Urganch davlat universiteti tarix fakulteti



Download 3,85 Mb.
bet7/245
Sana31.12.2021
Hajmi3,85 Mb.
#227170
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   245
Bog'liq
Узб рив стр Fuqarolik jamiyati MAJMUA

Tayanch so‘zlar: Rivojlanish, taraqqiyot, barqaror rivojlanish, strategiya, konsepsiya va innovatsion rivojlanish, taraqqiyot modellari, taraqqiyotning ―o‘zbek modeli, demokratiya, fuqarolik jamiyati, besh tamoyil, islohotlarning konseptual asoslari, yangi jamiyatni barpo etish, jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, ― «Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari» tamoyili, konstitutsiyaviy islohotlar.
1. Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.
Strategiya ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yo‘nalishi, barcha say-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub burilish davri uchun xos bo‘lgan boshqaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Jadal taraqqiyot jadal taraqqiyotga turt omil uyg‘unligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avvalo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlaydigan etarli investitsiyalarga ega bo‘lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan taraqqiyot modeli va bu modelni uzluksiz amalga oshirishga qaratilgan mexanizm va "yo‘l haritalari" zarurligi, uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan inson kapitali, salohiyatli qadrlar, mutaxassislarning bo‘lishi, to‘rtinchidan esa, jadal rivoj­lanish modelini ro‘yobga chiqarishga qodir iroda, liderning jamiyatni etaklovchi kuchi va qat’iy azmu qarori taqozo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.

«Yo‘l haritasi» biror bir maqsadga oqilona yo‘l bi­lan erishishning puxta ishlab chiqilgan rejasi, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni samarali amalga oshirish, ko‘zlangan rejalar va muddaolarni ro‘yobga chiqarishning eng maqbul mexanizmi.

"Yo‘l haritasi" qonunlar va boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlarning ochiq oshkora va shaffoflik bilan hayotga joriy etilishini ta’minlaydi.

Barqarorlik tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat’iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.

Davlat suverenitetiga erishish natijasida mamlakatimiz o‘z sotsiomadaniy zaminlariga tayangan holda, rivojlanish imkoniyatlariga bevosita ega bo‘ldi. SHu munosabat bilan alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har qanday yosh mustaqil davlat oldida o‘z istiqlolini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatning aniq shart-sharoitlari, ehtiyojlari, maqsadlarini qamrab oluvchi samarali siyosiy taraqqiyot modelini belgilab olish vazifasi turadi. Ushbu masalaning yuqori darajada hal etilishi mamlakatning izchil taraqqiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir mamlakat konkret amaliyotidan kelib chiqqan holda, rivojlanish g‘oyasini qabul qilinishi ya’ni, taraqqiyotning konseptual asoslarini aniq belgilanishi bu o‘rinda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutq va ma’ruzlarida mustaqil mamlakatimiz siyosiy taraqqiyotining nihoyatda o‘ziga xos, davr talablarini har tomonlama hisobga olgan, xalqimizning asriy orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan ilmiy-nazariy jihatlari echib berildi.

Ijtimoiy fanlarda siyosiy taraqqiyotning turlari haqida fikr yuritilganda dastavval uni ikki katta turga ajratib ko‘rsatish ustuvorlik qiladi. Bu o‘rinda gap taraqqiyotning evolyusion va inqilobiy usullari haqida bormoqda.

Siyosiy taraqqiyotning evolyusion turi o‘z ichiga siyosiy taraqqiyotning bir qancha shakllarini qamrab oladi va ijobiy mohiyatga egadir.

Taraqqiyotning inqilobiy turi ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi hamda u tufayli jamiyatda kuchli siyosiy inqirozlar, regress holatlari ro‘y berishini tajribalar isbotlagan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida jahonning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda, ayni paytda, jamiyatimizning milliy negizlariga tayanib siyosiy taraqqiyotning evolyusion yo‘li tanlab olindi va bunday siyosiy taraqqiyot zaminini zamonaviy demokratiya g‘oyalari tashkil etdi.

Mazkur g‘oya asosida O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning o‘ziga xos ilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi.

Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:

Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali-taqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish.

Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.

Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.

Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongi-ruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.

Bu modelning mohiyati O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan islohotlarning besh tamoyilida ta’riflab berildi. Tarixan qisqa, ammo zafarli natijalarga boy bo‘lgan taraqqiyotimiz, tanlangan modelning to‘g‘riligini isbotladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Beshta asosiy qoida O‘zbekiston davlat qurilishi va iqtisodiyotini isloh qilish dasturining o‘zagidir. Ularning mohiyati quyidagicha:

“birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafko‘raga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafko‘radan xoli qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi. Hozir bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo‘lidan izchil harakat qilishni ta’minlaydi”11.

I.A. Karimov tomonidan asoslab berilgan taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va uning asosiy tamoyillari mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va pirovardida fuqarolik jamiyatini barpo etish hamda kuchli ijtimoiy himoya tamoyillariga asoslangan erkin bozor munosabatlarini barpo etishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Ushbu model islohotlarning barqarorligi va xavfsizligini kafolatli ta’minlashning etakchi ustuni bo‘lib kelmoqda.

Taraqqiyotning “o‘zbek modeli” g‘oyasiga ko‘ra, yurtimizda yangi jamiyatni barpo etish uchun amalga oshiriladigan barcha islohotlar zaminiga inson omili qo‘yildi. YA’ni “islohot islohot uchun emas, balki, inson manfaatlari, uning, erki va farovonligi uchun”, degan g‘oya barcha yangilanishlarning asosiy o‘zagi etib belgilandi. SHu munosabat bilan qurilayotgan yangi mustaqil davlat va jamiyatning asosiy bunyodkori ham, iste’molchisi ham mana shu yurtning erkin xalqi degan prinsip mamlakatimiz taraqqiyot strategiyasining markazida turuvchi omildir.



Download 3,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish