Urganch davlat universiteti «tasdiqlayman»



Download 1,16 Mb.
bet18/70
Sana26.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#412234
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70
Bog'liq
Majmua 2021

Salohiyatli karera — lavozimda rejalashtirilgan, yoki ehtimol tutilgan o‘sishdir.

Xodim mehnat faoliyati va hayotiy yo‘li davomida o‘z rejalari, ehtiyojlari, qobiliyatlari, maqsadlarini ko‘zlab lavozimda o‘sishni orzu qilishi, xohlashi salohiyatli karera hisoblanadi. Ana shunday istak xodim faoliyatini tashkil etishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Bu umidlar to‘la yoki qisman ro‘yobga chiqishi, umuman amalga oshmay qolishi mumkin.



Desant karera deyilganda rahbarlik lavozimini kutilmagan holda egallash

tushuniladi. Ushbu lavozimni egallash zarurati va bu kareraning davomiyligi turli sabablarga: korxona rahbariyatini mustahkamlash, rahbariyatga amaliy yordam ko‘rsatish zaruriyati va hokazolarga bog‘liqdir.

Ushbu vazifani bajarishga layoqatli xodimlar taklif etilgan har qanday lavozimni egallagan holda barcha ko‘rsatmalarni ado etishga tayyordirlar. Mazkur karera ishtiyoqmandlari uchun biror rahbarlikni amalga oshirish jarayoni emas (chunki ularning ko‘pchiligi umuman biror samarali faoliyat ko‘rsatish layoqatiga ega bo‘lmaydilar), balki lavozim kursisini egallash muhimdir.

Jadal karera. Tashkiliy tizim pillapoyalari bo‘yicha o‘ta tezkor, ayni vaqtda izchil ko‘tarilish lavozimda o‘sishning ushbu turiga mansubdir. Bu odatda iqtidorli, iste’dodli, yuksak salohiyatlarga ega xodimlarga xos. Ular qoidaga ko‘ra bir lavozimda uzog‘i bilan 1—3 yil davomida bo‘ladilar.

Normal karera. Bu xodimning uning kasb tajribasi va malakasi oshishiga qarab lavozimda bosqichma-bosqich ko‘tarilishidir. Bu kareraning davomiyligi xodim faol mehnat faoliyati davomiyligiga tengdir. O‘rtacha bu xodim 40 yoshgacha bo‘lgan davr uchun xarakterlidir. Normal karerada xodim bir lavozimda o‘rtacha 3—5 yil davomida bo‘ladi.

Sust karera bir lavozimda uzoqroq muddatda ushlanib qolish xususiyati bilan farqlanadi. Odatda bu davr normal kareraga qaraganda o‘rtacha 1,5—2 barobar ko‘p, ya’ni 5— 10 yilga teng demakdir. Lavozimda bu darajada sust o‘sish sabablari ko‘p jihatdan uning kasbiy va shaxsiy sifatlari, hamkasblari, mehnat jamoasi, rahbariyat bilan munosabatlari orqali izohlanadi.

Tipik karera deyilganda xodimning kasbiy mahorat cho‘qqisiga erishishi, malakasi umume’tirof etilishi, korxona tashkiliy tuzilmasida eng yuqori lavozim darajasiga ko‘tarilishi bosqichma-bosqich, ushbu kasbiy va shaxsiy sifatlar muttasil takomillashib borishi uyg‘un holda ro‘y berishi tushuniladi.

Barqaror karerada xodimning kasb faoliyati va lavozimda o‘sishida muayyan

chekinishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkinligi nazarda tutiladi. YA’ni bu xodimning mehnat faoliyati muayyan bosqichida o‘z kasbini vaqtincha yoki bir umrga o‘zgartirganligi, shuningdek ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga mos kelmaydigan lavozimni egallashiga to‘g‘ri kelganligini bildiradi.



Uzlukli karera xodimning kasbda va lavozimda o‘sishi beqaror bo‘lishini anglatadi. Bu personalning mehnat faoliyatini tez-tez o‘zgartirib turishi, ish joyini, korxona va tashkilotini muttasil almashtirishi, ma’lumoti bo‘yicha ixtisosligiga muvofiq bo‘lmagan lavozimlarni egallashi demaqdir.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish