9-mavzu: Xarid jarayonida sifatni boshqarish
Xarid jarayonida sifatni boshqarishning elementlari. Ta’minotchilar imkoniyatini baholash.
Tizimdan chiqish bosqichida sifatni nazorat qilish mazmuni va turlari.
Ta’minotchilar va iste’molchilar bilan hamkorlik munosabatlari tizimini shakllantirish.
Mehmonxona industriyasi mehmondo`stlik tizimining mohiyatidir. U insoniyat tarixidagi har qanday ijtimoiy formatsiyaga xos bo`lgan mehmonni hurmat qilish, uni qabul qilib olish va xizmat ko‘rsatish tantanalari kabi eng qadimgi an‘analaridan kelib chiqadi. Shuni ta‘kidlash kerakki, mutlako tranzit turistlar va ekskursion xizmat ko‘rsatish hisobiga yashaydigan turistlik markaz va joylar mavjud. Lekin, bu holda yaxshi foyda olish uchun turistlik mahsulot tovarni tashkil qiluvchi xususiyatga ega bo`lish kerak.
Mehmondo‘stlikning (mehmon qabul qilish) bugungi industriyasi - bu region yoki turistlik markaz xo‘jaligining eng kuchli tizimidir va turizm iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismidir. Mehmon qabul qilish industriyasini kollektiv va individual joylashtirishning turli xildagi otellar, mehmonxonalar, motellar, yoshlarning xostel va yotoqxonalari, apartamentlar, turistlik xutorlar, shuningdek turistlarni joylashtirishda ishtirok etuvchi xususiy sektor vositalarini tashkil etishdir.
Dunyo amaliyotidan ko`rinib turibdiki, turizmning asosiy tarmoqlaridan biri
bo`lgan mehmonxona industriyalarini rivojlantirish muhim omillardan biri hisoblanib, mehmonlarning asosiy ehtiyojlarini qondirishda mehmonxona industriyalarining o`rni beqiyos.
Menejment sohasining muhim yo`nalishlaridan biri - mehmonxona xo`jaligi
menejmentida samarali tashkil etish va boshqarish muhim vazifalardan hisoblanadi.
Ayniqsa, bu jarayon aholi turmush darajasini yuksalib borishi bilan taraqqiy etishi ko`zga tashlanadi. Shu sababli ham, O`zbekiston Respublikasi hukumati sohasi rivojlantirishga katta ahamiyat berib mehmonxonalarda mehmonlarga mehmonxona xizmatlarini ko`rsatish turlarini kengaytirishga alohida e‘tibor qaratmoqda. Bu borada respublikamizda butun dunyoda amalga oshirilayotgan boshqaruv uslublari va xizmat ko`rsatish turlarini tizimli o`rganish va bu boradagi yangi valyuta manbalarini izlab topish maqsadga muvofiq.
O`zbekiston Respublikasida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab,
hukumatimiz turizmga alohida e‘tibor qaratib, turistik mehmonxonalarni jahon
andozalari darajasida ta‘mirlash va yangi zamonaviy mehmonxonalarni bunyod etish kabi muhim vazifalarni belgilab oldi hamda bu sohaga katta sarmoyalarni jalb etdi.
Bugungi kunga kelib, O`zbekistonda bir qator jahon andozalari talablariga to`liq javob beradigan mehmonxonalar qurilib, ishga tushurildi.
Ma‘lumki, bugungi kunda mehmonxona sohasining klassik boshqaruv tizimi
hayotimizga kirib kelayotgan yangi informatsion texnologiyalar va ―nou-xau‖lar ta‘sir ko`rsatmoqda va joriy qilingan markazlashgan rezervatsiya tizimlariga bog`liq ravishda shakllanmoqda. Mehmonxona faoliyati bilan shug`ullanuvchi xodimlarning malakasini oshirish, ularga yangi informatsion texnologiyalarni o`rgatish, shuningdek chipta sotish, normative hujjatlar bilan ishlash madaniyatini oshirish dolzarb vazifa sifatida alohida tadqiqot olib borishni taqozo etadi.
Mazkur kursda mehmonxona xo`jaliligining o`rni hamda mehmonxona
industriyasini rivojlantirish va boshqarishning muhim xususiyatlari bayon etiladi.
Shu bilan birga, O`zbekiston Respublikasida mehmonxona servisini boshqarishning zamonaviy usullari va ular samaradorligini oshirish imkoniyatlari ko`rsatib berilgan. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mehmonxona xo`jaligi korxonalari menejmentining yo`nalishlari: turistlarni joylashtirish masalalari, mehnat jarayonlari boshqarish, tashkiliy-boshqaruv tuzilmani takomillashtirish, avtomatlashtirilgan boshqaruv axborot tizimlarini shakllantirish, shuningdek, biznesning samarali boshqaruv hisobini yuritish siyosatiga alohida e‘tibor qaratiladi.
Mehmonxona industriyasining o`ziga xos xususiyatlariga muvofiq boshqaruv
siyosati belgilanadi:
- asosiy mehmonxonalar xaftaning har kunida va kechayu-kunduz ishlaydi;
- narxlar belgilab qo`yilgan va yuqori, taklif ham qayd qilingan, ammo talabga bog`liq holda ular mavsumiy o`zgarib turadi;
- bu industriya ham ishlab chiqarish va ham xizmat ko`rsatish;
- barcha xizmatlar bevosita mijozlarga qaratilgan, ammo taqdim etilgan mahsulot sezilarli yoki sezilarsiz tabiatga ega;
- ko`pgina jarayonlar uyg`unlashgan, ulardan aksariyati ayni vaqtda bajariladi;
- ko`pincha juda ziq vaqt va yuqori daraja muvofiqlashuv (koordinatsiya) talab qilinadi;
- menejerlardan asosan boshqaruv sohasida mahorat va yuqori professionallik talab qilinadi;
- oliy toifali bo`lishni talab qiladigan mehnatdan tashqari, oliy toifali bo`lishni talab qilmaydigan mehnatlar mavjud;
- aksariyat mehnatga kam ish xaqi to`lanadi;
- xodimlarni ishdan tashqari vaqtda ishlashga majbur qiladi;
- ayol kishilar va yoshlarni soatbay mehnat xissalari katta;
- aksariyat xodimlar o`zga mamlakatdandir;
- xodimlar qo`nimsizligi katta.
Mehmonxona faoliyati davlatdagi qonunchilik, ijrochilik organlari orqali amalga oshiriladi, ya‘ni nazorat qilinadi. Boshqarish nazorati boshqaruv faoliyatining muhim vazifasidir. Uning mohiyati shundaki, nazorat xavfli holat paydo bo`lishi mumkin bo`lgan muammolarni oldindan aniqlash, yechimlarini topish, ular o`ta jiddiy bo`lib ketmasliklari uchun zarur va yana faoliyatni muvaffaqiyatli rag`batlantirish uchun ham qo`llanishlari mumkin.
Nazoratning asosiy ma‘nosi - mehmonxona faoliyatining haqiqiy natijalari haqida ma‘lumotlarni yig‘ish, ishlov berish, tahlil qilish, ularni rejadagi ko`rsatkichlar bilan solishtirish, og`ishlarni aniqlash, bu og`ishlarning sabablarini tahlil qilish, qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun tadbirlar ishlab chiqish kabilardan iborat.
Nazorat uch bosqichda o`tkaziladi: nazorat oldi, joriy va yakuniy (xulosaviy).
Ularni o`tkazish tartibida uch tadbir bor: ishlangan standartlar va mezonlar, ular bilan muayyan natijalar, harakatlarga zarur o`zgartirishlar qabul qilishni solishtirib ko`rish.
Nazorat - mehmonxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishishini ta‘minlovchi jarayon.
Boshqaruv nazoratining 3 qirrasi mavjud. Ular quyidagilardan:
-standartlar o‘rnatilishi, ma‘lum vaqt oraligida bajarilishi kerak bo‘lgan
maqsadlarni yaqqol aniqlashdan iborat;
-erishilgan natijani baholash va kutilgan natija bilan solishtirish;
-to‘g‘rilash va aniqlik kiritiladigan jarayon, 4 ta qaror qabul qilish va aloqa
(kommunikatsiya, axborat almashinuv)ni talab etadi.
To‘gri qaror qabul qilish uchun mutanosib (adekvat) axborot kerak. Uni olish uchun ishonchli kommunikatsiya zarur bo‘ladi.
Biz biror-bir mehmonxonani ishlab turibdi deganimizda, unda ishlaydigan odamlar ma‘lum bir faoliyat bilan shug`ullanishayotganligini nazarda tutamiz. Ko`pchilik odamlar o`z faoliyatlarini bir kunini (oylarni, yillarni, va boshqalarni) rejalashtirib olishadi. Keyin o`sha rejalarini bajarish uchun kerakli resurslarni tashkil etadilar. Vaqt o`tishi bilan bajargan ishlarini va ilgari oldiga qo`ygan maqsad va vazifalar bilan solishtiradilar. Demak, biror oddiy ishni bajarish uchun ham oqibatda qanday natija kutilayotganligi, ishni qanday tashkil qilish, ishni bajarilishiga qiziqtirish va nazorat qilish kerak bo`ladi. Bularning barchasi boshqaruv funksiyalari bo`lib, rejalashtirish funksiyalari bilan uzviy bog`langan bo`ladi.
Masalan, nazorat funksiyasining bajarilishi to`g`risida olingan axborot menejerga uning rejalari (rejalashtirish funksiyasi) qanday amalga oshirilayotganligi haqida ham ma‘lumot beradi. Ayni paytda nazorat motivatsiyani hisobga olgan va tashkillashtirilgan (motivatsiya va tashkil etish funksiyalari) bo`lishi kerak
Mehmonxona biznesida turistik mahsulot yoki xizmatni sotishni ifodalovchi ikki tushuncha – shaxsiy va korporativ sotuvlar tushunchalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |