fanidan baholash mezoni
I. OʻQUV SOATLARI
Ushbu fan II semestr davomida oʻqitiladi va oʻquv soatlari quyidagicha:
Semestr
|
Haftalar soni
|
Ma’ruza
|
Amaliy
|
Seminar
|
Tajriba
|
Jami auditoriya soati
|
Mustaqil ta’lim
|
II
|
4
|
12
|
12
|
|
-
|
24
|
16
|
II. NAZORAT TURLARI
II SEMESTR:
1.1. Ushbu semestrda fandan talabalar bilimini nazorat qilish sessiya oraliq ishi yakuniy nazorat turlarini oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
1.2. Sessiya oraliq ishi talabaning bilim va amaliy koʻnikmalarini baholash maqsadida oʻtkaziladi.
Talabaning sessiya oraliq ishini baholash mezoni:
Bunda oraliq nazorat topshiriqlarini tashkil qiluvchi oʻqituvchining nazorat ishni oʻtkazishdan oldiga qoʻygan maqsadiga koʻra quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
1.Referat yozish;
2.Berilgan mavzu boʻyicha konspekt yozish;
3.Amaliy topshiriqni bajarish.
1.Referatni baholash mezoni
- Referatda mavzu toʻliq ochilgan, toʻgʻri xulosa chiqarilgan va ijodiy fikrlari boʻlsa –5 (“a’lo”) baho
- Mavzu mohiyati ochilgan, ammo juz’iy kamchiligi boʻlsa yoki faqat xulosasi bor-4 (“yaxshi”) baho
- Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo ayrim kamchiliklari bor boʻlsa-3 (“qoniqarli”) baho
- Mavzu mohiyati yoritilmagan boʻlsa-2 (“qoniqarsiz”) baho
2. Berilgan mavzu boʻyicha konspekt yozishni baholash mezoni
- Agar mavzuning mohiyati toʻla ochilgan boʻlib, mavzu boʻyicha talabaning ijodiy fikrlari va tanqidiy nuqtaiy nazari bayon qilingan boʻlsa –5 (“a’lo”) baho
- Mavzuning mohiyati toʻla ochilgan, lekin ayrim kamchiliklari boʻlsa hamda asosiy faktlar toʻgʻri bayon qilingan boʻlsa-4 (“yaxshi”) baho
- Mavzu umumiy tarzda yoritilgan boʻlsa va kamchiliklar koʻproq boʻlsa-3 (“qoniqarli”) baho
- Mavzuni yoritmasa, mavzudan tashqari boʻlsa-2 (“qoniqarsiz”) baho
3. Amaliy topshiriqni baholash mezoni
- Amaliy topshiriqda mavzu toʻliq ochilgan, mavzuga doir misollar keltirilgan boʻlsa –5 (“a’lo”) baho
- Mavzu mohiyati ochilgan, ammo juz’iy kamchiligi boʻlsa yoki faqat xulosa boʻlsa -4 “yaxshi”) baho
- Mavzu mohiyati yoritilgan, ammo mavzuga oid misollar keltirilmagan boʻlsa-3 (“qoniqarli”) baho
- Mavzu mohiyati yoritilmagan boʻlsa-2 (“qoniqarsiz”) baho
1.3. Yakuniy nazorat turi semestr yakunida ushbu fan boʻyicha talabaning nazariy bilim va amaliy koʻnikmalarini oʻzlashtirish darajasini aniqlash maqsadida 3 ta savol berish orqali yozma shaklda oʻtkaziladi:
1- savol: nazariy
2 -savol: nazariy
3- savol: amaliy topshiriq
Har bir savolni baholash quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi va savollarga talaba javoblari baholangandan keyin oʻrtachasini yaxlitlash orqali talabaning shu semestr boʻyicha oʻzlashtirishi chiqariladi.
Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
- talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (“a’lo”) baho;
- talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (“yaxshi”) baho;
- talaba olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (“qoniqarli”) baho;
- talaba fan dasturini oʻzlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 2 (“qoniqarsiz”) baho.
Do'stlaringiz bilan baham: |