Parta ustida daftarni to'g'ri qo'yish.
Yozayotganda gavdani to'g'ri tutish va tirsaklami to'g'ri harakat qildirish.
O'z xatini berilgan namuna bilan taqqoslashga o'rgatish.
Tovushni bosma harfga, bosma harflarni esa yozma shaklga aylantirishga
o'rgatish.
Harflarning shaklini to'g'ri idrok etishga (qaycrdan boshlash, qayerda
tugatish, o'ngga, chapga burilish, bog'lash va h.k) o'rgatish.
Harflarni bir-biriga bog'lab yozishga o'rgatish (quycrcla qo'l harakati
uziladi, qayerda uzilmaydi bog'lab yoziladi).
Harflarni bir xil balandlikda va kenglikda tckis yozishga o" rgatish.
Daftar chizig'idagi qatorlarni to'g'ri to'ldirish, sarlavha, oy va kunlarni
to'g'ri yozish.
10.Harflarning qiyaligini tog'ri saqlash.
Demak, boshlang'ich sinf o'kuvchilarini chiroyli yozuviga o'rgalishdan oldin quyidagi malakalarni berish lozim.
Yozuv texnikasi. ya'ni yozuvning turli usullardan va priyomlaridan
foydalanish.
Harflarning shaklini to'g'ri ifodalash, ya'ni grafik malakalarni cgallash.
Yozuv vaqtida harflarning shakli bilan bir qatorda uning qanday tovush
bildirishini ham bilish, ya'ni imloga oid malakalarni egallash.
Yuqorida ko'rsatib o'tilgan har bir malaka o'z oldiga ma'I urn bir qoidani maqsad qilib qo'yadi. Masalan, yozuv texnikasi-yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanish, yozayotganda partada to'g'ri o'tirish, qo'lni to'g'ri tutish, umuman, gigiyenik qoidalarga amal qilishni talab qiladi.
Grafik malakalarga esa harflarning shaklini to'g'ri ifodalashni, ularning orasidagi masofani bir xil bo'Iishini qiyalikni to'g'ri saqlashni talab etadi. Imloga oid malakalarda esa qaysi harf qanday tovush bildirishini va ularning o'z o'rnida turishini talab etadi.
Yozuv malakalari 6-9 yoshli bolalar uchun o'qituvchi tomonidan bcvosila kuzatib borishni talab ctadigan qiyin jarayondir. Xuddi shu davrda o'quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlar kelgusida muhim ahamiyatga egadir.
O'quvchi o'zining dastlabki yozgan harf va elementlaridan ruxlanadi, o'/iga bo'lgan ishonchi ortadi va qiyinroq harflarini yozishga qo'rqmaydi. SHuning uchun ham o'quvchilarda dastlabki yozuv malakalarini hosil qilishda ularning irodasini mustahkamlashga e'tibor berish lozim. Bunda o'qituvchining bolalar bemalol bajara oladigan topshiriqlar tanlashi katta rol o'ynaydi.
Bu davrda bolalardagi psixologik xususiyatlarni ham tarbiyalash hamda ularning fiziologik o'sishlaiini hisobga olish boshlang'ich sinf o'qituvchisining muhim vazifasidir.
O'quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan avval ulami sifatli yozuv qurollari bilan to'liq ta'minlash talab etiladi. Yozuvlaming chiroyli bo'lishi ko'p jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim.
O'quvchilarning yozuv qurollarini muntazam tekshirib borish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir.
Dastur talabi bo'yicha birinchi sinf o'quvchilari uchun «Yozuv daftar» lari tavsiya etilgan bo'lib, unda qiya chiziqlar orasidagi masofa 300 mm va qiya chiziqiarsiz kichik harflar yoziladigan parallel chiziqlar orasidagi masofa 5 mm ga teng bo'lgan ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Bunda daftarning qiya chiziqlari 65 gradusga teng bo'lishi lozim (7-, 8-, 9-rasmlarga qarang).
Qiya chiziqlari siyrak bo'lgan ikki chiziqli daftarga yozdirib, mashq qildirish orqali birinchi sinf o'quvchilarini inayda harflar bilan tez yozishga orgatib boriladi. Bunday daftarda mashq qilish o'quvchilarga harflarning eni va ular orasidagi masofani ko'z bilan chamalashga, hatnda uning qiyaligiga rioya qilishga imkon beradi.
Ikkinchi sinfda o'quv yilining ikkinchi yarmidaii boshlab va 11I-1V sinflarda parallel chiziqlar orasidagi masofa 10 mm ga teng bo'lgan bir chiziqli daftar tavsiya etiladi.
Orfografik tartibni amalga oshirish uchun quyidagi talablar qo'yiladi: 1. Daftarga tozavaaniq yozish.
Daftarning muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda
daftar qaysi fan ucliun tutilganligi (ona tili, matematika), nechanchi sinf,
maktabining nomi va raqami, o'quvchining ismi va familiyasi ko'rsatib
o'tilishi kerak.
I sinf ()I sinfiiing birinchi yarim yilligida) o'quvchilarining daftarlari
muqovasiga o'qituvchi tomonidan yoziladi.
Har bir daftarda hoshiya qoldirilishi shart.
1 sinfda yo7.uv va matematika daftarlariga oy va kun yozilmaydi, ikkinchi,
uchinchi, to'rtinchi sinflarda esa kunlar arabcha raqamlar bilan ko'rsatilib,
oy esa harflar bilan to'liq yoziladi.
Ikkinchi sinfiiing ikkinchi yarmidan boshlab har bir mashqning raqami,
maqsadi, qayerda bajarilganligi (sinfda yoki uyda) yozib qo'yiladi.
Mashqni bajarishda xat boshidan yozish qoidalariga qat'iy rioya qilish
talab etiladi.
Sarlavha bilan kun oy orasida, mashqning sarlavhasi bilan matn orasida
chiziq tashlamay yoziladi, ammo ikki xil mashq bajarishda birinchi
mashqning oxirgi qatori bilan yangi mashqning sarlavhasi o'rtasida ikkita
chiziq tashlab yoziladi.
O'quvchi daftardagi yo'l qo'ygan xatosini tuzatish uchun quyidagi talablarni amalga oshirishi kerak:
Noto'g'ri yozilgan harfning ustidan ingichka qiya chiziq tortib qo'yishi, ayrim noto'g'ri yozilgan bo'g'in yoki so'zlar ustidan ingichka ko'ndalang chiziq chizib qo'yishi lozim. Noto'g'ri yozilgan harflarni o'chirish, bo'yab qo'yish qavs ichiga olib qoyish mumkin emas.
9. Harf va bo'g'inlarning tagiga chizishda chizg'ichdan foydalanish yoki
juda ehtiyotkorlik bilan chizish lozim. O'quvchilarning yozuv daftarlari muntazam
ravishda tekshirilib borilishi, xato yozilgan harf va harf elementlari daftarning
hoshiyasida ko'rsatilishi kerak. Birinchi sinfda va ikkinchi sinfning birinchi
yarmida o'quvchilarga baho ball tariqasida qo'yilmaydi, ammo og'zaki
rag'batlantirib o tiladi.
Hozirgi kunda maktablarning talabi bo'yicha o'quvchilarga quyidagi yozuv qurollari tavsiya etiladi:
D a f t a r. Daftar o'quvchilar uchun asosiy yozuv quroli bo'lib, u sifatli
qog'ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko'rinib turadigan bo'lishi
kerak.
Sharikli avtoruchka. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sharikli
avtoruchkalardan ham foydalanishlari mumkin. Sharikli avtoruchka bilan
yozishga o'rgatishdan oldin, lining 8 qismlari bilan tanishtirib o'tish lozim.
Uning tuzilishi ancha sodda bo'lib, asosiy qismlari «Sterjen» (siyohli
naycha) «qppqoq» va asosiy qismlardan iborat.(10-rasmga qarang).
O'qituvchi yozayotganda ruchka uch barmoq-bosh, ko'rsatkich va orta barmoq bilan ushlanishini aytadi va o'zi ko'rsatib beradi. Ko'rsatkich barmoq bilan ruchkaning uchigacha bo'lgan masofa 1,5-2 sm ga teng bo'lishi lozim.Hozirgi kunda har xil kattalikdagi suvenir (sovg'a) ruchkalari ham ishlab chiqilmoqda. Bunday ruchkalarda yozishda o'quvchilarga asfo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Chunki ular darsda boshqalarning diqqatini bo'lishdan tashqari, bolalarning barmoq muskullarini tez charchatadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan ruchkalarning yo'g'onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo'lib, haddan tashqari yo'g'on yoki ingichkabo'lmasligi kerak.
Tavsiya etiladigan ruchkaning bo'yi 120 mm, yo'g'onligi esa 8 - mm dan oshmasligi lozim.
O`quvchilar juda ko`p vazifalarni, ya'ni o`qish, yozish, rasm chizish va boshqa mashqlarni paitada o`tirib bajaradilai. Bu davrda o'qituvchi o`quvchilami to`g`ri o'tirishga o`rgatishi, ularning me'yorda ishlashi uchun zarur shart-sharoit yaratib berishi lozim. Buning uchun o`quv yili boshida o`qiluvclii maktab vrachi bilan hamkorlikda bolalarni yoshiga, bo`yiga hamda ko`rish va eshitish qobiliyatlaiiga qarab partalarga o`tkazishi lozim.O`quvchilar partasi sinfdagi asosiy jihoz bo'lib, u o`quvchilarning yoshlari va bo`ylariga mos, yozish va rasm chizish uchun qulay bo'lishi va o`quvchi o'tirib-turganda xalaqit bermasligi lozim.
Maktab partalaii har xil kattalikda bo`lib, hozirgi kunda ular har xil yog`och, metall va plastmassadan hamda ayrim sintetik materiallardan ishlanmoqda. Partalar bir o`rinli va ikki o'rinli bo'lib, ko`proq ikki o`rinli partalardan foydalaniladi. Bu partalar gigiycnik tomondan qulay bo'lib, talabga to`liq javob beradi. Ayniqsa, olti yoshli 1-sinf o`quvchilari uchun chiqarilgan partalardan o`z o'rnida foydalanish juda muhimdir.
O'quvchilarga mos partalar tanlash uchun avval uning asosiy raqamlarini yaxshi bilib olish zarur. Buni quyidagi 1-jadvaldan bilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |