Mavzunini mustahkamlash uchun savollar:
1. Xattot so`zi qanday anglatadi?
2. Xattotlik kasbmi yoki san'at?
3. Kitob ko`chirish kasbi haqida nimalarni bilasiz?
4. Xattotlik san'atning arab yozuviga qanday aloqasi bor?
5. Nеga Mirzo Boysung`ur o`z saroyida 40 ta xattotni to`plagan edi?
Adabiyotlar:
1.X.G`ulomova, Sh.Yo`ldosheva, G.Mamatova, H.Boqiyeva, N.Sobirova. Husnixat va uni o`qitish metodikasi. Toshkent, 2007.
2.Gulomov M. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirish.T.,”Turon-Iqbol” 2013
3.Munis «Savodi ta'lim»T.-1997.
Fitrat. Arab alifbosi tarixi. O`qituvchilar gazetasi. 1990, 4 aprel.
4-Mavzu:Yozuvning onglilik tamoyili asosida o`rgatilishi. Chiroyli yozuv malakasini shakllantirishning fiziologik asoslari. Yozuv materiallari va qurollari.
Reja:
1.O'quvchilarda chiroyii yozuv malakalarini hosil qilishda ishtirok etuvchi
psixofiziologik funktsiyalar.
2.Idrok etish.
3.Diqqat faoliyati.
4.Husnixatga o'rgatishda singdiriluvchi muhim malakalar.
5.Yozuv qurollari haqida umumiy ma'lumot.
6.Orfografik tartibni amalga oshirish uchun qo'yiladigan talablar.
7.Ruchkadan to'g'ri foydalanish yo"lari.
O'quvchilarda chiroyli yozuv malakalarini hosil qilish uchun, birinchi navbatda, diqqat, sezgi, idrok etish, xotira kabi psixofiziologik funktsiyalar ishtirok etganligini ko'ramiz.
Inson tashqi olamdagi narsa va hodisalarni idrok etadi, shuningdek, o'z tanasidagi organlarning harakatini va ularning holatini anglaydi.Idrok-tashqi olamdagi predmetlarning sezgi organlari orqali nerv tizimimizga ta'sir etishi va tana harakatlarining ta'siri tufayli hosil bo'ladi. Inson ko'z, qu!oq apparatlari, teri sezgisi, muskul va ichki organik sezgilar yordamida rangni, muzika ohangini, og'irlikni, o'z harakat muvozanatini sezadi. Predmetlarning sezgi organlariga ta'siri natijasida miya po'slog'ida yangi nerv boglanishlari tarzida iz paydo bo'ladi. Ana shu nerv bog'lanishlari idrok va sezgining fiziologik asosidir. Bu bog'lanishlar miyada mustahkamlanadi va saqlanib qoladi. Bu hoi bizga idrok etgan va sezgan narsalarimizni xotiraga tushirishga imkon beradi.
Psixik jarayonlar va inson psixikasi xususiyatlari orasida diqqat faoliyati alohida o'rin tutadi. U ongningt hamma shakllarida ishtirok etadi. Inson idrok etish jarayonida diqqat qiladi, ayrim predmet va hodisalarning xususiyatlarini ajratib oladi. Diqqat jismoniy harakatni talab qiladigan, ishni yaxshi bajarishga yordam beradigan omillardan biridir.
O'qituvchi har vaqt shuni esda tutishi kerakki, turmushimiz va faoliyatimizning har bir daqiqasida ongning hamma shakllari o'zaro alohida bo'ladi.
Misol uchun o'quvchilarning o'qituvchi bayon qilayotgan matnini qanday yozayotganliklarini tahlil qilib ko'raylik. Bu jarayonni uning asosiy harakteriga ko'ra, idrok etish jarayoni deb atash mumkin. Biroq bu idrokning aniq, ravshan bo'lishi uchun o'quvchidan irodasini ishga solish, diqqatini harflarning shaklini to'g'ri ifodalashga jalb qilinadi. Yozayotgan matnning mazmunini tushunmasdan, harflarning shaklini bilmasdan idrok etib bo'lmaydi.
Bilimni o'zlashtirish uchun o'kuv materiallarini idrok etish talab qilinadi. Yozish jarayonida ko'rish va eshitish sezgilari orqali idrok qilinadi.
Idrok etilishi lozim bo'lgan materialni tartibga solish, o'rganiladigan manba yoki uning tasvirini yaqqol ko'rsatish, bayonning ravshan va izchil bo'lishi, sinf doskasiga hamma o'quvchi ko'ra oladigan qilib chiroyli yozish idrok etishning muvaffaqqiyatli chiqishini ta'minlaydigan dalillardandir.
Bo!a maktabga qadam quymasdan oldinroq (3-4 yoshdan boshlab) qo'liga qalam olib turli shakllarni chiza boshlaydi, ammo bu chiziklar chiroyli yozuv talablariga to'g'ri kelmasa-da, ulardagi ayrim malakalarning (ruchka, qalam ushlash) shakllanishiga yordam beradi. Kichik yoshdagi bolalarning barmoq muskullari yaxshi rivojlanmaganli uchun ularga uzluksiz yozdirib, mashq qildirish yozuvning sifatiga salbiy ta'sir etadi.
Yozuv jarayoni turli yozuv qurollari (ruchka, qalam, bo'r) orqali amalga oshiriladi va qaysi yozuv qurollaridan foydalanishga qarab qo'l harakatlari shunga tnoslashtiriladi.
Chiroyli yozuvga o'rgatishda birinchi navbatda quyidagi malakalarni singdirib borish talab etiladi:
Yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |