Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


-Mavzu: O‘zbekistonning milliy turizm brendi



Download 0,82 Mb.
bet30/33
Sana08.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#536020
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi (1)

11-Mavzu: O‘zbekistonning milliy turizm brendi

  1. O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi shiori - milliy turizm brendi sifatida.

  2. Milliy turistik brendni namoyish qilishda davlat organlarining vakolatlari.

  3. O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovar, ish va xizmatlarni targ‘ib qilish tartibi va yo‘nalishlari.

O‘tgan o‘tish davri mobaynida xizmat ko‘rsatish sohasini, xususan, turizmni qat’iy davlat tomonidan tartibga solish asosida bozor munosabatlarni rivojlantirish hamda turizm sohasining iqtisodiy mustaqilligi va demokratlashuvini ta’minlashga yo‘naltirilishi amalga oshirildi. Bu davr mobaynida turizm tizimida ijobiy o‘zgarishlar bilan birgalikda, dastlab bozor munosabatlariga xos muammolar ham uchradi. Turizm sanoatining bu murakkab va ziddiyatli bosqichida mamlakatimiz hududlari iqtisodiyotiga turizmning ta’sirini yangi paydo bo‘layotgan uslublarini batafsil o‘rganish uchun imkon bermadi. SHu bosqichda turizm sanoatining oldingi sifat holatidan yangi sifat holatiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish lozim edi, ya’ni yangi sharoitlarga moslashish yo‘llarini topish, turistik aloqalarning birligini va tizimning yaxlitligini saqlash masalalarini muvofiqlashtirish lozim edi.


O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va barqaror rivojlanishi natijasida aholining turizm mahsulotlarida o‘zgargan iste’moli turizm tizimining tiklanishi, rivojlanishi, mustahkam va samarali ishlaydigan tizimning shakllanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib berayapti.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish kabi masalalar mamlakat taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.
Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan YUNESKOning respublikamizdagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekistonda mamlakat brendini shakllantirish” mavzuidagi konferensiya ana shu dolzarb vazifani amalga oshirishga bag‘ishlandi. 
O‘zbekiston brendining faol ilgari surilishi respublikamizning pragmatik, siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkor sifatidagi xalqaro nufuzi hamda obro‘-e’tiborini yuksaltirish, investorlar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 
Senat qo‘mitasi raisi A. Kurmanovning bildirishicha, muvaffaqiyatli brend olti muhim jihatni, ya’ni turizm, eksportni kengaytirish, tashqi va ichki siyosatni faollashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, madaniy boyliklarni ko‘rsatish hamda xalq farovonligini oshirishni nazarda tutadi. 
SHu ma’noda aytganda, O‘zbekiston jahon bozorida o‘z milliy brendini ilgari surishda katta imkoniyatlarga ega. Xususan, mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi, mehmondo‘st xalqimiz, shu bilan birga, iqtisodiyotning barqaror rivojla-nayotgani, zamonaviy infratuzilmaning jadal taraqqiy etayotgani ham yurtimiz ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgani, mamlakatimiz insoniyatning madaniy va ilmiy boyligini o‘zida jam qilgani bilan ham xalqaro hamjamiyatning doimiy e’tiboridadir.
Tadbir ishtirokchilarining fikricha, davlatning ijobiy brendi mamlakatning tashqi va ichki siyosiy imijini yaxshilabgina qolmay, balki xalqaro miqyosda uning siyosiy ta’sirini ham oshiradi, eksport hajmini ko‘paytirish hamda mamlakat raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi. Aytish joizki, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning izchilligi, bu jarayondagi ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat O‘zbekistonning nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki xalqaro miqyosdagi nufuzi yuksalishiga sabab bo‘lmoqda.
Anjumanda O‘zbekiston brendini to‘liq shakllantirish, chet ellik investorlar uchun jozibali va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, shu jumladan, O‘zbekistonning yangi brendini ommalashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda nufuzli xalqaro institutlarning munosabati va indeksi muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston tashqi va ichki siyosatining asosiy jihatlarini, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarini aks ettiruvchi xolis va ishonchli axborotni jahon hamjamiyatiga etkazish, shuningdek, xorijda mamlakatimizning investitsiyaviy, turistik, madaniy-tarixiy jozibadorligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni yanada faollashtirish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekistonning milliy brendini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf qilish, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat orasidagi nufuzini oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida idoralararo ishchi guruh tashkil etish hamda milliy brendni ilgari surish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish