O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVЕRSITЕTI
“MAKTABGACHA TA’LIM MЕTОDIKASI” KAFЕDRASI
"Bolalar jismoniy tarbiya nazaryasi va tehnologiyalari "
fanidan
205-GURUH (SIRTQI) MAKTABGACHA TA`LIM YO`NALISHI TALABASI OTANAZAROVA FAZILAT
ORALIQ NAZORAT TOPSHIRIQLARIGA JAVOBLARI
(2021-2022-o’quv yili 3-semestr)
2-variant
1. Jismoniy tayyorgarlik.
2. Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
3. Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari.
4. Jismoniy mashqlar texnikasi.
5. Jismoniy komolot.
Javob :
1. Ijtimoiy mehnat va sog‘liqni saqlash tizimidagi barcha tadbirlar aholining sog‘lom turmush tarzini yaratish, ularning mehnat qobiliyatini oshirish hamda sog‘lom yashashga qaratilgan.
Inson salomatligi tufayli uzoq yillar sog‘lom bo‘lib, ish faoliyatini saqlab qola bilishi muhim. Shu sababdan, kishilarning sog‘lig‘ini mus- tahkamlash, mehnat qobiliyatlarini takomillashtirish va mehnat samarador- ligini oshirish yo‘lida jismoniy tarbiya va sportga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston- da jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori (1999-yil 27-may) faqat sportnigina rivojlantirish, u bilan bog‘liq, bo‘lgan muammolarni (sport inshootlarini yaxshilash, kadrlar tayyorlash, xalqaro sport anjumanlarida ishtirok etib, g‘alaba- larga erishish va h.k.) hal qilish bilan chegaralanadi. Aholining salomat- ligini yaxshilash, o‘quvchi-yoshlar va talabalarning jismoniy barkamol- ligini ta’minlash, mehnatkash ishchi-xizmatchi va ziyolilarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish ham muhimdir.
Mamlakatda aholi o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashti- rishning asosiy maqsadi insonlarning doimo sog‘lom bo‘lishi, bolalikdan jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishga odatlantirish, yoshlarni sportga safar- bar etish, sportchilarning jahon sport maydonlarida ishtirok etishi hamda yu- tuqlarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston shuhratini jahonda yoyishiga qaratilgan. Ikkinchi tomondan esa, hozirgi davr texnika taraqqiyoti natijasida ko‘pchilikning o‘tirib ishlashi, ijod qilishi kam harakat qilishiga olib kel- moqda. Bu, o‘z navbatida, qon aylanish tizimining o‘ta susayishi, ya’ni gi-
podinamiya kasalligiga chalinishiga sabab bo‘lmoqda.
Uchinchidan esa, tamaki chekish, turli giyohlar va spirtli ichimliklarni “totib ko‘rish”, turli xil yuqumli kasalliklar (gripp turlari) hamda shunga o‘xshash turli salbiy holat orqali kasalga chalinish ko‘paymoqda.
To‘rtinchidan, maktabgacha tarbiya muassasalari, barcha turdagi o‘quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslarining saviyasi pastligi, ommaviy sog‘lomlashtirish jismoniy tarbiya – sport tadbirlariga yoshlarni omma- viy ravishda jalb etishining qoniqarsizligi, 60-70 foiz o‘quvchi - yoshlar va talabalarning jismoniy tarbiya dasturi talablari hamda «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari normativlarini o‘z vaqtida bajara ol- masligi ma’lum bo‘lmoqda.
Yuqorida ta’kidlangan eng muhim muammolar negiziga jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish hamda jismoniy tayyorgarlik kabi ijtimoiy- tarbiyaviy jarayonlarning chuqur singib ketmaganligi namoyon bo‘lmoqda.
Jismoniy tayyorgarlik tushunchasi shundan iboratki, bu har bir inson, ayniqsa aqliy va jismoniy soha ishchi - xizmatchilari va o‘quvchi
-yoshlarning har qanday mehnatga yaroqliligi (qobiliyati), jismonan baquvvat, chiniqqan, bo‘lishidagi faol harakatlardir. Bunday amaliy faoliyatlar faqat jismoniy mehnat va jismoniy mashqlarni bajarish yo‘li bilan vujudga keladi va mustahkamlanadi.
Xalq orasida «Sog‘liq pulga topilmaydi» degan gap bor. Bu haqiqat- dir. Kasallikka chalingan kishilar buni yaxshi idrok etishadi.
Buyuk alloma Abu Ali Ibn Sino sog‘liqni saqlash va uni mustahkam- lashda jismoniy mashqlarni (badan tarbiya) har qanday doridan ustun qo‘yadi.
Inson salomatligi haqida mulohaza yuritilsa, albatta uni doimo saq- lash, imkoniyat darajasida rivojlantirish lozim bo‘ladi. Bunda jismoniy tay- yorgarlik eng ustuvor tadbir bo‘lmog‘i zarur.
Jismoniy tayyorgarlikda shug‘ullanuvchilarning (tarbiyalanuvchi- lar) eng avvalo yoshi, jinsi va jismoniy holati (kasal yoki sog‘) e’tiborga olinadi. Shu asosda beriladigan (bajariladigan) mashqlarning turkumi, miqdori va bajarish usullari belgilanadi.
Ta’kidlanganidek, shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va jismoniy holatlariga qarab o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarning ko‘lami g‘oyat keng. Ularning har biri alohida mavzudir. Shu sababdan jismoniy tayyorgar- likning umumiy xususiyatlarigagina to‘xtalamiz.
Umumiy jismoniy tayyorgarlik deganda, har bir shug‘ullanuvchi- ning jismonan barkamolligi tushuniladi, ya’ni tez harakat qilish, turli xil mehnatlarni yengil bajara olish, yengil, chaqqon, kuchli va boshqa jis- moniy sifatlarga ega bo‘lishlik. Bunday fazilatlar va jismoniy sifatlarga ega bo‘lish uchun esa har doim jismoniy tarbiya va sport bilan shu- g‘ullanish lozim bo‘ladi. Bunda kundalik rejimga (ertalab, kechki bo‘sh payt, dam olish kuni va h.k.) jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini kiritish shart.
Umumta’lim o‘rta maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kol- lejlari va oliy o‘quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya dasrlari umumiy jismoniy tayyorgarlik darajasini to‘la bera olmaydi. Chunki haftada 1-2 soatlik darslar mushak va bo‘g‘inlarga to‘la kuch berib, ularning hara- katchanligini butun hafta davomida saqlashini ta’minlay olmaydi. Jismo- niy tayyorgarlikka ega bo‘lish uchun esa har kuni ertalab va kechki payt-
da jismoniy tarbiya va sportning u yoki bu turi bilan astoydil shug‘ul- lanish zarur. Buning o‘rnini sport to‘garaklari va sport musobaqalarigina bosishi mumkin. Ya’ni jismoniy tayyorgarlikning asosiy yo‘li har kungi jismoniy tarbiya yoki sport to‘garaklari mashg‘ulotlari (haftada 2-3 mar- ta) hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi va amaliyotida umumiy jismoniy tay- yorgarlikning asosiy manbalari sifatida gimnastika, yengil atletika, suv- da suzish, futbol, sport o‘yinlari, xalq milliy harakatli o‘yinlari, sayohat- lar (turizm) va boshqa vositalarni tan olinadi.
O‘quvchi-yoshlar va talabalar yuqorida bayon etilgan jismoniy tarbiya vositalarini (sport turlari) darslar, mashg‘ulotlar va musobaqalar orqali yaxshi tasavvur etishadi. Qolaversa, sport turlari bo‘yicha davlat tilida nashr etilayotgan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar ko‘paymoqda. Shu sababdan, ularning umumiy jismoniy tayyogralikni tarbiyalashdagi mo- hiyatlari haqida batafsil to‘xtalishga hojat yo‘q.
Xulosa qilib aytganda, umumiy jismoniy tayyorgarlikning belgisi va natijalari quyidagi yo‘nalishlarda ma’lum bo‘ladi, ya’ni:
Jismoniy mehnat qilishda tezda toliqmaslik, charchamaslik.
Ob-havoning issiq-sovug‘iga chiday olish.
Turli xil kasalliklarga chalinmaslik.
Jismoniy mashqlarni (qo‘lda tortilish, tirsaklarni yotgan holda bukib-yozish, tosh ko‘tarish, tez yugurish) erkin bajara olish.
Futbol, basketbol, voleybol, tennis kabi sport o‘yinlarida ishtirok etish.
O‘zi sevgan sport turi bilan doimiy shug‘ullanish.
O‘rta va uzoq masofalarga yugurishda charchamaslik, chi- dash, suvda ko‘p suzish va h.k.
2. Bolalar jismoniy tarbiyasining vazifalari.
“ Mamlakatimizda sportni ommalashtirish bo‘yicha besh yillik milliy konsepsiya ishlab chiqish zarur. Aholini jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanib, sog‘lom turmush kechirishga jalb etish, shu orqali kasalliklarning oldini olib, odamlarning umrini uzaytirish konsepsiyaning asosiy yo‘nalishi va natijasi bo‘lishi kerak”3
Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir.
1.Sog‘lomlashtirish vazifalari.
2.Ta’limiy vazifalar.
3. Tarbiyaviy vazifalar.
Sog‘lomlashtirish vazifalari hayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funktsiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir:
suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishiga, tovon ravoqlarining rivojlanishiga, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish;
tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklar o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish;
barcha mushaklar gruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va elka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar);
ko‘proq zaif rivojlangan bukuvchi mushaklar gruxining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim.
- yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish,
uning qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlan-tirish;
- ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritmi barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash;
ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar)
to‘g‘ri ishlashga yordamlashish;
- termoregulyatsiya funktsiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘mak-lashish;
- markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish
va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining
muqobilligiga, shuningdek harakat analizatori, sezgi organlarining
takomillashuviga yordam berish.
3. Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi qarashlari.
Jahon tibbiyot fanining buyuk olimlaridan biri Ibn Sino falsafa , adabiyot , musiqa va boshqa ko`p sohalarni mukammal donishmanddir .Ibn Sinoning pedagogik meroslari beqiyos ko`p.Mutafakir olimning 30 dan ortiq tibbiy asarlari shu kungacha yetib kelgan .
Ibn Sino jismoniy mashqlarning shakl va mazmuni hamda uning mohiyatlarini gigiyena , sog`liqni saqlash va kasalni davolashdagi majmuiy tadbirlarda berib borgan .
Ibn Sino ilk bor har bir insonning jismoniy mashqlar bilan qachon va qaysi tartibda shug`ullanishini belgilab beruvchi ta`limni , ya`ni jismoniy mashqlarning tasnifini yaratib bergan .Ibn Sinoning fikricha ," Sog`liqni saqlashning asosiy tadbiri – badantarbiyadir ".
Ibn Sino " Badantarbiya kishini chuqur va ketma-ket nafas olishga majbur qiluvchi ixtiyoriy harakat ",deb ta`rif bergan.Ibn Sinoning ta`kidlashicha , badantarbiya bilan mashg`ul bo`lmay qo`ygan kishi ingichka og`riq ( a`zolarning torayishi ) kasaliga uchraydi , chunki harakatsizlik natijasida uning a`zolari zaiflashadi .U badantarbiya turlarini asosan ikki guruhga ajratgan :1)odamning ish jarayonlarida qiladigan harakatlari; 2)maxsus badantarbiya harakatlari.
Abdulla Avloniy ( 1878-1934)
Taniqli o`zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy Toshkent shahrida ,mayda hunarmand –to`quvchi oilasida dunyoga kelgan .
Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda to`rt bo`limga ajratgan :1)” Tarbiyaning zamoni ” ,2)” Badan tarbiyasi ” , 3)” Fikr tarbiyasi ”, 4)” Axloqiy tarbiya ”
Abdulla Avloniyning fikricha , sog`lom fikr, yaxshi axloq , ilm-ma`rifatga ega bo`lish uchun badanni tarbiya qilish zarur " Badan ning salomat va quvvatli bo`lmog`i insonga eng kerakli narsadur .Chuki o`qimoq , o`qutmoq , o`rganmoq va o`rgatmoq uchun insonga kuchli , kasalsiz jasad lozimdir "
Abdurauf Fitrat (1886-1934)
Abdurauf Abdurahim o`g`li Fitrat Buxoro shahrida tug`ilgan . “ Fitrat ” Abduraufning adabiy taxallusi
Bo`lib , bu so`z tug`ma tabiat , tug`ma iste`dod degan ma`noni anglatadi.
Abdurauf Fitrat ota –onaning vazifasi o`z yetuk kishilar qilib tarbiyalashlari zarurligini uch tarbiyaga ajratgan :
-Jismoniy tarbiya-salomatlik,
-Aqliy tarbiya-sog`lom fikrlilik
-Axloqiy tarbiya –axloqiy sano, ya`ni axloqiy poklikka e`tibor berish kerakligini ta`kidlagan .
Abdurauf Fitrat jismoniy tarbiyaga , kishining salomat va baquvvat bo`lib , tarbiyalanishiga alohida ahamiyat bergan . U bolani tug`ilmasdan burun ,ona qornidaligidanoq tarbiyani boshlash kerak, chunki shu 9 oy muddatda farzand ona qoni bilan tarbiyalanadi, deb uqtirgan . Keyinroq bola tug`ilgandan keyin Fitrat bolalarning toza havoda bo`lishlari , atrof , tabiat go`zalliklaridan estetik zavq ola bilishlariga ham ahamiyat beradi.
Fitrat bolalarning jismoniy tarbiyasida turli harakatli o`yinlar katta o`rin tutishini ham aytib o`tgan . Ota-onalarga o`z bolalarining shunday o`yinlar bilan bilan mashg`ul bo`lishlarini ta`minlashlarini maslahat bergan .U bu o`yinlar orqali bolaga hayotni o`rgatish, aqliy va axloqiy tarbiya ham berish mumkin, asosiysi bolani jismonan chiniqtirish , deb bilgan .
Fitrat yana bolalarning sog`lom , jismonan yetuk bo`lishlari uchun tozalikning ahamiyati juda kattaligini tushuntirib, bolalarga shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishni o`rgatishni alohida ta`kidlab o`tgan .
4. Jismoniy mashqlar texnikasi.
Texnika - bu vosita vazifasini hal qilish uchun harakatni amalga oshirish usuli (masalan, "orqadan yelkadan" usuli yordamida masofaga tashlash).
Jismoniy mashqlar texnikasining samaradorligini baholash mezoni hisoblanadi tashqi shakl(figurali uchish), miqdoriy natija (sakrash, otish, yugurish va h.k.) yoki vosita vazifasini bajarish (nishonga urish). Jismoniy mashqlar texnikasida asos, belgilovchi bo'g'in va detallar farqlanadi.
Texnikaning asosi - vosita muammosini hal qilish uchun zarur bo'lgan mashqning asosiy elementlari. Texnikaning aniqlovchi bo'g'ini ma'lum bir harakat texnikasi asosining eng muhim va hal qiluvchi qismidir (uzoqqa uloqtirishda yakuniy harakat). Aniqlovchi aloqaning bajarilishi nisbatan qisqa vaqt ichida sodir bo'ladi va katta mushak harakatlarini talab qiladi.
Texnikaning tafsilotlari - bu texnikaning asoslarini buzmasdan o'zgartirilishi mumkin bo'lgan mashqning kichik xususiyatlari (otishdan keyin muvozanatni saqlash, sakrash bilan oyoqlarni almashtirish yoki bir oyog'ini ikkinchisiga qo'yish). Texnikaning tafsilotlari shaxsning individual morfologik va funktsional xususiyatlariga va mashqlarni bajarish shartlariga bog'liq. Asiklik harakatlarda (otish, sakrash va hokazo) uch bosqich mavjud: tayyorgarlik, asosiy (asosiy) va yakuniy. Barcha fazalar bir-biriga bog'langan, birga oqadi va bir-biriga sharoit yaratadi, lekin ularning har biri alohida maqsadga ega. Tayyorgarlik bosqichi asosiy bosqich uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Masalan, masofaga uloqtirishda tebranish paytida (tayyorgarlik bosqichi) qo'l va tananing harakati otish paytidagiga (asosiy bosqichda) qarama-qarshi yo'nalishda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu mushaklar cho'ziladi, ular asosiy bosqichda tez va kuchli qisqarishi kerak. Qo'lning harakat yo'lini uzaytirish to'pning parvoz masofasini ta'minlaydi. Asosiy bosqich asosiy vosita muammosini hal qilishga qaratilgan (ob'ektni otishda uloqtirish). Bu bosqichda harakatlantiruvchi kuchlardan to‘g‘ri joyda, yo‘nalishda va kerakli vaqtda oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Asosiy bosqich - bu mashqni bajarish usulining mohiyati. Yakuniy bosqichning vazifasi - harakatni sekinlashtirish va muvozanatni saqlash (uzoqqa uloqtirgandan keyin chiziqdan oshib ketmaslik).
Texnikaning asosi - vosita muammosini hal qilish uchun zarur bo'lgan mashqning asosiy elementlari. Texnikaning aniqlovchi bo'g'ini ma'lum bir harakat texnikasi asosining eng muhim va hal qiluvchi qismidir (uzoqqa uloqtirishda yakuniy harakat). Aniqlovchi aloqaning bajarilishi nisbatan qisqa vaqt ichida sodir bo'ladi va katta mushak harakatlarini talab qiladi.
Texnikaning tafsilotlari - bu texnikaning asoslarini buzmasdan o'zgartirilishi mumkin bo'lgan mashqning kichik xususiyatlari (otishdan keyin muvozanatni saqlash, sakrash bilan oyoqlarni almashtirish yoki bir oyog'ini ikkinchisiga qo'yish). Texnikaning tafsilotlari shaxsning individual morfologik va funktsional xususiyatlariga va mashqlarni bajarish shartlariga bog'liq. Asiklik harakatlarda (otish, sakrash va hokazo) uch bosqich mavjud: tayyorgarlik, asosiy (asosiy) va yakuniy. Barcha fazalar bir-biriga bog'langan, birga oqadi va bir-biriga sharoit yaratadi, lekin ularning har biri alohida maqsadga ega. Tayyorgarlik bosqichi asosiy bosqich uchun eng qulay shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Masalan, masofaga uloqtirishda tebranish paytida (tayyorgarlik bosqichi) qo'l va tananing harakati otish paytidagiga (asosiy bosqichda) qarama-qarshi yo'nalishda amalga oshiriladi. Shu bilan birga, bu mushaklar cho'ziladi, ular asosiy bosqichda tez va kuchli qisqarishi kerak. Qo'lning harakat yo'lini uzaytirish to'pning parvoz masofasini ta'minlaydi. Asosiy bosqich asosiy vosita muammosini hal qilishga qaratilgan (ob'ektni otishda uloqtirish). Bu bosqichda harakatlantiruvchi kuchlardan to‘g‘ri joyda, yo‘nalishda va kerakli vaqtda oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Asosiy bosqich - bu mashqni bajarish usulining mohiyati. Yakuniy bosqichning vazifasi - harakatni sekinlashtirish va muvozanatni saqlash (uzoqqa uloqtirgandan keyin chiziqdan oshib ketmaslik).
Ba'zi mashqlar texnikasida boshning ma'lum bir pozitsiyasi muhim ahamiyatga ega (skameykada yurganda, muvozanatni saqlash uchun logni tekis ushlab turish kerak). Figurali uchishda, badiiy gimnastikada, badiiy gimnastikada - chizilgan paypoqlar, egilgan torso va boshqalarda tananing va uning alohida qismlarining holatiga maxsus estetik talablar qo'yiladi.
Jismning yoki jismning harakatlanuvchi qismining yo'li traektoriya deb ataladi. Traektoriyalarda harakatning shakli, yo'nalishi va amplitudasi farqlanadi. Shakl jihatidan harakat traektoriyasi tekis va egri chiziqli. Osilgan to'pga urilganda to'g'ri chiziqli harakat qo'llaniladi. Yo'nalishdagi barcha o'zgarishlar bilan egri chiziqli (loop shaklidagi) harakat (maqsadga otish) sodir bo'ladi. Egri chiziqli harakatning umumiy yo'li to'g'ri chiziqlidan uzunroqdir. Traektoriya shaklining murakkabligi harakatlanuvchi tana massasiga bog'liq: u qanchalik katta bo'lsa, shakl shunchalik sodda bo'ladi. Masalan, qo'l harakati oyoqlarga qaraganda ancha xilma-xildir.
Harakat vazifasining muvaffaqiyati (nishonga tegish) va jismoniy mashqlarning individual mushaklar rivojlanishiga ta'sirining samaradorligi harakatlanuvchi tanaga (yoki uning bir qismiga) yoki ob'ektga berilgan yo'nalishga bog'liq. Harakat yo'nalishi o'z tanasiga (qo'llarni oldinga) yoki tashqi belgilarga (arqondan otish) nisbatan aniqlanadi. Harakatning asosiy yo'nalishlari yuqoriga va pastga, oldinga va orqaga, o'ngga va chapga hisoblanadi. Fleksion harakatlarning yo'nalishi tananing tekisligi bilan belgilanadi. "Oldinga", "orqaga" atamalari - lateral (anteroposterior) tekislikdagi harakatlar uchun (tananing oldinga va orqaga egilishi); "O'ng", "chap" - oldingi tekislikdagi harakatlar uchun (yonga egilish); "O'ng", "chap" - gorizontal tekislikdagi aylanish harakatlari uchun (o'ngga, chapga buriling). Oraliq yo'nalishlar ham qo'llaniladi (masalan, o'ngga yarim burilish va boshqalar). Ko'rish harakat yo'nalishini boshqarishda etakchi rol o'ynaydi. Shu munosabat bilan, yo'nalishdagi tez va kuchli o'zgarishlar bilan boshning harakati tananing qolgan qismining harakatidan biroz oldinda.
Harakat tezligi tananing (yoki uning qismlari) bosib o'tgan yo'l qiymatining (uzunligi) unga sarflangan vaqtga nisbati bilan belgilanadi. Agar yo'lning barcha nuqtalarida tezlik doimiy bo'lsa, u holda harakat bir xil deb ataladi, agar u o'zgarsa, harakat notekis deb ataladi.
Vaqt birligida tezlikning o'zgarishi tezlanish deyiladi. Bu ijobiy (tezlik ortishi bilan) va salbiy (tezlikning kamayishi bilan) bo'lishi mumkin. Harakatlarni bajarish jarayonida tezlik ham, tezlanish ham o'zgarishi mumkin. Harakatlar tezlikni keskin o'zgartirmasdan (past tezlanish bilan) bajarilsa, ular silliq deyiladi. Keskin harakatlar yuqori tezlikda darhol boshlanadigan harakatlar, notekis tezlashtirilgan va notekis sekinlashgan yoki harakatlar bir zumda to'xtab qolsa, harakatlar deyiladi. Doimiy tezlik yoki doimiy tezlanish bilan harakatlar kam uchraydi. Yaxshi bajarilgan jismoniy mashqlarda, qoida tariqasida, tezlikda keskin, keskin o'zgarishlar bo'lmaydi.
5. Jismoniy komolot.
Jismoniy mukammallik insonning jismoniy tayyorgarligi va hayotning talablariga muvofiq rivojlanishi uchun idealdir. Ko'pgina zamonaviy odamlar bu jihatdan juda rivojlangan emas. Albatta, zamonaviy hayot sharoitlari alohida kuchning mavjud bo'lishini talab qilmaydi, deb ta'kidlash mumkin. Endi yashash va pul topish uchun aqliy qobiliyatga ega bo'lish etarli. Biroq, hayotning haqiqiy hursandchiligini faqat insonning sog'lom tana tuzishi mumkin.
Jismoniy kamolotga erishish har bir inson har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga intilishi kerak. Va ayni paytda, jismoniy kamolotga mutlaqo axloqiy va estetik ta`limga ega bo'lishi kerak. Tananing go'zalligi nima ? Bu nozik harakatlar, yaxshi duruş va uyg'unlik nisbatlarda. Jismoniy kamolotga erishishning barcha ko'rsatkichlari bu xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Sport va jismoniy mashqlar butun harakatda izchil bo'lish istagini kuchaytiradi. Bizning tanamizni tarbiyalash va rivojlantirish orqali estetik go'zallikni anglab etishga intilamiz. Agar bu sabablar bo'lmasa, sport o'ynash ma'nosini yo'qotadi. Bundan tashqari, jismoniy kamolotga erishish aqliy qobiliyatga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |