5-mavzu. Sifatni boshqarishda zamonaviy yondashuvlarning mazmuni va mohiyati
REJA:
1.Vatanimiz va xorij amaliyotida sifatni boshqarishning asosiy yondashuvlarini tavsiflovchi jarayonlar.
2.ISO 9000: 2000 xalqaro standartlarining qisqacha tavsifi.
3.Sifatni boshqarishga jarayonli yondashuvning mazmuni va mohiyati.
4.Doimiy takomillashtirib borish konsepsiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro tashkilotlar (ISO, ILAK, YeOK va boshq.) bilan xamkorligi mamlakatda bozor munosabatlari shakllanish davrida, ayniqsa, zarur bo‘lib qoladi. Yevropa hamjamiyatining yagona bozor "ichki chegaralarsiz fazo" yaratish niyati bu tashkilotlar oxirgi yillardagi strategiyasini aniqlab berdi. Uning bosh yunalishi bo‘lib YeK komissiyasi bilan hamkorlikda xalqaro savdodagi texnikaviy to‘siklarni bartaraf qilishdir.
Standartlashtirish obektlariga ko’ra qo’yiladigan talablarni belgilovchi quyidagi turlarga bo’linadi :
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish me’yoriy negizini O‘zRST5.0-98, O‘zRST 5.1-95, O‘zRST 5.2.-93, O‘zRST 5.3-92, O‘zRST 5.4-93, O‘zRST 5.5-93 va Milliy sertifikatlashtirish tizimining (O‘zRMST) rahbarlik xujjatlari majmui tashkil qiladi.
O‘zRMSTda quyidagi faoliyat turlari nazarda tutilgan:
— mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish;
— sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish;
— sinov laboratoriyalari (markazlari)ni akkreditlash;
— bir jinsli mahsulotni sertifikatlashtiruvchi organlarni akkreditlash;
— sifat tizimlari va ishlab chiqarishni sertifikatlashtiruvchi organlarni akkreditlash;
— nazorat organlarini akkreditlash;
— sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat tizimlari va ishlab chiqarshilar, akkreditlangan organlar va sinov laboratoriyalari (markazlari) ustidan inspeksiya nazorati;
— majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat;
— aytib o‘tilgan faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ekspert-auditorlarni tayyorlash va attestatsiyalash.
Sertifikatlashtirish mahsulot, jarayonlar va xizmatlar:
— davlatlararo standartlar (MDXmamlakatlari);
— O‘zbekiston Respublika standartlari va boshqa mahsulotga bo‘lgan talablarni joriy qilgan chizmaiy nashr etilgan hujjatlar;
— O‘zbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish organi (O‘zdavstandart) nomida qo‘shilgan sertifikatlashtirish xalqaro va xorijiy milliy standartlari talablariga muvofiqligi tasdiqni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida sifat tizimlarini sertifikatlashtirish me’yoriy negizini ISOning 9000-seriyali xalqaro standartlari va O‘zRMSTning raxbarlik xujjatlari majmui tashkil qiladi.
ISOning 9000-seriyali standartlar nomi:
ISO-9000. Sifat umumiy boshqaruvi va sifatni ta’minlovchi standartlar. Tanlash va qo‘llash bo‘yicha raxbarlik ko‘rsatmalari.
ISO-9001. Sifat tizimi. Loyixalash yoki ishlab chiqish, ishlab chiqarish, montaj va xizmat qilishda sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9002. Sifat tizimi. Ishlab chiqarish va montaj paytida sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9003. Sifat tizimi. Yakuniy nazorat va sinovlarda sifatni ta’minlash modeli.
ISO-9004. Sifatning umumiy boshqaruvi va sifat tizimi elementlari. Raxbarlik ko‘rsatmalari.
9000-seriyali ISO xalqaro standartlari tashilot (korxona)ga sifat sohasida quyidagi masalalarni yechishga yordam beradi:
— mahsulot yoki xizmat sifatini iste’molchilar aniqlangan yoki taxmin qilingan extiyojlarini doim qondirilishi ta’minlaydigan darajaga erishish va uni saqlab turish;
— o‘z rahbariyatida muljallangan sifatga erishilmoqda va u berilgan darajada saqlanib turganligi haqida ishonchni ta’minlash;
— iste’molchida muljallangan mahsulot sifati va taqdim etilayotgan xizmat sifatiga erishilganlik yoki erishilishi lozimligi haqidagi ishonchni ta’minlash.
Ishonchni ta’minlash agar kontraktda nazarda tutilgan bo‘lsa, isbotlarni taqdim etish haqida o‘zaro kelishilgan talablar bo‘lishi mumkin.
O‘zRMST mahsulot va xizmatlarning majburiy xamda ixtiyoriy sertifikatlashtirishni ko‘zda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan sertifikatlashtirilishi shart mahsulotlar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan, olib chiqib ketiladigan va olib kiriladigan mahsulotlar majburiy sertifikatlashtiriladi. Bu ro‘yxatga me’yoriy hujjatlarida fuqarolar xayoti, sog‘liq xavfsizligini ta’minlovchi, atrof-muxitni muxrfaza qilish, o‘zaro almashinuvchanlik va uygunlashtirish talablari belgilangan mahsulotlar xamda fuqarolar xavfsizligi va sog‘ligini ta’minlovchi vositalar kiritiladi.
Mahsulot, sifat tizimlari va ishlab chiqarishlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish ishlab chiqaruvchi, iste’molchi yoki yetkazib beruvchining tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Sertifikatsion sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan mahsulotga (mazkur mahsulot ishlab chiqarilishi attestatsiyalanganligi xaqida guvoxnomaga ega bo‘lsa) sertifikat beriladi va mahsulotga muvofiqlik belgisi qo‘yiladi.
Sertifikatsiyani tashkil qilish va o‘tkazish ikki bosqichdan iborat:
— sertifikatlashtiriladigan mahsulotni yetishtirish hamda ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish va tatbiq etish;
— me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlash sifatida mahsulot sertifikatlashtirilishini tashksh etish va o‘tkazish.
Birinchi bosqichda so‘z sertifikatlashtirilaligan mahsulotni ishlab chiqarish, ikkinchi bosqichda esa mahsulot me’yoriy xujjat yoki talablarning boshqa turiga muvofiqligini tasdiqlashni tashkil qilish va baholash haqida yuritiladi.
1.I.S.O. (inglizcha – I.S.O. – International Organization for Standardization) – Xalqaro standartlashtirish tashkiloti. Uning tarixi 1906 yilga borib taqaladi, shu yili xalqaro (IEC – International Electrotechnical Commission) elektrotexnik komissiya tashkil topgan. So‘ngra 1926 yildan 1942 yilgacha ko‘proq tarmoqlarni o‘z nazoratiga olgan xalqaro standartlashtirish assotsiatsiyasi tashkil qilingan (International Federation of National Standartizing Associations - ISA). 1946 yil London shaxrida sanoati rivojlangan 25 ta davlatdan kelgan delegatlar ishtrokida, sanoat standartlarini takomillashtirish va unifikatsiyalash masalalari muxokama qilinadi va tashkilot ISO nomini oladi (Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot). Tashkilot 23 fevral 1947 yilda o‘z faoliyatini boshlaydi.
Xozirgi kunda xalqaro standartlashtirish tashkiloti 140 dan ortiq davlatlarni o‘z qatoriga qo‘shgan, uning shtab kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shaxrida joylashgan. ISO tashkilotiga har bir davlatdan bittadan mutaxassis a’zo bo‘lib kirishi mumkin.
Xalqaro ISO standartlari tarkibida 5 ta asosiy standartlari versiyasi mavjud:
ISO – 9000 : 2000 “Sifat menejmenti sistemasi” – bunda sifat menejmentining umumiy prinsplari, ISO – 9000 seriyasiga kiruvchi asosiy qoidalarni va tarmoqning o‘ziga xos belgilari, atamalarini aniqlaydi.
ISO – 9001 : 2000 “Sifat menejmenti sistemasi talablari” sifat menejmenti sistemasi talablarini belgilaydi, xujjatlashtiradi, ishlab chiqaradi. Ushbu standart sifat menejment sistemasi maqsadlarni, oddiy va sertifikatlash tamoyillarini ishlab chiqadi.
ISO 9004 : 2000 “Sifat menejmenti sistemasi. Faoliyatni yaxshilashga qaratilgan”dir. U metodik ko‘rsatmalar va faoliyatni yaxshilovchi asosiy tamoyillarni ishlab chifadi. Bu standartda tavsiya etilgan talablar ISO – 9001 : 2000 nisbatan ancha takomillashgandir. Unda korxona va tashkilotlar faoliyatini “Sifat menejmenti” asosida yanada takomillashtirishga qaratilgan aniq ishlanmalar keltirilgan. Yuqoridagi standart sertifikatashtirishga va normativ xujjatlarni ishlab chiqishga, texnik reglamentlarni va turli kontraktlar tuzishga qaratilmagan.
ISO 19011 : 2000 sifat menejmenti sistemasi bo‘yicha audit ko‘rsatmalari yoki “Ekologik menejment” sistemasiga oid normativ tavsiyalar, audit bo‘yicha ishlanmalar, auditni olib borishda kafolatli xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
ISO – 10012 : 2000 “O‘lchov – metrologiya menejmenti tizimi”. O‘lchov jarayonlari va o‘lchov asbob uskunalariga bo‘lgan talablarni boshqarish va ularni takomillashtirishga qaratilgan.
Masalan, Rossiya Federatsiyasi standartlariga muvofiq ISO 9000 : 2001 sifat menejmenti sistemasida asosiy shartlar va lug‘atdir.
Respublikamizda Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22.02 dagi 83 - sonli qarorida sifatni boshqarishda xalqaro standartlarni joriy etish tadbirlari ishlab chiqilgan. Qarorda ko‘zda tutilgan asosiy masala tovar va xizmatlarni raqobatbardoshligini, ichki va tashqi bozorni xalqaro standart talablariga javob beradigan tavarlar bilan ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi xududlarida faoliyat yurituvchi 200 dan ortiq korxona va tashkilotlar maxsulotlari 2004 – 2006 yillar ichida ISO – standartlari talablariga javob berishini ta’minlash masalasi qo‘yilgan bo‘lib, 2007 yilda ularning 140 tasi ISO standartlari asosida maxsulot ishlab chiqara boshladilar.
Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29.08 183 – sonli qarorida yurtimizda faoliyat yurituvchi 100 dan ortiq korxona va tashkilotlarda “Sifat menejmenti” tizimini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, ular xozirda amalga oshirilgan (2009).
“Sifat menejmenti” tizimi joriy etilayotgan soxalar ichida eng ustivor yo‘nalish xisoblangan “Oziq-ovqat tovarlari xavsizligini ta’minlash” bo‘yicha ISO – 22000 : 2005 seriyasi, O’zDST, ISO – 9004:2002 – “Sifat menejmenti” asosida faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar majmuidan iboratdir.
Tovar va xizmatlar raqobatbardoshligini, mahsulotni xalqaro bozorda o‘z o‘rnini topishi uchun “O‘zdavstandart” agentligi qoshida mustaqil faoliyat yurituvchi “Sifat menejmenti” tizimini joriy etish bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, u o‘zini ijobiy natijalarini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |