Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo



Download 0,89 Mb.
bet26/45
Sana22.07.2022
Hajmi0,89 Mb.
#838048
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45
Bog'liq
2 5287265544951568944

Taymsher. (Timshare, inglizchadan tarjima qilinsa «Vaqt qismi» degan ma’noni beradi) - bu birgalikdagi egalik, aniqrog‘i klubli joylashtirish vositalarini ulardan ma’lum vaqt ichida foydalanish huquqi bilan uzoq muddatga ijaraga olish (misol uchun, 30-50 va ko‘proq yil davomida har yili bir haftaga) dir. Klassik taymsher xususiyatlari shundan iboratki, dam olishning ma’lum davriga mulk egasi ekanligi haqida sertifikat mavjud bo‘ladi. Bir qator mamlakatlarda taymsher meros qilib berilishi, garov vositasi, kreditni ta’minlash va boshqa vositalar sifatida foydalanishi mumkin.
Ixtisoslashgan muassasalar ham turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ular nomerlarga ega emas. Bu yerda boshpana bo‘lib binolar, kollektiv uxlashxonalari yoki maydonlar xizmat qiladi. Ixtisoslashtirilgan muassasalar tunash uchun joy beradi. Ammo turistlarni joylashtirish ular uchun bosh vazifa emas. Bu guruhga sog‘lomlashtirish muassasalari (sanatoriyalar, reablitatsiya markazlari, «Sog‘lomlashtirish firmalari» va boshqa.), dam olish va mehnat qilish, jamoat transporti vositalari, uxlash xonalari bilan jihozlangan (poyezd, kema) vositalar, shuningdek kongress-markazlar tipidagi binolar kiradi. Qaysiki ular bazasida simpoziumlar, konferensiyalar va boshqa ixtisoslashgan tadbirlar o‘tkaziladi va ularning ishtirokchilarini joylashtirish amalga oshiriladi.
Boshqa kollektiv joylashtirish vositalari. O‘zlariga eng avvalo dam olish uchun mo‘ljallangan turar joylar majmuasi (bungalo) uylar va boshqalarni qamrab oladi. Ular yagona boshqaruvda bo‘lib, cheklangan mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatadi.
Misol uchun, turizm bo‘yicha Irlandiya Kengashi dam olish uchun kompleks uylariga quyidagi talablarni qo‘yadi:
Kompleks kamida to‘qqizta binodan iborat bo‘lishi va ulardan birida idorada ifoda joylashishi kerak. Bino o‘zida alohida kirish joylari bo‘lgan kapital qurilishni mujassam etgan, yaxshi ekspluatatsion holatda bo‘lishi lozim. Har bir binoda mebelli uy, ovqatlanish, dam olish xonalari, shuningdek omborxona, cho‘milish (vanna) xonasi va hojatxonalar bo‘ladi. Uydan tashqarida esa foydalaniladigan keng-mo‘l joylar ko‘zda tutiladi. Joylashtirish vositasi har bir yangi yashovchi uchun yig‘ishtirilib, tayyorlanadi. Unda ko‘rpa-tushaklarni yig‘ishtirish va binoni supirish –sidirishda mijozga xizmat ko‘rsatilmaydi.
Kollektiv joylashtirishning boshqa vositalari tarkibiga kempinglar uchun maydonlardagi ob’ektlar kichik kemalar uchun buxtalar kiradi.
Kepinglar – avtoturistlar uchun qo‘riqlanadigan va yaxshi jihozlangan maydonlari bor lagerlardir. Ular energiya ta’minoti, kanalizatsiya tizimi bilan jihozlangan majmuasidir. Kempingda avtomobillar turadigan alohida maxsus joylar ajratilgan bo‘lib, shuningdek avtomobillarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazadigan, yuvish va ta’mirlash ustaxonasiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari kempingda avtoturistlarga bir qator axborot, savdo, vaqtni mazmunli o‘tkazish xizmatlari taqdim etiladi. Ularning sifati va assortimentiga qarab kempinglarga ma’lum kategoriya – birdan to‘rtgacha yulduz beriladi. Yuqori kategoriyali lagerlar avtoturistlar uchun tennis kortlari, basseynlar, saunalar, suv attraksionlariga ega bo‘ladilar. Vaqtni mazmunli o‘tkazish markazlari tashkil qiladilar. Sport va ko‘ngil ochish ob’ektlaridan tashqari, ularda savdo va ovqatlanish korxonalari, kir yuvish, aloqa bo‘limlari, prokat punktlari bo‘ladi. Bular ko‘pincha ko‘p profili kechayu-kunduz ishlovchi mehmonxonalar, turbazalar va motellar tarkibiga kiradi.

Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish