Tayanch so‘z va iboralar: marshrut, turistik marshrut, turistik resurs, turistik ob’ekt, tur, qadimiy marshrutlar, o‘zgarmaydigan marshrutlar, tiklanadigan marshrutlar.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1.Turizm marshruti haqida tushuncha bering.
2.Turistik marshrutning kelib chiqishini izohlang.
3.Turistik marshrutlarning turlarini sanab bering.
4.Turistik marshrutlarda joylashtirish va ovqatlantirish xizmatlarini tashkil etish xususiyatlarini izohlang.
5.Turistik marshrutlarda ekskursiya xizmatlarini tashkil etish xususiyatlarini izohlang.
TURISTIK FIRMALAR MONITORINGI
FANIDAN
ISHCHI O`QUV DASTUR
(2020-2021 o`quv yili 3-kurs)
Bilim sohasi
|
600000
|
Xizmatlar sohasi
|
Ta’lim sohasi
|
610000
|
Xizmat ko‘rsatish sohasi
|
|
|
|
Bakalavriat yo’nalishi:
|
5610300 Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
|
|
S emestr
Mashg’ulotlar
|
6
|
Jami
|
|
|
Ma’ruza
|
16
|
16
|
|
|
Amaliy
|
32
|
32
|
|
|
Mustaqil
|
12
|
12
|
|
|
Jami:
|
60
|
60
|
|
|
Kurs ishi (kurs loyiha)
|
-
|
-
|
|
Urganch – 2020 y
Ushbu ishchi dastur 5610300 – “Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)” bakalavriat uchun Urganch davlat universiteti tomonidan ___.___._____ yil №___-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan va ___.___.______ yil №BD 5610300 – 4.04 raqam ostida ro`yxatga olingan o’quv dastur asosida tuzilgan bo’lib, bakalavriat yo’nalishi «Turistik firmalar monitoringi» fanining mavzularini o’rganish uchun mo’ljallangan.
Mazkur ishchi dastur UrDU Kengashi tomonidan ___._____20___ yilda № __ bayonnomaga asosan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar: o’q.B.Ro’zmetov ,
o’q.O.Allonazarov
Taqrizchi: dots.Sh.Ruzmetov
Ishchi dastur Turizm va mehmonxona xo’jaligini boshqarish kafedrasida ___. ____. 20___ yilda muhokama qilindi (bayonnoma № ___ )
Kafedra mudiri v.v.b.: dots.D.Xudayberganov
Ishchi dastur Turizm va iqtisodiyot fakulteti Kengashida __.____.20__ yilda tasdiqlandi.
Turizm va iqtisodiyot fakulteti dekani: prof.I.Abdullayev
KIRISH
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Monitoring ma'lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, hisobga olish, baholash va istiqbolini belgilash. Monitoring kundalik hayotning barcha sohalarida qo’llanadi. Macalan, iqtisodiyot sohasida mahsulotdagi narxlar holati bo’yicha kuzatishlar tizimi narxlar monitoringi deb ataladi. Bunday monitoring narxlardagi o’zgarishlarni o’z vaqtida aniqlash, ularni baholash, salbiy jarayonlarning oldini olish va bartaraf qilish maqsadini ko’zlaydi.
Shuningdek, turizm sohasida qo’llaniladigan monitoring turistik faoliyatni amalga oshirish jarayonini borishi ustidan nazorat qilishda namoyon bo’ladi. Turizm faoliyati turizm monitoringi uchun asos hisoblanadi. Bu faoliyatda kelgan turistlar soni, ularga ko’rsatilgan xizmatlar xajmi, turist bilan qilingan hisob-kitoblar va boshqa zarur ma'lumotlar mavjud bo’ladi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari
“Turistik firmalar monitoringi” fanining asosiy maqsadi - talabalarda mazkur fan bo’yicha etarli bilim va tushunchalar hosil qilishdan iborat. Fanning asosiy vazifalari bo’lib, kelajakda talabalar turisti firmalarni tashkil qilib, yuqori daromad olishlari uchun turfirma faoliyatini kuzatish, nazorat qilish kabi boshqaruv funktsiyalarini amalga oshirishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
- turistik firmalar monitoringi fanining predmeti va vazifalari
- turistik firmalarda monitoring o’tkazish asoslari
- turistik firmalar mahsulot va xizmatlarini monitoring qilish
- turistik firmalar investitsion faoliyatini monitoring qilish haqida bilishi kerak.
Bular bilan bir qatorda bakalavr:
- turistik firmalar monitoringini amalga oshirishda nazoratning roli
- turistik firmalarni monitoring qilishda reklama faoliyati
- turistik firmalarda internet-monitoring
- turistik firmalar monitoringining xorijiy tajribalari malakalariga ega bo’lishi kerak.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
“Turistik firmalar monitoringi” fani qo’shimcha fan hisoblanib, 6 – semestrda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasida rejalashtirilgan “Turizm: nazariya va amaliyot”, “Xalqaro turizm”, “Turizm klasteri”, “Turizm infratuzilmasi”, “Kasbiy etika” kabi fanlardan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish talab etiladi.
“Turistik firmalar monitoringi” fani “Turopereyting”, “Turizmda ommaviy tadbirlarni tashkil etish”, “Turizmni rejalashtirish”, “Milliy turizm mahsulotlari va brendlari” va boshqa fanlarni o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni
Monitoring - turistik resurslardan oqilona foydalanish va turistlarni keng jalb qilish maqsadida ma'lum bir turfirmaning holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimidir. Shu bois, monitoring orqali turizm faoliyatining turistik sub'ekt, ya'ni turfirma faoliyati ta'sirida o’zgarishini kuzatish, olingan ma'lumotlar asosida baholash va tegishli boshqaruv apparatini ishga solishdir. Monitoring asosida kuzatish ishlari olib boriladi. Kuzatish ishlarida turfirmaning haqiqiy ish faoliyati va holati e'tiborga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |