Urganch davlat universiteti tarix fakulteti


O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari



Download 3,85 Mb.
bet8/245
Sana31.12.2021
Hajmi3,85 Mb.
#227170
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   245
Bog'liq
Узб рив стр Fuqarolik jamiyati MAJMUA

2. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.
«Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80yillari oxiri 90yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: «Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish bosh vazifadir… Yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak»12.

Mustaqillik davrida fuqarolik jamiyati qurish stregiyasiyani shakllanishida Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil muhim ahamiyat kasb etdi. Bu tamoyilning asosiy mazmunmohiyati, yo‘nalishlari, umuminsoniy va milliy jihatlari uning ma’ruzalari va asarlarida mujassamlashdi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi. Ana shunday sharoitda Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va bozor munosabatlariga o‘tish davrining nazariy asoslariniishlab chiqildi. Albatta, ular mamlakat tarixiy rivojlanish an’analari, demokratik prinsiplar va xalq dunyoqarashi, qolaversa, mamlakat milliy manfaatlarini o‘zida ifoda etar edi.

Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, fuqarolik jamiyati qurish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini beshta asosiy prinsip asosida amalga oshirishning “O‘zbek modeli” konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy prinsiplarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:

«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»13.

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Birinchi Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: «Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi»14.

Mamlakat Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shartsharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. Shuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxsjamiyatdavlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etiladi. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yuritadigan siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatni rivojlanishi va uning ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan farovon bo‘lishi hamda barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

Umuman olganda, Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi. SHuningdek, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berdi:

mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

jamiyatda fikrlar xilmaxilligi va qarashlar rangbarangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari Birinchi Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning sessiyalaridagi (19952004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) «Bizning bosh maqsadimiz jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» nomli ma’ruzasida mamlakat jamiyatini demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasining, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari», degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq va ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi uchun shartsharoitlar yaratish maqsadlarida «hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish»15 vazifasi belgilandi. Shu bilan birga, «o‘zini o‘zi boshqarish organlari mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish»16 muhim vazifalar sirasiga kiritildi.

Birinchi Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual dasturni amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda mamlakat yo‘lboshchisining nazariy qarashlarini hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shartsharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi.

Shunisi diqqatga sazovorki, Milliy mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yangi davlat va jamiyat qurish masalasida rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tarixiy tajribasini chuqur o‘rganish natijasida fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi «O‘zbek modeli»ning nazariy asoslari ishlab chiqildi. Uning nazariy qarashlari «Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyilda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish amaliyotida o‘z ifodasini topib bormoqda. Bu sohani rivojlantirish maqsadlarida qonunchilikni isloh etish, fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirishga imkoniyat yaratadigan huquqiy asoslar yaratishga muhim ahamiyat berila boshlandi.




Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish