Organoleptik usul – sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, sezish organlari orqali olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslangan. Organoleptik usuldan qandolatchilik mahsulotlari, tamaki mahsulotlarining sifatini baholashda, gazlamaga berilgan ranglarning tiniqligini, gullarning shaklini, poyafzal mahsulotlari, tikuvchilik mahsulotlarining tashqi ko‘rinishi, ko‘zga tashlanuvchanligini baholashda qo‘llaniladi.
Qayd etish usuli ma’lum voqeliklar, predmetlar yoki xarajatlarning, masalan, sinov paytida sinovdan o‘tolmagan mahsulotlar sonini hisoblash yo‘li bilan olingan ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Ushbu usulda unifikatsiyalash ko‘rsatkichi, huquqiy patent ko‘rsatkichi kabilar aniqlanadi. Ma’lumot manbalariga qarab sifat ko‘rsatkichlari an’anaviy, ekspert va ijtimoiy usullarga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |