Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Turizmni rivojlantirish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta'minlash



Download 0,82 Mb.
bet27/33
Sana08.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#536020
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi (1)

Turizmni rivojlantirish rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ularning bajarilishini ta'minlash
Turizm sohasi eng murakkab kompleks tizimdan iborat bo’lib, u o’z ta’sir kuchi ostiga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jalb qiladi. Shu bilan birga, 1990 yilga qadar ko’pgina davlatlar turizmni biror-bir rejasiz rivojlantirib keldilar va unga jamiyatning umumiy iqtisodiy rivojlanishi deb qaraldi. Tajriba shuni ko’rsatdiki, turizmni nazoratsiz, tasodifiy rivojlanishi ko’pgina ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni vujudga keltirdi, bu o’z navbatida atrof-muhitning tanazzuliga va milliy o’zlikning yo’qolishiga, turistlar oqimining kamayishiga, oqibatda iqtisodiy yo’qotishga olib keldi.
Hozirgi paytda jahon bozorida ko’pgina davlatlar iqtisodiyotining raqobatdoshligi sharoitida ko’pgina hukumatlar turizmni hattoki o’zlarining yagona iqtisodiy rivojlanish imkoniyati deb qarashadi. Turizmga jamiyatni va iqtisodiyotni rivojlantiruvchi usul sifatida yondashish, uning aholi bandligini ta’minlovchi mukammal manba sifatida qaralmoqda. Shuningdek, daromadni ko’paytirish va turli sabablarga ko’ra tabiiy va madaniy yo’qotishlarni tiklashga yordam beradi deb qaralmoqda. Bu masalalar bevosita O’zbekiston Respublikasiga ham taalluqlidir.
Shu sababli ayni vaqtda turizm industriyasi rivojiga ega hamma davlatlar shunday qarorga kelishdiki, turizmni rejalashtirish ular taraqqiyoti rivojlanishining asosini tashkil etadi. Ammo turizmni rejalashtirishni o’rganish va tahlil qilishni boshlashdan oldin, turizmni rejalashtirish nima va u nima uchun kerakli ekanligini o’zlashtirish lozim.Turizmni rejalashtirish sohasidagi mashhur amerikalik mutaxassis va xalqaro maslahatchi Edvard Inskip bu tushunchani bir qator maqsad va vazifalarni amalga oshirishdagi kelajakni tashkil etish deb tavsiflaydi.Turizmni rejalashtirishning zarurligi va muhimligi haqida birinchi marta 1989 yilda Gaagada Niderland xalqaro parlament tomonidan uning xalqaro parlament ittifoki (XPI) va Butunjahon turistlik tashkilotlari taklifi bilan o’tkazilgan Xalqaro parlament konferensiyasida qabul qilingan mashhur Gaaga deklarasiyasida bayonot qilindi. Gaaga deklarasiyasi birinchi navbatda turizm qishloq xo’jaligi, sanoat, sogliqni saqlash, ijtimoiy himoya, ta’lim va shu kabi birinchi darajali tarmoqlar qatorida davlatning murakkab rivojlanish rejalarini tashkil etishi to’g’risida chora-tadbirlar qabul qilinishi zarurligini ma’lum qildi. Shunday qilib, turizm davlat tomonidan e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatlar singari rasmiy tarmoq sifatida qaralishi kerakligi ko’rsatildi. Bu deklarasiyada «barqaror rivojlanish konsepsiyasiga asoslangan turizmni rivojlantirishning murakkab rejalashtirishiga yordamlashish, shuningdek turizm davlat hokimiyati tomonidan turizm industriyasi ishtirokida bosqichma-bosqich rejalashtirilishi kerakligi».Hozirgi vaqtda xalqaro darajada turizm rivojlanishini rejalashtirish va nazorat qilish uning rivojlanish muvaffaqiyati uchun lozimligi qabul qilindi. Turizmni rejalashtirish yana shu dalil bilan tasdiqlanadiki, rasman birinchi darajali va turizm bo’yicha dunyoda eng mashhur xalqaro, davlatlararo tashkilot hisoblangan Butunjahon turistlik tashkiloti (BTT) davlatlarga turizmni rivojlantirish mintaqaviy strategiyalarida, turizm siyosatida, o’ziga xos mintaqalarni hisobga olgan holda turizmni rivojlantirishda, turistlik faoliyatining milliy iqtisodiyot va turizmni rejalashtirishning istiqbolini baholashda amaliy yordam ko’rsatadi.
Shu bilan birga, turizmni rejalashtirishda salbiy ta’sirlarning oldini olishga va jamiyatning maqsad va vazifalarini bajarishga qaratilgan holda aytib o’tilganidek barqaror rivojlanish prinsiplariga mos holda olib boriladi. Turizm milliy, mintaqaviy, mahalliy darajalarda, shu bilan birga «destinasiya» rejasiga yoki «turizmni rivojlantirish mintaqalariga» muvofiq rejalashtiriladi.Milliy va mintaqaviy darajalar (uzoq muddatli va turizm rejalashtirish strategik darajasi), turizm rivojlanish siyosatining umumdavlat, mintaqaviy va respublika darajasida shakllanishini ko’zda tutadi, mazkur rivojlanishning qonunchilik asoslari, turistlik faoliyatni muvofiqlashtirish ham milliy, ham xalqaro darajada, turizm rivojlaninishining boshqa zaruriy elementlarining ko’rib chiqilishini talab qiladi.
Strategik turistlik rejalashtirishning birinchi navbatdagi funksiyasi, milliy turistlik siyosat yaratishdan iborat. Bunda ushbu siyosat, turistlik rivojlanishda va mamlakat aholisi hayotida muhim o’rin egallaydi. Turizm siyosatining boshqarish tizimini yaratish milliy darajada turizmni rejalashtirilishining muhim omili hisoblanadi.
Turizmni rejalashtirish g’oyat mehnat talab va murakkab ish hisoblanadi shuning uchun turizmdagi har qanday faoliyatni rejalashtirishda va amalga oshirishda turizm faoliyatining yo’nalishiga va natijasiga haqiqiy ta’sir ko’rsata olishga qodir bo’lgan shaxslar va tashkilotlar qatnashishadi. Odatda ularga quyidagilar kiradi:
mahalliy aholi;
biznes sohasi (hatto ba’zan turizmga bog’liq bo’lmaganlari ham);
siyosiy va boshqa rasmiy shaxslar;
malakaviy birlashmalar va turizm sohasidagi ishchilarining jamoaviy tashkilotlari;
turizm qonunini ishlab chiqaruvi va rivojlanishi bilan bog’liq rasmiy hukumat vakillari va har qanday darajadagi ma’muriyatlar.
Ushbu sanab o’tilgan vakillar o’ziga xos ulush bilan kelib, umumiy qaror qabul qilish stoliga o’z bilimlarini va takliflarini qo’yadilar. Yana bir bor ta’kidlab o’tish lozimki, ularning ishtiroki asosan rejalashtirish jarayonining boshlangich pog’onasida umumiy qo’llab-quvvatlash uchun muhim va bu jarayonning barqarorligini ta’minlaydi, shuningdek kelajakda turli sabablarga ko’ra turizmni rejalashtirishining birinchi pog’onasida qatnasha olmagan shaxslar va tashkilotlar tomonidan paydo bo’ladigan muammolar ehtimolini kamaytiradi.
Turizmni rejalashtirish murakkab jarayon bo’lib, o’z ta’siri ostiga turli faoliyat sohalaridan ko’p shaxslarni va tashkilotlarni jalb qiladi. Biroq xalqaro tajriba ko’rsatishicha, murakkab turizmni rejalashtirish dastlab amalga oshirilmasa, turistlik markazlarida vaqti-vaqti bilan muammolar (asosan ekologik va ijtimoiy xususiyatli) yuz beradi, bu birinchi navbatda turistlarga ayon bo’ladi va raqobatning qattiq bosimi ostidagi zamonaviy turizm bozorida turistlar darhol o’zlariga boshqa joyni tanlashadi.
Shu bilan birga turizmni rejalashtirish, huddi boshqa turdagi ishni rejalashtirish kabi muvaffaqiyatga erishish maqsadini, muammoga yo’l qo’ymaslikni va uni bartaraf qilishni talab qiladi. Ma’lumki, murakkab rejalashtirish vaqt va uzoq davom yetadigan muhokama va baxslarni talab qilishi mumkin, chunki turli siyosiy partiyalar, hokimiyat va ma’muriyat strukturalari hamda mahalliy aholi o’zlarining shaxsiy maqsad va qiziqishlari bilan qatnashadilar. Ammo rejalashtirishning umumiy mazmuni shundaki, uni rivojlanishning asosiy yo’nalishi va turi qilib belgilash ustunligini baholash taklif qilingan rivojlanish konsepsiyasidagi yetishmovchiliklarni aniqlash lozim, agar shunday qilinmasa yo’l qo’yilgan xatolar juda qimmatga tushadi yoki ular hech qachon tuzalmaydigan holga keladi. Shunday qilib, turizm sohasi puxta va mukammal rejalashtirilganda ko’plab bevosita va bilvosita iqtisodiy foydalar keltirishi mumkin.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish