun yuborgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchradi. Uning hukmronligi davrida olingan mo‘l hosil natijasida xalq faravonligi bir muncha yaxshilandi, Xitoy hukmdorlari Norbo‘tabek mustaqil xon ekanligini tan olgan. Uning vorisi Olimxon (1800-1810) davrida Qo‘qon xonligining siyosiy qudrati mustahkamlandi. Harbiy islohot o‘tkazib, qo‘shinni ancha mustahkamlagan Olimxon Angren vohasini, Toshkent, Chimkent va Turkistonni o‘ziga bo‘ysundirdi. Natijada Qo‘qon savdogarlari Rossiya bilan bevosita savdo qila boshladilar. 1805 yildan Qo‘qon xonligidagi hukmdorlar rasman xon deb yuritila boshladilar. Bungacha ular “biy” va “bek” deb atalardilar.
Olimxon isyon ko‘targan Toshkentni bo‘ysundirish, O‘ratepani egallash va bosib olingan hududlarda o‘z mavqeyini mustahkamlash uchun tinimsiz urushlar olib bordi. U O‘ratepani bo‘ysundirish uchun 10 dan ortiq yurish qilgan. Olimxon olib borgan siyosat butun xalqning Olimxondan noroziligiga olib keldi va bu fitnaga sabab bo‘ldi. Olimxon 1810-yilda ukasi Umarxonning taxtga chiqarilganini eshitib, Qo‘qonga ketayotganda Oltiqush degan joyda fitnachilar tomonidan o‘g‘li Shohruxxon bilan birga otib o‘ldiriladi.
O‘zini amir deb atagan Umarxon (1810-1822) davrida siyosiy jarayon murakkablashib, Chimkent, Turkiston va boshqa shaharlarda g‘alayonlar ko‘tarildi. Davlatni boshqarishda yirik yer egalari, dindorlar, harbiy sarkardalar manfaatini himoya qilib, ular bilan ittifoqda bo‘lgan Umarxon bu g‘alayonlarni bostirib, xonlik hududini parchalanishdan saqlab qoldi. Uzoq urinishlar natijasida 1817-yilda O‘ratepani bosib oldi. Rossiya bilan aloqalarni mustahkamladi. 1818 yilda Umarxon “Amir ul-muslimin” unvonini olib xonlikdagi diniy hokimiyatni ham egalladi. Amiriy taxallusi bilan she’rlar yozgan Umarxon davrida Qo‘qonda adabiyot, she’riyat ancha yuksaldi. 1822-yilda Umarxon kasallanib vafot etdi.
Xonlikning hududi va aholisi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti.
Qo`qon xonligi ijtimoiy asosiy xususiyatlar boshqa ikki xonlikdagidan katta farq qilmaydi. Xonlikda davlat boshqaruvini xon va uning yaqinlari amalga oshirganlar. Davlat boshqaruvida, shuningdek, harbiy-ma`muriy amaldorlarning mavqei ham katta bo`lgan va ular markaziy hamda mahalliy boshqaruvni amalga oshirganlar. Bular o`z hizmatlari evaziga muayyan imtiyozlarga ega tabaqa hisoblansa, din peshvolari ham o`ziga xos imtiyozlarga ega va davlat boshqaruvida muayyan ta`sirga ega bo`lgan tabaqa hisoblangan. Jamiyatning eng ko`p sonli va kam huquqli tabaqasi oddiy halq fuqaro hisoblangan. Asosiy moddiy boyliklar aholining ana shu tabaqasi tomonidan yaratilgan.
Xonlikning iqtisodiy hayotida dehqonchilikning salmog’i yuqori bo`lgan. Bu sohada Farg’ona vodiysi alohida muhim ahamiyatga ega bo`lgan. Xonlikning boshqa hududlarida suv etarli bo`lganligi uchun sug’orma dehqonchilik ishlari yaxshi yo`lga qo`yilgan va O`rta Osiyo mintaqasiga xos bo`lgan deyarli barcha ekin turlari etishtirilgan. Ayniqsa XIX asrga kelib paxta etishtiriladigan maydonlar kengayib bordi va paxtaning asosiy haridori Rossiya hisoblangan. Erga egalik qilishning an`anaviy usullari saqlanib qolingan bo`lib, erlarning asosiy qismi davlatga, hususiy shaxslarga va diniy muassasalarga qarashli bo`lgan. Harbiy hizmatlar uchun «Tanxo», «Tarxon» shaklidagi erlar berilgan va undan foydalanish avloddan-avlodga meros bo`lib o`tmagan.
Chorvachilik ham iqtisodiy sohaning asosiy tarmoqlaridan biri bo`lgan. Bu soha Toshkent vohasi va Turkistonda yaxshi rivojlangan edi. Chorvachilikning eng rivojlangan sohasi qo`ychilik va yilqichilik hisoblangan. O`troq aholi orasida uy chorvachiligi keng tarqalgan.
Hunarmandchilikning asosiy markazlari Qo`qon, Toshkent, Andijon, Marg’ilon, O`sh, Turkistonda yaxshi rivojlangan edi.
Bu soha vakillari to`qimachilik, miskarlik, kulolchilik. Zargarlik, ipak va shoyi mtolar to`qish va boshqa ko`plab hunarmandchilik turlari va kasb sohalarida o`z mahsulotlarini san`at asarlari darajasiga etkazib tayyorlash bilan birga, aholining hunarmandchilik mahsulotlariga bo`lgan talablarini qondirish va tashqi bozorga ham chiqarar edilar.
Xonlikning ichki va tashqi siyosati birmuncha murakkab bo`lishiga qaramasdan ichki va tashqi savdo munosabatlari o`z taraqqiyotida davom etdi. Ichki savdoda Qo`qon, Marg’ilon, Andijon, Toshkent, Chimkent, O`ratepa va boshqa shu kabi yirik shaharlar asosiy o`rin egallasa, bu shaharlardagi ixtisoslashgan bozorlar va karvonsaroylar savdo-sotiq rivojining asosiy omillaridan edi.
Tashqi savdoda xonlik Rossiya, Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlar bilan keng aloqalar olib borardi. Tashqi davlatlardan asosan fabrika mahsulotlari, choy va ziravorlar kabi tovarlar keltirilsa, tashqariga qishloq xo`jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari asosiy tovarlar hisoblanardi.
Xonlikda asosiy soliq turi xiroj va zakot bo`lib, bundan tashqari turli xil soliqlar va yig’imlar yig’ib olinardi. Shuningdek aholi turli vaqtlarda majburiy hashar ishlariga ham jalb etib turilardi. Harbiy harakatlar vaqtida esa soliqlar miqdori va turlari o`zgarib turardi.
Muhammad Alixon davrida xonlik chеgaralarining kеngaytirilishi.
Umarxon 1822 yilda kasallanib vafot etdi va uning o`rniga 16 yoshli o`g’li Muhammad Alixon o`tkazildi.
16 yoshida taxtga o`tirgan Muhammad Alixon (1822-1841) tez orada otasining amaldorlari bilan davlat boshqaruvini o`z qo`liga ola bildi. Muhammad Alixon o`z hukmronligi yillarida bir qancha harbiy yurishlarni amalga oshirdi. 1834 yilda Qorategin, Kulob, Darvoz viloyatlarini bosib oldi. 1826-1831 yillarda Madalixon bir necha bor Xitoyga qarshi urush olib bordi. Qoshg’armusulmonlarining xitoyliklar zulmidan ozod qilishga harakat qiladi va bunda muvaffaqiyatlarga erishadi. Bu kurashlari uchun halq Madalixonni «G’ozi» laqabi bilan atay boshlaydi. Bu urushlar natijasida 70 ming uyg’ur musulmonlar Andijon viloyatiga ko`chirib keltirilgan edi.
Bir qancha muvaffaqiyatlarga erishgan Madalixon ichki siyosatda bir oz istiqbolsiz siyosat yurita boshlaydi. Avvalo davom etib turgan harbiy harakatlarning butunlay og’irligi halq zimmasiga tushib, norozilik ko`payib borayotgan bo`lsa, ikkinchi tomondan Umarxonhukmronligi yillarida yoqmay qolgan davlat amaldorlarini birin ketin o`ldira boshlaydi. Bularning hammasi Madalixondan umumiy norozilikning ortishiga olib keldi. Ayniqsa, uning ahloqiy jihatdan shariatni buzgan deb xisoblangan Madalixonga barcha halq tabaqalari qarshi chiqa boshladilar. Bunday ichki siyosiy vaziyatdan unumli foydalangan amir nasrullo 1842 yilda Qo`qonga yurish qiladi va uni qo`lga kiritib, Madalixon va uning onasi Nodira hamda oila a`zolarini qatl ettiradi. Shu tariqa Madalixon davrida katta siyosiy mavqelarga erishgan Qo`qon xonligi yana usha Madalixonning noto`g’ri siyosati bilan o`zining mustaqilligidan mahrum bo`ldi.
Qo`qon xonligidagi ichki kurash. Xalq noroziligining kuchayishi.
Qo`qonni egallagan Nasrullo bu yerda o`z noibi Ibrohim mang’itni qoldirdi. Biroq Ibrohim dodxoh haddan tashqari zulm o`tkazgani uchun Qo`qon halqining noroziligi ortib boradi va 3 oy hukmronlik qilgan Ibrohim mang’itga qarshi harakatlar boshlanib ketadi. 1842 yilning yozida qipchoqlar yordamida To`raqo`rg’onda xon etib ko`tarilgan Sheralixon bu erdan haydab yuborilgan Ibrohim mang’it o`rniga Qo`qon xonligi taxtiga o`tkazildi.
1842 yil kuzida Amir Nasrullo yana Qo`qonga yurish qilib, uni qamal qiladi. Bu qamalni mustahkamlashda Madalixon davrida yuzboshi bo`lgan Musulmonqul mingboshi katta o`rin tutadi. Qo`qon dastlab Nasrulloxon tomonidan bosib olingan vaqtda 250 qo`qonlik amaldor garovga olingan edi. Ularning orasida shu Musulmonqul ham bor bo`lib, Nasrulloxon ikkinchi marta Qo`qonga bostirib kelgan vaqtda, qamaldagilarni bo`ysunishga majbur qilishga va`da berib Qo`qonga kelgan va aksincha, qo`qonliklarni mudofaani bo`shashtirmaslikka undagan edi. Shu tariqa jiddiy bir natijaga erisha olmagan Nasrullo Buxoro hududlariga Xivaliklarning hujum qilayotganliklarini eshitib, garovdagi qolgan kishilarni ham ozod etib, Buxoroga qaytishga majbur bo`ladi va shu tariqa ozod etilgan Qo`qon taxtiga Sheralixon o`tkaziladi.
1845 yilgacha Qo`qon xonligida nisbatan osoyishtalik hukm suradi. Xonlikda katta mavqega erishgan Musulmonqul turli lavozimlarni ham qipchoq amaldorlariga bo`lib bera boshlaydi. Bu esa o`z navbatida xonlik saroyida qipchoqlar mavqeining oshib ketishiga olib keldi.
Sheralixon hukmronligi yillarida aholidan soliq undirish kuchaytirildi. Oqibatda halqning norozilik harakatlari kuchayib bordi. Buning ustiga Qipchoqliklar boshqa millat vakillarining xonliklariga ta`sirini kamaytirishga harakat qila boshladilar. Bu esa mamlakatda umumiy norozilikning kuchayishiga olib keldi.
Bu siyosiy vaziyatdan qutulish yo`lini o`ylagan Musulmonqul fitna tayyorlaydi, ‘unga ko`ra minglardan bulgan Murodxonni Sheralixonni o`ldirib taxtga o`tirishi kerak edi. Musulmonkul esa bu vaqtda Ushda kutarilgan quzg’alonni bostirish uchun borishni ko`zladi va Nasrullo huzurida bir yil yashagan Murodxon Qo`qonga kelib, fitnachilar yordamida taxtga da`vogarlik qiladi. Bu siyosatning tagida qanday maqsad yotganini juda yaxshi anglagan Sheralixon darhol Murodxon foydasiga taxtdan voz kechadi va ko`p o`tmay qatl etiladi. Musulmonqul esa O`shdan qaytib kelib, Sheralixonni o`ldirgani uchun Murodxonni qatl ettiradi va taxtga Sheralixonning 13 yoshli o`g’li Xudoyorni o`tkazadi.Unga o`z qizini nikohlab berib, amalda hokimiyatni to`laligicha o`z qo`liga olishga va saroyda qipchoqlarni mavqei yanada oshishiga erishadi.
Musulmonqulning amaldagi hokimiyati 1850 yilgacha davom etadi. U hokimiyatdan eng avvalo o`z manfaatlari yo`lida foydalanadi. Bu esa nafaqat xonlik fuqarolari balki qipchoqlar orasida ham Musulmonquldan ham norozi bo`lgan guruhlarning bo`lishiga olib keladi. Bu guruhga O`ratepa, Xo`jand,Marg’ilon beklari qo`shilgach ularga Toshkent begi Nurmuhammad ham birlashadi.
1852 yil fevralda Musulmonqul xon bilan birgalikda Toshkentga yurish qiladi va uni qamal qiladi.Marg’ilon qushbegisi Toshkentliklar tarafiga o`tib ketishi qamalning cho`zilib ketishiga olib keladi,yurish muvaffaqiyatsiz yakunlanadi.
1852 yil iyunida Musulmonqul yana Toshkentga yurish qiladi. Hal qiluvchi jang Chirchiq daryosi bo`yida bo`lib o`tadi va bu jangda Xudoyorxon o`zining asosiy qo`shinlari bilan Toshkentliklar tomoniga o`tib ketadi. Musulmonqul esa tor-mor etilib,bir guruh odamlari bilan qochib qutiladi. Xudoyorxonning bunday yo`l tutishiga Musulmonqulning mavqeini saqlab qolishi maqsadida rus qo`mondonligi vakili V.V. Velyaminov-Zernov bilan maxfiy ravishda uchrashganligi ham sabab bo`lgan edi.
1852 yil 9 oktyabrda Xudoyorxon Toshkentdan chaqirilgan qo`shinlar yordamida qipchoqlar qirg’inini uyushtiradi va natijada saroyda yuqori mavqelarni egallab turgan amaldorlar bilan bir qatorda 20 mingdan ortiq qipchoq o`ldiriladi.1853 yil kuzida esa qirg’izlar orasida yashirinib yurgan Musulmonqul qo`lga olinadi va qatl etiladi.Shu tariqa xonlikning ichki siyosiy vaziyati bir muncha barqarorlashtiriladi. Ayni shu vaqtlarda esa xonlik hududlariga chor Rossiyasining bosqinchilik maqsadidagi mustamlakachilik yurishlari boshlanayotgan va ruslar Oq machit kal`asini bosib olishga erishgan edilar.
Qo`qon xonligida madaniy hayot. Mashrab, Uvaysiy, Nodirabеgim, Mahmur, Gulxaniy. San`at. Mеmorchilik. Miraziz bin Muhammad Rizo Marg‘iloniyning “Tarixi Aziziy”, Otabek Fozil o‘g‘lining “Mufassal tarixi Farg‘ona”, Shavqiyning “Tarixi Turkiston”, Junaydullaxoja o‘g‘li Ibratning “Tarixi Farg‘ona”, Muhammad Solih Toshkandiyning “Tarixi jadidi Toshkand” kabi asarlari Qo‘qon xonligi tarixi haqidagi muhim manbalar hisoblanadi. Shuningdek, rus elchilari, sayyohlari, harbiylari tomonidan yozilgan hisobotlar va arxiv hujjatlari ham ma’lum qimmatga ega manbalardir.
Madaniy hayoti, ta’lim tizimi ham aynan Buxorodagi kabi bo‘lib, tabiiy, dunyoviy fanlarga unchalik e’tibor berilmagan. XIX asrda xonlikning markaziy shaharlarida madrasalar faoliyat ko‘rsatgan bo‘lib, Qo‘qonning o‘zida 15 ta madrasa bo‘lsa ham, Buxoroda ta’lim olgan kishilarning mavqeyi ancha baland bo‘lgan.
Umarxon davrida shakllangan va rivojlangan Qo‘qon adabiy muhiti ta’sirida yaratilgan adabiyot va she’riyat namunalari madaniyat rivojining ko‘rinishi bo‘ldi. Umarxon buyrug‘i bilan Fazliy va Mushriflar tomonidan tuzilgan “Majmuat ush-shuaro” nomli tazkira XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida Qo‘qonda yashab ijod qilgan ijodkorlar haqida muhim ma’lumotlar beruvchi qimmatli asardir. “Devoni Huvaydo”, “Rohati dil” asarlarining muallifi Xo‘janazar Huvaydo, “Hapalak”, “Ta’rifi viloyati Qurama” kabi she’rlar ijodkori Maxmur, hajvchi shoir Gulxaniy (u “Zarbulmasal” asari bilan mashhur”), Fazliy, Mushrif, G‘oziy, Sodiq, Xotif, Amiriy va boshqalar bu davrning ko‘zga ko‘ringan ijodkorlaridir. Ular qatorida Uvaysiy, Nodirabegim, Dilshodi Barno, Mahzuna kabi ijodkor ayollarning ham sezilarli o‘rni bor. XVIII-XIX asrda Qo‘qon, Toshket, Namangan va Andijon kabi shaharlarda, masjid, madrasa, me’moriy majmualar bu davr madaniyatining bir ko‘rinishi sifatida qad ko‘targan.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, XVI-XIX asrdagi o‘lkamizdagi ijtimoiy, madaniy hayot ko‘rib o‘tganimizdek o‘ziga xosliklardan iborat. Bir tomondan adabiyot, tarix, me’morchilik, san’ati sohalarida katta yuksalishlarni, betakror yutuqlarni qo‘lga kiritgan bo‘lsak, ikkinchi tomondan birlikning yo‘qotilishi, o‘zaro nizolarning avj olishi, tabiiy va texnika fanlariga e’tiborning yo‘qotilishi O‘rta Osiyo xalqlarini nafaqat jahon taraqqiyotidan orqada qolishiga, balki xalqimizning chet el bosqinchilari zulmi ostiga tushib qolishiga sabab bo‘ldiki, bu yurtimizning 130 yildan ortiq qaramlikda qolib ketishiga olib keldi.
NA`ZORAT SAVOLLARI:
1. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahr va Xurosonni nisbatan oson egallashiga nimalar sabab bo’ldi?
2. Shayboniylar qachon va qanday shaharlarni zabt etdi?
3. Nima sababdan Shayboniylar Xurosonni qo’lda ushlab turolmadilar?
4. Nima uchun Turkiston uch xonlikka bo’linib ketdi?
5. Buxoro xonligining tashkil topishi haqida so’zlab bering, bu haqda referat yozing.
6. Xiva xonligi qanday muhitda, qachon tashkil topdi?
7. Abdullaxon II davrida Buxoro xonligining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotida qanday o’zgarishlar yuz berdi?
8. Ashtarxoniylar kim, ular Buxoro xonligida hokimiyatni qachon qo’lgan kiritdilar?
9. Qachon va nima uchun Buxoro xonligi amirlik deb ataladigan bo’ldi?
10. Qo’qon xonligining tashkil topishini, hokimiyatni qanday sulola boshqarganini bilasizmi?
11. Buxoro, Xiva, Qo’qon xonliklari tarixiga doir qanday asarlar yozilgan?
12. XV-XIX asrlarda barpo etilgan tarixiy me’moriy yodgorliklarni bilasizmi?
13. Nima sababdan xonliklarda o’zaro va ichki kurashlar uzoq yillar davom etdi?
14. Xonliklarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi qoloqlikning sabablarini bilasizmi?
15. Xonliklar o’rtasidagi o’zaro kurash qanday oqibatlarga olib keldi?
ADABIYOTLAR:
1. Karimov I.A. Istiqlol va ma'naviyat. T., "O‘zbekiston", 1994.
2. Bayoniy M. Shajarai Xorazmshohiy. T., G‘ofur G‘ulom, 1994.
3. Bobobekov X. Qo‘qon tarixi. T., "Fan", 1996.
4. Mirza Abdulazim Somiy. Manqit hukmdorlari tarixi. M- 1962.
5. Xoshimov I. Xindistonda Boburiylar sulolasi saltanati. T., O‘qituvchi, 1996.
6. Shoniyozov K.Sh. O‘zbek xalqining shakllanish jarayoni. T., "Sharq", 2001.
7. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.
8. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
9. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
10. Istoriya Uzbеkistana. (XVI-pеrvaya polovina XIX v.). Kollеkt. avt. –T.:Fan, 2012.
9-MAVZU: O`ZBЕK XONLIKLARINING ROSSIYA IMPЕRIYASI TOMONIDAN BOSIB OLINISHI. MUSTAMLAKACHILIK ZULMIGA QARSHI MILLIY OZODLIK HARAKATI. JADIDCHILIK.
Re`ja:
1. XIX asr o`rtalarida o`zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli, O`rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati. Qo`qon hududiga hujum, Toshkent mudofaasi, Jizzax, O`ratepa janglari.
2. Turkiston general-gubernatorligi. Buxoro amirligining Rossiya imperiyasi vassaliga aylanishi. Xiva xonligiga bosqinchilik yurishlari. Qo`on xonligining tugatilishi, Farg`ona viloyatining tashkil topishi.
3. Rossiya imperiyasining mustamlakachilik siyosati, harbiy boshqaruv tartibi, agrar siyosat, aholini ko`chirib keltirish siyosati, milliy ozodlik harakatlari.
4. Jadidchilik harakat. Birinchi jahon urushining o`lka hayotiga ta`siri. 1916-yil qo`zg`oloni.
Mavzu tarixshunosligi. XVI asrdan boshlab O`rta Osiyoga nisbatan G`arbda muayyan qiziqish shakllana bordi. Bu jarayonda Rossiya muhim rol o`ynadi. Chеgaralari bеvosita Dashti Qipchoqqa bog`langan bu davlat hukmdorlari O`rta Osiyo, xususan, Xiva xonligini o`rganish borasida ko`p say-harakatlarni amalga oshirdilar. Ular tomonidan yuborilgan har bir savdogar va diplomat atrofdagi istеhkom, yo`llar, quduq va manzil-makonlarni sinchkovlik bilan xaritaga tushirish va eslab qolishga harakat qilardi. Natijada Rossiya chеgara mahkamalarida Xiva xonlari va ularning amaldorlari, shahar va qishloqlari, elchi va savdogarlarning shaxsi, ularning mol-mulki va bojxona to`lovlari haqida malumotlar to`plana boshlandi. Kеlgusida esa bu noyob hujjatlar asosida Xiva xonligi haqida kitoblar yozildi va ulardan josuslik maqsadlarida foydalanildi. Ular jumlasiga Xiva xonligiga kеlgan ingliz savdo agеnti A. Jеnkinsonning xotiralari, A. Bеkovich-Chеrkasskiy, A. Pеrovskiy harbiy ekspеdiцiyalari halokati tafsilotlari, harbiy vrach Е. Blankеnnagеlning kuzatuvlari, elchilik vakolati yuklatilgan kapitan N. Muravеvning yozuvlari, G. Danilеvskiyning elchilik safari7 haqidagi hisobotlarini kiritish mumkin. Bu asarlar asosida Xiva xonligi haqida ilmiy-tarixiy fikr shakllana boshladi.
1873 yili Xiva xonligining Rossiya impеriyasi qo`shinlari tomonidan bosib olinishi bilan Xiva shahri tarixining yangi – mustamlakachilik davridagi bosqichi boshlandi. Rus armiyasi bilan Xivaga kеlgan amеrikalik A. Mak-Gaxan, rus sharqshunosi A. Kun, Е. Jеlyabujskiy, gеnеral-lеytеnant V.N. Trotskiy, polkovniklar K. Kostеnko va F.I. Lobisеvich, gеnеral M.A. Tеrеntеv8 shahar va undagi tarixiy yodgorliklar haqidagi qiziqarli malumotlarni o`z maqola va kitoblarida aks ettirdilar.
1915 yili Rossiya bilan Xiva va Buxoro xonliklari o`rtasidagi salkam uch asr davomida amalga oshirilgan tashqi aloqalari tarixining ayrim jihatlari profеssor S.V. Jukovskiyning kitobida o`z aksini topgan bo`lib, unda Xiva shahrining ikki davlat o`rtasidagi siyosiy munosabatlardagi o`rniga ayrim chizgilar bеriladi9. Bu davrda xonlik tarixini yoritishga taalluqli arab, fors mualliflari asarlarining tarjimalaridan parchalarning nashr etilishi bu davr olimlarining fanga qo`shgan yirik hissasi, mеhnatini ko`rsatadi10. Ularda Xiva, Buxoro va Eron muarrixlari asarlaridan ayrim qismlar, Moskva Qadimgi Aktlar arxividagi Buxoro va Xiva xonliklariga oid hujjatlar jamlangandir. Bu to`plamlar poytaxt Xiva haqida ham muhim malumotlarga egaligi bilan ajralib turadi.
XIX asr o`rtalarida o`zbеk xonliklarining ijtimoiy-siyosiy ahvoli va o`zaro munosabatlari.
XIX asrning birinchi yarmiga kelib, O‘rta Osiyoda uch xonlik o‘rtasidagi to‘xtovsiz urushlar, kelishmovchiliklar xonliklardagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni tang ahvolga olib keldi, bu hududlardagi madaniy hayotni izdan chiqardi. O‘lkadagi bunday vaziyat Rossiyadek bosqinchi davlat uchun o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishga qulay sharoit yaratdi.
O`rta Osiyo masalasida Angliya bilan Rossiya o`rtasidagi raqobat.
XIX asr o‘rtalarida jahonning yirik davlatlari o‘rtasida yangi mustamlakalar uchun kurash qizib ketgan davrda Rossiya imperiyasi ham bu kurashdan chetda qolmadi. Shu jihatdan XIX asr o‘rtalarida Angliya va Rossiyaning manfaatlari Turkistonda to‘qnashdi. Rossiya imperiyasi siyosatchilari Buyuk Britaniyaning Turkiston va Kaspiy dengizining sharqiy tomonlarini egallab olishidan g‘oyat xavfsirayotgan edilar. Bunga asos ham yetarli edi. Chunki Angliya o‘z tasarrufidagi Hindiston va Afg‘oniston orqali o‘zbek xonliklari bilan savdo-sotiq va diplomatik aloqalar olib borar edi. Angliyaning asosiy maqsadi xonliklarni bosib olishga chog‘lanayotgan Rossiyaning rejalarini barbod qilish, uchala xonlikni unga qarshi bir kuch qilib birlashtirish va O‘rta Osiyo bozorlarini egallash edi. Shu o‘rinda, Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olishini tezlashtirgan quyidagi omillarni ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
Rossiya yengil sanoatini ta’minlab beruvchi arzon xom ashyo bazasini O‘rta Osiyoda mavjudligi.
Qrim urushi (1853-1856) tufayli Qora dengiz bandargohlarining qo‘ldan ketishi va uning o‘rnini O‘rta Osiyoni egallash orqali to‘ldirish. Shu orqali janubdagi muzlamaydigan dengizlarga chiqish, O‘rta Osiyo orqali Eron, Afg‘oniston Xitoy, Hindiston kabi davlatlarda Anjiyanning ta’sirini yo‘qotib, bu davlatlar bilan savdo va diplomatik aloqalar o‘rnatish. Turkiston bu agressiyalarda platsdarm vazifasini o‘tashi.
Rossiyaning Yevropa bozorlari bilan raqobat qila olmasligi sababli ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish uchun O‘rta Osiyo bozorlarini egallash.
Rossiyada o‘tkazilgan yer islohotlari tufayli qashshoqlashib qolgan aholini ko‘chirib keltirish va ularni yer bilan ta’minlash.
Rossiya impеriyasi qo`shinlarining Qo`qon xonligi hududlariga hujumi. Oqmachit, So`zak, Avliyoota (Jambul), Turkiston, Chimkеnt shaharlarining zabt etilishi. Yuqoridagi iqtisodiy va siyosiy sabablarning kun tartibida turishi natijasida Rossiya imperiyasi dastlabki harbiy harakatlarni boshlab yubordi. Urush harakatlari Qo‘qon xonligiga qaratilgan edi. Bosqinchilar zamonaviy qurol-aslahaga ega bo‘lib, ularga Yevropa urushlarida tajriba orttirgan generallar rahbarlik qildilar. Qo‘qon xonligi esa ichki nizo, hokimiyat uchun urushlar avj olishiga qaramasdan, xonlik aholisi dahshatli yov bilan o‘z ona yurti, dini, g‘ururi uchun kurashga otlandilar. Dastlab general Perovskiyning qo‘shini 1853-yili shiddat bilan Qo‘qon xonligining strategik qal’asi bo‘lgan Oqmachitni egallash uchun yurish boshladi. Salkam bir oy davom etgan qamal natijasida 28 iyul kuni hal qiluvchi jangda qal’a himoyachilari taslim bo‘ldilar. Rus hukumati Oqmachitni qo‘lga kiritilishining katta ahamiyatini anglab, urush qatnashchilarining unvonlarini oshirib, orden-medallar va pul mukofotlari bilan taqdirladi. Oqmachit o‘rniga qurilgan rus qal’asiga general Perovskiy nomi berilib, “Perovskiy porti” deb ataladigan bo‘ldi.
Qrim urushi tufayli to‘xtab qolgan harbiy harakatlar 1860-yil yozida yana jonlandi. Polkovnik Simmerman boshchiligidagi rus qo‘shinlari To‘qmoq, so‘ngra Pishpak qal’asini egalladi. 1864-yil 1-may kuni Verniy istehkomidan yo‘lga chiqqan polkovnik Chernyayevning otryadi qattiq jangdan keyin Avliyo ota qal’asini ham bosib oldi. Chernyayev Avliyo otani olganligi uchun general unvoni va orden bilan taqdirlandi. Xullas, 1847-1864 yillarda rus davlati Qo‘qon xonligining hozirgi Qozog‘iston va Qirg‘iziston yerlaridagi mavqeyiga qattiq zarba berib, ko‘p joylarni qo‘lga kiritdi. Turkiston va Chimkent shaharlari Qo‘qon xonligining muhim va tayanch shaharlaridan edi. Shu bois dushman ushbu ikki muhim shaharga shiddat bilan zarba berishga kirishdi. Turkiston va Chimkentni himoya qilish uchun sarkarda Alimqul (Aliquli) yetib keldi va shahar mudofaasini tashkil qilishga kirishdi. 1864-yil 12-iyulda Turkiston bosib olindi. Veryovkin Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasidagi noyob tarixiy asori-atiqalarni talon-taroj qilib, Rossiyaga jo‘natib yubordi. General Chernyayev boshchiligidagi qo‘shinlar Chimkentni qamal qilar ekan, bu yerda sarkarda Alimqul zarbasiga uchradi. Nihoyat 1864-yil sentabr oyining boshlarida shiddatli janglar Chimkent ostonasida boshlanib ketdi. Harbiy-texnik ustunlikka ega bo‘lgan dushman 22-sentabrda Chimkentni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Toshkеnt mudofaasi, uning bosib olinishi. Jizzax, O`ratеpa uchun janglar. Turkiston va Chimkentning bosib olinishi natijasida rus harbiy qo‘shin bosqinchilik harakatlari yanada kengayib, endilikda mintaqaning eng katta va boy shaharlaridan bo‘lmish Toshkentni bosib olishga keng yo‘l ochildi. 1864 yilning 1 oktyabrida general Chernyayev katta harbiy qo‘shinlari bilan birga Toshkentning sharqidagi Darvishak Qopqa degan joyga yetib keladi. 2 oktabrda dastlabki hujum boshlandi. Ammo toshkentliklar shu darajada qarshilik ko‘rsatdilarki, general Chernyayev mag‘lubiyatga uchrab Chimkentga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Mag‘lubiyat o‘chini olish hissida general Chernyayev 1865-yil 28-aprelda Niyozbek qal’asini olishga buyruq berdi. Shuni ta’kidlash kerakki, Toshkent mudofaasini tayyorlashda Alimqul sarkardaning xizmatlari katta bo‘ldi. U 8-may kuni o‘zining katta qo‘shini bilan Qo‘qondan Toshkentga yetib keldi, 1865-yil 9-may kuni har ikki tomon kuchlari to‘qnashdi.
Alimqulning jangda halok bo‘lishi bilan toshkentliklar orasida sarosima boshlandi. 1865-yil 17-iyunda esa ko‘plab qon to‘kilishini oldini olish maqsadida muzokaralar boshlandi. Chernyayev shaharning Hakimxo‘ja qozikalon, Abdurahmon eshon, domla Solihbek Oxun singari nufuzli kishilari bilan muzokara o‘tkazib, “Toshkent shahar aholisi o‘z ixtiyori bilan Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shildi”, degan soxta ahdnomani to‘ldirishga majbur qildi. Ular bunga ko‘nmagach, jazolanib, soxta ahdnomani to‘ldirishni Abdusattor Qoraboshi o‘g‘liga topshiradi. So‘ngra shahar ”katta”larining barchasiga majburiy ravishda qo‘l qo‘ydirib muhr bostiriladi. Bu ahdnoma tufayli bosqinchilik siyosati oqibatida Angliyadek kuchli davlat bilan urushga majbur bo‘lib qolishdan cho‘chigan Rossiya imperiyasi hukumati xalqaro jamoatchilik ko‘z o‘ngida o‘z hatti-harakatlarini oqlashga urindi. Ahdnomadan nusxalar ko‘chirilib, 1865-yilda Rossiyaning Turkistondagi elchisi qilib tayinlangan N.Ignatev orqali Istambulga jo‘natilib, shahar ko‘chalariga yopishtirib chiqildi. Xulosa qilib aytganda, Toshkent bosib olingach, bu shahar Rossiya imperiyasining Turkiston masalasiga daxldor barcha siyosiy masalalarni hal qiladigan, rus qarorgohi xizmatini bajaruvchi makonga aylanib bordi.
Toshkent uchun bo‘lgan janglardan so‘ng 1865 yili bosib olingan hududlarda Turkiston viloyati tashkil qilindi. Istilochilar Buxoro xonligiga qarshi urush harakatlarini ikki harbiy mavsumda-1866 va 1868 yillarda o‘tkazdilar.
1866-yilda olib borilgan istilochilik bosqinlari oqibatida xonlikning O‘ratepa, Jizzax, Yangiqo‘rg‘on singari hududlari Rossiya tarkibiga kiritildi.
1866-yili Aleksandr II ning Toshkentning Rossiya tasarrufiga olinganligi e’lon qilindi.
Turkiston gеnеral-gubеrnatorligining tashkil etilishi. Rossiya imperiyasiga bundan tashqari o‘z manfaatlarini amalga oshirish uchun mustahkam ma’muriy tuzum zarur edi. Bu masalani hal etish uchun harbiy vazir Milyutin boshchiligida komissiya tashkil etiladi. Mazkur komissiyaga Orenburg general-gubernatori Krijanovskiyning Toshkentni Orenburgga bo‘ysundirish haqidagi taklifi kiritilgan edi. Lekin, bu mustamlaka manfaatlari bilan to‘g‘ri kelmas, Toshkentni markaz sifatida qoldirish va u orqali xonliklarni doimiy nazorat ostida olib turishlarini edi. Shu sababli Krijanovskiy taklifi rad etilib, 1867-yil iyul oyida Turkiston general gubernatorligi tashkil etildi. Markazi Toshkent bo‘lgan Sirdaryo viloyati, markazi Verniy bo‘lgan Yettisuv viloyatlari general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi.
Kaufmanning Buxoroga yurishi. Samarqandning zabt etilishi. Zirabuloq yonidagi jang, amir qo`shinlarining mag`lubiyati. 1868-yilda bo‘lib o‘tgan bu harakatlar Abdulmalik (Katta to‘ra) nomi bilan bog‘liq bo‘lib, Buxoro amiri Said Muzaffarxonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi. Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi xalq-ozodlik harakatining boshlanish nuqtasi G‘uzor bekligi bo‘lib, bu yerda yurt mustaqilligi kayfiyatidagi vatanparvar kuchlar, imperiya kuchlarining tobora davlat ichiga kirib borayotganligidan tashvishlanib Katta To‘ra atrofida birlashgan edilar. 1868-yil 2-8 iyun kunlari rus garnizoniga qarshi kurash uyushtirilib, rus harbiylari bilan birinchi harbiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. General-ad’yutant K.P.fon Kaufman o‘ziga berilgan vakolatlardan foydalangan holda, Buxoro amirligini taqdirini hal qilishga kirishdi. 1868-yil 1-may kuni Buxoro amiri qo‘shinlari bilan chorizm qo‘shinlari o‘rtasida Cho‘ponota tepaligida jang bo‘ldi. Bu hujumga Turkiston general-gubernatori fon Kaufmanning shaxsan o‘zi boshchilik qildi. 2-may kuni Samarqand egallandi.
Fon Kaufman amir bilan Zirabuloqda urushayotgan bir paytda Qarshi, Shahrisabz va Kitob bekliklaridan kuchlar kelib, Samarqandda qo‘zg‘olon boshlandi. Kaufman zudlik bilan Samarqandga qaytib, qo‘zg‘olonni bostirish bahonasida minglab mahalliy aholini qirishga buyruq berdi, hamda qimmatbaho boyliklar talandi.
1868 yil 23 iyunga kelib, chorasiz qolgan amir Muzaffar Turkiston general-gubernatori fon Kaufman bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi va Rossiya imperatorining vassaliga aylandi. Bu sulhga ko‘ra, Buxoro amirligi o‘z mustaqilligini yo‘qotibgina qolmay, Samarqand, Kattaqo‘rg‘on va Zarafshon daryosining yuqori qismidan ham ajraldi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Samarqandni amirlikda qoldirish yuzasidan munozaralar bo‘lib o‘tgan. Lekin Kaufmanning harakatlari bilan Samarqand Rossiya imperiyasi tarkibida qoldiriladi. 1868-yil iyunda Samarqand va Kattaqo‘rg‘onni o‘z ichiga olgan Zarafshon okrugi tashkil etilib, unga general-mayor A.K. Abramov boshliq etib tayinlanadi.
Amir tovon sifatida 500 ming oltin to‘lashga, xorijiy mamlakatlar bilan mustaqil ravishda aloqa o‘rnatmaslik majburiyatini olishga va rus savdogarlarining amirlik hududida erkin savdo qilishlariga, karvonsaroylar hamda do‘konlar ochishlariga rozi bo‘ldi. Amirlikdan tortib olingan hududlarda 1868-yil Zarafshon okrugi tuzilib, unga general-mayor Abramov boshliq etib tayinlandi. Amir Muzaffar tomonidan amirlik mustaqilligini amalda yo‘qotuvchi va katta iqtisodiy talofatlarga sabab bo‘luvchi sulhga qo‘l qo‘yilishi xalq yuqori tabaqa vakillarining noroziligi va nafratini yanada kuchaytirdi. Shu vajdan ham unga qarshi harakatlar ayniqsa Shahrisabz va Qarshida avj oldi.
Amirdan norozi kuchlar uni hokimiyatni boshqara olmaganlikda va amirlikning ancha qismini qo‘ldan boy berganlikda ayblab, chor hukumatiga qarshi urushni davom ettirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan edilar. Muzaffarning to‘ng‘ich o‘g‘li amirzoda Abdulmalik To‘ra (Katta To‘ra) va erksevar beklar Jo‘rabek, Bobobek hamda Sulton Sodiq birgalikda ozodlik kurashini davom ettirdilar. Vatanparvar kuchlar amir Muzaffarga qarshi urushib, davlatning uch qismini, jumladan, Qarshini egallaydilar. Karmana, Chiroqchi ham tez orada ularning qo‘liga o‘tdi. 1868-yilning kuzida amir Muzaffar fon Kaufmandan yordam so‘radi. Bunga javoban Kaufman general Abramov boshchiligidagi harbiy qo‘shinlarni qo‘zg‘olonni bostirish uchun yubordi. 1868-yil 21-oktabrdagi jangda Abdulmalik to‘ra boshchiligidagi vatanparvar kuchlar mag‘lub bo‘ldi. Shundan so‘ng, Abdulmalik bilan Sulton Sodiq Xiva xoni huzuriga boradi. Abdumalik Xivada ko‘p turmay Afg‘oniston tomon yo‘l oldi. U yerdan ham yordam ololmagach Xudoyorxon huzuriga keldi. Bu yerdan Qashqarga, Yoqubbek huzuriga boradi va shu yerda panoh topib, 1909 yili Peshovarda vafot etadi.
Kaufmanning Xiva xonligiga bosqinchilik yurishi. Xa`zorasp, Xo`jayli, Qo`ng`irotning zabt etilishi.Rossiya imperiyasining hukmron doiralari Buxoro amirligi va Qo‘qon xonligi yerlaridan tashkil topgan Turkiston general-gubernatorligini O‘rta Osiyodagi harbiy operatsiyalar uchun tayanch markaziga aylantirib istilo tig‘ini Xiva xonligiga qaratishdi. Bekovich-Cherkasskiy ekspeditsiyasining halokati va 1839-yilda Perovskiy yurishining barbodi hali rus generallari yodidan chiqmagan edi. O‘zbek xonliklarining uchinchisi-Xiva o‘z mustaqilligi bilan mustamlakachilar uchun jiddiy xavf solib turar edi. 1872-yil oxirlarida harbiy vazir boshchiligida Peterburgda Turkiston, Orenburg general-gubernatorlari va Kavkazdagi podsho noibi ishtirokidagi mahfiy kengashda Xiva xonligini bosib olishga uzil-kesil qaror qilindi. Generallar rejasiga ko‘ra Turkiston general-gubernatorligiga oid kuchlar sharqdan, Orenburg gubernatori va Kavkaz noibligiga oid harbiy kuchlar g‘arbdan va shimoliy-g‘arb tomondan yurishi kerak edi. Rossiyaning tajovuzkor niyati Xiva xoni va uning amaldorlariga sir bo‘lmagan. Said Muhammad Rahimxon II ruslar tahdidiga qarshi Angliyadan madad so‘ragandi. Angliyaning hukmron doiralari Xiva mustaqilligini saqlab qolishdan manfaatdor bo‘lsalar ham, Rossiya bilan ochiq to‘qnashuvdan xavfsirar edilar. Xiva endi o‘z kuchiga ishonib, ish ko‘rishi lozim edi. Xonlik qo‘shinida 27 eski zambarak, 2 ming otliq, 4 ming navkardan iborat harbiy kuch bo‘lib, ular ham, asosan, poytaxtda jamlangan edi. Xiva istilosiga otlangan Rossiya mustamlakachi qo‘shin ham son, ham sifat jihatidan va harbiy qurol-yarog‘lar texnikasi bilan ham Xiva xonligi qo‘shinidan ustun edi. Turkiston otryadiga general Kaufman (22 rota, 1800 kazak va 18 to‘p), Orenburg otryadiga polkovnik Veryovkin (15 rota, 600 kazak, 8 to‘p) qo‘mondon bo‘lib, Orol flotiliyasi ham ular ixtiyorida edi. Turkiston general-gubernatori fon Kaufman yurish oldidan Xivani siyosiy tarafdan ham yakkalab qo‘yish uchun Buxoro amiri va Qo‘qon xoniga tahdidli maktublar yo‘llab, ularni Xivaga yordam bermaslikka chaqiradi.
Xiva xoni masalani tinch yo‘l bilan hal qilishga urinishlari behuda ketgach, harbiy kengash chaqirib, mudofaa rejalarini tuzadi va dushman istilochilariga qarshi o‘zining lashkarboshilarini safarbar qiladi. Matmurod devonbegi, Mahmud yasovulboshi, Yoqubbek qalmoq, Eltuzar inoq va Bobo Mehtar rahbarligidagi o‘zbek va turkman yigitlari rus qo‘shinlari hujumini qaytarish uchun ikki guruhga bo‘linib yo‘lga tushadilar. General Veryovkin Qo‘ng‘irotga yurish qilib, talofatlar berib bo‘lsa-da Xo‘jayli va Mang‘it qal’alarini ishg‘ol qildi. Keyinchalik Xorazmning ko‘hna qal’asi Xazorasp egallandi. Bu qal’ani bosh qo‘mondon fon Kaufman o‘ziga qarorgoh qilib, ichkari siljish uchun tayanch punktga aylantirdi. 1873-yil 29-may kuni ruslarning asosiy kuchlari Xiva ostonalarida paydo bo‘ldilar. Muhammad Rahimxon II Xivani o‘z ixtiyoridagi kuchlar bilan mudofaa qilib bo‘lmasligiga ko‘zi yetib, Izmiqsho‘r tarafidagi turkman ovuliga ketishga majbur bo‘ldi. Bundan foydalangan Amir To‘ra va Otaxon to‘ra xon nomidan fon Kaufman Xiva shahrini vayron etmaslikni so‘radi. Ammo Kaufman ulardan xonni topishni talab qildi va muzokaralarni faqat u bilan olib borish mumkinligini bildirdi.
Muhammad Rahimhon Xivaga qaytib kelguncha bosqinchilar saroyni talab, barcha qimmatbaho buyumlarni, 300 ta qo‘lyozma asarni Peterburgga jo‘natdilar.
Gandimiyon shartnomasi. Xiva xonligining Rossiya impеriyasi vassaliga aylantirilishi. Amudaryo bo`limining tashkil etilishi.
1873-yil 12-avgustda Gandimiyon qishlog‘ida fon Kaufman sulh shartnomalarini Muhammad Rahimhon diqqatiga havola qildi. Bunga ko‘ra, Amudaryoning o‘ng qirg‘oqlari Rossiya ixtiyoriga o‘tdi, rus kemalarini Amudaryo bo‘ylab suzishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratildi. Rus savdogarlari xonlik hududida erkin savdo qilish, Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi savdo omborlari qurish huquqini oldilar. Xiva xonligi Rossiya vassaliga aylanib, xonlik zimmasiga 2.000.000 so‘mlik tovon to‘lash majburiyati yuklandi. Rossiya fuqarolariga xonlikda ko‘chmas mulk sotib olishga ruxsat berildi.
Qo`qon xonligida siyosiy tanglik. Xalq qo`zg`olonlari. Po`latxon, Nasriddinbеk. Rossiya impеriyasi tomonidan Qo`qon xonligining bosib olinishi va xonlikning tugatilishi. Farg`ona viloyatining tashkil etilishi.
Qo‘qon xonligida chuqur siyosiy va iqtisodiy inqiroz hukm surmoqda edi. Bu vaqtda xonlik yerlarining yarmi rus davlati tomonidan bosib olingan edi. Uning hududi asosan Farg‘ona vodiysidan iborat bo‘lib, Xudoyorxonning so‘nggi hukmronlik yillari (1865-1875) edi. “U,-deb yozgan edi, Ibrat o‘zining ”Farg‘ona tarixi” asarida,-Rusiyadan xotirjam bo‘lib; vaqtini o‘yin-kulgi bilan o‘tkazib, ulamo va fuzalo nasihatlariga amal qilmay, jabru-zulm tarafiga o‘tib turganida rayiyatu xalq undan yuz o‘gurdi... “ Xudoyorxonning qattiq zulmi, og‘ir iqtisodiy hayot hamda uni Rossiyaning itoatli xizmatkoriga aylanishi xalq g‘azabini qo‘zg‘atdi. Xonga qarshi xalq bilan birgalikda saroy harbiylari va amaldorlari, ruhoniy va savdo vakillari ham bosh ko‘tardi. Bunda o‘zbeklar, qirg‘izlar va tojiklar faol qatnashib Xudoyorxonga va rus davlatining tajovuziga qarshi kurashdilar.
Bu harakatning yuzaga kelishida qirg‘iz Mullo Is’hoq Hasan o‘g‘lining o‘rni katta bo‘lib, u Po‘latxon nomi bilan shuhrat qozongan edi. 1872 yili Sherdodhoh boshchiligidagi bir necha qirg‘izlar Samarqandga borib, Po‘latxonni taxtga o‘tkazish haqidagi maqsadlarini bayon etadilar. Ammo, Po‘latxon taklifni rad etgach, Mullo Is’hoq uning nomi bilan taxt uchun kurashishni zimmasiga olgan. Shu ravishda Mullo Is’hoq Po‘latxon, ya’ni sobiq hukmdor Olimxonning nevarasi sifatida siyosiy kurashga kirishadi. U xalqning Xudoyorxon zulmi va rus davlatiga qarshiligini yaxshi anglagan holda harakat qilib, Namangan uyezdining shimoliy qismidagi, Koson va Nanay oralig‘ida istiqomat qilgan Qutluq Sayid qabilasining yordami bilan atrofiga 500 kishini to‘playdi. Shu ravishda Po‘latxon boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlandi.
1875 yilda atrofiga 200 dan ziyod kishini to‘plagan Po‘latxon O‘zganga kelib, xonga qarshi katta xavf tug‘dirdi. Ularga qarshi Xon Iso Avliyo, Abdurahmon Oftobachi va Sarimsoq Eshikog‘asi boshchiligida 4000 kishilik askar yubordi. Biroq 1875 yil 28 iyulda yirik amaldorlar o‘z qo‘shini bilan, Xudoyorxonning o‘g‘li Andijon hokimi Nasriddinbek 5000 kishilik qo‘shini bilan qo‘zg‘olonchilar tomonga o‘tib, birlashdi. Xonlikning asosiy harbiy qismlari va lashkarboshilarining qo‘zg‘olonchilar tomoniga o‘tib ketishi Xudoyorxon taqdirini hal etgan omil bo‘ldi. Shundan so‘ng Xudoyorxon Kaufman huzuriga oila a’zolari bilan qochishga majbur bo‘ldi. Qo‘qonda esa Abdurahmon Oftobachi boshchiligidagi guruhlar Nasriddinni taxtga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Nasriddinxon Turkiston general-gubernatorligi bilan go‘yo yaxshi aloqalarni o‘rnatish maqsadida Kaufmanga xat yuboradi. Bunda u o‘zining taxtga o‘tirganligini ma’lum qilish bilan birga, do‘stona aloqada bo‘lish xaqida so‘z yuritadi.
Aslida esa u imperiyaning tajovuziga qarshi kuchlarni to‘plashga urindi va shu o‘rinda o‘z harakatini so‘rab, Buxoro amiri va Toshkentning eng nufuzli kishilaridan biri bo‘lgan Sayidazimboylarga xat jo‘natdi. Qo‘qon xonligidagi xalq harakatlari va Xudoyorxonning qochishi orqasida yuzaga kelgan og‘ir vaziyat rus hukumatiga qo‘l keldi. 1875-yil 20-avgustda Kaufman boshchiligidagi qo‘shinlar tomonidan Mahram qa’lasining egallanishi xonlik taqdirini uzil-kesil hal qildi. Nasriddinxonning Kaufman bilan kelishuvi xalqning qahr-g‘azabini uyg‘otdi. Po‘latxon atrofida to‘plangan xonning atoqli amaldorlari Andijonning Bo‘taqora qishlog‘ida uni xon deb e’lon qildilar. Kaufman Andijonga Trotskiy va Skobelev boshchiligida katta qurolli kuchlarni yubordi. Oktyabr oyi boshlarida Andijon ruslar tomonidan oyoq-osti qilindi. Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, Andijonda shaxsan Skobelev boshchiligida 20 ming kishi o‘ldirilgan.
Po‘latxon Namanganda mag‘lubiyatga uchragach Asakada o‘rnashib, kurashni davom ettiradi va O‘sh, Andijon va Marg‘ilonni egallaydi. O‘ziga yoqmagan odamlarni o‘ldirib yuborishi Po‘latxon obro‘sini ancha tushirib yubordi. Shuningdek, Abdurahmon Oftobachi ham dushmanga taslim bo‘ldi. 1876-yil 28-yanvarida Uchqo‘rg‘onda mag‘lubiyatga uchragan Po‘latxon Oloy vodiysida so‘nggi kuchlari bilan tor-mor etildi. 1876-yil fevral oyida Qo‘qon qamal qilingach Nasriddinxon taslim bo‘ldi va Abdurahmon Oftobachi bilan Toshkentga jo‘natildi. Qo‘qon xonligi tugatilib, o‘rniga Farg‘ona viloyati tashkil etilib, unga general Skobelev harbiy gubernator etib tayinlandi.
II
Rossiya impеriyasining o`lkamizdagi mustamlakachilik siyosati. Mustamlakachilik boshqaruv tizimi Rossiya imperiyasi O`rta Osiyoni bosib olgach, mustamlakachi ma’murlari tomonidan boshlangan dastlabki ish o`lkada ma’muriy-boshqaruv tizimini mustahkamlash bo`ldi. Mustamlaka siyosati ma’muriy boshqaruv tizimini yaratishda “boshqa davlatlar o`rnatgan ma’muriy boshqaruv tizimi Turkistonning jahon sivilizasiyatsiyadan chetda qolib ketgan “yarim yovvoyi xalqlari” uchun maqbul bo`lmaydi”, degan fikrga to`liq amal qilib keldi va tipik ruscha boshqaruv tizimini yaratdi. Shu maqsadda 1867-yil imperiyaning boshqa mintaqalaridan farq qiluvchi, o`ta harbiylashtirilgan Turkiston general gubernatorligi ta’sis etildi. “Turkiston general gubernatorligi viloyatlarini boshqarish haqidagi vaqtli nizom” loyihasida ham shu holat o`z aksini topdi. “Harbiy xalq boshqaruviga asoslangan” general gubernatorlik o`z qo`lida harbiy va fuqoro hokimiyatini birlashtirdi. Turkistonda imperiya barpo etgan bu mustamlakachilik apparatining birinchi navbatdagi vazifalari Rossiya manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, o`lkaning tabiiy boyliklarini talash bilan bog‘lanib ketdi. O`z navbatida ma’muriy-boshqaruv apparati xodimlarining asosan ruslardan tashkil topganligi ham imperiya olib borgan siyosatning mohiyatini ochiq oydin ko`rsatib berdi.
Turkiston general gubernatorligi Rossiya imperiyasi xududidagi birorta ham gubernalar ega bo`lmagan huquqlarga, katta imtiyozlarga ega bo`ldi. Jumladan, u xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar olib borishi, soliq siyosatini belgilashi, rus fuqoroligi huquqlarini berishi, mahalliy aholi ustidan chiqarilgan hukmlarni belgilashi mumkin edi. Markaziy boshqaruvda general gubernatorlikning ahamiyati katta bo`lganligi sababli general gubernatorlik dastlabki vaqtdanoq to`rt bo`limdan iborat bo`ldi. Bu bo`limlar ma’muriy nazorat ishlari, moliyaviy xo`jalik ishlari, soliqlar nazorati, sud va huquq ishlari bilan shug‘ullandi. Ma’muriy boshqaruv zo`ravonlikka asoslangan doimiy usul sifatida saqlanib qoldi.
1886 yilgi «Turkiston o`lkasini boshqarish haqidagi Nizom» va mamuriyatchilikning kuchayishi.Bu holat 1886-yil “Turkiston o`lkasini boshqarish to`g‘risidagi nizom loyihasi” qabul qilingandan so`ng o`ta darajada og‘irlashdi. Chunonchi, bu nizom orqali Turkiston general-gubernatorligining huquqlari yanada kengaytirilib, o`lka beshta viloyatga bo`lindi. Viloyatlardagi boshqarmalar guberniya boshqarmasi huquqiga ega bo`lishdi. Ushbu viloyatlar esa uezd va volostlarga bo`lib boshqarildi. Uezdlar Turkiston general-gubernatorligi ma’muriy tuzilmasining o`zagini tashkil etdi. O`lkaning bunday boshqarilishi Turkiston general-gubernatori S.M. Duxovskiyning fikricha,“mahalliy aholining ustidan bo`lgan nazoratni tinimsiz ta’minlab turish” bo`lgan edi. Uning fikricha, “insoniylik va insonparvarlik g‘oyalarini o`z hokimlarining beboshligiga o`rganib qolgan mahalliy aholiga nisbatan qo`llab bo`lmaydi.”
Toshkеnt shahar Dumasi.
Umuman, o`lkani rus burjuaziyasi, dvoryan-pomeshchiklari mulkiga aylantirishda tayanch nuqta vazifasini o`tashi uchun Toshkent shahri general-gubernatorlik markazi etib tayinlandi. Chunki Toshkent o`lkani nazorat qilishda siyosiy jihatdan katta ahamiyatga ega edi. Shu sababli darhol istilochilar tomonidan “rus Toshkent”ini barpo etish uchun maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiya tomonidan mahalliy aholi uylaridan haydalib, zo`rlik bilan ko`chirilib, ularning uy-joylari o`rnida rus askar va ofiserlari, ma’muriy xodimlar uchun yangi turar joylar, bog‘lar barpo etildi. Toshkent shahri ikki qismga bo`linib, “yangi shahar” va ”eski shahar” nomini oldi. “Eski shahar” aholisi shaharning ruslar yashaydigan qismga o`tishi qat’iy ta’qiqlandi.
Mustamlaka ma’muriyati Toshkent shahri boshqaruvini kuchaytirish uchun ham “Shahar nizomi”ni tayyorlab, saylovchilar tartibini belgiladi. Unga ko`ra saylovchilar uch toifaga ajratilib, ushbu guruhga ko`p mulkka ega bo`lgan shaxslar kiritildi. Ishchilar, hunarmandlar, ziyolilar buncha ko`p mablag‘ga ega bo`lmaganligi sababli ular saylovdan mahrum etildi. Har bir toifa boshlig‘i-hokim to`ra ishtirokida shahar dumasi va boshqarmasi saylandi. Toshkent dumasi faoliyati ustidan bo`lgan qat’iy nazorat general gubernator tomonidan olib borildi
III
Rossiya impеriyasining o`lkamizda iqtisodiy hukmronlikni o`rnatish tadbirlari. Rossiya sanoat va moliya kapitalining hukmronligi. Tijorat ishlari. Tеmir yo`l, zavod va fabrikalar qurilishi. Agrar siyosat.
Turkiston istilo qilingan dastlabki vaqtdan boshlab Rossiya imperiyasi o`lkani boylik orttirish manbai deb bildi. Metropoliyaning iqtisodiy siyosati Rossiya sanoatini muntazam xom-ashyo bilan ta’minlab turish maqsadida paxtachilik, qishloq xo`jaligining sanoatbop mahsulot beradigan sohalarini rivojlantirish, yer islohoti o`tkazish yo`li bilan natural xo`jalik rivojlanish imkoniyatlarini cheklash, sanoat mahsulotlari sotish uchun keng bozorlar yaratish, mahalliy hunarmandchilikning to`qimachilik sanoat mahsulotlari bilan raqobat qiladigan sohalarini tugatish maqsadlarini ko`zladi. Bu siyosatdan Rossiya to`qimachilik sanoatining korchalonlari, dvoryan-pomeshiklari, rus burjuaziyasi manfaatdor edi. Shuning uchun mustamlaka ma’muriyati o`lkada paxtachilik sanoatini rivojlantirish uchun mablag‘larni ayamadi.
Paxtaga bo`lgan ehtiyoj kuchayishi shu darajaga olib keldiki, paxtachilik butun aholining kuchi va e’tiborini o`z girdobiga olgan sohaga aylanib ketdi. Paxtachilik rivojlanishi bilan xom ashyo yetishtirish yo`liga o`tib olgan dehqonlar ahvoli tobora og‘irlashib bordi. Chunonchi, ijtimoiy tabaqalanish kuchayib borayotganini ko`rsatuvchi bu jarayon ishlab chiqarish kuchlari keng rivojlanmagan mustamlaka o`lkada bo`layotganligi sababli yana ko`proq og‘ir oqibatlarga olib kelib, ayniqsa, oziq-ovqat mahsulotlari masalasida ham qiyinchiliklar keltirib chiqardi. Mustamlakachi ma’murlar bu vaziyatdan foydalanib, chetdan keltirilayotgan mahsulotlarga ham narxlarni o`zlari belgilay boshladilar.
O`lka boyliklarini talash, imperiya bosqinchilarining mustamlakachilik manfaatlariga xizmat qiladigan temir yo`llar qurishni taqozo etar edi. Shu sababli uzoqqa mo`ljallangan harbiy va iqtisodiy rejalarni hisobga olib janubiy chegaralarni mustahkamlashga xizmat qiladigan temir yo`llarni qurishga kirishildi. 1881-1886-yil Mixaylovskiy ko`rfazidan Chorjo`ygacha Kaspiy orti temir yo`li qurildi. 1906-yili Toshkent Orenburg temir yo`li qurib ishga tushirildi. 1912-yilga kelib Farg‘ona vodiysi Rossiya bilan temir yo`l orqali bog‘landi. Bularning barchasi o`lkani xom ashyo hamda savdo bozori sifatidagi mavqeyini yanada mustahkamladi va Turkistondan mahsulot olib kelish va olib ketish bo`yicha o`lkani Rossiyaga butunlay qaram qilib qo`ydi.
Xalq uchun katta ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik ofatlar keltirgan, Rossiya imperiyasi manfaatlari uchun nihoyatda qulay bo`lgan paxta yakka xokimligi kuchayishi, metropoliyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi mustamlaka o`lkani ham o`z domiga tortib borishi bu yerlarda xom-ashyoga dastlabki qayta ishlov beruvchi sohalarni tashkil etishni ham taqazo etdi. Xom ashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq bo`lgan korxonalar yangidan barpo etilayotgan sanoatning asosiy sohasi edi. Ana shunday korxonalar soni 1900-yilga kelib, 170 dan ortib ketdi. Bu korxonalarning asosan 80 foizini paxtaga qayta ishlov beruvchi korxonalar tashkil etdi.
Mahalliy aholining mehnatidan foydalanish mumkin bo`lgan bu korxonalarda ham asosan mahalliy aholi eng past ishlarga qabul qilindi. Zavod va fabrikalardagi malakali ishlarga asosan rus millatiga mansub bo`lgan kishilar qabul qilinganligi sababli mahalliy aholi bu ishlarga qabul qilinmagan. Natijada mustamlaka o`lkada mahalliy ishchilar soni nihoyatda oz sonni tashkil etib, ular kuchli ijtimoiy qatlamni tashkil etmadi. Dehqonlar ommasining qashshoqlanishi, ular o`rtasida ommaviy noroziliklar kuchayishi o`lkada siyosiy vaziyat keskinlashishining asosiy zamini bo`ldi.
Rossiya aholisini ko`chirib kеltirish siyosati. Mahalliy aholining unumdor yerlardan siqib chiqarilishi.
Mustamlaka o`lkadagi ijtimoiy, siyosiy vaziyat keskinlashib, mahalliy aholi turmush tarzi yomonlashuviga olib kelgan omillardan biri, ko`p sonli rus aholisining ko`chirib keltirilishi bo`ldi. Ular o`lkani boylik orttirish manbalaridan biri deb bilganliklari uchun Markaziy Rossiyadan o`lkaga doimiy yashash uchun kelayotganlar soni ko`paydi. Turkistonda rus shaharlari va qishloqlari qad ko`tardi. Jumladan, 1875-yildan to 1890-yilgacha Turkistonga 1300 oila ko`chib kelib, 19 ta rus qishlog‘i vujudga keldi. 1891-92-yillarda Rossiyada ocharchilik kuchaygan vaqtda bu qishloqlar soni 25 taga yetdi.
1888 yil 15 martda chiqqan “Turkestanskiye vedomosti” gazetasida bu harakatlar “Rossiyadan ko`chib kelayotganlar bo`sh yerlarni o`zlashtirishga, bog‘-rog‘lar yaratishga yordam beradi” deb ko`rsatilgan edi. Aslida qashshoqlashib ketgan rus aholisini Turkistonga ko`chirib keltirilishi Rossiyada tobora chuqurlashib borayotgan ichki ziddiyatlarni hal etishning bir yo`li edi. Ikkinchi tomondan esa, mustamlaka o`lkada ko`p sonli rus aholisining bo`lishi Rossiya davlati uchun harbiy va siyosiy tayanch ham edi. Rus millatini o`lkaga ko`chirib kelish, ularni mahalliy aholi bilan assimilyasiya qilib yuborish, Turkistonda doimiy yashaydigan rus aholisini tarkib toptirish mustamlaka siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo`lganligi sababli chor Rossiyasi ko`chirish siyosatini amalga oshirish uchun 1896-1906-yillarda 3 mln oltin so`m miqdorida harajat qildi. 1907-yilga kelib bu harajat 13 mln oltin so`mga etdi.
Ko`chirib keltirilgan rus dehqonlari katta imtiyozlarga ega bo`ldilar, ulardan ma’lum muddatgacha soliq olinmadi. Podsho hukumati bu harakatlarni “mahalliy aholining manfaatiga aslo zid kelmaydi, chunki ko`chib kelganlar yangi o`zlashtirilayotgan va bo`sh turgan yerlarga joylashadilar, mahalliy aholi esa o`z ehtiyojini to`la qondirib kelayotgan yerlarning to`liq egasi bo`lib qolaveradi” deb asosladi. Biroq bu amalda bajarilmadi. Chorizm har qanday yo`l bilan bo`lsa ham unumdor yerlarni rus dehqonlariga ajratib berishga harakat qildi va yer soliqlarini oshirib, mahalliy aholini o`z yerlarini sotishga majbur etdi. Bunday “bo`sh turgan yerlar” birinchi navbatda harbiy xizmatdan bo`shagan askarlarga, Rossiyadan ko`chib kelayotgan dehqonlarga berildi. Ana shunday o`troq rayonlarlan tortib olingan yerlar Sirdaryo viloyatida 47.600 tanob, Farg‘ona viloyatida 75.000 tanob, Samarqand viloyatida 3000 tanob, Kaspiy orti viloyatida 7000 tanobni tashkil etdi.
Mustamlakachilikni kuchaytirishga qaratilgan madaniy va marifiy siyosat. Rus-tuzеm maktablari. Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma’naviy-madaniy jihatdan tutqinlikka solish, o’zining uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, ruslashtirishdan iborat edi. Turkiston general-gubernatorligining Farg’ona viloyati harbiy-gubernatori Skobelev shunday deb yozgan edi: «Millatni yo’q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo’q qilsang bas, tez orada o’zi tanazzulga uchraydi». Turkistonda ana shunday yovuz qarashlarga mos siyosat va amaliyot yuritildi. Turkistonning noyob tarixiy, ma’naviy, madaniy boyliklari talon-taroj qilindi. 1870 yilda Toshkentda ochilgan kutubxona va 1876 yilda tashkil etilgan muzeyda o’lkaning ma’naviy-madaniy hayotini aks ettiruvchi oltin, kumush, misdan yasalgan immatbaho buyumlar, gilamlar, amaliy san’at namunalari, tarixiy yodorliklar, arxiv
hujjatlari, qo’lyozma kitoblar va boshqa osori-atiqalar to’plandi. Ular ko’rikdan o’tkazilib, qimmatbaho va nodir deb baholanganlari Peterburg va Moskvaga tashib ketildi. San’at darajasida ishlangan Muhammad Rahim taxti, Amir Temur maqbarasining naqshinkor darvozasi, undagi bitiklar, oynalar, oltin koshinlar, Ahmad Yassaviy maqbarasidagi naqshinlar, katta qozon («Nazir-niyoz qozoni»), turli tarixiy buyumlar, noyob kitoblar va boshqalar shular jumlasidandir. Islom diniga e’tiqod, ruhoniylar, masjid va madrasalar oyoq osti qilina bordi. Rossiya ma’murlari musulmon muassasalari, madrasa ishlariga aralashib, ularning faoliyatini tobora cheklab bordi. Maorif va madaniyat sohasida ruslashtirish siyosati yuritildi. Turkistonlik bolalarni ruslar bilan aralashtirib o’qitish va tarbiyalash g’oyasi ilgari surildi va 1884 yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. XIX asr oxirida ularning soni yuztadan oshib ketdi. Bunday maktablarda rus va o’zbek muallimlari dars mashg’ulotlarini o’tadigan bo’ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Chorizm ma’murlari erli aholi bolalarini «rus-tuzem maktablari»ga jalb qilish, qiziqtirish uchun o’lkadagi mahalliy ma’muriyat boshqaruvida rus tilini bilganlar ishlaydi, degan talabni qo’ydilar. Bu talabdan maqsad «erlilarda mansabga qiziqib» rus tilini o’rganish, ruslashish manfaatini uyg’otish edi. Rus tilini bilgan mahalliy aholi vakillariga imtiyozlar yaratildi. Shu tariqa, o’lkada ish yuritish astasekin rus tiliga o’tkazilabordi. Chor ma’murlari mahalliy aholiga Rossiyaning ulug’vorligini ko’rsatish, Yevropacha turmush tarziga qiziqtirish uchun Rossiyaning markaziy shaharlariga sayohatlar uyushtirdilar. Katta yoshdagilarni, shuningdek, yoshlarni guruh-guruh qilib Peterburg, Moskva va boshqa shaharlarga olib borib oq podshohning qudratini, baland imoratlar, ishlab chiqarish korxonalarini ko’rsatishardi. Mustamlakachilar sayohatchilar o’z yurtiga qaytib borgach, Rossiyaning ulug’vorligi haqida vatandoshlariga so’zlab beradi, Rossiya tarkibida bo’lganidan g’ururlanadi, degan maqsadda edilar. Bu tadbirlar ruslashtirish manfaatlarini ko’zlab uyushtirilardi. Mustamlakachilarning erli aholi turmushiga ma’naviy-ruhiy tazyiq o’tkazish dasturida o’lka xotin-qizlarini ruscha hayot tarziga o’rgatish masalasiga alohida o’rin berilgan edi. Shu maqsadda shaharlarda xotin-qizlar ambulatoriyalari tashkil etilib, ularda rus shifokorlari faoliyat ko’rsatdi. Ambulatoriyalarda ayollarga zarur tibbiy maslahatlar, tibbiy yordamlar ko’rsatildi, bu ijobiy hol, albatta. Shu bilan birga ayollarga ruscha turmush tarziga o’tish, ularning farzandlari tarbiyasiga ta’sir etish, pravoslavcha qarashlarning afzalligi, «paranji zulmidan xalos bo’lish, ochilish» zarurligi haqida tashviqot-targ’ibot ham qilinardi. Mustamlakachi ma’murlar ruslashtirish siyosatini yuritsalarda, rus tilini yaxshi o’zlashtirgan ziyolilarga shubha bilan qarardi, ular ustidan nazorat, tazyiq uyushtirardi. Xulosa qilib aytganda, maorif va madaniy hayotda ham chorizmning mustamlakachilik siyosati yaqqol namoyon bo’ldi. O’lkaning madaniy-ma’rifiy hayotini cheklab, o’z manfaatlariga bo’ysunduruvchi yo’l tutdi. Chorizm buyuk davlatchilik g’oyalarini Turkistonga zo’rlik bilan joriy etdi, milliy madaniyat va ma’naviy qadriyatlarni toptadi. To’g’ri, Rossiya imperiyasi Turkistonda kommunikatsiya va ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish, milliy kadrlarni tayyorlash, ma’rifatchilik va aholini jahon madaniyatidan bahramand qilish kabi ijobiy tadbirlarni ko’rdi. Biroq mustamlakachilik siyosati va amaliyoti o’lkaning iqtisodiy, ma’naviy-madaniy taraqqiyotiga jiddiy salbiy ta’sir ko’rsatdi.
1916 yil xalq qo’zg’oloni. Birinchi jahon urushi unda ishtirok etayotgan Rossiya imperiyasini tobora holdan toydirmoqda edi. O’n minglab askarlar jangda qurbon bo’ldilar. Talvasaga tushgan Rossiya Oliy Bosh qo’mondonlik shtabi harbiy vazirlikdan «armiya ehtiyojlari uchun salmoqli miqdorda kuch ajratishni» zudlik bilan talab qildi. Bu kuchni harbiy vazirlik mustamlakalardan to’plashga umid bog’ladi. Natijada Rossiya imperatori Nikolay II 1916 yil 25 iyunda Turkiston, Sibir va Kavkazdagi 19 yoshdan 43 yoshgacha bo’lgan erkaklarni front orqasidagi xizmatlar uchun safarbar qilish to’g’risida farmon chiqardi. Turkiston general-gubernatoriga zudlik bilan farmonni amalga oshirish buyurilib, Sirdaryo viloyati zimmasiga 87 ming, Samarqandga 38 ming, Farg’ona zimmasiga 50 ming kishi yuborish majburiyati yuklandi. O’lkada safarbar qilinuvchilarning ro’yxatlari tuzila boshlandi. Xalq bu tadbirga «mardikorlikka» olish deb nom berdi. Mahalliy ma’muriyat mardikorlikka chaqirishni boylik orttirish vositasiga aylantirdi. Boylarning o’g’li pul bilan qutulib qolar, kambag’al oilalar esa yolg’iz o’g’ildan, boquvchisidan ayrilar edi. Bu hol xalqning kuchli noroziligiga olib keldi. Petrograddan ba’zi tabaqadagilar tovon evaziga mardikorlikdan ozod qilinishi mumkinligi to’g’risida qo’shimcha ko’rsatmalar etib kelganidan keyin xalq noroziligi qo’zg’olonga aylanib bordi. 4 iyulda Xo’jand shahrida norozilik namoyishi boshlanib ketdi. Unda dehqonlar, mardikorlar,chorakorlar, ayollar - jami 3000 dan ortiq kishi qatnashib, namoyish «Mardikor bermaymiz!» shiori ostida o’tdi. Politsiya namoyishni bostirishga kirishdi, ular ustiga tosh yog’ildi. Harbiy qismdan soldatlar etib kelib politsiyachilar bilan birgalikda namoyishni bostirdi, ikki kishi o’ldi, bir kishi yarador bo’ldi. Xo’jand voqeasi haqidagi xabar butun Turkistonga yoyildi. 5 iyulda Samarqand uezdining Urgut qishlog’ida g’azabga kelgan 2000 kishilik dehqonlar volost boshqaruvining mahkamasi oldiga to’plandi. Mahkama xodimlari kaltaklandi. O’sha kuni Samarqand uezdining Siyob, Mahalla, Xo’ja Ahror va Angar volostlarida ham namoyishlar bo’lib o’tdi. 11 iyulda Toshkentda katta g’alayon boshlanib ketdi. Hunarmandlar, ishchilar, shahar kambag’allari va shahar atrofidagi dehqonlar Beshyog’ochdagi politsiya boshqarmasi tomon yo’l oldilar. Bu erda qo’g’olonchilarning katta guruhi to’plandi. Namoyishchilar «bolalarimizni bergandan ko’ra o’zimiz o’lganimiz yaxshiroq, podsho o’lib ketsin» deya maydonni larzaga keltirib qichqirdilar. Mahalliy aholi faollaridan Yo’lchi Ibrohimov (ko’nchi), G’ulom Kamolov (g’isht teruvchi), ishchi ayol Zuhrabibi Musaeva va boshqalar xalqni podshoh hukumatiga qarshi qat’iy kurash boshlashga da’vat etdilar. «Ur, politsiyachilarni!» degan qichqiriqlar bilan boshqarmaga hujum qildilar. Qamal va otishma boshlanganidan bir soat keyin yordamga jazo qo’shini etib keldi. Kazak qismlari 5 kishini otib o’ldirishdi, 15 kishi yarador bo’ldi. Qo’zg’olonning faol ishtirokchisi Zuhrabibi ham kurashning oldingi safidagi to’qnashuvda tosh otayotib halok bo’ldi. Qo’zg’olonchilar chekinishdi. Sal keyinroq yana chinakam jang boshlanib ketdi. Endi podshoh askarlari chekinishga majbur bo’ldilar, ular boshqarma ichiga kirib olib, barrikada qurib himoyalandilar. Podpolkovnik Savitskiy boshliq jazo otryadi, uning ketidan kelgan general Galkin kuchlari jangga kirib qo’zg’olonni bostirishga erishdilar. Toshkent atrofidagi qishloqlarda dehqonlarning g’alayonlari politsiya va qo’shinlar bilan to’qnashuvga aylandi. Bunday to’qnashuvlar 12 iyulda Yangibozor, To’ytepa qishloqlarida, 14 iyulda Troitsk, Xonobod va Pskent qishloqlarida ham bo’lib o’tdi. Noroziliklar Rossiyaning asosiy paxtakor rayoniga aylantirilgan Farg’ona vodiysida tobora kuchaya boshladi. G’alayonlar Qo’qon shahri, Kattaqo’rg’on, Rishton, Ganjiravon qishloqlarida ham bo’lib o’tdi. Ularning barchasi ayovsiz bostirildi. 9 iyul kuni Andijon jome masjidida podshoh farmoni o’qib eshittirildi. Aholi yashin tezligida maydonni to’ldirdi. Xalq «hozir hamma mingboshilar va amaldorlarning boshini kesib tashlaymiz va mol-mulkini er bilan yakson qilamiz», deb tahdid solib, safarbarlikni bekor qilishni talab etishdi. Politsiya va kazaklarga hujum boshlandi. Jazolovchilar qo’zg’olonchilarga o’t ochib 3 kishini o’ldirib, 12 kishini yarador qildilar. Skobelev uezdida xalq g’alayonlari 10 iyul yakshanba kuni eski Marg’ilondagi chiqishlar bilan boshlandi. To’plangan kishilar soni 25 mingtagacha etgan. Qattiq to’qnashuvda ikki mirshab o’ldirilgan, bir necha oqsoqol kaltaklangan. Xalq bilan yomon munosabatda bo’lgan boylar ham o’ldirilgan. Boylarning uylari va ma’muriy binolar vayron qilinib, podsho rasmi yirtilib, oyoq ostiga tashlangan. Bu erga jazo polki etib kelib qo’zg’olonchilarga qarshi o’t ochib, 63 kishini o’ldirib, ko’pchilikni yarador qilganlar. 1916 yildagi qo’zg’olonning eng kuchli nuqtasi Jizzax qo’zg’oloni bo’ldi. Jizzax shahri aholisi 13 iyul kuni safarbarlikka chaqirilganlar ro’yxatini talab qilib oqsoqol va mingboshi mahkamasiga to’plandilar. Oqsoqolni o’ldirib, mingboshi mahkamasini
vayron qildilar, ro’yxatni topib olib yondirib tashladilar. Nazir Hoji eshon Jizzax beki deb e’lon qilinadi. Qo’zg’olonni bostirishga etib kelgan jazo otryadi katta zarbaga uchradi. Qo’zg’olonchilar safi kengayib bordi. Nazir Hoji eshon boshchiligida qo’zg’olonchilar yangi shaharga tomon yurdilar. Jazo otryadi bilan qo’zg’olonchilar o’rtasida bo’lgan to’qnashuvda ikkala tomondan ham qurbonlar bo’ldi. Qo’zg’olonchilar telefon simlarini uzib, neftli baklarni yondirib, binolarni vayron qildilar. Lomakino bekatida temir yo’l ko’prigi, relslar buzib tashlandi. Obruchevo, Kurapotkino, Rostovtsovo temir yo’l bekatlari ham vayron qilindi, 6 ta temir yo’l ko’prigi buzib tashlandi. Abdurahmon jevachi boshchiligidagi kuchlarning Bog’don volostida ham g’alayonlari boshlanib, Jizzax tomon yuradilar. 21 iyul kuni Jizzax yaqinidagi Qili deb atalgan manzilda qo’zg’olonchilar bilan jazo otryadi o’rtasida to’qnashuv sodir bo’ladi. Pulemyotdan o’qqa tutilgach qo’zg’olonchilar engiladi. Abdurahmon jevachi, Nazir Hoji eshonlar qo’lga olinadi, o’lim jazosiga hukm qilinadi. Turkiston general-gubernatori Jizzax qo’zg’olonini bostirish uchun polkovnik Ivanov boshchiligida oltita to’pi bor 13 ta rota askar, 300 kishilik kazak otryadi, 2 ta ortileriya qismi va 3 rota sapyorlarni safarbar etadi. Jazo otryadi qo’zg’olonni shafqatsizlarcha bostirdi. Omon qolgan Jizzax aholisi jazirama cho’lga haydaladi. Jizzax ishi bo’yicha 1000 kishi hibsga olindi, 151 kishi sud qilinib turli muddatlarga qamaldi. 1916 yilgi qo’zg’olon butun Turkistonga yoyildi, dehqonlar va kambag’allar qo’zg’olonni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’ldi. Qo’zg’olon bostirilgan bo’lsada, mustamlakachilar ham anchagina kuchlaridan ajraldilar. Shuning uchun ham 1916 yil 13 dekabrda IV Davlat Dumasida so’zga chiqqan A.F. Kerenskiy «Urush frontlariga yangi bir front - Turkiston fronti qo’shildi», - deb vaziyatga jiddiy va xolis baho bergan edi. General-gubernator imperatorga yo’llagan mutlaqo maxfiy axborotida 97 rus askari o’ldirilib, 86 tasi yarador bo’lganini va 76 askar bedarak yo’qolganini, 7 rus amaldori, rus aholisidan 2325 kishi o’ldirilib, 1384 kishi bedarak yo’qolganini yozgan. Ammo u Turkiston frontida o’z talofatini aniq yozgani holda vahshiyona o’ldirilgan o’n minglab mahalliy aholi hisobini bermaydi. Qo’zg’olon o’lkadagi Chor Rossiya mustamlakachilik tizimining tagi bo’sh zaminda ekanligi va uning ustunlari qimirlay boshlaganini hamda Turkiston xalqlarining vatanparvarligi, g’ururi so’nmaganligini namoyon etdi.
Jadidlar harakatining yuzaga kеlishi. Uning atoqli vakillari: I.Gaspirali, Mahmudxo`ja Bеhbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, A.Avloniy, A.Fitrat. Ularning ijtimoiy-siyosiy qarashlari.
Turkistonda o’rnatilgan mustamlakachilik zulmi XIX asr oxiri XX asr boshlarida yanada kuchaydi. Chorizm iqtisodiy jihatdan mahalliy xalqni talash, ezish bilan birga, ularni jaholatda, savodsizlikda tutib turish, ma’naviy qashshoqlantirishga intilar edi. Mustamlakachilar shu maqsadda o’lkaga chinovniklar, harbiylar, bankirlar, savdosanoatchilar, muhandis-texniklar, ruhoniylar, ilmiy kuchlar, ishchilar, mujiklardan iborat malaylarini safarbar etgan edi. Zolimlar qanchalik urinmasin, mahalliy aholining hurlik, ozodlik uchun intilishini so’ndirolmadi, milliy ozodlik harakati kuchayib bordi. Tarixiy vaziyat millat ravnaqini o’ylovchi ziyolilar, mahalliy burjuaziya vakillari, ulamolar orasidan xalqni uyg’otish, milliy ongini oshirish, birlashtirish uchun kurashuvchi kuchlarni tayyorlab etishtirdi. Sharq bilan G’arbni taqqoslab musulmonlar va turkiylar dunyosi, xususan Rossiya tasarrufiga olingan musulmonlarning jahon taraqqiyotidan uzilib qolayotganini qrim-tatar farzandi Ismoil Gaspirali (1851-1914) birinchi bo’lib angladi. U turkiy xalqlardagi jaholatni yo’q qilish, ma’naviyat-ma’rifat orqali taraqqiy topgan mamlakatlar darajasiga ko’tarilish harakatini boshlab berdi. Ismoil Gaspirali maorifni isloh qilish, maktablarda dunyoviy fanlarni o’qitish masalasini ko’tardi. U 1884 yilda Qrimdagi Boqchasaroy shahrida jadid maktabiga asos soldi. «Jadid» arabcha so’z bo’lib «yangi» degan ma’noni bildiradi. U o’zi tashkil etgan maktab o’quvchilari uchun o’quv dasturi tuzdi va darsliklar yozdi. U 40 kun ichida 12 o’quvchining savodini chiqarib, tezda shuhrat qozondi. «Tarjimon» gazetasini chiqarib, o’z g’oyalarini yoydi. 1888 yilda «Rahbari muallimin yoki muallimlarga yo’ldosh» kitobini nashr etib, jadid maktablarining qurilishi, dars o’tish mazmuni, jihozlanishi, sinov va imtihonlar olish usullarini bayon etib berdi. Ismoil Gaspirali g’oyalari Turkistonga ham kirib keldi. 1893 yilda U Turkistonga kelib, ilg’or ziyolilar bilan uchrashdi, Buxoro amiri huzurida bo’lib bitta jadid maktabi ochishga rozilik oldi. Turkistonlik ziyolilar jadidchilikni yoqlab maorifni isloh qilish, «Usuli jadid» maktablarini tashkil etishga kirishdilar. 1898 yilda Qo’qonda Salohiddin domla, 1899 yilda Andijonda Shamsiddin domla va Toshkentda Mannon qori jadid maktabiga asos soldilar. 1903 yilda Turkistonda 102 ta boshlang’ich va 2 ta o’rta jadid maktablari faoliyat ko’rsatdi. Turkiston jadidlariga Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqa o’nlab milliy ziyolilar rahnamolik qildilar. Ular dastlab maorifni isloh qilish yo’lidan bordilar. «Usuli jadid» maktablari tarmog’i kengayib bordi, ularda diniy ta’limot bilan birga tibbiyot, hikmat, kimyo, nujum, handasa kabi dunyoviy bilimlar o’rgatildi, savod chiqarish tezlashtirildi. Talabalarga Turkiston, turkiylar tarixini o’rgatishga alohida e’tibor berildiki, bu ularning milliy ongini uyg’otishga, jamiyatni etnik jihatdan birlashtirishga xizmat qilardi. M.Behbudiyning «O’z urug’ining otini bilmagan, etti otasini tanimagan qul-manqurtdir» degan so’zlari talabalarni milliy o’zligini anglashga chaqirar edi. Munavvar qorining «Adibi avval», «Adibi soniy», M.Behbudiyning «Kitobatul atfol», «Bolalar maktubi», «Muxtasari tarixi islom», «Jug’rofiya», A.Avloniyning «Adabiyot», «Birinchi muallim», «Turkiy guliston», «Maktab gulistoni» kabi darsliklari milliy maktab va milliy tarbiyani yuqori saviyaga ko’tarishga xizmat qildi. Jadid maktablarida har tomonlama bilimli, ma’naviy etuk, o’z xalqining tarixini va dunyo ishlarini yaxshi o’zlashtirgan kadrlar tayyorlab chiqarildi. Jadidlar yoshlarni chet ellarga o’qishga yuborish tashabbusi bilan chiqdilar. Boy tabaqaning ilg’or vakillari jadidlarning bu harakatini ma’qullab, tegishli mablag’ bilan ko’maklashdilar. Ko’pgina umidli yoshlar Germaniya, Misr, Turkiya va Rossiyaning markaziy shaharlariga o’qishga yuborildi. 1910 yili Buxoroda mudarris Xoji Rafiy va boshqalar «Bolalar tarbiyasi» xayriya jamiyatini tashkil etib, 1911 yilda 15 ta, 1912 yilda 30 ta talabani Turkiyaga o’qishga jo’natdi. 1909 yilda Munavvar qori tuzgan «Jamiyati xayriya» ham miskin va ojiz talabalarga yordam berar, yoshlarni chet elga o’qishga yuborishga yordamlashar edi
Jadid maorifi, adabiyoti, matbuoti, tеatri. Madaniy-marifiy va xayriya jamiyatlari. Din va dinga munosabat masalalari.
Jadidlar Turkistonda milliy matbuotga asos soldilar. Munavvar qori 1906 yilda «Xurshid» («Quyosh») jurnalini tashkil etib, unga o’zi muharrirlik qildi. Jurnal xalqning haq-huquqlarini tanishga, milliy uyg’onishga xizmat qildi. Ammo mustamlakachi ma’murlar tezda jurnalni chiqarishni man qildilar. M.Behbudiy 1913 yilda «Samarqand» gazetasi va «Oyina» jurnalini chiqara boshladi. U «Nashriyoti Behbudiya» xususiy nashriyotini, uning huzurida «Kutubxonai Behbudiya»ni tashkil etdi. Gazeta va jurnalda millat va ona yurt dardi, xalqni ma’rifatli qilish, erkinligini ta’minlash masalalariga bag’ishlangan dolzarb maqolalar chop etilardi. Ular chor Rossiyasi tasarrufidagi turkiy xalqlarga, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiyagacha borib etardi. Taraqqiyparvar o’zbek ziyolilarining etakchisi Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja 1913 yilda «Taraqqiyparvar» deb nom olgan ziyolilarning firqasini tuzadi va 1914 yilda firqaning «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg’ona» gazetalari chiqariladi. Bu gazetalar sahifalarida e’lon qilingan maqolalar ommani mustabid tuzumga qarshi qo’zg’atishga xizmat qildi. Jadidlar milliy teatrga asos soldilar. Munavvar qori rahnamoligida 1913 yilda musulmon drama san’ati havaskorlari jamiyati - «Turon» truppasi tuzildi. 1914 yil 27 fevralda Toshkentdagi «Kolizey» teatri binosida o’zbek milliy teatrining birinchi rasmiy ochilish marosimi bo’ldi. Munavvar qori o’zbek milliy teatrining birinchi pardasini ochar ekan shunday degan edi: «Turkiston tilida hanuz bir teatr o’ynalmag’onligi barchangizga ma’lumdir... Teatrning asl ma’nosi «ibratxona» yoki «ulug’lar maktabi» degan so’zdir. Teatr sahnasi har tarafi oynaband qilingan bir uyga o’xshaydurki, unga har kim kirsa o’zining husn va qabihini, ayb va nuqsonini ko’rib ibrat olur». O’sha kuni sahnada M.Behbudiyning «Padarkush» pesasi namoyish etildi. Unda islom dinining Turkistondagi buzilishlari tasvirlanib, tamoshabin e’tiborini najot yo’li - maorif, maorifni esa «poklangan din» beraoladi, degan g’oyaga qaratadi. «To’y», «Zaharli hayot», «Javanmarg», «Baxtsiz kuyov» pessalarida xotin-qizlarning huquqsizligi, ko’pxotinlik, majburiy nikoh oqibatlari kabi muammolar yoritiladi. Milliy teatr san’ati odamlarga millatda mavjud bo’lgan qusurlar va ijobiy tomonlarni tushunturuvchi oyna bo’lib xizmat qildi. Jadidlar matbuoti va teatrida ayrim mutaassib ruxoniylarning poraxo’rligi, axloqsizligi ham qattiq tanqid ostiga olindi. Abdurauf Fitrat «Munozara» nomli asarida Buxoro ulomalarining nodonligi va poraxo’rligini ochib tashladi. «Hind sayyohining sarguzashtlari» asarida esa Buxoro, Qarshi va boshqa shaharlardagi iqtisodiy tanazzulga ayrim ruhoniylarning o’z mavqeini suiiste’mol qilganliklarini asosiy sabab qilib ko’rsatdi. Jadidchi jurnalist va dramaturglar nashavandlik, kashandalik, zinogarlik, fohishalik kabi illatlarni qoralashdi. Jadidlar guruhiy, ijtimoiy va hududiy birlik to’g’risidagi masalalarni ko’tarib, xalqni milliy va diniy birlikka, jipslashishga, hududiy birlikka chaqirdi, ijtimoiy ongni XX asr darajasiga ko’tarishga intildilar. Jadidlarga, bir tomondan, mutaassib ruhoniylar, ikkinchi tomondan, mustamlakachi ma’murlar qarshilik ko’rsatdilar. Mutaassib ruhoniylar jadidlar ko’targan barcha yangiliklarga qarshi chiqishdi. Ular jadidlarni padarqushlar, maktablari haqida esa «bu xil maktabda o’quvchi-talabalar birinchi yili gazeta o’qiy boshlaydi, ikkinchi yili ozodlikni talab qilishadi, uchinchi yili esa janobi oliylarini taxtdan ag’darib turmaga tiqib qo’yishadi» der edilar. Mutaassiblar tarixni tasvirlash, o’qitish be’manilik, dahriylik deb hisoblashdi. M.Behbudiy ularni fosh qilar ekan, Qur’oni Karim ham, Muhammad payg’ambarning hadislari ham tarixga daxldor ekanligini, Qur’oni Karimning chorak qismi tarixiy ma’lumotlardan iboratligini asoslab beradi. Mustamlakachi ma’murlar jadidlar harakatini jilovlash choralarini ko’rdilar. Ular ustidan nazorat o’rnatar, gazeta va jurnallarini man etib, nashriyotlarini buzib tashlar, kitob do’konlari, qiroatxonalarni yopib tashlar edi. Ayniqsa 1905-1907 yillardagi Rossiya inqilobidan keyin qatag’onlik kuchaydi. Bu inqilobdan mahalliy burjuaziya va zamindorlarning bir qismi qo’rqib ketib mustamlakachi ma’murlar panohiga intildilar. Jadidlardan o’ng qanot ajralib chiqib reaktsiya lageriga qo’shildilar. Qadimchilar deb atalgan bu guruh Rossiyaning obro’si bizning obro’yimiz, xudodan qo’rq, podshohni hurmat qil, podshohning amri fuqarolar uchun vojibdur, deb chiqdilar. Ular islohotlarga qarshi chiqib, qadimgi tartiblarni himoya qildilar. Ular panturkizm - turkiy xalqlarni Turkiya davlatining qo’li ostida birlashtirish, panislomizm - islom dinidagi barcha xalqlarni birlashtirish g’oyalari soyasida qolib ketdilar. Jadidlar tobora olg’a yurdilar. Mustamlakachilarning jadidlarga nisbatan qo’llagan zo’ravonlik choralari, ularni ma’naviy-ma’rifiy islohotdan siyosiy qarshilik ko’rsatish darajasiga ko’tarilishiga olib keldi. Dastlabki siyosiy uyushma va firqalar vujudga keldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda maydonga kelgan jadidchilik madaniy-ma’rifiy, milliy, ijtimoiy-siyosiy harakat edi. U o’sib mustamlakachilarga qarshi ko’tarilgan milliy-ozodlik harakatining mafkurasiga aylandi.
NAZORAT SAVOLLARI
1. O’zbek xonliklarida josuslik ishlari bilan shug’ullangan Rossiya elchilari, ekspeditsiyasi haqida nimalarni bilasiz?
2. Rossiya nima uchun xonlik chegaralarida harbiy istehkomlar qurdi? Shunday istehkomlar qaerlarda barpo etilgan?
3. O’rta Osiyo masalasida ingliz-rus raqobati qanday bordi?
4. Rossiya bosqini qanday boshlandi?
5. Chimkentdagi janglar qanday bordi?
6. Toshkent mudofaasi haqida nimalarni bilasiz?
7. Amir lashkar Alimqul jasorati haqida so’zlang?
8. Jizzax mudofaasi, jang natijalarini bilasizmi?
9. Turkiston general-gubernatorligi qachon tuzildi, uning hududlarini bilasizmi?
10. Zirabuloq jangi haqida nimalarni bilasiz?
11. Samarqand qo’zg’oloni haqida so’zlang.
12. Kaufman bilan amir Muzaffar o’rtasida qachon shartnoma tuzildi, uning shartlarini bilasizmi?
13. Kaufmanning Xiva xonligiga yurishi, uning natijalari haqida so’zlang.
14. Gandimiyon shartnomasi qachon tuzildi, uning shartlarini bilasizmi?
15. Qo’qon xonligida ko’tarilgan qo’zg’olonlarning sabablari, rahbarlari, natijalarini bilasizmi?
16. Qo’qon xonligining taqdiri nima bo’ldi?
17. Mustamlakachilar qanday idora usulini joriy etdilar?
18. Mustamlakachilarning iqtisodiy siyosati va amaliyoti haqida nimalarni bilasiz?
19. Mustamlakachilar ma’naviy-madaniy sohada qanday siyosat yuritdilar?
20. Mustamlaka so’zining ma’nosi nima?
21. Jahonda qaysi davlatlar mustamlakachi davlat deb hisoblanadi va nima uchun?
22. Turkistonda chor Rossiyasining mustamlakachiligi davri qaysi yillarni qamrab
oladi?
23. Milliy ozodlik harakati deganda nimani tushunasiz, uning sabablari nimada?
24. Toshkent qo’zg’olonining sabablari, natijalarini bilasizmi?
25. Andijon qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?
26. Qanday voqea 1916 yilda Turkistonda qo’zg’olon ko’tarilishiga turtki bo’ldi, asosiy sababi nimada edi?
27. Jizzax qo’zg’oloni haqida nimalarni bilasiz?
28. 1916 yilgi qo’zg’olonning ahamiyati nimada?
Adabiyotlar:
1. Istoriya Uzbеkistana. (XVI-pеrvaya polovina XIX v.). Kollеkt. avt. –T.:Fan, 2012.
2. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.
3. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
4. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
5. Jo`rayev N., Sodiqov H. O`zbekiston tarixi: Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (birinchi kitob). -T.: Sharq, 2011.
6. Jo`rayev N., Karimov Sh. O`zbеkiston tarixi: O`zbеkiston sovet mustamlakachiligi davrida.
10-MAVZU: TURKISTONDA MUSTABID SOVЕT HOKIMIYATINING O`RNATILISHI. SOVЕT HOKIMIYATINING O`ZBЕKISTONDA AMALGA OSHIRGAN IJTIMOIY - SIYOSIY, IQTISODIY TADBIRLARINING MUSTAMLAKACHILIK MOHIYATI(1917-1989Y.Y)
Re`ja:
1. 1917-yil fevral burjua demokratik inqilobi va uning Turkistonga ta`siri.Sovetlar hokimiyatining o`rnatilishi.Turkiston muxtoriyati. Qo`qon fojeasi
2. Turkiston ASSR. Harbiy kommunizm siyosati. Qurolli harakatlar
3.Xiva xonligi, “yosh xivaliklar”. XXSR.
4. Buxoro amirligi, “yosh buxoroliklar”, BXSR
Mavzu tarixshunosligi. 1917-yil fevral burjua demokratik inqilobi va uning Turkistonga ta`siri.Sovetlar hokimiyatining o`rnatilishi.Turkiston muxtoriyati. Qo`qon fojeasi
20-yillar tariximizga o`ta murakkab va ziddiyatli, turli ijtimoiy guruh va kuchlar siyosiy qarama-qarshiligi avj olgan, Turkistonda Markazning imperiyacha munosabatlar mustahkamlanayotgan, o`lkadagi ochlik, iqtisodiy tanglik, vayronaga aylangan sanoat, transport, qishloq xo`jaligini tiklash, ya’ni sho`rolarning “tinch sotsialistik qurilish” yo`liga o`tish davri bo`lib kiradi. Ushbu davrdagi eng dolzarb masalalardan biri bu- hokimiyat masalasi edi. Milliy muxolif kuchlar esa hokimiyat masalasini birinchi navbatda xalqning o`z taqdirini o`zi belgilashda ko`rishar edi. Sanoat va qishloq xo`jaligining inqirozi, ochlik, inqilobcha zo`ravonlikning kuchayishi mahalliy xalq milliy manfaatlarining ochiqdan-ochiq inkor etilishi Turkistondagi turli ijtimoiy qatlamlar orasida sovet hokimiyatiga nisbatan ishonchsizlik va norozilikni keltirib chiqarmoqda edi. Aholining aksariyati sovet hokimiyatini qizil armiyachilarning quroli yordamida zo`rlik bilan olib kirilgan hokimiyat sifatida tan olmas, ular tashkil etayotgan sovetlar va ularning ijroiya qo`mitalari tub aholi orasida obro`ga ega emasligi sovet tuzilmalariga qarshi chiqishlarni keltirib chiqarmoqda edi.
Kommunistik partiya o`zining siyosiy pozitsiyalari hamda sovet davlat tuzumini mustahkamlash bilan birga sovetlarning ijroiya qo‘mitalarini qaytadan tiklash ishlarini olib bordi. Ushbu tartib joylarda o`lkaning ijtimoiy-siyosiy hayotida demokratik jarayonlarni kengaytirish, xalq hokimiyatini tiklash shiorlari ostida o‘tdi. Ammo, tarix ko`rsatib turganidek, aslida bu jarayon tashviqot-mafkuraviy xarakterda bo`lib, jamiyat va davlat boshqaruvida keng xalq ommasining ishtirokini ko`rsatishdek tuyulardi. Lekin haqiqatda bunday emas edi. Ko`p joylarda mahalliy aholi saylash huquqidan mahrum edi. Masalan, “BXSRda sud qurilishi haqida nizom”ning xalq maslahatchilarini saylash tartibi haqidagi 3-bob 20-moddasida ko`rsatilishicha, taqsimot taxminan maslahatchilarning 25% ishchilardan, 50% qishloqlar va kentlardan, ya’ni dehqonlar va 25% harbiy qismlardan bo`lishi hisobida edi. Bolsheviklar keng huquqlar va imtiyozlar bergan ishchi va soldatlarning mutlaqo ko`pchilik qismi ruslar bo`lib, oqibatda, rahbar lavozimlarning aksariyati ulardan tashkil topgan, milliy ziyolilarning asosiy qismi esa saylov huquqidan umuman mahrum qilingan, bu yerda ziyoli tabaqa umuman odil sudlovga yaqinlashtirilmagan. 1923 yilda Sirdaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlarida saylovga xalq sud’yasi va 46624 ta xalq maslahatchilarining tarkibi 73,5% ishchi, 19% dehqon va 7,5% qizil askarlardan iborat. Bundan ko`rinib turibdiki, xalqni himoya qilishi kerak bo`lgan sudga birorta mutaxassis yaqinlashtirilmay, faqat bolsheviklarning siyosatini to`g‘ri, degan kishilar kirgizilgan. TASSRda esa 1920 yilda aholining 93-97 %ni musulmon aholisi, 3-7 %ni ruslar tashkil qilgani holda, xalq sudyalarining 48%ni ruslar, 52%ni musulmonlar, sud hay’ati a’zolarining 75%ni ruslar, 25%ni musulmonlar tashkil etgan.
Sovet hukumati mahalliy aholiga nisbatan bepisand bo‘lib, aksariyat tarzda ham unga ishonmas edi. Shuning uchun ham u o`z siyosiy tuzilmalariga milliy xodimlarni nihoyatda kam jalb qilgan edi.
Partiyaning ushbu mustabidlik yo`nalishi Turkiston xalqi hayotiga salbiy ta’sir qildi, mahalliy aholi mustaqil huquqlarga ega emas, o`z manfaatlarini himoya qilishga bo`lgan urinishlar esa “millatchilik” deb baholanib, qatag‘ongacha olib kelingan. XX asrning 20-yillaridagi Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy ahvol mana shunday edi.
1921 yilning bahoriga kelib sovet hokimiyati oldida vayron bo`lgan qishloq xo`jaligini tiklash vazifasi ko`ndalang bo`lib turdi. Buning asosiy sababi esa dehqonlarning ko`plab ko`tarilishlari bo`ldi. Bu esa siyosatni qaytadan ko‘rib chiqish, sanoat bilan qishloq xo`jaligi o`rtasida ta’sirchan iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish zaruratini keltirib chiqardi.
O`zbekistonda qishloq xo‘jaligi respublika milliy daromadining asosiy qismini berganligi, dehqonlar esa aholining 80 foizini tashkil etganligi tufayli sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agrar masala markaziy o‘rinni egallardi.
1920-1921 yillardagi yer-suv islohoti. Markazdan farqli o`laroq, O`rta Osiyo respublikalarining 20-yillardagi agrar siyosatida nisbatan keskin choralar ko`rilgan. 1920-1921 yillardagi yer-suv islohotining amalga oshirilishi Yangi Iqtisodiy Siyosat (NEP) bilan birga olib borildi. Yangi iqtisodiy siyosatdan ko‘zlangan maqsad - mahsulot ishlab chiqaruvchi yakka dehqonlarning manfaatini oshirish, uning yerga egalik qilishini ta’minlash, imtiyozli soliq olish va bozor iqtisodiyoti, tovar-pul munosabatlariga o`tish edi. Uning asosiy bo‘g‘inlarini oziq-ovqat razvyortkasining oziq-ovqat solig‘i bilan almashtirilishi, erkin savdo, sanoatda xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlikning joriy qilinishi tashkil etdi.
Oziq-ovqat razvyortkasining soliq bilan almashtirilishi qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni ko`paytirishning iqtisodiy rag‘batlarini vujudga keltirdi hamda dehqon hosilning qat’iy belgilangan qismini topshirgach, unga o`z mehnati mahsulini o`zi istaganicha tasarruf etish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat yo`lining o`ziga xos xususiyati - tovar-pul munosabatlarining jonlanishi, savdo va ayirboshlashda cheklashlardan ozod bo`lish edi. Erkin savdoning sog‘lomlashuviga 1922-1924 yillarda o`tkazilgan pul islohoti ma’lum darajada yordam berdi. Muomalaga kursi oltinga tenglashtirilgan valyuta-chervonestning chiqarilishi bozor rolining tiklanishida muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Yer-suv islohotini amalga oshirishdan ko`zlangan asosiy maqsad-mahalliy hamda Turkistondagi boy rus dehqonlarining er va suvga bo`lgan huquqlarini tenglashtirish edi. Chunki o‘z vaqtida mustamlakachi ma’murlari tomonidan rus dehqonlariga eng yaxshi va hosildor yerlar ajratilgan edi.
Yer-suv islohotining xarakteri 1920 yil sentabrda bo`lib o`tgan Turkiston Sovetlari IX - qurultoyining qarorlarida aks etdi. Ushbu dasturning asosida mehnat bilan shug‘ullanmaydigan boy-quloq xo‘jaliklarini tugatish va ko‘chmanchilarni o‘troq hayotga o‘tkazish, yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlash va eng asosiysi rus kelgindilarining ortiqcha yerlarini musodara qilish orqali Rossiya imperiyasi mustamlakachilik sarqitlarini yengish yotar edi. Lekin vaqt o`tishi bilan ko`chirib keltirilgan ruslardan yerlarni musodara qilish bilan bir qatorda vaqf yerlari tortib olindi, boylar, mannoplar, savdogarlar, diniy xizmatchilar va qishloq hamda ovullarning “mehnat bilan shug‘ullanmaydigan yuqori tabaqalari” degan boshqa vakillarining yerlari kamaytirildi.
Yer va suvni taqsimlash jarayoni bir tomondan yersiz va kam yerli dehqonlarni yer bilan ta’minlagan bo‘lsa, ikkinchi tomondan qishloqdagi siyosiy vaziyatni o‘ta keskinlashtirib, sinfiy ziddiyatlarni kuchaytirdi. Shuningdek, islohot davomida Yettisuv va Jalolobod tumanlarining ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi aholisini o‘troq hayotga o‘tkazish siyosati salbiy oqibatlarga olib keldi. Zero, ko‘chmanchilikdan o‘troqchilikka o‘tish, nafaqat xo‘jalik faoliyat shakllarini o‘zgartiribgina qolmay, balki asrlar davomida shakllanib kelgan ushbu ijtimoiy guruhning turmush tarzi hamda kasb-hunarining tamomila o‘zgartirib yuborishi muqarrar edi. Islohotni o‘tkazishning inqilobiy-zo‘ravonlik usullari Turkiston qishloqlarida ijtimoiy va millatlararo tanglikni vujudga keltirdi.
"Qo`shchi" uyushmasi.
Yer-suv islohoti 1922 yil kuzida o‘z poyoniga yetdi. Uni amalga oshirish davomida hamma joylarda, qishloq va ovullarning yersiz va kam yerli mahalliy dehqonlarini birlashtirgan “Qo‘shchi” uyushmalari tashkil etila boshladi. Lekin shuni ta’kidlash joizki, “Qo‘shchi” Turkiston dehqonlari uyushgan birinchi tashkilot emas edi. 1918 yildayoq Toshkent ”Dehqon” ittifoqi vujudga kelgan edi. O‘shanda Toshkent va shahar atrofidagi tumanlar dehqonlari hamda savdo doiralarining turli qatlamlari yangi hokimiyatning muayyan keskin choralariga qarshilik ko‘rsatishiga hamda o‘z mulklarini saqlab qolishga harakat qilgan edi. Tashkilot dehqonlar ommasining ozchilik qismini qamrab olgan bo‘lib, mahalliy xarakterga ega edi. 1919 yili Turkiston respublika va Yer ishlari Xalq Komissarligining ko‘magi bilan kambag‘allar qo‘mitalari tuzildi. “Qo‘shchi” uyushmasi kambag‘allarning qo‘mitalari va ittifoqlari o‘rnida vujudga kelgan edi. Ushbu uyushma qishloq va ovullarda sovet hokimiyatining tayanchi, “mehnatkash dehqonlarni” sinfiy tarbiyalashning o‘ziga xos maktabi sifatida yer-suv islohoti davomida “mehnat bilan shug‘ullanmaydigan xo‘jaliklar” va ularning mol-mulkini aniqlashda, sovetlar siyosatidan norozi bo‘lgan dehqonlar chiqishini bostirishda va ularning oldini olishda ham qatnashdi. Uyushma kooperatsiya ishiga o‘z hissasini qo‘shgan bo‘lsa ham, uning faoliyatidagi asosiy e’tibor qishloqning boy qatlamlari bilan kurash olib borish va qishloqni “sotsialistik asosdan qayta qurish”ga qaratilgan edi.
Markaz Turkiston o‘lkasiga asosiy xom-ashyo bazasi sifatida qarab kelganligi bois, o‘lka qishloq xo‘jaligining bosh sohasi hisoblangan paxtachilikni rivojlantirishga alohida e’tiborini qaratgan. Xususan, RKP (b) MKning 1922 yil 11 yanvaridagi “Turkiston Kompartiyasiga” deb nomlangan xatida, Turkiston Kompartiyasining qishloq xo‘jaligi sohasidagi faoliyatida birinchi o‘ringa sug‘oriladigan yerlarda ekin maydonlarini tiklash, paxtachilikni rivojlantirish hamda mavjud sug‘orish tizimini tuzatish masalalari hal etilishi lozimligi ta’kidlangan edi. Paxtachilikni tiklash va rivojlantirish ishlariga rahbarlik qilish uchun 1920 yilda Bosh Paxtachilik Qo‘mitasi va paxta yetishtiruvchi respublikalarda unga bo‘ysunuvchi paxtachilik qo‘mitalari tuzildi. Turkiston respublikasidagi barcha haydaladigan maydonlar, seleksiya stansiyalari, irrigatsiya inshootlari, Paxtachilik qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazildi. Bosh Paxtachilik qo‘mitasi katta vakolatlarga, ya’ni boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hisobiga chigit ekiladigan maydonlarni kengaytirish, paxta xarid narxlarini belgilash, markaziy davlat organlarining ruxsatisiz maxsus qabul qilish huquqlariga ega edi. Paxtaning narxi xukumat tomonidan belgilanishi uning bu masalada yakka hokimligidan dalolat berar edi. Turkistonlik ko‘pgina arboblar paxtachilikda davlat monopoliyasini tugatish zarurligini bir necha marotaba ko‘tarib chiqqan edilar. Xususan, Yer ishlari Xalq komissari S.Asfandiyorov va hukumatning boshqa a’zolari davlatning paxtaga bo‘lgan yakkaxokimligiga qarshi chiqib, Bosh Paxtachilik qo‘mitasini tugatish masalasini o‘rtaga tashlagan edi. Biroq, Turkiston respublikasi va RSFSR partiya-davlat apparatining aksariyat xodimlari paxta monopoliyasi tarafdori edilar. 1922 yilning 1 yanvarida RSFSR Oliy Xalq Xo‘jaligi Kengashi (OXXK) tomonidan qabul qilingan qarorda esa, “paxtaga davlat monopoliyasini saqlash” masalasi qat’iyan ko‘tarilgan edi.
Paxtachilikni tiklash ishlari hamda respublikaga don olib keltirishni jadallashtirish maqsadida, OXXK Yettisuv temir yo‘lini tezroq tugatishga qaror qildi.
1923 yilning yanvarida SSSR Mehnat va Mudofaa Kengashi qabul qilgan qarorda “Respublika ichida paxtani xarid qilish davlat monopoliyasi bekor qilinsin” deyilgan edi. Shu bilan bir vaqtda paxtaning qat’iy narxi bekor qilindi.
Yer va suv solig`i. Koopеratsiyalar va shirkatlarning tuzilishi.
Turkiston respublikasida paxtachilikni rivojlantirish ishlarini, sug‘orish inshootlarini tiklamasdan amalga oshirib bo‘lmasdi. Sug‘orish ishlarini tiklashni tezroq amalga oshirish, dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni suv bilan ta’minlash va qishloq xo‘jaligini, birinchi navbatda esa paxtachilikni rivojlantirish uchun suvdan to‘g‘ri foydalanishni yo‘lga qo‘yish maqsadida, 1921 yilning fevralida TASSRdagi barcha suvlarni respublika mulki deb e’lon qilgan suv to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qonunda, suvni taqsimlash odat (boy va ruhoniylarga beriladigan imtiyozlar) bo‘yicha emas, balki, birinchi navbatda dehqonlar manfaatini ko‘zlagan holda berilishi kerak deb aytilgan edi. 1921 yilning noyabrida, aholining daromadlarini sug‘orish ishlarini tiklashga safarbar qilish maqsadida suv solig‘i joriy qilindi.
Shu yilda TASSRning sug‘orma yer maydoni 1920 yildagi ko‘rsatkichga qaraganda 300 ming desyatinaga ko‘paygan edi. Paxta ekin maydonlari esa deyarli 100 ming desyatinaga ortdi.
Ittifoq hukumati avval boshdanoq yosh O‘zbekiston respublikasi rahbariyati oldiga “Sovet O‘zbekiston”ini SSSRning asosiy paxta bazasiga aylantirish strategik vazifasini qo‘ydi. “Oq oltin”ning aksariyat qismi, ya’ni 90%dan ko‘prog‘i “Sovetlar mamlakati”ning to‘qimachilik markazlariga yuborildi. Masalan, 1922 yilning boshlarida Turkistondan markazga Krasnovodsk yo‘nalishi bo‘yicha 1150 vagon (63470 ta toy paxta), Orenburg yo‘nalishi bo‘yicha 1547 vagon (85030 ta toy paxta), hammasi bo‘lib, 2724 vagon (14850 ta toy paxta) paxta tolasi jo‘natilgan edi. Sovet hukumatining paxta mustaqilligiga erishishga qaratilgan chora-tadbirlari zoye ketmadi. O‘zbekistonda paxta yetishtirishni ko‘paytirish sovet hukumatiga har yili chetdan paxta sotib olinishga sarflanadigan 100 mln rubl oltinni tejash imkonini bergan edi. 1928 yilda esa, O‘zbekiston paxtakorlarining davlatga topshirgan 543,7 ming tonna “oq oltin”i evaziga SSSR paxta yetishtirish bo‘yicha 4-chi o‘ringa chiqdi va bu bilan paxta mustaqilligiga erishish yo‘lida qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri bo‘ldi. “Sovetlar mamlakati”ga paxta yetkazib berishda respublikaning salmog‘i 1940 yilda 63%ga yetdi. Bularning hammasi, o‘sha yillardagi hukumat hujjatlarida rasman e’tirof qilinishicha, “...Sovet Ittifoqining chetdan paxta keltirishdan ozod bo‘lishida va SSSR to‘qimachilik sanoatining paxta xom ashyosi bilan to‘la-to‘kis ta’minlanishida hal qiluvchi rol o‘ynaydi” haqiqatan ham, agar 1925 yilda SSSRga chetdan 103,1 ming tonna, 1930 yilda-57,9 ming tonna paxta keltirilgan bo‘lsa, 1933 yilda bor yo‘g‘i 24,3 ming tonna paxta keltirildi. O‘zbek paxtakorlarining mashaqqatli mehnati evaziga esa sovet davlati paxtani chetdan sotib olmay, paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mana shu tariqa sobiq SSSR paxta mustaqilligiga erishdi.
Paxta yakkahokimligini ta’minlash maqsadini amalga oshirish oqibatida qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, xususan, chorvachilik inqirozga uchradi, g‘alla tayyorlash keskin kamayib ketdi. Hosildor yerlar miqdori kamaydi. Don, poliz ekinlarining hosildorligi qisqardi.
Yangi iqtisodiy siyosat tufayli qishloq xo‘jaligida kooperativ va shirkatchilik harakati avj oldi. 1923 yilda Turkiston respublikasida qishloq xo‘jaligi va kredit kooperatsiyalar tizimi tashkiliy jihatdan tugal ravishda shakllandi deyish mumkin. Davlatning kooperativ qurilish siyosati ikki yo‘nalishda olib borildi. Bir tomondan, kooperatsiya mayda tovar xo‘jaligini sotsializmga jalb qilish vositasi, shaxsiy va jamoa manfaatlarining kelishuv shakli sifatida baholansa, ikkinchi tomondan kooperatsiyaga xususiy sektorni siqib chiqaruvchi ijtimoiy qurol deb qaraldi.
Markaz qishloq xo‘jalik krediti- qishloq xo‘jaligining asosiy sarmoyasini (mol-mulki, urug‘ fondi, qurilishlarni) tiklash uchun foylanish, bu resurslarni chorvachilikni, paxtachilikni, irrigatsiyani, bog‘dorchilikni va uzumchilikni rivojlantirishga yordam ko‘rsatishga yo‘naltirdi. 1923 yilda Turkistonda 1169 ta kredit-kooperativ shirkati bo‘lib, kreditdan foydalanadigan xo‘jaliklar soni 28 mingta edi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sanoatga kontraktatsiya (shartnoma) asosida yetkazib berishda qishloq xo‘jalik kooperativlari vositachilik qildi. Mayda tovar dehqon xo‘jaligi rivojlana boshladi.
Biroq, har kimni ham kooperativga qabul qilishavermasdi. Sinfiy tanlov mavjud edi. Kambag‘allarga ustivorlik berilardi. Aholining o‘ziga to‘q qatlamlariga nisbatan qat’iy talablar belgilangan edi. Masalan, “boy”, “quloq”lar toifasidagi shaxslar birinchi to‘lov sifatida o‘rta hollar to‘laydigan to‘lov miqdoridan ikki barobar, kambag‘allarnikidan esa o‘n ikki barobar ko‘p haq to‘lashlari kerak bo‘lgan kooperativlarga qabul qilishdagi bunday sinfiy yondashuv o‘z navbatida, aksariyat qishloq ahli fuqarolik huqularining poymol etilishiga, ishbilarmon dehqonlarning iqtisodiy rivojlangan jamiyat qurish ishidan sun’iy begonalashtirilishiga olib keldi.
1927 yildan kooperativ uyushmalarini “davlatlashtirish” siyosati boshlanib, uning xo‘jalik hisobi asosidagi negizlari tobora ko‘proq qo‘porildi. Dehqon xo‘jaligini yuksaltirishga doir masalalarning hammasi davlatga kelib taqaladigan bo‘lib qoldi (soliq siyosati, kredit, narxlar va boshqalar).
O`rta Osiyoda milliy - davlat chеgaralanishining o`tkazilishi. O`zbеkiston SSR tashkil topishi.
“Turkiston xalqlarining ildizi bir”,- degan g‘oya avloddan-avlodga o‘tib, milliy yetakchilar, jamoat arboblari va milliy ziyolilar qarashlari hamda faoliyatlarida o‘z aksini topib kelgan. Tarixan tarkib topgan uchta davlatni tugatib, o‘rniga yangi tuzilmalarni vujudga keltirish markaz va o‘lkadagi bolshevistik rahbarlar tashabbusi bo‘ldi. 1920 yil boshidayoq, Turkkomissiya Turkiston ASSRni bo‘lib tashlab, milliy til belgisiga qarab muxtor respublikalar tashkil qilish masalasini qo‘ygan edi. Bu o‘sha yili iyun oyida RKP (b) ning Turkistonga oid qabul qilgan hujjatlarida o‘z aksini topdi. Lenin Turkistonning “O‘zbekiya, Qirg‘iziya, Turkmaniya” ga bo‘lingan xaritasini tuzish kerakligini uqtirdi. Bu rejaning amalga oshishi qarshilik harakati tufayli bir oz kechikdi. Turkistonni milliy jihatdan qayta chegaralash markaz va RKP(b) O‘rta Osiyo byurosi tomonidan ishlab chiqildi va 1924 yilda qat’iylik bilan amalga oshirildi.
1924-yilning 31 yanvarida RKP(b) MKning Tashkiliy byurosi Turkiston, Buxoro, Xorazm Respublikalarining milliy-hududiy chegaralanishi masalasini ko‘rib chiqdi va YA.E. Rudzutakka mazkur respublikalarning ma’sul xodimlari bilan birgalikda bu g‘oyani amalda qanday ro‘yobga chiqarish mumkinligini oldindan muhokama qilishni topshirdi. 1924 yilning fevralida esa Fayzulla Xo‘jayevning milliy chegaralanish masalasi bo‘yicha tezislarida markazning turkiy xalqlarning ildizi birligini hisobga olmayotganligi, chegaralash g‘oyalari o‘tmish istilochilari siyosatidan farq qilmayotganligi aytilgan edi. Turkiston, Buxoro,Xorazm respublikalarida tashkiliy va tashviqot ishlari olib borilgandan so‘ng, 1924 yilning 11 oktyabrida RKP(b) Siyosiy byurosi O‘rta Osiyoni qaytadan bo‘lib chegaralash haqida o‘zining so‘nggi qarorini qabul qiladi va 1924 yil 14 oktyabrda RSFSR BMIQ II sessiyasi milliy chegaralanish haqidagi Turk MIQ qarorini tasdiqladi. Milliy chegaralanish natijalariga ko‘ra, O‘rta Osiyoda O‘zbekiston va Turkmaniston Sovet Sotsialistik Respublikalari, O‘zSSR tarkibida bo‘lgan Tojikiston Avtonom respublikasi, RSFSR tarkibida Qoraqirg‘iz (Qirg‘iziston) va Qoraqalpog‘iston Avtonom viloyatlari tashkil topdi. Sobiq Turkiston ASSRning qozoq viloyatlari esa, Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibiga kiritildi.
Shu tariqa, 1924 yilning kuzida milliy-hududiy chegaralanish hukumat qarorlari bilan qonuniy tarzda rasmiylashtirildi.
1925 yilning 13 fevralida O‘zSSR Sovetlarining Buxoroda ochilgan I-Umumo‘zbek qurultoyida “O‘zbekiston SSR tuzilgani to‘g‘risida deklaratsiya” qabul qilindi. O‘zbekiston SSR sovetlari MIQning raisi etib - Yo‘ldosh Oxunboboyev saylandi. O‘zbekiston XKS raisi etib - Fayzulla Xo‘jayevni tasdiqladi. Tuzilgan O‘zbekiston SSRga tugatilgan Turkiston ASSRdan Sirdaryo, Farg‘ona va Samarqand viloyatlarining katta qismi, Buxoro respublikasidan uning markaziy va g‘arbiy qismi (Zarafshon, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalari), shuningdek Xorazm SSRdan Xorazm vohasi kirdi.
Milliy-chegaralanishdan so‘ng, O‘zbekiston sovetlarining I-qurultoyi (1925 yil 13-17 fevral) “O‘zbekiston SSRning tashkil topishi haqidagi Deklaratsiya”ni tasdiqlagach, Ittifoq sovetlarining 3-qurultoyida (1925 yil,13 may) esa, O‘zbekiston Respublikasi SSSR tarkibiga kiritildi. Shu tariqa, O‘zbekiston SSRning qonunan rasmiylashtirish jarayoni tugallandi.
O‘zbekiston SSR aholisining soni respublika tashkil etilishining dastlabki yillarida 3.963.285 kishini, ya’ni, O‘rta Osiyo aholisining deyarli yarmini-48,7 foizini tashkil etar edi. 1926 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha respublikada istiqomat qiluvchi aholining tarkibi quyidagicha edi: o‘zbeklar -74,2%, tojiklar -7,8%, ruslar-5,6%, qozoqlar-2,4%, qirg‘izlar-2,04%.
Turkiston o‘lkasini bo‘lib tashlash bilan sho‘rolar milliy davlatchiligimizning ming yillik rivojlanish tarixiga putur yetkazdilar. Millatning bir qismi o‘z ota-bobolari yerida yashab, mehnat qilsa-da, rasmiy ta’rifga ko‘ra, “oz sonli millat”ga aylanib qolgan edi. Bolsheviklar andozasidagi milliy-hududiy chegaralanish O‘rta Osiyo xalqlari o‘rtasidagi bo‘lajak millatlaro munosabatlarni keskinlashtirib turishi, favqulodda vaziyatlarda portlab, turli nizolarga sabab bo‘lishi muqarrar edi. Yangi sovet respublikalarini “milliy davlatchilikning tashkil etilganligi”, deb baholash xato bo‘lsa kerak. Zero, SSSR tarkibidagi ushbu tuzilmalar Markaz ixtiyorida bo‘lib, ilgarigidek unga arzon xom ashyo yetkazib berishga ixtisoslashtirilgan mustamlakalar bo‘lib qolaverdi.
1924-yilda milliy-hududiy chegaralanishi natijasida O‘rta Osiyo xaritasida ittifoqchi respublikalar bilan birga muxtor tuzilmalar ham paydo bo‘ldi. Shular orasida Qoraqalpog‘iston muxtor viloyati ham bor edi. Ushbu viloyat Qirg‘iziston (Qozog‘iston) ASSR tarkibida bo‘lib, unga volostlardan iborat To‘rtko‘l, Chimboy, Xo‘jayli va Qo‘ng‘irot okruglari kirdi. 1925 yil 12-19 fevralda viloyat markazi To‘rtko‘l shahrida bo‘lib o‘tgan Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Sovetlarining birinchi qurultoyi “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati tashkil topganligi to‘g‘risida Deklaratsiya” qabul qildi va “qoraqalpoq milliy davlatchiligi” tashkil etilganligini qonuniy rasmiylashtirdi. Qoraqalpog‘iston avtonom viloyati Ijroiya Qo‘mitasining raisi etib A. Qudaboyev saylandi. Qoraqalpog‘istonda yashaydigan asosiy elatlar qoraqalpoqlar-38,5%, o‘zbeklar-28,7%, qozoqlar-28,6%dan iborat edi.
Qoraqalpog‘iston Muxtor viloyati tashkil etilgandan so‘ng, sovetlar bu yerda ham sotsialistik qurilishni avj oldirib yubordilar. Jumladan ovul va qishloqlarni sovetlashtirish keng miqyosda olib borildi. Sovetlarga batrak va kambag‘allar saylanib, ularning asosiylarini kommunist va komsomollar tashkil qildi. Mamlakatda vayron bo‘lgan sanoatning turli sohalari, qishloq xo‘jaligi va sug‘orish ishlarini tiklash amalga oshirildi. Qoraqalpog‘iston iqtisodiyotining taraqqiyoti bir tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, SSSRning markaziy mintaqalari sanoatini rivojlantirish ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan edi. Masalan, 1933 yilning 3 oktyabrida SSSR Yer ishlari Xalq Komissarligi Qoraqalpog‘istonni mamlakatni beda urug‘i yetkazib beruvchi asosiy baza deb tan olgan edi. Buning asosiy sababi mamlakat xalq xo‘jaligida ittifoqdosh respublikalar o‘rtasidagi mehnat taqsimotida Qoraqalpog‘istonga oliy sifatli paxta, beda hamda baliq bilan ta’minlab turish yuklatilganligida edi.
Muxtor viloyat sanoatining yetakchi tarmoqlarini paxta tozalash va baliq-konserva zavodlari tashkil etar edi. Sanoatni yuksaltirish bilan bir qatorda qishloq xo‘jaligining barcha sohalarini rivojlantirishga ham katta e’tibor qaratildi va bu yerga ko‘p miqdorda qishloq xo‘jalik anjomlari keltirila boshlanib, boy va ruhoniylardan tortib olingan yerlar hisobiga yersiz va kam yerli dehqonlar yer bilan ta’minlandi.
1930-yilda Qoraqalpoq muxtor viloyati RSFSR tarkibiga kiritildi.1932 yilning 20-martida esa, SSSR MIQ Rayosati “Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatini Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasiga aylantirish va uni RSFSRga kirishi to‘g‘risida” qaror qabul qildi. O‘sha yilning may oyida avtonom respublika Sovetlarining I Ta’sis qurultoyi xukumatni tuzdi. Unda QQASSR MIQ raisi etib, Koptleu Nurmuhamedov, Xalq Komissarlari Kengashi raisi etib esa Qosim Avezovlar saylandilar.1936 yilda SSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi va unga ko‘ra QQASSRning O‘zbekiston SSR tarkibiga kirishi ko‘zda tutilgan edi. Buning asosiy sababi, hududiy yaqinlik, yagona tarixga ega bo‘lganligi deb e’tirof etildi. 1937 yil 12 fevralda O‘zSSRning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. O‘sha yilning 6 martida esa, QQASSRning yangi Konstitutsiyasi e’lon qilinadi. Qoraqalpog‘iston O‘zbekiston tarkibida bo‘lganida, o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik yanada mustahkamlandi.
O’zbekiston SSR Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil etildi. O’zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jaev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi etib tasdiqlandi. O’zbekiston SSR tarkibiga quyidagi xududlar kiritildi:
sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta u’ezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;
sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;
sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani.
O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926 yil ma’lumotlari bo’yicha milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi. 1924 yil 5 dekabrida Inqilobiy Qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murajaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo’linish ham o’tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar o’rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O’rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi. 1925 yil 13 fevralda Buxorodagi «Xalq uyi»da Butuno’zbek sovetlari birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya»ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O’zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg’onalik dehqon, «Qo’shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo’ldosh Oxunboboev saylandi. O’zbekiston SSR hukumati - Xalq Komisarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo’jaev tasdiqlandi. Samarqand shahri O’zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi, 1930 yilda poytaxt Toshkentga ko’chirilgan. Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko’rsatib kelgan partiya, komsomol va xo’jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm komunistik partiyalari, komsomol, va xo’jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi. 224 O’zbekiston kompartiyasi 1 ta’sis s’ezdi 1925 yil 8 fevralda Buxoroda ochildi. S’ezdda O’zbekiston Komunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo’mi saylandi. V.I. Ivanov va A. Ikromov (1927 yildan birinchi kotib) Markaziy Qo’mitaning mas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (O’z LKSM), respublika kasaba uyushmalari, ularning rahbar organlari ham tuzildi. 1925 yil mayda O’zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun- qoidalari O’zbekiston SSR hududida ishlaydigan bo’ldi. 1927 yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937 yildagi ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko’chirma nusxasi edi. Chunki O’zbekiston qog’ozdagi «suveren» respublika bo’lib, amalda Markazga tobe bir o’lka edi, xolos. U o’z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan xoli, mustaqil hal eta olmasdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, 1929 yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSRga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936 yilga kelib avval Qozog’iston ASSR, keyin RSFSR (1932-1936 yil) tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston muxtor viloyati muxtor sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, qog’ozda suveren respublika sifatida shakllantirilgan, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to’la bo’ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari yetkazib beruvchi o’lka bo’lib qolaverdi.
II
N.To`raqulov, S.Otaboеv, I.Xidiraliеvlar faoliyati.
20-yillar boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy hayotining alohida xususiyati-bu o‘lka mahalliy aholisining milliy o‘z-o‘zini anglashining o‘sganligi deyish mumkin. Mahalliy aholining keskin noroziligiga birinchi navbatda Markazning uning milliy manfaatlarini hisobga olmaslik siyosati sabab bo‘ldi. Turkiston tub aholisining kuchayib borayotgan noroziligi turli shakllarda namoyon bo‘ldi. Shunday norozilik shakllaridan yana biri hokimiyat pog‘onalaridagi milliy rahbar kadrlardan iborat milliy muxolifat bo‘ldi. Ular mustabid tuzumga, uning siyosatiga ochiqdan-ochiq qarshi fikr bildirib, mahalliy aholining manfaatlarini himoya qildilar, markazning shovinistik va imperiyacha siyosatiga qarshi faol kurash olib bordilar. Mana shunday milliy rahbarlardan davlat va siyosat arbobi, olim va diplomat Nazir To‘raqulov (1892-1939) bo‘lgan. Nazir To‘raqulov sovet hokimiyatining turli lavozimlarida ishlab keldi.
Markazning siyosiy rahbariyati o‘zining siyosiy mavqeini saqlab qolish maqsadida o‘lkadagi vakillariga Turkiston Kompartiyasining VI (1921 yil 11-20 avgust) qurultoyida milliy muammolarga e’tiborni kuchaytirishni, Turkiston partiya-davlat organlari tarkibida milliy kadrlarni ko‘paytirishni tavsiya etgan edi. Ushbu ko‘rsatmalar asosida qurultoyda Turkiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining a’zolari etib bir qancha mahalliy rahbarlar bilan bir qatorda Nazir To‘raqulov ham saylangan edi. Shu bilan birga Nazir To‘raqulov va Abdulla Rahimboyevlar RKP(b) MKning Turkiston byurosi tarkibiga kiritildilar. Milliy rahbarlar Markazning buyuk davlatchilik shovinizmiga qarshi chiqib, Turkkomissiyani yo‘q qilish talabini bir necha marotaba o‘rtaga tashlagan edilar. Bu davrda TKPga boshchilik qilib turgan Nazir To‘raqulov ham Turkkomissiya va Turkbyuroning xatti-harakatlariga norozilik belgisi sifatida ular safidan chiqish to‘g‘risida ariza beradi.
Lekin milliy rahbarlarning vatanparvarlik chiqishlari Markazning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi. Markaz ularga qarshi siyosiy quvg‘inni avj oldiradi. Q.Otaboyev va A.Rahimboyevlar “qo‘pol xatolari” uchun o‘z lavozimlaridan bo‘shatildi. Lekin sovet hukumati bir oz vaqt o‘tgandan so‘ng, ularga “o‘z xatolarini tuzatish” imkoniyatini berib, rahbarlik lavozimlarida ishlashga ruxsat bergan edi. Biroq, milliy rahbarlar o‘lkaning taraqqiyotini uning mustaqilligida ko‘rdilar va o‘z qarashlarida mustahkam turishda davom etdilar.
Nazir To‘raqulov nafaqat siyosiy arbob, balki tilshunos olim sifatida ham taniqlidir. U turk, fors, arab, rus, nemis va fransuz tillarini yaxshi bilgan. Respublika va viloyat gazetalarida maqolalari bilan qatnashib turgan. Uning noshirlik va elchilik faoliyati hayotining keyingi davriga to`g‘ri kelgan.
Ko‘pgina milliy rahbarlar qatori Nazir To‘raqulov ham qatag‘onlik to‘lqinidan qutulib qolmadi va 1939 yilda otib tashlandi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, 20-yillarning boshlarida o‘lka partiya-davlat organlarining rahbarlik lavozimlariga milliy kadrlar jalb qilingan edi. Ular orasida taniqli davlat va jamoat arbobi Qayg‘usiz Otaboyev (1887-1937) ham bor edi. O‘z siyosiy faoliyati davomida Q.Otaboyev Markazning ayirmachilik, shovinistik siyosatiga qarshi bir necha bor o‘zining dadil fikrlari bilan chiqdi. U Markaz tomonidan yuborilgan emissarlarning mahalliy xalqlarga nisbatan qo‘llayotgan usullarini tanqid qilib, Rossiyadan kelgan xodimlar tub aholining o‘lkani mustaqil boshqara olish qobiliyatiga ishonmayotganliklari, o‘zlari esa Turkistonning turmush-sharoitlarini yaxshi bilmasdan turib, hokimiyatning ma’sul lavozimlariga da’vogarlik qilishlari haqida TKP Sovetlarining X qurultoyi minbaridan turib gapirgan edi.
Q.Otaboyev milliy rahbarlardan birinchilar qatorida qarshilikchilik harakatiga to‘g‘ri baho bergan. Uning 1922 yil 18 iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining VI plenumida qilgan ma’ruzasi keskin tanqidiy va ochiqdan-ochiq qarshilik ruhida edi. Otaboyev qarshilik harakatiga ”harbiy yo‘l bilan yo‘q qilib bo‘lmaydigan xalq qo‘zg‘oloni” deb baho beradi va ushbu harakat ishtirokchilari bilan siyosiy va iqtisodiy usullarni qo‘llab, tinch muzokaralar olib borish taklifini kiritadi. Shundan so‘ng, 1922 yilning sentabrida Samarqand viloyatida bolsheviklar tuzumiga qarshi kurashayotgan Bahrombek qo‘rboshi bilan teng asoslarda tinchlik shartnomasini imzolagani uchun Q. Otaboyev, A. Rahimboyev, A. Sherg‘oziyevlar lavozimlaridan bo‘shatildi.
Qayg‘usiz Otaboyevning qismati ham o‘sha yillardagi millatparvarlar singari ayanchli tugadi, u 1937 yilda mustabid tuzum tomonidan nohaq qatag‘onga uchrab, otib tashlanadi.
Yana bir millatparvar rahbarlardan biri, yetuk davlat arbobi Inomjon Xidiraliyevdir (1891-1928). Inomjon Xidiraliyev ham mahalliy aholining manfaatlarini himoya qilgan milliy rahbarlardandir. U 1922 yilning oxirida Butunrossiya MIQga maxsus xat bilan murojaat qilib, “Mahalliy aholining barcha qatlamlarini sovet ishlariga jalb qilishga, bu ishlarni aholining milliy turmush tarziga moslashtirgan holda amalga oshirishga, Turkistonda ish yuritishni mahalliy aholi tiliga o‘tkazishga” e’tiborini qaratgan edi. I.Xidiraliyev fikricha, oktabr to‘ntarishidan so‘ng deyarli 5 yil o‘tgan bo‘lsa ham, quyidan yuqorigacha boshqaruv apparatlarida asosan Yevropalik kishilar o‘tirganligi mahalliy aholida chorizm mustamlakachilik siyosati sovetlar davrida ham davom etmoqda degan xulosani keltirib chiqarmoqda. Boshqaruv idoralarida o‘tirgan Yevropaliklar asosan Rossiya sharoitidan kelib chiqqan kishilar bo‘lib, mahalliy aholi tili, urf-odatini bilmaydigan, dehqonchilik va chorvachilikda mashg‘ul bo‘lgan ko‘plab aholi xususiyatiga mos mafkuraviy qarashlarni tushunmaydigan shaxslardir. Bu esa o‘z navbatida chorizm davridagi byurokratik davlat apparatiga o‘xshab qolgan boshqaruv apparatini tez orada mahalliy xalqlar ruhiyati va turmushiga moslashtirishni taqozo qiladi. Xidiraliyevning ushbu takliflari bilan Markaz qisman bo‘lsa ham hisoblashishga majbur bo‘ldi. 1923 yildan boshlab ish yuritish tub millatlar tillarida olib boriladigan bo‘ldi.
Sovet tuzumi davridagi milliy rahbarlar ustida so‘z borar ekan, davlat va siyosat arbobi Akmal Ikromov(1898-1938) faoliyati haqida to‘xtalib o‘tish muhimdir. A.Ikromov sovet hokimiyatiga sodiqlik bilan xizmat qildi. Uning yer-suv islohoti va jamoalashtirish xususida bildirgan fikrlari buning yorqin dalilidir. Yer-suv islohotini o`tkazishdan maqsad nima degan savolga Akmal Ikromov: “yer bir guruh boylar to`dasi qo`lida to`planib qoldi,...boy xo`jaliklarni tugatmasdan turib, paxtachilikni rivojlantirib bo`lmaydi” degan edi. Shuningdek, u “18lar guruhi”, “inog‘omovchilik”ka qarshi chiqishlar qilib, ularni millatchilikda ayblaydi va ularga qarshi kurash olib borishga chaqiradi. Afsuski, 20-yillarning oxiri-30 yillarning o`rtalaridagi bir qator qatag‘onlar uchun Akmal Ikromov ham javobgardir. Lekin mustabid tuzumning sodiq xizmatchisi bo`lgan Akmal Ikromov ham, 1938 yilda “xalq dushmani” sifatida otib tashlanadi.
Tadqiq qilinayotgan davrdagi davlat arboblaridan yana biri Yo‘ldosh Oxunboboyevdir (1885-1943). U 1926-27 yillarda O‘zbekistonda yer-suv islohotini o‘tkazish markaziy komissiyasi raisi sifatida ish olib borgan, Farg‘ona viloyati hamda respublika qishloq xo‘jaligini tiklashda ishtirok etgan. Yo‘ldosh Oxunboboyev 1943 yilda Toshkentda vafot etgan.
Tariximizda o‘zining o‘chmas izini qoldirgan buyuk siymo bu-Fayzulla Xo‘jayevdir (1896-1938). 1920 yili inqilobchi Yosh buxoroliklar Turkiston markaziy byurosi rayisi, 1920-24 yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Kengashining rayisi (shuningdek, Tashqi ishlar, Harbiy ishlar noziri) bo‘lib ishlagan.
Fayzulla Xo‘jayevning faoliyati nihoyatda murakkab siyosiy vaziyatda o‘tgan. O‘zbekistonda yuz berayotgan o‘zgarishlardan qoniqmaganligini u o‘zining bir qancha tanqidiy chiqishlarida bildiradi. Masalan, 1924 yildagi bolsheviklarning milliy-hududiy chegaralanishiga qarshi o‘z fikrlarini ilgari surgan, “Buxoro inqilobi tarixiga doir” asarida Fayzulla Xo‘jayev jadidchilikka xolis baho berishga harakat qilgan. Ushbu asardagi jadidchilikning ijtimoiy mohiyatiga ijobiy munosabati va jadidchilikni ijtimoiy-inqilobiy harakat sifatidagi qarashlari xato deb baholandi.
Fayzulla Xo‘jayev ham mustabid tuzumning qatag‘on qurbonlaridandir. U 1937 yil Moskvada “xalq dushmani” sifatida qamoqqa olinib, 1938 yilda otib tashlangan.
20-30 yillarda ko‘zga ko‘ringan milliy yetakchi - Abdulla Rahimboyevdir (1896-1938). Abdulla Rahimboyevning siyosiy faoliyati nihoyatda serqirra bo‘lib, mustabid tuzum siyosatiga qarshi dadil chiqishlari buning yorqin ifodasidir. Masalan, u 1921 yilning dekabrida bo‘lib o‘tgan RSFSR Sovetlarining IX qurultoyi minbaridan turib, Rossiya hukumatiga ochiqdan-ochiq ”Turkistondagi sovetlarning jazolash siyosati har qanday chegaralardan o‘tib tushdi. Farg‘ona viloyatidagi jazo otryadlari esa mutlaqo muxtor holatda, hech kim bilan, partiya organlari bilan ham, sovet organlari bilan ham hisoblashmasdan, turli shubhali shaxslarni xizmatga olib harakat qilmoqdalar” degan bayonot bilan chiqdi. Lekin bunday tarzda sovetlar siyosatini tanqid qilish kechirilmas edi va 1922 yilda ishda yo‘l qo‘yilgan “qo‘pol xatolari” uchun TASSR MIQ raisi A.Rahimboyev lavozimidan chetlashtirildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan Markaz unga “o‘z xatolarini tuzatish” imkonini beradi va yana rahbarlik ishiga jalb qiladi.
A.Rahimboyev RKP(b) MQ O‘rta Osiyo byurosining a’zosi hamda TKP MQning ma’sul kotibi sifatida milliy-hududiy chegaralanishni o‘tkazishning tepasida turdi. 1924 yilning fevralida u Buxoroga yuboriladi va bu yerdagi BXSR rahbar xodimlarining kengashida milliy–hududiy chegaralanishi to‘g‘risida ma’ruza qildi. 1924 yilning 10 martida Turkiston Kompartiyasi MQsi va Turkiston MIQ rahbar xodimlarining kengashida ham ma’ruza qilib, Rahimboyev milliy-hududiy chegaralanishni “...nisbatan ma’qul tarzda, og‘riqsiz usullar” bilan o‘tkazish kerakligini uqtirdi.
Abdulla Rahimboyevning qismati ham milliy yetakchilarniki kabi qatag‘on to‘lqinlari avj olgan paytda hal qilindi. U 1938 yilda qurbon bo‘ldi.
I.Xidiraliyevning hayoti 1928 yilda fojeali tugaydi.
"18 lar guruhi", "Inog`omovchilik", "Qosimovchilik" guruhlari haqida uydirma va haqiqat. Mustabid tuzum Markazda va joylarda o’z mutlaq hokimiyatini shakllantirib, mustahkamlab borar ekan, bunda u o’ziga sodiq muayyan siyosiy va ijtimoiy kuchlarga tayanib ish yuritmog’i kerak bo’lardi. Shu maqsadda Markaz hukumati yangi sotsialistik jamiyat qurilishining butun davomida O’zbekistonga o’zining ko’p sonli sadoqatli xodimlari, vakillarini rahbariy lavozimlarga yuborib turganligi bejiz emas. Xususan ular yordamida o’lka hayotida kechayotgan barcha jarayonlar, o’zgarishlardan doimiy xabardor bo’lish, ularning yo’nalishlarini, maqsad, vazifalarini belgilash, mahalliy kadrlar faoliyatini kuzatish, nazorat qilish mumkin bo’lardi. Markaz O’zbekistonlik milliy kadrlarning kundalik ishlariga «ko’z quloq» bo’lish, ular faoliyatini tekshirish, taftish qilish barobarida sotsializm qurilishi yo’liga sadoqat bildirganlarni tanlash, tarbiyalash, ularni yuqori mansablarga ko’tarishni o’z e’tiboridan chetda tutmadi. Shu bois Markaz ishonchini qozonib, uning nufuzli namoyandalari bilan yaqindan hamkorlik qilgan, kerak bo’lganda o’z xalqining manfaati, qiziqishlarini ko’zlab ish yuritgan bilimdon kadrlar soni ham ko’payib borganligi faktdir. Ammo Stalinning yakkahokimligi kuchayib, totalitar tuzum bedodligi avj olib borgan sari bunday kadrlarni arzimas sabab va bahonalar bilan qiyin-qistovga olish, vazifalaridan chetlashtirish odatiy tusga kirib bordi. Rahbar kadrlar, ayniqsa o’z xalqi, yurtining milliy manfaatlarini himoya qilib, uning istiqbolini ko’zlab, o’zida kuch, iroda topib, bor haqiqatni aytishga jur’at qilgan millat kishilari birinchi navbatda hukmron Markaz uyushtirgan qatag’onlikka duchor bo’ldi. Buning yorqin ifodasini Sovet mafkurachilari tomonidan o’zbek milliy kadrlari sha’nini bulg’ashga qaratilgan, atayin to’qib chikarilgan «18 lar guruhi», «Inog’omovchilar», «Qosimovchilar» guruhlari timsolida ko’rish mumkin. Ularning faoliyatiga oid tarixiy hujjatlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, bu insonlar faoliyatida ularni ayblashga bois bo’ladigan xech bir asosli ashyoi dalillar bo’lmaganligiga to’la amin bo’lamiz. Ularning yagona «gunohi» - bu o’z millati dardi, tashvishi va manfaatini ko’zlab ayrim muhim muammolarni ko’targanligi va ularni hal etishga yuqorining e’tiborini jalb etganligi holos. Xo’sh, bu guruhlar tarkibi kimlardan iborat bo’lgan? Ular sovet mutasaddilari oldida qanday gunoh qilgan edilar? Respublikaning taniqli arboblaridan iborat «18 lar guruhi» (I.Xidiraliev, M. Saidjonov, U. Ashurov, R. Rahimboboev, Eshonov) ga er-suv islohotiga qarshi chiqqan, boy-quloq va er egalarining manfaatini himoya qilib chiqqanlar, mahalliychilik va millatchilik g’oyalarini ilgari, degan soxta aybnoma qo’yildi. Aslida esa ular hukmron Markazning ulug’ davlatchilik va shovinistik siyosatiga, milliy kadrlarga nisbatan bepisandlik, loqaydlik yo’liga qarshi chiqib, adolat va haqqoniylik tamoyillarini himoya qilganlar. Shu bois rasmiy partiya organlari tomonidan mazkur guruh keskin qoralanadi va uning a’zolari turli jazolarga giriftor etiladilar. «Inog’omovchilik» guruhi to’g’risida gap borganda ham unga qo’yilgan barcha ayblarning to’liq tarzda to’qib chiqarilganligi ayon bo’ladi. Ma’lumki, Rahim Inog’omov O’zKP(b) Markazqo’mi Matbuot bo’limi mudiri va O’zSSR Maorif Xalq Komissari vazifasida faoliyat yuritib kelgan. R.Inog’omov o’zining bir qator nutqlarida O’zbekiston kompartiyasining mustaqil faoliyat yurita olmayotganligiga, Markaz organlarining o’lka hayotidagi zo’ravonligiga ham alohida urg’u bergan. Respublikaning bir qator mas’ul xodimlaridan N.Mavlonbekov, I. Isamuhammedov, M.Aliev, Bobonazarov singari hammaslaklar Inog’omov qarashlarini qo’llab - quvvatlab chiqqandilar. Bunday muxolifatchi chiqishlar hukmron partiya mutasaddilarining kahriga uchramasdan qolmasdi, albatta. Shu bois 1926, 1927 yillarda bu guruh faoliyati partiya tashkilotlarida bir necha bor muhokama qilinib, og’machi guruhbozlikda ayblandi. Inog’omov tarafdorlari vazifalaridan olinib, nomlari qoralangan. «Qosimovchilik» guruhi ham 1929 - 1930 yillarda sovet hukmron rejimi tomonidan milliy kadrlarni, ziyolilarni qatog’on qilish, jazolash maqsadida atayin uyushtirilgan navbatdagi uydirma edi. O’z SSR Oliy Sudining raisi lavozimida ishlagan C. Qosimov va uning yaqin maslakdoshlari: N. Alimov, Musaboev, Sharipov, Sirojiddinov va boshqa jami 7 kishi 1929 yilning 2 - yarmida «bosmachilik» harakatiga yon berganlikda ayblanib qamoqqa olinadilar. Ular respublikadagi millatchi tashkilotlar bilan aloqa bog’laganlikda ayblandilar. Bu guruhning 4 ta a’zosi shunday asossiz ayblar bilan ayblanib, otib tashlandilar. Qolganlari esa ko’p yillik qamoq jazosiga hukm qilindilar. Mustabid tuzum hukmdorlari uchun O’zbekiston singari milliy sovet respublikasi rahbarlari, xodimlarini to’la itoatda tutishning birdan - bir sharti - bu ularning mustaqil faoliyatiga izn bermaslik, vaqti – vaqti bilan silkitib turish, mabodo xato, kamchiliklari topilguday bo’lsa, shafqatsiz jazolash yo’li edi. Milliy kadrlar faoliyatiga nisbatan bunday noinsoniy, g’ayriqonuniy yondashuv oqibatida respublikada o’z ongli hayoti, jo’shqin faoliyatini sovetlarning yolg’on, soxta g’oyalari, sotsializm g’alabasi uchun bag’ishlagan, shu yo’lda jon fido etib kurashgan qanchalab etuk partiya va davlat rahbarlari qatag’onlik domiga g’arq bo’ldilar.
Siyosiy qatag`onlar va uning bosqichlari, og`ir oqibatlari. A.Ikromov, F.Xo`jaеv va boshqa davlat, partiya arboblarining qatl etilishi.
O’zbekiston ravnaqi, xalqining baxtu saodati uchun fidoyilik qo’rsatgan Akmal Ikromov, Fayzulla Xo’jaev, Abdulla Rahimboev, Isroil Ortiqov, Abdulla Karimov va boshqa o’nlab mahalliy rahbar kadrlarning hayot qismati pirovarida mana shunday fojia bilan yakun topdi. Mustabid tuzum hukmdorlari va ularning chaqqon dastyorlarining eng shimarib qilgan «sa’y - harakatlari» natijasida 1937 - 1938 yillar davomida O’zbekistonda bir kator yirik aksilinqilobiy tuzilmalar tuzilgan, faoliyat yuritmoqda, degan soxta ma’lumotlar to’plandi. Mana shunday soxta ma’lumotlar asosida respublika rahbarlari A.Ikromov va F.Xo’jaev boshchiligidagi «Burjua - millatchilik aksilinqilobiy tashkiloti markazi», Abdurauf Qoriev rahbar bo’lgan «Musulmon ruhoniylarning millatchi –isyonkor tashkiloti», «Aksilinqilobiy o’ng trotskiychi josuslar tashkiloti markazi», «Buxoro va Turkiston baxt-saodati» nomli aksilinqilobiy tashkiloti, I.Ortiqov boshliq «Yoshlarning aksilinqilobiy burjua–millatchilik tashkiloti», «Ingliz josuslik rezidenturasi», «Yapon josuslik–qo’poruvchilik rezidenturasi» kabi tashkilotlar sovet hokimiyatiga qarshi faoliyat yuritmoqda deb e’lon qilindi, ularni tuzishda gumon qilinganlar qatag’on qilindi. Eng so’nggi ma’lumotlar, tarixiy hujjatlarni har tomonlama o’rganish, tahlil qilishlar, surishtirishlar bunday tashkilotlarning respublikada umuman bo’lmaganligini to’la tasdiqlamoqda. Demak, bunday aksilinqilobiy tashkilotlar qatag’onlik tuzumi buyurtmasi asosida Markaz va uning jazo organlari tomonidan atayin to’qib chiqarilgan va hayotga izchil tatbiq etilgan. Buning orqasida ming - minglab begunoh insonlar shafqatsiz jazolangan umrlari xazon bo’lgan. XX asr boshidan 40-yillargacha 450 ming vatandoshlarimizga nisbatan «jinoiy ish» ochilganligi, ularning hayoti ostin-ustun bo’lib ketganligi faktdir. Faqat 1937 - 1939 yillarda O’zbekistonda hammasi bo’lib 43 mingdan ziyod kishi qamoqqa olingan. Ulardan 6 ming 920 nafari otib tashlangan. 37 ming nafari esa turli muddatli qamoq va surgunlarga hukm etilgan. Mustabid tuzum jallodlarining bu bedodligini hech narsa bilan oqlab bo’lmaydi. Yaqin milliy tariximizning bu qorong’u zulmati xalqimiz dilida mangu o’chmas armon bo’lib qoldi. U faqat milliy istiqlol tufayiligina to’la yuzaga chiqib, bundan yurtimiz fuqarolari chinakam ro’shnolik ko’rish baxtiga musharraf bo’ldilar.
O`zbеk ziyolilarining quvg`in etilishi. Fitrat, Cho`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosirlarning taqdiri. Stalincha siyosiy qatag’onlikdan jamiyatning sog’lom kuchlari, milliy ziyolilar eng ko’p aziyat chekdi, mislsiz kurbonlar berdi. Negaki, totalitar rejim mutasaddilari o’zlari jaholatparast kimsalar bo’lganligidan, ilmu ma’rifat, ziyo ahlini qadrlash, e’zozlash o’rniga ularni xo’rlash, tahqirlash, kerak bo’lsa yo’q qilishni o’zlariga kasb qilib olgandilar. Shu bois vaqti – vaqti bilan ziyoli kadrlarni qatli om chig’irigidan o’tkazish, saflarini «yagonalab» turish ular uchun odatiy hol bo’lib kolgandi. Masalan, butun hayoti ijodini millat baxt - saodati, yurt istiqboli uchun bag’ishlagan Munavvar qori shu davrda avj olgan sovetlar ig’vosi va bo’htonining aybsiz qurboni bo’ldi. Uning rahnomoligida millat ravnaqi va istiqloli yo’lida faoliyat yuritgan, xalqqa ziyo taratib kelgan «Milliy istiqlol» tashkilotining 87 a’zosi ustidan sud uyushtirildi. Ularning 49 nafari «Xalq dushmani», «burjua millatchisi» degan ayblar bilan qoralanib, og’ir jazolarga hukm qilindilar. O’zbek adabiyotining ustunlari bo’lgan, noyob ijodlari xalq mehrini qozongan Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Cho’lpon, Usmon Nosir, Mahmud Botu (Xodiev), Elbek (Mashriq Yunusov), Fozi Yunus kabi ajoyib iste’dodlarni quruq bo’htonu to’hmatlar asosida «xalq dushmanlari» sifatida jismonan yo’q qilinib, yorqin faoliyati so’ndirildi. Masalan, ulardan biri - professor Fozi Olim Yunusovni oladigan bo’lsak, u 50 dan ziyod asarlar muallifi edi. Arab, fors, nemis, ingliz va barcha turkiy tillarni puxta bilardi. U hatto rus, arab va nemis tillarida Samarkand universiteti, Toshkent pedagogika institute hamda Til va adabiyot ilmiy - tadqiqot institutida umumiy tilshunoslik va til bilimiga kirish kabi maxsus kurslardan ma’ruzalar o’qirdi. Biroq bunday iste’dodlar qatag’on jallodlari uchun sariq chaqalik qadr - qimmatga ega bo’lmagan. Mustabid tuzum farmonbardorlari ayniqsa bunda o’zbek xalqining milliy ongi, tafakkurini yoritish, uning o’zligini tanitishga fidoyilik qilgan, istiqlol darg’alari bo’lgan jadidizm namoyandalarini yo’q qilishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ydilar. Bunga erishdilar ham. O’zbekiston hukumatining tashabbusi va sa’y-harakati bilan 20-yillarda xorijga o’qishga yuborilib, yaxshi mutaxasislar, fan arboblari bo’lib etishgan kishilar atayin qatliom qurbonlari bo’ldilar. Agar Germaniya yoki Turkiyada ta’lim olgan bo’lsalar ularga o’sha mamlakatlarning josuslari degan ayb qo’yildi. Buning uchun ularning uyida tintuv paytida chet elda bosilgan kitob topilguday bo’lsa, shuning o’zi etarli dalil edi. Axir ular chet el oliy o’quv yurtlarida o’qigan bo’lsalar ularda shunday kitoblar bo’lishi tabiiy edi. Masalaning bunday mantiqiy jihatlari chalasavod jazo organlari vakillarini qiziqtirmagan. Xorijda ta’lim olib, professorlik unvoniga sazovor bo’lgan Ahmadjon Ibrohimov, Majid Ibrohim, Ibrohim Yorqin, Tohir Shokir, Abduvahob Ishoq, Saida Shermuhammad qizi, Sattor Jabbor, Otajon Hoshim va boshqalar o’sha davrlarda millat faxri bo’lganlar. Ularga ham “xalq dushmani”, “chet el josusi” qabilidagi tavqi la’nat tamg’asi bosilib qatliom etildilar. Stalincha totalitar-mustabid tuzum bedodligi va zulmining haddan ziyod kuchayib borishi davomida nafaqat yurtparvar milliy kadrlar, fidoyi ziyolilarning hayot tarzi, qismati zavol topdi, balki shu bilan birga millionlab yurt fuqarolarining oddiy insoniy qadr-qiymati, or - nomusi toptaldi, tahqirlandi. Faddor tuzum zulmkorlari o’z g’ayriqonuniy hatti-harakatlarini avj oldirib, bunda har bir insonning yurish - turishi, kundalik mashg’uloti, muomalasidan tortib to uning qanday tafakkur yuritishigacha bo’lgan hamma jarayonlarni ham o’z nazoratiga olishga intilganlar. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad esa insonlar erki, irodasini jilovlash, uni muayyan chegara doirasida ushlab turish va shu yo’l bilan badkirdor tuzum sha’niga dog’ tushirmaslik, uning soxta obro’ -nufuzini asrash, avaylash edi. Sovetlar o’z siyosatidan salcha og’ish, unga zid keluvchi hollarga shafqatsizlik bilan munosabatda bo’lardi. Buning oqibatida kishilar dunyoqarashi, e’tiqodini o’z izmiga bo’ysundirish, uni kommunistik axloq, ilmiy va ateistik tamoyillar ruhida shakllantirish uchun hujumkor kurash olib borgan sovet mafkurasining respublika mehnatkashlarining ma’naviy hayotiga etkazgan zarari behisob bo’ldi. Shu yo’l bilan xalq ma’naviy – ruhiy hayotiga asrlar osha muhim hissa qo’shib kelgan butun boshliq ruhoniylar tabaqasi yo’q qilindi
Diniy tashkilotlar va ruhoniylarning taqib etilishi. Inson huquqlarining poymol etilishi va uning fojiali oqibatlari. Din peshvolari qattiq ta’qibu quvg’inga olindi. Bu davrda insonni qoralash, uning peshonasiga «xalq dushmani» tamg’asini bosish tuzum zolimlari uchun huddi «xamirdan qil sug’urganday» gap bo’lgan. Hatto shunday hollarga duch kelindiki, respublikadagi ko’p xonadonlarda vaqti – vaqti bilan o’tkazilgan tintuv paytida mabodo arab yozuvida bosilgan biror kitob topilguday bo’lsa, uning nomi, mazmuni so’rab, surishtirilmasdan o’sha xonadon sohibiga jamiyatga yot unsur degan la’nat tamg’asi bosilib, u qamoq yoki surgun jazosiga hukm etilavergan. Shunday qilib, stalincha qatag’onlik respublikamiz hayotining barcha sohalari uchun qonli fojialar, beadad yo’qotishlar bilan to’lib toshgan davr bo’ldi. U millionlab odamlarning taqdir - qismatida asoratli iz qoldirdi va mislsiz xunuk oqibatlarni yuzaga keltirdi. Shunga qaramay xalqimiz o’z bukilmas irodasini, matonatini namoyon etib, yorug’, charog’on kunlar kelishiga intiqib, kurashib yashadi. U stalincha qatli omning har qanday shiddatiga dosh berib, o’z asriy qadriyatlarini, udumlari, rasm – rusumlarini saqlab, imon – e’tiqodida sodiq qola bildi va hamisha milliy istiqlol sari dadil harakatlanishda davom etdi. Biz, milliy istiqlol davri kishilari jonajon yurtimiz ozodligi va mustaqilligi yo’lida kurashib, stalincha qatag’onlik qurbonlari bo’lib ketgan aziz insonlar xotirasini doimo qalbimiz to’rida saqlamog’imiz kerak bo’ladi. Bu har birimiz uchun farzu qarzdir. Yurtboshimizning 2001 yil 1 maydagi farmoni bilan har yili 31 avgust kunini «Qatag’on qurbonlari» xotirasini nishonlash kuni, deb e’lon qilinganligi g’oyatda quvonarlidir. Bu hozirgi minnatdor avlod kishilarining shahid ketganlar xotirasi oldidagi ehtiromining umumxalq e’tirofidir.
III
O`zbеkistonda sanoatlashtirish siyosati va amaliyoti. XX asr 20-yillari boshlariga kelganda o’lka hayoti, erli aholining maishiy -turmush tarzi nochor ahvolda edi. 1-jahon urushining og’ir asoratlari, yangi sovet tuzumini o’rnatishda bolshevik hukmdorlarning mahalliy aholiga nisbatan qo’llagan zo’rlik siyosatining oqibatlari har qadamda ko’zga tashlanib turardi. Sanoat izdan chiqqan, transport va aloqa vositalari ishlamayotgan, ekin maydonlari payxon bo’lib ketgandi. Eng yomoni, o’lkada ochlik, qashshoqlik, ommaviy ishsizlik hukm surardi. Buning ustiga mamlakatda fuqarolar urushi davom etayotgan paytda Sovetlar hokimiyati tomonidan ishlab chiqilib hayotga zo’rlik bilan joriy etila borgan oziq-ovqat razverstkasi va u bilan uyg’unlashgan «harbiy kommunizm» siyosati o’lka hayotini yana ham mushkul ahvolga solib qo’ydi. Sovet hokimiyatini saqlab qolish maqsadida amalgam oshirilgan bu favqulodda siyosat aholining bor-budini tortib olib, uning erki, mustaqilligini qat’iyan cheklab, savdo, bozor munosabatlariga izn bermay, oqibatda bu erdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatning yanada murakkablashib borishiga sabab bo’ldi.
Yangi iqtisodiy siyosat. Vaziyat Sovetlar yo’lboshchilari oldiga ahvolni o’nglash, tang vaziyatdan chiqish va xo’jalik siyosatining yangi vazifalarini belgilashni ko’ndalang qilib 225
qo’ydi. Bu vazifalar 1921 yil mart oyida bo’lib o’tgan RKP (b) X s’ezdi belgilab bergan yangi iqtisodiy siyosat (NEP) da o’z ifodasini topdi. Bu siyosatning muhim bo’g’inlari oziq-ovqat razverstkasini oziq-ovqat solig’i bilan almashtirish, savdo-sotiqni erkinlashtirish, sanoatda, mayda hunarmandchilik va boshqa sohalarda xususiy tadbirkorlikka ruxsat etish, bozorni tartibga solish, yollanma mehnat cheklanishini bekor qilishdan iborat bo’ldi. Eng muhimi, bu siyosat shahar bilan qishloq o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni izga solishga, yangi hokimiyatning tayanch negizi hisoblangan ishchilar bilan dehqonlar ittifoqini, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilardi. Yangi iqtisodiy siyosatning bosh maqsadlaridan biri - bu dehqon xo’jaligini oyoqqa turg’izish, uni rivojlantirish edi. Negaki, busiz sanoatni ham, xalq xo’jaligining boshqa sohalarini ham hech bir yuksaltirib, etarli xomashyo bazasini yaratib bo’lmasdi. Oziq-ovqat solig’I talabiga ko’ra ekish mavsumi oldidan yakka dehqon xo’jaligi bilan davlat o’rtasida mahsulot etkazib berish majburiyati to’g’risida shartnoma tuziladigan bo’ldi. Bu esa dehqonlarni erdan ko’proq hosil olish uchun astoydil mehnat qilishga undardi. Xullas, yangi iqtisodiy siyosat dehqonning o’z mehnatidan manfaatdor bo’lishini tayin qildi. Endilikda dehqonning ortiqcha g’allasi tortib olinmaydigan bo’ldi, o’zi etishtirgan oshiqcha mahsulotni bozorda erkin sotish huquqi berildi. Yangi iqtisodiy siyosat Turkiston uchun bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega edi. Birinchidan, Turkiston qoloq chekka, asosan qishloq xo’jaligi o’lkasi edi. Demak, bu yerda zamonaviy qishloq xo’jaligi va sanoatni yangidan barpo etish kerak edi. Ikkinchidan, o’lkada milliy ishchilar sinfini shakllantirish zarur edi. Uchinchidan, Turkiston ko’p millatli o’lka bo’lib, yangi iqtisodiy siyosatga o’tishda yerli xalqlarning qadriyatlari, an’analari, urf-odatlari xususiyatlarini hisobga olish kerak bo’lardi. Ammo RKP (b) va sovet hukumati Turkistonda yangi iqtisodiy siyosatni joriy etishda o’z manfaatlaridan kelib chiqib ish yuritdilar. 1921 yil aprelda Turkiston ASSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi oziq-ovqat, yem-xashak va xomashyo razvyorstkasini mahsulot solig’i bilan almashtirish to’g’risida qaror qabul qildi. Unda 1921-22 yillar uchun soliq miqdori belgilandi. Turkiston mehnatkashlaridan olinadigan soliq markaziy rayonlardan farqli o’laroq yil oxirida yig’ib olingan hosil miqdoriga qarab emas, balki ekilgan yerning har desyatinasi, shuningdek, qora mol va mayda mollar hisobidan olinadigan bo’ldi. Bu esa Turkiston dehqonining kamsitilishini bildirardi. Bundan tashqari, sovet hukumati o’lkada birinchi navbatda o’zi uchun zarur bo’lgan tarmoqlarni, chunonchi, paxta, qand lavlagi, tamaki va boshqa texnik ekinlarni rivojlantirishga alohida e’tiborni qaratdi. Yordam ko’rsatish bahonasida 300.000 dan ortiq ishchi va dehqon oilalari Rossiya markaziy rayonlaridan Turkistonga keltirilib joylashtirildi. Yangi iqtisodiy siyosat asosida sanoatni xo’jalik hisobiga o’tkazish jarayoni amalga oshirib borildi. Bu esa sanoat korxonalari ishlab chiqarishining biroz bo’lsada jonlanishiga olib keldi. Mayda va o’rta sanoat korxonalari, yirik kooperativ tashkilotlari va ularning birlashmalari tadbirkorlarga ijaraga berildi. O’lkada yangi sanoat korxonalari, 226 temir yo’llar qurildi. Xilkovo tsement zavodi, Farg’ona pillachilik fabrikasi, Toshkent guruch zavodi, Qizilqiya, Xilkovo temir yo’l shahobchalari shular jumlasidandir O’lkada ayniqsa paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq bo’lgan paxta tozalash korxonalari tez sur’atda o’sdi. Bu Markaz to’qimachilik sanoatining o’zbek paxtasiga talab-ehtiyoji ortib borayotganiga ko’p jihatdan bog’liq edi. Natijada paxta ekiladigan maydonlar 1924 yilda 1921 yilga nisbatan 3 barobar ko’paydi. Ishlab turgan sanoat korxonalari soni 144 taga etdi. Birgina paxta tozalash sanoatida yalpi maxsulot ishlab chiqarish 1923 yildagi 23,9 mln. so’mlikdan 1924 yilda 57,8 mln. so’mga etdi. Bundan ko’rinadiki, yangi iqtisodiy siyosat asosida Turkiston sanoati tiklanib sezilarli darajada rivojlana boshladi. Biroq partiya va sovet hukumati yangi iqtisodiy siyosat Turkistonda sinfiy kurashning keskinlashuviga olib kelmoqda, mahalliy boylar, milliy burjuaziya qoldiqlari, yirik savdogarlar, musulmon ruhoniylari va boshqa ekspluatator unsurlar jonlanmoqda, deb ularga qarshi mafkuraviy tashviqot va targ’ibot ishlarini kuchaytirib yubordi. Jumladan, RKP(b) XII s’ezdida (1923) Buxoro va Xivada turkman va qirg’izlarga qarshi «o’zbek shovinizmi» mavjud, deb qayd etishgacha borildi. Bu asossiz da’vo va e’tirozlar o’lkada milliy nizolarni keltirib chiqarishdan boshqa narsa emas edi. Bu xol asta-sekinchilik bilan o’lkada yangi iqtisodiy siyosat yo’lidan chekinishga olib keldi. Dehqonga berilgan imtiyozlar qaytarib olindi. Ular qishloq xo’jalik artellariga birlashtirila boshlandi. Sanoatni milliylashtirish jarayoni avj oldirildi. Ayniqsa 20-yillarning oxirlariga kelib ittifoqning, shu jumladan, O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy-madaniy hayotida ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruvi tizimining kuchayishi natijasida yangi iqtisodiy siyosat o’z mazmuni va mohiyatini tobora yo’qota bordi. Industrlashtirish XX asr 20-yillari o’rtalaridan e’tiboran sovetlarning butun diqqate’tibori mamlakatni industrlashtirishga qaratildi. Buning asosiy sababi shundaki, industrlashtirish SSSRda sotsializm qurish dasturiy rejasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanardi. VKP (b) XIV s’ezdida (1925) mamalakatni industrlashtirish sotsializmni barpo etishning bosh strategik vazifasi, deb belgilandi. Hukmron Markaz bu asosiy vazifani bajarishga xalqni safarbar etar ekan, bunda bu ishni mamlakatning barcha mintaqalarida, jumladan, O’zbekistonda ham tezkor sur’atlarda amalga oshirishga qarata qat’iyan yo’l tutdi. O’zbekistonda industrlashtirish ishini amalga oshirish orqali sovetlar ko’p narsaga umid bog’lagandilar. Eng asosiysi, ular bu o’lkada ko’plab sanoat korxonalari va tarmoqlarini yaratish yo’li bilan uning boy tabiiy va mineral resurslarini ishga solish, arzon ishchi kuchidan foydalanish va oxir-oqibatda Markaz uchun ko’proq foyda undirib olishni ko’zlaganlar. Industrlashtirish jarayoni O’zbekistonni Markaz ta’siriga olish, uning hukmiga yanada bo’ysundirish uchun qulay imkoniyatlar yaratardi. Gap shundaki, zamonaviy sanoat tarmoqlarini vujudga keltirish, ishga tushirish respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti uchun g’oyatda katta ahamiyat kasb etardi. Biroq bu jarayon juda ko’p miqdordagi moliyaviy resurslar, pul mablag’lari, xilma-xil texnika jihozlari, ilmiy-texnika salohiyati, ko’p sonli yuqori ma’lumotli muhandis-texnik xodimlar, malakali ishchi kadrlar va 227 hokazo omillar bilan bog’liq edi. Bunday salohiyatga O’zbekiston mutlaqo ega emas edi. Negaki, respublika bu davrga kelib, xalq xo’jaligi tarmoqlarini qaytadan tiklashga arang erishib borayotgan edi. Shu bois bu mintaqada industrlashtirish jarayonining tashabbuskori va tashkilotchisi bevosita Markaz va Kommunistik partiya bo’ldi. Bu o’rinda aytish joizki, ittifoq hukumatining rejasida O’zbekistonda zamonaviy yirik industrial tarmoqlarni emas, balki ko’proq xomashyoni qayta ishlaydigan sanoat korxonalari, tog’-kon sanoatini rivojlantirishga asosiy urg’u berilgandi. Negaki, bu hudud Markaz uchun ko’proq xomashyo mahsulotlari yetkazib berishga ixtisoslashtirilishi kerak edi. Shu bois ham muhim e’tibor paxtachilik va u bilan bevosita bog’liq tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgandi. O’zbekistonda 1925 yilda atigi 21 sanoat tarmog’iga taalluqli 149 ta korxona mavjud edi, xolos. Ular ham asosan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlashga moslashgan edi. Industrlashtirish davrida respublikada 17 ta paxta tozalash zavodlari barpo etildi. Shuningdek, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Marg’ilon va Shahrisabzda pillakashlik fabrikalari, Farg’ona va Toshkent to’qimachilik, Chirchiq elektrokimyo kombinatlari, Toshkent mashinasozlik zavodi va shu singari korxonalar qurildi. O’sha davr rasmiy ma’lumotlariga ko’ra O’zbekistonda birinchi besh yillik (1928-1932 yy)da 289 ta va ikkinchi besh yillik (1933-1937 yy.) davrida 189 ta sanoat korxonalari barpo etilgan. Ularning mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham yil sayin ortib bordi. Chirchiq, Olmaliq, Bekobod, Angren, Yangiyo’l, Quvasoy kabi sanoat shaharlari vujudga keldi. 1925-1940 yillar davomida respublikada qurilgan GESlar soni 49 taga etdi. Toshkent-Angren temir yo’li, Toshkent-Termiz katta avtomobil yo’li qurildi. Ikkinchi jahon urushiga qadar O’zbekistonning sanoat salohiyati 1445 ta yirik va o’rtacha sanoat korxonalari va 19 mingga yaqin mayda korxonalarni o’z ichiga olardi. Garchand sanoat qurilishi ancha ko’zga ko’rinarli tarzda rivojlanib, muayyan yutuqlarga erishgan bo’lsa-da, biroq bu sohada ko’plab jiddiy muammolar, nuqsonlar mavjud edi. Avvalo, yuqoridan tazyiq qilish amaliyoti, rahbarlikning ma’muriy-buyruqbozlik usullari O’zbekiston sanoati tarmoqlarida chuqur ildiz otgan edi. Jumladan, respublika metropoliyaning rangli va nodir metallar, oltingugurt, volfram, molibden, paxta tolasi, xom ipak bilan ta’minlovchi mintaqasiga aylantirildi. Markaz amri bilan respublikaning xomashyo, tabiiy resurslari ayovsiz ekspluatatsiya qilingan holda uning o’ziga xos iqtisodiy manfaatdorligi hech qanday nazar-pisand qilinmasdi. O’zbekistonda qurilgan sanoat korxonalarining talay qismi to’lig’icha ittifoq ixtiyoriga bo’ysunardi. Binobarin, ularning ishlab chiqargan mahsulotlari va undan keladigan tushumlar ham Markaz xazinasini boyitishga xizmat qilardi. Respublikada industrlashtirishning muhim bir xarakterli tomoni shundaki, bu jarayon davomida malakali ishchi kuchi etishmaganligidan, xususan RSFSR hududidan bu erga juda ko’plab odamlar oqimi kirib keldi. Ular hisobiga respublikaning ishchilar sinfi saflari to’ldirilib borildi. Jumladan, 1926 yildan to 1940 yilga qadar O’zbekiston aholisi yangi kelganlar hisobiga 750 ming kishiga yoki 10%dan ortiqroqqa ko’paydi. SSSRning markaziy tumanlaridan aholini sun’iy tarzda ommaviy ko’chirib 228 kelinishi ko’p jihatdan xalq xo’jalik mulohazalari bilan emas, balki ko’proq siyosiy mulohazalar taqozosi bilan, respublika ishchi va xizmatchilariga g’oyaviy, ma’muriy bosim o’tkazish maqsadida amalga oshirilgan edi. Agar joylarda o’zining malakali ishchi kadrlarini keng miqyosda tayyorlash tashkil etilganda edi, ko’plab mahalliy yoshlarni foydali ishga jalb etish hamda ularni malakali ishchi kadrlar qilib tarbiyalashga sezilarli ta’sir ko’rsatishi shubhasiz edi. Shunday qilib, industrlashtirish yillarida partiya va sovet hukumatining so’zi bilan amaliy ishi o’rtasida yakdillik va uyg’unlik bo’lmadi. Sotsializmning kapitalizmdan afzalligi, mehnatkashlar turmush farovonligini tubdan yaxshilash, ularning hayoti mazmunini chuqur o’zgartirish to’g’risidagi g’oyalar amaliyotda puch bo’lib chiqdi. Xalq ommasining o’n yillar davomida to’kkan peshona teri, amalga oshirgan tinimsiz mehnati, chekkan zahmati, fidokorligi unga farovonlik keltirmadi.
Agrar siyosat. 1925-1929 yillarda o`tkazilgan yer-suv islohoti. Qishloq xo`jaligini jamoalashtirish siyosati, uning og`ir oqibatlari. Azaldan sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutloq ko’pchiligi qishloq xo’jaligida band bo’lgan Turkiston xalqlari uchun yer-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o’lka aholisining anchagina qismi ersiz edi. Bir parcha yerga muhtoj bo’lganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga ko’plab serhosil, unumdor erlar Rossiyadan ko’chirib kelingan rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati yersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham mahalliy yerli aholi yangi sovet hokimiyatining «Yer dehqonlarga» degan va’dalari, da’vatlariga umid bog’lab, uning yer to’g’risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko’z tikib kelayotgandi. Sovet hukumati ko’p sonli dehqon aholisini o’z tomoniga qaratib olishni ko’zlab er to’g’risidagi dekretni qabul qilgan bo’lsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan maqsadlari boshqacha edi. Sovetlarning yer-suv islohoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi xususiy yer-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xo’jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda shu maqsadlarni ko’zlab er-suv islohotini o’tkazishga kirishildi. Yer-suv islohoti Turkiston sovetlarining XI sezdida (1920 yil) o’lkada er-suv islohoti masalasi ko’rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko’ra aholining qo’lidagi katta yerlarni musodara qilish, Yevropalik kelgindi aholi bilan yerli xalqlar o’rtasida yer-suv maslasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining yersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi «Qo’shchi» uyushmalari tuzila boshlandi. «Qo’shchi» uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, yer-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam 229 ko’rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922 yillar davomida yer-suv islohotining birinchi bosqichi yirik yer-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o’tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta yer egalaridan 13 ming desyatina yerlar tortib olindi. Respublika bo’yicha boy va o’ziga to’q aholidan 1,7 mln. desyatina yer tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi yersiz kambag’allarga berildi, qolgan katta qismi asosida «Qo’shchi» uyushmalari tuzildi. Bu sovet hokimiyatining kambag’allarni o’z tomoniga og’dirib olishga qaratilgan harakati edi. O’rta hol dehqon xo’jaliklari saqlab qolindi. 1925 yil dekabrda bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi «Yer va suvni milliylashitirish to’g’risida» dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda yerlar batamom musodara qilinishi kerak edi:
Qayerda turishidan qat’i nazar Farg’ona viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug’oriladigan yeri bo’lgan mulk egalarining yerlari, jami jonli va jonsiz mulki bilan;
Qishloq va ovullarda yashamagan, o’zlari va oila a’zolaridan birortasi ham yerda ishlamaydigan shaxslarga qarashli yerlar, boshqa mol-mulki bilan;
Vaqf yerlari, xo’jayinlari noma’lum yerlar.
Yer-suv islohotining ikkinchi bosqichi qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rtahol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o’tdi. Farg’ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha yeri bor o’rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo’ldi. Bundan ko’zlangan maqsad ularni sovet hokimiyatining tayanchiga aylantirish edi. 1926 yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyatda o’tkazilgan yer-suv islohoti tajribasi respublika miqyosida umumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o’tkazishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida davom ettirildi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug’oriladigan va 45 gektar lalmikor va bahorikor yerga ega bo’lgan katta er egalarining oshiqcha yerlari musodara qilindi. 1929 yilda yer-suv islohoti Qoraqolpog’istonda ham o’tkazildi. Yer-suv islohoti natijasida O’zbekistonda jami 4801 «pomeshchik» tipidagi xo’jaliklar tugatildi. 13036 ta badavlat mulkdorlarning ortiqcha yerlari tortib olindi. Respublikaning yer fondiga 474393 desyatina yer qo’shildi. Qishloq aholisini qishloq xo’jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929 yilda ularning soni 1665 taga yetdi. Jamoa xo’jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a’zo bo’lgan edi. 20-yillarda o’tkazilgan yer-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning yerlari, vaqf yerlari, ruhoniylarga tegishli yerlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Yer bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman 1925-1929 yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo’jaliklari batamom tugatiladi. Ko’pgina xo’jaliklar tasarrufidagi ortiqcha yerlar ham tortib olingan edi. Bu yerlar qayta taqsimlanib, ularning katta qismi ersiz yoki kam yerli dehqon xo’jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - qambag’allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa, islohotdan so’ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo’jalik turmushi yaxshilanib, o’sib borganligi bois o’rta 230 hol dehqonlar salmog’i 17 foizdan 52 foizga ko’tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g’alla etishtiruvchi mayda ishlab-chiqaruvchilarning salmog’i ko’payib bordi. Bu islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo’jaliklari, ya’ni kolxozlar tashkil etiladi. Biroq ularning hali xo’jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko’rsatgichlarining pastligi ko’zga tashlanib turardi. 20-yillar oxirlariga kelib respublika qishloq xo’jaligi, ayniqsa paxtachilik sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yakkahokimligi kuchaydi. Chunonchi, 1927-1928 xo’jalik yilida o’lkadan Markazga olib ketilayotgan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini paxtachilik mahsulotlari tashkil etgan. Buning ustiga sovet mamlakati ehtiyoji uchun yetishtirib berilayotgan o’zbek paxtasining xarid narxi dunyo bahosidan ancha kam belgilanardi. G’alla narxlarining bu davrda mamlakat miqyosida 20-25 foizga pasaytirilganligi ayniqsa 1927 yilgi g’alla tayyorlash sohasidagi ishlarda jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgandi. Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo’’tadil siyosatidan bahra olib, yer-suv islohotidan naf topib, o’z xo’jaliklarini anchayin oyoqqa turgizib, o’rta hollar darajasiga ko’tarilib olgan o’zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada hukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy kollektivlashtirish jarayoni girdobiga g’arq bo’ldi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayoni qishloq ahli hayotini ag’dar-to’ntar qilib yubordi. Yoppasiga kollektivlashtirish VKP(b) XV sezdi (1927) belgilab bergan qishloqda kollektivlashtirish siyosati va uni izchil amalga oshirish butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekiston va uning xalqi uchun ham asosiy amaliy vazifaga aylangandi. Totalitar hokimiyat qishloqda kollektivlashtirish siyosatini zo’rlik, o’zboshimchalik va ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan o’tkazishga kirishdi. Markaz buyrug’i va ko’rsatmasini bajarishni o’zlari uchun katta sharaf deb bilgan, unga ko’r-ko’rona asoslangan rahbarlar dehqonlarni zudlik bilan kolxozlarga kiritish uchun «jon kuydirdilar». Ayniqsa 1929 yilning ikinchi yarmi va 1930 yil boshlaridan mavjud reallik bilan hisoblashmay omonat jamoa xo’jaliklari tuzish mavsumi avj oldirildi. Masalan, O’zbekiston partiya va hukumatining 1930 yil 17 fevraldagi «Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Ko’p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o’rtahol, hattoki kambag’al dehqon xo’jaliklariga nisbatan ham zulm o’tkazildi. 1929 yil oktyabrga qadar respublikadagi dehqon xo’jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930 yil martiga kelganda dehqon xo’jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. 1931 yil oxirida bu ko’rsatkich 68,2 foizga etdi. Kollektivlashtirish ishidagi shoshma-shosharlik, joylardagi real shart-sharoitlar bilan hisoblashmaslik, milliy hududlarning o’ziga xos hususiyatlari, aholisining milliy an’analari, udumlarini, dindorlik darajasi, madaniy-ma’naviy saviyasini e’tiborga olmaslik oxir-oqibatda bundan ham ko’ngilsizroq holatlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Ko’p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo’ravonligi, o’zboshimchaligiga aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo’ldi. 1929-1930 yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat 231 Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, bunday ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo’yicha 240 marta sodir bo’lgan. Eng achinarlisi shuki, ko’plab oddiy dehqon xo’jaliklari arzimagan sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo’jaligiga kirishga rag’bat bildirmaganligi vajidan bor budidan mahrum etilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloqlar ro’yxatiga tirkab yuborilavergan. Bu nohaqlikni oldini oladigan, uni adolatli hal etib ajrim qiladigan biror bir mard topilmagan o’sha kezlarda. Hamma o’zini o’ylash, bu balo-qazolardan ehtiyotlanish choralarini izlashga majbur bo’lgan edi u zamonlarda.
Quloqlashtirish siyosati va uning mudhish natijalari. Quloqlashtirish Statistik ma’lumotlarga qaraganda jamoalashtirish boshlarida O’zbekistonda shartli ravishda «quloq» xo’jaligiga kiritish mumkin bo’lgan xo’jaliklarning salmog’i aslida umumiy dehqon xo’jaliklarining 5 foizidan kamrog’ini tashkil etardi, xolos. Biroq ommaviy jamolashtirish boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq xo’jaliklar «quloqlashtirish»ga duchor bo’ldi. Haqiqatda esa bular o’rtahol dehqon oilalari edi. Faqat 1930 yilning o’zida respublikada «boy» va «quloq» xo’jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o’rtacha dehqon xo’jaliklari tugatilgan edi. 1931 yil avgustiga kelib respublikada qo’shimcha yana 3828 ta «quloq xo’jaliklari» tugatildi. Respublikaning o’ziga to’q, bozorga tovar g’alla etishtirib berishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo’jaliklari bor narsasidan mahrum bo’lib, haqsiz-huquqsiz holda o’z oila a’zolari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog’iston) yoki yangi o’zlashtirilayotgan cho’lli, to’qayzor, qamishzor erlarga badarg’a qilindilar. Ayni paytda dehqon xo’jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O’zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun etildi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq» xo’jaliklari soni 5500 taga etdi. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo’lishini oldindan his qilib, o’z kindik qonlari to’kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo’ldilar. Ularning ko’plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzoronlik qilib, ona yurt sog’inchi bilan, unga talpinib yashab o’tdilar. Faqat O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo’’tabar tuprog’ini tavof qilish baxtiga musharraf bo’ldilar. Ma’muriy tazyiq, oshkora zo’ravonlik, iqtisodiy terror usullari va shu kabi ta’sir choralari orqasida «Kolxoz qurilishi» rivojlantirib borildi. 1932 yil oxiriga kelib umuman O’zbekistonda jamoalashtirilgan xo’jaliklar barcha dehqon xo’jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo’jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 1937 yilda dehqon xo’jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga etgan bo’lsa,1939 yilda u 99,2 foizni tashkil etdi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O’zbekiston bo’yicha 60 mingdan ortiqroq kishi «quloqlar»ga mansublikda ayblanib qatog’on qilindi. Shunday qilib, 30-yillar davomida O’zbekistonda zo’rovonlik yo’li bilan «Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosati uzil-kesil hal qilindi. «SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash» asosan O’zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935 yilda O’zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo’lsa, bu 232 ko’rsatkich 1939 yilda 1,5 mln. tonnani, 1941 yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo’yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog’ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika qishloq xo’jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o’rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933 yilda paxta mahsuloti respublika etishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo’jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1937 yilga kelib bu raqam ko’rsatgichi 93,4 foizga etdi. Texnikaviy ta’minot. O’zbekistonda dehqon xo’jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog’da yangi xo’jaliklarga moddiy-texnik baza bo’lib xizmat qiladigan mashina-traktor stantsiyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog’liq holda olib borildi. O’zbekistonda dastlabki mashina-traktor stantsiyasi 1929 yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan jamoa xo’jaliklariga texnik yordam ko’rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931 yilga kelib MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko’rsatdi. MTSlarning yirik dehqon xo’jaliklariga nafi katta bo’lganligidan, ularning safi respublikada to’xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937 yilda ularning soni 163 taga, 1941 yilga kelganda esa 189 taga etdi. Garchand yirik jamoa erlarini ishlab berish, qo’l mehnatini engillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, texnika ilmidan qishloq mehnatchilarini xabardor qilish, ma’lumotini oshirishda MTSlar muhim rol o’ynagan bo’lsada, biroq bu narsa jamoa xo’jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora davlat qo’lida to’plana bordi. MTSlar jamoa erlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi.
Suv inshootlarining qurilishi va bunda o`zbеk xalqining mеhnat jasorati. Katta Farg`ona kanalining qurilishi. O’zbekiston qishloq xo’jaligi va ayniqsa uning etakchi tarmog’i-paxtachilik sohasining tezkor rivojlanishidan manfaatdor bo’lgan sovet hukumati avval boshdan respublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jiddiy e’tibor berib bordi. Shu maqsadda 1922 yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O’zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo’jalagi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo’jaligi bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo’mitalari tashkil e_ildi. Ularga davlat yordami ko’rsatib borildi. Jumladan, 1922 yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag’ ajratildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad sug’oriladigan erlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga etkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko’plab yangi erlar o’zlashtirildi. Natijada 1924 yilga kelib sug’oriladigan erlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga etkazildi. Bu ishlar O’zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldi. Urushgacha bo’lgan davrda respublikada Darg’om, Norpoy, Sovoy, Dalvarzin, Log’an, Katta Farg’ona kanallari, Kattaqo’rg’on suv ombori kabi ko’plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, Sovoy, Uchqo’rg’on, Mirzacho’l, Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, 233 shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929-1933 yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi. 1939 yilda O’zbekiston KP(b) Markaziy Qo’mitasi va respublika hukumati xashar yo’li bilan Katta Farg’ona kanalini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. O’sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo’lgan bu kanal asosan qo’l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi. Katta Farg’ona kanali Farg’ona vodiysining asosiy qon tomiri bo’lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho’lli yerlar o’zlashtirilib, 500 ming gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to’g’oni, Qoraqalpog’istonda Qizketgan kanali, sig’imi 1 mln kub metr bo’lgan Kattaqo’rg’on suv ombori va ko’plab boshqa suv inshootlari barpo etildi. Buning natijasida 1937-1940 yillarda respublikada sug’oriladigan er maydonlari qo’shimcha 200 ming gektarga ko’paydi. Shunday qilib, Sovet hokimiyati qishloqda kollektivlashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog’lik zug’um o’tkazmasin hamda ne-ne og’ir sinov-sinoatlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning azmu qarorini so’ndira olmadi. O’zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qilishda davom etdi.
IV
O`zbеkistonda 20-30-yillardagi madaniy hayot. Xalq maorifi. XX asr 20-30 yillardagi murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat respublika ma’naviy-madaniy hayotida ham o‘z aksini topdi. Sho‘rolarning “madaniy inqilob” tadbiri jamiyatning barcha jabhalari qatorida ilm-fan, madaniyat, san’at, maorif, oliy ta’lim sohalarini ham o‘z izmiga solgan edi. Ta’lim-tarbiyaning o‘choqlari bo‘lgan milliy maktablarga ham bu siyosat o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridanoq an’anaviy ta’lim tizimini yo‘q qilish avj oldirildi.
Davlatning “proletariat diktaturasi”ning mavjud barcha kuchlaridan foydalanib, sovet siyosiy rahbariyati qisqa muddat ichida Turkistonda Rossiya imperiyasi o‘rnatgan ta’lim tizimini tag-tomiri bilan yo‘q qilishga erishdi. Bir vaqtning o‘zida an’anaviy maktablarga nisbatan ham ma’muriy-repressiv hamda iqtisodiy choralar ko‘rildi. Biroq, keng xalq ommasi an’anaviy maktab tarafdori bo‘lib qolaverdi. Turkiston musulmonlariga o‘zining mafkuraviy ta’sirini kengaytirish maqsadida, sovet “milliy” maktablari tarmog‘ini tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Mustabid davlat muqobil o‘quv maskanlari faoliyatining barcha imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi. 1927 yil iyundagi O‘z KR MQ VI plenumi qarorlari boshlab bergan, din asoslarini yemirish bo‘yicha yangidan avj olgan harakat eski maktabga yetkazilgan asosiy zarba bo‘ldi. Plenumning “Musulmon ruhoniylari va maktab to‘g‘risida”gi rezolyutsiyasida: “isloh qilingan maktablar zararli ekanligini hisobga olib, bundan buyon vaqf maktablarini isloh qilishga aslo yo‘l qo‘yilmasin, shu vaqtgacha isloh qilingan maktablarga kelganda esa shu rayonda yangi sovet maktablarini olish, shuningdek isloh qilingan maktablarda diniy fanlarni o‘qitishni hamda umuman ruhoniy shaxslar o‘qitishini ta’qiqlash yo‘li bilan ham ularni yopish uchun butun choralar ko‘rilsin”, - deb ta’kidlangan edi.
Ayniqsa, 1927 yilning dekabrida VKP (b)ning XV syezdida qabul qilingan qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish to‘g‘risidagi qarordan keyin bu maxsus ma’rifiy hayriya mulklari bo‘lmish vaqf mulklari tugatilib, buning oqibatida an’anaviy maktablar ham iqtisodiy asosdan mahrum bo‘ldilar. Ushbu choralar kamdek, ularga din-xurofot o‘choqlari tamg‘asi yopishtirilib, 10 asrdan ortiq to‘plangan an’anaviy qadriyatlar keraksiz, zararli, yangi tuzumning taraqqiy etishiga to‘siq bo‘luvchi ijtimoiy institutlar sifatida izsiz tugatib yuborildi. Oxir oqibatda 1920 yilga kelib, TASSRda “sotsialistik” turdagi 2080 maktab faoliyat ko‘rsatib, ulardagi o‘quvchilar soni esa, 174820 ni tashkil qilar edi.
An’anaviy maktab va madrasa hamda jadid maktablarini yo‘q qilish bilan birga sovet organlari mahalliy aholi farzandlari maktablariga ham jiddiy e’tibor berishmagan bo‘lsa-da, sovet o‘quv maskanlarini o‘qituvchi kadrlar hamda kerakli mablag‘ bilan ta’minlay olish imkoniyatlarini topa olishgan. Chunonchi, sho‘ro ta’lim tizimiga mos o‘qituvchi kadrlarning miqdoriy o‘sishini ta’minlash keng yo‘lga qo‘yilib, 1917 yilning o‘zidayoq, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qo‘qonda dastlabki o‘qituvchilar tayyorlaydigan qisqa muddatli kurslar tashkil etilgan edi. 1920-yillarning boshlariga kelib, mana shunday kurslar orqali 3 ming mahalliy millat va 802 ta Yevropalik o‘qituvchi tayyorlandi.
Mana shunday sharoitda mahalliy ziyolilarimiz zamonaviy milliy oliy ta’lim tizimini yaratish, dunyoviy bilimlardan dars bera oladigan o‘qituvchilar tayyorlash davr talabi ekanligini teran his etib, zamonaviy milliy universitet yaratish ishiga bel bog‘ladilar. Milliy universitet haqida gap borar ekan, shuni ta’kidlash lozimki, O‘rta Osiyoning birinchi universiteti hisoblanmish hozirgi O‘zbekiston Milliy Universiteti ikki asosga ega bo‘lgan. Biri 1918 yil 12 mayda jadid ziyolilari tomonidan tashkil etilgan Musulmon Xalq Dorilfununi bo‘lib, ikkinchisi 1918 yil 21 aprelda rus ziyolilari ochgan Turkiston Xalq Universitetidir.
Munavvar Qori Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon Xalq Universiteti (dorilfununi)ni tashkil etish guruhi saylanadi va 1918 yilning 9 aprelida uning hovlisida shu dorilfununning 9 kishidan iborat tashkiliy hay’ati ta’sis etiladi. Musulmon Xalq Dorilfununi 1918 yilning 12 mayida Toshkent shahrining eski shaharida tantanali ravishda ochildi. Uning 13 ta maktabi 14 maydan ochila boshladi, eng oxirgisi esa 17 iyunda tarkib topdi. Ulardan 4 tasi ayollar maktabi edi.
1918 yilning 31-mayida esa, Musulmon Xalq Dorilfununining oliy ta’lim bosqichi- Musulmon Dorilmuallimini tashkil etiladi. Lekin sho‘rolar siyosiy va ijtimoiy muhitning murakkabligi va Rossiyadagi siyosiy voqealarni ro‘kach qilib, 5 yilllik o‘qishga mo‘ljallangan dorilmuallimini faqat 4 oylik o‘qituvchilar kurslari bilan chegaralab qo‘ydilar. Dorilfununning ”Xalq dorilfununi” nomli gazetasi birinchi sonining chiqishi ham ayni shu kunga to‘g‘ri kelgan edi.
Mazkur o‘quv dargohida mashg‘ulotlar 1918 yilning 1 iyunida quyidagi o‘qituvchilar tarkibi bilan boshlandi: Abdurauf Fitrat, Ibrohim Ismoil, Burxon Habib, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Rahimboyev, Abdurahmon Ismoilzoda, Haydar Shavqiy, Anna Poroykova, Vladimir Sergeyev. Institut mudiri qilib, Ibrohim Ismoilov va kotib Abdulla Rahimboyev tayinlandi.
Musulmon dorilmuallimini Turkiston Xalq Universiteti mablag‘ bilan ta’minlaganligi sababli, moddiy tomondan tamoman unga bo‘ysungan edi. Olingan mablag‘ ko‘p hollarda nochor ahvolda yashagan o‘qituvchilarning hayotini birmuncha bo‘lsa ham yengillashtirishga sarflanar edi. Mana shu muammolarning barchasi ko‘rsatib turganidek, musulmon o‘qituvchilari tayyorlaydigan kurslar emas, oliy ta’lim maskani-institut nihoyatda zarurligini tushunib yetgan musulmon ziyolilari qanchalik harakat qilishmasin ularning talablari turli bahonalar bilan e’tibordan chetda qolaverdi. Tez orada Turkiston Xalq Universiteti boshqarmasi dorilmualliminda 1918 yil 15 avgustdan 1 sentyabrgacha o‘qish to‘xtatilishi haqida qaror qabul qiladi va shu yilning kuzida dorilmuallimin ikkinchi darajali tashkilot qatorida yopib qo‘yiladi.
Musulmon Xalq Dorilfununi 1918-yilning kuzigacha, bor yo‘g‘i 100 kun faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, Turkiston musulmonlarining savodini chiqarish, ilm-ma’rifatli qilish, oliy malakali milliy ziyolilar yetishtirish kabi ijobiy va himmatli, o‘sha davr uchun nihoyatda muhim ishlarni amalga oshirishga, yurtimizda maorif sohasini rivojlantirishga erishdi. O‘lkada milliy ziyolilarni yetishtirishda muhim ahamiyat kasb etgan Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sho‘rolar davri adabiyotida mutlaqo yoritilmagan, u yerda dars bergan 300 ga yaqin o‘qituvchilarning nomlari hozirgi kunga kelib aniqlandi.
Kommunistik mustamlaka hukumati mahalliy xalqni ruslashtirish maqsadida ruscha Turkiston Universitetini rivojlantirdi. Uning birinchi rektori - V.Popov edi. Musulmon Xalq Dorilfununi faoliyati sovet hukumati tomonidan to‘xtalib qo‘yilgandan so‘ng, faqat rus tilini bilgan mahalliy millat vakillari mana shu dargohda oliy tahsilga ega bo‘lishlari
«Hujum» harakati. “Savodsizlikni tugatish” uchun kurash. Oktabr to`ntarishidan so`ng sho`rolar sharq ayollarini “ozodlik” ka chiqarish uchun kurash, ularning siyosiy faolligini oshirish hamda yangi hayot qurilishiga jalb qilish kampaniyasini avj oldirib yubordilar. Ushbu jarayonning eng cho`qqisi 1927-yil bo`lib, u tarixga “Hujum” harakati nomi bilan kirdi. Ya’ni sho`rolar talqinida bu eski turmush tarziga hujum qilish ma’nosini anglatar edi. Hujumning oldiga qo`yilgan birinchi navbatdagi vazifalaridan biri bu- ko`p xotinlik, balog‘atga yetmagan qizlarni turmushga berish va qalin pulini yo`q qilish edi. Biroq, sovetlar shiddatli tus bergan ushbu harakat asriy an’analarni hisobga olmagan qarorlar, ko`rsatmalar asosida olib borildi, ko`p hollarda zo`rlik ishlatildi. Qaysi viloyat, qaysi tumanda, shahar va qishloqlarda qancha xotin-qizlar paranjisini tashlaganligi haqidagi ma’lumotlar muntazam talab qilina bordi.
Ishda beboshlik tus olgandi: ko`chalarda ayollarning paranjisini tortib olishar, bir joyga yig‘ib yoqib yuborishardi. Ayollar ish bilan ta’minlandilar. Ular asosan to`qimachilik sanoatida mehnat qilishdi. Shu bilan birga xotin-qizlar ijtimoiy hamda ijodiy ishlarga jalb qilindilar.
Sharq ayollarining asrlar davomida muayyan urf-odatlar va shariat mezonlari bilan shakllangan ijtimoiy mavqeini ularni ozodlikka chiqarish va erkaklar bilan teng huquqli qilish shiori ostida favqulodda va shiddat bilan o`zgartirilishi ko`p to`qnashuvlar va qurbonlar bo`lishiga sabab bo`ldi. Masalan, 1928-yil 8-martda O`zbek davlat konsert-etnografiya guruhi ishtirokchisi - To`paxon sahnaning o`zida o`ldiriladi, bir yildan so`ng esa Nurxon ismli aktrisa halok bo`ladi.
Shubhasiz, “Hujum” sharq ayollariga birmuncha erkinliklar, huquqlar berdi. Lekin, ushbu harakat bosqichma-bosqich, zo`ravonlik usullarini ishlatmasdan, o`ta noziklik bilan keng xalq omma ongini ushbu jarayonga tayyorlab amalga oshirilganda norasmiy nikohlar, ajralishlar, yolg‘iz onalar, demografik jihatdan ayollarning erkaklarga nisbatan ko`pligi sababli jamiyatda oila qurish huquqidan mahrum bo`lgan “ortiqcha” ayollar ko`payib ketmas, erkaklar bilan ayollar o`rtasida “tenglik” o`rnatilishi oqibatida ayollar o`zining sharqona noziklik latofatini yo`qotib qo`ymagan bo`lar edi.
Kompartiyaning madaniy merosni inkor etish siyosati arab yozuvini lotin grafikasiga almashtirish haqidagi qarorida ham o`z aksini topdi. Buning sababini sho`rolar “madaniy o`sishda texnik xususiyatga ega to`siqlardan biri bu qoloq transkripsiyadir” hamda “an’anaviy arabcha yozuv faqatgina diniy musulmon an’analari nuqtai nazaridangina qimmatlidir” deb uqtirib, arab yozuvining mavqeini pasaytirishga harakat qiladilar. Shu munosabat bilan O`zbekiston kommunistlarining III-qurultoyi: (1927-yil noyabr) “Yangi lotin alifbosiga yanada shiddatliroq yo`l bilan o`tish kerak” deb ta’kidladi va 1929-yilda o`zbek yozuvi lotin grafikasiga o`zgartirildi. Chunki, O`rta Osiyoni arablar istilo qilgan VIII asrdan boshlab nafaqat diniy kitoblar, balki fanning barcha sohalarida o`n uch asr mobaynida yaratilgan yozma madaniyat yodgorliklari, o`lka aholisi amal qilib kelgan huquq manbalari ana shu yozuvda yaratilgan edi. Shu sababdan bu mahalliy xalqni nafaqat dinidan balki madaniyatidan, o`ziga xos huquqidan ajratib, sovet qolipiga majburan solish edi.
1940-yilda esa lotin grafikasining kirillcha bilan shoshilinch almashtirilishi, O`zbekiston aholisining bilim darajasining o`sishiga, o`zbek tilining rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatdi. Ushbu holat savodsizlar sonining sun’iy o`sishini keltirib chiqardi. Lekin eng achinarlisi, ma’naviy hayot to`la ruslashtirilib, hamma joylarda o`zbek tili imkoniyatlarining cheklanishiga olib keldi.
Mustabid tuzum sovetlarcha savodli shaxslarni shakllantirish, “savodsizlik”ni tugatish borasida shiddatli kurashni avj oldirib yubordi va 1920 yilning 17 sentabrida TASSR Maorif xalq komissarligi tomonidan aholi orasida savodsizlikni tugatish to`g‘risida dekret qabul qilinadi. Unga muvofiq, 8 yoshdan 40 yoshgacha bo`lgan barcha fuqarolar o`qish va yozishni o`rganishlari shart bo`lgan. TASSR Maorif xalq komissarligi huzurida esa savodsizlikni tugatish bilan shug‘ullanuvchi favqulodda komissiya ta’sis etiladi. “Savodsizlikni tugatish” (likbez) maktab va kurslari tarmog‘ini yaratish borasida bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, 1920-yilning oxiriga kelib, “likbez”larning soni bir mingdan oshib ketadi. Ularni bitirganlar esa 70 mingta edi. Ushbu maktablar uchun o`qituvchilar tayyorlashga ham katta e’tibor qaratilib, qisqa muddatda mahalliy millatga mansub 2000 ta o`qituvchi tayyorlandi.
1924-yilning boshida esa “Bitsin savodsizlik!” jamiyati vujudga keladi. Uning o`zagini o`qituvchilar, talabalar tashkil qilgan. Savodsizlikni tugatish bo`yicha ushbu jamiyat tomonidan dastlabki paytda 35 maktab ochilib, 10200 kishi o`z savodini chiqardi. Rasmiy statistik ma’lumotlarga ko`ra, 1937-yilga kelib, respublikamizda savodsizlik tugatilib, kamsavodli kishilar soni 2 mlndan ziyod bo`lgan. Aholining sovetlar idrokidagi umumiy savodxonligi 67,8% ga yetgan edi.
Shu o`rinda aytish muhimki, sovet sotsialistik davlatchiligi o`zbek xalqining tub ma’naviy, axloqiy qadriyatlariga mos kelmas edi. Tarbiyaviy ishlar ham milliy manfaatlarni aks ettirmas edi.
Madaniy oqartuv muassasalari. Adabiyot va san`at. Ilm-fan.Sho`ro hokimiyati yillarida, ayniqsa, 20-yillarda adabiy-madaniy hayot qizg‘in tus oldi.
Jadid adabiyoti asr boshidan 20 yillik rivojlanish tajribasiga tayangan holda taraqqiyotning yangi bosqichiga ko`tarilgan, ham shaklan, ham mazmunan barkamollik kasb etgan hamda mazmun mohiyatiga ko`ra 20-yillarda yangi bir bosqichga ko`tarilib, umumturkiy badiiy tafakkurning zabardast siymolari sifatida etirof etilgan Fitrat, Qodiriy, Cho`lponni ma’naviyat maydoniga chiqardi.
Abdurauf Fitrat (1886-1938) buyuk san’atkor, adib bo`lishi barobarida ijtimoiy-siyosiy faoliyat bilan ham chuqur shug‘ullangan ulkan davlat arbobidir. Masalan, birgina “Buxoro xalq sho`rolar jo`mhuriyatining Konstitutsiyasi” Fitrat tahriridan keyingina qurultoyda qabul qilinishi uning siyosiy-ijtimoiy sohada nechog‘li katta hurmatga ega bo`lganini ko`rsatadi. U Buxoro xalq jumhuriyatida ma’sul vazifalarni ado etdi. Fitrat sovet hukumati belgilagan yo`ldan emas, o`z yo`lidan borishga harakat qildi. Bu esa, Moskvaga ma’qul kelmadi. Uni tuhmatlar bilan Buxoro jumhuriyatidagi barcha lavozimlardan ozod etadilar.
Fitrat Buxorodagi jadidchilik harakatida faol ishtirok etibgina qolmay, bu harakatga rahbarlik ham qildi. Bu boradagi o`z qarashlarini “Munozara”, “Hind sayyohi qissasi” singari asarlariga singdirdi. Fitrat “Sayha”, “Hind sayyohi”, “Begijon”, “Oila” singari asarlarida “mavjud tuzumni qattiq tanqid qildi, uning barcha kamchiliklarini ayovsiz fosh etib tashladi”, - degan edi bu haqda Fayzulla Xo`jaev.
Jurnalistik va muharrirlik Fitrat faoliyatida muhim o`rin tutadi. U o`zi muharrirlik qilgan “Hurriyat” gazetasida “Yurt qayg‘usi” umumiy sarlavhasi ostida uchta sochma she’r e’lon qildi. “Turkning nomusi, e’tibori, iymoni, vijdoni zolimlarning oyoqlari ostida qoldi. Turkning yurti ulog‘i, o`chog‘i, Turoni yot qo`llarga tushdi”,- deb yozgan edi shoir.
Fitrat matbuot bilan birga, butun umr maorif sohasida ham jonbozlik ko`rsatdi. Hatto Turkiyada o`qib yurgan kezlari u yurtdoshlarining o`qishiga ko`mak berish maqsadida “Buxoro ta’limi maorif jamiyati”ni tashkil etishda tashabbus ko`rsatdi.
Fitrat 1921-yilning bahoridan Buxoroda maorif ishlarini tashkil etish hay’atiga rahbarlik qildi. Shu vaqtda Buxoro jumhuriyatida turkiy til davlat tili deb e’lon etilishi bevosita Fitratning jonbozligi natijasidir. U isloh qilingan lotin alifbosiga o`tish ishlarining tashkilotchilaridan biridir.
Biroq sovet siyosati va kommunistik mafkura buyuk millatparvar adib dunyoqarashi va asarlarini baholashga asta-sekin o`zining omonsiz tazyiqini o`tkaza boshladi. Abdurauf Fitrat barcha asarlari va butkul faoliyati bilan istiqlol uchun kurashdi.
Abdulla Qodiriy (1894-1938) o`zining noyob iste’dodi, jasorati bilan xalqimiz madaniyati, adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirdi, ko`p asrlik milliy adabiyotimiz rivojida tub burilish yasagan, yangi bosqichni boshlab bergan romanlar yaratdi. Adib “O`tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon” asarlari bilan o`zbek romanchiligiga asos soldi.
“O`tgan kunlar” romani bilan o`zbek adabiyotida yangi davr boshlandi. Roman qahramonlari qismati ifodasi orqali adib jamiyat hayoti, axloqini, rus bosqini arafasidagi xalqning ahvoli, kayfiyatini teran tadqiq qiladi. Buyuk tarixga, qudratli davlatchilik, madaniy, ma’naviy an’analarga ega Turkiston o`lkasining tanazulliga yuz tutish, rus imperiyasining mustamlakasiga aylanish sabablarini ochib beradi.
Qodiriyning asarlari XX asrning ko`plab balo-ofatlariga, qora bulutli kunlariga duch keldi va ulardan eson-omon chiqdi. Bu o`lmas asarlar o`zbek adabiyoti osmonida quyoshdek porlab, odamlar vujudini, qalblarini charog‘on etmoqda.
Cho`lpon (1897-1938)-ko`p qirrali iste’dod sohibi edi. Cho`lpon ehtirosli va yoniq asarlari bilan o`zbek xalqining milliy ongini uyg‘otishda, uning yangicha ma’naviyatini shakllantirishda katta xizmat qildi.
20-yillarda Cho`lpon bolsheviklar olib borgan siyosatga nisbatan muxolifatga o`tgani va bu qarashlarini yashirmay, she’rlarida oshkora kuylagani tufayli, uni millatchiga chiqarib qo`ydilar. Qo`yilgan aybnomalarini isbotlash uchun asosiy dalil sifatida “Buzilgan o`lkaga” she’rini keltirdilar. Chindan ham bu she’rda sovet voqeligini madh etish yo`q. Bu tom ma’noda vatanparvarlik tuyg‘usi bilan sug‘orilgan she’r. She’rda ulug‘ o`lka boshiga tushgan fojealar, haqsizliklarga, adolatsizlikka qarshi, ona yurtning erki va ozodligi uchun kurashga undovchi misralar bor.
Adibning “Kecha va kunduz” romanida Turkistonning zulmga, jaholatga, adolatsizlik va haqsizlikka to`la hayotini ochib bergan.
Turkistonning tuganmas dardlarini, jarohatlarini anglash va anglatish, uni birlikka, erkka, mustaqillikka chorlash va bu yo`ldagi fidoyilik har uch adib ijodining mushtarak jihatini tashkil qiladi.
Hamza o`z she’rlarida faqat ma’rifatga chaqirish bilan cheklanmaydi, u qadimiy Turkistonning siyosiy-ijtimoiy ahvolini o`ylaydi, muxtoriyat g‘oyalarini ulug‘laydi. Masalan, uning “Turkiston muxtoriyatiga” degan she’rida “islom davlati”ni bir sanjoq ostida birlashishga chaqiradi, “arab, turk, qobil, hindiston” kabi xalqlardan tashkil topgan “islom millatini ahillikka, ittifoq bo`lib ish yuritishga” undaydi.
Mustabid tuzum yillari respublikamizda adabiyot bilan bir qatorda, milliy san’at ham rivojlandi. 1918 yilda Hamza Farg‘onada “O`lka Sayyor” siyosiy truppasini tashkil etdi. M.Qori - Yoqubov, Y.Egamberdiyev, H.Islomov, M.Kuznetsovalar shu teatr qaldirg‘ochlari bo`ldilar. O`sha yili Mannon Uyg‘ur Toshkentda “Turon” jamiyati qoshida teatr tuzdi. Bu guruh keyinchalik O`lka Davlat namuna teatriga aylandi. Teatrning birinchi aktyorlari-Abror Hidoyatov, Muzaffar Muhamedov, Obid Jalilov, Fatxulla Umarov, Sayfi Olimov, Ma’suma Qorieva, Bosit Qoriev, Ziyo Saidlardir. Mannon Uyg‘ur vatanparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Fitrat, G‘ulom Zafariy, Cho`lpon, Qodiriy, ozarbayjon dramaturgi Husayn Jovid asarlarini sahnalashtirdi.
Shu yillarda Qori ¨qubov tomonidan birinchi bo`lib o`zbek xalq musiqa ansambli tashkil etildi. 1926-yilda esa yuzaga kelgan birinchi o`zbek davlat konsert etnografik ansambliga atoqli o`zbek xonanda, aktyor, sozandalari jalb etilib, 1929-yilda uning zaminida Samarqandda O`zbek davlat musiqali teatri tashkil topdi. Aynan o`sha davrlarda atoqli o`zbek ijrochilari chet el gastrollarida bo`lishgan: Tamaraxonim va Qori ¨qubovlar Parij va Berlin(1925)da katta muvaffaqiyat qozonishgan. 1936 yilda O`zbek davlat filarmoniyasining tashkil etilishi ijrochilik san’atini ma’lum darajada tizimlanishiga asos bo`ldi. O`zbek xalq cholg‘u asboblari orkestri, ashula va raqs ansambllari, xor kapellasi, simfonik orkestr uning tarkibida ish boshladi.
Oktabr to`ntarishidan so`ng, respublikamizda bir qancha ilmiy va o`quv muassalari tashkil etildi. Xususan, 1918 yilda tashkil etilgan Turkiston Xalq Universiteti qoshida bir qancha ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyat ko`rsata boshladilar. Tuproqshunoslik va geobotanika, biologiya, zoologiya, pedagogika va psixologiya, fizika-matematika, ekologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shular jumlasidandir.
Shuningdek, respublikada 20-yillar oxiri-30 yillar boshida Tropik tibbiyot instituti, Tibbiy parazitologiya va gelmintologiya ilmiy-tadqiqot instituti, Suv xo`jaligi tajriba-tadqiqot instituti va boshqa ilmiy muassasalar tashkil qilindi.
30-yillarda respublikamiz hamda mintaqada ilm-fan ravnaqiga munosib hissa qo`shgan mahallliy millatga mansub olimlar yetishib chiqdilar. Ular: T.Qori-Niyoziy, T.Sarimsoqov, S.Sirojiddinov, O.Sodiqov, N.Dolimov, T.Zohidov, U.Oripov, S.Umarov va boshqalardir.
Ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘i va ilmiy kadrlar sonining jadal o`sishi, olimlar oldiga yangi vazifalarning qo`yilishi, ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish va ularni muvofiqlashtirib turish ishlarini takomillashtirishni taqozo qildi. 1932 yilda Fan qo`mitasi ta’sis etilib, 1940 yilda uning negizida Ittifoq FA O`zbekiston filiali (O`zFAN) tuzildi. Shu davrdan O`zFAN O`zbekistonning ilmiy-tadqiqot markaziga aylandi. Uning tarkibiga geologiya, botanika, kimyo, suv xo`jaligi muammolari, tarix, til va adabiyot institutlari; tuproqshunoslik, zoologiya, fizika va matematika sektorlari; Toshkent astronomiya observatoriyasi; iqtisodiy tadqiqotlar va kartografiya byurosi kiritildi.
1943-yilda O`zFAN asosida O`zbekiston Fanlar Akademiyasi (O`zFA) tashkil etildi, uning birinchi prezidenti etib akademik Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy saylandi.
O`zbek matematika atamashunosligi asoschisi, taniqli matematik Toshmuhammad Qori Niyoziy zamonaviy o`zbek matematik tafakkurining shakllanishi va rivojiga bebaho hissa qo`shgan olimdir. Uning Beruniy mukofotiga sazovor bo`lgan uch jildlik “Asosiy matematik analiz kursi” nomli asarining ilmiy qimmati oliy matematikadan birinchi o`zbek tilidagi original qo`llanma ekanligidadir. O`zbekiston xalqlarining madaniy hayoti tarixiga oid ilmiy ishlar, o`zbek matematika va astronomiya ilmlari tarixi, xususan, Ulug‘bekning astronomiya maktabiga oid asarlai ham Qori Niyoziy qalamiga mansubdir.
Tayanch atamalar va iboralar izohi: - Jumhuriyat (ar.) - respublika Oliy hokimiyat ma’lum bir muhlatga saylanadigan davlat tuzumi. - Islohot (ar.) - Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim (struktura) asoslarini saqlagan holda hayotning biror tomonini, yo‘nalishini qisman o‘zgartirish, qayta qurish, yangiliklarni joriy va tatbiq etish. M.: Iqtisodiy islohotlar, madaniy islohotlar. - Istibdod (ar.) - boshqa davlatga (xalqqa) qaram bo‘lib qolgan mazlum xalqning siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’naviy jihatlardan ezilishi, xo‘rlanishi.
NA`ZORAT SAVOLLARI:
O‘rta Osiyoda milliy - hududiy chеgaralanish qachon, qanday o‘tkazildi?
O‘zbеkiston SSR qachon tashkil topdi?
O‘zbеkistondagi iqtisodiy ahvol qanday bo‘lgan?
O‘lkani sanoatlashtirish ishlari qanday olib borildi?
Yеr-suv islohoti va qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish siyosati qanday o‘tkazildi?
O‘zbеkiston madaniy hayotidagi qaramlik qanday oqibatlarga olib keldi?
Madaniy hayotda qanday islohotlar o‘tkazildi?
Sovеt hokimiyatining o‘lkamiz da yuritgan qatag‘onlik siyosati qanday oqibatlarga olib keldi?
Qaysi yillardan qonun va inson huquqlari poymol etila boshlandi?
ADABIYOTLAR:
I.A.Karimov. O‘zbеkiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., O‘zbеkiston, 1997, 110-134 - bеtlar.
M.Mahmudov. Barhayot siymolar. T., O‘zbеkiston, 1991.
I.Y.Tursunov. O‘zbеkiston maorifchilarining istiqlol yo‘lidagi ishlari tarixidan (1917-1939- yy). T., 1995.
Istoriya Uzbеkistana. (XVI-pеrvaya polovina XIX v.). Kollеkt. avt. –T.:Fan, 2012.
5. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.
6. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
7. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
. Jo`rayev N., Sodiqov H. O`zbekiston tarixi: Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (birinchi kitob). -T.: Sharq, 2011.
3. Jo`rayev N., Karimov Sh. O`zbеkiston tarixi: O`zbеkiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi kitob. -T.: Sharq, 2011.
11-MAVZU: O`ZBEKISTONDA SOVET DAVLATINING AMALGA OSHIRGAN IJTIMOIY, IQTISODIY VA MADANIY SIYOSATI VA UNING OQIBATLARI(1946-1991)
Re`ja:
1. O`zbekiston ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi tiklanish yillarida, 50-60-yillarda iqtisodiy hayot. 70-yillarda respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Sh.Rashidov faoliyati.
2. Iqtisodiyotning xomashyo yetishtirish tomon yo`naltirilishi, paxta yakkahokimligi. 50-80 yillarda ilm-fan.
3. 80-yillarning o`rtalaridagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy hayotdagi inqiroz.”Qayta qurish” va uning cheklanganligi.”Paxta ishi”, “o`zbeklar ishi”, “ommaviy qatag`onlar”.
4. I.Karimovning O`zbekiston kompartiyasi markaziy qo`mitasi birinchi kotibi.
O`zbekiston ikkinchi jahon urushi yillaridan keyingi tiklanish yillarida, 50-60-yillarda iqtisodiy hayot. 70-yillarda respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Sh.Rashidov faoliyati.
1989 yil 23 iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston Kompartiyasi MQning XIV Plenumida Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Kompartiyasi MQning birinchi kotibi etib saylandi. I.A. Karimov boshliq yangi rahbariyat tomonidan o’zbek xalqining milliy o’zligini anglashi kuchayib borayotganligi birinchi bor etirof etildi. Xalqning shon-shuhrati, qadr-qimmatini himoya qilish, milliy mustaqillikka erishish tomon yo’l olindi. Respublikada kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida milliy manfaatdorlik ustivorligi ta’minlandi. Markazdan yuborilgan «kadrlar desanti» o’z mavqeini yo’qotdi. Anishev, Ogarek, Satin va boshqa «kazo-kazolar» Respublikadan chiqarib yuborildi. Mahalliy kadrlar rahbarlik lavozimlariga ko’tarildi. Kadrlar siyosatidagi jiddiy ijobiy o’zgarish shundan iborat bo’ldiki, endi O’zbekistonda partiya, sovet, davlat, huquqni himoya qilish organlarining boshliqlarini Moskva orqali hal qilish, Moskva belgilagan xodimlarni ko’tarish ammaliyotiga chek qo’yildi, bu masalalarni hal qilishni respublika rahbariyati o’z qo’liga oldi. Bu vaziyatni teran anglagan rahbarning jasorati bo’lib, siyosiy mutelikdan qutilish tomon tashlangan muhim qadam bo’ldi. O’zbekistonda adolatni tiklash chora-tadbirlari ko’rildi, to’qib chiqarilgan «o’zbek ishi», «paxta ishi»ning tamomila sharmandasi chiqdi. Bu bilan bog’liq ishlar qayta ko’rildi, aybsiz qamalgan minglab kishilar oqlandi, o’z oilasiga qaytarildi, adolat tiklandi.
O`zbеkiston Rеspublikasi «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinishi. O’zbek tili – davlat tili Respublika ja moatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989 yil 21 oktyabrda bo’lgan o’n birinchi sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy–ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi. 1990 yil 19 fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi.
1990 yil fеvralida O`zbеkiston Oliy Kеngashiga o`tkazilgan saylovlar. O`zbеkistonda Prеzidеntlik lavozimining ta`sis etilishi.
Respublika iqtsodiyoti va ijtimoiy sohasini xolisona tahlil etish, baholash va ko’tarishga qaratilgan dastlabki sa’y-harakatlar qilindi. Qishloq aholisining shaxsiy tomorqalari uchun er ajratildi. Erga muhtoj 381 ming oilaga tomorqa erlari berildi, 372 ming oila o’z tomorqalarini kengaytirib oldi. Shu maqsadlar uchun jami 150 ming gektar er ajratildi. Respublikada «Ish bilan ta’minlash» dasturi ishlab chiqildi. Ana shu dasturga binoan 1990 yilda 300 ming kishi, asosan yoshlar ish bilan ta’minlandi. Aholining kam daromadli qismini ijtimoiy jihatdan himoyalash uchun 1990 yilda byudjetdan va korxonalr hisobidan 142 mln. so’m qo’shimcha mablag’ ajratildi. 1990 yil 18 fevralda O’zbekiston Oliy Sovetiga saylov bo’ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo’ldiki, 500 saylov okrugining 326
tasida muqobil nomzodlar ko’rsatildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo’lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to’play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylovlar bo’lib o’tdi. 1990 yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o’n ikkinchi chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sesiyasi bo’lib o’tdi. 24 mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bo’lib «O’zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to’g’risida» Qonun qabul qildi. 1990 yil 24 mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yo’li bilan Islom Abdug’anievich Karimov O’zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I. Karimov nutq so’zlab, O’zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o’zini-o’zi idora qilishga va o’zini-o’zi pul bilan ta’minlashga o’tishni ta’minlashni o’zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’qidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo’lgan sharoitda O’zbekistonda o’z Prezidentining saylanishi muhim vaqea bo’ldi.
Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi birinchi Prеzidеnti etib saylanishi. Mustaqillik Dеklaratsiyasining qabul qilinishi va uning ahamiyati.
Mustaqillik Deklaratsiyasi O’zbekiston SSR Oliy Sovetining ikkinchi sessiyasi 1990 yil 20 iyun kuni «Mustaqillik Deklaratsiyasi»ni qabul qildi. Deklaratsiyada har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan kelib chiqqan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlariga va demokratiya tamoyillariga asoslanib O’zbekiston SSRning davlat suvereniteti e’lon qilindi. Mustaqillik Deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo’lib, quyidagilar bayon etilgan:
O’zbekiston SSR davlat suvereniteti
• O’zbekiston SSR demokratik davlatining o’z hududida barcha tarkibiy qismlarda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir.
• O’zbekiston SSR davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo’yilmay turib o’zgartirilishi mumkin emas. SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O’zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O’zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O’zbekiston hududida kuchga ega bo’ladi.
• O’zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O’zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya muhim tarixiy hujjat bo’lib, mamlakatimizning o’z davlat mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida yana bir yangi qadam bo’ldi. Prezident lavozimining ta’sis etilishi
1991 yil avgust voqеalari, markaziy davlatchilik tangligi va SSSRning tanazzulga yuz tutishi. Sobiq SSSR ga kiruvchi respublikalar rasman teng va suveren deb yuritilsada, amalda qaram edi. Ular o’z erlari, suvlari, o’rmonlari va er osti boyliklariga, ko’pdan-ko’p korxonalariga o’zlari egalik qilolmas edilar. 80-yillarning oxirlari 90-yillarning boshlarida ko’pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o’zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O’zbekiston Respublikasining rahbari I.A.Karimov 1989 yil 20 sentyabrda Maskvada bo’lib o’tgan KPSS MQ ning Plenumida so’zlagan nutqida respublikalar bilan SSSR o’rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo’yishni ko’zda tutadigan yangi federativ shartnoma ishlab chiqish zarurligi to’g’risida o’z fikrini bildirib: «Biz Ittifoq va respublikalarning vazifalarini, burchlarini va o’zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo’yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustahkamlash tarafdorimiz»,- degan edi.
Biroq Markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talabtakliflarni e’tiborga olmadi, to’g’rirog’i ularga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990 yil bahorida Boltiqbo’yidagi Latviya, Litva, Estoniya respublikalari, keyinroq Gruziya va Ozarbayjon SSSR tarkibidan chiqqanligini e’lon qildilar. Markazda va joylarda SSSR konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs, munozaralar kuchaydi. Markazdagilar «Kuchli markaz-kuchli respublikalar» desa, joylardagilar «Kuchli respublikalar-kuchli markaz» der edilar.
Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo’ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug’ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990 yil iyulda Moskvada Markaz vakillari bilan respublikalar delegatsiyalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdi. 1990 yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o’z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yondashuv Markazdagilarga yoqmadi. SSSR Oliy Soveti mazkur dasturni qabul qilmadi. SSSR Oliy Soveti respublikalarning istak va manfaatlarini batamom inkor etgan yangicha shartnoma loyihasini tuzib respublikalarga tarqatdi. Respublikalar, shu jumladan, O’zbekiston Markaz loyihasini qabul qilmadi. 1991 yil fevral-mart oylarida Ittifoq shartnomasi loyihasi ustida qayta ish olib borildi. Unda Boltiq bo’yi respublikalari, Gruziya, Armaniston, Moldova vakillari qatnashmadi, Ozarbayjon kuzatuvchi bo’lib qatnashdi. Ittifoq bilan respublikalar vakolatlarini farqlab qo’yishga harakat qilindi. Nihoyat, Ittifoq va respublikalar vakolatlari belgilab berilgan Ittifoq shartnomasini yangilash talabi 300 shartnoma loyihasi matbuotda e’lon qilindi. Respublikalarda mazkur loyiha muhokama qilindi. O’zbekiston rahbariyati respublikalarga to’la mustaqillik berishni ko’zlamaydigan shartnoma loyihasini rad etdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining 1991 yil 12 martda bo’lgan IV plenumida so’zlagan nutqida: «Ittifoq shartnomasini imzolash uchun eng qulay payt qo’ldan boy berib qo’yildi. Ikki yil muqaddam bu masalani ko’targan kishilarning ovoziga hech kim quloq solmadi. Markaz 1922 yildagi shartnomaga mahkam yopishib olib, oqilona takliflarni qabul etmadi, ishni paysalga soldi»,-degan edi. Bu fikrning to’g’riligini hayot to’la isbotladi. Butunittifoq referendumi SSSR Oliy Soveti Ittifoq shartnomasini o’zgartirish, SSSRni teng huquqli suveren respublikalar Federatsiyasi sifatida yangilash xususida xalqning fikrini bilish maqsadida 1991 yil 17 mart kuni Butunittifoq referendumini o’tkazishga qaror qildi. 1991 yil 20 fevralda O’zbekiston Oliy Kengashning Rayosati referendum o’tkazishni maqulladi va SSSR Oliy Soveti tomonidan tayyorlangan byulleten bilan birga yana bitta qo’shimcha byulletenni ovozga qo’yishga qaror qildi. Qo’shimcha byulletenga «Siz O’zbekistonning mustaqil, teng huquqli respublika sifatida yangilangan Ittifoq (Federatsiya) tarkibida qolishiga rozimisiz?» degan savol qo’yildi. Ovoz berishda qatnashgan saylovchilarning 93 foizi bu savolga «Ha» deb javob berdilar. Demak, o’zbekistonliklar o’z mamlakatini mustaqil davlat sifatida federativ ittifoqda bo’lishini, O’zbekistonning suveren respublika sifatida rivojlanishini yoqlab ovoz bergan edilar. 1991 yil aprelda Kievda Ukraina, Rossiya, Belorus, O’zbekiston, Qozog’iston respublikalari rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Uchrashuvda mustaqil respublikalar manfaatlariga mos keladigan Ittifoq shartnomasini tuzishga yondashish yo’llari ishlab chiqildi va tegishli bayonot imzolandi. Bu xujjatni Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalari ham imzolashga rozilik bildirdi. Markaz yon berishga majbur bo’ldi.
1991 yil aprelda Novo-Ogoryovoda SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyovning 9 respublika rahbarlari bilan uchrashuvi bo’ldi. Ishtirokchilar tomonidan «Mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirish va tanglikni bartaraf etishga doir kechiktirib bo’lmaydigan choralar to’g’risida» qo’shma Bayonot imzolandi. Bu hujjat «9Q1» (9 respublika Q Markaz) degan nomni oldi. Uning mazmuni markazning yon berganini, Kievda bildirilgan fikr-mulohazalarga rozi bo’lganini ko’rsatadi. 1991 yil 3 iyunda Novo-Ogoryovoda SSSR Oliy Soveti vakillari bilan Respublika rahbarlari o’rtasida uchrashuv bo’ldi. Uchrashchuvda Mustaqil davlatlar ittifoqi (MDI) tuzish masalasi muhokama qilindi. Mulk, til va yangi shartnomani tasdiqlash tartibi to’g’risida keskin munozara bo’ldi. Uchrashuvda ishtirokchilarning fikr-mulohazalari asosan inobatga olingan «Mustaqil davlatlar ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi Mustaqil davlatlar ittifoqini tuzishga intilish ishlab chiqildi. Loyiha barcha Respublikalar Oliy Sovetlariga muhokama uchun jo’natildi. Mazkur shartnoma loyihasi O’zbekiston Oliy Sovetida 1991 yil 14 iyunda muhokama qilindi. Kengash Federatsiya tamoyillari asosida Mustaqil Davlatlar Ittifoqini tuzish tarafdori ekanligini bildirdi. Shu bilan birga u Respublikalar vakolatlarini yanada kengaytirishga doir takliflarni ilgari surdi. 1991 yil iyul oyining oxirlarida Novo-Ogoryovoda yangi shartnoma loyihasini uzil-kesil tayorlash uchun Markaz vakillari va Respublika rahbarlarining uchrashuvi bo’ldi. Markazni ham, Respublikalar rahbarlarini ham qanoatlantiradigan «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risida shartnoma» loyihasi tayyorlandi. Ammo hamma rozi bo’lgani holda «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi to’g’risidagi shartnoma»ni imzolash 1991 yil 20 avgust kuniga qoldirildi. SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov Foros (Qrim)ga dam olish uchun jo’nab ketdi. 1991 yil avgust voqealari Markaziy hokimiyatni saqlab qolish, respublikalarga mustaqillik bermaslik payida yurganlar uchun qandaydir bir «imkoniyat» vujudga kelgan edi. Ana shu kuchlar tomonidan 1991 yil avgustda Markaziy hokimiyatni avvalgi maqomida saqlab qolish maqsadida fitna tayyorlandi va SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasi (FHDQ) tuzildi. Uning boshliqlari G.I.Yanaev – SSSR vitseprezidenti, O.D.Baklanov – SSSR Mudofaa Kengashi Raisining birinchi o’rinbosari, V.A.Kryuchkov - SSSR Davlat xavfsizligi qo’mitasining raisi, V.S.Pavlov - SSSR Bosh vaziri, B.K.Pugo – SSSR ichki ishlar vaziri, D.T.Yazov - SSSR mudofaa vaziri, V.A.Starodubtsev - SSSR dehqonlar uyushmasi raisi, I.Tizyakov - SSSR sanoat, qurilish, transport va aloqa davlat korxonalari hamda inshoatlari uyushmasining prezidenti kabi Markaziy hokimiyatning rahbarlari edi. Shu tariqa, fitnachilar M.S.Gorbachyovni noqonuniy yo’l bilan hokimiyatdan chetlashtirib, o’zlari hokimiyatni egallab oldilar. Mazkur qo’mita Sovet rahbariyatining Bayonoti, Sovet xalqiga murojaatnoma, Davlatlar va hukumatlarning boshliqlariga hamda BMT Bosh kotibiga murojaat va boshqa qarorlarni e’lon qildi. Butunittifoq doirasida mo’rtlashib qolgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada taranglashdi. Mamlakatdagi siyosiy kuchlar vaziyatga turlicha munosabat bildirdilar. Qaltis vaziyatda 1991 yil 19 avgustda O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Hindistonga qilgan rasmiy tashrifidan qaytib keldi va Toshkent shahri faollari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuvda Prezident O’zbekistonning nuqtai nazarini bildirib, respublikamizda favqulodda holat joriy etishga hojat yo’qligi, O’zbekistonda vaziyat barqarorligi, qonunga xilof ko’rsatmalar bajarilmasligini qat’iy ta’kidladi.
1991 yil 20 avgust kuni Toshkentda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent shahar rahbarlari ishtirokidagi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi. Majlis mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni muhokoma qilib, Bayonot qabul qildi. Bayonotda O’zbekiston Respublikasining tinch vaqtda kuch, avvalo, harbiy kuch ishlatishga qarshi ekanligi ta’kidlandi. Unda tinchlik, osoyishtalikni saqlash va mustahkamlash, har qanday ig’vogarona harakatlarning oldini olish, hamma joyda qattiq intizom va tartibni saqlash, mish-mishlar va ehtiroslarga berilmaslik vazifalari ilgari surildi. Bayonotda O’zbekiston Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya qoidalarini og’ishmay va izchil amalgam oshirish yo’lidan boraveradi, deb ko’rsatildi. 1991 yil 21 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’z farmoni bilan O’zbekiston hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR va O’zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlariga va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga so’zsiz mos kelishi kerak, deb belgilab qo’ydi. Farmonda SSSR da Favqulodda holat davlat qo’mitasining SSSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga, O’zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb belgilab qo’yildi. Fitnachilarning qonunga hilof ravishda urinishlari natijasida 1991 yil 19-21 avgust
kunlari Moskvada fojiali hodisalar ro’y berdi. Rossiya Federatsiyasi rahbariyati tashabbusi bilan demokratik kayfiyatdagi Moskva aholisi tomonidan fitna bostirildi. Fitnachilar qamoqqa olindi. M.S.Gorbachyov Prezidentlik lavozimiga qaytib keldi. Biroq mamlakatdagi siyosiy vaziyat tang ahvolga tushib qoldi. Markaziy hokimiyat falaj bo’lib, harakatsiz qolgan edi. Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi ham halokatga uchradi. Shu tariqa, SSSR tanazzulga uchradi va parchalana boshladi.
Tayanch atamalar va iboralar izohi: - Demobilizatsiya (fr.) - harbiy xizmatdan bo‘shatish. - Doktrina (lot.) - ta’limot, siyosiy qarashning ifoda etilishi. M.: Harbiy doktrina - davlatning qurolli kuchlari vazifalarini belgilovchi nazariya. - Ijtimoiy siyosat - insonlar tub manfaatini himoya qilishga, ularning moddiy, madaniy, ma’naviy hayotini yaxshilashga, sog‘lig‘ini saqlashga, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, texnikaviy, estetik, darajasini ko‘tarishga mo‘ljallangan asosli tadbirlar. - Imperiya (lot.) - hokimiyat, saltanat ma’nosini anglatadi. Ko‘p hollarda o‘z tarkibiga boshqa xalqlar va mamlakatlar hududlarini qo‘shib olgan katta davlatni anglatadi. M.: Rim imperiyasi, Amir Temur imperiyasi.
ADABIYOTLAR:
1. I.A.Karimov. O‘zbеkistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Asarlar, 1-jild, T., O‘zbеkiston, 1996, 36-86-bеtlar.
2. I.A.Karimov. O‘zbеkiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T., O‘zbеkiston, 1993.
3. To‘xliyеv N. O‘zbеkiston iqtisodiyoti (savollar va javoblar). T., O‘zbеkiston, 1991.
4. Q. Usmonov, M.Sodiqov va b. O‘zbеkiston qaramlik va mustaqillik yillarida. T., O‘qituvchi, 1996.
5. Yo.Xo‘jambеrdiyеv. O‘zbеklar ishi. T., Yozuvchi, 1990.
6. O‘zbеkiston tarixi (1917-1993). T., O‘zbеkiston, 1994.
7. Murtazaеva R.X., Doroshеnko T.I. i dr. Istoriya Uzbеkistana. Elektronniy uchеbnik dlya vuzov. – Tashkеnt. 2010.
8. Murtazayеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
9. Murtazayeva R.X. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlar va bag`rikеnglik. O`quv qo`llanma –T., Univеrsitеt, 2007.
10. Oblomurodov N., va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Yangi asr avlodi, 2011.
11. Jo`rayev N., Karimov Sh. O`zbеkiston tarixi: O`zbеkiston sovet mustamlakachiligi davrida. Ikkinchi kitob. -T.: Sharq, 2011.
12-MAVZU: O`ZBЕKISTONDA DAVLAT MUSTAQILLIGINING QO`LGA KIRITILISHI. HUQUQIY DЕMOKRATIK DAVLAT QURISH VA FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH.
Re`ja:
1.O‘zbekiston mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil 29-dekabrdagi referendum va umumxalq tomonidan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining ma`qullanishi.
2. Siyosiy islohotlar. Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslarining barpo etilishi.
3. Ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi. Parlament, Vazirlar mahkamasi.
O‘zbekiston mustaqilligining e'lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. 1991-yil 29-dekabrdagi referendum va umumxalq tomonidan O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining ma`qullanishi.
O’zbekiston mustaqil davlat SSSR tanazzulga uchragach, O’zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to’la o’z qo’liga olishga kirishdi. 1991 yil 25 avgustda O’zbekiston Prezidentining farmoni e’lon qilindi. Farmonga binoan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo’mitasi O’zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo’shinlari bevosita O’zbekiston Prezidentiga bo’ysundirildi. Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik qo’mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo’shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qo’shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi. Oliy Kengash 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekistonning davlat mustaqilligi to’g’risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31 avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi. 1991 yil 28 avgust kuni O’zbekiston Kompartiyasi MQ va Markaziy nazorat komissiyasining qo’shma plenumi bo’lib o’tdi. Plenumda Prezident I.Karimovning SSSRda 19-21 avgust kunlari sodir bo’lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining vazifalari to’g’risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni to’xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning markaziy organlaridagi o’z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi. 1991 yil 31 avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Ken-gashining navbatdan tashqari tarixiy oltinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyada O’zbekiston Prezidenti I.Karimov nutq so’zlab, sobiq Ittifoqda so’ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to’ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O’zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to’g’risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash Bayonoti» qabul qilindi. Bayonotda bunday deyilgan edi : «Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O’zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi».
Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to’g’risida» qaror qabul qilindi. Mazkur qarorda: 1) Respublikaning davlat mustaqilligi to’g’risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va resrublika bundan buyon O’zbekiston Respublikasi deb atalsin; 2) 1 sentyabr O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo’yildi. Oliy Kengash sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bu Qonun 17 moddadan iborat bo’lib, O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlab berdi. Qonunda:
O’zbekiston Respublikasi o’z tarkibidagi Qoraqalpog’iston Respublikasi bilan birga, mustaqil, demokratik davlatdir;
O’zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va respublikada davlat hokimiyatining birdan-bir sohibidir. U o’z hokimiyatini ham bevosita, ham vakillik idoralari tizimi orqali amalga oshiradi;
O’zbekiston Respublikasi to’la davlat hokimiyatiga ega, o’zining milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi, davlat chegaralari, hududi daxlsiz va bo’linmas bo’lib, uning xalqi o’z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib o’zgartirilishi mumkin emas;
Respublika hududidagi yer, yer osti boyliklari, suv va o’rmonlar, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy va boshqa resurslar, Respublikaning ma’naviy boyliklari O’zbekiston Respublikasining milliy boyligi, mulki hisoblanadi, deb qonunlashtirilib, belgilab qo’yildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VII sessiyasida 1991 yil 30 sentyabr kuni «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risi»gi Qonunga Konstitutsiyaviy qonun maqomini berishga qaror qilindi. Qarorda O’zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi moddalari «O’zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida»gi Qonunning moddalariga zid kelgan hollarda mazkur Qonunga amal qilinsin, deb belgilab qo’yildi. Shunday qilib, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi, ro’yobga chiqdi. Mamlakatimiz, xalqimiz siyosiy mutelikdan, asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo’ldi. O’zbek xalqi tarixida, mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlar tarixida chinakam tarixiy ahamiyatga molik bo’lgan voqea sodir bo’ldi.
1991 yil 29 dеkabrdagi rеfеrеndum va umumxalq tomonidan O`zbеkiston Rеspublikasi mustaqilligining maqullanishi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi e’lon qilinishi bilan birga Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston Respulikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda; “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e’lon qilinishini ma’qullaysizmi?” mavzuida referendium o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra unda qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqilligini yoqlab ovoz berdi. O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilinishi jahon jamoatchiligi tomonidan ham zo‘r qoniqish bilan kutib olindi. Fikrimiz isboti sifatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining o‘sha paytdagi Prezidenti Jorj Bushning I. Karimov nomiga yuborgan telegrammasi hamda Shvetsiya bosh vaziri K. Bilodtning telegrammalarida ko‘rish mumkin. 24-sentabrda Toshkentda xalqaro anjuman o‘tkazildi. O‘zbeklar (Turkistonliklar) ning birinchi xalqaro uchrashuvida O‘zbekiston Prezidenti nutq so‘zladi. 1991 yil 14 sentyabrida O‘zbekiston Kompartiyasining Favqulodda XXIII syezdida I.A.Karimov taklifi bilan O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS tarkibidan chiqqanligi e’lon qilindi. Partiyaning bunday buyon faoliyat ko‘rsatmasligi e’tiborga olinib, ushbu partiya o‘rnida Xalq-Demokratik partiyasi tuzilgani e’lon qilindi. O‘zbekiston mustaqil davlat deb e’lon qilingan kunning o‘zidayoq mustaqil davlat ramzlarini joriy qilish yuzasidan amaliy choralar ko‘rildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida, respublika gerbining nusxasi va Davlat madhiyasining musiqiy bayoni haqida maxsus qaror qabul qilindi. Unda Konstitutsiya komissiyasining ekspert guruhiga Davlat bayrog‘ining variantlari ustida ishlashni davom ettirish, Oliy Kengashning tegishli qo‘mitalariga Konstitutsiya komissiyasi ijodiy guruhi bilan hamkorlikda Davlat bayrog‘i, madhiyasi haqida qonun loyihalarini ishlab chiqib, navbatdagi sessiyaga taqdim etish topshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo‘lib o‘tgan VIII sessiyasi “O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i to‘g‘risida” qonun qabul qildi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat Bayrog‘i ulug‘ ajdodlarimizning aqida va maslaklariga mos keluvchi, millat tabiati va xalqimiz ruhiyatidan kelib chiqib, uning milliy va ma’naviy jihatlarini ham o‘zida aks ettirmog‘i kerak edi. Mamlakatimiz davlat bayrog‘i yurtimizning o‘tmishi, bugungi kuni va kelajagi yorqin ramzi bo‘lib qoldi.
1992-yil 2-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi” to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma’noga ega. Gerb rangli tasvirda bo‘lib, xumo qushi kumush rangda, quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va “O‘zbekiston” degan yozuvlar tilla rangda, g‘o‘za shoxlari, barglari va vodiylar yashil rangda, tog‘lar havo rangida, chanoqdagi paxta, daryolar, yarim oy va yulduz oq rangda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasvirlangan lenta to‘rt xil rangda berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
Umumxalq saylovida Islom Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti etib saylanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining Prezidentlik shakli rivojlandi. 1991-yil 29-dekabrda o‘zbek xalqi xohish-irodasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Saylovga jiddiy tayyorgarlik ko‘rilib, O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga ikki nomzod-O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi nomzodi I.A. Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad Solih) nomzodi qo‘yildi.
Saylovlar yakuniga ko‘ra 8 million 514 ming 136 ovoz yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86 foizi Islom Karimov nomzodini, 1 million 220 ming 474 saylovchi (12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
II
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurilishining Konstitutsiyaviy va huquqiy asoslarini yaratish va yuksak taraqqiyotimizning kafolati rolini muvaffaqiyatli bajarmoqda.
Mustaqillik tomon qo‘yilgan dastlabki qadamlardan biri-bo‘lajak suveren Respublikaning Konstitutsiyasini tayyorlash g‘oyasi I.A.Karimov tomonidan 1990-yilni mart oyida ilgari surildi. Ko‘p o‘tmay shu yilning iyun oyida Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti rahbarligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy Komissiya tuzildi.
Komissiya Konstitutsiya loyihasini tayyorlash jarayonida xalqaro huquq qoidalariga, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlariga, Butunjahon inson huquqlari Deklaratsiyasiga amal qildi. Dunyoning ko‘pgina taraqqiy etgan va rivojlanayotgan mamlakatlarining konstitutsiyaviy hujjatlari o‘rganib chiqildi. Shu bilan birga boy tariximizdagi davlat boshqaruv tizimi va adolatli qonunshunoslik an’analari ham chuqur o‘rganildi.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi o‘z mohiyati va ahamiyati jihatidan Sovet davridagi Konstitutsiyalardan, xususan, 1978-yilgi O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasidan tubdan farq qilishi kerak edi. Sotsialistik O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘zining mazmuni, ruhi bilan sobiq Ittifoq Konstitutsiyasidan kelib chiqib, O‘zbekistonni bu Ittifoqqa qo‘l-oyog‘i bilan zanjirband etdi. Sinfiylik, partiyaviylik g‘oyalari bilan sug‘orilgan Konstitutsiya g‘oyat darajada mafkuralashtirildi va siyosiylashtirildi. Inson manfaatlariga nisbatan davlat manfaatlari ustun qo‘yildi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi loyihasida O‘zbekistonda yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar hisobga olindi. Xususan, O‘zbekiston mustaqilligini qonunlashtirish, iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o‘tishning shartlari, davlat va jamiyat qurilishida demokratik tizimning tamoyillari, inson huquqining ustuvorligi ifodasini topdi. Konstitutsiyada bayon etiladigan masalalarni birma-bir o‘rganib chiqish uchun 35 kishidan iborat ishchi guruh va har bir bo‘limini alohida tayyorlaydigan kichik guruhlardan iborat komissiyalar tashkil etildi.
Ishchi guruh va komissiyalar 1991-yilni oktyabrida Konstitutsiyaning birinchi, 1992-yilni bahorida ikkinchi nusxasini tayyorladi va shu nusxasi 1992-yilni 26-sentabrida umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e’lon qilindi. Joylardan tushgan minglab takliflar o‘rganib chiqilib, noyabr oyida ikkinchi marta matbuotda bosib chiqildi.
Tuzatishlar va aniqlashlardan keyin mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Asosiy Qonuni 1992-yili 8-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XII chaqiriq XI sessiyasida qabul qilindi.
Mustaqillik Konstitutsiyasi muqaddima, olti bo‘lim, 26 bob, 128 moddadan iborat bo‘ldi. Birinchi bo‘limda Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari bayon etilib, unda Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatning bosh yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Asosiy Qonunning Ikkinchi bo‘limi 35 moddadan iborat bo‘lib, Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag‘ishlangan. Bunda, O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari bir xil huquq va erkinliklariga ega ekanligi, O‘zbekistonning butun hududida yagona fuqarolik o‘rnatilganligi, fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari, vijdon erkinligi va uning kafolatlanishi yoritilgan. Insonning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga bevosita hamda o‘z vakillari orqali qatnashishlari, siyosiy partiyalar va harakatlarga qo‘shilish huquqlari ta’kidlab ko‘rsatilgan.
Asosiy Qonunda fuqarolarning mulkdor bo‘lishi, mehnat qilish, nafaqa olish, o‘z vaqtida dam olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish huquqlariga ega ekanligi aniq qilib bayon etilgan va bu huquqlari va erkinliklari davlat tomonidan ta’minlanadi deb taqqoslab qo‘yilgan. Barcha fuqarolar Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan burchlarni, chunonchi, qonunlarga rioya qilish, xalqimizning tarixiy, ma’naviy meroslarini avaylab saqlash, atrof tabiiy muhitni asrash, soliqlar va mahalliy yig‘imlarni o‘z vaqtida to‘lash, Vatanni himoya qilish kabi burchlari majburiy ekanligi ta’kidlangan.
Konstitutsiyaning “Jamiyat va shaxs” bo‘limida O‘zbekiston iqtisodiyoti bozor munosabatlariga asoslanishi, uning negizini xilma-xil mulk shakllarining teng huquqga ega ekanligiga kafolat berildi. Ishbilarmonlik, tadbirkorlik va tashabbuskorlik harakatiga keng yo‘l ochib berildi va mulkdorlar tabaqasini vujudga keltirish tamoyillari ishlab chiqildi. Jamiyat ijtimoiy birlashmalari, oila va ommaviy axborot vositalarining o‘rni aniq bayon etib berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi, O‘zbekiston Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasining o‘zaro munosabatlariga maxsus to‘rtinchi bo‘lim ajratilgan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘limda (50 modda) o‘z ifodasini topgan. Davlat va hokimiyat organlari, Prezident, Vazirlar mahkamasining vakolatlari, ularni shakllantirish yo‘llari aniq va ravshan bayon etilgan. Shu bilan birga bu bo‘limda mahalliy hokimiyat organlari, sud va Prokuratura, Davlat Mudofaasi masalalari o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik Konstitutsiyasining qabul qilinishi g‘oyat katta siyosiy, huquqiy va xalqaro ahamiyatga ega bo‘ldi. Asosiy Qonunimiz mamlakatda demokratik tamoyillarni amalga oshirish, xalqimizni huquqiy ma’naviy va mafkuraviy tarbiyalashda katta o‘rin tutmoqda.
Prezident I.Karimovning “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini yuksaltirish, uning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish uchun 20 kishidan iborat maxsus komissiya tuzildi. Prezidentimizning Asosiy Qonunni ”...bolalar bog‘chasidan boshlab o‘rganishni, maktablarda darslik tariqasida o‘qitishni, oliy o‘quv yurtlarida maxsus bir dars sifatida o‘rganishni barcha mutasaddi rahbar va tashkilotlarga topshiriq tariqasidagi...” ko‘rsatmasi butun Respublikada Mustaqillik Konstitutsiyasini tashviqot va targ‘ibot qilishning dasturi bo‘ldi.
O`zbеkiston ko`ppartiyaviylik tizimiga asos solinishi, dastlabki asosiy partiyalarning shakllanishi.
Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko’rsatish prinsiplari
ixtiyoriylik
a’zolarning teng huquqliligi
o’zini-o’zi boshqarish
qonuniylik
oshkoralik
Quyidagilar ta’qiqlanadi: Irqiy, milliy, ijtimoiy, diniy adovat va nafratni targ’ib etuvchi, zo’rlikka va konstitutsiyaviy tuzumni ag’darib tashlashga chaqiruvchi siyosiy partiyalar.
O’zbekistonda 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda.
1. O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis quriltoyida tashkil topgan. Ushbu quriltoyda uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston XDPsining "O’zbekiston ovozi", "Golos Uzbekistana" gazetalari va "Muloqot" jurnali nashr etilmoqda.
2. 1995 yil 18 fevralda O’zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi (SDP) tuzildi. Partiyaning Toshkentda bo’lgan I - ta’sis Qurultoyida uning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining "Adolat" nomli ijtimoiy- siyosiy haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
3. O’zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan partiyalardan yana biri-Milliy tiklanish demokratik partiyasidir (MTDP). U 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo’lib o’tgan ta’sis qurultoyida tuzildi va partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. O’zbekiston MTDPsining "Milliy tiklanish" haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
4. 2003 yil oxirida O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashkil topdi. Uning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatini himoya qilishdan iborat.
O’zLDP ning «XXI asr» hafatlik gazetasi nashr etilmoqda.
O’zbekiston Prezidentining 1996 yil 17 apreldagi farmoniga muvofiq respublika yoshlarining "Kamolot" jamg’armasi nodavlat hayriya - jamoat birlashmasi sifatida tashkil topgan edi. "Kamolot" jamg’armasining vazifasi yoshlarining manfaat va ehtiyojlarini o’rganish, ularni qondirish yuzasidan dasturlar tuzish va davlat ko’magida hayotga tatbiq etishdan iborat edi. Ammo "Kamolot" yoshlar jamg’armasi bunday vazifalarni bajara olmadi, yoshlarning haqiqiy ma’nodagi etakchisiga aylana olmadi. Prezident Islom Karimov 2001 yil 24 yanvar kuni Toshkentda yoshlar masalasiga bag’ishlangan yig’ilishda yoshlarning chinakam suyanchi bo’la oladigan yangi tashkilot tuzish g’oyasini ilgari surdi. 2001 yil 25 aprel kuni Toshkentda bo’lgan yoshlar qurultoyida o’zini-o’zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot - O’zbekiston Respublikasi «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuzildi va uning Dasturi, Nizomi tasdiqlandi. "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsadi yoshlarni birlashtirish, sog’lom turmush talablari asosida tarbiyalash, jamiyatda munosib o’rnini egallashga ko’maklashish, ularning manfaatlarini himoya qilish, yosh yigit – qizlarning o’z aql zakovati, kuch - g’ayratini to’la namoyon etishi uchun zarur shart - sharoit yaratib «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati berish, yosh avlodning tayanchi va suyanchi bulishdan iboratdir. Harakatning Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tuman va shahar bo’limlari, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlarida boshlang’ich takilotlari tuzildi. Ular 14 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan O’zbekiston fuqarolarini o’z saflarida ixtiyoriy ravishda birlashtirgan holda faoliyat ko’rsatmoqda.
Jamoat tashkilotlari.
O’zbekistonda turli jamoat tashkilotlari ham faoliyat ko’rsatmoqda. Jumladan, O’zbekiston kasaba uyushmalari turli kasb egalari bo’lgan xodimlarni jinsi, diniy e’tiqodlari, irqiy va milliy munosabatlaridan qat’i nazar ixtiyoriy birlashtiruvchi mustaqil ommaviy jamoat tashkiloti sifatidi faoliyat ko’rsatmoqda. Mustaqillik sharoitida ayollarni, ko’p bolali onalarni har tomonlama muhofaza qilishni yanada ko’chaytirish, mehnatkash va ijodkor ayollarni bozor iqtisodiyoti bilan bog’liq bo’lgan muammolarni hal etishga keng safarbar etish, ilm-fan sohasidagi ayollarning imkoniyatlarini yanada kengaytirish va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 1 martdagi O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi to’g’risidagi farmoyishi bilan Xotin-qizlar qo’mitasi tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Xotin - qizlar qo’mitasining asosiy maqsadi jamiyatda xotin-qizlarning rolini oshirish, ularning ma’naviy va madaniy talablarini qondirish, ayollarga ijtimoiy –iqtisodiy, huquqiy va psixologik yordam berish, oilani, onalik va bolalikni himoya qilish, tinchlik va ijtimoiy taraqqiyot uchun ayollarning ishtirok etishlarini ta’minlashdan iboratdir. O’zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo’mitasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi, 12 ta viloyat xotin-kizlar qo’mitalari, Toshkent shahar xotin-qizlar qo’mitasi, 38 shahar, 170 tuman, 14 mingdan ortiq mexnat jamoalari va turar joylarda ashkil etilgan xotin-qizlar qo’mitalari faoliyat yuritmoqdalar. Qo’mita qoshida xotinqizlar toifalariga qarab tuzilgan turli-tuman professional, ijodiy va boshqa uyushmalar ishlamoqda.
1996 yil dekabrda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan Faxriylar kengashi - "Nuroniy" jamg’armasiga aylantirildi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda aholining keng qatlamlarini birlashtiruvchi 300 dan ortiq jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlari shakllandi va faoliyat ko’rsatmoqda. Shular jumlasiga "Sog’lom avlod uchun" va "Ekosan" xalqaro jamg’armalari, "Mahalla" va "Navro’z" xayriya jamg’armalari, iste’dodli yoshlarni qo’llab – kuvvatlash maqsadida "Ulug’bek", "Iste’dod", "Mehr–shafqat va salomatlik", "Bolalar", "Amir Temur", "Alisher Novoiy", "Abdulla Qodiriy" jamg’armalari va boshqalar kiradi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida O’zbekiston fuqarolik jamiyati asoslari shakllantirildi. Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining negizini tashkil etuvchi nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni va ahamiyatini kuchaytirish ustuvor vazifa bo’lib turibdi. Ijtimoiy harakatlar Tadbirkorlar uyushmalari Kasaba uyushmalari «Nuroniy» jamg’armasi Siyosiy partiyalar Diniy uyushmalar Ijodiy uyushmalar Jamoatchilik, xayriya va boshqa fondler Xotin-qizlar, yoshlar, bolalar tashkilotlari va h.k. Kasb egalarining palatalari,
hay’atlari va boshqa korporatsiyalari Nogironlar tashkilotlari Jamoat birlashmalari quyidagi maqsadlarda tuziladi:
fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquqlar va erkinliklarni amalga oshirish va muhofaza qilish;
fuqarolarning faolligi va jamoatchilik ishlarini boshqarishda qatnashishini rivojlantirish;
kasbiy va havaskorlik qiziqishlarni qondirish; ilmiy, texnik va badiiy ijodni rivojlantirish;
aholining sog’lig’ini saqlash, xayriya faoliyatida qatnashish; madaniy-ma’rifiy, jismoniy – sog’lomlashtirish va sport ishlarini o’tkazish;
tabiatni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qilish;
vatanparvarlik va insoniylik tarbiyasi;
xalqaro aloqalarni kengaytirish;
tinchlik va xalqlar o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash;
qonunda taqiqlanmangan boshqa faoliyatni amalga oshirish.
Mustaqillik sharoitida O`zbеkiston parlamеnti. Oliy Majlisning ko`ppartiyaviylik asosida shakllanishi. Oliy Majlisning tuzilishi, vazifalari va faoliyati. Ikki palatali parlamеnt tuzish to`g`risidagi O`zbеkiston rеfеrеndumi.
O’zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan paytda 1990 yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat ko’rsatmoqda edi. O’zbekistonda demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lidan borilib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yuborilmadi. U 1990-1994 yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat yuritdi va o’z vakolat muddati davrida 200 ga yaqin qonun va 500 dan ortiq qarorlar tayyorladi va qabul qildi.
Oliy Majlis 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deb ataladigan bo’ldi. Konstitutsiyaning 76-moddasida "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", deb belgilab qo’yildi. Konstitutsiyaga muvofiq bir palatali parlament - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tadbirlari ko’rildi. 1993 yil 28 dekabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994 yil 22 sentyabrda "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul qilindi. Oliy Majlis hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’p partiyaviylik asosida besh yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’lishi belgilandi.
1994 yil 25 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi marta erkin, demokratik va ko’p partiyaviylik va muqobillik asosda saylovlar o’tkazildi. Har bir saylov okrugida ikki-uch nomzod, jami 700 nafar nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Nomzodlarning birontasi ham etarli ovoz ololmagan saylov okruglarida 1995 yil 8 va 25 yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Oliy Majlis 1995- 1999 yillarda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat qurishdan iborat yo’lni huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan 10 kodeks, 2 milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qildi. Shuningdek, u 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi, xalqaro konventsiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 1999 yil dekabrda saylovlar bo’lib o’tdi. Saylovlarda 7 ta subekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organlari va saylovchilarning tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Oliy Majlisga O’zbekiston xalq demokratik partiyasidan 48, "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasidan 34, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 20, "Adolat" sotsialdemokratik partiyasidan 11, "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidan 10, hokimiyat vakillik organlaridan 111 va saylovchilar tashabbus guruhlaridan 16 nafar vakil deputat etib saylandi. O’zbekiston Respublikasi bir palatali parlamentining 2000-2004 yillarda bo’lib o’tgan 16 sessiyasida 101 ta qonun, 300 dan ortiq qaror qabul qilindi, 55 ta xalqaro shartnoma va bitimlar ratifikatsiya qilindi. O’zbekiston Respublikasining 329 ta qonun xujjatiga 1357 ta o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Bir palatali O’zbekiston Respublikasi parlamenti – Oliy Majlisi 1995-2004 yillarda o’z faoliyatini quyidagi yo’nalishlarda samarali olib bordi:
O’zbekistonda o’tkazilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini mustahkamlovchi qonunlar yaratish;
qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish;
parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash;
shaxsning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini himoya qilish;
amaldagi qonun hujjatlarimiz monitoringini xalqaro huquq normalarini o’rgangan holda olib borish;
joylardagi hokimiyat vakillik organlariga amaliy yordam ko’rsatish. Muxtasar qilib aytganda, 1995-2004 yillarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir palatali parlament sifatida xalq fikrini e’tiborga olish, ochiqlik va oshkorolik tamoyillari asosida faoliyat yuritdi.
Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi. Bir palatali Oliy Majlis milliy parlamentarizm rivojlanish tarixida munosib o’rinni egalladi. Prezident Islom Karimov 2000 yil 25 may kuni ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikkinchi sessiyasida doimiy asosda ishlaydigan ikki palatali parlament tizimiga o’tishni taklif qildi. Darhaqiqat, mustaqillikning o’tgan 10 yili davomida parlamentchilikda demokratik asoslar shakllantirildi, endi bir palatali parlamentdan ikki palatali parlamentga o’tish uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan edi. 2001 yil 6-7 dekabr kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning ettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga kelindi. 2002 yil 27 yanvar kuni «Siz kelgusi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi parlamentini ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?» degan masalada referendum bo’lib o’tdi. Referendumda qatnashganlarning 93,65 foizi rozi ekanligini bildirib ovoz berdilar. 2002 yil 4-5 aprel kunlari bo’lib o’tgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida «Referendum yakunlari va davlat hokimiyati tashkil etishning asosiy printsiplari to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda respublika parlamentining nomi Oliy Majlis deyiladi, u ikki palatali - quyi va yuqori palatalardan Ikki palatali parlamentning shakllantirilishi iborat etib tashkil etiladi, deb belgilab qo’yildi. Quyi palata - Qonunchilik palatasi, yuqori palata – Senat deb ataladi, ularning vakolat muddati 5 yil deb belgilangan. Ikki palatali parlament tuzishning huquqiy asoslarini belgilab beruvchi yangi qonun loyihalarini tayyorlsh ishiga kirishildi. 2002 yil dekabrda bo’lib o’tgan ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o’ninchi sessiyasida «O’zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasining Senati to’g’risida» Konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Qonunchilik palatasi 120 nafar deputatdan, Senat 100 nafar senatordan iborat etib shakllantiriladi. Bu o’zgarishlar 2003 yil aprelda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilgan o’zgartirishlarda ham o’z ifodasini topdi. 2003 yil 29 avgustda «O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to’g’risida»gi Qonunga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib, mazkur qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Shu tariqa ikki palatali professional parlamentni shakllantirishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari yaratildi. 2004 yil dekabr – 2005 yil yanvar oylarida mamlakatimizda ilk bor ikki palatali parlamentga saylovlar bo’lib o’tdi. Qonunchilik palatasiga 120 nafar deputat saylandi. Senatga respublikamizning har bir hududidan 6 nafardan, jami 84 senator saylandi. Konstitutsiyamizning 77- moddasiga muvofiq, 16 nafar senator O’zbeksiton Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida deputatlar Oqsoqollar Kengashi tavsiyasiga ko’ra yashirin ovoz berish yo’li bilan Qonunchilik palatasi Spikeri lavozimiga Erkin Halilov sayladilar. Shuningdek, 2 nafar deputat Spiker o’rinbosari etib saylandi, qo’mita rahbarlari tasdiqlandi, siyosiy partiyalar fraktsiyalari tashkil etildi va ro’yx atga olindi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005 yil 27 yanvar kuni bo’lib o’tgan birinchi majlisida Prezident taqdimiga muvofiq Senat a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yo’li bilan Murod Sharifxo’jaev Senat raisi etib saylandi. Shuningdek 2 nafar senator Rais o’rinbosarlari etib saylandi, Senat qo’mitalari tashkil etilib, ularning raislari ham saylandilar. Muxtasar qilib aytganda, 2005 yil 27 yanvar kuni ikki palatali parlamenti shakllantirish ishlariga yakun yasaldi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati tashkil etildi va o’z faoliyatini boshladi.
III
Vazirlar Mahkamasi, uning ijro etuvchi hokimiyatning muhim bo`g`ini sifatidagi o`rni.
Haqiqiy demokratik me’yor va tartiblar asosida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslandi. Vazirlar Mahkamasi, ya’ni Hukumat ijroiya hokimiyati tizimida markaziy o‘rinni egallaydi.
98-modda quyidagi tahrirda bayon etildi: «O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalarining raislaridan iborat. Qoraqolpog‘iston Respublikasi hukumatining boshlig‘i Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o‘z lavozimi bo‘yicha kiradi.
Vazirlar Mahkamasining tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarlishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasining faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining majlislariga raislik qiladi, uning qarorini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi. O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek, ushbu Konstitutsiyaning 89-moddasi va 93-moddasiga asosan Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli».
Mustaqillikning o‘tgan davri shuni ko‘rsatdiki, Konstitutsiya mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalarda amalga oshirilgan ishlarning huquqiy asosi sifatida o‘zini namoyon qildi. Xalqimiz shu bois ham uni muhim hayotiy qo‘llanma deb hisoblaydi. O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millati, dini va tilidan qat’i nazar barcha fuqaro uchun mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Shuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni, uning mohiyatini chuqurroq o‘zlashtirishni hayot taqozo qila boshladi.
Shu nuqtai nazardan Prezident 2001-yil 4-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida» farmoyish chiqardi. Ushbu farmoyishga asosan, Konstitutsiyaning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish, talaba va o‘quvchi yoshlarda mustahkam bilimlarni shakllantirish talablari qo‘yildi.
Mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimida, maktabgacha ta’lim muassasalaridan to oliy ta’limning yuqori bosqichi – magistraturagacha, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishning yaxlit va izchil tizimi vujudga keldi. Ushbu tizimga fan sohasidagi doktoranturagacha bo‘lgan bosqich ham kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi mamlakat Prezidenti bir paytning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat rahbari ham ekanini belgilaydigan normalarning o‘zgartirilishi muhim siyosiy-huquqiy qadam bo‘ldi. Bugungi kunda Konstitutsiyaga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat rahbari bo‘lib, davlat hokimiyati organlarining o‘zaro uyg‘un va hamjihat faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
«Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi, hech shubhasiz, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish borasida asosiy va hal etuvchi rol o‘ynadi.
Hozirgi sharoitda siyosiy partiyalar fuqarolarning siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish, aholining ayniqsa saylov jarayonlarida xohish-irodasi va fikrni ifodalash, markazda va joylarda davlat hokimiyati organlarini shakllantirishning muhim ta’sir o‘tkazuvchi vositasiga aylanishi alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifani hal etish maqsadida parlamentdagi ko‘pchilik parlamentdagi muxolafat maqomini qonuniy tarzda belgilash, siyosiy partiyalar fraksiyalari rahbarlarini Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari etib saylash bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralar ko‘rildi.
Qabul qilingan ushbu huquqiy mexanizmlar siyosiy partiyalarning mamlakat parlamenti faoliyatini tashkil etishda, shuningdek, vakillik va ijro hokimiyati organlarini shakllantirish, ularning faoliyatini nazorat qilishdagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirdi.
Xususan, Bosh vazir lavozimiga nomzod bo‘yicha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashish tartibi, uning parlament tomonidan tasdiqlanishining qat’iy belgilangan tartib va mexanizmining joriy etilgani davlat qurilishi sohasida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.
Konstitutsiyaviy qonunga muvofiq siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalariga Bosh vazirni iste’foga chiqarish, mahalliy kengashlardagi partiya guruhlariga esa viloyat hokimlarini iste’foga chiqarish to‘g‘risida tashabbus bilan chiqish huquqining berilishi ham mutlaqo muhim ahamiyat kasb etadi. Bularning barchasi siyosiy partiyalarning mamlakat hayotidagi o‘rni va ta’siri ortib borayotganidan dalolat beradi.
Davlat hokimiyati markaziy organlarining bir qator vakolat va vazifalarini, avvalambor iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal etish, budjet tashkilotlarini, kommunal xo‘jalik va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish, odamlarni ish bilan ta’minlash va aholi manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatlarini mahalliy hokimiyat, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mahallalarga bosqichma-bosqich o‘tkazish jarayoni amalga oshirilmoqda.
Sud hokimiyati.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Sudlar to’g’risida" gi qonun asosida sud islohotlari o’tkazildi. Sudlarning mustaqilligi qonunlashtirildi, ularning odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashishga yo’l qo’yilmaydi. Ayblanuvchining himoyalanish huquqi, advokatura tizimining mustaqilligi huquqiy jihatdan ta’minlandi. O’zbekistonda sud hokimiyati qonunning ustunligi, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo’lida faoliyat ko’rsatmoqda.
Davlat mustaqilligini taminlovchi Mudofaa va Tashqi ishlar vazirliklari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona va Soliq qo`mitalarining tuzilishi. O’zbekistonda boshqaruv tizimi tubdan isloh qilindi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishni ta’minlovchi, bozor munosabatlarining faoliyati uchun imkon beruvchi yangi boshqaruv strukturasi yaratildi. Markazlashtirilgan tartibda qayta taqsimlash mexanizmidan bozor mexanizmiga, qattiq mahkamachilik va ma’muriy-buyruqbozlikdan huquqiy boshqaruvga, iqtisodiy omillar orqali o’zini-o’zi idora etishga o’tildi. Ma’muriy-buyruqbozlik, to’rachilik tizimining o’zagini tashkil etgan Davlat reja qo’mitasi, Davlat ta’minot qo’mitasi, Davlat narxlar qo’mitasi, Davlat agro-sanoa t qo’mitasi va boshqa qo’mitalar, vazirliklar, ularning ma’muriy apparatlari tugatildi. Respublikada moliya va bank tizimi tubdan o’zgardi. Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllatirish bilan bir qatorda, davlat soliq siyosatini, moliya siyosatini belgilamokda, valyuta ishlarini boshqarmoqda. Bank tizimi isloh etildi. Davlat banki va uning bo’linmalari tugatildi, Markaziy bank, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, ixtisoslashtirilgan aktsiyadorlik - tijorat banklari - "O’zsanoatqurilishbank", "Paxtabank", "O’zjamg’armabank", "G’allabank", "Tadbirkorbank", "Savdogarbank", xususiy va boshqa banklar tuzildi. Banklarning mustaqilligi va pul muomalasi ahvoli uchun javobgarligi oshirildi. Davlat nazorati tizimi tartibga solindi. Davlat soliq qo’mitasi, Bojxona qo’mitasi tuzildi. Davlat nazorati qo’mitasi, uning joylardagi organlari tugatildi. Prezident devonida nazorat inspektsiyasi, hokimiyatlarda tegishli nazorat inspektsiyalari tuzildi. Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab- quvvatlash davlat qo’mitasi tashkil etildi. Bu qo’mita mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqishda, ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantirishda muhim tadbirlarni amalga oshiradi. Qo’mita investitsiya fondlari, fond birjalari, ko’chmas mulk birjalari, auditorlik xizmatlari va boshqa bozor strukturasi tuzilmalarini tashkil etmoqda. O’zbekistonning ishlab chiqarish, transport bo’yicha tarmoq vazirliklari tugatilib, ular o’z-o’zini mablag’ bilan ta’milaydigan uyushmalarga, konsernlarga, korporatsiyalarga va boshqa xo’jalik birlashmalariga aylantirildi. Avtomobil transportida, qurilishda boshqaruv tizimi qayta tuzildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligining strukturasi, faoliyat va ish yuritish usullari tubdan o’zgardi. Umummilliy ahamiyatga molik bo’lgan tarmoqlarda, masalan, sayohatchilik, transport, madaniyat, kino, televidenie va radio tizimi va boshqalarda iqtisodiy jihatdan mustaqil bo’lgan milliy kompaniyalar tashkil etildi. Shunday qilib, mustaqillik qo’lga kiritilgandan beri o’tgan qisqa tarixiy davrda huquqiy davlat, uning zamonaviy hokimiyat organlari barpo etildi, ixcham, ochiq va tadrijiy rivojlanishga ega bo’lgan ijtimoiy-siyosiy tizim yaratildi. Bugungi kunda markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tizimlariga, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni ta’minlashdan iboratdir.
1991-yil 6-sentabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992 yil yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi.
Sud hokimiyati islohotlari. O`zbеkistonda sud hokimiyati tizimi, uning takomillashtirilishi. Sud tizimining libеrallashtirilishi (Fuqarolik ishlari, jismoniy ishlar, xo`jalik sudlari).
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida o‘z vakolatlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar.
Mazkur sudlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. Shu bilan birga og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo‘may pul topish yo‘liga o‘tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to‘la foydalanilmagan ishlarning jazo qismini yengil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga o‘z ko‘rsatmasini beradi.
Respublika Oliy sudi 1994-yilda 149 kishiga nisbatan quyi sudlar tomonidan tayinlangan jazolar og‘ir deb topilganligi sababli hukmlar o‘zgartirilib, jazolar qisqartirilgan bo‘lsa, 1995-yilda 247 kishiga nisbatan jazolar og‘ir deb topilib, hukmlar o‘zgartirildi, 25 shaxsga nisbatan jinoiy ishlar sudlanganlarning harakatida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli harakatdan to‘xtatildi.
Og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganligi uchun 1994-yilda quyi sudlar tomonidan 89 kishiga nisbatan belgilangan jazolar yengil deb topilib, hukmlar bekor qilingan bo‘lsa, 1995-yilda 70 kishiga nisbatan quyi sudlar belgilangan jazolar yengil deb, hukmlar bekor qilindi va yangidan sud majlisida ko‘rish uchun yuborildi.
O‘zbekistonda sud tizimini isloh qilish, sud hokimiyatini shakllantirishda ham bir muncha ishlar qilindi. Sud tuzilishi va sudlov ishlarini yurgizishga oid barcha demokratik konstitutsiyaviy tamoyillar yanada rivojlantirildi. 1995-yil 30-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti -harakatlar va qarorlar ustida sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratdi.
Respublika xo‘jalik sudlari istiqlolning so‘nggi yillarida o‘zlarining faoliyatini aniq iqtisodiy vazifalar bilan bog‘lab olib bormoqda. Xususan xo‘jalik sudlari 1995-2000 yillarda jami 128.000 nizolarni ko‘rib chiqqan va 271,4 mlrd. so‘m mablag‘ni da’vogarlarga undirib bergan. Keyingi 6 yil mobaynida xo‘jalik sudlarining qarorlari asosida davlat boji va jarimalar hisobidan respublika byudjetiga 4,3 mlrd. so‘m mablag‘ undirilgan.
2000-yilning 1-yarmida mazkur tizimda 17.000 dan ziyod ish ko‘rib chiqildi. Natijada, 53,4 mlrd. so‘mlik hajmdagi zarar da’vogarlar foydasiga undirib berildi. Mamlakat budjetiga 550 mln. so‘m tushum tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq VI sessiyasida (2001-yil 29-avgust) “Adolat qonun ustivorligida” nomli ma’ruzasida sog‘lom jamiyat uchun jinoyatchini jazolashdan ko‘ra, jinoyatning oldini olish muhim ekanligini uqtirib o‘tdi. Ma’ruzada O‘zbekistonning demokratiya va taraqqiyot yo‘lidan mustaqil rivojlantirishning o‘tgan o‘n yil ichida ijtimoiy turmushning barcha sohalarida sodir etilgan tub o‘zgartirishlarning muhimligi ta’kidlanib, sud-huquq tizimini takomillashtirish, jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini insonparvarlik, adolat, huquqiy fuqarolik jamiyati prinsiplariga muvofiq ravishda erkinlashtirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Davlatimiz rahbari sudlar faoliyatiga baho berib “Sud bugungi kunda avvalgidek hukmron kommunistik tizimning qatag‘on va jazolash apparati emas, balki u har bir inson va fuqaroning huquq hamda erkinliklarni ishonchli tarzda qo‘riqlash va himoya qilishga qaratilgan chinakam mustaqil davlat institutiga aylanmoqda. Fuqarolarning sudga ishonchi mustahkamlanib bormoqda”,-dedi. Shuningdek, ma’ruzada sud hokimiyati tizimidagi kamchiliklarga ham to‘xtalib o‘tildi. Bu borada Prezident: “...afsuski, sudyalar, prokuratura va tergov organlari xodimlari, bir so‘z bilan aytganda, qabul qilingan yangi qonunlarni hayotga tatbiq etishi lozim bo‘lgan kishilarning dunyoqarashi va tafakkuri ancha qiyinchilik bilan o‘zgarayapti. Eng avvalo jazolashning repressiv, ozodlikdan mahrum qilish hollarini qisqartirish hisobiga qonunchilikning adolat va insoniylik kabi tamoyillarining kuchayishini va amalda qo‘llanishini ta’minlashimiz zarur”-deydi. Ma’ruzada Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilayotgan o‘zgarishlar, masalan, 110 turdagi uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarning ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazish, 12 turdagi jinoyatni og‘ir toifadan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga, 7 turini esa o‘ta og‘ir jinoyatlar toifasidan og‘ir jinoyatlar toifasiga o‘tkazish haqidagi takliflar bayon qilindi. Shuningdek, iqtisodiy sohada jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan iqtisodiy ta’sir choralarini qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish zarurligi, butun jahonda muhokama etilayotgan muhim masalalardan biri-o‘lim jazosini jinoiy jazo chorasi sifatida qolayotganligi bilan bog‘liq muammolar, qonunchiligimizda jinoiy jazo turi sifatida mol-mulkni musodara qilish jazosini qo‘llash tartibini qayta ko‘rib chiqish, voyaga yetmaganlar, ayollar va keksalarga nisbatan qo‘llaniladigan jazo tizimini qayta ko‘rib chiqish, jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini erkinlashtirish va demokratlashtirishda ishlarni ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish, jinoiy ishlarni tergov qilish va sudda ko‘rish muddatlarini qisqartirish kabi dolzarb vazifalar va takliflar mohiyati chuqur bayon qilib berildi. Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar jinoiy ishlarga taalluqli qonunlarni erkinlashtirish va demokratlashtirish sari tashlangan muhim hamda ma’suliyatli qadam ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VI sessiyasidagi ma’ruzasi yuzasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qabul qilgan qarorining 2 bandida shunday deyiladi:
“Ma’ruzaning jinoiy jazolarni liberallashtirish, qonun ustivorligini ta’minlash, fuqarolar huquq va erkinliklarini, jamiyat hamda davlat manfaatlarini himoya qilish sari qaratilgan yo‘lni hayotga tatbiq etishga doir dasturiy xulosalari prokuratura, boshqa huquqni muhofaza qilish organlari, sudlar faoliyati uchun asos qilib olinsin.”
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda “Inson huquqlari o‘n yilligi” deb e’lon qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ma’ruzalarida inson huquqlari sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan quyidagi besh strategik yo‘nalish belgilab berilgan:
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini ta’minlash;
Inson huquqlari bo‘yicha Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari va normalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish;
Qabul qilingan qonunlarga og‘ishmay amal qilish mexanizmini ishlab chiqish va ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash;
Sudlov islohotini amalga oshirish yo‘li bilan sud tizimini demokratlashtirish;
Aholi ayniqsa yoshlar va mansabdor shaxslar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish.
Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirishning birdan bir zaruriy sharti sud-huquq organlarining ishlarini isloh qilish va erkinlashtirishni jadallashtirishdan iborat. Sudlar faoliyatiga prokuraturaning aralashmasligi, prokuror va advokatlarni huquqlarini tenglashtirish, sudlarning tarbiyaviy rolini oshirish lozimligini taqqoslab ko‘rsatadi. I.Karimov Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida (2005y. 28 yanvar).
Xavfsiz jinoyatlarni ma’muriy choralar bilan almashtirish natijasida so‘nggi 2,5 yil davomida 11 milrd. so‘m undirildi. Har yuz ming kishiga hisoblaganda O‘zbekistonda 158 kishi qamoqda muddatini o‘tamoqda. Bu ko‘rsatkich AQShda 715, Rossiyada 584, Ukrainada 416, Qozog‘istonda 386 kishidan iborat.
Jinoyat qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalardan yana bir muhimi – yarashuv institutining qabul etilishi natijasida 2006-yilda 12,605 nafar shaxsga nisbatan 11,503 ta jinoyat ishi tugatilgan bo‘lsa, bu institut amaliyotga joriy qilinganidan bugungi kunga qadar 54 mingdan ortiq shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod etilib, «sudlangan» degan nomni ko‘tarib yurishdan xalos bo‘lgan.
Boshqaruv idoralari faoliyatini erkinlashtirish masalalari.
Mustaqil O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan shug‘ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi. Mamlakatda 1990-yil dekabrida Davlat reja qo‘mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo‘mita Makroiqtisodiyot Vazirligiga aylantirildi.
Xalq xo‘jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga o‘tish zaruriyati bilan bog‘liq bo‘ldi. “O‘zdonmahsulot”, “O‘zbekneftgaz” va boshqa ko‘plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentabrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil qilindi.
Yuqoridagi keltirilgan ma’lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki, Sobiq Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar tugatilib, yangi shakldagi qo‘mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil etildi. Bu bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida o‘z milliy taraqqiyotiga mos, vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv tizimi vujudga keltirildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari - viloyat, shahar, tuman hokimiyatlarining tashkil topishi, ularning vazifalari va faoliyati.
O‘zbekistonda davlatning boshqaruvni to‘liq monopoliya qilishdan cheklanish va fuqarolik jamiyatini vujudga keltirish, aholi turli tabaqalarining hokimiyat tizimida ishtirok etishini ta’minlashning yana bir yo‘li mahalliy davlat hokimiyatlarini shakllantirish ekanligi e’tirof etildi.
1990-1992-yillari O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasi qabul qilingunicha bo‘lgan davrda mahalliy hokimiyat organlari tizimini shakllantirish va ish faoliyatini takomillashtirish maqsadida bir necha huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Bular orasida 1992-yil 4-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy hokimiyat organlarini qayta tuzish to‘g‘risidagi” qonun alohida ahamiyat kasb etdi. Bu qonun asosida mahalliy hokimiyat organlari tizimida butunlay yangi organ-hokimlik va hokim lavozimi ta’sis etildi va uning vakillik organlariga boshchilik qilishi tamoyillari belgilab qo‘yildi.
Ijro etuvchi hokimiyat organlarida bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida, viloyatlar hokimlari O‘zbekiston Prezidenti tomonidan, tuman va shahar hokimlari viloyat hokimi tomonidan lavozimiga tayinlanishi va lavozimidan ozod qilinishi hamda bu masalalar tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan tasdiqlanishi tartiblari belgilandi. Partiya organlarining qaramligiga tushib qolgan ijro organlari-ijroiya komitetlari tugatildi
Hokimlarning huquqiy vakolatining asosi, avvalo, Konstitutsiyaning 99 va 102 moddalari va yuqorida tilga olingan qonunning 1- moddasida belgilangan.
Konstitutsiya va qonun normalarini umumlashtirsak, hokim tegishli hududda vakillik hokimiyatiga ham, ijro hokimiyatiga ham boshchilik qiladi va ayni paytda shu yerdagi mansabdor shaxs hisoblanadi.
Hokimlar mahalliy hokimiyatni boshqarar ekanlar, ular O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti boshqaradigan yaxlit ijro hokimiyat organlari tizimi tarkibiga kiradi.
Shuningdek “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun (1993-yil, sentyabr), “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonun (1994-yil, may) kabi hujjatlar muhim o‘rin egallaydiki, ular kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
O`zbеkistonda erkin fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi.
IV
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi sessiyasidagi ma’ruzasida (1999 yil, 14 aprel) O‘zbekistonning XXI asrdagi taraqqiyot strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib berdi. Shulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:
-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.
Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.
O`zbеkistonimiz bosib o`tgan kеyingi o`n yillik davr aholimizning kеng qatlamlari qo`llab-quvvatlaydigan turli xil fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning jadal shakllanishi va rivojlanishi davri bo`ldi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq Konstitutsiyamizda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir asosiy printsiplarning mustahkamlab qo`yilgani barcha aholi qatlamlari manfaatlarini aks ettiradigan bunday tashkilotlar kеng tarmoqlarining rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda va bu ko`rsatkich 2000 yilga qaraganda 2,5 barobar ko`pdir. Fuqarolar yig`inlari va o`zini o`zi boshqarish organlari – mahallalar soni 10 mingdan ortiqni tashkil etadi. Bular qatorida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, O`zbеkiston xotin-qizlar qo`mitasi, «Sog`lom avlod uchun», «Nuroniy» jamg`armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o`tish mumkin.
Fuqarolik institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hozirgi kunda dеmokratik qadriyatlar, inson huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim omiliga aylanmoqda, fuqarolarning o`z salohiyatlarini ro`yobga chiqarishi, ularning ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish uchun sharoit yaratmoqda, jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta`minlashga ko`maklashmoqda.
Mamlakatimizda Ombudsman, Inson huquqlari bo`yicha milliy markaz, «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik markazi, Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti kabi inson huquqlari bo`yicha milliy institutlar va boshqa bir qator tashkilotlar faoliyat ko`rsatmoqda. O`tgan davr mobaynida mamlakatimizni dеmokratik yangilash jarayonida fuqarolik institutlarining roli va ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim sotsial-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan 200 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilingani ham bu soha rivojiga bo`lgan katta etiborni ko`rsatadi.
fuqarolik jamiyati institutlari tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarini tobora rivojlantirish, ularning mustaqil ish yuritishi va chinakam mustaqilligini ta`minlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, faoliyatini tashkiliy-huquqiy, moddiy-tеxnikaviy jihatdan qo`llab-quvvatlashni kuchaytirishga qaratilgan «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi.
So`nggi yillarda «Jamoat fondlari to`g`risida»gi, «Homiylik to`g`risida»gi qonunlar, O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining «O`zbеkistonda fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga ko`maklashish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori va boshqa qator hujjatlar qabul qilindi va ular fuqarolik jamiyati institutlari ijtimoiy faolligini kuchaytirishda muhim omil vazifasini bajarmoqda.
Shuningdеk, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnati Kеngashlarining «Nodavlat notijorat tashkilotlarini, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qo`shma qarori ham alohida ahamiyatga ega bo`ldi. O`z navbatida, Oliy Majlis huzurida Jamoat fondi hamda tarkibiga nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat tashkilotlarining vakolatli vakillari bilan birga dеputatlar, moliyaviy tuzilmalarning ma`sul xodimlari kirgan Parlamеnt komissiyasining tashkil qilinishi ham etiborga sazovordir.
Mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimovning “Mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusidagi maruzasida ta`kidlanishicha fuqarolik jamiyati institutlarining yanada rivojlanishiga erishish, amalga oshirilayotgan islohotlarimizning ochiq-oshkoraligi va samaradorligini ta`minlashda, ularning rolini kuchaytirishda “Ijtimoiy shеriklik to`g`risida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etadi. “Fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuniga tеgishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritish maqsadga muvofiqdir. “Fuqarolar yig`ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasi qonuniga fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari raislari saylovi tizimini yanada takomillashtirish bo`yicha oqsoqollar va ularning maslahatchilari eng munosib fuqarolar ichidan saylanishini, fuqarolar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda mahallaning ahamiyati va roli oshirilishini ta`minlaydigan chora-tadbirlarni nazarda tutadigan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish taklif qilindi. “O`zbеkiston Rеspublikasida jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi qonunni qabul qilish zarurligi takidlandi. Shuningdеk, O`zbеkiston Rеspublikasining Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodеksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish lozim. Atrof-muhitni himoya qilishni ta`minlash tizimida nodavlat notijorat tashkilotlarning roli va o`rnini bеlgilashga qaratilgan “Ekologik nazorat to`g`risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va boshqa qator qonun hujjatlarini qabul qilish fursati yetdi.
Fuqarolarning o`zini-o`zi boshqaruv organlarining tashkil etilishi. Fuqarolar yig`ini, qishloq, ovul, mahalla oqsoqollari kеngashlarining tuzilishi, vazifalari, faoliyati. Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat.
Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta umid bog‘lanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov: “Biz fuqarolik jamiyati qurishga intilmoqdamiz. Buning ma’nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya’ni o‘z-o‘zini boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir”-deydi.
O‘z-o‘zini boshqarish organlarini tashkil qilishda, shakllantirishda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ushbu masalani hal qilishga milliy an’analarni, tarixiy qadriyatlarni tiklash, aholining tub manfaatlariga mos keluvchi yo‘lni tanlash nuqtai nazaridan yondashish bo‘ldi. Xususan, o‘z-o‘zini boshqarishda asosiy tayanch qilib mahallalar belgilandi. Ular inson qalbida Vatan tuyg‘usining shakllanishiga, milliy g‘ururning vujudga kelishida, millatchilik illatlaridan xoli bo‘lishda katta ta’sir ko‘rsatib kelgan.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning muvaffaqiyati demokratik jarayonlarni rivojlantirish imkoniyatini kuchaytirmoqda, bu esa o‘z navbatida asosiy maqsad - fuqarolik jamiyatini qurishga ko‘maklashmoqda.
O‘z-o‘zini boshqarish muassasalari faoliyatining kengayishi bevosita mahallalarning mavqeyini kuchaytirish bilan bog‘liq. O‘z-o‘zini boshqarish organlari yoki mahallalarning vazifasi, aholini davlat va jamiyat ishlarida ishtirokini ta’minlash kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishda ishtirok etish bilan cheklanib qolmaydi. Ularning muhim vazifasi har bir shaxsning ongini, ma’naviy kamolatini oshirish uchun, millatchilik, mahalliychilik kabi salbiy jihatlarni yo‘qotish uchun ish olib borish va milliy qadriyatlar, urf-odatlar, an’analarga, Vatanga, davlatga va boshqa fuqarolarning manfaatiga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalashdir.
Shuningdek, mahallalarda “Mahalla” xayriya jamg‘armasi yordamga muhtoj oilalarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu jamg‘arma 1994-yilda 200 ga yaqin shaxs va oilaga 41 ming 189 so‘mlik yordam ko‘rsatgan.
Faqat O‘zbekistonga xos bo‘lgan va aynan mahalla bilan bog‘liq bo‘lgan “Korxona-mahalla” iqtisodiy hududni tashkil qilish masalasi katta umid uyg‘otmoqda. 1995-yili davomida respublika bo‘yicha shu turdagi 204 ta kichik va xususiy korxona tashkil qilinib, ularning faoliyati orqali 3300 kishi ish bilan ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 13-yanvarda “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi: 1) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy ro‘lini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3)muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad ko‘rsatishni takomillashtirish.
Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999-yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
O‘zbekistonda mahalla timsolida o‘z-o‘zini boshqaruvchi ijtimoiy tashkilotlarning noyob shakli azaldan mavjud bo‘lib kelgan. Mahallalarda obodonchilikka, xalqning ma’murligiga, el-yurt farovonligiga xizmat qiladigan ishlar soni ko‘paydi. Mahalla davr o‘zgarishlariga, talablariga moslasha boshladi. Qadimiy va navqiron mahalla jonlanib, unga fayz kirdi.
O‘z-o‘zini boshqaruvning moliyaviy faoliyatini mustahkamlovchi choralardan yana biri-aholiga kompleks tarzdagi savdo, mayishiy va madaniy xizmatlar ko‘rsatadigan guzarlar faoliyatidir.
Bunday iqtisodiy erkinliklar fuqarolarda mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va siyosiy islohotlarga ishonchini mustahkamlaydi. Shuningdek, har bir shaxsning fikri, ovozi e’tiborga olinishi, ularni fuqarolik jamiyatining a’zosi ekanligini his qilishlari uchun asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Oliy Majlis II chaqiriq 1-majlisida (2000-yil 22.01) Prezident I.A.Karimov o‘zining “Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz” nomli ma’ruzasida ushbu masalaning dolzarbligini shunday uqtiradi:
Odamlarning siyosiy ongi, siyosiy madaniyati, siyosiy faolligi yaksalib borgani sari, davlat vazifalarini nodavlat tuzilmalar va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazib borish zarur.
Bu borada o‘zini-o‘zi boshqaradigan idoralarning, mahallalarning nufuzini va mavqeyini oshirish, ularga ko‘proq huquqlar berish katta ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolik jamiyatining mustahkam asoslarini barpo etish yo‘lidagi ishlarimizning mazmun-mohiyatini ham aynan mana shu masala tashkil etadi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeyi va jamiyatimizdagi ahamiyatini oshirishga ham jiddiy e’tibor berildi. Mahallalar nufuzini aholi orasida yanada oshirish maqsadida fuqarolar yig‘ini tarkibiga «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmasi hamda diniy ma’rifat va ma’naviy axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimlari kiritildi.
Axborot tizimini erkinlashtirish. Jamiyatni dеmokratlashtirishda ommaviy axborot vositalarining o`rni va ahamiyati.
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizdagi barcha gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalarini dunyo miqyosiga olib chiqish uchun xizmat qiluvchi asosiy dasturga bo‘ldi.
O‘zbekistonda 2001-yil 1-yanvargacha-390 ta gazeta; 110 ta jurnal; 2 ta axborot agentligi; 52 ta telestudiya; 5 ta radiostudiya; 3 ta teleradiostansiyalar kabi ommaviy axborot vositalari mavjud bo‘lib, ular erkin faoliyat ko‘rsatmoqda.
Oliy majlisning palatalarining (2005-yil 28-yanvar) majlisida demokratik o‘zgarishlar mahalliy axborot vositalarining mustaqilligi va erkinligini ta’minlamasdan mumkin emas deb qayd etdi.
2004-yilning 1-yanvar oyiga ko‘ra mamlakatimizda 571 gazeta, 140 jurnal, 4 axborot agentligi, 85 teleradio va kabel studiyasi, 298 elektron axborot vositalari ishlamoqda.
Prezidentimiz Islom Karimovning shaxsan tashabbusi va sa’y-harakatlari bilan yana ikki Qonun: O‘zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik kasbini himoya qilish to‘g‘risida” hamda “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida” Qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlar tom ma’noda ko‘plab taraqqiy etgan mamlakatlarda ham mavjud bo‘lmagan qonunlardir. Ushbu qonunlar fuqarolarning axborot qidirib topish, olish, uzatish va tarqatish huquqini to‘la miqyosda ta’minlaydigan huquqiy qurol bo‘lib, aholi uchun axborot olish va yetkazishning bosh vositachisi deb qaraluvchi jurnalistning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun huquqiy asosni vujudga keltirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida I chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining (1996-yil, avgust) 6-sessiyasida shunday degan edi:
“Matbuot, axborot vositalari demokratik rivojlanishi uchun ulkan ahamiyatga ega. Biroq shuni ham e’tirof etish kerakki, demokratlashtirish jarayonida hozircha ommaviy axborot vositasining faol roli sezilmayapti. Ular shu paytgacha o‘zlarini “to‘rtinchi hokimiyat” sifatida namoyon qilganlari yo‘q.”
Istiqlol yillarida ommaviy axborot vositalari mansabdorlarning to‘rachiligi, korrupsiya, mustabidlik va boqimandalik psixologiyasi yo‘lida mustahkam g‘ov bo‘lib, qonunchilikni ro‘yobga chiqarish islohotlarning borishi va inson huquqlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishning ta’sirchan vositasi bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston mustaqilikka erishgandan so‘ng xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan aloqa o‘rnatish masalasi tashqi siyosiy faoliyatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qanchalik tez kirib borishi ana shu axborot vositalari tarqatadigan xabarlarining to‘g‘riligiga bog‘liq.
Ayni paytda shu ommaviy axborot vositalari har bir kishi o‘z fikrini ifoda eta olishiga imkon beradigan erkin minbar bo‘lishi kerak. Ayni vaqtda ular jamiyatimizning demokratik qadriyatlarini va tushunchalarini himoya qilishi, odamlarning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy ongini shakllantirish bo‘yicha faol ish olib borishi lozim.
1997-yil 27-may kuni Milliy matbuot markazida “Jurnalistlarning huquqiy madaniyati va huquqiy bilimlarini oshirish - davr talabi” mavzuida anjuman bo‘ldi.
Matbuot, radio va televideniye siyosatga ta’sir ko‘rsatish, siyosiy jarayonlarning tarkibiy qismiga hamda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasini keng xalq ommasiga yetkazishning, jamiyatni demokratiyalashtirishning o‘tkir quroliga aylantirishi lozim. Shundagina to‘la ma’nodagi to‘rtinchi hokimiyat-ommaviy axborot vositalari tizimi vujudga keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston ijtimoiy hayotida televideniye va radio rolini ko‘tarish to‘g‘risida”gi 1997-yil 7-maydagi Farmoni yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni me’yoriy tartibga solishda ko‘riladigan chora-tadbirlarning ommaviy ifodasi bo‘ldi.
Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida yaratilgan boshqaruv tizimi va uning qonunchilik asoslari, fuqarolik jamiyati mamlakatda inson huquqlarini himoya qilishga va huquqiy demokratik davlat barpo etilganligini kafolatlaydi. Zero, Prezident I.Karimovning Oliy Majlis II chaqiriq IX sessiyasida so‘zlagan nutqi (2002-yil, 29- avgust), Qonunchilik palatasi va Senat qo‘shma yig‘ilishidagi ma’ruzasida (2005-yil, 28-yanvar) ommaviy axborot vositalarining jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini oshirish to‘g‘risida amaliy takliflarni ilgari surdi.
Fuqarolarning axborot sohasidagi huquq va erkinliklarini ta`minlash masalasi insonning axborot olish, axborotni va o`z shaxsiy fikrini tarqatish huquqi va erkinligini o`zida mujassam etgan bo`lib, bu O`zbеkistonda dеmokratik jamiyat asoslarini barpo etishning muhim sharti, tabir joiz bo`lsa, tamal toshi hisoblanadi.
Mamlakatimizda o`tgan yillar davomida, ayniqsa oxirgi 10 yilda ommaviy axborot vositalarini yanada libеrallashtirish, so`z erkinligini ta`minlashga qaratilgan kеng qamrovli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Yurtimizda avvalo ommaviy axborot vositalari rivojini taminlaydigan, dеmokratik talab va standartlarga to`la mos kеladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. Ushbu davrda ommaviy axborot vositalarini erkin va jadal rivojlantirishga, axborot sohasining samarali faoliyat ko`rsatishini taminlashga qaratilgan 10 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va monеliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdеk, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini taminlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
So`nggi yillarda yangi tahrirdagi «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida»gi Qonunga, shuningdеk, «Tеlеkommunikatsiyalar to`g`risida», «Rеklama to`g`risida», «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida»gi va boshqa bir qator qonunchilik hujjatlariga tеgishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi. Bu esa yangi siyosiy shart-sharoitlarda ommaviy axborot vositalari sohasidagi dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ta`minladi. Shu bilan birga, nodavlat ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish, ularning axborot sohasini dеmokratlashtirishda faol ishtirokini taminlashga qaratilgan kеng qamrovli institutsional islohotlar amalga oshirildi.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarini qo`llab-quvvatlash, ularning moddiy-tеxnik bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash maqsadida bir qancha jamoat tashkilotlari tashkil qilindi. O`z tarkibida 100 dan ortiq elеktron ommaviy axborot vositasini birlashtirgan Nodavlat elеktron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O`zbеkiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agеntliklarini qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi shular jumlasidandir.
Yuridik va jismoniy shaxslarning, axborot tеxnologiyalari va tizimlarini qo`llagan holda, axborot rеsurslaridan foydalanish mеxanizmlarini bеlgilab bеrgan yangi tahrirdagi «Axborotlashtirish to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi ommaviy axborot vositalarini modеrnizaцiya qilishni jadal rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
O`zbеkistonda kеyingi yillarda suniy yo`ldosh aloqa tarmog`i orqali tеlеradiodasturlarni tarqatish yo`lga qo`yildi. Bugungi kunda mamlakatimiz tеlеkommunikatsiyalar tizimi dunyoning 180 ta mamlakatiga 28 ta yo`nalish bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri chiqadigan xalqaro kanallarga ega. Yurtimizdagi tеlеradiokanallar tomonidan tayyorlanayotgan ko`rsatuv va eshittirishlar Intеrnеt global tarmog`i orqali rеal vaqt rеjimida jahonga uzatilmoqda.
Bu borada quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish o`ta dolzarb ahamiyat kasb etadi:
Birinchi: «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to`g`risida» qonun qabul qilish zarur.
Ikkinchi: «Tеlеradioeshittirishlar to`g`risida» qonun qabul qilish haqida taklif kiritildi.
Uchinchi: “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to`g`risida”, “Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash kafolatlari to`g`risida”gi qonunlarni qabul qilish taklif etiladi. Bu qonunlar axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, qo`shimcha iqtisodiy prеfеrеnsiyalar yaratish va milliy axborot makonini izchil rivojlantirishni taminlashga qaratilgan boshqa tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutadi.
To`rtinchi: Ommaviy axborot vositalarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati ustidan jamoatchilik va parlamеnt nazoratini taminlash, hokimiyat va jamoatchilik o`rtasida mustahkam aloqa o`rnatish borasidagi rolini kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mеxanizmlarni yaratish maqsadida «Ommaviy axborot vositalari to`g`risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida»gi va boshqa bir qator qonun hujjatlariga tеgishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritish taklif etildi.
Yuqorida zikr etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyati institutlari tizimidagi o`rni va rolini yanada mustahkamlashga, fuqarolarning so`z erkinligi va tanlash erkinligini ta`minlashga qaratilgan konstitutsiyaviy huquqlarini yanada to`liq ro`yobga chiqarishga yordam bеradi.
O`zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2010 yil 12 noyabr kuni O`zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sеnatining qo`shma majlisi bo`lib o`tdi. Unda mamlakatimiz Prеzidеnti Islom Karimov “Mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsеpsiyasi” mavzusida ma`ruza qildi. Ushbu ma`ruzada xalqimiz tomonidan mustaqillik yillarida ijtimoiy –iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada erishilgan ulkan yutuq va marralar, to`plangan tajriba xolisona baholanib, ularning mohiyati va tarixiy ahamiyati chuqur tahlil qilib bеrildi.
Mazkur ma`ruzada istiqlol davrida qo`lga kiritilgan ulkan yutuqlar tufayli zamonaviy rivojlangan dеmokratik davlatlar qatoriga kirish, iqtisodiyotimizning barqaror o`sishini taminlash, hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o`rin egallanganligi mamlakatimiz rahbari tomonidan alohida qayd etildi. Bu boradagi ezgu maqsadlarga yetish uchun huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asoslarini, uning jamiyatning ijtimoiy-ma`naviy poydеvorini mustahkamlash, har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish orqali mamlakatimizning yuksak taraqqqiyotini taminlash lozim bo`ladi. Ma`ruzada mamlakatimizda dеmokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini rivojlanitirishning ustuvor vazifalari bеlgilab bеrildi. Unda davlat hokimiyati va boshqaruvini dеmokratlashtirish, sud-huquq tizimini isloh etish, axborot va so`z erkinligini ta`minlash, O`zbеkistonda saylov huquqi va saylov qonunchiligini rivojlantirish hamda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish bilan bog`liq stratеgik vazifalarni izchil amalga oshirish bilan bog`liq jihatlarga alohida e`tibor qaratildi.
Tayanch atamalar va iboralar izohi: - Deklaratsiya (lot.) - bayonnoma, bayonot.
- Dekret (lot.) - oliy hokimiyatning farmoyishi, qarori.
- Delegat (lot.) - saylangan yoki belgilangan vakil.
- Demokratiya (yun.) - xalq hokimiyatining ifodasi.
- Gimn (yun.) - madhiya, tantanali ulug‘lovchi kuy-qo‘shiq.
- Rekonstruksiya (lot.) – qayta qurish, qayta tiklash.
- Totalitar tuzum (fr.) - jamiyatning barcha sohalarini davlat organlari tomonidan to‘la na`zorat qilishga erishgan tuzum.
- Valyuta (it.) - u yoki bu davlatning oltin yoki boshqa qimmatbaho buyumlar bilan kafolatlangan, tashqi savdo qadriga ega bo‘lgan pul birligi.
Bozor iqtisodiyoti - qonunlar asosida mulk shakllarining turli bo‘lishi tadbirkorlikka keng yo‘l ochib beradigan, raqobat va narx erkinligiga asoslangan, ijtimoiy ehtiyojga yo‘naltirilgan iqtisodiy tizim.
- Integratsiya (lot.) - tiklash, to‘ldirish, bir butun ma’nosida ishlatiladi. Alohida ajralib turgan qismlarni bir butun holatga keltirish jarayonini anglatadi. Iqtisodiy integratsiya bir necha davlatlar iqtisodini bir-biriga bog‘laydi, moslashtiradi, iqtisodiy hamkorlik holatini yuzaga keltiradi.
- Investitsiya (nem.) - bir hududdan ikkinchi bir joyga aqliy va moddiy sarmoya kiritish.
- Konvensiya (lot.) - xalqaro shartnoma.
NA`ZORAT SAVOLLARI:
Qachon SSSR inqirozga uchradi va yеmirildi?
O‘zbеkiston davlat mustaqilligini qachon qo‘lga kiritdi?
O‘zbеkiston Konstitutsiyasi qachon qabul qilindi?
O‘zbеkistonda dеmokratik davlat qanday barpo etildi?
Fuqarolik jamiyati asoslarining yuzaga kеlishi uchun qanday shart-sharoitlar zarur?
Fuqarolik jamiyatida OAV roli qanday?
Iqtisodiy islohotlarning nazariy –hududiy asoslari nimada?
Iqtisodiy islohotlar natijasi qanday bo‘ldi?
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda qanday ma’naviy-ma’rifiy ishlar amalga oshirildi?
Hozirgi davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlar qanday rivojlanmoqda?
O‘zbеkistonning MDH davlatlari bilan munosabati qanday?
O‘zbеkiston qaysi xalqaro tashkilotlarga a’zo bo‘lgan?
O‘zbеkiston chet davlatlari bilan qanday hamkorlik qilmoqda?
ADABIYOTLAR:
O‘zbеkiston Rеspublikasining Konstitutsiyasi. T., O‘zbеkiston, 2011.
I.A.Karimov. O‘zbеkistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. T., O‘zbеkiston, 1992.
I.A.Karimov. Istiqlol yo‘li: muammolar va rеjalar. Asarlar, 1-jild, 3-36 - bеtlar.
I.A.Karimov. O‘zbеkiston –bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li. T., O‘zbеkiston, 1993.
I.A.Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon turmush-pirovard maqsadimiz. T., O‘zbеkiston, 2000.
I.A.Karimov. T., «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» O‘zbеkiston, 2008.
O‘zbеkiston Rеspublikasi: mustaqil davlatning bunyod bo‘lishi. T., O‘zbеkiston, 1992.
Barhamol avlod –O‘zbеkiston taraqqiyotining poydеvori. T., “Sharq”, 1995.
9. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kеrak. T.10. –T.: O`zbеkiston. 2002.
10. Karimov I.A. Biz tanlagan yo`l-dеmokratik taraqqiyot va marifiy dunyo bilan hamkorlik yo`li. T.11. -T.: O`zbеkiston, 2003.
11. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o`z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qatiy irodamizga bog`liq. T.12. -T.: O`zbеkiston, 2004.
12. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. Tom.14. – T.: O`zbеkiston, 2006.
13. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, anaviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mеzoni va maqsadidir. Tom. 15. – T.: O`zbеkiston, 2007.
14. Karimov I.A. Mamlakatni modеrnizatsiya qilish va iqtisodiy timizni barqaror rivojlantirish yo`lida. Tom 16. – T.: O`zbеkiston, 2009.
15. Karimov I.A. Vatanimizning bosqichma-bosqich va barqaror rivojlanishini taminlash – bizning oliy maqsadimizdir. Tom 17.T.: O`zbеkiston, 2009.
16. Karimov I.A. Yuksak ma`naviyat -yengilmas kuch. -T.: Ma`naviyat, 2008.
17. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: O`zbеkiston, 2010.
18. Karimov I.A. O`zbеkiston mustaqillikka erishish ostonasida.–T.: O`zbеkiston, 2011.
13-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA O`ZBЕKISTONDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY, MA`NAVIY- MADANIY TARAQQIYOT. O`ZBЕKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI.
Re`ja:
1. Taraqqiyotning “o`zbek modeli”. Iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish. Tadbirkorlikning rivojlanishi. Iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o`zgarishlar.
2. Ma`naviy qadriyatlarning tiklanishi. Millatlararo munosabatlardagi barqarorlik. “Ta`lim to`g`risidagi”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, ilm-fanning rivojlanishi.
3. Madaniyat va san`at, jismoniy tarbiya va sport.
4. Qoraqolpog`istonning ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-madaniy taraqqiyoti
5. Tinchliksevar tashqi siyosat asoslarining ishlab chiqilishi. O`zbekistonning BMT, YXHT, ShHT bilan hamkorligi. Sh.M.Mirziyoyevning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan “Xarakatlar strategiyasi”.
Taraqqiyotning “o`zbek modeli”. Iqtisodiy islohotlar, xususiylashtirish. Tadbirkorlikning rivojlanishi. Iqtisodiyotdagi chuqur tarkibiy o`zgarishlar.
Davlat mustaqilligini qo‘lga kiritilishi O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish uchun qulay sharoit va keng imkoniyatlar yaratdi. Bizning diyorimizda bozor munosabatlari yangilik emas. Ming yillar davomida ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan ajoyib mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini dunyoning to‘rt tomonga chiqarib savdogarlik qilgan, mol almashgan.
O‘zbekistonning boy imkoniyatlari, geopolitik sharoitidan foydalanib o‘zimizning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘limizni belgilash dastlabki kunlarning eng muhim vazifasi bo‘lib qoldi. O‘zbekiston tanlagan islohot yo‘li ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodini shakllantirishga qaratildi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning “O‘zbek modeli” maqomiga ega bo‘lgan mashhur besh tamoyil istiqlolning o‘tgan davrida o‘zining iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va amaliy jihatdan asosli ekaniligini ko‘rsatdi. Jahon hamjamiyati bugun O‘zbekiston taraqqiyotining o‘z uslubiga va uzoqni ko‘zlagan tamoyillariga ega ekanligini tan olmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillarning mazmuni quyidagilardan iborat:
iqtisod siyosatdan ustun turib, mafkuraviy tazyiqlarsiz, o‘ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog‘i kerak;
davlat bosh islohotchi o‘rnida bo‘lib, u islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi va ularni izchillik bilan amalga oshirishi lozim;
bozor munosabatlariga o‘tish qonun ustuvorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga amal qilinishi shart;
bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o‘tkazish;
ijtimoiy islohotlarning rivojlanib borishi va yo‘nalishini belgilab beruvchi tamoyillardan biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish evolutsion yo‘l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur.
Yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tish tamoyillari asosida g‘oyat ma’suliyatli va murakkab vazifa-iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqildi. Iqtisodiy strategiyaning boshlang‘ich nuqtasi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarning pirovard maqsadini belgilab olishdan iboratdir. Bu vazifa markazlashtirilgan, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o‘tishdan iboratdir.
Bozor munosabatlarini huquqiy jihatdan taminlovchi qonunlar, mеyoriy hujjatlar majmuining yaratilishi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko‘ra ustuvor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.
Birinchi bosqichda totalitar tizimdan hozirgi zamon bozor munosabatlariga o‘tish davridagi bir-biriga bog‘liq, ikki vazifani bir vaqtda hal qilishga to‘g‘ri keldi: ma’muriy buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatib, iqtisodni barqarorlashtirish va bozor munosabatlarining negizini shakllantirish. Bu bosqich jarayonida iqtisodiy islohotning g‘oyat muhim yo‘nalishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berildi:
o‘tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;
ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish.
Iqtisodiy islohotlarni huquqiy asoslovchi qonun-qoidalar yuridik tashkilotlar va yetuk olimlar tomonidan tayyorlandi va jahonning yirik mutaxassislari tomonidan quvvatlanib tan olindi.
Dastlabki vaqtning o‘zida iqtisodiy munosabatlarning huquqiy negizini barpo etadigan 100 ga yaqin asosiy qonun hujjatlari qabul qilingan. Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va chet el investitsiyalari bo‘yicha Prezident huzurida maxsus Idoralararo kengash tuzildi.
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy shartlaridan biri mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirildi. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma’muriy buyruqbozlik tizimi buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, xususiy mulkdorlarning keng qatlami shakllantirildi va xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish orqali aholining turmush darajasi yaxshilana boshladi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’li Davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, O’zbekiston umumbashariy, jahon tsivilizatsiyasining katta yo’liga tushib oldi. O’zbekiston bozor munosabatlarini shakllantirishni, milliy an’analarga asoslangan o’z yo’lini tanlab oldi. O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li ishlab chiqildi. Bu yo’lning asosiy qoidalari Prezident Islom Karimovning «O’zbekiston – bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li» nomli asarida, ma’ruza va nutqlarida asoslab berildi (besh tamoyil). Bu yo’lga, birinchidan, xalqaro tajriba asos qilib olindi. Ikkinchidan, xo’jalik imkoniyatlari, shart-sharoitlari, eski tuzumdan meros bo’lib qolgan muammolar hisobga olindi. O’zbekistonda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shaklllantirish uchun iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga kirishildi. Avvalo, iqtisodiy islohotlarning qo’yidagi strategik maqsadlari belgilab olindi:
kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;
ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish;
xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;
jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;
kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shaklllantirish.
Islohotlarning huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Iqtisodiy sohaga tegishli bo’lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo’nalishlarga bo’lish mumkin.
1. Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.
2. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug’urta, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o’rtasidagi, korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo’jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi.
3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, Chet el investitsiyalari to’g’risida, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.
Davlat mulkini xususiylashtirish mеxanizmining yaratilishi. Ko`p ukladli iqtisodiyotning barpo etilishi. Mulkdorlar sinfining shakllanishi hamda kichik va o`rta tadbirkorlikning rivojlanishi.
1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik maxsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994 yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo’lgan
bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’I fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002 yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi.
Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o’zi tashabbuskor bo’ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994 yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aktsiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994 yil 21 yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 1994 yil 16 martda elon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo’ldi. O’rta va yirik korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo’yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2004 yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aktsiyalarga ega bo’ldi va ulardan daromad olmoqda.
Kichik va o’rta biznes. Respublikada kichik va o’rta biznesni davlat yo’li bilan qo’llabquvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko’maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko’maklashuv jamiyati O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni qo’llab328 quvvatlash markazini, Yevropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko’maklashdilar. Faqat 1999 yili kichik va o’rta biznes korxonalariga Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSh dollaridan ortiq kredit mablag’lari jalb etildi va o’zlashtirildi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i 1991 yilda 1,5 foizni, 1999 yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda 35,6 foizga etdi. 2004 yil faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 39,1 mingtaga etdi. Faqat 2004 yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o’rinlari yaratildi. 2004 yil 1 oktyabrida mazkur sektorda ish bilan band bo’lganlar soni 6,1 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo’lganlarning 61,5 foizini tashkil etdi.
Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo’jaligida YaIM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo’jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda. Islohotlar yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan er ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan er maydoni 700 ming gektarga etdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu er hosilidan foydalanmoqda. Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999 yilda 898 ta, 2000 yilda 856 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002 yilning 1 yanvari holatiga ko’ra ruspublika bo’yicha 1900 taga etdi, ularda 1 mln. 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo’jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o’rin berildi. Qishloq xo’jaligida fermer va dehqon xo’jaliklari salmoqli o’rin egallamoqda. 2004 yilda fermer xo’jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo’jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go’sht, sut, tuxum etishtirishda tobora salmoqli o’rinni egallab qishloq xo’jalik ekinlarini etishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa er uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida etishtiriladi va sotiladi. 2003 yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo’jaligi faoliyat yuritdi respublikada etishtirilgan go’shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan tayyorlandi.
2003 yilda respublikamiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22,2 foizi shirkat xo’jaliklariga, 14,9 foizi fermer xo’jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo’jaliklarida etishtirildi.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o’zgardi. Ular erning haqiqiy egasiga, o’z mehnati evaziga etishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.
Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg’armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog’liq. 1992 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o’tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi
Bozor infratuzilmasining shakllanishi. Mustaqillik sharoitida iqtisodiyotda amalga oshirilgan chuqur tarkibiy o`zgarishlar. Tarkibiy o`zgarishlarni invеstitsiyalashning davlat tomonidan rag`batlantirilishi.
Bozor infratuzilmasi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo’ldi. Shu boisdan respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auktsionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002 yildanda 37ta bank, shu jumladan 13 ta xususiy bank faoliyat ko’rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o’rnatgan. Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug’urta», «O’zbekinvest» kabi yirik sug’urta kompaniyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo’shma sug’urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o’zgarayotgan paytda malakasiz kishilargina emas, ma’lum ixtisosga ega bo’lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik tadbirlari ko’rildi. Respublika bo’yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tormoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro’yxatga olish, ularning kasbini o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993 yilda Respublikada 185,1 ming yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, 1998 yilda bu ko’rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko’p ish o’rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2004 yilda 425 mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning 76,6 foizi nodavlat sektor hissasiga to’g’ri keldi. Iqtisodiy islohotlar borasida qo’yilgan yana bir muhim qadam - 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz-so’mning muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki o’z milliy valyutasiga ega bo’lmagan davlat chinakam mustaqil bo’la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab so’m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko’tarildi.. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko’p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qod ir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga etdi.
Yoqilg`i mustaqilligining taminlanishi. Konchilik sanoatining rivojlanishi. Sanoatning divеrsifikatsiya qilinishi va ishlab chiqarishning yangi tarmoqlarini vujudga kеlishi. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish yo‘lida respublikada g‘oyat yirik qurilishlar amalga oshirildi. Mamlakatimizning yoqilg‘i mustaqilligiga erishish siyosati izchillik bilan amalga oshirildi. Istiqlolga erishgan O‘zbekiston tarixda ilk bor 1995-yilda neft mustaqilligiga erishdi. Mamlakat endilikda neft mahsulotlariga bo‘lgan o‘z ichki ehtiyojlarini to‘la qondiribgina qolmay, katta salohiyatga ega bo‘lgan istiqbolli va ishonchli eksportyor sifatida jahon bozoriga yo‘l oldi.
O‘zbekistonda neft va gaz kondensatini ishlab chiqarish 1990 yili 2,8 mln. tonnani tashkil qilgan bo‘lsa, 1997-yili bu ko‘rsatkich 7,9 mln. tonnaga yetdi va chetga neft mahsulotlarini sotish qobiliyatiga ega bo‘ldi. Jumladan, 1997-yili 250 ming tonna benzin, 600 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 450 ming tonna mazut, 100 ming tonna aviatsiya kerosini eksport qilindi. Tabiiy gaz ishlab chiqarish 1990-yilgi 40,8 mlrd. kubometrdan 1998-yil salkam 54 mlrd. kubometrga ko‘paydi. Aholini tabiiy gaz bilan ta’minlash yuzasidan katta yutuqlarga erishildi. Xususan, mustaqillik arafasida shahar aholisining 43 foizi, qishloqlarda esa 17 foiz aholi tabiiy gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1997-yili 64 va 48 foizni tashkil qildi. Neft-gaz sanoatini rivojlantirishda chet ellar sarmoyasidan keng foydalanilmoqda. 1995-2000 yillarda 1.5mlrd. dollar xorijiy investitsiya ajratildi. Shu hisobdan Buxoro - Qorako‘l neftni qayta ishlash zavodi qurilishiga 262 mln. dollar sarf qilinib 1997-yili 22 avgustda ishga tushirildi. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodiga 178 mln. dollar sarf qilinib qayta qurildi.
Tabiiy gazning Buxorodagi Gazli korxonasi qayta ta’mirlandi. 1997-yili Ko‘kdumolaq gaz kopressor stansiyasi ishga tushirildi. Natijada O‘zbekiston aholisining 75% 2003-yilda tabiiy gazdan foydalaniladigan bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich ayrim viloyatlarda ayniqsa ko‘zga ko‘rinarli bo‘ldi. Masalan: 1990-2003-yillari tabiiy gazdan foydalanish Surxondaryo viloyatida 3,2%dan, 59%ga, Qashqadaryoda 5,7%dan 66%gacha, Namanganda 10,5%dan 70,5%ga, Andijonda 11%dan 68,5 gacha oshdi.
So‘nggi yillarda neft-gaz sanoatini rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 2004-yilda I.Karimovning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvlari natijasida O‘zbekistonda bu tarmoqlarning rivojlanishiga 2,2 mlrd.dollar ajratildi. 2005-yil may oyida Prezident I.Karimov XXRda olib borgan muzokaralari natijasida O‘zbekistonda neft-gaz rivojlanishiga 600 mln.dollar sarmoya ajratildi. Mamlakatni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish dasturini amalga oshirish uchun ishonchli energetik bazasi yaratilgan.
Hozirgi kunda respublika energetika tizimi 37 issiqlik va gidro-elektrostansiyalardan iborat bo‘lib, ularning umumiy quvvati 11 million kilovattni tashkil etadi. U yiliga 55 milliard kilovatt soatgacha energiya ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.
Yirik issiqlik elektrostansiyalar, jumladan, quvvati 3 million kilovattsoat Sirdaryo GRESi, quvvati 2,1 million kilovatt Yangi Angren, quvvati 1,86 million kilovatt Toshkent, quvvati 1,25 million kilovatt Navoiy GRESlari respublikamizning asosiy elektroenergetika manbayi hisoblanadi.
Issiqlik elektrostansiyalaridan tashqari, nisbatan arzon va ekologik toza elektr energiyasini yetkazib beruvchi gidroelektrostansiyalar, jumladan, Chorvoq, Xo‘jakent, Farg‘ona, G‘azalkent va boshqa bir qancha elektrostansiyalar ishlab turibdi.
O‘zbekiston energotizimining Markaziy Osiyo Birlashgan energotizimidagi ulushi 40 foizni tashkil etadi. Respublikamiz elektr tarmoqlari orqali elektr energiyasi Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonga uzatilmoqda.
O‘zbekistonning jahondagi ko‘plab mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalari kengayib mustahkamlanib bormoqda. Endilikda jahonning 35 mamlakati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim tuzilganligi va bir qancha jahon banklari bilan shartnomaning imzolanishi O‘zbekistonning xalqaro savdo va xorijiy investitsiyalardan unumli foydalanish uchun shart-sharoitlarni yaxshiladi.
Ikkinchi jahon urushidan keyingi tarix shuni ko‘rsatadiki, hozirgi kunda rivojlangan davlatlarning hech qaysisi xorij mamlakatlarining sarmoyasisiz, investitsiyasisiz taraqqiy etmagan. O‘zbekiston ham o‘zining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorligi bilan chet davlatlarning investitsiyasini o‘ziga tortmoqda. 1999 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekistonda 3.592 Korxona xorijiy investitsiyalardan foydalanmoqda. Shundan 1917tasi qo‘shma korxonalardir. Ishlab turgan qo‘shma korxonalarning asosiy qismi: 1400 tasi Toshkent shahrida, 107 tasi Toshkent, 85 tasi Samarqand, 51 tasi Andijon, 49 tasi Farg‘ona va Namangan viloyatlarida joylashgan. Chet el sarmoyalari, ayniqsa neft va tabiiy gaz tarmoqlarida katta o‘rin tutadi. Bu sohalarga 1994 yil atigi 10 mln. dollar xorijiy sarmoya jalb qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatgich 1995-yil - 395, 1996-yil-546, 1997-yil-845, 1998-yili deyarli, 1.145 mln. dollardan oshdi.
1998-yil ayrim rivojlangan mamlakatlardagi moliyaviy krizis, jahon bozorida O‘zbekistonning muhim eksport mahsulotlari-paxta tolasi, rangli metallarning narxini tushib ketishi mamlakatimizning iqtisodiy va moliyaviy ahvoliga ta’sir qilmay qolmadi. Jahon iqtisodiy krizisi sharoitida Respublika rahbari qayd etganidek, muhim strategik vazifani hal qilishga muvaffaq bo‘lindi. Jahon bozorida oltin, paxta, mis narhiniing tushib ketishiga qaramasdan mamlakatimizning oltin valyutasi zahirasi o‘tgan yilgi darajasida saqlanib qoldi. Bu borada Navoiy, Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatlari, “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasining hal qiluvchi rolini ko‘rsatish o‘rinlidir.
Endilikda jahondagi eng yirik konlardan hisoblangan Qizilqumning oltin va uran boyliklari malakatimiz taraqqiyotiga xizmat qilmoqda. Sobiq SSSRning parchalanib ketishi oqibatida Rossiya korxonalari hamda O‘zbekiston uran va oltin qazib olish sanoati o‘rtasidagi kooperativ aloqalarning uzilishi natijasida harbiy sanoat kompleksining Navoiy viloyatidagi 50 ming nafar injener va malakali ishchilari qiyin ahvolda qoldilar. O‘zbekiston Prezidenti yirik, iqtisodchi mutaxassis I.A.Karimov vaziyatni har tomonlama o‘ylagan holda Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinatini tiklash va rivojlantirish ishlarini davlat zimmasiga o‘tkazdi. Kombinatni qayta qurish maqsadida xorijdan olingan qarzdan tushgan foydalarni besh yil davomida korxona ixtiyorida qoldirildi. Xorijiy davlatlar korxonalari bilan bitim tuzish, qarz olish, investitsiyalardan foydalanishda kombinatga to‘la mustaqillik berildi. Hisob-kitoblar, katta jamoaning mehnati o‘z natijalarini berdi. Besh yildan keyin Muruntovdan tonnalab olingan oltinlar davlatni valyuta zahirasini to‘ldirdi. Arzon va sifatli uran olish ham yo‘lga qo‘yildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy siyosat amalga oshirilmoqda. 1994-yili eng kam maosh 150 so‘m bo‘lsa, 2004-yili bu ko‘rsatkich 6400 so‘mni tashkil qildi. Ayni bir vaqtda narx-navoning oshib ketmasligi choralari ko‘rilmoqda. 1995-yili kam ta’minlangan oilalarga 6 mlrd. so‘m nafaqa to‘langan edi, 2000-yili bunday oilalarga 54.3 mlrd. so‘m nafaqa to‘landi.
1998 yili 10 noyabrda sog‘liqni saqlash tizimini islohot qilish to‘g‘risida Prezident farmoni chiqdi. Davlat sog‘liqni saqlash muassasalari bilan bir qatorda nodavlat, shaxsiy tibbiy muassasalarni rivojlanmoqda. 1991-2001 yillarda 19,5 ming o‘rinli shifoxonalar ishga tushirilib, 2001-yili ularning soni 1500 ga yetdi. Bundan tashqari jami 5700 nodavlat shaxsiy tibbiy muassasalari ishlamoqda. 2001-yil mart oyidan 1-Respublika klinik shifoxonasi Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markaziga aylantirildi. Kardiologiya, xirurgiya, oftalmologiya, onkologiya respublika markazlari tashkil etildi.
Amerikaning Kolorado shtatidagi “Nyumont” firmasi bilan Muruntovda qo‘shma korxona qurilishi bilan ishlar yana qizib ketdi. “Zarafshon-Nyumont” qo‘shma korxonasiga firma tomonidan ajratilgan 200 mln. dollar investitsiya yordamida oddiy sharoitdagi yarim asrlik ishlar ikki yilda o‘z natijalarini berdi. Navoiy tog‘-kon metallurgiya kombinati oltin rudasini qazib olishdan to zargarlik bezaklarini tayyorlaydigan jahonda siklda ishlaydigan yagona korxonaga aylandi.
O`zbеkistonning zamonaviy avtomobil ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga qo`shilishi. Transport va aloqa tizimining ravnaqi topishi. Tеzkor yo`l, avtomobil yo`li, havo transportining rivojlanishi. Axborot va kommunikatsiya tеxnologiyalari, tеlеkommunikatsiya sohasidagi erishilgan yutuqlar.
O‘zbekiston o‘z suverenitetini qo‘lga kiritgandan so‘ng, o‘z rivojlanish yo‘lini belgilar ekan, oson yo‘l qidirmadi. O‘tish davrining murakkabliklariga qaramasdan ulkan-ulkan inshootlar, zamonaviy ishlab chiqarish obyektlari yaratishga kirishdi.
Bu borada, birgina Andijon viloyatining Asaka shahrida zamonaviy mashinasozlik sanoati obyektining vujudga kelishini misol keltirish kifoyadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1992-yil iyun oyida Janubiy Koreya Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi dastlabki hujjatlarni imzoladi. Shu yilning avgust oyida esa Janubiy Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona barpo etish to‘g‘risida kelishib olindi.
Korxonani tashkil etish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992-yil 5-noyabrda «Selxozmash» konserni va «DEU korporeyshn» korporatsiyasi bilan hamkorlikda avtomobillar ishlab chiqaruvchi «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasini tashkil qilish to‘g‘risida maxsus qaror qabul qildi. Unda «Selxozmash» konserniga 3 oy muddat ichida respublikada avtomobilsozlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan konsepsiya ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi hamkorligida barpo etiladigan ushbu qo‘shma korxona ta’sischilari etib Koreya Respublikasi tomonidan «DEU» korporatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan esa «O‘zavtosanoat» uyushmasi belgilandi va O‘zbekistonda barpo qilinayotgan avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonani «O‘zDEUavto» nomi bilan yuritishga kelishildi. Shartnomaga ko‘ra har ikki tarafning qo‘shma korxonadagi ulushi miqdori «DEU» korporatsiyasi uchun 50%, 100 million AQSH dollari va «O‘zavtosanoat» uyushmasi uchun 50%, 100 million AQSH dollari hisobida belgilandi.
Bir qarashda O‘zbekiston mashinasozligi ma’lum bir bosqichni bosib o‘tgan, o‘z tarixiga ega bo‘lgan sohalardan biri. Sobiq sho‘rolar davrida o‘lkamizda qishloq xo‘jaligi mashinalari ishlab chiqaradigan «Tashselmash», «O‘zbekselmash», Toshkent traktor zavodi, Ekskavator zavodi, «Chirchiqselmash» hamda Andijon va boshqa viloyatlarda turli rusumdagi traktorlar ishlab chiqarilar edi. Biroq, aslida ular tom ma’nodagi ishlab chiqarish quvvatiga va imkoniyatiga ega emas edi.
Sobiq Ittifoqning o‘nlab shaharlaridan, chekka-chekkalaridagi turdosh korxonalaridan tayyor qismlar olib kelinib, O‘zbekistonda yig‘ilar edi, xolos. Bu O‘zbekiston mashinasozlik industriyasini rivojlantirishga emas, aksincha uning iqtisodiy qaramligini chuqurlashtirishga xizmat qilar edi.
Yuqorida ta’kidlanganidek haqiqiy o‘zbek mashinasozligi mustaqillik mahsuli bo‘lib, u 1993-yilning mart oyida «O‘zDEUavto» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tkazilib, Andijon viloyatining Asaka shahridagi pritseplar ishlab chiqarish korxonasi negizida tashkil qilinishi hamda bu muhim inshoot qurilishining boshlanishi bilan O‘zbekistonda avtomobilsozlik sanoatiga asos solindi.
Qo‘shma korxonaning umumiy maydoni 476 ming 266 kvadrat metr bo‘lib, shundan bino va inshootlar uchun ajratilgani 146 ming 266 kvadrat metrni tashkil qiladi. Qurilish 1993-yilning fevralidan boshlab 32 oy mobaynida oxiriga yetkazildi.
Loyiha ishlari asosan «DEU injeniring» va «Uztyajprom» firmalari tomonidan amalga oshirildi. O‘zining ko‘lami jihatidan nafaqat O‘zbekistonda balki, Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan mazkur korxonadir.
Loyiha quvvatiga ko‘ra yiliga 200 ming avtomobil ishlab chiqara oladigan bu ulkan inshootning umumiy qiymati 658 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Avtomobilsozlikda ko‘p jihatdan yangi bo‘lgan ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan ushbu korxonada ishlaydigan ishchi, muhandis kadrlar tayyorlash ishlariga qo‘shma korxonaga asos solingandan boshlab katta e’tibor berildi.
Korxona sexlarida mehnat qilayotgan yoshlarning 1000 dan ko‘prog‘i Janubiy Koreya Respublikasida – «DEU» kompaniyasi avtomobil ishlab chiqarish korxonalarida ishlab tajriba orttirib qaytishdi, keyinroq yana 2000 kishi o‘z malakalarini oshirish uchun Janubiy Koreyadagi «DEU» kompaniyasining avtomobilsozlik zavodlariga yuborildilar.
Qo‘shma korxonada bajarilgan qurilish ishlari asosan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyati qurilish tashkilotlari tomonidan amalga oshirildi.
1996-yil 19-iyulda ushbu qo‘shma korxonaning ishga tushurilishiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘ldi. Unda nutq so‘zlar ekan, Prezident I.Karimov «Asaka shahrida ikki yil ichida bunyod etilgan, 1996-yilning mart oyida «Damas» mashinasi, iyun oyida «Tiko», iyul oyida esa «Neksiya» ishlab chiqargan «O‘zDEUavto» istiqlol yillarida bunyod etilgan qudratli korxona bo‘lish bilan birga O‘zbekistonning eng ilg‘or davlatlar qatoriga kirish uchun qo‘ygan dadil qadam» ekanligini alohida uqtirdi.
Korxona aytish mumkinki ko‘plarni hayratga solib havaslantirayotgan «Tiko», «Damas», «Matiz», «Neksiya», «Lasetti»larni xalqimizga yetkazib berishdan tashqari butun mamlakatni eng ilg‘or, jahon andozalariga to‘la javob beradigan avtomobillar bilan ta’minladi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari yildan yilga o‘sib bordi. 2006-yilga kelib korxona 571580 ta avtomobil ishlab chiqardi, uning 198609 tasi xorijga eksport qilindi.
2008-yilga kelib mamlakatimizda «O‘zDEUavto»ga butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Andijon mexanika zavodi, Baliqchidagi «A.Navoiy interneshinl» «And Polik» singari o‘nlab korxonalarda xaridorgir mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Shunday qilib, Asakada «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasining ishga tushishi O‘zbekistonda tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni, respublika industriyasining qudrati muttasil ortib borayotganini ko‘rsatuvchi muhim dalildir.
Shu bois bir haqiqatni alohida ta’kidlash joiz. Jahon mamlakatlari tarixi guvohlik berayaptiki, dunyodagi eng kuchli mamlakatlargina avtomobil industrasiyasiga ega. Ular asosan, AQSH, g‘arbiy Yevropa, Yaponiya, Rossiya va Janubiy Osiyodagi mamlakatlardan iborat 28 tani tashkil etadi.
Avtomobil industriyasi bozoriga kirish va undagi kuchli raqobatga bardosh berish o‘ta mushkul ish bo‘layotganligi uchun ham iqtisodiy va moliyaviy baquvvat mamlakatlar ham bu biznesga kira olmayaptilar. O‘zbekiston esa kuchli raqobatchilari bo‘lgan avtomobil bozoriga sobiq SSSR tarkibidagi respublikalar orasida birinchi bo‘lib kirib bordi.
Bunday yutuqqa O‘zbekiston osonlikcha erishmadi. Unga erishish uchun esa quyidagi masalalarga jiddiy e’tibor berildi:
Birinchidan, O‘zbekistonda avtomobil sanoatini barpo etish uchun katta investitsiya, yuqori texnologiya va malakali kadrlar tayyorlash talab qilinar edi.
Ikkinchidan, avtomobil ishlab chiqaruvchilar uchun iqtisodchilar ta’biri bilan aytganda, doimo o‘zaro o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarish holati mavjud bo‘lishi lozim edi. Buning ma’nosi avtomobillar modelini juda to‘liqlari bilan almashtirib turishni, xaridorlar talab-istaklarini o‘z vaqtida qondirishni taqozo etadi. Bunda kuchli injener-konstruktorlik ishini qat’iyat bilan rivojlantirish, ijodiy-texnologik jarayonni doimiy ravishda, uzluksiz takomillashtirib borishning zaruriy choralarini ko‘rish talab qilinardi.
Uchinchidan, xomashyo mahsulotlari, ehtiyoj qismlar yetkazib beruvchilarni, ya’ni ta’minlovchilarning avtomobil biznesiga ta’siri katta bo‘lganligi uchun ular ishonchini qozonmoq kerak edi.
O‘zbekiston avtomobil industriyasi ana shu muhim masalalarni hal etishga qodir ekanligini amalda ko‘rsatdi va bunga boshqa mamlakatlardagi hamkorlarini ishontira oldi. U qiyinchiliklarni oqilona yengib, muammolarni cho‘chimay hal qilib, biznes bozoriga dadil kirib bordi.
Hozirgi kunda «O‘zDEUavto» korxonasida kuniga 290 ta dunyo andozalariga javob bera oladigan 4 xil modeldagi avtomobillar chiqarilmoqda. Shundan 160 tasi NEXIA modeli bo‘lib, u AQSH va Yaponiya talablariga to‘la javob beradi. Uni ma’lum takomillashtirish hisobiga Yevropa standartiga ham to‘la javob beradigan darajaga keltirish ishlari olib borilmoqda. Avtomobillar hozir o‘z xaridorlarini kutilgandan ham tezroq topmoqda.
1996-yil noyabr oyigacha 18000 dan ortiq avtomobillar sotilgan bo‘lsa, ulardan 15 ming 700 tasi ichki bozorga va 2300 tasi chet ellarga eksport uchun chiqarildi. Shulardan NEXIA va TICO avtomobillariga talab tobora kuchaydi.
Tashqi bozordagi katta ulgurji savdo Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda O‘zbekistonga avtomobil eksport qiluvchi Rossiya O‘zbekiston avtomobillariga xaridor bo‘lmoqda va undan ko‘p miqdorda olishni taklif qilmoqda.
O‘zbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantirishga respublika rahbariyati, shaxsan Prezident I.A.Karimov muntazam e’tibor berib kelmoqda. Buni Vazirlar Mahkamasi tomonidan birgina 1995-1996-yillarda qabul qilingan qarorlardan ham bilsa bo‘ladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida chet el investitsiyalarini jalb etgan holda avtomobil sanoatining ishlab chiqarish bazasini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi 1995-yil 30-mayda «Avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaradigan O‘zbekiston– Koreya Qo‘shma korxonalarini tashkil etish to‘g‘risida» qaror qabul qildi.
Unda O‘zbekiston tomonidan «O‘zavtosanoat» uyushmasi va «O‘zsanoatqurilish» davlat korporatsiyasining «Andijon qurilish zavodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Dongju end Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqaradigan Nizom jamg‘armasi 4 million AQSH dollari miqdorida bo‘lgan «O‘z-Dongju Ko» Qo‘shma korxonasi, O‘zbekiston tomondan «O‘zavtosanoat» va «O‘zmashsanoat» uyushmalarining «Andijon zavodi» aksionerlik jamiyati hamda Koreya tomonidan «Tong Xong» Elektrik o‘rindiqlari ishlab chiqaradigan, Nizom jamg‘armasi 6,42 million AQSH dollari miqdorida bo‘lgan «O‘z-Tong Xong Ko» Qo‘shma korxonasi O‘zbekiston tomonidan «O‘zavtosanoat» uyushmasi va Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi SANIIRI ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba-eksperimental zavodi hamda Koreya tomonidan «Kodam Plastik Ko ltd» kompaniyasi tashkil etadigan bamperlar va pribor panellari ishlab chiqaradigan, Nizom jamg‘armasi 5 million AQSH dollari miqdorida bo‘lgan «O‘z-Kodam Ko» Qo‘shma korxonasi tashkil etilishi ma’qullandi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasi ishlab chiqargan avtomobillarni samarali sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida 1996-yil 3-sentabrda «O‘zDEUavto» Qo‘shma korxonasida avtomobillar ishlab chiqarish, sotish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda «Mersedes Bens» va «DEU» kompaniyalarining va boshqa yirik avtomobil kompaniyalarining mutaxassislarini jalb etgan holda «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasi avtomobillarini ham mamlakat ichida, ham mamlakat tashqarisida sotish bo‘yicha marketing tadqiqotlari markazini tashkil etish ko‘zda tutildi. Ayni chog‘da bu markaz «DEU» korporatsiyasi bilan kelishgan holda avtomobil Modellarini yangilashga doir tadbirlar ishlab chiqishi kerakligi nazarda tutildi.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, «O‘zDEUavto» qo‘shma korxonasini to‘la quvvat bilan ishga tushirish, ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun zarur ehtiyot qismlar tayyorlash, sotish va sotuvdan keyin servis xizmati ko‘rsatish, marketing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rilmoqda.
Shu kunlarda korxonada 4000 ga yaqin ishchi ishlayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda taxminan 55–65 ming kishi ishlaydigan yirik avtomobilsozlik markaziga aylanadi.
1999-yil 16-mart kuni Samarqandda ham qalbimizni g‘urur nashidasidan entikadigan quvonchli voqea ro‘y berdi. Bu yerda O‘zbekistonning yana bir avtomobil zavodi ish boshladi. Qisqa muddatda qad rostlagan mazkur avtomobil zavodi qurilishiga 1995-yili «O‘zavtosanoat» uyushmasining Turkiyadagi mashhur «Koch xolding» kompaniyasi bilan imzolagan shartnomaga muvofiq kirishilgan edi.
«SamKochavto» qo‘shma korxonasi zavodida yiliga minglab turli rusumdagi qulay va ixcham avtobuslar, turfa xil yuk tashish mashinalarini ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Xalq xo‘jaligining barcha jabhalarida foydalanish mumkin bo‘lgan bu mashinalarning e’tiborli jihati shundaki, ular «Iveko» Italiya-Ispaniya firmasining ixcham konstruksiyalariga asoslangan hamda «Koch xolding» kompaniyasi a’zosi– «Otoyo‘l» zavodida yanada takomillashtirilib, O‘zbekiston sharoitiga moslashtirildi.
Dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 25 foizi o‘zimizda ishlab chiqarildi. 2000-yildan boshlab bu ko‘rsatkich 35 foizga yetishtirildi. Ma’lumki, Asakadagi avtomobil zavodida ham dastlab butlovchi va ehtiyot qismlarining 15 foizi mahalliy korxonalarda tayyorlanar edi. Hozirga kelib bu ko‘rsatkich 55 foizdan oshib ketdi.
Chkalov nomli Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent traktor zavodi kabi yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga, «O‘zqishloqxo‘jalik» mashinasozligi esa «O‘zqishloqxo‘jalik mashinasozlik xolding» – xolding kompaniyasiga aylantirildi.
Hozirgi paytda faqat dunyoning ikki mamlakatida, aniqrog‘i AQSH va O‘zbekistonda paxtachilik mashinalari va uskunalari to‘liq ishlab chiqarilmoqda. Ayni paytda bu yirik korxonalar AQSHning «Keys» va «Magnum» korporatsiyalari bilan hamkorlik qilib, qishloq xo‘jaligini zamonaviy traktorlar bilan ta’minlashga harakat qilmoqdalar.
O‘zbekiston ipakchilik va pillachilik texnikalari ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona davlatdir.
Shu tariqa O‘zbekiston 2008-yilga kelib zamonaviy avtomobil industriyasiga ega rivojlangan mamlakatlar qatoridan munosib o‘rin oldi.
Prezidentning 1992-yil 28-yanvardagi farmoniga muvoffiq “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etildi. 1993-yildan boshlab, aviakompaniya zamonaviy A-310, BOING-767, BOING-757, RL-85 samolyotlariga ega bo‘ldi. 1991-yili Xalqaro avia yo‘li Dehli va Karachigacha uchgan bo‘lsa, endilikda MDH va AQSh marshrutlari yo‘nalishida O‘zbekiston samolyotlari uchmoqda.
O‘zbekiston “Milliy havo yo‘llari” kompaniyasi jamoasining mustaqillik yillarida olib borgan samarali faoliyati natijasida bu sohada o‘tkazilgan islohotlar ko‘zga ko‘rinarli natijalarga olib keldi. Fuqarolar aviakompaniyasidagi ko‘p yillik qoloqlikka barham berildi va jahon bozorida o‘z o‘rnini egalladi. Havo yo‘llarida g‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlar foydalana boshlandi, mamlakatda turistik markazlar, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva aeroportlari qayta qurildi. Yoqilg‘i tanqisligiga bog‘liq ayrim reyslarning qisqartirilganiga qaramasdan 2000 yili 1 mln. 800 ming yo‘lovchilar tashildi, o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich besh foizga ko‘p bo‘ldi. Shu vaqt davomida Ukrayina Havo Kompaniyasi 500 ming, Qozog‘iston 230 ming yo‘lovchilar tashigan xolos. Eng muhimi yo‘lovchilar xavfsizligi ta’minlandi. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining Xalqaro aviatsiya xavfsizligi jamg‘armasi tomonidan faxriy diplom bilan mukofotlanganligi buning guvohidir.
Istiqlol yillarida iqtisodiyotda amalga oshirilgan tarkibiy o‘zgarishlar quyidagi jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan natijalarga olib keldi:
Yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan ehtiyojini O‘zbekiston o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi;
G‘alla mustaqilligiga erishildi;
Ishlab chiqarishda sanoat mahsulotlari hissasi oshdi;
Sanoatda yuksak texnologiyaga asoslangan istiqbolli tarmoqlarning hissasi oshdi;
O‘zbekistonda makroiqtisodiy barqarorlik davom etmoqda. Hatto, 1998-yili ichki yalpi mahsulot ishlab chiqarish hajmi 4,4 foiz, shu jumladan, sanoat ishlab chiqarishi 5,8 foizga ortdi. Iste’mol mollarini ishlab chiqarish 7,2 foiz ko‘paydi. Avvalgi yillardagi kabi qat’iy moliya-kredit siyosati amalga oshirildi. Natijada inflyatsiya darajasini pasayishiga olib keldi.O‘zbekiston iqtisodiyotidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Ichki va tashqi sarmoyalarning muntazam ravishda o‘sib borishi natijasida 2004-yil yalpi ichki mahsulot 7.7 foizga, sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 9.4 iste’mol mollarini ishlab chiqarish 13.4 foizga oshdi. Inflyatsiya 3.7 foizni tashkil qildi. Bu ko‘rsatkichlarni 2003-yil bilan taqqoslansa, iqtisodiyotdagi o‘sish yana ham ko‘zga tashlanadi. Yalpi ichki mahsulot 4%ga, sanoatni ishlab chiqirish 6.2%ga, ijtimoiy maxsulot8.4 %ga o‘sgan edi. MDHning boshqa davlatlarida 2004-yili inflyatsiya darajasi quyidagicha bo‘ldi:
Qozog‘iston 6.7%, Rossiya 8.5%, Ukrayinada 9.7%, Belorussiyada 14.1%ni tashkil qilgan.
Iqtisodiyotdagi barqarorlik O‘zbekistonning tashqi savdo aloqalarida, eksport va import tuzilmasida katta sifat o‘zgarishiga olib keldi: agar 1991-yilda eksport tarkibida paxta tolasining ulushi 77,6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 1998-yilda uning ulushi 38,6 foizga tushdi.
Eksportda yoqilg‘i va sanoat mahsulotlarining ulushi ortib bormoqda. 1991-yilda xorijga sotilgan tovarlarda mashina va jihozlarning ulushi 1 foizga ham yetmagan bo‘lsa, 2000-yili bunday mahsulotlar deyarli 23 foizni tashkil qildi.
Mustaqillik davridagi O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari iqtisodiy ahvoli bilan taqqoslansa, faqat O‘zbekistondagina 90-yillar boshidagi darajadan oshib bir tekis rivojlanmoqda. Bu holatni jahonning ko‘plab yirik rivojlangan mamlakatlarning davlat rahbarlari, taniqli mutaxassislar tan olmoqda.
O`zbеkiston iqtisodiyotida qishloq xo`jaligining o`rni va imkoniyatlari. Agrar islohotlar. Iqtisodiy islohotlarning hal qiluvchi bo‘g‘ini sifatida qishloq xo‘jaligida islohat o‘tkazish, uni jadal rivojlantirishga alohida e’tibor berildi. Bunga sabab O‘zbekiston aholisining 64 foizdan ko‘prog‘i qishloqda yashashi, ya’ni ichki mahsulotning 24 foizdan ko‘prog‘i agrar sektorga to‘g‘ri kelishi va qishloqda istiqomat qilganlarning 37 foizga yaqini qishloq xo‘jaligi bilan bandligida edi.
Qishloq xo‘jaligida islohatlarni amalga oshirishda eng ustuvor masala sifatida yerga mulkchilik masalasi hal qilindi. O‘zbekiston Respublikasida sug‘oriladigan yerlarning kamligini hisobga olib, yer xususiy mulk qilib sotilishi mumkin emasligi, balki uni uzoq muddatli ijara shartlari bilan topshirish mumkinligini huquqiy hujjatlarda qayd etildi.
Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlab qabul qilingan meyoriy hujjatlarda, xususan, “Yer to‘g‘risida”gi (20 iyun 1990 yil) va boshqa qonunlarda va Prezident farmonlarida qishloq xo‘jaligidagi tub islohatlarni huquqiy va nazariy asoslari yaratildi.
Qishloqda bozor munosabatlarini rivojlantirish, dehqonning yerga egalik hissini qayta tiklash, yerni sotish-olishga yo‘l qo‘ymasdan, balki uni uzoq muddatlarga (50 yilgacha) meros qilish huquqi bilan vaqtincha yoki umrbod foydalanishga berish masalalari hal qilindi. 1992-yildan boshlab atigi uch yil ichida mavjud 1137 davlat xo‘jalligidan 1066 mulkchilikning aksiyadorlik, jamoa yoki ijaradagi xo‘jalikka aylantirildi 1516 qoramolchilik fermasi mehnat jamoalarining mulki qilib berildi. Qishloq xo‘jaligida ko‘p ukladli iqtisod vujudga keldi. 1997-yili shaxsiy tomorqa xo‘jaligi-3 mln. gektarni tashkil qildi. Tomorqa xo‘jaligining ekin maydoni 1989 yili 257 ming gektar bo‘lsa, 1997-yil-599,7 ming gektarga ko‘paydi. 1996-yili shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda 640 ming t go‘sht, 2,968 ming t sut, 1,711 ming t sabzavot, 321 ming t meva, 307,8 ming t poliz, 338,1 ming t kartoshka, 729 mln. dona tuxum yetishtirildi. G‘allakorlar O‘zbekistonning g‘alla mustaqilligiga katta hissa qo‘shmoqda. Ular 1996-yili davlatga 2 mln. 100 ming tonna g‘alla topshirgan bo‘lsalar, 1998-yili 4,6 mln. tonna g‘alla hosili yetishtirdilar. Bundan 3,5 mln. tonnasi bug‘doy edi. G‘allakorlarning yutuqlari o‘z-o‘zidan bo‘lgani yo‘q. Paxta maydonlarini qisqartirish evaziga don ekinlarining maydoni kengaytirilib 2,5 mln. gektarga yetkazilib paxta maydonlari bilan tenglashtirildi. G‘allachilikning texnika bazasi mustahkamlandi. 8159 ta “Niva”, “Don”, “Sibiryak” kombaynlari bilan bir qatorda Amerikaning “Keys” firmasidan keltirilgan 637 kombayn g‘alla o‘rim-yig‘imida qatnashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining I-chaqiriq X sessiyasi (dekabr, 1997 yil) agrar va iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish yuzasidan qator qonunlar qabul qildi. “Yer kodeksi”, “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”, “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Yer kadastri to‘g‘risida”gi qonunlar qishloq xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning huquqiy asoslarini mustahkamladi. 2000-yilga kelib respublikada davlatga qarashli bo‘lmagan sektor mustahkamlandi va yetakchi o‘rinni egallab, 1991-yilgi 63 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 1999 yil sentyabriga kelib qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish hajmining 98,4 foizini egalladi.
2007-yilda mamlakatimiz miqyosida fermer xo‘jaliklari soni 126 mingta, ular tasarrufidagi yer maydoni 3 mln 800 ming gektardan iborat. O‘rtacha olganda har bir fermer xo‘jaligiga o‘rtacha 30 gektar yer to‘g‘ri kelmoqda. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi sohasiga 1 mln. dan ortiq odam ishga jalb qilingan.
Bunday ijobiy maqsadlarga erishish istiqbolli, ertapishar va serhosil navlar yaratish, ularni iqlim va tuproq unumdorligiga mos ravishda joylashtirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, dehqon va fermerlarni kredit resurslari, yangi texnikalar, mineral o‘g‘it va boshqa zarur vositalar bilan ta’minlash, turli zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik usullarni qo‘llash kabi ishlarni to‘g‘ri tashkil etilganligi va o‘z vaqtida amalga oshirilgani evaziga bo‘ldi.
Shular qatorida paxta hosilini qayta ishlash, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, eksport talablariga javob beradigan shartlarni qo‘yish, shu tariqa dehqonlarimizning daromadini ko‘paytirish asosiy mezonga aylangani tufayli dunyoda o‘zbek paxtasiga bo‘lgan qiziqish tobora kuchayib bormoqda.
Mamlakatimizda paxtachilik sohasini rivojlantirish strategiyasiga muvofiq keyingi yillarda ikki yuzga yaqin to‘qimachilik korxonasi zamonaviy asosda modernizatsiya qilindi va yangidan barpo etildi. Ana shunday o‘zgarishlar natijasida yurtimizda yetishtirilayotgan paxta hosilining 27 foizi hozirgi paytda O‘zbekiston korxonalarida qayta ishlanib, tayyor mahsulot sifatida chiqarilayotgan bo‘lsa, yaqin kelajakda bu raqamni 55 foizga yetkazish maqsadida yengil sanoat tarmog‘ida aniq dastur bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda.
Hech shubhasiz, iqtisodiyotimizning baquvvat bo‘lib borayotgani qishloq ahlining turmush farovonligini yuksaltirish, barcha viloyatlar, tuman va qishloqlarimizda yangi-yangi korxonalar, ko‘rkam uy-joylar, ravon yo‘llar, yuzlab maktab, litsey va kollejlar, zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etilishi peshona teri bilan qilgan ana shunday mashaqqatli mehnatning mevasi va amaliy namoyonidir.
Buni uzoqqa bormasdan, hozirgi kunda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 84 foizga, tabiiy gaz bilan ta’minlash darajasi esa 81,5 foizga yetgani, faqatgina joriy yilning to‘qqiz oyi mobaynida respublikamiz bo‘yicha 1350 tadan ortiq umumta’lim maktabi butunlay yangicha qiyofa kasb etgani, jumladan 65 ta yangi maktab bunyod etilgani misolida ham yaqqol ko‘rish mumkin.
Bozor iqtisodiyotiga o`tish davrida O`zbеkistonning kuchli ijtimoiy siyosati. Ijtimoiy barqarorlikning taminlanishi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, jamiyatda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyasini ta’minlash davlat siyosatining bosh yo‘nalishi bo‘lib qoldi. Binobarin, mamlakatda o‘tkazilayotgan barcha islohotlarning asl maqsadi insonga munosib turmush sharoitlarini vujudga keltirishdir.
Prezident Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahon tan olgan besh tamoyilning muhim qismi aholini kuchli ijtimoiy himoyalash ekanligi ham shu bilan bog‘liqdir.
O‘zbekiston hukumati ana shu besh tamoyil asosida o‘tish davrida aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur choralar ko‘rdi. Bu choralar odamlarning turmush darajasini keskin pasayib ketishining oldini olishda muhim rol o‘ynadi hamda respublikada osoyishtalik va barqarorlikni saqlash omili bo‘ldi.
Masalan, mustaqillikning dastlabki murakkab, iqtisodiy tanglik yillarida odamlarning turmush darajasini muvofiqlashtirish maqsadida davlat yo‘li bilan boshqarishning ko‘pdan-ko‘p usullari va uslublaridan foydalanildi. Jumladan, miqdori doimo o‘zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, turli nafaqalar, kompensatsiya to‘lovlari
tarzidagi bevosita pul to‘lovlari, imtiyozlar va turli dotatsiyalar tarzidagi to‘lovlarni joriy qilish usuli keng qo‘llanildi.
Eng kam ish haqi va pensiyalardan soliq olinmaydigan bo‘ldi. Korxonalarning o‘z xodimlariga ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi xarajatlaridan bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplanib turildi. Keng iste’mol mollari va xizmatlarning ko‘pgina qismi bo‘yicha narxlardagi tafovutlarning o‘rni qoplandi. Shu bilan birga qo‘shimcha ijtimoiy imtiyozlar ham joriy qilindi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va yolg‘iz pensionerlar uchun bepul nonushtalar, 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun bepul ovqat, maktab o‘quvchilari va talabalar uchun ovqatning arzonlashtirilishi kabi imtiyozlar berildi. Shuningdek, ko‘pgina toifadagi fuqarolarga turarjoyi shaxsiy mulk qilib bepul berildi, ba’zi turdagi kommunal xizmatlar haqini to‘lashda yengilliklar joriy etildi va hokazo.
Aholining ijtimoiy himoyalanishiga muntazam e’tibor berar ekan, respublika hukumati islohotlarning birinchi bosqichidagi tajriba asosida inson va oila hayotining barcha sohalarini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarning butun bir tizimini shakllantirishga erishdi. Aytish mumkinki, Mustaqillik yillarida narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi keskin ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o‘rtacha darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng ustun yo‘nalishlardan biri bo‘lib keldi va hozirgi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. Bu yo‘nalish aholining barcha tabaqalarini istisnosiz qamrab oldi va islohotlarning dastlabki davrida keng miqyosda qo‘llanildi. Boshqa mamlakatlardan farqli o‘laroq, O‘zbekistonda daromadlar nisbatini o‘zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg‘arma banklaridagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o‘zida markazlashtirilgan tarzda qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan amalga oshirildi. 1995-yilda Respublika davlat budjetining 29,3 foizi ijtimoiy-madaniy tadbirlarga, 21,8 foizi esa ijtimoiy himoyaga ajratildi.
1992–1998-yillar mobaynida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor oshirildi. Masalan: eng kam ish haqi 1995-yilda 1994-yilga nisbatan 2,5 marta ortdi, 1996-yilning 1-yarmida esa 1995-yil 1-yarmiga nisbatan 2,7 marta ko‘paydi. Nafaqaxo‘rlarning ijtimoiy ahvolini e’tiborga olib, eng kam pensiyaning mutlaq miqdori ish haqining eng kam miqdoridan oshiqroq bo‘lishi muttasil ta’minlanib kelindi. Bu yo‘l ijtimoiy adolat tamoyillariga to‘la mos kelar edi. Masalan, 1998-yil 1-iyuldan ish haqining eng oz miqdori 1100 so‘m bo‘lgani holda, qarilik pensiyasining eng kam miqdori 2100 so‘mni tashkil etadi, nogironlik pensiyasi esa bundan ham ortiqdir.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, istiqlol yillarida eng kam ish haqi va boshqa to‘lovlar odatda, oldindan ko‘paytirib kelindi, narx-navo o‘zgarishi bilan bog‘lab olib borildi, bu esa aholining to‘lov qobiliyati saqlanib qolishini ta’minladi va turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo‘l qo‘ymadi.
Iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ishchi va xizmatchilarning oylik o‘rtacha ish haqi birgina 1996-yil dekabriga kelib, 1995-yil dekabriga nisbatan 2,6 barobarga o‘sdi.
Daromadlar miqdorini o‘zgartirish orqali aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimida 1993-yilda joriy etilgan yangi Yagona tarif setkasi ham aholi ijtimoiy himoyasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu chora barcha toifadagi xodimlarning ish haqi miqdorlarini tarif koeffitsiyentlari orqali eng kam ish haqi vositasi bilan bevosita o‘zaro bog‘lash imkonini berdi.
Natijada ish haqini oshirish yo‘li bilan aholining o‘rtacha ish haqi, pul daromadlari o‘z-o‘zidan osha bordi. Shu bilan birga respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada saqlab turish chora-tadbirlari ko‘rilganligi ham aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashning ikkinchi eng muhim yo‘nalishi bo‘ldi.
Respublikada narx-navoni erkinlashtirish sohasida qo‘shni mamlakatlarga nisbatan birmuncha mo‘tadil siyosat o‘tkazilganligi iste’mol bozorini himoyalash zaruratini keltirib chiqardi. Bu O‘zbekiston rubl mintaqasida turgan bir paytda nihoyatda muhim edi. Aksariyat respublika ehtiyojlari uchun valyutaga xarid qilingan un, o‘simlik moyi, qand-shakar va boshqa taqchil mahsulotlar respublika tashqarisiga olib chiqib ketilishi hollari yuz berdi.
Iste’mol bozori barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun O‘zbekistonda ishlab chiqarish yaxlit tizimini vujudga keltirishga hayotiy muhim masala sifatida qaraldi, mahsulotlarni tashqariga olib chiqib ketilishini bojxonalar orqali qat’iy nazorat qilish va yuqori boj to‘lovlari joriy etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Dastlab, murakkab bir paytda iste’mol mollarini sotib olish uchun bir marta, so‘ngra esa ko‘p marta ishlatiladigan kuponlarni muomalaga kiritish, kundalik zarur tovarlarning cheklangan turlarini me’yorlangan tarzda sotishni tashkil etish ko‘zda tutilgan edi. Bu tizim o‘zini to‘la oqladi. U bozorni pishiq-puxta himoya qilibgina qolmay, savdo tarmog‘iga barcha zarur oziq-ovqat mahsulotlarini va kundalik xarid mollarini muntazam ravishda chiqarib turishni ta’minlash, ularni iste’mol qilish hajmlarini kamaytirmaslik imkonini berdi.
O‘tish davri qanchalik murakkab bo‘lmasin, bu tizim respublikaning barcha aholisiga hayotiy muhim mahsulotlarni iste’mol qilish va xizmatlardan bahramand bo‘lish sohasida ishonchli ijtimoiy kafolatlarni ta’minlab berdi.
1992–1996-yillarda non va go‘sht mahsulotlari, sut, qand-shakar, o‘simlik moyi, kir sovun, bolalarga kerakli ayrim mollar, kommunal va transport xizmatlari uchun dotatsiyalar qisman saqlab qolindi. Shu tufayli daromad darajasi turlicha bo‘lgan oilalar bulardan bir qadar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Islohotlarning dastlabki bosqichida sobiq Ittifoqning ko‘pgina mamlakatlarida aholining asosiy qismi yoppasiga qashshoqlashgan bir paytda O‘zbekistonda amalga oshirilgan tadbirlar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Odamlarning islohotlarni jadallik bilan olib borishga ishonchini kuchaytirdi.
Ayni vaqtda respublikada iste’molchilarning manfaatlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimiga o‘tishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Yangi tizimning mohiyati ichki narxlarni jahon narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholining daromadlarini shunga muvofiq ravishda oshirishni ko‘zda tutadi. Bunday islohot sharoitida ijtimoiy himoyaning yangidan-yangi shakllarini qidirib topishni taqozo etadi. Jumladan, milliy valyutani muomalaga kiritish, uning ichki almashuvini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan tashkiliy va iqtisodiy chora-tadbirlarning ko‘rilishi, ayniqsa, katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Mamlakatda ichki bozorni, xalqimiz manfaatlarini faqat baquvvat milliy valyutagina himoya qilishi mumkin, degan qat’iy xulosaga kelindi. Buning uchun milliy valyutamiz, asosan, o‘zimizda ishlab chiqarilgan zarur miqdordagi tovar bilan, keng eksport faoliyati hisobiga to‘plangan salmoqli valyuta-zaxiralari bilan mustahkamlangan bo‘lishi kerak edi.
Milliy valyuta joriy etilgach, islohotlar birinchi bosqichining oxirlariga kelib (1995-yil), oziq-ovqat mahsulotlarini me’yorlangan tarzda sotishdan butunlay voz kechish va erkin narxlarga o‘tish imkoniyati tug‘ildi.
Erkin narxlarga esa «esankirashlarsiz» o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. Buni O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar birinchi bosqichining muhim natijasi, deb baholash mumkin.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta’minlangan qismini qo‘llab-quvatlash borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
«Biz, – degan edi I.Karimov, – aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari – pensionerlar, nogironlar, ko‘p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o‘quvchi yoshlar, shuningdek, qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilarni himoya qilish davlatning muqaddas burchidir, degan qoidaga asoslanib ish tutdik».
Ish haqini oshirish bilan birga barcha toifadagi maktablarning muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarining professor-muallimlari va ilmiy xodimlari, ijodiy va tibbiy xodimlarni ijtimoiy himoyalash va ularning mehnatini rag‘batlantirish maqsadida ularga qo‘shimcha moddiy ne’matlar – kvartira haqi va kommunal to‘lovlar sohasida imtiyozlar berildi, yakka tartibda uy-joy qurib olish uchun yer uchastkalari birinchi navbatda ajratiladigan bo‘ldi.
Masalan, o‘qituvchilarning davlat va tashkilotlar tomonidan berilgan uylari bepul xususiylashtirildi. 35 ming 841 kishiga shaxsiy qurilish uchun yer uchastkasi berildi.
Yana shuni aytish o‘rinliki, Mustaqillik yillarida o‘quvchi yoshlarni ijtimoiy himoyalashga, ularga ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qib, bilim olish uchun zarur sharoit yaratishga ham doimo e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlari talabalarining, texnikumlar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilarining, aspirantlarning stipendiyalari shu yillar mobaynida bir necha marta oshirildi. Bundan tashqari yoshlarni ijtimoiy himoyalashning boshqa shakllari – ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo‘shimcha to‘lovlar, maktab oshxonalari va tamaddi xonalari qo‘shimcha xarajatlarining bir qismini budjet mablag‘lari hisobidan qoplash, jamoat transportida arzon haq to‘lash va boshqa yengilliklar joriy etildi. Milliy an’analarni nazarda tutib, birinchi bor nikohdan o‘tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi belgilandi.
Biroq, ayrim joylarda haqiqiy ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar chetda qolib, muhtoj bo‘lmagan oilalar ham moddiy yordam ola boshladi. Shunday sharoitda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda, yangicha yo‘l tutish zarur bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan ommaviy-ijtimoiy himoyalash tartibidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq, deb topildi. Bunday yangi tartib avvalo adolat tamoyiliga rioya qilishni talab qilardi. Bu qoidaning mohiyati shundan iboratki, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga haqiqatan ham muhtoj bo‘lgan kishilarni aniqlash, ularga yordam uyushtirish lozim edi. Buni aniqlash albatta adolat bilan ish tutishni taqozo qiladi. Bu borada hokimlar, mahalla qo‘mitalarining mas’uliyati oshirildi. Ular aholining moddiy yordamga muhtoj qismini aniqlashda bunday yordamni uyushtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini joriy etishga haqli bo‘ldilar. Chunki vazifa g‘oyat murakkab va mas’uliyatli edi.
«Biz ijtimoiy himoyalashning asossiz tenglashtirish tizimidan qat’iyan voz kechib, Sharqda necha ming yillar davomida qaror topgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga, turmush tarzi va dunyoqarash xususiyatlariga muvofiq keladigan o‘z yo‘limizni tanlab oldik», – deb yozgan edi I.Karimov o‘zining «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida» kitobida.
Shunga binoan 1994-yilga kelib O‘zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ijtimoiy ko‘mak berishning mutlaqo yangi ilg‘or tizimi shakllantirildi. Bu tizimning mohiyati shundan iboratki, mamlakatimizning kelajagi hisoblanmish bolalar va kam daromadli oilalar bu yordamdan bahramand bo‘luvchi asosiy kishilar bo‘lib qoldi. Endi hamma nafaqalar va moddiy yordam faqat oila orqali yetkazib beriladigan bo‘ldi. Oila asosiy mavqega ega bo‘ldi. Bunday yondashuv umuminsoniy qadriyatlarga, milliy an’analarga va ruhiyatga mos keladi, fuqarolar jamiyatining ijtimoiy tashkiloti tizimida oila egallaydigan o‘rniga muvofiq keladi.
Ijtimoiy ko‘maklashuvning yangi tizimida farzand tug‘ilganda, bir yo‘la beriladigan to‘lovlar saqlab qolinishi bilan birga nafaqalar va imtiyozlarning quyidagi turi ham amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, birinchidan, bola boquvchi onalarga to‘lanayotgan nafaqaning miqdori ko‘paytirilibgina qolmay, uning muddati ham uzaytirildi. Ilgari bunday yordam bir yarim yilgacha to‘langan bo‘lsa, endi bu muddat uch yilgacha uzaytirildi. Ishlovchi onalar ham, ishlamaydigan onalar ham, bu nafaqadan foydalanadigan bo‘ldilar. Masalan 1995-yil ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 3 foizi onalarga ikki yoshgacha farzandlarini parvarish qilish uchun ajratildi. Boshqa davlatlardan farqli o‘laroq O‘zbekistonda bu nafaqa ish haqining eng oz miqdoriga bog‘liq qilib qo‘yildi. Bu avval boshdanoq pulning qadrsizlanishi oshganda nafaqalarning ana shu turining indeksatsiyalanishini ta’minlaydi. Bolalarga beriladigan yigirmadan ziyod turli nafaqalar o‘rniga 1994-yilning sentabridan boshlab barcha bolali oilalar uchun yagona nafaqa joriy etildi. Masalan, 1995-yilda ijtimoiy himoyaga ajratilgan mablag‘ning 51 foizi oilalarga ularning farzandlariga ikki yoshga to‘lgunlaricha parvarish qilish uchun ajratildi.
Davlat tomonidan bolalarni boqish va tarbiyalashga qilinadigan sarf-xarajatlarning bir qismini oilalarga kompensatsiya tarzida berib turildi, ayni vaqtda ota-onalarning mas’uliyati kuchaytirildi. Beshta va undan ko‘proq bolali oila uchun nafaqaning eng ko‘p miqdori avvaliga eng kam ish haqining yarmi miqdorida, 1996-yilga kelib eng kam ish haqining to‘la stavkasi darajasida belgilab qo‘yildi.
1994-yil 24-avgustda Prezidentning «Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra 1994-yilning oktabridan davlat kam daromadli oilalarga faol yordam bera boshladi, mana shunday oilalarga moddiy yordam joriy etildi. Respublikada kam daromadli oilalarga nafaqa tayin etilishi aslida misli ko‘rilmagan ish, zamonaviy ijtimoiy himoya tizimini vujudga keltirish edi. Bunday yordam odamlarga yaqin turadigan mahalla yig‘inlarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Masalan, 1995-yilda 500 mingdan ortiq ehtiyojmand oilalarga mahalla komitetlari orqali jami 6 milliard so‘m moddiy yordam berildi.
1996-yil 10-dekabrda bolali oilalarga ijtimoiy yordam berilishini kuchaytirish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining roli va mas’uliyatini oshirish maqsadida «Bolali oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to‘g‘risida» yana bir muhim Farmon qabul qilindi. Unda 1997-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish yig‘inlari orqali yordamga muhtoj, bolali oilalarga bolalarning soniga qarab eng oz ish haqining 50 foizidan boshlab 175 foizigacha nafaqalar beriladigan bo‘ldi. Bu borada ijtimoiy adolat tamoyillariga og‘ishmay rioya etish, keng oshkoralik va ochiqlikni ta’minlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli va samarali foydalanishga erishish lozimligi qayd qilindi. 1997-yilda 16 yoshgacha bo‘lgan farzandi bor oilalarga nafaqa to‘lash uchun 9,6 milliard so‘m sarflandi.
Aholining kam ta’minlangan qatlamlarining davlat tomonidan moddiy ta’minlash doimiy ravishda takomillashtirib borilmoqda. 1997-yil sentabr oyidan boshlab, har yili 1-sinf o‘quvchilariga bepul o‘quv anjomlari, darsliklarni berish joriy etildi, kam ta’minlangan oilalarning boshlang‘ich sinflarda o‘qiydigan bolalariga bepul qishki issiq kiyimlar berish yo‘lga qo‘yildi.
Mavzuga doir materiallar
Hukumat tomonidan ayrim toifadagi fuqarolar va oilalar uchun belgilangan ayrim imtiyoz, kafolat va qo‘shimchalarning ro‘yxati:
* oilalarga bola 2 yoshga yetgunga qadar 1,5 minimal ish haqi miqdorida yordam puli to‘lash. Ushbu to‘lovlar hajmi uzluksiz oshmoqda, 1998-yilda 521 ming nafar ayolga 10,4 mlrd. so‘m miqdorida nafaqa to‘landi;
* homiladorlik va farzand ko‘rish davrida ayollarga ish joyidan 125 kalendar kuni uchun o‘rtacha ish haqi miqdorida yordam puli berish;
* bolalikdan nogiron bo‘lib qolganlarga beriladigan yordam puli;
* kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartiradan foydalanilganligi uchun imtiyozli 50 % miqdorida haq to‘lash (nogironlar oilasi uchun);
* qishloq joylarida yashayotganlarni kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqlaridan to‘la ozod etish va shaharlarda istiqomat qiluvchilarga (maktab o‘qituvchilari, bog‘cha tarbiyachilari va o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari o‘qituvchilari) 50 % miqdorida imtiyoz berish;
* kommunal xizmat ko‘rsatish va kvartira haqi to‘lashdan to‘liq ozod etish (1-darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlanganlar oilasi, yolg‘iz pensionerlar);
* elektr energiyasidan foydalanganligi uchun 50 % chegirma berish (oyiga 110 kv.s.) (nogironlar oilasi);
* yer solig‘i to‘lashdan ozod etish (16 yoshgacha bo‘lgan 5 va undan ortiq ko‘p bolali oilalar, nogironlar oilalari);
* olinayotgan barcha daromadlardan soliqqa tortilmaydigan minimal daromadning 4 karrasi miqdorida (16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandli yolg‘iz onalar); 16 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq farzandi bo‘lgan yolg‘iz ota, bevalar va boquvchisini yo‘qotganligi uchun nafaqa olayotganlar barcha daromadlarining 30 % dan; yoshligidan nogiron bo‘lib qolgan bolalarni tarbiya qilayotgan ota yoki onadan birortasi daromad solig‘ining 30 % ni to‘lashdan ozod etiladi.
* * *
Serfarzand va kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash tizimi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Kam ta’minlangan oilalarga va ko‘p bolali muhtoj oilalarga moddiy yordam to‘lovlarini moliyalashtirishning asosiy manbasi Respublika va mahalliy budjet vositalaridir. Kam ta’minlangan oilalarga 1998-yilda to‘langan nafaqalarning umumiy miqdori 3 mlrd. so‘mni tashkil qildi, 16 yoshgacha bo‘lgan farzandli oilalarga to‘langan nafaqalar – 15,6 mlrd. so‘mni tashkil qildi.
1998-yilda 36 % bolali oilalar nafaqa olishdi. O‘rtacha nafaqa miqdori bitta oilaga deyarli 1483 so‘mga to‘g‘ri keladi yoki (1996-yilga nisbatan) besh barobar o‘sdi. 1998-yilda mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari orqali Respublikadagi 700 ming yoki umumiy oilalarning 11,8 foiziga kam ta’minlangani uchun moddiy yordam ko‘rsatildi. Ko‘rsatilgan moddiy yordam miqdori har oilaga hisoblaganda har oyda 1730 so‘mdan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbekistonda aholining ijtimoiy muhofazasi haqida gap ketganda keyingi yillarda bu borada amalga oshirilgan ishlar diqqatga sazovordir. Jumladan, mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qismini, shu jumladan yolg‘iz keksalar, pensionerlar va nogironlarni ijtimoiy-muhofaza qilishni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2006-yil 7-sentabrdagi «2007–2010-yillarda yolg‘iz keksalar, pensioner va nogironlarni aniq ijtimoiy muhofaza qilish va ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni yanada kuchaytirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori buning yana bir yorqin dalilidir.
II
Mustaqillik yillarida ma`naviy hayot. Ma`naviy qadriyatlarning tiklanishi.
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir vaqtda ma’naviy merosimizni, madaniy qadriyatlarimizni tiklash va ularni xalqimizga yetkazish borasida keng ko‘lamda faoliyat olib borilmoqda.
Respublika Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlab o‘tganidek, ma’naviyatning mohiyati shunchalik kengki, uni o‘lchab ham, poyoniga yetkazib ham bo‘lmaydi. U inson uchun butun bir olamdir.
Bozor munosabatlari sharoitida ma’naviyat va ma’rifat ishlariga g‘oyat katta e’tibor berilishi mustaqil O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir.
Shu borada “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazini tashkil qilish va ularning ish samaradorligini oshirishga qaratilgan 1994-yil 23-apreldagi va keyingi Prezident farmonlari Respublikada ma’naviy va mafkuraviy ishlarni yuksaltirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yilning 2-iyunidagi Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi yangi farmoni mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlarni izchil amalga oshirish, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini xalqimiz ongi va qalbiga singdirish borasida ulkan ishlarni amalga oshirishga qaratilgan muhim dastur bo‘ldi. Yurtboshimizning ma’naviyatga bosh homiy bo‘layotgani, viloyat hokimlarining ma’naviy va ma’rifiy Kengashlariga shaxsan o‘zlari raislik qilayotganlari mamlakatimizda ma’naviy qadriyatlarni tiklash, har tomonlama kamol topgan insonni tarbiyalashga qanchalik katta e’tibor berilganlikni ko‘rsatadi.
Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi Prezident farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish”, “Aholini siyosiy va ijtimoiy faolligini oshirish” yuzasidan hujjatlar qabul qilib, 39 ta kichik ishchi guruhlarni tuzdi. Qabul qilingan dasturlarni amalga oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini kuchaytirish yuzasidan kengashning joylardagi bo‘limlari muayyan ishlarni amalga oshirmoqdalar.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda-ajdodlarimizning bizgacha yetib kelgan boy madaniy meroslarini o‘rganish ham katta o‘rin egallaydi. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning bizga qoldirgan meroslarini o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng yo‘llar ochildi. Bu boradagi tadbirlar mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq amalga oshirila boshlandi. Xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning rivojlanishi uchun davlat tomonidan katta mablag‘lar ajratildi. O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlari, madaniyat uylari, san’at oliy o‘quv yurtlari, folklor-etnografik guruhlar madaniyat o‘choqlariga aylanib qoldi. Teatr sahnalarida yangi zamonaviy spektakllar qo‘yila boshladi.
Badiiy adabiyotda partiyaviylik, sinfiylik nuqtayi nazaridan yondoshishga chek qo‘yildi. Bahovuddin Naqshband, Feruz, Xo‘ja Axror, Cho‘lpon, Fitrat kabi allomalarning nomlari tiklanib asarlari chop etildi.Barkamol avlodni tarbiyalashdagi katta hizmatlarni hisobga olib adabiyotning ilg‘or namoyandalari Abdulla Oripov,Sayid Ahmad, Erkin Vohidov, Qayibergen To‘lepbergenov, Ibroxim Yusupovlar O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ldilar.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkning sultoni Alisher Navoiy yubileyini o‘tkazish katta ahamiyatga molik voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib Respublikamizda shoirning asarlari nashrdan chiqarildi. 1994-yil Mirzo Ulugbek tavallud topgan kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tdi.
Mustaqillik yillarida buyuk sohibqiron Amir Temurning 660 yilligi bo‘lib o‘tdi. YUNESKO tomonidan 1996-yil “Amir Temur yili” deb e’lon qilindi. Shu yili YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va maorifning gullab yashnashi” mavzuida anjuman va unga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi, Amir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi.
Barcha viloyatlar va shaharlarda har yili Alisher Navoiy, Bobur, Mashrab, Ogahiylarga bag‘ishlanib kechalar o‘tkazildi, Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludi, “Alpomish” dostoni yaratilishining 1000 yilligi keng miqyosda nishonlandi.
Diniy qadriyatlar va islom ma`naviyatining tiklanishi.
Yevropalik allomalardan biri «Nur – Sharqdandir», degan ekan. Buni har xil talqin etish mumkin. Birov uni quyoshning Sharqdan chiqishiga yo‘ysa, boshqa birov majoziy ma’noda ezguliklar, olamning yangilanishi, hayot taraqqiyoti, insoniyat tafakkuri Sharqdan, deb tushunadi.
Bizning tasavvurimizcha, har ikki holatda ham Nur – Sharqdandir.
Sharqdan taralgan ilm-ma’rifat dunyoni munavvar etgani, insoniyat tarixida, odamzod taqdirida buyuk o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani sir emas. Sharqning ajralmas qismi bo‘lmish go‘zal diyorimiz xalqlari hayotida, ularning ong va tafakkuri shakllanishida dunyoviy ilmlar qatorida islom dinining alohida o‘rni bor. Bu ilohiy ta’limot olamni anglash, dunyoviy tafakkur, tabiat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni idrok etish borasida beqiyos ahamiyatga ega. Butun jahon ahli diqqatini tortgan boy va rang-barang madaniy-ma’naviy merosimiz ikki qudratli to‘lqin – dunyoviy ilmlar va diniy-falsafiy tafakkurning o‘zaro uyg‘unlashib, yagona, barkamol qadriyat peshvosining ma’naviy qiyofasi, siyosatdagi adolat mezoni, so‘z va fikr erkinligi kabi murakkab ijtimoiy masalalar xususida ham benihoya hayotiy tajriba va saboqlar beradi. Shu bois ham bu o‘lmas qadriyatlar bugungi yangi davlatchiligimiz qurilishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Agar biz bosib o‘tilgan istiqlol yo‘limizga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, ozodlikning ilk onlaridan boshlaboq dinga munosabat, davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi aloqalarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi. Konstitutsiyaga ko‘ra, O‘zbekiston dunyoviy davlat, binobarin, mamlakatimizda din davlatdan ajratilgan. Ammo respublikamiz rahbariyati bu masalaga oqilona yondashib, din davlatdan ajratilgan bo‘lsa-da, jamiyatdan ajratilmaganini, xususan, O‘zbekiston singari qadimiy va barqaror diniy an’analarga ega mamlakatda bu borada g‘oyat noziklik va ehtiyotkorlik bilan ish yuritish lozimligini o‘z vaqtida to‘g‘ri anglab yetdi.
Shuning uchun ham bugun ko‘p millatli mamlakatimizda hech qaysi din vakillarining diniy nafsoniyatlarini kamsitmagan holda, ayni vaqtda diniy hissiyotlarni avj ham oldirmasdan, og‘ir-vazmin, uzoqni ko‘zlangan siyosat amalga oshirilmoqda.
Bu siyosat mohiyati ilk marta Prezidentning quyidagi fikrlarida aniq-ravshan belgilab berilgan edi: «Din odamzodni hech qachon yomon yo‘lga boshlamaydi. Bu dunyoning o‘tkinchi ekanini ta’kidlab, odam bolasini hushyor bo‘lishga, yaxshi bo‘lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi.
Biz dinga bundan keyin ham barcha shart-sharoitlarni yaratib beramiz, diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, diniy tarbiya va ta’limga doimo jiddiy e’tibor beriladi. Ayni zamonda biz din peshvolariga, o‘zimizga o‘xshagan musulmon birodarlarimizga bir narsani takror va takror uqtirmoqchimiz: din o‘z yo‘li bilan, davlat o‘z yo‘li bilan. Diniy partiyalar tuzib, hokimiyat talashib yurishlar xudoga ham yoqmaydi. Islom dini insonlarni kamtarlikka, kamsuqumlikka undaydi. Musulmon farzandi kechirimli bo‘ladi. Musulmon farzandi birovni kofir, birovni xudojo‘y deb toifalarga ajratmaydi... Sababi, bandasining ustidan bandasi emas, xudoning o‘zi hukm chiqaradi. Shunday ekan, bir-birimizni behuda ayblab, men musulmon, sen kofir deb talashib yurishlar bizga to‘g‘ri kelmaydi.
Hamma ahil, hamma pokiza bo‘lib yashasin, kimning fazilati qancha, kimning gunohi qancha ekanini Yaratganning o‘zi ajrim qilib beradi».
Qachonki kishi o‘zligini anglamasa, o‘z vijdoni bilan yuzma-yuz turmasa, iymon va e’tiqod oldida hisob bermasa, qo‘shnisi, mahallasi, jamiyat, Vatan oldidagi mas’uliyatini his etmasa, bunday odam insonlik sharafiga munosib bo‘lmaydi.
Prezident I.Karimov siyosiy vaziyat nihoyatda qaltis va nozik bir paytda yuqorida eslatilganidek, nutq va ma’ruzalari bilan odamlarning nozik tuyg‘ulariga ta’sir etdi, ularni uzoq yillik karaxtlik va g‘aflatdan uyg‘otdi, fikrlashga, o‘z taqdiri va farzandlari istiqboli haqida qayg‘urishga da’vat etdi. Bu bilan u, birinchidan, mamlakat aholisini ruhiy-ma’naviy poklanishiga imkon yaratdi. Ikkinchidan, mamlakatdagi tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikka o‘ziga xos zamin yaratdi.
Musulmon hayotidagi qutlug‘ sanalar – Qurbon va Ramazon hayitlari kunlarini bundan buyon doimiy ravishda bayram qilish va ularni dam olish kunlari, deb e’lon qilinishi ham aynan xalqimiz ko‘nglidagi ish bo‘ldi.
1992-yil 27-martda O‘zbekiston Prezidentining «Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida» quyidagi Farmoni e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
F a r m o n i
Ro‘za hayitini dam olish kuni, deb e’lon qilish to‘g‘risida
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o‘rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram – Ro‘za hayitining birinchi kuni dam olish kuni, deb tayinlansin.
O‘zbekiston Respublikasining
Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri,
1992-yil 27-mart.»
Bu O‘zbekiston xalqi o‘zining yangi yetakchisi amalga oshirayotgan xalqparvar siyosatni qo‘llab-quvvatlay boshladi. Bu borada islom olamining zabardast allomalari – vatandoshlarimiz imom Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi va Xoja Ahrori Valiyning 600 yilligi, Imom al-Buxoriy tavalludining hijriy-qamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligi, keng ko‘lamda nishonlanishi yurtimizda iymon, din-u diyonat qaytadan yuksalayotganiga yorqin dalil bo‘ldi. Bu aziz va mukarram zotlarning bebaho asarlari qayta chop etildi, nomlari abadiylashtirildi.
1991-yilning 6-noyabr kuni Termizda o‘tkazilgan «Alpomish» dostoni yaratilganligining 1000 yilligini YuNESKO ijroiya qo‘mitasining maxsus qaroriga binoan xalqaro miqyosda keng nishonlanishi milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analar tiklanishining eng oliy cho‘qqisi, deb aytishimiz mumkin.
Tabiiyki, ma’naviy-ruhiy poklanish, qadriyatlarning tiklanishi bir kunda bo‘ladigan jarayon emas, balki u bizdan muntazam ravishda izchillik bilan ish olib borishimizni talab etadi. «Imom Abu Mansur al-Moturidiy tavalludining 1130 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi, «Burhoniddin al-Marg‘inoniy tavalludining hijriy sana bo‘yicha 910 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining chiqargan qarorlari fikrimizning yaqqol isbotidir. (Qarang: «Qishloq hayoti», 1999-yil 14-dekabr; «Xalq so‘zi» 2000-yil 20-yanvar)
2003-yili esa Naqshbandiya tariqatining asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 900 yilligi keng nishonlandi. Uning minbari joylashgan G‘ijduvon shahri butunlay obod etildi.
Shunday qilib istiqlol yillarida mamlakatda yuksak ma’rifiy-madaniy jamiyat qurish, har tomonlama barkamol Vatanni shakllantirish asosiy vazifa qilib qo‘yildi. Bu esa O‘zbekiston hukumati olib borayotgan madaniy-ma’rifiy siyosatning olijanob mohiyatidan dalolat beradi.
Islom konferensiyasi tashkiloti (OIK) tarkibidagi muassasalardan biri – Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Xalqaro islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni 2007-yilda Islom madaniyatining poytaxti, deb e’lon qildi.
O‘zbekistonning islom madaniyati va ilmi oldidagi, islom merosi va yodgorliklarini asrash va yanada boyitish borasidagi mislsiz xizmatlari uchun Toshkeng shunday yuksak va faxrli unvonga sazovor bo‘ldi.
Haqiqatan ham, mustaqil O‘zbekistonning poytaxti musulmon dunyosida o‘ziga xosligi, mahobatli madrasa va masjidlarining binolari, minglab nodir qo‘lyozmalarga boy bo‘lgan kutubxonalari, islom uyg‘onishi davrining buyuk ustalari, alloma va me’morlari ijodiga mansub namunalari ko‘z qorachig‘iday avaylab-asralayotgan muzeylari bilan butun dunyodan kelayotgan mehmonlarini hayratga soladi. Toshkentda Imom al-Buxoriy nomli Toshkent islom instituti, Ko‘kaldosh nomidagi madrasa va Prezident I.Karimov tashabbusi bilan barpo etilgan Toshkent islom universiteti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ta’lim muassasalari diniy ulamolar, dinshunoslar, islom huquqi va manbashunoslik, jahon iqtisodiyoti va informatika mutaxassislarini tayyorlaydi. O‘z yo‘nalishi bo‘yicha MDH hududidagi yagona oliy o‘quv yurti bo‘lgan Toshkent islom universitetida juda ko‘p marotabalab din va siyosat, bag‘rikenglik hamda zamonaviy dunyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning dolzarb mavzulariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyalar, seminar va davra suhbatlari bo‘lib o‘tgan.
Jahondagi minglab shaharlar orasidan aynan Toshkent 2007-yilda Islom madaniyatining umumjahon poytaxti, deb tanlandi. Toshkent nomzodining tanlanishida ISESCO birinchi galda respublika rahbariyatining o‘zbek xalqi madaniy va ma’naviy qadriyatlarini qayta tiklashga yo‘naltirilgan siyosati, shuningdek, O‘zbekiston hukumati tomonidan islom sivilizatsiyasi yodgorliklarini himoya qilish va ko‘z qorachig‘iday asrash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar e’tiborga olindi.
Shuningdek, ISESCOning bunday to‘xtamga kelishi Osiyo qit’asidagi eng ko‘hna shaharlardan biri – boy madaniyatga ega bo‘lgan Toshkentning dunyo taraqqiyoti tarixida alohida o‘rin tutishi bilan izohlanadi.
Rеspublikada davlat va dinning o`zaro munosabati, uning asosiy tamoyillari. Milliy g`oyani aholi ongiga singdirish zarurati. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlardagi barqarorlik va diniy bag`rikеnglik (tolеrantlik).
“Movarounnahr” diniy boshqarmasi faoliyati Respublikamiz hayotida o‘z o‘rnini egalladi. Diniy boshqarma qoshida Islom Universiteti va viloyatlarda madrasalar tashkil etildi. «Islom nuri» gazetasi chop etilmoqda. Mustaqillik arafasida O‘zbekiston bo‘yicha 87 masjid bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 3000ga hozir esa 5000ga yetdi. Din inson ruhini poklashi, odamlar o‘rtasida mehr-oqibat tuyg‘ularini mustahkamlashi, milliy qadriyat va an’analarni asrashga xizmat qilishi bilan jamiyat hayotida muhim o‘rin tutib kelgan. O‘zbek yurti azaldan qadimiy dinlar rivoj topgan makondir. Hozirgi kunda ko‘p millatli O‘zbekiston Respublikasida islom dini bilan bir qatorda o‘n to‘rtta diniy konfessiyalar yonma-yon yashab kelmoqda.
1995-yili rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasi tashkil etilganligining 125 yilligi yubileyi, O‘zbekiston yevangel-lyutteran jamoasi tashkil etilganining 100 yilligiga bag‘ishlangan “Bir osmon ostida” shiori bilan musulmon va xristian dinlari vakillari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqat katta ahamiyat kasb etdi. Toshkentda 2000 yilning sentyabrida YUNESKO rahnamoligida “Jahon dinlari tinchlik madaniyati yo‘lida” mavzuida dinlararo muloqot xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda AQSh, Fransiya, Rossiya, Eron, Isroil, Hindiston, Xitoy, Vatikan kabi o‘ttizga yaqin mamlakat, shuningdek, xalqaro diniy muassasalar vakillari qatnashdilar. Anjumanni o‘tkazish uchun aynan O‘zbekiston tanlangani bejiz emas. Zero, bu o‘lkadan dunyoga dong‘i ketgan buyuk allomalar, islom olamida katta hurmatga ega bo‘lgan buyuk zotlar yetishib chiqqan. Hozirgi kunda mustaqil O‘zbekistonda din va vijdon erkinligi mustahkam qaror topgan va barcha diniy konfessiyalar birgalikda mustahkam tinchlikni saqlash, diniy ekstremizm va xalqaro terrorchilikka qarshi dadil kurash olib bormoqda. AQSh sobiq davlat sekretari Madlen Olbrayt 2000 yil aprelida Toshkent Sinagogida ibodat qilgandan keyin: «O‘zbekistonda yana takror aytaman, O‘zbekistonda barcha dinlarga bir xil e’tibor berayotgani vijdon erkinligi to‘la ta’minlanganligi meni juda quvontirdi. Bu jihatdan O‘zbekistonni butun dunyoga ibrat qilib ko‘rsatsa arziydi», degan edi.
Jamiyat a’zolarining vijdon erkinligini ta’minlash, ularning o‘z diniy marosim va urf-odatlarini ado etishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar vujudga keltirildi. Yangidan-yangi masjid va madrasalar qurish, eskilarini tiklash – ta’mirlash bo‘yicha amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Ko‘p millatli mamlakatda dinga munosabatning o‘ziga xos tomonlari bor. Aholining turli tabaqalarini umumiy maqsadlarni amalga oshirishga safarbar etish, diniy mahdudlik va aqidaparastlikni avj oldirmaslik, jamiyat a’zolari o‘rtasida yagona zamin, yagona makon taqdiriga javobgarlik hissini kuchaytirish kabi vazifalar siyosiy arbobdan g‘oyat mas’uliyat va mulohaza bilan ish yuritishni talab qiladi. Jumladan, millatlararo munosabatlarni barqaror saqlash va rivojlantirishda din omili muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni paytda O‘zbekistonda islom dini bilan bir qatorda pravoslavlar, baptistlar, yahudiylar, adventistlar, katoliklar, lyuteranlar, bahoichilar, krishnaitlar, buddistlar, pyatidesyatniklar, Iyegova xudosi shohidlari, yangi havvoriylar, xristian-nresvitorianlar singari bir qancha din va mazhablar mavjud. Ulardan har birining o‘ziga xos mafkurasi, tartib-qoidalari, muayyan diniy qavmning hayot tarzi va dunyoqarashi, talab va ehtiyojlari mavjud. Ana shunday xilma-xillikdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: «Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega», degan qoida kiritilgan (31-modda) . Bu O‘zbekiston hukumati va uning boshlig‘i olib borayotgan siyosiy yo‘lning qonuniy asosidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Toshkent va O‘rta Osiyo arxiyepiskopi Vladimirning SvyaTo-Uspеnskiy kafedral sobori qoshida diniy-ma’muriy markaz tashkil etish va 1996-yil noyabr oyida Yeparxiyaning 125 yilligini nishonlash to‘g‘risidagi murojaatini qo‘llab-quvvatladi va bu haqda alohida qaror qabul qildi. Qarorda Toshkent shahridagi SvyaTo-Uspеnskiy sobori hududini kengaytirish uchun ikki gektar yer ajratish, budjet mablag‘i hisobiga uni obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.
130 ga yaqin millat va elat istiqomat qilayotgan, aholisining ruhiy va ma’naviy ehtiyojlari rang-barang bo‘lgan O‘zbekistonday mamlakatda tili, millati, irqi, dini, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, insonni ulug‘lash davlat siyosatining bosh yo‘nalishidir.
III
O`zbеkiston Rеspublikasida "Ta`lim to`g`risida"gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi, uning amalga oshirilishi, erishilgan yutuqlar. Iqtidorli o`quvchilar va talabalarga e`tiborning kuchaytirilishi.
Istiqlol yo‘lida qadam tashlab borayotgan Vatanimizdagi mavjud ma’naviy, madaniy omillariga e’tibor berish bilan birga maorif, ta’lim-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilmoqda.
“Ta’lim-tarbiya tizimini o‘zgartirmasdan turib, ongni o‘zgartirib bo‘lmaydi. Ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib esa, biz ko‘zlagan oliy maqsad-ozod va obod jamiyatni barpo etib bo‘lmaydi”,-deydi I.A.Karimov.
Respublikamizda ta’limning yangi tizimini amalga oshirishda, O‘zbekiston hukumati tariximizdagi ta’lim jarayonlarini o‘rganib chiqib, ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlarning ta’lim tashabbusini inobatga olib ta’limni isloh qilish dasturini tayyorladi. Barcha e’tibor ta’lim tizimlarini demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirib, uning moddiy-texnika bazasini, zamon va davr talablari darajasiga ko‘tarish va O‘zbekistonning ma’rifiy salohiyatini kuchaytirishga qaratildi. Shu maqsadda 1992-yil 2-iyul Respublikamizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Ta’limni isloh qilish quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:
ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;
ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi;
ta’limda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’naviy qadriyatlarning ustuvorligi;
e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;
ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi.
1993-yil Respublikamiz Prezidenti tomonidan “O‘zbekistonda o‘quvchi yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risi”dagi farmoniga binoan talaba va aspirantlar uchun maxsus stipendiyalar belgilandi. Ular uchun rivojlangan davlatlardagi universitetlarda ta’lim olish, ulardagi ilmiy markazlarda ishlash, malakalarini oshirish uchun sharoitlar yaratib berildi.
O‘zbekiston mustaqilligiga erishgan dastlabki kunlardan boshlab eng muhim masalalardan biri eski tafakkur, e’tiqodidan qutilgan istiqlol uchun, o‘z ona-yurti uchun xizmat qiladigan kadrlar tayyorlash masalasi turdi. Eski tuzumni asta-sekin tag-tomiri bilan tugatib batamom yangi, jahonning ilg‘or taraqqiy etgan mamlakatlari yo‘lidan boradigan haqiqiy demokratik jamiyat qurish endilikda yangicha fikrlaydigan quyidan tortib yuqori toifadagi kadrlarga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Sobiq ittifoqda katta-kichik rahbar xodimlar har xil darajadagi partiya va komsomol maktablarida, kommunistik mafkura targ‘ibotchisi va tashviqotchilarini tayyorlaydigan Universitet va akademiyalarda tayyorlangan bo‘lsa, endilikda bu o‘quv yurtlari, tabiiyki, tarix sahnasidan tushib qoldi.
Bozor munosabatlariga asoslangan yangi jamiyatda rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida Prezident qoshidagi “Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi”, “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti”, ayrim vazirliklar qoshida akademiyalarning tashkil etilishi katta ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Respublika va viloyatlarning rahbar xodimlari, huquq organlari rahbarlari bilan uchrashuvlarida hokimiyatlar, huquq organlarining ayrim xodimlari tomonidan tartib-intizomning, qonunchilikning buzilayotgani to‘g‘risida har gal kuyib-pishib gapiradi va urug‘-aymoqchilik, mahalliychilik, poraxo‘rlik kabi o‘tmish qoldiqlaridan toza, el-yurti va xalqiga halol mehnat qiladigan yosh kadrlarni tayyorlash, ularga yo‘l ochib berish zarurligini qayta-qayta takrorlab ko‘rsatadi.
O‘zbekiston mustaqilligining kelajagi yuqori malakali, ma’rifatli, el-yurtiga sadoqatli mutaxassislarni tayyorlashga bevosita bog‘liq. I.A.Karimov muxbirlarning “Sizning siyosatingizda ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berishning sabablari nimada?”, deb so‘ragan savoliga ongni, tafakkurni o‘zgartirmasdan turib yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi, ong, g‘oya, tafakkur ta’lim-tarbiya bilan uzviy bog‘liq, bir-birini to‘ldiradi deb javob beradi.
1997-yil, 29-avgustda Respublika Oliy Majlisining IX sessiyasida I.A.Karimovning “Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” ma’ruzasi asosida yangi tahrirda “Ta’lim to‘g‘risida” qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Istiqlol yillarida maktabgacha tarbiya muassasalarda, boshlang‘ich sinflarda o‘quv-tarbiya ishlariga e’tibor kuchaytirilib, o‘rta-maxsus va oliy o‘quv yurtlari tizimida litseylar, kollejlar, biznes maktablari ochildi, 8 ta institutlar asosida universitetlar tashkil qilindi. 2000-yil boshlariga kelib, mamlakatimizda 61 ta oliy, 258 ta o‘rta-maxsus o‘quv yurtlari, shu jumladan 75 ta kollejlarda 360 mingdan ortiq talaba bilim olmoqda. Mustaqilligimiz kelajagi yoshlar qo‘lida ekan bilimdon, ma’naviyatli, mustaqil fikrlab mustaqil ish yuritadigan yoshlarni yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda jamiyatimizning eng katta boyligi, millatimizning intelektual, aql-zakovat boyligi bo‘lmish yigit-qizlarimizni tarbiyalash mamlakatimiz hayotida birinchi darajali vazifa etib qo‘yilmoqda.
Turli jamg`armalar, maxsus stipеndiyalar va boshqa imtiyozli tizimning vujudga kеltirilishi. “Yoshlar yili”, “Barkamol avlod yili” Davlat dasturlarini amalga oshirish sohasida erishilgan natijalar.
Bu borada “Umid” (1997-yil), “Ulug‘bek” (1993-yil) jamg‘armalari olib borayotgan ishlar alohida o‘rin tutadi. Faqat “Umid” jamg‘armasi sinovlarida 1997-1999 yillar mobaynida 5500 nafar yoshlar qatnashib, 658 tasi Prezident grantlariga sazovor bo‘ldi. 2000-2001-o‘quv yilidagi bu tanlovda 3000 nafar yoshlar bilimi sinovdan o‘tkazilib, ulardan 124 tasi xorijiy davlatlarni eng nufuzli o‘quv yurtlarida o‘qishga sazovor bo‘ldi.
Yaqinda o‘z faoliyatini boshlagan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining asosiy maqsad va vazifalari kelajak avlodimiz diliga va ongiga milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasini singdirish, aholining aksariyatini tashkil qilgan yigit-qizlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlari asosida tarbiyalashga qaratilgandir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy tamoyillari aniq belgilab ko‘rsatildi:
uzluksizlik: ta’lim-fan-ishlab chiqarish;
mutaxassislarga talab istiqbolini o‘rganish;
o‘qituvchi va murabbiylarni qayta tayyorlash;
o‘quvchi yoshlarni Vatanga sadoqat, yuksak axloqli ma’naviyatli va vijdonli etib tarbiyalash;
korxonalarda maktab-institutlar bazasini mustahkamlashdan foydalanish;
chet el sarmoyalaridan foydalanish.
Ta’lim to‘g‘risidagi yangi qonunga ko‘ra, uzluksiz ta’lim bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
Maktabgacha-oila va bog‘cha tarbiyasi.
Boshlang‘ich ta’lim 1-4 sinflar.
Umumiy ta’lim majburiy bo‘lib, 5-9 sinflarda umumiy bilim asoslari, dunyoqarash shakllanadi.
Majburiy-ixtiyoriy tusdagi o‘rta-maxsus bilim va kasb-hunar o‘quv yurtlari: 3 yilga mo‘ljallangan akademik litseylar, maxsus kasb-hunar kollejlari
Oliy ta’lim: bakalavr-4 yil, magistratura-2 yil o‘qish muddati, keyinchalik ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun aspirantura-3 yilga, doktorantura-2 yil muddatga belgilangan.
Ta’lim-tarbiya, ilm-fan sohasidagi islohotlar bosqichma- bosqich amalga oshirilishi zarur.
I. 1997-2001-yy. O‘tish davri.
II.2000-2005-yy. Islohotni keng miqyosda amalga oshirish davri.
III. 2005-yildan keyin kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va yanada rivojlantirish davr.
O‘tgan qisqa davr ichida “Kadrlar tayyorlashning milliy dasturini” amalga oshirishdagi birinchi bosqichidagi natijalar ko‘zga ko‘rinarli darajada bo‘ldi. Hozirgi kunda umuman ta’lim taraqqiyoti 2005-2004-yillarga mo‘ljallangan maxsus qaror asosida amalga oshirilmoqda.
Maorif sohasidagi islohotlar natijasida o‘rta maxsus bilim yurtlari tubdan qayta qurildi. Endilikda 9-sinflarni bitirganlar uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining eshigi keng ochildi. 2003 yilning avgustida mamlakatda 6865 bolalar bog‘chalari mavjud bo‘lib, ularda 642000 bola tarbiya olmoqda. 64000 pedagoglar tarbiya ishlarini olib bormoqda. 9702 umumta’lim maktablarida 6 mln.272000 o‘quvchi ta’lim tarbiya olmoqda. 500 ming dan ortiq pedagog o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni vaqtda 51 akademik litseylarda 30620 o‘quvchi o‘qimoqda, 419 kasb-hunar kollejlarida esa 285.685 yigit-qizlar hunar o‘rganmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2004-2009 yillarga mo‘ljallangan umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirgan o‘quvchilar hammasi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘qishlari zarur. Oliy ta’lim tizimi keng rivojlanmoqda. 1991 yili O‘zbekistonda 52 oliygoh bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 63 taga yetdi, bulardan 19 tasi universitetlardir.
Madaniyat va san`atning rivojlanishi. Mustaqillik yillarida badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an’analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi. Badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqidalar hukmronligi illatlaridan ozod bo’ldi. Badiiy adabiyotda mustaqillikni asrab-avaylash, ozod va obod Vatan qurish, barkamol insonni tarbiyalash, milliy o’zlikni anglash kabi masalalar bosh mavzu bo’lib qoldi. Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Primqul Qodirov, Xurshid Davron kabi ijodkorlarning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug’ bobokalonlarimiz Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Z.M.Bobur va boshqalarning siymolari umuminsoniy va milliy qadriyatlarga mos tarzda yangicha talqinda yoritildi. Xalqaro Sholoxov mukofoti laureate To’lepbergen Qayipbergenovning «U dunyoga, bobomga xat» asari, Shukrulloning «Kafansiz ko’milganlar» romanida, Nazar Eshonqulovning «Qora kitob» povestida, O’tkir Hoshimovning «Tushda kechgan umrlar», Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» singari asarlarda mustabid sovet davrida xalq boshiga solingan behad kulfatlar, g’am-alamlar haqqoniy tasvirlangan. Tohir Malikning «Shaytanat» (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning «Tutqin odamlar» asarlarida insonni iymon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafrat tuyg’ulari tarannum etiladi. Omon Muxtorning «To’rt tomon qibla» nomli trilogiyasi, Barat Boyqobulovning «O’zbeknoma» tarixiy-falsafiy dostoni, Abduqhhor Ibrohimovning «Biz kim, o’zbeklar» badiiy-tarixiy asari, Azim Suyunning «Oq va qora», A.Qutbiddinning «Izohsiz lug’at» she’riy asarlari zamonaviy o’zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O’zbek xalqi me’morchiligi mohiyat e’tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san’atidir. Mustaqillik yillarida me’morchilik san’ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me’morchilikda ikki asosiy tamoyil ko’zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me’moriyatning an’anaviy qonun-qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Senat, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o’z aksini topgandir.
Me’morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O’zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o’rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me’morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo’lmoqda. Bunday binolar jumlasiga «Meridian»,«Afrosiyob» (Samarqand), «Buxoro» «Interkontinental», «Sheraton» mehmonxonalari, «O’zekspomarkaz», Milliy bank, Markaziy bank, «Toshkentplaza» savdo markazi, Respublika birja markazi, banklararo moliyaviy xizmatlar Markazi, O’zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko’rkiga ko’rk qo’shib turgan «Oloy», «Chorsu», «Otchopar», «Yunusobod», «Mirobod», «Parkent», «Qo’yliq» va boshqa bozor binolari, shuningdek, «Yunusobod» tennis markazi, «Jar» sport markazi singari zamonaviy inshootlar barpo etildi. O’zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borildi. Bunga Toshkent, Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o’nlab binolar, obidalar misol bo’la oladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga tadbiq etish jarayonida yuzlab akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun mahobatli binolar bunyod etildi. Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san’ati jadal o’sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda Amir Temur haykallari, Farg’ona va Quvada al-Farg’oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirboshiev ijodiga mansub «Z.M.Bobur» (1993, Andijon), «Abdulla Qodiriy» (1994, Toshkent), «Cho’lpon» (1997, Andijon), «Ona» (1999, Jizzax shahri) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda «Alpomish» haykali va majmuakompozitsiyasi (A.Rahmatullaev va boshqalar) bunyod etildi. O’zbekistonda qadimdan amaliy san’at o’ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog’och o’ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo’zlik, gilamdo’zlik, bezakchilik kabi amaliy san’at turlari tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san’ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san’at, rassomchilik san’atining rivojida 1997 yilda tashkil etilgan O’zbekiston Badiiy akademiyasi va «Tasviriy oyina» respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o’ynadi. O’zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Bahodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g’urur, Vatanga sadoqat tuyg’ularini uyg’otuvchi qator san’at asarlari yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur Mirzo portretlari shular jumlasidandir. Tasviriy va miniature san’ati yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. Shahar ko’chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o’rnatildi, binolarning devorlari odamlarga huzur-halovat, zavq bag’ishlaydigan naqshlar bilan bezatildi.
Kino san’ati. Mustaqillik yillarida kino san’ati rivoj topdi. 1996 yilda «O’zbekfilm» tasarrufida 8 ta kinostudiya, 30ga yaqin mustaqil ijodiy studiyalar faoliyat yuritdi. 1996 yilda tashkil etilgan «O’zbekkino» davlat aktsionerlik kompaniyasi, uning davlat tomonidan moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlanishi kino san’atining rivojida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1991-2002 yillarda 60 ga yaqin badiiy filmlar yaratildi. «Temir xotin», «Dallol», «Sharif va Ma’rif», «Tilla bola», «Buyuk Amir Temur», «Yulduzingni ber, osmon», «Kenja singil» va boshqa filmlarda milliylik va zamonaviylik uyg’unligi yaqqol namoyon bo’ldi. 1997 yil 22-29 may kunlari XII Xalqaro Toshkent kinofestivali bo’lib o’tdi. Unda 32 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotdan vakillar, kino san’ati ustalari qatnashdi. «Buyuk Amir Temur» filmi ijodkori R.Ibrohimovga festival bosh sovrini –«Neksiya» avtomobili berildi. Mustaqillik yillarida o’nlab hujjatli filmlar yaratildi. «O’zbekiston bahorlari», «Ulkan odim», «Ular Germaniyada o’qigan edilar», «O’zbekiston qahramonlari», «Umid qaldirg’ochi», «Istiqlol fidoyilari» va boshqalar shular jumlasidandir.
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar jarayonida teatr san’ati ham rivojlandi. 1993 yilda foydalanishga topshirilgan «Turkiston» saroyi Vatanimiz va xorijlik teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatayotgan yoshlar teatri, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi. Respublika Prezidentining 1995 yil 20 oktyabrdagi «O’zbekistonda teatr va musiqa san’atini yanada rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi, 1998 yil 26 martdagi «O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida»gi farmonlari asosida teatrlar davlat byudjeti hisobiga qo’llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998 yilda «O’zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma’naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg’otuvchi spektakllar yaratishda, iste’dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko’maklashdi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995 yilda bepul ajratilgan 47 mln. ien (1500 ming AQSh dollari) qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 41 ta professional teatr faoliyat ko’rsatmoqda. Har bir viloyatda qo’g’irchoq teatrlari bolalarga xizmat qilyapdi. 2001 yilda respublika teatr san’atida muhim tarixiy voqea sodir bo’ldi. Hamza nomidagi O’zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi. Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e’tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari «Sohibqiron», Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri «Jaloliddin Manguberdi», Abror Hidoyatov nomli o’zbek davlat teatri «Buyuk ipak yo’li» kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo’ydilar. 1997 yil oktyabrda Toshkentda bo’lib o’tgan «Teatr: Sharq-G’arb» xalqaro festivalda Yaponiya, Hindiston, Gonkong, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san’atkorlarining chiqishlari bo’ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag’ishlangan festivalda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O’zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSh, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar. Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san’ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma’naviyatini boyitish, ular ongiga Milliy istiqlol g’oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg’ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbek sirki. 1992 yilda «O’zbekdavlattsirk» respublika birlashmasining tashkil etilishi tsirk san’atining rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Toshkent tsirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga O’zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiev nomi berildi. An’anaviy tsirk san’atining unitilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996 yilda estrada-tsirk kolleji ochildi. O’zbekiston tsirkchilarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo’lgan respublikamiz tsirk ustalari o’zbek milliy tsirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Toshkenboev rahbarligidagi «O’zbekiston dorbozlari» guruhi 1996 yildan boshlab Yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo’lib, 2000 dan ziyod tomosha ko’rsatdilar. 15 yoshli Karima Zaripova 1997 yil yanvarda Parijdagi Buglion tsirkida bo’lgan yosh tsirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib, «Plastik etyud» (besuyak uyini) janrida festivalning eng oliy mukofoti – oltin medalni qo’lga kiritdi. 1998 yilda Toshkent tsirkida iste’dodli yoshlarga ko’maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. O’zbek tsirkchilari 1999 yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida, 1999 yilda Saratov shahrida bo’lib o’tgan Butunrossiya tsirk festivalida, 2000 yilda Xitoyning Uxan shahrida bo’lib o’tgan xalqaro tsirk festivalida, 2001 yil yanvarda Belgiyaning Lej shahrida bo’lib o’tgan Yevropa tsirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o’rinlarni egalladilar. Tsirkchilarimizning sa’y-harakatlari natijasida O’zbek tsirkiga xos turli nomer va attraktsionlar xalqaro tsirk dasturlaridan o’rin egalladi.
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo’shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992 yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika Markazi», uning viloyatlardagi bo’limlari musiqa va qo’shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko’rik tanlovlar, festivallar tashkil etdilar. 1992 yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo’qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko’rik-tanlovlari o’tkazildi. 1994 yil may oyida Parijda bo’lib o’tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo’lchieva va Shavkat Mirzaevlar ishtirok etib, o’zbek milliy qo’shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.
1996 yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy kontsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O’zbeknavo» gastrol-kontsert birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo’shiqchilarni izlab topish va ko’riktanlovlarga jalb etish, musiqa va qo’shiqchilik san’ati bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 1996 yil 27 avgustdagi ««O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiqlar bayrami to’g’risida»gi farmoni qo’shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 1996 yilda o’tkazilgan barcha viloyat, shahar va tumanlarida «O’zbekiston - Vatanim manim» qo’shiq tanlovida 54 mingdan ziyod qo’shiqchilar qatnashdi. Bunday ko’rik tanlov har yili avgust oyida o’tkaziladigan bo’ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni «O’zbekiston – Vatanim manim» qo’shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yuzlab yangi qo’shiqlar yaratildi. «O’zbekiston – Vatanim manim», «Men seni sevaman, O’zbekiston», «Vatan yagonadir», «Mustaqillik gullari», «Ona yurtim», «O’zbekiston askarlari» qo’shiqlari shular jumlasidandir. 1997 yil 11 martda qabul qilingan Respublika hukumatining ««Sharq taronalari» Xalqaro musiqa festivalini o’tkazish to’g’risida»gi qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ’ib qilish, rivojlantirishda dasturamal bo’lib xizmat qildi. 1997 yil 25 avgust - 2 sentyabr kunlari Samarqandda bo’lib o’tgan «Sharq taronalari» birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdi, festivalda yangragan o’zbek ohanglari, kuy-qo’shiqlari jahon uzra taraldi. Har ikki yilda Samarqandda «Sharq taronalari» Xalqaro festivalini o’tkazish an’ana tusini oldi. O’zbekistonda musiqa va qo’shiqchilik san’atini rivojiga har yili 31 avgust va 21 mart kunlari o’tkazilayotgan Mustaqillik va Navro’z kunlariga bag’ishlangan bayram tantanalari ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O’zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliymadaniy markazlar o’z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasmrusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug’ullanib kelmoqdalar. Milliy-madaniy markazlar qoshida milliy musiqa,
raqs, hunar va boshqa yo’nalishlardagi to’garaklar tashkil etilgan. 1992 yilda turli milliy madaniy markazlarga ko’maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va e’latlarni jipslashtirish asosiy o’rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag’ishlangan yig’ilishlar, ko’rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliymadaniy markazlar o’z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo’shmoqdalar.
Muzey. Jamiyat madaniy-ma’rifiy hayotida, aholida tarixiy xotirani tiklash va mustahkamlashda muzeylarning ahamiyati katta. Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. Namanganda ulug’ o’zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o’g’lining uy-muzeyi, Toshkentda o’zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, o’zbek raqqosasi Mukarrama Turg’unboeva muzeyi singari uy muzeylari tashkil etildi. Shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko’plab muzeylar ochildi. 1996 yil 1 sentyabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo’lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi faoliyat ko’rsata boshladi. Bu muzey o’zbekistonlik sportchilarning xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatlarini namoyish etadigan, mamlakatimizda sport harakatini rivojlantirish markazi bo’lib qoldi.
1996 yil 18 oktyabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o’sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo’lyozmalari, Ulug’bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi.
2002 yilda Termizda Arxeologiya muzeyi bunyod etildi. O’zbekiston Prezidentining 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risida»gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan Respublika hukumatining 1998 yil 5 dekabrda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini qo’llab-quvvatlash masalalari to’g’risida»gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, «Oltin meros» jamg’armasi, Badiiy Akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat byudjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo’llabquvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko’rsatish, moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash maqsadida 1998 yilda «O’zbekmuzey» Respublika jamg’armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko’maklashuvchi «Moziydan sado» jurnali ta’sis etildi va u 1999 yildan boshlab o’zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi.
O’zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv.m.ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar-eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo’riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. O’zbekiston muzeylari aholi orasida o’lkamiz tarixi, xalq amaliy san’ati asarlaridan iborat etnografik ko’rgazmalarni namoyish etib, jamiyatimiz ma’naviy kamoloti yo’lida xizmat qilmoqda. Minglab xorijiy sayyohlar respublikamiz muzey-qo’riqxonalariga tashrif buyurib, ajdodlarimizdan qolgan tarixiy yodgorliklar, obidalar, monumental san’at asarlari oldida ta’zim etmoqdalar. Fransiya, Turkiya, Eron, Pokiston, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda O’zbekiston muzeylarining eksponatlari namoyish etildi.
Sport ravnaqi. O‘zbekiston hukumati yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan keng shug‘ullanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib qo‘ydi. Hozirgi kunda Respublikada jismoniy tarbiyaning 15085 boshlang‘ich tashkiloti shug‘ullangan bo‘lib ulardan 9501 maktablarda, 710 tasi litsey va kollejlarda 63 tasi oliygohlarda tashkil etilgan.
Respublikada sport inshootlarini qurishga ulkan e’tibor qaratilgan. Jumladan, hozirgi kunga kelib 500dan ortiq sport klublari, 536 sport maskanlari, 5 ta olimpiya klublari, 8ta Respublika oliy sport maktablari va jismoniy tarbiya instituti ishlab turibdi. Sport bilan shug‘ullanuvchilarga 233 stadion, 135 suzish havzasi, 32.865 sport maydonchalari xizmat ko‘rsatmoqda. 4841 futbol maydoni, 168 tennis, voleybol, basketbol maydonlari mavjuddir.
Mamlakatda sport va jismoniy tarbiya sohasida erishilgan yutuqlarni yanada rivojlantirish yuzasidan Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan 1999-yil 27-maydagi 271-sonli qarori va shu qaror asosida qabul qilingan Davlat Dasturi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Dasturga ko‘ra ayniqsa qishloq yoshlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport shaxobchalarini kengaytirib, ularning moddiy texnika bazalarini kuchaytirish tadbirlari belgilandi. Bunga javoban o‘tgan bir yildan ko‘proq vaqt ichida qishloq tumanlarida 184 sport-sog‘lomlashtirish klublari tashkil qilindi.
2000-yil O‘zbekiston Respublikasi sporti tarixida, umuman olganda, muvaffaqiyatli yil bo‘ldi. Saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan 77 sportchimiz 13 sport turi bo‘yicha Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan XXVII Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga muyassar bo‘ldilar. Olimpiadachilarimiz 1 oltin, 1 kumush va 2 bronza medallarini qo‘lga kiritib, 200 mamlakat o‘rtasida 41-o‘rinni egalladilar. Respublika kurashchilari, bokschilari, tennischilari, dzyudochi va karatechilari mustaqil O‘zbekistonimizni butun jahonga tanitmoqda.
Mustaqillik yillarida eng tez rivojlanib borayotgan sport turlaridan biri shaxmatdir. Sobiq Sovetlar davrida shaxmat bo‘yicha bitta grossmeyster tayyorlangan bo‘lsa, endilikda ularning soni 11 nafar bo‘ldi. Turkiyada bo‘lib o‘tgan jahon shaxmat olimpiadasida hamyurtlarimiz 120 dan ortiq mamlakatlar ichida farqli 11 o‘rinni egalladilar. Respublika chempioni Rustam Qosimjonov o‘z taxtasida bronza medaliga ega bo‘ldi. 2004 yili dunyoning eng kuchli shaxmatchilari ishtirokida o‘tgan jahon chempionatida R.Qosimjonov jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi.
Jamiyat taraqqiyotida ro‘y berayotgan o‘zgarishlarni tushunish, hur fikrlilikka intilish kishilarni istiqlol yo‘lidan olib boruvchi g‘oyaviy qarashlar hozirgi kunning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Jamiyatimizda siyosiy mustaqillikka erishib iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy ishlar amalga oshirilayotgan bir vaqtda milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi yurtboshimiz aytganidek, «suv bilan havodek zarurdir». Busiz, ya’ni fikrlash, e’tiqod o‘zgarmasdan bozor munosabatlariga o‘tish davrida ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy barqarorlikka erishish murakkab vazifadir. I.A.Karimov milliy mustaqillik g‘oyasining zarurligi to‘g‘risida gapirar ekan “O‘zining kelajagini qurmoqchi bo‘lgan har qanday davlat yoxud jamiyat, albatta o‘z milliy g‘oyasiga suyanishi va tayanishi kerak”, - deb ta’kidlaydi va milliy istiqlol mafkurasining vazifasini ko‘rsatib uning: “...asl ma’nosi eskicha aqidalardan xoli bo‘lgan, mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalashdan iborat”,-deydi. Mustaqillik g‘oyasi va mafkurasining xalqimizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi, uni birlashtiruvchi, buyuk maqsadlar uchun butun kuchlarimizni uyg‘unlashtiruvchi ahamiyatini nazarda tutib Prezident I.A. Karimov mustaqillikning dastlabki davrida, 1993-yil 6-may O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining II chaqiriq, XII sessiyasida “Oldimizda turgan eng muhim masala, bu-milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tadbiq etishdir”,- degan edi. Kishilarimizni qaysi toifa va guruhda bo‘lishidan qat’iy nazar ma’naviy inqirozdan chiqaradigan yagona milliy g‘oya atrofida birlashtiradigan birdan-bir qudratli kuch ana shu milliy mustaqillik mafkurasidir.
O’zbekistonning BMTga a’zo bo’lishi
O’zbekiston Respublikasi o’zining xohish irodasi va taklifiga ko’ra 1992 yil 2 martda jahondagi eng nufuzli xalqaro tashkilot - Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilindi. Mamlakatimiz jahon hamjamiyatining to’la teng huquqli a’zosi bo’ldi.
Mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning BMT Bosh Assambleyasining 1993
yilda bo’lgan 48-sessiyasida ishtirok etishi va unda 27 sentyabrda qilgan ma’ruzasi
O’zbekistonni jahonga qo’hna va yosh navqiron davlat sifatida namoyon etdi.
O’zbekiston Respublikasi nomidan Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va hamkorlik masalalari bo’yicha BMT ning Toshkentda doimiy ishlovchi seminarini
chaqirish, narkobiznesga qarshi kurashni kuchaytirish, Orol muammosini hal etish va boshqa macalalap bo’yicha bir qator takliflar o’rtaga qo’yildi.
1993 yil 24 oktyabrda Toshkentda BMT ning vakolatxonasi ochildi va u ish
boshladi. O’zbekiston rahbariyati va BMT rahbarlarining sa’y-harakatlari natijasida O’zbekiston BMTning Xalqaro telekommunikatsiya uyushmasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Qochoqlar ishi bo’yicha oliy ko’mitasi, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti, Xalqaro atom energiyasi agentligi, Aholi joylashish jamg’armasi, Narkotik moddalarni nazorat qilish dasturi, Sanoat taraqiyoti tashkiloti, Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti singari ixtisoslashgan muassasalarga a’zo bo’ldi.
O’zbekistonning tashabbusi bilan va BMT rahnamoligida 1995 yil 15-16 sentyabr kunlari Markaziy Osiyoda xavfsizlik va hamkorlik masalalariga bag’ishlangan Toshkent kengash-seminari bo’lib o’tdi. Xalqaro kengashda ishtirok etgan 31 davlat va 6 xalqaro tashkilotdan kelgan muxtor vakillar mintaqa xavfsizligining, mojarolarning oldini olish, integratsiya jarayonlarini chuqurlashtarishning ishonchli tizimini barpo etish masalalari yuzasidan o’z fikrlarini, takliflarini aytdilar. Kengash yakunlari yuzasidan qabul qilingan Bayonot jahon xalqlarini, xususan Markaziy Osiyo xalqlarini, turli siyosiy kuchlarni mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashga, iqtisodiy va ekologik hamkorlik tizimlarini barpo etishga chaqirdi.
O’zbekistonning BMT bilan hamkorligining yorqin sahifalaridan yana biri
Markaziy Osiyo mintaqasini yadro kurolidan xoli zonaga aylantirish masalasida o’z ifodasini topdi. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasi minbaridan turib so’zlagan nutqida Markaziy Osiyoni yadro qurolidan xoli zonaga aylantirish g’oyasini ilgari surgan edi. O’zbekistonning bu tashabbusi xalqaro hamjamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
1997 yil 15-16 sentyabr kunlari Toshkentda "Markaziy Osiyo -yadro qurolidan xoli zona" mavzuida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Uning ishida 56 davlat va 16 xalqaro tashkilotdan vakillar ishtirok etdi. Ushbu masala yuzasidan Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklarining Bayonoti imzolandi. Markaziy Osiyo mintaqasining yadro qurolidan xoli zonaga aylanishi mazkur mintaqa xavfsizligini mustahkamlaydi.
2000 yil oktyabr oyida Toshkentda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, giyohvand moddalar tijorati, uyushgan jinoyatchilik va terrorizmga qarshi kurash mavzusida xalqaroo konferentsiya bo’lib o’tdi. O’zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001 yilda BMT Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi kurash bo’yicha maxsus qo’mitasi ta’sis etildi. 2002 yil 18-20 oktyabr kunlari BMT Bosh kotibi Kofe Annanning O’zbekistonga tashrifi mamlakatimizning xalqaro jamiyatdagi o’rni mustahkamlanib, obro`’-e’tibori ortib borayotganining dalilidir.
YUNESKO bilan hamkorlik. O’zbekistonning BMT homiyligidagi ta’lim, fan va madaniyat bilan shug’ullanuvchi xalqaro tashkilot – YUNESKO bilan aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda. 1993 yil 29 oktyabrda YUNESKO ning Parijdagi qarorgohida O’zbekistonni YUNESKO ga a’zolikka qabul qilish marosimi bo’ldi. O’sha kuni Ulug’bek tavalludining 600 yilligini nishonlash YUNESKO dasturiga kiritildi. 1994 yil oktyabrida Parijda Ulug’bek haftaligi tantana bilan o’tdi. Xiva va Buxoro YUNESKOning jahon madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi. Bu ro’yxatda 411 ta ob’ekt bor.
1994 yil dekabrda respublikamizda YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi milliy komissiyasi tashkil etildi, u idoralararo organ bo’lib, tarkibiga ta’lim, fan, madaniyat va axborot sohasidagi vazirliklar va idoralardan 49 kishi a’zo bo’ldi.
YUNESKO Markaziy Osiyo taraqqiyotini o’rganish, tiklash va ommalashtirishga katta ahamiyat bermoqda. "Ipak yo’li - muloqot yo’li" deb nomlangan yirik tadqiqotda Markaziy Osiyoga birinchi darajali ahamiyat berildi. 1995 yil iyul oyida YUNESKO qaroriga binoan Samarqandda Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti tashkil etildi.
YUNESKO Bosh direktori Federiko Mayorning O’zbekistondagi rasmiy tashrifi chog’ida 1995 yil iyul oyida mazkur institut ochildi. YUNESKO bobomiz Amir Temur tavalludining 660 yilligini xalqaro miqyosda nishonlashga qaror qildi va 1996 yil oktyabrda Parijda Amir Temurga bag’ishlangan bir haftalik xalqaro anjuman bo’lib o’tdi. Amir Temur tavallud topgan Shahrisabz shahri YUNESKOning madaniy qadriyatlar ro’yxatiga kiritildi.
1997 yilda jahon madaniyatning durdonalaridan hisoblangan Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik muborak sanalari Parijda keng nishonlandi, xalqaro anjuman va ko’rgazmalar o’tkazildi. Bu O’zbekiston bilan BMTning nufuzli xalqaro tashkiloti YUNESKO o’rtasidagi hamkorlikning yana bir yorqin ifodasi bo’ldi. 1997 yil 19-20 oktyabr kunlari Vatanimizda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi munosabati bilan bo’lib o’tgan ulkan tantanalarda BMT, YUNESKO va boshqa ko’plab xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning elchilari va vakillari, bir qator mehmonlar ishtirok etdilar.
O’zbekiston BMT doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar -Jahon sog’liqni saqlash
tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon intellektual mulk tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg’armasi (YUNISEF), Xalqaro pochta ittifoqi, Elektr aloqasi bo’yicha xalqaro ittifoq, Jahon meteorologiya tashkiloti, Xalqaro Olimpiada qo’mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoki va boshqa tashkilotlarning a’zosi, ular bilan hamkorlik qilmoqda. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga, uning jahon hamjamiyati bilan integratsiyalashuviga xalqaro moliyaviy, iqtisodiy tashkilotlar - Xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ham ko’maklashmoqdalar. Xalqaro savdo markazi (YuNKTAD), Tariflar va savdo Bosh bitimi (GATT) bilan hamkorlik qilinmoqda.
YXHT bilan hamkorlik. O’zbekiston 1992 yil fevral oyida dunyoda tinchlikni mustahkamlash, inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha katta tadbirlarni amalga oshirayotgan nufuzli xalqaro tashkilot -Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti - YXHT ga a’zo bo’lib kirdi. I.Karimovning 1992 yil 9-10 iyulda bo’lgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining majlisida ishtirok etishi, unda nutq so’zlashi va Kengashning 10 iyulda bo’lgan majlisiga raislik qilishi O’zbekistonning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallayotganligining dalilidir. I. Karimov o’z nutqida u yoki bu mintaqada tinchlik va barqarorlikni buzishi mumkin bo’lgan mojarolar yaqinlashuvining oldini olish, mojarolarga yo’l qo’ymaslik muammolari bilan shug’ullanuvchi mexanizmni vujudga keltirish, tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning ta’sirchanligini oshirish, hujjatlar mojarolarni oldini olish, yo’l qo’ymaslik ruhida bo’lishini ta’minlash takliflarini ilgari surdi. 1999 yil noyabr oyida bo’lgan YXHTning Istanbul sammiti Islom Karimovning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashuvchi xalqaro markaz tuzish haqidagi taklifi ham ma’qullandi. 1996 yil fevral oyida O’zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o’rtasida hamkorlik o’rnatish bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Shu yil iyul oyida Florentsiya shahrida Yevropa Itgifoqi bilan O’zbekiston o’rtasida sherikchilik va hamkorlik to’g’risida Bitim imzolandi. Bu hujjat O’zbekistonning Yevropa Ittifoqi va unga a’zo bo’lgan 15 ta mamlakat bilan o’zaro munosabatlarining huquqiy negizi bo’lib siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy aloqalar uchun keng imkoniyatlar ochdi. Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik O’zbekistonning xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlovchi muhim omillardan biri bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston mustaqil davlat sifatida sayyoramiz ozon qatlamini muhofaza qilish bo’yicha Vena Konvensiyasiga, ozon qatlamini kamaytiradigan moddalar xaqidagi Monreal Protokoliga, atrof-muhitga ta’sir etuvchi vositalarni harbiy yoki boshqa dushmanlik maqsadida qo’llashni taqiqlovchi Konventsiyaga, Yadro qurolini tarqatmaslik xaqidagi shartnomaga qo’shilgan.
Shunday qilib, O’zbekiston tarixan qisqa bir davrda jahon hamjamiyatiga qo’shildi,
xalqaro va mintaqaviy muammolarni hal qilishda, umumiy va mintaqaviy xavfsizlikni mustahkamlashda faol qatnashayotgan nufuzli davlat darajasiga ko’tarildi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti.
1996 yilda Shanxayda, 1997 yilda Moskvada bo’lib o’tgan Xitoy, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston davlat rahbarlarining sammitlarida harbiy sohada hamda chegara hududlarida o’zaro ishonchni mustahkamlash, qurolli kuchlarni qisqartirish to’g’risida shartnomalar imzolangan edi.
Shu tariqa, «Shanxay forumi» yoki «Shanxay beshligi» tashkiloti tuzilgan edi.
2001 yil 14-15 iyun kunlari Xitoyda navbatdagi Shanxay sammiti bo’lib o’tdi. Uning ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi va O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga to’la huquqli a’zo bo’lishi to’g’risida bayonot imzolandi. O’zbekistonning «Shanxay forumi»ga kirishi munosabati bilan uning nomi Shanxay hamkorlik tashkiloti – ShHT, deb o’zgartirildi. O’zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.
2001 yil iyunda bo’lgan sammit yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to’g’risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi Shanxay konventsiyasi imzolandi.
2002 yil 6-7 iyun kunlari ShHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-
Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati - ShHT Xartiyasi, ShHTga a’zo davlatlar o’rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo’lib o’tgan sammitda ShHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo’mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda ShHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha muzokaralar bo’ldi. Sammitda 2004 yil mart oyida O’zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O’zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo’lganligi, terrorchilarning bazalarini yo’qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
Shu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo’mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan.
ShHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda ShHT ga a’zo mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo’nalishlarini rag’batlantirishga kelishib olindi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish;
suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to’siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Tszintao Xitoy hukumati ShHT doirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSh dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, ShHT ning vakolatlari va immunitetlari to’g’risidagi konventsiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to’g’risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o’nta hujjat imzolandi.
GUUAM tashkiloti 1996 yilda Venada Gruziya, Ukraina, Ozarbayjon va Moldova
davlatlari rahbarlari uchrashib, ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik aloqalarini
kengaytirish maqsadida o’ziga xos tuzilmaga asos solgan edi. 1999 yil aprel oyida
O’zbekiston ham unga qo’shildi va bu tashkilot uyushgan davlatlarning nomidan olingan bosh harflar asosida GUUAM deb yuritiladi.
GUUAM mamlakatlari 1993 yilda Bryuselda asos solingan Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagini barpo etishni ko’zda tutuvchi TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalasida hamkorlik qilmoqda. TRASEKA dasturining amalga oshishi xalqaro yuk tashishning global tizimini shakllantirish, Sharq va G’arb mamlakatlarini bog’lovchi Buyuk ipak yo’lini tiklash, mamlakatlar o’rtasida o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
III
O’zbekistonning Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari bilan ko’p tomonlama va ikki tomonlama aloqalari.MDHning tashkil topishi.
1991 yil 8 dekabrda Minskda uch slavyan respublikasi - Rossiya, Ukraina, Belorus rahbarlari-B.Eltsin, L.Kravchuk S.Shushkevichlarning uchrashuvi bo’ldi. O’sha kuni Belovejskoe Pushcheda uch davlat boshliqlari Mustaqil Davlatlar hamdo’stligi (MDH)ni tuzish to’g’risida Shartnoma imzoladilar. Shartnomada yagona iqtisodiy makon, yagona valyuta va moliya-bank sistemasi bo’ladi, fan, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik qilinadi, tashqi siyosat, armiya sohasidagi siyosat kelishilgan holda yuritiladi, deb belgilangan edi. Hujjatda SSSRning mavjudligi va SSSR Konstitutsiyasi to’xtatiladi, deb e’lon qilindi. Ukraina, Belorussiya, Rossiya parlamentlari MDHni tuzish haqidagi shartnomani ratifikatsiya qildilar va 1922 yil 30 dekabrdagi SSSRni tuzish to’g’risidagi shartnomani bekor etdilar. Qozog’iston, O’zbekiston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlari MDHga uni ta’sis etuvchilar rolida kirishga tayyor ekanligini bildirdilar.
1991 yil 21 dekabrda Rossiya (B.Yelsin), Ukraina (L.Kravchuk), Belorus (S.Shushkevich), Qozog’iston (N.Nazarboev), O’zbekiston (I.Karimov), Qirg’iziston (A.Akaev), Tojikiston (R.Nabiev), Turkmaniston (S.Niyazov), Ozarbayjon (A.Mutalibov), Armaniston (Ter-Petrosyan), Moldaviya (M.Snegur) davlat boshliqlarining kengashi bo’ldi. O’sha kuni 11 davlat boshliqlari Belovejskoe Pushche shartnomasi yuzasidan protokolni imzolab, "Teng huquqli va ahdlashayotgan oliy tomonlar" maqomida MDH muassisi bo’ldilar.
Kengashda Almati Deklaratsiyasi qabul qilindi. Deklaratsiyada quyidagilar
haqida bayonot berildi:
• hamdo’stlik qatnashchilarining o’zaro aloqalari ular o’rtasidagi tenglik asosida
tuziladigan bitimlar hamda bitimlarda belgilangan tartiblar doirasida faoliyat
yuritadigan muvofiqlashtiruvchi muassasalar orqali amalga oshiriladi;
• MDH davlat ham emas, davlatlar ustidagi tuzilma ham emas;
• xalqaro strategik barqarorlikni va havfsizlikni ta’minlash maqsadida harbiystrategik
kuchlarning birlashgan qo’mondonligi va yadro quroli ustidan yagona
nazorat saqlab qolinadi;
• MDH ochiqdir, uning barcha a’zolari roziligi bilan sobiq SSSR ning a’zolari va
boshqa davlatlar ham unga qo’shilishi mumkin;
• umumiy iqtisodiy makonni, umumiy bozorni vujudga keltirishda va
rivojlantirishda hamkorlik qilishga sodiqlik tasdiqlanadi;
• MDHning tuzilishi bilan SSSRning mavjudligi to’xtatiladi;
• Hamdo’stlik qatnashchilari o’z Konstitutsiyalaridagi tartib, qoidalarga binoan sobiq
SSSR ning shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqadigan halqaro majburiyatlarini
bajarilishiga kafolat beradilar;
• MDH qatnashchilari mazkur Deklaratsiya qoidalariga og’ishmay rioya etish
majburiyatini oladilar.
MDH kengashlarini tayyorlash bo’yicha ishchi guruhini tuzish to’g’risida protokol
imzolandi. Shu tariqa, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi tashkil topdi.
1993 yil yanvarda Minskda MDH Davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi
bo’ldi. Unda MDHning Nizomi imzolandi va MDHning huquqiy rasmiylashtirish
jarayoni yakunlandi.
1991-1999 yillarda MDH davlat boshliqlarining 25 ga yaqin kengashi bo’lib, ularda hammasi bo’lib iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy-siyosiy, tashkiliy va umumiy sohalarga oid 1300 ga yaqin masalalar muhokama etilib, tegishli hujjatlar imzolandi.
Hamdo’stlik mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy aloqalari katta mashaqqatlar va sekinlik bilan mustahkamlanib bordi. Qabul qilingan hujjatlarning aksariyati qog’ozda qolib ketdi. Bunga sabab tomonlarning muammolarni echishni istamayotganida emas, aksincha, o’zaro hamkorlik teng huquqli asosda, har bir mamlakatning milliy manfaatlarini hisobga olgan holda yuritilishiga intilayotganligi bilan bog’liq edi. O’tgan yillar davomida erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirishning samarali mexanizmi yaratilmadi, o’zaro hisob-kitoblar muvofiqlashtirilmadi.
2000 yil 24-25 yanvar kunlari Moskvada MDH mamlakatlari rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda Rossiya davlat boshlig’i V.Putin Hamdo’stlik Davlatlari boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Ukraina Bosh vaziri V.Yushenko MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining raisi etib saylandi. Kengashda MDH a’zolari bo’lgan mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish, MDHni isloh qilish borasidagi masalalar muhokama qilindi. Bu kengash MDHning kelajagiga katta ishonch uyg’otdi. Bu ishonch Rossiya Prezidenti V.Putinning MDH doirasidagi sheriklar bilan yaqinlashishga qaratilgan harakatlarida o’z ifodasini topmoqda. 2000 yil 21 iyunda Moskvada bo’lib o’tgan MDH davlat boshliqlarining sammitida MDH doirasida erkin savdo zonasi barpo etish borasidagi ishlarni, integratsiya jarayonlarini faollashtirishga qaratilgan 2005 yilgacha bo’lgan muddatda Hamdo’stlikni rivojlantirish dasturi muhokama qilindi va tegishli hujjat imzolandi. 2003 yilgacha jinoyatchilik, terrorchilik va ekstremizmning turli ko’rinishlariga qarshi birgalikda choralar ko’rish to’g’risida, MDHning terrorchilikka qarshi kurash markazini tuzish haqida qarorlar qabul qildilar.
Terrorchilikka qarshi kurash markazi rahbari etib Rossiya Federal xavfsizlik
xizmati, Konstitutsiyaviy tuzimni himoya qilish va terrorchilikka qarshi kurash
departamenti boshlig’ining birinchi o’rinbosari Boris Milnikov tayinlandi.
2001 yil 29-30 noyabr kunlari Moskvada MDH tashkil etilgan kunning 10 yilligiga bag’ishlangan yubiley sammiti bo’lib o’tdi. Sammit qatnashchilari Afg’onistondagi voqealar to’g’risida bayonot qabul qildilar. Bayonotda aksilterror operatsiyasi ijobiy baholandi. Yubiley sammitida yana bir hujjat – MDH tuzilganining 10 yilligi munosabati bilan Bayonot imzolandi. Bayonotda 10 yil davomida rejalashtirilgan hamma tadbirlar ham amalga oshmagani ta’kidlandi. Hamdo’stlik barcha a’zo mamlakatlar xalqlari farovonligini oshirish yo’lida salohiyatga ega ekanligi, undan foydalanish zarurati e’tirof etildi.
MDHning 10 yillik tarixi guvohlik beradiki, Hamdo’stlikning tashkil etilishi
foydali bo’ldi. Hamdo’stlik 10 yil oldin qanday kerakli tashkilot bo’lgan bo’lsa,
bugungi kunda ham shunday keraklidir. Sobiq Ittifoq parchalangach, yuzaga kelgan mustaqil davlatlarning bir-biriga bog’langan iqtisodiyotini to’ldirib turish zarur edi. Hamdo’stlik mana shunday to’ldiruvchilik rolni o’ynadi, parchalanish jarayonida nizo-janjal chiqishiga yo’l qo’ymadi.
Hamdo’stlik hozirgi kunda ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. MDH yon-atrofdagi voqealarga munosabat bildirishda yakdillik ko’rsatish, xususan, terror, narkobiznes, uyushgan jinoyatchilik, ekstremizm kabi balolarga qarshi turishda hamjihatlikni mustahkamlash, bahamjihat harakat qilishda muhim o’ringa ega. Hamdo’stlikning yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, globalizatsiya jarayonlari jadallashib borayotgan hozirgi sharoitda dunyoda yuz berayotgan iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlarga tayyor turish, turli inqirozlarni engishda barcha a’zo davlatlar uchun kerakli va foydali tashkilotdir.
O’zbekiston Respublikasi tashqi siyosatida hamdo’stlik mamlakatlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga ko’yish va rivojlantirish alohida o’rin tutadi. Ikki tomonlama hamkorlik deganda ikki davlat o’rtasidagi, ya’ni O’zbekistonning boshqa bir mamlakat bilan davlatlararo aloqalarni yo’lga qo’yish va chuqurlashtirish jarayoni tushuniladi.
O’zbekistonning Rossiya bilan hamkorligi.
O’zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan davlatlararo munosabatlar o’rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat berib kelmoqda. 1992 yil 30 mayda I.Karimov
boshliq O’zbekiston delegatsiyasining Rossiyaga davlat tashrifi paytida O’zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnoma ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga huquqiy asos soldi. Ikki davlat o’rtasida diplomatik aloqalar o’rnatildi, elchixonalar ochildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti B.Yelsinning 1993 yil mart oyida O’zbekistonga tashrifi paytida ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yanada
mustahkamlash choralarini ko’rishga ahdlashildi. 1993 yil 19 martda O’zbekiston va RF o’rtasida madaniyat, fan va texnika, ta’lim sog’liqni saqlash, axborot, sport va turizm sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
V.Putinning Rossiya Prezidenti etib saylanishi Rossiya va O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko’tardi. V.Putin qisqa muddatda O’zbekistonga ikki marta-1999 yil 10-11 dekabrda va 2000 yil 18-19 may kunlarida davlat tashrifi bilan keldi. Tashrif davomida ikki mamlakat Prezidentlari va rasmiy delegatsiyalari o’rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik, xavfsizlik, jumladan, Afg’onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, xalqaro terrorchilikka qarshi birgalikda kurashish va boshqa masalalar muhokama etildi.
Dekabrdagi uchrashuvda «O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasida harbiy va harbiytexnikaviy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to’g’risida shartnoma» imzolangan bo’lsa, may oyidagi muzokaralar nihoyasida ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida «O’zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilmalari Rossiya Federatsiyasi sub’ektlari o’rtasida hamkorlikni kengaytirish to’g’risida bitim», «Xalqaro avtomobil qatnovi to’g’risida bitim» imzolandi.
Shu tariqa, O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalar yangicha mazmun kasb etmoqda. Ikki mamlakat o’rtasida turli maqsadlarga yo’naltirilgan 150 ta hujjatlar imzolangan.
O’zbekiston bilan Rossiya o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2000 yilda 1 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistonda 520 ta O’zbekiston-Rossiya qo’shma korxonasi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi firma va kompaniyalari ro’yxatga olingan. Rossiyada esa O’zbekiston sarmoyasi ishtirokida tuzilgan 250 ga yaqin qo’shma korxona mavjud. O’zbekiston Rossiyadan mashinalar va jihozlar, kimyo maxsulotlari va plastmassa, qora metall va boshqa tovarlar sotib olib, Rossiyaga turli mashina va jihozlar, paxta tolasi, xizmatlar, oziq-ovqat mollarini eksport qiladi.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimovning 2001 yil 3-5 may kunlari, 2004 yil aprel
oyida Rossiyaga tashrifi va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V.Putin 2004 yil iyun oyida O’zbekistonga tashrifi ikki mamlakat o’rtasidagi hamkorlikni yangi pog’onaga ko’tardi. 2004 yil 16 iyunda O’zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o’rtasida strategik sherikchilik to’g’risida bitim imzolandi. 15 moddadan iborat mazkur bitim o’zaro xavfsizlikni ta’minlash, global tahdidlarga qarshi harakat qilish, siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan strategik sherikchilikning mustahkam poydevori bo’lib xizmat qiladi. Uchrashuv davomida O’zbekiston Respublikasi bilan «Lukoyl» neft kompaniyasi OAJ hamda «O’zbek neft-gaz» milliy xolding kompaniyasi bilan «Gazprom» ochiq aktsiyadorlik jamiyati o’rtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu hujjat Rossiya tomonidan O’zbekiston yoqilg’i energetikasi sohasiga qariyb 1 mlrd. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishni nazarda tutadi. Ikki mamlakat o’rtasidagi savdo hajmi 2003 yilda 1 mlrd. 149 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
O’zbekiston Rossiya o’rtasidagi munosabatlar tom ma’nodagi teng huquqlilik, o’zaro manfaatdorlik, bir-birlarining suvereniteti, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini hurmat qilish tamoyillari asosida chuqurlashib bormoqda.
O’zbekiston va Ukraina aloqalari.
O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarga asos solishda I.Karimovning 1992 yil avgust oyida Kievga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Tashrif chog’ida, 25 avgust kuni O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov va Ukraina Prezidenti Leonid Kravchuk O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida diplomatik munosabatlar o’rnatish to’g’risida protokol va savdo iqtisodiy hamkorlik bitimi imzolandi. 1995 yil 20-21 iyun kunlari Ukraina Prezidenti Leonid Kuchma O’zbekistonda bo’ldi. Ikkala davlat Prezidentlari tomonidan O’zbekiston-Ukraina hamkorligini kengaytirish va chuqurlashtirish yo’llari to’g’risida Deklaratsiya, O’zbekiston bilan Ukraina o’rtasidagi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish to’g’risida shartnomani imzoladilar. Safar chog’ida O’zbekiston va Ukraina hukumatlari o’rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish to’g’risida bitim, ilmiy-texnikaviy hamkorlik haqida bitim, elchixonalar faoliyati haqida bitim imzolandi. Islom Karimovning 1999 yil oktyabrida Ukrainaga safari chog’ida O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1999-2008 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy hamkorlik to’g’risida bitim imzolangan. Muxtasar aytganda, O’zbekiston va Ukraina o’rtasida 1992-2002 yillarda neftni qayta ishlash, kommunikatsiya, fan-texnika, sanoat, savdo, axborot almashish, madaniyat va boshqa sohalarda hamkorlik bo’yicha 130 dan ortiq hujjatlar imzolandi. O’zaro savdo hajmi 1992 yildagi 20 mln. AQSh dollaridan 2003 yilda 280 mln. AQSh dollariga etdi.
O’zbekiston Ukrainaga aviatsiya, kimyo va engil sanoat mollari, paxta tolasi, rangli metallar, gaz eksport qilmoqda. Ukrainadan gaz va neft konlarini o’zlashtirishda zarur bo’lgan texnika uskunalari, qora metallurgiya, kimyo sanoati mollari, shakar, pista yog’i import qilinmoqda. O’zbekistonning Qora dengizdagi Ukraina bandargohlari orqali Yevropa mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalari yo’lga qo’yildi. O’zbekistonda Ukraina investitsiyalari ishtirokida barpo etilgan 20 ta qo’shma korxonasi ishlamoqda.
Jumladan, «ToshVALEO» qo’shma korxonasi bir kunda ming qutiga yaqin qandolat mahsulotlari tayyorlanmoqda. Shuningdek, ikki davlat o’rtasida ilm-fan, ta’lim, madaniyat sohasida hamkorlik qilinmoqda.
O’zbekistonning Belorus va Moldova bilan aloqalari. Belorus Respublikasi Oliy Kengashining raisi S.Shushkevichning 1991 yil 6 noyabrda O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida davlatlararo aloqalarga asos soldi. Tashrif paytida Toshkentda I.Karimov va S.Shushkevich O’zbekiston Respublikasi bilan Belorus Respublikasi o’rtasida davlatlararo munosabatlarning asoslari to’g’risida shartnoma imzoladilar. Shuningdek, ikki davlat hukumatlari o’rtasida 1992 yilda savdo-iqtisodiy hamkorlik printsiplari to’g’risida bitim imzolandi.
1994 yil 21-22 dekabr kunlari Belorus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko rasmiy tashrif bilan Toshkentda bo’ldi. Tashrif paytida davlatlararo, hukumatlararo hamda har ikki davlat muassasalari o’rtasida 18 ta hujjat imzolandi.
O’zbekiston bilan Belorus o’rtasida do’stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash haqidagi Deklaratsiyani, Madaniyat va san’at sohasida hamkorlik qilish to’g’risida shartnomani I.Karimov va A.Lukashenko imzoladilar. Hukumatlar o’rtasida daromad va mulklardan ikki tomonlama o’zaro soliq olmaslik, avtomobil, temir yo’l, xavo yo’li va pochta aloqasi bo’yicha hamkorlik haqidagi bitimlar imzolandi. Tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida maslahatlashuv haqida protokol hamda tarmoqlararo hujjatlar imzolandi.
1995 yil 30-31 mart kunlari O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Moldova
Respublikasida rasmiy safarda bo’ldi. I.Karimov va Moldova Prezidenti Mircha Snegur o’rtasidagi muzokaralar nihoyasida O’zbekiston Respublikasi va Moldova Respublikasi o’rtasida do’stona hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Hukumatlar o’rtasida erkin savdo munosabatlarini rivojlantirish, fan-texnika, madaniyat va san’at, pochta xizmati, aloqa, bank sohalarida hamkorlik, samolyotlar qatnovini yo’lga qo’yish, ikki tomonlama soliq, olmaslik to’g’risidagi o’ndan ziyod bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar izdan chiqqan aloqalarning tiklanishi uchun huquqiy zamin yaratdi.
O’zbekiston uchun ishlab chiqilayotgan shakar, dori-darmon, qishloqxo’jalik
texnikasi, elektro-texnika asbob-uskunalari, sug’orishda foydalaniladigan nasoslar kerak. Moldova sanoati uchun esa, O’zbekistonning paxtasi, kimyoviy tolasi, qattiq metallari kerak. Bu zaruriyat ikki mamlakat hamkorligining zaminidir.
O’zbekistonning Kavkaz orti mamlakatlari bilan aloqalari.
1995 yil 5 sentyabrda Gruziya davlat rahbari, respublika parlamenti raisi Eduard Shevernadze rasmiy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ldi. Bu tashrif O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasidagi qadimiy aloqalarni tiklashda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ikki tomonlama munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi va muzokaralar nihoyasida I.Karimov va E.Shevernadze tomonidan O’zbekiston va Gruziya o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzodandi. Ikki mamlakat o’rtasida sarmoyalarni o’zaro himoya qilish va rag’batlantirish, fan-texnika, bank, qishloq xo’jaligi, bojxona, xalqaro transport aloqalari, erkin savdo va ishlab chiqarish, maorif, madaniyat, sport, sog’liqni saqlash, sayyohlik, atrof muhit muhofazasi bo’yicha hamkorlik to’g’risida 20 dan ziyod hukumatlararo va muassasalararo hujjatlar imzolandi.
Mazkur bitimni ro’yobga chiqarishda O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 1996 yil may oyida Gruziya Respublikasiga rasmiy davlat tashrifi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Islom Karimovning Gruziyaga safari chog’ida E.A.Shevarnadze bilan halqaro Transkavkaz yo’li, uning Gruziyadan o’tadigan qismini barpo etish, Gruziyaning Poti bandargohi imkoniyatlaridan O’zbekiston yuklarini tashishda foydalanish masalalari bo’yicha ahdlashib olindi. I.Karimov va E.Shezarnadze O’zbekiston va Gruziya o’rtasida hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi Deklaratsiyani imzoladilar. Shuninglek O’zbekiston bilan Gruziya o’rtasida moliya-sanoat guruhini tuzish, huquq-tartibot, pochta aloqasi, savdo, soliq bojxona tizimi kabi 15 ga yaqin hukumatlararo bitimlar imzolandi.
O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi
va rivojlanib bormoqda. 1996 yil 27 may kuni Islom Karimov boshliq O’zbekiston davlat delegatsiyasi Ozarbayjonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Ikki qardosh mamlakat o’rtasida davlatlararo aloqalar yo’lga qo’yildi. Safar chog’ida O’zbekiston bilan Ozarbayjon o’rtasida savdo-iqtisodiy soliq, bojxona, havo yo’li, avtomobil va temir yo’li aloqalari, madaniy va boshqa sohalardagi aloqalarni rivojlantirish bo’yicha 20 ga yaqin hukumatlararo hujjatlar imzolandi. Ikki davlat rahbarlari halqaro Transkavkaz yo’lini barpo etish, uning Ozarbayjondan o’tadigan qismini shakllantarish, O’zbekiston yuklarini Ozarbayjon hududi orqali Yevropa tomon chiqarish, Ozarbayjon bandargohlarini ta’mirlash masalalari to’g’risida kelishib oldilar. Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuvlar yo’lga qo’yildi.
O’zbekistonning Boltiqbo’yi mamlakatlari bilan aloqalari. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1995 yil 6-8 iyun kunlari Davlat tashrifi bilan Latviya Respublikasida bo’lishi muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Mazkur tashrif chog’ida I.Karimov Latviya Respublikasi Prezidenta Guntis Ulmanis bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Latviya Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston va Latviya hukumati o’rtasida transport, havo aloqasi, sayyohlik hamda ilmiy-texnik sohalar bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
Latviya Prezidenti Guntis Ulmanisning 1996 yil 23 mayda O’zbekistonga qilgan davlat safari ikki mamlakat o’rtasida aloqalarni yanada chuqurlashtirdi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Latviya o’rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish to’g’risida deklaratsiya imzoladilar. Hukumatlararo fuqarolik, mehnat, huquq-tartibot, halqaro avtomobil qatnovi, temir yo’l transporti, madaniyat, bojxona ishida o’zaro hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Latviyadan elektr mashinalari, uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, shakar va qandolatchilik mahsulotlari, efir moyi, qora metall sotib oladi. Latviyaga esa rangli metallar, ipak, paxta va boshqa mahsulotlarni eksport qiladi. Toshkentda "Dzintars" Latviya aksionerlik jamiyatining O’zbekiston-Latviya qo’shma korxonasi qurilib, "Volida", "Saodat", "Istiqbol" singari atirlar ishlab chiqarmoqda va "Dzintars" firma do’koni orqali sotilmoqda. O’zbekiston va Latviya tashqi ishlar vazirliklari o’rtasida o’zaro maslahatlashuv to’g’risida Protokol imzolandi. Ikki davlat o’rtasidagi savdo-sotiq o’sib bormoqda. 1994 yil o’zaro tovar ayirboshlash 121,8 million so’mni tashkil etdi. I.Karimovning 1995 yil iyun oyida Litvaga tashrifi chog’ida Prezident A.Brazauskas bilan O’zbekiston Respublikasi bilan Litva Respublikasi o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivoj-lantirish va chuqurlashtirish to’g’risidagi qo’shma Deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek O’zbekistan hukumati bilan Litva hukumati o’rtasida ta’lim, fan va texnika, sayyohlik, madaniyat va san’at, savdo-iqtisodiy, havo yo’li va havo transporti sohalarida hamda bojxona qonunini buzish hollariga qarshi kurash borasida hamkorlik qilish to’g’risida bitimlar imzolandi.
O’zbekiston Litvadan elektr uskunalar va ularning ehtiyot qismlari, sut va sut mahsulotlari, mebel sanoati mahsulotlarini sotib olib, Litvaga paxta, neft, rangli metallar eksport qiladi. 1994 yilda o’zaro tovar ayirboshlash hajmi 248,6 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2001 yilda bu ko’rsatkich uch barobarga ko’paydi. O’zbekiston Litvaning transport-xo’jalik kommunikatsiyasi, dengiz yo’li, ayniqsa, Klayped bandargohi orqali o’z mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarmoqda.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2002 yil 23-25 sentyabr kunlari Litva Respublikasiga tashrif buyurishi ikki davlat o’rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko’tardi. O’zbekiston bilan Litva o’rtasida Davlatlararo munosabatlarning asoslari, do’stlik va hamkorlik to’g’risida shartnoma, ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari, bojxona xizmatlari hamda milliy universitetlari o’rtasida hamkorlik to’g’risida bitimlar imzolandi. O’zbekiston-Litva hukumatlararo savdo-iqtisodiy hamkorlik bo’yicha komissiya tuzildi va u faoliyat ko’rsatmoqda.
Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida hamkorlik aloqalari
O’zbekiston tashqi siyosatning ta’sirli yo’nalishlaridan biri Markaziy Osiyodagi yangi mustaqil davlatlar - Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston, Turkmaniston bilan hamkorlik, do’stlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan. Mintaqadagi beshta davlat o’rtasida o’xshash jihatlar ko’p. Tariximiz, madaniyatimiz, tilimiz, dilimizning birligi, tomirlarimizning tutashib ketganligi bu mamlakat xalqlarini bir-biriga yanada yaqinlashtirishning zaminidir. Markaziy Osiyo davlatlari Prezidentlarining navbatdagi uchrashuvi 1991 yil 13-15 avgust kunlarida Toshkent shahrida bo’ldi. Unda uchrashuv yakunlari xususida Axborot hamda O’rta Osiyo va Qozog’iston respublikalararo Maslahat kengashini tuzish to’g’risida bitim imzolandi. Maslahat kengashining vazifasi beshta mamlakat o’rtasida iqtisodiy hamkorlik qilish uchun shart-sharoit yaratishdan, bozor munosabatlariga o’tishda mintaqa manfaatlarini himoya qiluvchi kelishilgan siyosat yuritishdan, iqtisodiyotning umumiy muammolarini hal etishga yagona yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat deb belgilandi.
Orol muammolarini hal qilish tomon tutilgan yo’l. Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati.1993 yil 4 yanvarda I.Karimov tashabbusi bilan Toshkentda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston Prezidentlarining yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda Markaziy Osiyo atamasi tilga olindi va bundan keyin Markaziy Osiyo deganda O’rta Osiyo respublikalari va Qozog’iston tushuniladigan bo’ldi. Uchrashuv qatnashchilari mintaqa davlatlaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvolni muhokama qildilar. Mintaqa mamlakatlari o’rtasidagi ikki tomonlama va ko’p tomonlama shartnomalar, savdo-iqtisodiy bitimlar qanday bajarilayotganligi tahlil etildi.
Orolni saqlab qolish xalqaro jamg’armasini tuzish to’g’risida qaror qabul qilindi. Jamg’arma majlislarini Qizil O’rda, Nukus va Toshxovuzda o’tkazish zarur deb topildi. Besh davlat boshliqlari hamkorlik haqidagi bitimni imzoladilar.
1993 yil mart oyida Qizil O’rdada Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining Rossiya davlat delegatsiyasi ishtirokida anjumani bo’lib o’tdi. Anjumanda Orol dengizi va Orolbo’yi muammolarini hal etish, Orol mintaqasi ekologiyasini sog’lomlashtirish va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash sohasida birgalikda qilinadigan harakatlar to’g’risida bitim imzolandi. Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash tuzildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi ta’sis etildi.
1993 yil avgustda Nukusda Orol dengizi havzasi muammolari bilan shug’ullanuvchi Davlatlararo kengash va Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasining qo’shma majlisi bo’ldi. 1994 yil 11 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyo mamlakatlari boshliqlarining Rossiya Federatsiyasi davlat delegatsiyasi (Yuriy Yakovlev, RF Bosh .vaziri o’rinbosari) ishtirokida konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiyada Orol dengizi havzasidagi hozirgi ahvol bilan bog’liq ko’pgina masalalar, Orolni qutqarish xalqaro jamg’armasi mablag’lari qanday to’planayotgani muhokama qilindi, faoliyati ma’qullandi. Ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan yaqin 3-5 yil ichida bajarilishi lozim bo’lgan muayyan vazifalar belgilandi. Orol dengizini qutqarish bo’yicha Davlatlararo kengash Nizomi tasdiqlandi hamda uning ijroiya organining rahbari tayinlandi. Bu masalalar bo’yicha qarorlar qabul qilindi.
1994 yil 30 aprelda Cho’lponota shahrida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston o’rtasida yagona iqtisodiy makon tuzish to’g’risida uch tomonlama shartnoma imzolandi.
O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston Prezidentlarining 1994 yil iyul oyi
boshida Almati shahrida bo’lib o’tgan uchrashuvida o’zaro integratsiyani kuchaytirish bo’yicha, Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot bankini tuzish to’g’risida bitimlar imzolandi. Tomonlar Davlatlararo kengash hamda uning doimiy ijroiya organini, shuningdek, Bosh Vazirlar kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Mudofaa vazirlari kengashini ta’sis etdilar. O’zbekiston, Qozog’iston va Qirg’iziston o’rtasida Markaziy Osiyo hamkorlik va taraqqiyot banki tashkil etildi. Shu tariqa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati (MOIH) tashkil topdi.
1995 yil 15 dekabrda Jambulda Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston
respublikalari Davlatlararo kengashining navbatdagi majlisi bo’ldi. Prezidentlar 2000 yilgacha bo’lgan iqtisodiy integratsiya va birinchi navbatda sarmoya sarflanishi lozim bo’lgan loyihalar dasturlarini hayotga joriy etish, kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish masalalarini muhokama etdilar. Integratsiya dasturida 53 ta loyihalar ishlab chiqildi. BMT rahnamoligida harakat qiladigan Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Respublikalarining tinchlikni saqlash kollektiv batalonini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Uch davlatning tinchlikni saqlash kollektiv bataloni shakllantirildi.
1997 yil 9-10 yanvar kunlari Bishkekda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston davlat boshliqlarining kengashi bo’lib unda uch qardosh davlatlar o’rtasida abadiy do’stlik haqida shartnoma imzolandi. Bu hujjatda o’zbek, qozoq, qirg’iz xalqlarining orzu-niyatlari o’z ifodasini topdi. Mazkur shartnoma uch qardosh davlat xalqlarining iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ilmiy-texnikaviy hamkorligini yangi asoslarda rivojlantirishga yo’naltirdi.
1997 yil 12 dekabr kuni Qozog’iston Respublikasining yangi poytaxti – Ostona shahrida Qozog’iston, Qirg’iziston va O’zbekiston Prezidentlarining kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda uch mamlakat o’rtasida energetika, suv zahiralaridan oqilona foydalanish, oziq-ovqat ta’minoti, kommunikatsiya hamda mineral xomashyo zahiralarini o’zlashtirish va qayta ishlash sohalari bo’yicha xalqaro konsortsiumlar tuzish to’g’risida muzokara bo’ldi. Prezidentlar xalqaro konsortsiumlar tuzish bo’yicha uch mamlakat hamkorligi tamoyillari kontseptsiyasini ma’qulladilar.
1998 yilda Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo
bo’lib kirdi.
2000 yil 20-21 aprel kunlari Toshkentda O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuvda mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlararo munosabatlarga doir masalalar muhokama qilindi. To’rt mamlakat rahbarlari terrorchilik, siyosiy va diniy ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash va mintaqa davlatlariga tahdid soladigan boshqa xavf-xatarning oldini olishga qaratilgan hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladilar. Gap shundaki, Markaziy Osiyo davlatlari o’rtasida o’zaro hamkorlik sohasida 200 dan ortiq hujjat imzolangan bo’lsada, ular orasida mazkur masalaga oid tegishli hujjat yo’q edi. Bunday hujjatning imzolanishi Markaziy Osiyodagi vaziyatdan kelib chiqqan muhim qadam bo’ldi. To’rt davlat Prezidentlari xalqaro terrorizmga, siyosiy va diniy ekstremizmga qarshi birgalikda kurash olib borishga kelishib oldilar.
2001 yil 28 dekabr kuni Toshkentda MOIH davlatlari boshliqlarining navbatdagi kengashi bo’lib o’tdi. Kengashda hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Mazkur kengashda MOIH
tashkiloti faoliyatini to’xtatishga qaror qilindi. Islom Karimov taklifiga binoan MOIH negizida Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti deb qayta tuzishga kelishib olindi.
2002 yil 28 fevral - 1 mart kunlari Almati shahrida Markaziy Osiyo davlatlari boshliqlarining uchrashuvi bo’lib o’tdi. Muzokaralar yakunida Prezidentlar tomonidan Markaziy Osiyo Hamkorligi tashkiloti huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. MOHTning raisi etib Islom Karimov saylandi. Mazkur tashkilot endi nafaqat iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish, shuningdek, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa turdagi aloqalar ko’lamini kengaytirish masalalari bilan shug’ullanadi. Har bir a’zo mamlakatdan bevosita davlat rahbariga hisobot berib turadigan bittadan muvofiqlashtiruvchi vakil tayinlandi. 4 ta vakil MOHT faoliyati samaradorligini oshirish, a’zo mamlakatlarning integratsiya jarayonlarini faollashtirish borasidagi nuqtai nazarlarini yaqinlashtirish, qabul qilingan hujjatlarning ijrosini nazorat qilish va umumiy vaziyatni tashkil etish bilan shug’ullanmoqda. MOHT ning tashkil etilishi, uning a’zolari bo’lgan 4 ta mamlakat o’rtasidagi o’zaro manfaatli aloqalarni yangi pog’onaga ko’tardi. Sammitlardan tashqari MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar parlamentlar raislari, xavfsizlik organlari rahbarlarining uchrashuvlari, ishbilarmon doiralarning mintaqaviy forumlari o’tkizilib turibdi.
2002 yilning oktyabrida o’tgan Dushanbe sammitida suv-energetika, oziq-ovqat va kommunikatsiya bo’yicha konsortsiumlar tuzishga kelishib olindi va hukumatlarga kontsortsium loyihalarini ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
2004 yil 28 may kuni Ostona shahrida MOH tashkilotiga a’zo mamlakatlar davlat rahbarlarining sammiti bo’lib o’tdi. Unda tashkilot qamragan mintaqada xavfsizlikni mustahkamlash, umumiy bozor barpo etish masalalari muhokama etildi. Prezidentlar mintaqada iqtisodiy integratsiyani rivojlantirishning, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishning shakl va mexanizmlarini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikrlashib, hukumatlarga tegishli topshiriqlar berishga kelishib oldilar. Muzokaralar yakunida O’zbekiston, Qozog’iston, Qirg’iziston va Tojikiston Prezidentlarining qo’shma banoti MOHTga a’zo mamlakatlar o’rtasida televidenie va radio dasturlarini o’zaro tarqatish to’g’risida bitim imzolandi.
Shunday qilib, Markaziy Osiyo mamlakatlari o’rtasidagi ko’p tomonlama hamkorlik tobora mustahkamlanib bormoqda.
O’zbekistonning Qozog’iston bilan hamkorligi. Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlar o’rtasida ko’p tomonlama hamkorlik bilan birga ular o’rtasida ikki tomonlama aloqalar ham yo’lga qo’yildi. O’zbekistonning Qozog’iston bilan ikki tomonlama munosabatlari 1992 yil 24 iyunda Turkiston shahrida O’zbekiston Prezidentining Qozog’istonga rasmiy davlat tashrifi paytida N.Nazarboyev bilan I.Karimov tomonidan imzolangan O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasida do’stlik va hamkorlik to’g’risidagi shartnoma asosida mustahkamlanib bormoqda.
Qozog’iston Prezidenti N.Nazarbayev 1994 yil 10-12 yanvarda rasmiy davlat tashrifi bilan O’zbekistonda bo’ldi. Ikki Prezident O’zbekiston bilan Qozog’iston o’rtasida tovarlar, hizmatlar, sarmoyalar va ishchi kuchlarning erkin o’tib turishini nazarda tutuvchi hamda o’zaro kelishilgan kredit-hisob- kitob, byudjet, soliq, narx, boj va valyuta siyosatini ta’minlash to’g’risida shartnomani imzoladilar. 1998 yil 31 oktyabrda O’zbekiston va Qozog’iston o’rtasida abadiy do’stlik shartnomasi imzolangan. O’zbekiston va Qozog’iston Prezidentlarining Toshkentda 2000 yil 20-21 aprel kunlari bo’lgan uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag’ishlangan uchrashuvi bo’ldi. Muzokaralar yakunida «O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov va Qozog’iston Respublikasi Prezidenti N.A.Nazarboevning qo’shma bayonoti» imzolandi. Ikki mamlakat mustaqilligi va chegaralari daxlsizligini ta’minlashga qaratilgan bu hujjat ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va chuqurlashtirishda muhim ahamiyatga egadir. «Davlat rahbarlari, - deyiladi qo’shma bayonotda, - O’zbekiston Respublikasi bilan Qozog’iston Respublikasi o’rtasidagi chegara ikki davlat qardosh xalqlarini birlashtiruvchi tinchlik, do’stlik va yaxshi qo’shnichilik chegarasi bo’lib qolishda yakdildirlar». 2001 yil 16-17 noyabr kunlari O’zbekiston Prezident Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Qozog’istonda bo’ldi. Ikki davlat Prezidentlari O’zbekiston-Qozog’iston davlat chegarasi to’g’risida Shartnomani imzoladilar. 2440 km uzunlikdagi chegaraning 96 foizi belgilab olindi. Qolgan qismini kelishuv asosida delimatatsiya qilishga kelishildi. 10 oy davomida bu borada tegishli ishlar amalga oshirildi. 2002 yil 9 sentyabrda Qozog’iston Respublikasi Prezidenti Nursultan Nazarboevning taklifiga binoan Islom Karimov Ostona shahriga tashrif buyurdi. «O’zbekiston-Qozog’iston
davlat chegaralarining alohida uchastkalari to’g’risida bitim» imzolandi. Ikki mamlakat o’rtasidagi chegaraga oid dolzarb masalalar huquqiy jihatdan o’z yechimini topdi. Ikki mamlakat o’rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2002 yilning birinchi yarmida 124 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 2002 yilda O’zbekistonda 38 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi, Qozog’istonda 92 ta o’zbek-qozoq qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekiston va Qirg’iziston aloqalar. O’zbekistonning Qirg’iziston bilan ikki tomonlama hamkorligi O’zbekiston Respublikasi bilan Qirg’iziston Respublikasi o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam haqida shartnoma asosida yo’lga qo’yildi va rivojlantirilmoqda. Bu shartnoma Qirg’iziston Prezidenti Askar Akaevning O’zbekistonga rasmiy davlat tashrifi paytida Toshkentda 1992 yil 29 sentyabrda I.Karimov va A.Akaev tomonidan imzolangan edi.
I.Karimovning 1993 yil avgustida Qirg’izistonga qilgan rasmiy davlat tashrifi paytida O’sh shahrida O’zbekiston va Qirg’iziston o’rtasida 1994-2000 yillarga mo’ljallangan iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish to’g’risida Bayonot imzolandi. Bu hujjat ikkala respublikada ishlab chiqilgan milliy dasturlarni muvofiqlashtirishga, xomashyo va ishchi kuchidan, ilmiy salohiyatdan unumli foydalanishga qaratilgan. Ikki davlat o’rtasida iqtisodiyot, savdo, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni mustahkamlash haqida bitimlar imzolangan.
1994 yil 16 yanvarda O’zbekiston Prezidenti I.Karimov Qirg’izistonda bo’ldi. Rasmiy tashrif yakunida ikki davlat Prezidentlari tovarlar, xizmatlar, sarmoya, ishchi kuchlarining erkin yurishini, o’zaro kelishilgan kredit-hisob-kitob, byudjet, soliq, narx, bojxona va valyuta siyosatini belgilovchi shartnomani imzoladilar. O’zbekiston va Qirg’izisgon o’rtasida 1994 yil uchun savdo-iqtisodiy hamkorlik, madaniyat, sog’liqni saqlash, fan va ta’lim, sport va turizm bo’yicha hamkorlikni yanada mustahkamlash haqida bitimlar imzolandi. Bu hujjatlar asosida ikki mamlakat o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojlanib bormoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 22 ta o’zbek-qirg’iz qo’shma korxonasi, Qirg’izistonda 62 ta qirg’iz-o’zbek qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekiston va Tojikiston aloqalari.
Tojikistonda 1992-1996 yillarda davom etgan birodarkushlik urushi Tojikistonning iqtisodiy taraqqiyotiga salbiy ta’sir etdi, uning qo’shni mamlakatlar, jumladan, O’zbekiston bilan hamkorligiga ham salbiy ta’sir etdi.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan 1998 yil 4 yanvar kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonov O’zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi. Ikki mamlakat rahbarlari tashrif yakunlari buyicha qo’shma axborot imzoladilar. O’zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari soqliqni saqlash, madaniyat va gumanitar soha, fan, texnika va axborot sohalari bo’yicha hamkorlik to’g’risida bitimlarni imzoladilar. Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida yuk tashish hamda gaz etkazib berish, Tojikistonniig qarzi bo’yicha o’zaro hisob-kitob to’g’risidagi bitimlar ham imzolandi. O’zbekiston va Tojikiston munosabatlari o’zining yangi, mustahkamlanish va taraqqiyot davriga o’tdi.
O’zbekiston bilan Tojikiston o’rtasida tovar ayirboshlash hajmi 1997 yilda 50 mln. AQSh dollaridan oshdi, bu avvalgi yilga nisbatan 50 foiz ko’pdir. O’zbekiston Tojikiston hududidan o’tgan transport kommunikatsiyalaridan foydalanmoqda. 2000 yilda O’zbekistonda 15 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi, Tojikistonda 3 ta o’zbek-tojik qo’shma korxonasi faoliyat yuritdi.
O’zbekiston va Turkmaniston aloqalari.
O‘zbekiston-Turkmaniston: azaliy do‘stona qo‘shnichilik aloqalari va hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida. O‘zbekiston va Turkmanistonni asrlar davomida yaqin ma’naviy qadriyatlar, til, din, tarix, urf-odat va an’analarga asoslangan mustahkam do‘stlik rishtalari va yaxshi qo‘shnichilik bog‘lab turadi. Qardosh o‘zbek va turkman xalqlari bir-birining adabiyoti, madaniyati va san’atini yaqindan biladi va hurmat qiladi. Ajdodlarimizning boy merosi o‘zbek va turkman xalqlarining umumiy boyligidir. Bu omillar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni jadal rivojlantirishdan O‘zbekiston ham, Turkmaniston ham birdek manfaatdor ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.
1991 yilda O’zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari uchrashuvida O’zbekiston Respublikasi bilan Turkmaniston Respublikasi o’rtasida do’stlik va Hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarga negiz bo’lib xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidenti I.Karimov 1996 yil 16 yanvar kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo’ldi. Chorjo’y shahrida S.Niyozov bilan I.Karimov o’rtasida va ikki mamlakat delegatsiyalari o’rtasida muzokaralar bo’ldi.
Prezidentlar O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida do’stlik, hamkorlik va o’zaro yordam to’g’risidagi shartnomani, O’zbekiston bilan Turkmaniston o’rtasida davlat chegarasini qo’riqlashda hamkorlik qilish to’g’risidagi va suv xo’jaligi masalalari bo’yicha bitimlarni imzoladilar.
Ikki mamlakat hukumatlari o’rtasida esa sarmoyalarni rag’batlantirish va o’zaro himoyalash, havo yo’li, bojxona ishlarida hamkorlik va o’zaro yordam, uzoq muddatli savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo’nalishlari, daromad va mulkdan ikki yoqlama soliq olmaslik, madaniyat, ta’lim sog’liqni saqlash, sayyohlik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish to’g’risidagi 20 dan ziyod bitimlar imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 2011 yil 5 may kuni rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik ko‘lami tobora kengaymoqda. O‘zbekistonda ham, Turkmanistonda ham neft-gaz sanoati jadal rivojlanib, xorijiy sarmoyadorlar bilan yoqilg‘i-energetika majmui sohasidagi hamkorlik taraqqiy etmoqda. Mamlakatlarimiz bu sohada ikki tomonlama hamkorlik barobarida ko‘p tomonlama loyihalarda ham faol ishtirok etayotir. 2009 yilda ochilgan Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy magistral gaz quvuri buning yaqqol dalilidir.
NAZORAT SAVOLLARI:
Taraqqiyotning “o`zbek modeli”ni izohlang.
Mustaqillik yillarida mulkchilik munosabatlari va kop ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qanday qonunlar qabul qilindi?
Qaysi yiilarda Asaka shahrida «OzDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yolga qoyildi?
O`zbekistonning mashhur sportchilari haqida so`zlang.
Mustaqillik yillarida O`zbekiston muzeylari faoliyatida qanday o`zgarishlar kuzatildi?
Mustaqillik yillarida ozbek adabiyoti, adabiyotshunoslik fani taraqqiyoti haqida ayting.
Glossariy
- Abbosiylar (ar.) – Arab xalifalari sulolasi bo’lib (750-1258), bu sulolaga Muhammad Payg’ambarning amakivachchasi Abu-ul Abbos as-Saffoh (750-754) asos solgan.
- Absolyutizm (lot.) –shartsiz, cheklanmagan, to’la: mutloq yakka hokimlik, cheklanmagan hukmdorlik. Davlat boshqaruv shakli - oliy hokimlikning bir shaxs (podsho, xon, amir, qirol ) qo’lida bo’lishi.
- Absolyut monarxiya (yun.) - yakka hokimlik, zo’ravonlik shaklidagi davlat boshqaruv shakli. Odatda, davlat boshida yagona bir shaxs turgan, uning hukmdorligi abadiy va vorisiy bo’lgan.
- Aborigenlar (lot.) - ma’lum mamlakat yoki hududda qadimdan yashab kelgan tub aholi, xayvonlar, o’simliklar.
- Abu (fors.) – ota ma’nosini bildiruvchi arabcha so’z. Masalan: Abu Ali –Alining otasi, Abu Odil – Odilning otasi va hoka`zo.
- Avesto - diniy kitobning nomi. Zardushtiylarning muqaddas kitobi.
- Avliyo (ar.) – Islom dinida Ollohga yaqin kishi, homiy, “bandalarning homiysi” ma’nolarini bildiradi.
- Avtoritarizm (lot.) - siyosiy hukmronlik qilishda o’ta reaksion davlatlar. M.: Germaniya va Italiyadagi fashistik tartib, sobiq SSSRdagi kommunistlar rejimi.
- Admiral (ar.) - dengiz hukmdori degan ma’noda. Harbiy dengiz flotida Oliy qo’mondonlik tartibidagi unvon (kontr-admiral, vitse-admiral, flot admirali).
- Ajam (ar.) – arablar o’zlari bosib olgan hududlardagi boshqa xalqlarni, jumladan, Yaqin va O’rta Sharq hamda O’rta Osiyo xalqlarini shunday ataganlar.
- Avtonomiya (yun.) - muhtoriyat (milliy-hududiy muhtoriyat). Biror davlat tarkibida o’z ichki masalalarini mustaqil hal etish imkoniyatiga ega bo’lgan kichik davlat shakli.
- Akobir (fors.) – O’rta Osiyo hududida o’rta asrlarda yuqori martabali, davlatmand kishi, ulug’ zotga nisbatan qo’llanilgan atama.
- Amir (ar.) – Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so’zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan.
- Amr (ar.) - buyruq, hukm, farmon.
- Amlok yerlar - Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda paydo bo’lgan yerga egalikning bir shakli davlatga qarashli yerlar - amirlar, sultonlar yeri.
- Alternativa (fr.) - bir-biriga mos kelmaydigan imkoniyatning biri. Hozirgi o’zbek tilida muqobil degan ibora ham shu ma’noni beradi.
- Alayhissalom (ar.) - unga salom. Musulmonlarda payg’ambarlar nomiga qo’shib aytiladigan so’z.
- Anarxiya (Anarxizm) (yun.) - o’zboshimchalik, boshboshdoqlik. Ijtimoiy-siyosiy hayotda: hokimiyatni tugatish va mamlakatni davlatsiz boshqarish tarafdorlari.
- Anjuman (fors.) - yig’in, majlis.
- Antagonizm (yun.) - ziddiyat, murosasiz qarama-qarshilik.
- Anneksiya (lot.) - qo’shib olish. Bir davlat tomonidan boshqa davlat hududini bosib olish, zo’ravonlik bilan shu mamlakatni yoki uning bir qismini o’ziga bo’ysindirish.
- Anoxronizm (yun.) - o’tgan vaqtga qarshi qo’yish. Bir tarixiy davr voqealari va alomatlarni yoki xususiyatlarini shartli ravishda boshqa tarixiy davrga to’g’rilab qo’yish. Majoziy ma’noda - eskilik sarqitlari, umri tugagan fikrlar, qarashlar, udumlar.
Antanta (fr.) – harbiy kelishuv. 1907 yilda Angliya, Fransiya va Rusiya o’zaro ittifoq tuzgan, bu kelishuv antanta deb atalgan va u 1914-1918 yillarda (1-jahon urushi) Germaniya va uning sheriklariga qarshi urush olib borgan. O’sha yillari ularni Antanta davlatlari deb ataganlar.
Antisemitizm - yaxudiylarga qarshi qaratilgan millatchilik oqimi (harakati). Chor Rusiyasi va fashistlar Germaniyasida bu harakat shu davlatlarning shovinistik siyosatida katta o’rin olgan edi.
- Antropologiya (yun.) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, dastlabki irqlarning paydo bo’lishi va tana tuzilishidagi tabiiy tafovutlar haqidagi fan.
- Argument (lot.) - haqqoniylikni (voqea, xodisani) tasdiqlovchi mantiqiy dastak.
Aparteid (yun.) - Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) kishilarni o’z vatanidan judo qilish, 2) birorta davlatda yashab turgan shaxsning fuqarolik huquqidan mahrum etilishi va boshqa davlatda bu huquqni ololmaganligi.
- Ark (fors.) - ichki qal’a, podshohning shahar ichidagi qasri, qarorgohi. M.: Buxoro arki.
- Arkoni davlat (ar.) – davlat ustunlari; amirlar, vazirlar, ruhoniylar va h.k.
Aristokratiya (yun.) - zodagonlar, imtiyozli tabaqa vakillari.
Arxaizm (yun.) - eskirgan, keng muomaladan chiqib ketgan so’zlar va iboralar.
Arxeologiya (yun.) - qadimgi davrlar tarixini moddiy -topilmalar, ashyoviy manbalar asosida o’rganuvchi fan.
Arxiv (yun.) - hujjatlar yoki hujjat saqlanadigan muassasa.
-Arxitektura (lot.) - me’morchilik. Bino va inshootlarni
bejirim va chiroyli, ko’rkam qilib qurish san’ati.
- Arshakiylar – miloddan avvalgi 250 yildan milodiy 224 yillargacha Parfiyada hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga day qabilasining boshlig’i Arshak asos solgan.
- Assotsiatsiya (lot.) - ittifoq, uyushma. M.: tadbirkorlar assotsiatsiyasi, hunarmandlar assotsiatsiyasi,
- Assambleya (fr.) - 1) yig’ilish, 2) bir qancha mamlakatlar oliy hokimiyat organining hamda ba’zi xalqaro tashkilotlar oliy organining nomi. M.: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning bosh assambleyasi.
- Assimilyatsiya (lot.) - Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) moslashish, qo’shilish, o’zlashtirish; 2) etnografiyada - bir xalqning o’z tili, madaniyati va milliy ongini yo’qotib, boshqa xalqqa singib ketishi; 3) biologiyada - tirik organizmdagi kimyoviy jarayonlar majmui; 4) tirik xujayralarning ozuqa moddalarini o’zlashtirishi (m.:
fotosintez).
- Axriman – zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o’lim, gunoh va qabihliklar xudosi.
- Axuramazda - zardushtiy va mazdakiylarda oliy tangri, yorug’lik, farovonlik, sihat-salomatlik, tinchlik va ezgulik xudosi.
- Ansambl (fr.) - bir necha ma’noda qo’llaniladi: 1) yagona badiiy jamoa sifatida uyushgan ijrochilar guruhi; 2) arxitektura va shaharsozlikda fa`zoviy kompozitsiya uyg’unligi: binolar, injenerlik inshootlarini o’z ichiga oladi.
- Ahamoniylar – miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahamon asos solgan.
B
- Bayonnoma (fors.) – biror voqea yuzasidan yozilgan rasmiy ma’lumot yoki xabar. Hozirgi kunda ushbu atamaning ma’nosini bayonot atamasi orqali ifodalash qo’llanilmoqda.
- Baytulloh (ar.) – Makka islom dinining yagona markaziga aylanganidan keyin Ollohning uyi –Ka’baga berilgan nom.
-Barid (ar.) - 1. Chopar, xat eltuvchi, pochtalon. 2. XVI-XVII asrlarda O’rta Osiyo xalqlarida keng qo’llanilgan masofa o’lchovi bo’lib, ikki farsax, ya’ni taxminan o’rtacha 12 km ga teng yo’l bo’lgan.
- Barrikada (fr.) - ko’chalar, yo’llar, ko’priklar, tog’ yo’llarini to’sinlar, qum to’ldirilgan, toshlar va boshqa turli materiallar bilan ko’ndalang to’sib yasaladigan sun’iy mudofaa inshooti.
Bashorat (ar.) - oldindan bilingan, aytilgan xabar.
Bazis (yun.) - ustqurma asosida turadigan, tarixiy qaror topgan ishlab chiqarish munosabatlari majmui.
Beklik (turk.) – Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma’muriy hudud. Buxoro amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo’lgan.
Bolshevik (rus.) - XX asr boshida Rusiyada yuzaga kelgan siyosiy oqim vakili. Raxnamosi V.I.Lenin bo’lgan bu oqim jamiyatni inqilobiy to’ntarish yo’lidan borgan.
Bid’at (ar.) – dindagi rasmiy ta’limotlarga qarshi yangi fikr va aqidalar. Islom Muhammad (SAV)dan keyin paydo bo’lgan unsur va qoidalar.
Biy – ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan, o’zbeklarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon.
- Birlashgan Millatlar Tashkiloti - davlatlarning eng nufuzli xalqaro tashkiloti. 1945 yilda tashkil etilgan bo’lib, Ustaviga, Bosh Assambleyasiga, fan, maorif va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti (YuNЕSKO)ga, Xavfsizlik kengashiga, Xalqaro sud va kotibiyatiga ega, O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMT ga a’zo bo’lib kirgan.
Blokada - (ing.) - Ikki xil ma’noda qo’llaniladi: 1) biror davlatni muayyan talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur yetkazishga qaratilgan siyosiy yoki iqtisodiy tadbirlar majmui; 2) Harbiy blokada- muayyan ob’ekt (qo’shinlar gruppirovkasi, shahar, davlat) ni o’rab olish, ajratib qo’yish.
Boburiylar – Hindistonda 1526 yildan 1858 yilgacha hukmronlik qilgan sulola. Unga temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan.
Bozor iqtisodiyoti - qonunlar asosida mulk shakllarining turli bo’lishi tadbirkorlikka keng yo’l ochib beradigan, raqobat va narx erkinligiga asoslangan, ijtimoiy extiyojga yo’naltirilgan iqtisodiy tizim.
Boykot (ing.) - ayrim shaxs, tashkilot va davlat bilan munosabatlarni to’la yoki qisman to’xtatishdan iborat siyosiy va iqtisodiy kurash vositasi.
Burjuaziya (fr.) - kapitalistik jamiyatda ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lgan, yollanma mehnatga tayanuvchi sinf.
Buxorxudot – VII-VIII asrlarda Buxoroda mavjud bo’lgan kichik feodal davlati hukmdorlarining nomi. Buxoroni arablar bosib olganidan keyin Buxorxudot hukmdorligi o’z mavqeini yo’qotdi.
- Byurokrat (fr.) - o’z burchini rasmiyatchilik va qog’ozbozlik bilan ishga ziyon yetkazgan holda yuzaki, xo’ja ko’rsinga bajaradigan mansabdor shaxs.
- Bo’nak (fors.) – XX asr boshlarigacha O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan ish haqi hisobidan dehqon va hunarmandlarga berilgan qarz. Xalfa ishga yollanish oldidan ustadan ma’lum muddatga bo’nak olgan.
- Bo’stong’or (m.-t.) – pistirma degan ma’noni anglatadi.
V
- Vazir – arabcha so’z bo’lib, yordam ko’rsatuvchi, yordamchi degan ma’noni anglatadi.
- Vakil (ar.) – gumashta, biror ishga vakolat olgan shaxs.
- Valiahd (ar.) – podshoh yoki xonning tiriklik chog’ida o’z o’rniga tayinlab qo’ygan taxt vorisi. Valiahd podshoh yoki xonning qaroridan keyin maxsus davlat kengashida tasdiqlangan.
- Valyuta (it.) - u yoki bu davlatning oltin yoki boshqa qimmatbaho buyumlar bilan kafolatlangan, tashqi savdo qadriga ega bo’lgan pul birligi.
- Varshava shartnomasi tashkiloti - SSSR va Yevropadagi bir qator sotsialistik davlatlar tomonidan 1955 yil tashkil topgan. Harbiy-siyosiy tashkilot. U asosan NATO mamlakatlariga qarama-qarshi niyatda tuzilgan edi. 1991-yilda tarqalib ketgan.
- Vasiy (ar.) – vasiyatni ijro etuvchi shaxs.
- Vasiqa (ar.) – yer-mulk oldi-sotdisi to’g’risida tuzilgan rasmiy shartnoma. Vasiqa ko’chmas mulkka doimiy yoki vaqtincha egalik qilish huquqini bergan.
- Va’z (ar.) – odatda, jamoat o’rtasida, masjidlarda so’zlanadigan diniy yoki nasihatomuz nutq.
- Vahobiylar - Saudiya Arabistonida XVIII asrda vujudga kelgan „islom dini tarkibidagi oqim. Ular musulmonchilikning qattiqqo’llik, hatto zo’ravonlik bilan qo’llanishi tarafdorlaridir. XX asr oxirlarida ham bu oqim tarafdorlari uchrab turadi, ularning bir qismi siyosatga aralashib, odamlarni shiddatli harakatlarga da’vat etadilar.
- Vermaxt (nem.) - fashistlar Germaniyasining qurolli kuchlari.
- Vego (lot.) - ta’qiq, ma’qullamaslik, qarshi chiqish.
- Volyuntarizm (lot.) – iroda so’zidan. Jamiyatda, siyosatda irodaning roli va o’rniga ko’proq e’tibor berish oqimi.
G
- Gaz (fors.) – Sharq mamlakatlarida taxminan 62 sm dan 91,5 sm ga teng bo’lgan uzunlik o’lchov birligi.
- Garantiya (fr.) - kafolat.
- Gvardiya (it.) - davlatning eng ishongan, saralangan askarlar qismi.
- Gegemon (yun.) - rahbar, dohiy, rahnamo.
- General (lot.) - yuqori darajadagi Harbiy unvon.
- Genotsid (yun.) - aholining ayrim guruhlarini yo’q qilib tashlash. Ularni irqiy, milliy yoki boshqa asosda qirib tashlash.
- Gestapo (nem.) - fashistlar Germaniyasidagi mahfiy politsiya.
- Govsar (fors.) – ikki tishli cho’qmoq.
- Gomindan (xit.) - Xitoyda Sun Yatsen tashkil etgan xalq partiyasi.
- Gubernator (lot.) - o’lka hukmroni, hokimi.
- Guzar (fors.) – shahar yoki qishloqning uch-to’rt ko’chasini o’z ichiga olgan, choyxona, baqqollik va qassoblik do’konlari bo’lgan gavjum va serqatnov obod joy.
- Gumanizm (lot.) - odamiylik, insonparvarlik.
- Gurzi (fors.) – qadimgi davrlardagi urush qurollaridan biri. Cho’qmor deb ham atalgan.
- Gimn (yun.) - madhiya, tantanali ulug’lovchi kuy-qo’shiq.
- Go’rxon (turk.) – qoraxitoy xonlarining faxriy laqabi.
D
- Davobdor (ar.) – sais, ot boquvchi.
- Dayr (ar.) – nasroniy yoki otashparastlarning ibodatxonalari.
- Damba (fors.) – suvni vaqtincha yoki doimiy dimlab turadigan to’siq, qurilish inshooti.
- Darakchi (ar. f.-t.) – Qadimgi Sharq davlatlari armiyalarida maxsus topshiriqlarni ado etadigan va turli xabarlarni yetkazib turadigan shaxs.
- Darbon (fors.) – saroy darvozasi posboni.
- Dasturxonchi (fors.) – O’rta Osiyo xonliklari saroylarida saroy xizmatchilaridan hisoblangan kichik mansabdagi amal.
- Dashti Qipchoq – Sirdaryoning quyi oqimi hamda Balxash ko’lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko’chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun u yerlar shunday atalgan.
- Dahriy (ar.) – Xudoning mavjudligini tan olmaydigan, dinga e’tiqod qilmaydigan shaxs.
- Devonbegi (fors.) – devon boshlig’i. O’rta asrlarda soliq yig’uvchi muassasa boshlig’i bo’lib, keyinchalik unga mamlakatning barcha moliya ishlari yuklatilgan.
- Duma (rus.) - Rusiyadagi saylanadigan, qonun chiqaruvchi quyi organ.
- Deklaratsiya (lot.) - bayonnoma, bayonot.
- Dekret (lot.) - oliy hokimiyatning farmoyishi, qarori.
- Delegat (lot.) - saylangan yoki belgilangan vakil.
- Demobilizatsiya (fr.) - harbiy xizmatdan bo’shatish.
- Demokratiya (yun.) - xalq hokimiyatining ifodasi.
- Demilitarizatsiya (lot.) - biron davlat yoki hududni qurolsizlantirish.
- Diktatura (lot.) - cheklanmagan, zo’ravonlik hokimiyati.
- Dinamit (yun.) - kuchli portlashni ta’minlovchi modda.
- Diplomat (fr.) - bir davlatning ikkinchi bir davlatdagi rasmiy vakili.
- Doktrina (lot.) - ta’limot, siyosiy qarashning ifoda etilishi. M.: Harbiy doktrina - davlatning qurolli kuchlari vazifalarini belgilovchi nazariya.
Ye
- Yevroosiyo – Yer sharidagi eng katta materik. Ikki qit’adan – Yevropa va Osiyodan iborat.
- Yerto’la (o’zb.) – yerni o’yib qurilgan turar joy. Yerto’la to’rtburchak, aylana shaklida, ba’zilari esa yerdan bir oz yuqori ko’tarilib, tomi yog’och bilan, uning usti esa shox, xashak va turpoq tashlab berkitilgan bo’ladi.
- Yesir – eri vafot etib, bolalari bilan qolgan ayollar O’rta Osiyoda yesir deb atalgan.
- Yetti urug’ – o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik urug’lar guruhi. Asosan Zarafshon daryosining o’rta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan.
Yo
- Yobir – podshoh tomonidan biror shaxsga in’om etilgan yer.
- Yorliq (turk.) – yorliq, farmon, buyruq.
- Yoyiq (turk.) – Ural daryosining qadimgi va o’rta asrlarda atalgan oldingi nomi. Yoyiq aslida turkiy so’z bo’lib, “keng” degan ma’noni bildiradi. Yoyiq daryosining nomi 1785 yili Rusiya imperatori Yekaterina II tomonidan chiqarilgan farmon asosida Ural deb o’zgartirilgan.
- Yosh buxoroliklar – Buxoro jadidlarining so’l oqimidan tashkil topgan partiya bo’lib, taraqqiyparvar va mahalliy burjuaziya vakillaridan tashkil topgan.
- Yosh xivaliklar – Xiva jadidlarining so’l oqimidan tashkil topgan partiya (1917). O’z safida savdogarlar, mayda dindorlar va xon xizmatida bo’lgan ayrim amaldorlarni birlashtirgan.
J
- Jabg’u (yabg’u.) – G’arbiy turk hoqonligida qabila, ulus boshlig’iga berilgan unvon.
- Javong’or (t.m.) – qo’shinning so’l qanoti.
- Jayhun (ar.) – VIII asrdan boshlab, hozirgi Amudaryo arab manbalarida shu nom bilan yuritilgan.
- Joniylar – Buxoro xonligining 1601 yildan 1753 yilgacha idora qilgan sulola. Tarixda u ashtarxoniylar sulolasi deb ham ataladi.
- Juvoz (fors.) – moy chiqaradigan dastgoh.
- Jihod (ar.) (g’azavot) – musulmonlarning g’ayri dinlarga, ya’ni kofirlarga qarshi olib borilgan muqaddas urushi jihod deb atalgan.
- Jumxuriyat (ar.) - respublika Oliy hokimiyat ma’lum bir muhlatga saylanadigan davlat tuzumi.
- Jadidchilar (ar.) - yangi usulda ma’rifat tarqatuvchilar. Turkistonda XX asr boshlarida yangicha maktablar tashkil etib, yoshlarga diniy bilimlar bilan birga dunyoviy bilimlarni keng targ’ib qilgan fidoiylar.
Z
- Zakovat (ar.) – o’tkir aql-idrok, zehn ma’nosini bildiradi. Donishmandlik ma’nosida keng qo’llanilgan.
- Zand – Pahlaviy tilida “Avesto”ning tavsiri.
-Zarbxona (ar.f.-t.) – O’rta Osiyo xonliklarida oltin, kumush, mis-jezdan tanga-chaqa zarb qiladigan joy.
-Zar’ (fors.) – uzunlik o’lchovi, 107 sm ga teng.
-Zohid (ar.) – VII-X asrlarda Movarounnahrda molu dunyoga rag’bat va hoxishi bo’lmagan kishi; tarki dunyo qilgan va hayot lazzatlaridan voz kechgan kishilar.
- Zul-Qarnayn (ar.) – Aleksandr Makedonskiyning laqabi. O’rta Osiyo hududida uni Iskandar Zul-qarnayn deb atashgan.
- Zuxra (ar.) – Nohid-Venera sayyorasining nomi. Go’zallik, xush-xursandchilik, muhabbat belgisi.
I
- Ibn (ar.) – Sharq xalqlarida erkaklar ismlari tarkibida keluvchi so’z. XX asr boshlarigacha O’rta Osiyo xalqlari o’rtasida ham keng qo’llanilgan.
- Ideal (fr.) - oliy maqsad, barkamollik, yuqori takomillashuv, orzu qilinadigan mukammallik.
- Ijtimoiy siyosat - insonlar tub manfaatini himoya qilishga, ularning moddiy, madaniy, ma’naviy hayotini yaxshilashga, sog’lig’ini saqlashga, iqtisodiy, madaniy, ilmiy, texnikaviy, estetik, darajasini ko’tarishga mo’ljallangan asosli tadbirlar.
- Ilmi nujum – yulduzlar ilmi.
- Imperiya (lot.) - hokimiyat, saltanat ma’nosini anglatadi. Ko’p hollarda o’z tarkibiga boshqa xalqlar va mamlakatlar hududlarini qo’shib olgan katta davlatni anglatadi. M.: Rim imperiyasi, Amir Temur imperiyasi.
- Integratsiya (lot.) - tiklash, to’ldirish, bir butun ma’nosida ishlatiladi. Alohida ajralib turgan qismlarni bir butun holatga keltirish jarayonini anglatadi. M.: Iqtisodiy integratsiya bir necha davlatlar iqtisodini bir-biriga bog’laydi, moslashtiradi, iqtisodiy hamkorlik holatini yuzaga keltiradi.
- Investitsiya (nem.) - bir hududdan ikkinchi bir joyga aqliy va moddiy sarmoya kiritish.
- Intervensiya (lot.) - Bir davlatning ikkinchi bir davlat ichki ishlariga aralashishini, ko’proq harbiy harakatlarini anglatadi. M: Sovet qurolli kuchlarining 1979 yilda Afg’onistonga kiritilishi; 1991 yilda AQSH qurolli kuchlarining Iroqqa qarshi harakatlari.
- Internatsional (lot.) - xalqlar o’rtasidagi munosabatni bildiradi. O’zbekchada baynalmilal atamasi qo’llaniladi.
- Inflyatsiya (lot.) - pulning qadrsizlanishi.
- Inqilob (ar.) - tabiat va jamiyatda biror hodisaning rivojlanishida ro’y beradigan chuqur va keskin sifat o’zgarishlari. Ko’p hollarda revolyutsiya so’zi bilan ifodalanadi.
- Islohot (ar.) - Mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim (struktura) asoslarini saqlagan holda hayotning biror tomonini, yo’nalishini qisman o’zgartirish, qayta qurish, yangiliklarni joriy va tatbiq etish. M.: Iqtisodiy islohotlar, madaniy islohotlar.
- Istibdod (ar.) - boshqa davlatga (xalqqa) qaram bo’lib qolgan mazlum xalqning siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’naviy jihatlardan ezilishi, xo’rlanishi.
- Istiqlol (ar.) - mustaqillik, xurlik ozodlik, erkinlik.
- Istiqbol (ar.) - shaxsning, xalqning, davlatning kelajagi, taqdiri.
- Iqtisod (yun. Ekonomika) - uch xil ma’noda ishlatiladi: 1) ishlab chiqarish munosabatlarining bir butunligi, yaxlitligi yoki jamiyatning iqtisodiy asosi; 2) muayyan mamlakat xalq xo’jaligi yoki uning biror sohasini qamrab olgan qismi va ishlab chiqarish turlari; 3) ishlab chiqarish munosabatlarini o’rganuvchi fan.
- Ichki siyosat - muayyan davlatning ichki muammolarini xal etishga qaratilgan tadbirlar majmuasi.
- Ishlab chiqarish kuchlari - mehnatga yaroqli kishilar (ishchi kuchlari) va ishlab chiqarish vositalari (mehnat ashyolari va mehnat qurollari) yig’indisi, ularning bir butunligi.
- Ishlab chiqarish munosabatlari - kishilarning ishlab chiqarish va iste’mol jarayonida moddiy - iqtisodiy munosabatlarni yoki ularning mulkka daxlliklari tufayli kelib chiqadigan munosabatlar.
- Iqta (ar.) - o’rta asrlarda Markaziy Osiyo mamlakatlarida yirik mansabdorlarga xadya qilingan yer (mulk).
K
- Kadet (kadetlar) - Rusiyada 1905-1907 yillarda tashkil topgan konstitutsiyaviy - demokratik partiya a’zosi (a’zolari). Konstitutsiyaga asoslangan demokratik davlat qurish maqsadini yoqlovchi siyosiy partiyaning qisqartirilgan nomi.
- Kadivar (kadivarlar) – Markaziy Osiyoda IV -VI asrlarda feodal munosabatlarining dastlabki alomatlari paydo bo’la boshlagan davrda yirik yer egalari – mulkdor zodagonlarga (dehqonlarga) qaram bo’lib qolgan yersiz mehnatkashlar.
- Katiba (ar.) – tosh yoki koshinlarda bitilgan yozuv.
- Kengash (turk.) – mashvarat, maslahat majlisi.
- Kapitulyatsiya (lot.) - taslim bo’lish, yengilganligini tan olish.
- Koalitsiya (lot.) - birlashish, ma’lum maqsad yo’lida ittifoq tuzish.
- Komissar (fr.) - vakil, harbiy komissariat rahbari. Avval sobiq SSSRda harbiy qismlarda siyosiy ishlar bilan shug’ullanuvchi maxsus ofitserlar ham komissar nomi bilan atalganlar.
- Kompromiss (lot.) - kelishuv, murosa.
- Kontsessiya (lot.) - ruxsat etish. Davlat tasarrufida bo’lgan tabiiy boyliklar (o’rmonlar, konlar, suv xavzalari), korxonalar va boshqa xo’jalik inshootlarining shartnoma asosida boshqa davlat yoki xorijiy ishbilarmonlarga foydalanish uchun berilishi.
- Konsensus (lot.) - bitimga kelishuv, umumiy xulosaga kelish.
- Konsepsiya (lot.) - ikki xil ma’noda qo’llaniladi: 1) Birorta xodisani, voqeani, jarayonni tushuntirishning ma’lum usuli, masalaga nisbatan asosiy nuqtai-nazar, bosh g’oya; 2) ilmiy, adabiy, texnikaviy, siyosiy faoliyatda yetakchi fikr.
Konstitutsiya (lot.) - tuzilish, jamlash, ustqurma ma’nolarini anglatadi. Davlatning asosiy qonuni sanaladi va oliy huquqiy kuchga ega bo’lib, mazkur davlatning siyosiy, huquqiy va iqtisodiy tizimlari asoslarini belgilovchi bosh hujjat.
Konversiya (lot.) - holatni o’zgartirish, asosan harbiy sanoat holatini o’zgartirish.
- Konvensiya (lot.) - xalqaro shartnoma.
- Koriz (so’g’d.) – yer ostidan o’tkazilgan ariq.
- Korrupsiya (lot.) - buzilish. Amaldor shaxslarning boylik orttirish maqsadida o’ziga berilgan mansab vazifasidan foydalanishi natijasida kelib chiqadigan jinoyat. Davlat, siyosiy va jamoat xodimlarining pulga, ashyo evaziga qilgan sotqinligi.
- Kurator - (lot.) - homiy, na`zoratchi, otaliqqa olgan shaxs.
L
Laylat ul-qadr (ar.) – rama`zon oyining 27-kunga o’tar kechasi.
Langar (fors.) – yo’lovchilar qo’nib o’tadigan joy, xonaqoq. Piru-murshidlar ko’milgan joy.
Laureat (lot.) - katta yutuqlari uchun mukofotlangan sovrindor.
Lahim (turk.) – yer osti yo’li. Lahim odatda jang paytida dushman qal’asi devorini yiqitish yoki biror inshootga yer ostidan borib zarar yetkazish, zindon va tutqinlikdan qutilib qochish, yer osti suvlarini yuzaga chiqarish va boshqa maqsadlarda qaziladi.
Legal (lot.) - qonun tan olgan, qonuniy, ochiq.
Leyborist (ing.) - ishchi, mehnatkash partiyasining a’zosi.
Leytenant (fr.) - kichik ofitserlarning harbiy unvoni.
Liberal (lot.) - erkparvar, jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy erkinlikka, tadbirkorlikdagi bemalolgarchilikka moyil kishi.
Litsey (yun.) - jahonning bir qator mamlakatlaridagi o’rta bilim beruvchi o’quv yurti.
Lazaret (fr.) - harbiy qismlardagi yengil kasallarni davolash maskani, shifoxona.
Lashkar (fors.) - qo’shin, armiya.
Landshaft (nem.) - u yoki bu joyning umumiy manzarasi.
Liga (fr.) - birlashma. M.: Millatlar ligasi.
Luqmon – Markaziy Osiyo hududlarida azaldan dono, bilimdon, odil, ishbilarmon shaxs ma’nosida keng qo’llanilgan.
M
- Madaniyat (ar.) - dastlab shaharlik degan ma’noda ishlatilgan. Inson sivilizatsiyasining mevasi. Moddiy va ma’naviy yutuqlar majmuasi.
Madrasa (ar.) - darsxona, tahsil oladigan muassasa, oliy o’quv yurti.
Madxiya (ar.) - maqtash, tahsinlar aytish.
Mayor (lot.) - harbiy ofitser unvoni.
Manifest (lot.) - rasmiy va ochiq izxor etilgan hujjat, dastur.
Manqurt - o’zlikni, o’tmishni, an’analarini unutgan kishi.
Marksizm - nemis iqtisodchisi K.Marks ta’limoti.
- Masjid (ar.) - musulmonlarning jam bo’lib namoz o’qiydigan ibodatxonasi.
- Marshal (fr.) - oliy harbiy unvon.
- Mashvarat (ar.) - maslahat, kengash, yig’in.
- Mafkura (ar.) - g’oya, fikrlash mevasi, dunyoqarash.
- Ma’muriyat (ar.) - mansabdorlar idorasi.
- Ma’naviyat (ar.) - insonning e’tiqodi, odob-axloqi, insonga mehr-muruvvati, Vatan oldidagi burchini anglash, umumjahon qadriyatlariga hurmat.
- Ma’rifat (ar.) - bilim, anglash, madaniyatni yoyish.
- Mandat (lot.) - vakolat xususidagi hujjat.
- Manyovr (fr.) - harbiy mashqlarda yoki urush jarayonida zudlik bilan qulay sharoitni egallash.
- Mazdak harakati - Eron va Markaziy Osiyoda milodiy V-VI asrlarda vujudga kelgan harakat. Uning asosiy maqsadi ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurash bo’lgan.
- Medal (fr.) - ko’krak nishoni.
- Mentalitet (lot.) - asosiy belgi, muhim qiyofa
- Militarizm (lot.) - davlatning harbiylashgan siyosati, shu siyosat targ’ibotchilari.
- Millatchilik - odamlarni millat, elat asosida ajratish, boshqa millat vakillarini mensimaslik, o’z millatini ustun qo’yish.
- Milliylik - milliy an’ana, odatlarga sodiqlik, ularni hurmat qilish.
- Mintaqa - hudud, territoriya.
- Movarounnaxr (ar.) - asl ma’nosi daryoning narigi betidagi hudud. VII-VIII asrlarda arablar O’rta Osiyoni istilo qilganlarida Amudaryo va Sirdaryo vohasidagi yerlarni shunday ataganlar.
- Monarxiya (yun.) - yakkahokimlik.
- Monopoliya (yun.) - u yoki bu mahsulotni ishlab chiqarishga, savdo-sotiq huquqiga faqat o’zi ega bo’lgan shaxs, guruh yoki davlat.
- Monoetnik davlat - aholisining mutlaq ko’pchiligi bir millatni tashkil qilgan mamlakat.
- Moratoriy (lot.) - ma’lum sabablarga ko’ra biron tadbirni
vaqtincha to’xtatib qo’yish, kechiktirish.
- Mudarris (ar.) - dars beruvchi, o’qituvchi.
- Mustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) - sobiq SSSR hududidagi respublikalarning o’zaro hamdo’stligi.
- Muholifat (ar.) - ziddiyat, qarama - qarshi mulohazada bo’lish, raqobat. M.: Siyosiy partiyalarning muholifatda bo’lishi.
- Muftiy (ar.) - diniy rahbarlik unvoni.
N
- Navkar (fors.) – xon, podshoh, sulton va feodallarning doimiy harbiy xizmatchisi.
-Najjor (ar.) – duradgor.
- NATO - bir qator davlatlarning shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, harbiy-siyosiy ittifoq. 1949-yilda AQSH tashabbusi bilan yuzaga kelgan. 1991-yildan asosiy maqsadlariga birmuncha o’zgartirishlar kiritilgan.
Naftandoz (ar. f-t.) – neftni yondirib otish quroli. Qadimgi dushmanni jarohatlash maqsadida Sharq mamlakatlarida keng qo’llanilgan.
Nizom (ar.) - qoida, tartib, intizom.
Najm (ko’pligi nujum, ar.) - yulduz.
Navro’z (fors.) - yangi kun. Quyosh yili hisobida yangi yil, bahor faslining birinchi kuni.
Narkoman (fr.) - giyohvand.
Naxshab – Qashqadaryo vohasi etagining qadimgi nomlanishi (hozirgi Qarshi vohasi).
Natsizm - 1933-1945 yillarda Germaniyada hukm surgan o’ta millatchi g’oya.
Neytralitet (lot.) - holis bo’lmoq. Xalqaro munosabatlarda u yoki bu tarafni yoqlamasdan, o’z siyosatini olib borish.
Neofashizm - zamonga moslashgan, lekin asl mazmunini yo’qotmagan fashizm g’oyalari.
Noyib (ar.) – o’rta asrlarda musulmon davlatlarida o’lka yoki viloyat hukmdori. Oltin o’rdada noyib xonning yirik viloyatlardagi yordamchisi.
Novatsiya (lot.) - yangilik, o’zgarish kiritish.
Nota (lot.) - bir davlatning ikkinchi davlatga diplomatik yo’l bilan qilgan murojaati.
No’yon (m.t.) – bir tuman (10 ming kishi) qo’shin qo’mondoni. Qadimiy turk va mo’g’ul qo’shinlarida shahzoda va sultonlar no’yon deb atalgan.
O
Ober-ofitser (nem.) - ayrim mamlakatlarda kichik ofitserlarning (praporshikdan to kapitangacha) umumlashgan unvoni.
Observatoriya (lot.) - koinotni kuzatuvchi ilmiy dargoh, rasadxona.
Okkupant (lot.) - o’zga yerlarni bosib oluvchi.
- Oligarxiya (yun.) - ozchilik tomonidan amalga oshirilayotgan hokimiyat.
Olimpiada (yun.) - qadimgi yunonlarda Olimpiya shahrida 4 yilda bir marta o’tkaziladigan sport o’yinlari, musobaqalari.
Operatsiya (lot.) - harakat, tadbir, amaliyot.
Optimizm (lot.) - hayotbaxsh kayfiyat.
Oriyentir (fr.) - u yoki bu joyni muhim, esda qoladigan belgilar orqali xotirada qoldirish.
Otashkada (fors.) – otashparastlar sig’ingan doimiy olov. Yonib turadigan maxsus bino.
Ofis (ing.) - idora, xizmat joyi.
Ofitser (nem.) - harbiy qismlardagi turli darajadagi boshliqlar.
Oftobachi (fors.) – O’rta Osiyo xonliklarida hukmdor saroyida hukmdorning qo’liga suv quyuvchi shaxs bo’lib, yuqori mavqega ega bo’lgan lavozimlardan biri.
Oppozitsiya (lot.) - muholifat, fikrga qarshi holat.
Opponent (lot.) - e’tiroz bildiruvchi.
- Orden (lot.) - Vatan oldidagi o’ta ibratli xizmatlari uchun beriladigan ko’krak nishoni.
- Og’aliq - hokimlik, boshliq, mansab lavozimi.
P
- Parlament (fr.) – demokratik mamlakatlarda oliy davlat vakillik organi bo’lib, u qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. Parlament AQSHda – kongress, Rusiyada – Duma, Germaniyada – bundestag, Ozarbayjonda – milliy majlis, O’zbekistonda – Oliy majlis, Qoraqalpog’istonda – joqarigi kenges deb ataladi.
- Partizan (fr.) – o’z mamlakatini tajovuzkorlardan ozod etish maqsadida qurollangan kurashuvchi.
- Partiya (lot.) – guruh, bir qism, yirik siyosiy birlashma. Siyosiy partiya – kishilarning o’z ixtiyori bilan ma’lum bir umumiy maqsadga erishish yo’lidagi tashkilot.
- Patriarx (yun.) – ma’lum bir guruhning otaxoni, boshlig’i.
- Patsifizm (lot.) – urush, zo’ravonliklarni qoralovchi, murosachilikni yoqlovchi oqim.
- Parlamentyor (fr.) – urushayotganlarning bir tomoni nomidan vakil bo’lib kelgan va ikkinchi taraf rahbarlari bilan muzokara olib boruvchi shaxs.
- Paritet (lot.) – tenglik, taraflarning teng huquqliligi.
- Partnyor (fr.) – sherik, hamroh.
- Petitsiya (lot.) – yuqori tashkilotlarga ko’pchilik bo’lib yozma ravishda beriladigan iltimosnoma.
- Peshvo (fors.) – yo’lboshchi, raxnamo, yo’l boshlovchi.
- Platforma (fr.) – ma’lum bir siyosiy partiya, jamoa, tashkilotning aniq dasturi.
- Platsdarm (fr.) – askarlar harakatiga mo’ljallangan maydon, harbiy hujum boshlashga tayyorlangan hudud.
- Plyuralizm (lot.) – jamiyatdagi turli siyosiy qarashlar, oqimlar majmuasi, ularning demokratik asosdagi raqobatlari.
- Prezident (lot.) – ko’p demokratik davlatlardagi davlat boshlig’i, yurtboshi.
- Premer – ministr (fr.) – bosh vazir, hukumat boshlig’i.
- Programma (yun.) – dastur, amalga oshirilishi mo’ljallangan bayonnoma.
- Progress (lot.) – olg’a harakat, taraqqiyot.
- Proletariat (lot.) – jamiyatdagi yo’qsillar, nochor ishchilar sinfi.
- Proletariat diktaturasi – yo’qsillar hukmronligi.
- Polietnik davlat – ko’p millatli davlat.
- Putch (nem.) – bir to’da tomonidan amalga oshiriladigan davlat to’ntarishi.
- Punkt (lot.) – nuqta, biron maqsad uchun mo’ljallangan joy.
- Pentagon (yun.) – beshburchak. AQSH mudofaa vazirligi joylashgan beshburchak shaklidagi bino.
- Persona (lot.) – ko’ngilga yaqin, maqbul shaxs. Uning aksi – persona non grata – ishonchni yo’qotgan diplomat (ya’ni diplomatga borgan mamlakatidagi hukumatning e’tirozi).
- Protektorat (lot.) – xomiy, ximoya qiluvchi. Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) Mustaqillikning yashirin turi 2) boshqa davlatga qaram bo’lgan yurt 3) otaliqqa, xomiylikka olish.
R
- Rabod (ar.) – musulmon Sharqidagi o’rta asr shaharlarining savdo va hunarmandchilik do’konlari joylashgan qismi.
- Ravoq (ar.) – katta binolarning old tarafida baland qilib ishlangan ko’rkam va savlatli qismi.
- Radar yoki radiolokator (ing.) – radio yordamida, ya’ni nurlar orqali masofani aniqlash va belgilash vositasi.
- Radiogramma (lot.) – radioxabar, axborot.
- Ratifikatsiya (lot.) – ahdlashuvchi davlatlarning muhtor vakillari tomonidan tuzilgan xalqaro shartnoma yoki bitimning davlatning oliy hokimiyati (kongress, parlament, duma, oliy majlis) tomonidan tasdiqlanishi.
- Rang (nem.) – tabaqa, lavozim darajasi.
- Rasadxona (fors.) – osmon jismlarining holati va harakatini kuzatadigan maxsus joy.
- Reaksiya (lot.) – 1) u yoki bu harakat ta’siriga qarshi holat; 2) jamiyatda ilg’or o’zgarishlarga qarshi bo’lgan harakat.
- Rezerv (fr.) – zaxira, extiyot qism. Harbiyda og’ir, mushkul sharoitda ishga solinadigan ehtiyot harbiy qism.
- Reyxstag (nem.) – davlat majlisi. 1871 – 1945 yillardagi Germaniya parlamenti.
- Renegat (lot.) – o’z e’tiqodidan kechgan kishi.
- Renatriatsiya (lot.) – harbiy asrlarni, boshqa qochoqlarni o’z vataniga qaytarish.
- Reforma (lot.) – islohot, o’zgartirish.
- Reket (ing.) – turli yo’llar bilan odamlarni qo’rqitib foyda ko’rish.
- Rasadxona (ar.) – osmon jismlarini kuzatish joyi.
- Raqobat (ar.) – ziddiyat, qarama – qarshilik.
- Revansh (fr.) – qasos. Urushda yuz bergan mag’lubiyat uchun o’ch olish. Revanshizm – qasos olish siyosati.
- Raiyat (ar.) – tobe kishilar, oddiy xalq.
- Reviziya (lot.) – qayta ko’rib chiqish. Revizionizm – biron bir xulosaga o’zgartirish kiritish maqsadida olib borilgan siyosat.
- Revolyutsiya (fr.) – inqilob, keskin sifat o’zgarishi.
- Rekonstruksiya (lot.) – qayta qurish, qayta tiklash.
- Reklama (fr.) – Biron bir mahsulotni, buyumni targ’ib qilish, maqtash.
- Renessans (fr.) – tiklanish, uyg’onish. M: Sharq uyg’onish davri, G’arbiy Yevropa uyg’onishi.
-Respublika (lot.) - davlat, oliy hokimiyati saylanib turadigan siyosiy tuzum.
- Rivoyat - (ar.) - hikoya, afsona.
- Riyoziyot (ar.) – matematikaning XX asrning 40-yillarigacha o’zbek tilida ishlatilib kelingan nomi. Hozir ham ayrim Sharq tillarida qo’llaniladi.
- Robita (ar.) - aloqa, munosabat, vosita.
- Rum – Rim imperiyasining o’tmishda Sharq va O’rta Osiyoda keng tarqalgan nomi.
S
- Sadr (ar.) – Buxoro amirligida XIX-XX asrlarda amalda bo’lgan, diniy ilohiyot ilmida erishgan yutuqlariga qarab beriladigan unvon bo’lib, oldin “o’roq”, “sudur” va ulardan keyin oxirgi, uchinchi unvon “sadr” bo’lgan.
- Saklar (Shaklar) – milod. avv. 1-mingyillik va milodning boshlarida O’rta Osiyo va Sharqiy Turkistonning shimoli-sharqiy rayonlarida yashagan chorvador qabilalar.
- Salavkiylar davlati – Yaqin va O’rta Sharqdagi yirik davlat. Aleksandr Makedonskiy tuzgan imperiya tanazzulga uchragach, uning lashkarboshilaridan bo’lgan Bobil satrapiyasining diodoxi Salavk 1 Nikotor asos solgan.
- Salib (ar.) – xristianlar bo’yniga osib yuradigan, to’rt tarafli metaldan ishlangan taqinchoq.
- Salyut (fr.) - harbiy qismlarning o’zaro salomlashish yo’sinlaridan biri (ozor bermaydigan to’p otish yo’li bilan). Xalq bayramlarida mushakbozlik yo’li bilan tabriklash.
- Sanatsiya (lot.) - davolash, oyoqqa turg’izish. Iqtisodiyotda tushkunlikka uchragan korxonaga moliyaviy yordam berib, uning faoliyatini yaxshilash.
- Sapyor (fr.) - yer kovlash ma’nosini beradi. Injenerlik harbiy qismlarining yo’l qurilish, ko’prik o’rnatish ishlarini amalga oshiradigan askar.
- Sarxad (fors.) - chegara.
- Satrap (fors.) - o’lka bosh ma’muri, keng vakolatli amaldor.
- Sardor (fors.) - boshliq, qo’mondon.
- Saffor (ar.) –misgar, mis bilan ishlovchi.
- Seym (lot.) - ayrim davlatlardagi parlament nomi.
- Sektsiya (lot.) - biron tashkilot yoki uyushmaning bir qismi.
- Senat (lot.) - ayrim mamlakatlardagi (AQSH) parlamentining yuqori palatasi.
- Sipox (fors.) - qo’shin, lashkar.
- Sionizm - Isroil davlatidagi Sion tepaligi nomidan olingan, yaxudiylarning o’zlariga bino qo’yishi, boshqa elatlarni mensimaslik oqimi.
- Samoderjaviye (rus.) - Rusiyadagi hokimiyatni boshqarishning yakka hokimlik shakli.
- Svastika (xind.) - to’rttala uchi to’g’ri burchak hosil etib bukilgan but. U qadimiy hindlarning mazxab belgisi bo’lgan. Sharq va G’arbda o’rta asrlar davrida san’atda naqsh belgisi sifatida uchraydi; Fashistlar Germaniyasining davlat belgisi ham bo’lgan.
- Separatizm (lot.) - ajralish, ittifoqdan chiqish. Uyushmadan ajralgan holda mustaqil xulosaga kelish, bir taraflama sulx tuzish.
- Siyosat (ar.) - saltanatni, davlatni boshqarish, jamoa ishlarini tashkil qilish maxorat. Siyosat, shuningdek hokimiyatni egallash, uni saqlab qolish, undan foydalanish, boshqarishga fuqarolarni jalb etish va shu kabilarni o’z ichiga oladi. Siyosat ichki va tashqi qismlarga, iqtisodiy-ijtimoiy, maorif, madaniy yo’nalishlariga ega. Siyosat ilmu fan ham san’atni talab etadi.
- Siyosiy ong - ijtimoiy sub’ektlar (ayrim shaxslar, guruhlar, tabaqalar, sinflar) ning siyosiy jihatlarini (sohalarini) anglab olish. Siyosiy ong voqelikni tegishli darajada qabul qilish, bilish va baholash majmuasi bo’lib, muayyan siyosatga (mazkur davlat siyosatiga) shaxsning munosabatini belgilaydi.
- Siyosiy tizim - davlat muassasalari, siyosiy partiyalar, jamoat uyushmalarining yig’indisi va jamiyatning siyosiy hayotini va davlat hokimligini amalga oshirishni o’z ichiga olgan sifat belgilari. M.: O’zbekiston davlatining siyosiy tizimi demokratik, huquqiy, fuqarolik xususiyatlariga asoslangan.
- Simpozium (yun.) - xalqaro yoki ilmiy sohalar bo’yicha o’tkaziladigan majlis, anjuman.
Sovetlar - XX asr boshlarida Rossiyaning ayrim shaharlarida mehnatkashlarning vakillari yig’inini "sovetlar" (sho’rolar) deb ataganlar. 1917-yil oktyabr to’ntarishidan keyin Lenin rahbarligida o’rnatilgan hokimiyatni sovetlar hukumati deyilgan. Sobiq SSSRda to 1991-yil oxirigacha rasmiy hokimiyat sovetlar qo’lida bo’lgan.
Sinogoga (yun.) - yig’in, to’planish degan ma’noni beradi. Yaxudiylarning ibodatxonasi.
Soldat (nem.) - yollanma askar.
Sovuq urush - 2 jahon urushidan keyingi davrda yirik davlatlar o’rtasidagi o’zaro ishonchsizlik oqibatida vujudga kelgan munosabatlar.
Snayper (ing.) - mergan, mohir o’qchi.
- Sotsiologiya (lot.) - ijtimoiy hayotning qonun-qoidalarini, jamiyatdagi umumiy o’zgarishlarni o’rganuvchi fan.
Sotsial-demokrat - ijtimoiy demokratiya oqimining qatnashchisi yoki sotsial-demokratik (sotsialistik) partiya a’zosi.
Sotsial-demokratiya – XIX asr oxirlarida xalqaro ishchilar harakati doirasida paydo bo’lgan siyosiy oqim. Shu asosda bir necha mamlakatlarda siyosiy partiyalar tashkil topgan edi. Yevropaning ayrim davlatlarida xozir ham bunday siyosiy guruhlar mavjud.
- Student (lot.) - astoydil o’rganuvchi (ilm-fanni). Ilm talab, bilmoqqa ehtiyoj sezuvchi.
- Strategiya (yun.) - harbiy strategiya- harbiy san’atning eng oliy sohasi. Mamlakat va qurolli kuchlarni urushga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti urushni rejalashtirish va olib borish masalalarini o’z ichiga oladi. Urush qonuniyatlarini tadqiq qiladi, katta muhim amaliyotlarni tayyorlash va o’tkazish usullari hamda shakllarini ishlab chiqadi, harbiy qismlarning maqsad va vazifalarini belgilab beradi, asosiy kuchlarni eng muhim yo’nalishlar bo’yicha taqsimlaydi.
- Strateg (yun.) - sarkarda, yirik amaliyotchi. M: Amir Temur, Napoleon, G.Jukov kabi shaxslar buyuk strateg bo’lganlar.
Status (lot.) - holat, maqom.
Suverenitet (fr.) - davlatning mustaqilligi, o’z ichki va tashqi siyosatini mustaqil olib borilishi va ustunligi. Suverenitetni xurmat qilish - hozirgi xalqaro huquq va munosabatlarning muhim tamoyili, bu hol BMT ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan. O’zbekiston Konstitutsiyasida davlatimiz suvereniteti qonun asosida qayd etilgan. O’zbekiston 1990-yil 20-iyunda o’zining suvernitetini e’lon etdi, 1991-yil 31-avgustda esa qabul qilingan deklaratsiyada respublika mustaqilligi ta’kidlandi.
Solnoma (fors.) - yilnoma. Tarixiy asar, badiiy adabiyot turi, O’rta sharq mamlakatlarida, arab va ajam xalqlarida dastlabki solnomalar milodiy VII asrdan yozila boshlangan.
Suyurg’ol - XIV-XV asrlarda Markaziy Osiyo va O’rta sharqning bir qancha mamlakatlarida alohida xizmat ko’rsatgan shaxslarga berilgan in’om (yer-suv, mol-mulk, xatto bir hudud), M.: Amir Temur egallagan horijiy mamlakatlarni o’z o’g’illari va nabiralariga suyurg’ol sifatida in’om etgan.
- Sunna (ar.) - islomda Muhammad alaihissalom aytganlarini va kechmishlarini tan olmoq hamda Qur’onga va xadislarga itoat etish aqidasi.
- Supermarket (ing.) - katta, universal do’kon.
- Seytnot (nem.) - vaqtning yetishmasligi.
- Senzura (lot.) - matbuotda bosib chiqariladigan ma’lumotlarda davlat sirlarini oshkora qilmaslik maqsadidagi na`zorat.
- Sentralizm (lot.) - markazlashtirish yo’li bilan davlat boshqaruvini tashkil etilishi.
- Seremoniya (lot.) - aniq belgilangan tantanali rasmiy marosim.
- Sivilizatsiya (lot.) - ijtimoiy taraqqiyot, moddiy va ma’naviy yutuqlari darajasi.
Sisterna (lot.) - suyuqlik (suv, benzin) saqlaydigan idish.
Sunami (yap.) - okeanda kuchli yer osti yer qimirlashlari natijasida yuzaga keladigan daxshatli to’lqinlar.
T
- Tabl (ar.) – katta nog’ora, dovul.
-Taktika (yun.) - askarlarni peshlash, epchillikka o’rgatish san’ati, yo’sini. Harbiy san’atning muhim tarkibiy qismi.
- Talant (yun.) - iste’dod, iqtidorlik.
- Tarovih (ar.) - dindorlar tomonidan rama`zon oyi davomida, ya’ni ro’za tutish kechalar o’qiladigan qo’shimcha namoz.
- Tanob (f.t) – O’rta Osiyo xonliklarida ekin maydonini o’lchash uchun ishlatiladigan yuza birligi. 1 tanob 3600 m2 .
- Tafakkur - (ar.) - fikr yuritish, mulohaza etish.
- Tashqi siyosat - davlatning boshqa mamlakatlar bilan bo’lgan munosabatlariga oid tamoyillari.
- Tariqat (ar.) - to’g’ri yo’lga boshlovchi usul.
- Taxdid (ar.) - xavf-xatar, taxlika, qo’rqinch.
- Tarixiy manba - o’tmishni to’laroq o’rganishda ko’maklashuvchi ashyo’viy va yozma dalillar, faktlar, yodgorliklar, hujjatlar, darsliklar, kitoblar.
- Tarixiylik - voqelikni to’g’ri anglash tamoyili. O’tmishda bo’lib o’tgan hodisa, voqealarni xolis o’rganish, ularni haqqoniy tushunish yo’sini, uslubi. U voqelikni sodir bo’lish sabablari, uning rivojlanish sharoitlari va jarayonlari, hamda oqibatini o’rgangan holda masalaga yondoshishni taqozo qiladi. U moziyni ilmiy jihatdan
to’g’ri o’rganish va bilishga ko’maklashadi, shu tahlil asosida bugungi voqelikni anglash va kelajakni bashorat qilishga imkon beradi.
- Tolibon (fors.) - tarjimasi ilmga berilganlar. Lekin Afg’onistondagi shu nomli harakat sobiq talabalar birlashmasi deb atalib, o’z yurtida aqidaviy va milliy zo’ravonlik siyosatini olib bormoqda.
- Totalitar tuzum (fr.) - jamiyatning barcha sohalarini davlat organlari tomonidan to’la na`zorat qilishga erishgan tuzum.
- Tribunal (lot.) - maxsus harbiy sud (vakolati keng bo’lgan sud jamoasi).
- Tuman - ma’muriy hududiy bo’linish, rayon, nohiya.
Temur tuzuklari - Amir Temurning saltanatni idora qilish qonun-qoidalari xususidagi asari.
Taym-aut (ing.) - sport o’yinlari davomida olinadigan tanaffus.
Tankodrom - bronetank texnikalarini sinash va ularni o’rganish uchun maxsus ajratilgan joy.
Telegramma (yun.) - telegraf orqali berilgan xabar.
Tet-a- tet (fr.) - yakkama-yakka uchrashuv.
Triumvirat (lot.) - uch shaxsning umumiy maqsad uchun olib borgan faoliyati, uch siyosatchining ittifoqi.
To’ra (turk.) – Buxoro amirligining amir o’g’illariga hamda Turkiston o’lkasida podshoh ma’murlari nomiga hurmat yuzasidan qo’shib aytilgan atama.
U
- Ulamo (ar.) - islom mamlakatlarida ilmli bilimdon, o’qimishli kishilar.
- Ulus (mo’ng.) - davlat, yurt, xalq.
Ultimatum (lot.) - so’nggi, oxirgi shart.
Ummaviylar – arab xalifalari sulolasi (661-750). Asoschisi makkalik yirik savdogar va qurayshiylar zodagoni Abu So’fyonning o’g’li Muoviyadir.
Ushr (ar.) – musulmon mamlakatlarida natura shaklida undirilgan soliq. Ushr solig’i har yili dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlari va boshqalardan olingan.
Universal (lot.) - umumiy, keng qamrovli.
Univermag - turli buyumlar sotiladigan do’kon.
Unitar davlat (fr.) - o’ta markazlashgan davlat.
Unter-ofitser - kichik komandirlik unvoni.
- Utopiya (yun.) - hayoliy, amalda bo’lmagan mukammal jamiyat, xom hayolparastlik.
Uzurpator (lot.) - hokimiyatni g’ayri qonuniy yo’l bilan qo’lga olgan shaxs.
Uik-end (ing.) - xaftaning oxirgi kunlari (dam olish kunlari).
Universitet (lot.) - dorilfunun. Ko’p fanlar bo’yicha bilim beruvchi oliygoh.
F
- Fanatizm (lot.) – o’ta ketgan mutaassiblik. O’z dinining haqiqiyligiga qattiq ishonish, boshqa diniy e’tiqodlarga murosasiz, qarshi munosabatda bo’lish.
Farz (ar.) - bajarilishi shart bo’lgan vazifa, majburiyat.
Farsax (farsang-parsang, porasang) (fors.) – Sharqda, jumladan O’rta Osiyoda qadimdan ishlatilib kelgan masofa o’lchov birligi. Bir farsah 9-12 ming qadamga yoki 6-8 km ga teng bo’lgan.
Fatx (ar.) - zafar, g’alaba, yutuq.
- Falsifikatsiya (lot.) - qalbakilik. Asl narsani soxta bilan, haqiqatni yolg’on bilan almashtirish.
- Faylasuf (yun.) mulohazakor, donishmand, dunyoqarashi teran odam.
- Fashizm (it.) - birlashma, to’da. XX asrning birinchi yarmida Italiya, Germaniya kabi mamlakatlarda vujudga kelgan tajovuzkor siyosiy guruh. Uning mafkuraviy asosida irqchilik, zo’ravonlik, shovinizm yotgan.
- Fenomen (yun.) - aql bovar qilmaydigan kamyob narsa, hodisa. O’ta aqlli, o’ta bilimdon kishi. Sodir bo’lishi kutilmagan voqea.
- Fraktsiya (fr.) - siyosiy partiyaning bir qismi, ayrim xollarda partiya nomidan uning siyosatini amalga oshiruvchi guruh.
-Fundamentalizm (lot.) - asos, poydevor, tayanch. Diniy e’tiqodlarning ayrim qoidalarini qayta ko’rib chiqishga qarshi turuvchi oqim.
Fuqaro (ar.) - kambag’allar, yo’qsillar, muhtojlar, faqirlar.
Fuqarolik jamiyati - oddiy aholi huquqlarini yoqlovchi fuqarolik jamiyati.
Fiqh (ar.) – musulmon huquqshunosligi, shariat qonun-qoidalarini ishlab chiqish bilan shug’ullanuvchi islom ilohiyotining bir sohasi.
Firqa (ar.) - partiya, guruh.
Faktor (lot.) - omil, amalga oshiruvchi.
Federatsiya (lot.) - birlashma, ittifoq.
Feldmarshal (nem.) - yuqori lavozimli harbiy unvon.
Femnda (yun.) - odil hakamlik.
Feodal (lot.) - o’rta asrlardagi yirik yer egasi, mulkdor.
Fyurer (nem.) - dohiy, Gitlerni shunday atashgan.
Forpost (nem.) - oldingi qatordagi harbiy post.
X
- Xabarchi (ar. f.-t.) – O’rta Osiyo xonliklarida xon va mahalliy hukmdorlarning xat va xabarlarini tashuvchi yoki yetkazuvchi kichik lavozimdagi xizmatkor.
- XVF - xalqaro valyuta fondi.
- Xameleon (yun.) - ma’lum bir prinsipda turmaydigan, o’z
dunyoqarashini tez o’zgartirib turadigan shaxs.
- Xatib (ar.) – odatda masjidda juma va diniy bayram kunlari, ya’ni hayit namozlari paytida xutba o’qiydigan dindor.
- Xattotlik (ar.) – yozuv, xat san’ati, kitob ko’chirish kasbi.
- Xiroj (ar.) - o’rta asrlardagi yer solig’i.
- Xoqon – turk, xitoy, mo’g’ul hukmdorlari unvoni. Xoqon atamasi birinchi marotaba 312 yilga oid bo’lgan Xitoy yilnomalarida uchraydi.
- Xristianlik (yun.) - afsonalarga qaraganda Xristos asoslagan diniy oqim, nasroniylik.
Xronologiya (yun.) - solnoma.
Xunta (isp.) - hokimiyatni noqonuniy yo’l bilan qo’lga kiritgan harbiy guruh.
CH
Chartistlar harakati - XIX asrda Angliyada yuzaga kelgan ishchilar harakati (maqsadi - demokratik o’zgarishlar).
Chah Choh (fors.) – chuqur, quduq degan ma’noni anglatgan.
Chempion (ing.) – sport musobaqalarining g’olibi.
Cherik (mo’g’.) - askar, qo’shin, lashkar.
Chokar (fors.) – O’rta Osiyoda ilk feodalizm davrida feodallarga qarashli bo’lgan qurolli yigitlar guruhi.
Chopar (turk.) – otliq xabarchi.
Chorsu (fors.) – o’rta asr Sharq shaharlarida ikki yirik ko’cha kesishgan joy. Bunday joylarda odatda savdo rastalari, kosiblarning do’konlari joylashgan toqlar bo’lgan.
Cho’qmor (turk.) – qo’l jangida ishlatiladigan oddiy qurol.
SH
Shajara (ar.) – kishilarning kelib chiqishi, ajdodlari va qon-qarindoshlik aloqalari majmui. Uni tarix fanining bir tarmog’i –geneologiya fani o’rganadi.
Shariat (ar.) - musulmonlarning Qur’on asosida ishlab chiqilgan qonun-qoidalari.
Shahid (ar.) – Islomda din yo’lida halok bo’lgan shaxs.
Shayx (ar.) - ruhoniylar boshlig’i, eshon.
Shovinizm - bir millatni xaddan ortiq ko’klarga ko’tarish hisobiga boshqa xalqlarni kamsitish, mensimaslik siyosati.
Shpion (nem.) - ayg’oqchi, josus.
- Shturm (nem.) - dushman istehkomini qo’lga olish maqsadidagi keskin harakat, hujum.
- Shtab (nem.) - askarlarni boshqarish markazi.
Shosh (Choch) - Toshkentning qadimgi nomi.
Shantaj (fr.) - siringni ochib sharmanda qilaman deb qo’rqitish yo’li bilan o’zganing boyligini olishga harakat.
Shef (fr.) – boshliq.
Shia (ar.) - islom dinining bir oqimi.
Shou (ing.) - dabdabali saxna tomoshalari.
E
- Evakuatsiya (lot.) – ko’chirish. Ma’lum xavf tug’ilgan hududdan aholini, korxona va tashkilotlarni tinch joyga ko’chirish.
Evolyutsiya (lot.) - asta-sekin sodir bo’lgan o’zgarish, osoyishta yo’l bilan amalga oshadigan rivojlanish jarayoni.
Ekologiya (yun.) - organizmlarning o’zaro va atrof muhit bilan munosabatlari to’g’risidagi fan. Bu fan hozirgi zamonda inson va biosfera o’rtasidagi munosabatlar muammosini ham keng ko’lamda va har tomonlama o’rganmoqda.
Ekosan - atrof muhitni sog’lomlashtirish bo’yicha tuzilgan nodavlat tashkiloti.
- Ekspeditsiya (lot.) - jo’natish, yuborish. Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) pochtamtning xatlarini saralaydigan va jo’natadigan bo’limi; 2) ilmiy tekshirish maqsadida biror joyga yuboriladigan guruh.
Ekspluatatsiya (fr.) - foydalanish, foyda olish. Bir necha ma’noda qo’llaniladi: 1) mulkdor tomonidan o’zganing mehnat xosilini o’zlashtirib olishi; 2) tabiiy boyliklarni qazib olish va ulardan foydalanish; 3) mehnat va transport vositalaridan foydalanish.
Eksport (ing.) - mahsulotni xorijiy mamlakatlarga chiqarib sotish.
Elat - kishilarning til, hudud, iqtisodiy va madaniy jihatdan tarixan shakllangan (qabila va millat oralig’i) birligi. Elat bir-biriga yaqin bir necha qabilalarning birlashishi asosida ma’lum bir tarixiy sharoitda vujudga keladi.
Ekstremizm (lot.) - siyosatda, e’tiqodga masalani xaddan tashqari keskin ravishda xal etish, shiddatli harakat qilish.
Elektorat (lot.) - saylovchilar guruhi (prezident yoki parlament saylovlarida).
Elita (fr.) - saralangan, eng yaxshi, ishonchli kishilar, buyumlar, tabiiy narsalar.
Ellinizm (yun.) - qadimgi yunon madaniyati.
Emigrant - (lot.) - turli sabablarga ko’ra boshqa yurtlarda boshpana topgan kishi.
Entsiklopediya (fr.) - turli sohalar bo’yicha ma’lumotlarning ilmiy ravishdagi qisqa izohi bitilgan nashr (to’plam).
Era (lot.) - milodiy. Solnomaning boshlanish davri.
- Eserlar partiyasi - ijtimoiy inqilobchilar. Rusiyada XX asr boshlarida dehqonlar, o’rta hol ziyolilar, hunarmandlar manfaatini ko’zlashni maqsad qilib qo’ygan siyosiy partiya (1923 yilda tugatilgan).
- Eskalatsiya (ing.) – urushning kuchayishi, mojarolarning kengayib ketishi, ahvolning zo’rayib ketishi.
Etatizm (fr.) - siyosiy Partiyaning davlat ishlariga keng ko’lamda aralashuvi.
Etnografiya (yun.) - xalqlarning turmushi, madaniyati, ularning kelib chiqishi, urf-odatlarini o’rganadigan fan.
Etnogenez (yun.) - xalqlarning kelib chiqishi, shuningdek, biror xalq kelib chiqishining dastlabki bosqichlari bilan birga til va antronologik xususiyatlarining keyingi shakllanishi jarayonini ham o’z ichiga oladi.
Etnos - kishilarning qabila, elat, millatdan iborat, tarixan tarkib topgan barqaror ijtimoiy guruhi. "Xalq" tushunchasiga yaqin turadi.
- Emblema (yun.) - biror tushuncha, g’oyaning shartli yoki ramziy tasviri. M: oq kaptar – tinchlik emblemasi.
- Estetika (yun.) - inson bilan dunyo o’rtasidagi qadriyat munosabatining o’ziga xos tomonlarini va kishining badiiy faoliyatini o’rgatuvchi falsafiy fan.
- Etika (yun.) - odob axloqni o’rgatuvchi fan.
- Etiket (fr.) - biron joy (diplomatik doiralar) da qabul qilingan o’zaro muomala tartibi.
Etimologiya (yun.) - so’zning (atama) kelib chiqishi. Tilshunoslikda so’z hosil qiluvchi strukturani o’rganadi, ularning qadimiy ma’no elementlarini aniqlaydi.
Ekspress (ing.) - odatdagi tezlikka nisbatan yuqori tezlikda yuradigan transport vositasi.
- Esperanto - keng tarqalgan xalqaro sun’iy til. Yozuvi lotin alifbosiga asoslangan.
Yu
Yubiley (lot.) - u yoki bu shaxsning, korxona, tashkilotning tug’ilgan yoki tashkil etilgan kunini bayram qilish.
Yuzboshi (turk.) – qadimgi davrlarda va o’rta asrlarda O’rta Osiyo hududida yuz nafar askar boshlig’i yuzboshi deb atalgan.
YuNЕSKO - BMTning maorif, fan va madaniyat masalalari bilan shug’ullanadigan tashkiloti. U hukumatlararo tashkilot bo’lib, 1946 yilda tuzilgan. Bosh qarorgohi Parijda joylashgan.
- Yuriskonsult (lot.) - huquqshunoslik ishlari bo’yicha maslahatchi.
- Yurisprudentsiya (lot.) - huquqshunoslik, qonunga oid amaliyotlar.
-Yurchi (turk.) – Buxoro amirligida amir o’tadigan ko’chalarni tozalashni uyushtiradigan mansabdor.
YA
Yalovbardor – bayroq ko’tarib boruvchi bayroqdor. Movarounnahr va O’rta Osiyo xonliklari qo’shinlarida bayroq ko’tarib yuruvchi maxsus kishilar bo’lib, ular yalovbardor deb atalgan.
Yalavoch (turk.) – chopar, xabar eltuvchi, payg’ambar.
Yaman (ar.) – o’ng tomon.
Yanki (ing.) - AQShlik kishilarning laqabi.
Yangicha siyosiy tafakkur - XX asrning 80- yillarida vujudga kelgan ibora. Uning asosiy ma’nosi - urushlar va kuch ishlatish siyosatini rad etish, ixtilof va muammolarni hal etishning siyosiy yo’llarini izlash xususidagi mulohazalar.
Yaso (Yosoq) (t.m.) – Chingizxon zamonida joriy etilgan qonun-qoida.
Yasovulboshi (m.t.) – yasovullar boshlig’i.
Yasoq (m.t.) – Mo’g’ul imperiyasi, xususan Oltin O’rda davlati tomonidan itoat ettirilgan xalqlardan natura bilan undirilgan soliq turi.
O’
- O’nboshi (turk.) – Amir Temur armiyasi va O’rta Osiyo xonliklari qo’shinlaridagi eng kichik harbiy bo’linma boshlig’i.
- O’lpon (turk.) – O’rta Osiyo xonliklari hududi chor Rusiyasi tomonidan bosib olinganidan so’ng joriy etilgan bo’lib, ekin maydoni va olinadigan hosilning miqdoriga qarab, yiliga bir marta undiriladigan yer solig’i.
- O’tov (m.t.) – ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi xalqlarning asosiy turar joyi.
- O’g’uzlar – turkiy qabila. Markaziy va O’rta Osiyoda yashagan. VII asr boshida Turk hoqonligi tarkibida to’qqiz o’g’uz qabilasi ittifoqi paydo bo’lib, bu ittifoqda ko’pchilikni asosan uyg’urlar tashkil etgan.
- O’g’uzxon – barcha turkiy-mo’g’ul qabilalarining afsonaviy asoschisi.
- O’g’lon - mo’g’ulcha so’z bo’lib, taxt vorisi, shahzoda degan ma’noni anglatadi.
Q
- Qabo (ar.) – jubba (sovut) ostidan kiyiladigan uzun ust kiyimi. Shohlik qabosi podshohlarning ana shunday kiyimi.
- Qadoq (turk.) – qadimgi va o’rta asrlarda mavjud bo’lgan og’irlik birligi. XX asr boshlarigacha O’rta Osiyo hududida keng qo’llanilgan. Bir qadoq 409,512 grammga teng bo’lgan.
- Qamar – oyning arabcha nomi.
- Qarovulbegi (turk.) – posbonlar boshlig’i.
- Qiyomat (ar.) – dunyoning tugashi haqidagi diniy ta’limot.
- Qiyrat (yun.-fr.) – misqolning 1G’24 (yigirma to’rtdan bir) qismi bo’lib, u 0,195 grammga teng bo’lgan.
- Qiroat (ar.) – baland ovoz bilan ta’sirli va ifodali o’qish, mutolaa qilish.
- Qupchur (m.) – ko’chmanchi xalqlardan va qabilalardan undiriladigan soliq. Qupchur solig’ining miqdori yuz bosh hayvondan birini, ba’zan qirqdan birini tashkil etgan.
- Qurultoy (m.) – turkiy va mo’g’ul xalqlarida ayrim vaqtlarda o’tkaziladigan umumiy yig’in yoki umumiy kengash. Qurultoylarda siyosiy masalalar ko’rilgan.
- Qushbegi (turk.) – XV-XVI asrlarda podshoh va xonlar qushxonasining mutasarrufi bo’lgan. Uning zimmasiga ovni tashkil qilish va o’tkazish vazifalari yuklatilgan.
G’
- G’a`zovot (ar.) – din uchun kurash. Islomda g’ayri dinlarga qarshi musulmonlarning muqaddaslashtirilgan urushi.
- G’assol (ar.) – marhumni yuvuvchi.
- G’oziy (ar.) – Islom dini uchun g’ayri dinlarga qarshi muqaddas urush –g’a`zovot ishtirokchisi.
- G’oshiya – egar ustiga tashlanadigan yopqich.
H
Habl (ar.) –arqon degani; vasiqalarda uzunlik o’lchovi ma’nosida kelib tanobning 1G’60 (otmishdan bir)ni anglatadi.
Harbiy doktrina - harbiy siyosatning ravshan izhor etilgan tizimi, bu siyosatning ilmiy asoslari.
Haj (ar.) - musulmonlarning Makkaga va Madinaga borib ibodat qilib kelishi.
Halifalik (ar.) - VII-IX asrlarda islom davlatini idora qilish tizimi (haliflar davlat boshlig’i bo’lish bilan birga diniy rahbar ham bo’lganlar).
Hadis (ar.) - so’z, gap. Muhammad alayhissalomning zikr etgan so’zlari va boshidan o’tgan voqealar.
Hamal (ar.) – qamariy yilning mart-aprel oylarining nomi. Falakdagi 12 burjlardan biri.
Handasa (ar.) - geometriya.
Hubbul vatan (ar.) - vatanni sevmoq.
Hijob (ar.) - chimmat, niqob, parda.
Hisor (ar.) – qo’rg’on, qal’a.
Homiy (ar.) - ximoya etuvchi, ko’mak beruvchi.
Huquqiy davlat – konstitutsiya asosida tashkil topgan va fuqarolar huquqi kafolatlangan davlat.
Hurriyat (ar.) - ozodlik, erkinlik.
Hojib (ar.) – Xiva va Qo’qon xonliklarida darvozabon hojib deb atalgan. Buxoro amirligida esa darvozabon darbon deb yuritilgan.
Hokim (ar.) - boshqaruvchi, hukmronlik qiluvchi.
Hokimiyat - ma’lum bir hududni idora qiluvchi dargoh, idora.
- Ha`zora (ar.) – Buxoro xonligida sug’oriladigan yerdan olgan daromadi hisobiga ming kishidan iborat lashkarni o’z qaramog’ida ushlab turib, uni ta’minlab turadigan tuman.
- Hirovul (m.-t.) – qo’shinning old tomoni.
Informatsion uslubiy ta`minot
Asosiy adabiyotlar
1. Murtazaеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. Darslik.-T.: Yangi asr avlodi, 2005 (lotin alifbosida)
2. Murtazaеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
3. Eshov B.J. O`zbеkistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi . Darslik.-T.: Yangi asr avlodi, 2012.
4. Eshov B., Odilov A., O`zbekiston tarixi I jild. Eng qadimgi davrdan – XIX asr o`rtalarigacha. Darslik, T.: Yangi asr avlodi, 2014.
5. O`zbekiston tarixi. Darslik II jild. Mualliflar jamoasi. T: Yangi asr avlodi. 2015.
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси президенти лавозимига киришиш тантанали маросимга багишланган Олий Мажлис палаталарининг кўшма мажлисидаги нутк. Т.: <<Ўзбекистон>> 2016.
2. Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катьий тартиб-интизом va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruza. T.: <> 2017.
3. Мирзиёев Ш.М. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O`zbekiston. 2017.
4. Мирзиёев Ш.М. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: O`zbekiston. 2017.
5. Abu Rayhon Bеruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1 jild. -T.: Fan, 1968.
6. “Avеsto”. “Yasht” kitobi. O`zbеk tiliga M. Ishoqov ilmiy-izohli tarjimalari. -T.: Sharq, 2001.
7. Ата-Мирзаев О.Б., Гентшке В.Л., Муртазайева Р.Х. Узбекистан многанационалний историко-демографический аспект. – Т.: Янги аср авлоди, 2011.
8. Azamxo`jaеv S. Turkiston muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000.
9. Buniyotov 3. Anushtеgin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). -T.: G`afur G`ulom, 1998.
10. Bobobеkov H.N. Qo`qon tarixi. -T.: Fan, 1996.
11. Ziyoеv H. O`zbеkiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi - T., Sharq, 2001.
12. Lеvitin L. O`zbеkiston tarixiy burilish pallasida. -T.: O`zbеkiston, 2001.
13. Mirzo Ulug`bеk. To`rt ulus tarixi. -T.: Cho`lpon, 1994.
14. Muhammadjonov A. Tеmur va tеmuriylar davri. –T.: Fan, 1996.
15. Murtazaеva R.X. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlar va bag`rikеnglik. O`quv qo`llanma –T., Univеrsitеt, 2007.
16. Nizomul mulk. Siyosatnoma. –T.: Adolat,1997.
17. Sa`dullayev A. Qadimgi O`rta Osiyo tarixi. O`quv qo`llanma. – T.: Universitet, 2004.
18. Tеmur tuzuklari. -T.: Sharq. 2012.
19. Tеmur va Ulug`bеk davri tarixi. –T.: Qomuslar bosh taxririyati, 1996.
20. Shoniyozov K. O`zbеk xalqining shakllanish jarayoni. -T., Fan, 2001.
21. Nizomiddin Shomiy Zafarnoma. –T.: O`zbekiston, 1996.
22. Yunusova X.E. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlar va ma`naviy jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). –T., Abu matbuot-konsalt, 2009.
23. Yazdiy Sh. Zafarnoma. –T.: Sharq, 1997.
24. O`zbеkistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000.
25. O`zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O`zbеkiston sovеt mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000.
26. O`zbеkistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O`zbеkiston tarixi. -T.: Sharq, 2000.
Internet saytlari:
1. „Xalq so`zi“ gazetasi – www.info.XS.uz.
2. “Turkiston” gazetasi – www.turkiston sarkor. Uz
3. “ Ma`rifat “ jurnali - www.marifat-inform.
4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali – www.rzult academy freenet uz.
5. “Moziydan sado” jurnali – www.moziy dostlink.Net
6. www.ZiyoNet.uz
NAMUNAVIY DASTUR
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
|
«TASDIQLAYMAN»
O`quv ishlari bo`yicha prorektor
__________ dots.S.U.Xodjaniyazov
«____» ___________ 2019 yil
|
«O’zbekiston tarixi» fanidan
FANI BO’YICHA
Ishchi DASTURI
Оliy ta’limning
Bilim sоhasi: 100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sоhasi: 120000- Gumanitar fanlar
Ta’lim yo’nalishi: _________ – EUTTE
__________– KMB КICh
Umumiy o’quv soati – 98
Shu jumladan:
Ma’ruza – 26 soat (1-semestr – 26 soat)
Seminar mashg’uloti – 28 soat (1-semestr – 28 soat)
Mustaqil ta’lim soati – 44 soat (1-semestr – 44 soat)
Urganch – 2019
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbеkistоn Rеspublikasi Оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi 2018 yil ___ __________dagi ___ – sonli buyrug’i bilan ( buyruqning ___ – ilovasi) tasdiqlangan “O’zbekiston tarixi” fani dasturi asosida tasdiqlangan.
Fan dasturi Urganch davlat universiteti kengashining 2019 yil “___” __________ dagi “____” – sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
X.X.Matyakubov – UrDU, “Tarix” kafedrasi katta o’qituvchisi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori.
Taqrizchilar:
Q.Y.Masharipov – UrDU, “Tarix” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari nomzodi.
X. Artiqov – UrDU, “Tarix” kafedrasi katta o’qituvchisi
UrDU Tarix
fakulteti dekani:
2019 yil “____” ________________________________ t.f.n O. Shixov
“Tarix”
kafedrasi mudiri:
2019 yil “____” ________________________________ t.f.n dots. O’.Abdullaev
I. O`quv fanin o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatma
Fanni o`qitishning vazifalari – tarixiy madaniy jarayonlarni xolisona hamda manbalarga tayangan holda tahlil qilish, ularning sabablari va mohiyatini ochib berish;
-yoshlarimizda o`zini anglash, vatanparvarlik, tarixiy qadriyatlarga xurmat, boy tariximizni qadrlash fazilatlarini shakllantirish;
- mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyatini barpo etish, turli sohalardagi islohotlar, jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv bilan bog`liq tarixiy jarayonlar, voqea va hodisalarni yoshlar onggiga tarixiy haqiqat tamoyillari asosida yetkazish.
Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga quyidagi talablar qo`yiladi. Talaba:
Fanning predmeti, nazariy – metadologik asoslari, manbalari;
O`zbek davlatchiligining shakllanishi va rivojlanishi, xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi;
O`zbekiston tarixining asosiy davrlari va taraqqiyoti, tadrijiy bosqichlari, ularning uzviy bog`liqligi va davomiyligi, tarixiy voqealar vorisiyligi;
mustamlakachilik va sovet mustabid davrida O`zbekistonning turli sohalari rivojlanishiga qarshi siyosat va uning ayanchli oqibatlari;
turli davrlarda ozodlik yo`lida amalga oshirilgan kurshlar va hamda vatanparvarlik jasoratlari;
O`zbekistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, rivojlanishi, yangilanish va modernizatsiya jarayonlari haqida bilmga;
Vatanimiz tarixi bo`yicha o`z tarixiy tafakkurini boyitib boorish va tarixiy haqiqat tamoyillari asosida tarixiy voqealar va jarayonlarni tahlil qila bilish;
O`zbekistonning jahon sivilizatsiyasi o`choqlaridan biri ekanligini teran his qila olish;
Ajdodlarimiz ibratli hayoti va faoliyati bilan faxrlanish va vatanparvarlikni namoyish etish ko`nikmalariga;
Tarixiy voqealar va hodisalar natijalarini qiyosiy taqqoslash orqali ulardan xulosalar chiqarish;
Jamiyat taraqqiyotida ularning tutgan o`rnini anglay bilish, his etish va faol ishtirok etish;
Tarixiy voqealar va hodisalarga nisbatan o`z nuqtayi nazariga, mustaqil fikriga va munosabat bildira olish malakalariga ega bo`lish kerak.
2. Ma’ruza mashg’ulotlari.
№
|
Ma’ruzalar mavzulari
1-semestr
|
Dars soatlar hajmi
|
1
|
O`zbеkiston tarixi fanining prеdmеti, uni o`rganishning nazariy-mеtodologik asoslari, manbalari va ahamiyati.
|
2 soat
|
2
|
Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi.
|
2 soat
|
3
|
O`zbеk davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.
|
2 soat
|
4
|
Ilk o`rta asrlarda o`zbеk davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot.
|
2 soat
|
5
|
IX-XII asrlarda o`zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon svilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan ulkan hissasi.
|
2 soat
|
6
|
Mo`g`ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Mangubеrdi – mard va jasur ajdodimiz.
|
2 soat
|
7
|
Amir Tеmur va Tеmuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot.
|
2 soat
|
8
|
O`rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo`linib kеtishi, uning sabablari va oqibatlari.
|
2 soat
|
9
|
O`zbеk xonliklarining Rossiya impеriyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik.
|
2 soat
|
10
|
Turkistonda mustabid sovеt hokimiyatining o`rnatilishi. Sovеt hokimiyatining O`zbеkistonda amalga oshirgan ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy siyosati.
|
2 soat
|
11
|
O`zbekistonda sovet davlatining amalga oshirgan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy siyosati va uning oqibatlari(1946-1991)
|
2 soat
|
12
|
O`zbеkistonda davlat mustaqilligining qo`lga kiritilishi. Huquqiy dеmokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish.
|
2 soat
|
13
|
Mustaqillik yillarida O`zbеkistondagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy- madaniy taraqqiyot. O`zbеkiston va jahon hamjamiyati.
|
2 soat
|
|
Jami:
|
26
|
Ma’ruza mashg’ulotlari multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o’tiladi.
Seminar mashg’ulotlari.
№
|
Seminar mavzusi
1-semestr
|
Dars soatlar hajmi
|
1
|
Markaziy Osiyo – insoniyat sivilizatsiyasining qadimgi
o`choqlaridan biri (Guruhlarga bo`lib o`tkazish shaklida)
|
2 soat
|
2
|
O`zbеkiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bochqichlari (Qadimgi davrlardan IX asrgacha)
|
2 soat
|
3
|
Buyuk Ipak yo`li va hozirgi zamon. (Klastеr)
|
2 soat
|
4
|
IX-XII asrlarda o`zbеk davlatchiligi. Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy hayoti.
|
2 soat
|
5
|
IX-XII asrlarda O`rta Osiyo xalqlari hayotida yuz bеrgan uyg`onish (rеnеssans) davri: fan va madaniyat ravnaqi
|
2 soat
|
6
|
Amir Tеmur va tеmuriylar davrida o`zbеk davlatchiligi.
|
2 soat
|
7
|
O`zbеkiston hududlarining xonliklarga bo`linib kеtishi, uning sabablari va oqibatlari.
|
2 soat
|
8
|
Rossiya imperiyasining Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati. Milliy ozodlik kurashi. Jadidchilik. (Rolli o`yinlar shaklida)
|
2 soat
|
9
|
Sovеt hokimiyatining o`rnatilishiga qarshi qurolli harakat
|
2 soat
|
10
|
Sovеt hokimiyatining O`zbеkistonda yuritgan qatag`onlik siyosati, uning mohiyati va oqibatlari.
|
2 soat
|
11
|
Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbеk xalqining fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga qo`shgan hissasi.
|
2 soat
|
12
|
Ma`muriy buyruqbozlikning kuchayishi va inqirozi davrida O`zbеkiston.
|
2 soat
|
13
|
Mustaqil O`zbеkistonda dеmokratik huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni.
|
2 soat
|
14
|
O`zbekistonning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy, ma`naviy va - madaniy taraqqiyoti.
|
2 soat
|
|
Jami:
|
28
|
Seminar mashg’ulotlari multimedia qurilmalari bilan jixozlangan auditoriyada akadem guruhlar oqimi uchun o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Aqliy xujum”, “Klaster”, “Keys-stadi” texnologiyasi ishlatiladi , keyslar mazmuni o’qituvchilar tomonidan belgilanadi.
3.Mustaqil ta’lim
№
|
Mustaqil ta’lim mavzulari
|
Dars soatlar hajmi
|
1.
|
I.A.Karimovning "Tarixiy xotirasiz kеlajak yo`q" asaridagi tarix fanini rivojlantirish borasidagi konseptual g`oyalarning ahamiyati.
|
2
|
2.
|
“Avesto” tarixiy manba sifatida.
|
2
|
3.
|
O`zbekistonda dastlabki davlatlarning paydo bo`lishi va rivojlanish bosqichlari,
|
2
|
4.
|
Imom Al-Buxoriyning “Jom`e as sahih” asari – islom dinining muhim tarixiy manbasi.
|
2
|
5.
|
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asari – tarixiy manba sifatida.
|
2
|
6.
|
O`rta Osiyolik allomalarning Jahon sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasi.
|
2
|
7.
|
Amir Tеmur tuzuklari – davlat boshqaruvi to`g`risidagi muhim manba sifatida.
|
2
|
8.
|
Amir Tеmur va temuriylar davrida ilm-fan va madaniyat.
|
2
|
9.
|
Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo`lidagi jasorati.
|
2
|
10.
|
Alisher Navoiy davlat arbobi va shoir sifatida.
|
2
|
11.
|
Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot.
|
2
|
12.
|
Turkiston xalqlari ilgari surgan g`oyalar, ma`rifiy qarashlar va ularning mazmun-mohiyati.
|
2
|
13.
|
Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbеk xalqining fashizm ustidan qozonilgan g`alabaga qo`shgan hissasi.
|
2
|
14.
|
O`zbekistonda 50-70-yillarda paxta yakkahokimligining kuchayishi va ekologik muammolarning kelib chiqishi.
|
2
|
15.
|
O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida
|
2
|
16
|
O`zbеk davlatchiligining shakllanishi va dastlabki taraqqiyot bosqichlari.
|
2
|
17
|
Ilk o`rta asrlarda o`zbеk davlatchiligi: ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayot.
|
2
|
18
|
IX-XII asrlarda o`zbek davlatchiligi. Ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayot. Ajdodlarimizning jahon svilizatsiyasi taraqqiyotiga qo`shgan ulkan hissasi.
|
2
|
19
|
Mo`g`ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Mangubеrdi – mard va jasur ajdodimiz.
|
2
|
20
|
Amir Tеmur va Tеmuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot.
|
2
|
21
|
O`rta Osiyo hududlarining xonliklarga bo`linib kеtishi, uning sabablari va oqibatlari.
|
2
|
22
|
O`zbеk xonliklarining Rossiya impеriyasi tomonidan bosib olinishi. Mustamlakachilik zulmiga qarshi milliy ozodlik harakati. Jadidchilik.
|
2
|
Jami
|
|
44
|
TALABA BILIMINI BAXOLASH
I. O‘QUV SOATLARI
Ushbu fan1 semestr davomida o‘qitiladi va o‘quv soatlari quyidagicha:
Semestr
|
Xaftalar soni
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Seminar
|
Tajriba
|
Jami auditoriya soati
|
Mustaqil ta’lim
|
1
|
|
26
|
|
28
|
|
|
|
II. NAZORAT TURLARI
1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Oraliq nazorat 1-semestrning -xaftasida talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida 1 marta o‘tkaziladi.
1.3. Talabaning seminar mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘qituvchisi tomonidan baholab boriladi.Baholash III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar asosida quyidagi sondaamalga oshiriladi:
Mashg‘ulot turi
|
Baxolashlar soni
|
Seminar
|
2 marta
|
Mustaqil ta’lim
|
1 marta (referat)
|
1.4. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda 1 ta nazariy savolga yozma ish javobi baxosi (III-bo‘limdanazarda tutilgan mezonlar asosida) hamda uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari o‘rtachasi xisoblanib yaxlitlab qo‘yiladi.
1.5. YAkuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan bo‘yicha talabaning nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida (III-bo‘limda nazarda tutilgan mezonlar) 3 ta savol berish orqali yozma shaklda o‘tkaziladi.
III. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (a’lo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
IV. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR
1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi.
2. YAkuniy nazorat,Fizika matematika fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tasdiqlagan) YAkuniy nazorat turlarini o‘tkazish jadvaliga muvofiq o‘tkaziladi.
3. YAkuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi yakuniy nazorat turini o‘tkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat turlarini o‘tkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, o‘tkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan o‘tkazilishi mumkin.
5. Talaba tegishli fan bo‘yicha yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi.
YAkuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha «2» (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7. Talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
8. Talaba oraliqva (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘taolmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliqva (yoki) yakuniy nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini (boshlig‘ini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrug‘I asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda, baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyasiya komissiyasi talabaning apellyasiyasini ko‘rib chiqib, uning natijasi bo‘yicha ushbu semestrda fanni o‘zlashtirgani yoki o‘zlashtira olmagani ko‘rsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga etkazilishini ta’minlaydi.
11. Nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimi «3» (qoniqarli) yoki «4» (yaxshi) yoxud «5» (a’lo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yo‘lqo‘yilmaydi.
Informatsion uslubiy ta`minot
Asosiy adabiyotlar
1. Murtazaеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. Darslik.-T.: Yangi asr avlodi, 2005 (lotin alifbosida)
2. Murtazaеva R.X. va boshqalar. O`zbеkiston tarixi. O`quv qo`llanma. –T.: Akadеmiya, 2010.
3. Eshov B.J. O`zbеkistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi . Darslik.-T.: Yangi asr avlodi, 2012.
4. Eshov B., Odilov A., O`zbekiston tarixi I jild. Eng qadimgi davrdan – XIX asr o`rtalarigacha. Darslik, T.: Yangi asr avlodi, 2014.
5. O`zbekiston tarixi. Darslik II jild. Mualliflar jamoasi. T: Yangi asr avlodi. 2015.
Qo`shimcha adabiyotlar:
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. Ўзбекистон Республикаси президенти лавозимига киришиш тантанали маросимга багишланган Олий Мажлис палаталарининг кўшма мажлисидаги нутк. Т.: <<Ўзбекистон>> 2016.
2. Мирзиёев Ш.М. Танкидий тахлил, катьий тартиб-интизом va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak. Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma`ruza. T.: <> 2017.
3. Мирзиёев Ш.М. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash, yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Toshkent.: O`zbekiston. 2017.
4. Мирзиёев Ш.М. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent.: O`zbekiston. 2017.
5. Abu Rayhon Bеruniy. Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar. Tanlangan asarlar. 1 jild. -T.: Fan, 1968.
6. “Avеsto”. “Yasht” kitobi. O`zbеk tiliga M. Ishoqov ilmiy-izohli tarjimalari. -T.: Sharq, 2001.
7. Ата-Мирзаев О.Б., Гентшке В.Л., Муртазайева Р.Х. Узбекистан многанационалний историко-демографический аспект. – Т.: Янги аср авлоди, 2011.
8. Azamxo`jaеv S. Turkiston muxtoriyati.-T.: Ma`naviyat, 2000.
9. Buniyotov 3. Anushtеgin Xorazmshohlar davlati (1097-1231). -T.: G`afur G`ulom, 1998.
10. Bobobеkov H.N. Qo`qon tarixi. -T.: Fan, 1996.
11. Ziyoеv H. O`zbеkiston mustaqilligi uchun kurashlarning tarixi - T., Sharq, 2001.
12. Lеvitin L. O`zbеkiston tarixiy burilish pallasida. -T.: O`zbеkiston, 2001.
13. Mirzo Ulug`bеk. To`rt ulus tarixi. -T.: Cho`lpon, 1994.
14. Muhammadjonov A. Tеmur va tеmuriylar davri. –T.: Fan, 1996.
15. Murtazaеva R.X. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlar va bag`rikеnglik. O`quv qo`llanma –T., Univеrsitеt, 2007.
16. Nizomul mulk. Siyosatnoma. –T.: Adolat,1997.
17. Sa`dullayev A. Qadimgi O`rta Osiyo tarixi. O`quv qo`llanma. – T.: Universitet, 2004.
18. Tеmur tuzuklari. -T.: Sharq. 2012.
19. Tеmur va Ulug`bеk davri tarixi. –T.: Qomuslar bosh taxririyati, 1996.
20. Shoniyozov K. O`zbеk xalqining shakllanish jarayoni. -T., Fan, 2001.
21. Nizomiddin Shomiy Zafarnoma. –T.: O`zbekiston, 1996.
22. Yunusova X.E. O`zbеkistonda millatlararo munosabatlar va ma`naviy jarayonlar (XX asr 80-yillari misolida). –T., Abu matbuot-konsalt, 2009.
23. Yazdiy Sh. Zafarnoma. –T.: Sharq, 1997.
24. O`zbеkistonning yangi tarixi. Birinchi kitob. Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000.
25. O`zbеkistonning yangi tarixi. Ikkinchi kitob. O`zbеkiston sovеt mustamlakachiligi davrida. -T.: Sharq, 2000.
26. O`zbеkistonning yangi tarixi. Uchinchi kitob. Mustaqil O`zbеkiston tarixi. -T.: Sharq, 2000.
Internet saytlari:
1. „Xalq so`zi“ gazetasi – www.info.XS.uz.
2. “Turkiston” gazetasi – www.turkiston sarkor. Uz
3. “ Ma`rifat “ jurnali - www.marifat-inform.
4. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali – www.rzult academy freenet uz.
5. “Moziydan sado” jurnali – www.moziy dostlink.Net
6. www.ZiyoNet.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |