Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Oila haqida jamoatchilik fikrlari nimalardan iborat?
Farzand tarbiyasida ota-ona va mahallaning o`rni?
Farzand tarbiyasida qo`ni-qo`shni va keng jamoatchilikning roli nimalardan iborat?
Ma’naviy muhitni yaxshilashning chora-tadbirlari?
Oilada bola ma’naviyatini shakllantirishning asosiy yo`llari va shart-sharoitlari nimalardan iborat?
Mustaqillik yillarida yoshlar tarbiyasiga qanday e’tibor berib kelinmoqda?
«YOshlar yili» Davlat dasturi haqida nimalarni bilasiz?
YOshlarni buzg`unchi g`oyalar ta’siridan saqlab qolishning chora-tadbirlari nimalardan iborat?
YOshlarning bugungi kundagi imtiyoz va imkoniyatlari nimalardan iborat?
5-mavzu. Ota - ona ibrati - farzandlar ziynati
Reja:
1.Ahloqiy qadriyatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.
2. Ma’naviy barkamol, jismoniy sog`lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o`rni.
3.Otaning ijobiy ishlari farzandlar uchun namuna.
4.Oilada farzand tarbiyasiga bo`lgan ahloqiy nizom va qadriyatlar.
1.Ahloqiy qadriyatlar va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.
O`tgan davrlarda ota - onalarning hayotiy tajribasi, bir - biriga hurmati, sadoqati, muhabbati, hamfikrliligi, iymonliligi, insofliligi, mehnatsevarligi, oilaparvarligi farzandlar uchun kamolot maktabi bo`lgan. Bu maktabda barcha bir umr unutilmaydigan, e’tiqodiga chuqur singadigan saboq olgan. O`g`il-qizlar uchun ahl, sadoqatli, halol, mehnatsevar, iymonli - insofli, ota -ona og`ushida tarbilanishdan yuksak baxt bo`lmaydi. Farzand oldin ota - ona ibrati mohiyatini ruhan, vijdonan, aql - idrok bilan anglaydi, keyin shu e’tiqoddan kelib chiqqan holda xayrli ishlarga qo`l uradi. Hayotda og`ir - engilliklarni ko`p ko`rgan halol mehnat qilib kun ko`rishga o`rgangan ota - ona o`z farzandlariga yaxshi tarbiya berish imkoniyatiga ko`proq ega bo`ladi. Bir dono otaning uylanayotgan o`g`liga nasihati shunday: «Ibratli xotin kishi shirin so`zning shaydosi, unga doim shirin muomalada bo`l, lekin nazokat va iffatni talab qil. Nuqsoni bo`lsa yotig`i bilan tushuntir, uni hech qachon haqorat va malomat qilma, aks holda chuvalchangday beozor xotin ajdarga aylanadi. Muloyimlik va shirin so`z bilan xotin kishini abadiy do`st qilsa bo`ladi. Dunyoda xotindan sadoqatli do`stni topib bo`lmaydi».
O`zbeklar asrlar davomida ayol kishini qadrlashni, uni hurmat qilib, shirin muomalada bo`lishni erkak uchun zarur bo`lgan yuksak axloqiy fazilat deb qaraganlar.
«Doimo kulib turadigan erlarning xotini dunyodagi eng baxtli ayoldir», - degan hikmatli so`z yuqoridagi fikrimiz isbotidir. O`g`il bola o`z umr yo`ldoshini xurmat qilishni otasidan, qiz bola o`z eriga qanday munosabatda bo`lishni onasidan o`rganadi. Xadislarda: «Iymon jihatidan mo`minlarning komilrog`i- hulki yaxshi bo`lgani, xotinlariga yaxshi muomala kilganidir». «Tangri ayollar bilan yaxshi muomalada bo`lishingizni tavsiya etadi, chunki ular onalaringiz, qizlaringiz, xotinlaringizdir». Oilada er va xotin o`rtasidagi munosabatga asos bo`lgan axloqiy qadriyatlarning mazmunini shu fikrlardan bilsa bo`ladi. Oilada er bilan xotinning munosabatlariga farzandlari tarbiyasiga jamiyatda mavjud bo`lgan ijtimoiy, iqtisodiy - siyosiy munosabatlar ham ta’sir o`tkazadi. Faqat adolatli jamiyatgina er va xotin o`rtasidagi munosabat tenglik va tenghuquqlilikka tayanishi mumkin.
Ayrim ota - onalar farzandlarini halol mehnat qilib pul topishga, tinch, osoyishta turmush kechirishga o`rgatmay, jinoyat yo`liga boshlaydilar.
Ba’zi onalar o`z farzandlariga nisbatan shunday bemehr bo`ladilarki, ularda insoniy qalb, vijdon bormikan, deb o`ylab qolasan.
Ayrim xollarda yosh bolalarni ota -onasiga tashlab, maishat, molu- dunyo izlab boshqa joylarga ketib qolayotgan ayollar ham kam emas.
Ota - ona farzandini xaddan tashqari erkalatib, bir kun borib pushaymon bo`ladi.
«Ko`p xotin - yigit kishining baxti emas», degan edi XIV asr arab sayyohi Ibn Batuta.
Erkaklarning o`z umr yo`ldoshiga xurmati, ayollarning sadoqati, vafodorligi, andishaligi, sharmu - hayoliligi milliy ma’naviyatimiz va ruhiyatimizga singib ketgan qadriyatdir.
Hozirgi zamon jamiyatida ma’naviy an’analarni saqlab qolish va odamlarning ma’naviy salohiyatini yanada mustahkamlashda davlat muhim ahamiyat kasb etadi. Axloqiy tarbiyalash va ma’naviy ma’rifat asosida fuqarolik ongini tiklash va yangi fuqarolik ongini shakllantirish mustaqil siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo`lini tanlagan O`zbekiston davlat siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bugungi voqelik o`zbekistonliklarning ma’naviy fazilatlari erkin rivojlanishi uchun xolisona asos yaratadi. Biroq ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o`zgarishlar inson axloqiy sifatlarining o`z-o`zidan o`zgarishiga olib keladi deb bo`lmaydi. SHaxsning ma’naviy kamol topishi va o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish yuzasidan davlatning aniq maqsadga yo`naltirilgan faoliyati talab qilinadi.
Ma’naviyat tushunchasi axloq tushunchasiga yaqindir. Axloq asosan etikaning o`rganish sohasi hisoblanadi. Gumanitar va ijtimoiy fanlar tarixida ushbu tushunchaga bir necha nuqtai nazar mavjud.
Ma’lumki, har bir insonning ma’naviy qiyofasining, jumladan ahloqining shakllanishi va takomillashuviga ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hal qiluvchi ta’sir ko`rsatadi. Jamiyatning ma’naviy hayoti, ya’ni ijtimoiy g`oya va qarashlar, tasavvurlar va tushunchalar, his va tuyg`ular jamiyat moddiy hayti sharoitlarini aks ettiradi. CHunki, kishilarning ma’naviy hayoti ham jamiyat taraqqiyotida muhim rol o`ynaydi.
«Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish», - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - O`zbekistonda davlat va jamiyatning muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiy qalbida butun Insoniyatning ulkan oilasida o`z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg`usi blan birgalikda etilgan»1.
Kishilarning ma’naviy fazilatlaridagi ko`plab ijodiy jihatlar, ularni shakllantirish borasidagi Amaliy tajribalar ham avloddan-avlodga o`tib, kengayib, takomillashib boradi. Inson shaxsi tarkib topishining usullari va shakllari ham ko`p jihatdan ma’naviyatga bog`liqdir.
Jamiyat a’zolarining ma’naviy fazilatlari, ularni shakllantirish vazifalari, ta’lim-tarbiyaning yo`llari va usullariga kishilarning milliy jihatlari, yashash va mehnat qilish sharoitlari, turmush tarzi, diniy e’tiqodlari ham kata ta’sir ko`rsatadi. Natijada ta’lim-tarbiyaning o`ziga xos tomonlari, ya’ni milliy tarbiya uslublari kelib chiqadi.
Ahloqiy fazilatlari, ularni shakllantirishning milliy jihatlari har doim saqlanib qoladi va jamiyat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O`zbeklarning milliy ma’naviyati, o`ziga xos sharqona ahloqiy fazilatlari oiladagi bola tarbiyasida ham o`z aksini topgan.
Bola tarbiyasi borasida o`zbeklarning o`ziga xos, uzoq tarix tajribasi sinovlaridan o`tgan ajoyib an’analari bor. Xalqimizning tarbiya borasidagi etuk milliy ma’naviyati hamma vaqt umuminsoniy qadriyatlarning tarkibiy qismi bo`lib kelgan va shunday bo`lib qoladi.
Mustaqil O`zbekistonda ta’lim-tarbiya ishlarini to`g`ri yo`lga qo`yilishi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning barcha imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni taqozo etadi. Jahon madaniyatini milliy ma’naviyatimizga ijobiy ta’sir qilishini inkor qilib bo`lmaydi.
Bolalarga mukammal tarbiya berish ma’naviy-ahloqiy tarbiyaning ravnaqi uchun ichki omil yaratadi. Hadislarda aytilganidek, ota-onalarning farzandlariga qoldiradigan eng kata merosi ularga o`rgatadigan ahloqi va odobidir.
Markaziy Osiyo xalqlarining tarbiya borasidagi, xususan, oilaviy tarbiya tajribasi va nazariyasiga oid bo`lgan fikr-mulohazalari Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Mahmud Qoshg`ariy, YUsuf Hos Hojib, Nasriddin Tusiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asarlarida, Amir Temur tuzuklarida mukammal o`z aksini topgan.
Oilaviy tarbiyada kattalarning hurmatini, kichiklarning izzatini o`z o`rniga qo`yish singari milliy-ma’naviy qadriyatlarga e’tibor berish zarur. Inson hayotda ikki bor katta pedagogik xatoga yo`l qo`yishi mumkin. Birinchisi – bolalar hali yosh deb, ularga ishonmaganida, ikkinchisi – keksalarni qari deb, ularni chetga surib qo`yishda. O`zbek milliy tarbiyasida bu ahloqiy xislatlarga kata ahamiyat beriladi, uni oilada ham doimo ta’kidlab turiladi. CHunki, avlodlar vorisligi xudi shunda ko`rinadi. Ota-onalarning farzandlariga, farzandlarning ota-onalariga g`amxo`rligi anna shu ahloqiy fazilatda bilinadi.
O`zbekistonning ko`pchilik fuqarolari tomonidan iqtisodiy islohotlar davrida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolish va mustaxkamlashda davlatning roli majburiy deb bilinadi, ularning hayotiy ahamiyatli yo`nalishlari ierarxiyasida esa ma’naviy kadriyatlar ustun o`rinda turadi, jamiyat ijtimoiy tuzilmasining asosiy elementlaridan biri sifatida oila esa o`sib kelayotgan avlodni tarbiyalash va ma’naviy-axloqiy kadriyatlarni ular ongiga singdirish funktsiyasini o`z zimmasiga oladi.
Milliy-ma’naviy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ta’kidlab o`tish kerakki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi mumkin emas. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo`nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg`unligi asosida belgilangan. «Biz sog`lom avlodni tarbiyalab, voyaga etkazishimiz kerak», - deb ta’kidlaydi I.A.Karimov, - sog`lom kishi deganda, faqat jismoniy sog`lomlikni emas, balki sharqona ahloq-odob va umumbashariy g`oyalar kamol topgan insonni tushunamiz»1. Milliy ma’naviyat umuminsoniy qadriyatlaridan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Bu fikr bugungi kunda ijtimoiy tarbiyaga ham oilaviy tarbiyaga ham bevosita taalluqlidir.
Oilaviy tarbiya yoki ona-onalar timsoli munosib farzand tarbiyalashning asosiy shartlaridai biri hisoblanadi. Mana shuning uchun maktabga borishidan avval farzandga ijobiy ta’sir ko`rsatish imkoniyatini qo`ldan boy bermaslik kerak. Oilaning asl nufuzi shunchaki nasihatlar bilan emas, balki turmush tarzi, ota-onalar, xulq-atvori namunalari bilan ortadi. Ma’naviylik o`rgatilmaydi, misol va yaxshi o`gitlar orqali kattalar va yaqin kishilardan qabul qilinadi.
Oilada haqikiy tarbiya bilan shug`ullanish katga mehnatni talab qiladi. Bu bolani parvarish qilishga sarflanadigan jismoniy mehnatga ham, uni ma’naviy kamol toptirishga sarflanadigan aqliy mehnatga ham tegishlidir. Bunda ota-ona ham muhim rol o`ynaydi.
Farzandning zukko, ehtirosli va jismoniy etuk inson bo`lib etishida er-xotiining o`zaro yordam berishi muhim hisoblanadi.
Va, nihoyat, farzandning iymonli, e’tiqodli qilib voyaga etkazishda nikohning rolini ham unutmaslik kerak, chunki nikoh diniy yo`lda oilani mustahkamlaydi. Ota-onalar farzandning jismoniy, axlokiy va ma’naviy kamol toiishida ko`pipcha, Qur’on va Hadisga suyanadilar.
Din tomonidan yoritib berilgan ahloqiy-etnik qadriyatlar va normalar e’tiqod qiluvchilarning turmush tarziga va ijtimoiy xulq-atvoriga ta’sir ko`rsatadi. «Islom O`zbekiston aholisi hayotida» mavzuida o`tkazilgan tadqiqot ma’lumotlari xam buni tasdiqlaydi. «Oilangizda farzandlar musulmonlarning qanday axloqiy-etnik normalariga o`qitiladi?» degan savolga so`rab chiqilganlarning ko`pchiligi (63,5 foiz) ularning oilalarida farzandlar «ota-onalar va kattalarni hurmat qilish, ularning suhbatlarini buzmaslik va ularning topshiriqlarini so`zsiz bajarish» ruhida tarbiyalanash deb fikr bildirdi. Bu borada bir-birlariga nisbatan «Siz» deb murojaat qilish ham muhim hisoblanadi. So`rab chiqilganlarning 44,3 foizi shunga o`rgatadi. Respondentlar oilalarining 43,0 foizi farzandlariga har qanday ishni «Bismilloh» deb boshlash va «Omin» deb yakunlashga o`rgatadi. Respondentlar oilalarining 42,9 foizida farzandlarga etnik normalarni, bosiqlik va odamlar bilan past ovozda va o`chakishmay so`zlashishni singdirib boradi, respondentlarning 36,7 foizi musulmoncha salom berishga («Assalomu alaykum») o`rgatadi.
Empirik ma’lumotlar tahlili diniy ahloqiy-etnik normalar oila hayot faoliyatida alohida o`rinni egallovchi qadriyat tizimi sifatida karalashi mumkinligini qayd etish imkonini beradi, chunki ular ko`prok oila a’zolari o`rtasida o`zaro munosabatlarning ma’no va mazmunini belgilab beribgina qolmay, balki kamrok darajada o`ziga mujassamlashtiradi.
Dunyoviy davlat bo`lgan O`zbekistonda islom diniy axloqiy-etik normalari yaqin kishi va katta kishini hurmat qilishga chaqiruvchi insoniy yo`nalishni ham andishalik va o`zaro sabr-qanoatlilikni o`z ichiga oladi. SHu munosabat bilan o`zbekistonliklarning ko`pchiligi islom dini axloqiy normalariga ijobiy munosabatda bo`ladi va ularni o`z farzandlariga o`rgatadi.
Qur’on normal oilaviy munosabatlar er-xotinlar o`rtasidagi totuvlikni nazarda tutishini kayd etadi, ular birga yashash mobaynida bir-birlarini to`ldirib boradi. Er va xotin o`rtasidagi munosabat musulmonlarning muqaddas kitobida quyidagicha ifoda etilgan: «Ular sizlarning libosingiz, sizlar ular uchun libossiz (ya’ni er-xotin bir-biriga kishi libosga muhtoj bo`lgani kabi muhtojdirlar)»
Kiyim tanani qoplab va tashki muhitning nokulayliklaridan ximoya qilib, unga zich yopishib turadi. Er va xotinning yuragi va ruhiyati mustahkam bog`langan, ular o`z g`ururi va qadri-qimmatiga yoki sevimli er-xotinlik uylaridagi tinchlikka ziyon etkazishi mumkin bo`lgan tashqi holatlardan bir-birlarini himoya qilishadi.
2. Ma’naviy barkamol, jismoniy sog`lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o`rni.
Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o`ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o`ziga xos tomonlarga ega bo`ladi. CHunki, bu munosabatlar o`ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo`lgan kishilarning o`zaro ta’sirining natijasidir. SHunga ko`ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o`ziga xos bo`lgani uchun, uning ma’naviy-ahloqiy qiyofasining shakllanishi ham o`ziga xos va takrorlanmasdir.
Ikkinchidan, bola o`z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. SHu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo`lgan faoliyatning sub’ekti sifatida o`z-o`zini anglay boshlaydi.
Uchinchidan , oila o`ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo`lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg`ular jamuljam bo`ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o`zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog`lom muhit qaror topgan bo`lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.
To`rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o`zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg`ulari ham tarbiyalanadi. CHunki bola yoshligidanoq hayotda g`am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg`ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo`lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo`ladilar.
Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham ahloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. CHunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o`tadi. Oila a’zolari o`rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o`rin o`ynaydi.
Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo`lsa, ular o`z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo`ladilar. O`zlaridagi mavjud ma’naviy-ahloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko`rishni har qanday ota-ona orzu qiladi.
Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o`ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o`sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo`yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo`ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o`zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo`yicha SHarq mutafakkirlarining boy madaniy merosidan foydalangani holda o`zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi.
«Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo`lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go`zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko`z o`ngida ochilayotgan dunyo mo`’jizatari bilan taniiggirib borish, - dedi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov O`zbekiston Konstitutsiyasining 8-yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlagan nutqida, - barcha ota-onalar va tarbiyachilarimizning asosiy vazifasi bo`lmog`i kerak».
Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. CHunki, jamiyat uchun aqlan etuk, ahloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-ahloqiy jihatdan sog`lom va mustahkam oilada shakllanadi. CHunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g`amxo`rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog`liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo`lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog`liq. Taniqli o`zbek pedagogik Abdulla Avloniy «Tarbiya bilzlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najod – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi1.
Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g`oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g`urur, milliy iftixor, Milliy ong va o`z-o`zini anglash, vatanparvarlik tuyg`ularini shakllantirishni taqozo etadi.
Oilada yosh avlodni ota-ona namunasi, oila an’analari, shajarasi, kasb kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlari asosida tarbiyalash, ular ongida oilaga sadoqat, o`zaro mehr-muhabbat, hurmat hissini shakllantirish vositasida ularni oilaviy hayotga tayyorlash kutilgan natija beradi. Buning uchun ota-onalarni tarbiya jarayoniga tayyorlash maqsadida ota-onalar universitetlari ishini tiklash va takomillashtirish, umumta’lim maktablari, oliy va o`rta maxsus ta’lim mazmuniga «YOshlarni oilaviy hayotga tayyorlash» kursini kiritish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalar va oila tarbiyasida metodik yordam beruvchi oila kutubxonasi seriyasidagi kitobchalar va maxsus «Oila» jurnali orqali, barcha yo`nalishlardagi oliy va o`rta maxsus ta’lim muassasalariga «Oila psixologiyasi va pedagogikasi» kursini joriy etish oilani namunadi tarbiya maskaniga aylantirish vositasidir.
SHunday qilib, Vatan muqaddasligini saqlash, vatanparvarlik tuyg`usi bilan xalq, davlat, mamlakat rivojiga ulkan ulush qo`shish har bir fuqaroning jamiyat, kelajak avlod oldidagi burchidir. Bu burchni halol, pok, fidoyilik va jasorat bilan bajargan insongina haqiqiy vataniarvardir.
YUrtboshimiz aytganlaridek: «SHu aziz vatan barchamizniki, uni baxt-saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa jonni fido qilish shu muqadlas zaminda yashayotgan har bir inson uchun baxtdir».
Vatan kelajagi, xalqning baxt-saodati uchun milliy g`ururi yuksak inson kurashadi. Milliy g`urur esa milliy o`zlikni anglash bilan bevosita bog`liqdir.
Zotan, milliy o`zlikni anglash - vatanparvarlikning yorqin namunasidir. Insoniyatning paydo bo`lishi bilan asta-sekin uning tili, urf-odatlari, an’analari, dini, madaniyati; ezgulikni ifoda etuvchi axloq-odob normalari ham vujudga kela boshlagan.
Ularning mazmunida xalqning hayot tarzi, ruhiyati, ma’navnyati, xulq-odobi mezonlari, kelgusi farovon turmush haqidagi orzu-o`ylari o`z aksini topgan, Davr sinovlaridan o`tgan ma’naviy va moddiy boyliklar mazmunan boyib, sayqallanib qadriyat darajasiga ko`tarilib kelmoqda. SHuning uchun ham har bir xalqning, millatning o`z tarixi, u bilan bog`liq qadriyatlari mavjud.
Har bir xalqning o`z tili, ma’naviyati va ma’rifati, tabiati, axloq-odob normalari, din-e’tiqodi, tarixi, adabiyot va san’ati, madaniy yodgorliklari, o`ziga xos qadriyatlari, urf-odatlari, an’analari, biologik-fiziologik, psixologik xususiyatlari, ichki muhiti, ijtimoiy taraqqiyoti va shu kabilar millatning o`zligini tashkil qiladi.
Milliy o`zlikni anglash esa har bir millatning, elatning o`z tarixi, moddiy boyligi, dini, madaniyati, adabiyoti, san’ati, axloqiy-ma’naviy xulq-atvori, xatti-harakat mezonlari, urf-odat va an’analarini mazmun va mohiyatan bilish, ulardan faxrlanish hamda ularni shakl va mazmun jihatidan boyitish, kelgusi avlodlarga etkazish, shuningdek ularni boshqa millatlarga namoyish etish ehtiyojining qudrati demakdir.
Milliy o`zlikni anglash o`zi dunyoga kelib o`sgan oilasi, mahallasi, Vatanini sevish, ota-onasi, qarindosh-urug`lari, do`stu birodarlari, xalqi, millatiga chuqur hurmat va ehtiromdir. Ularning shajarasi, o`tmish avlod-ajdodlari, kasb-kori, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarnnn mukammal bilish va ulardan faxrlanish hissi demakdir.
Xalq, Vatan manfaatlarini o`z manfaatlaridan yuqori qo`yish, kerak bo`lsa, ularni har qanday dushmanlardan, salbiy ta’sirlardan himoya etish uchun jonni ham fido etish - o`zlikni yuksak darajaga ko`tarish demakdir. Millat, oila, Vatan sha’ni, obro`-e’tibori, qadr-qimmati, hamiyati, g`ururi kamsitilgan, toptalgan vaqtda uni qo`riqlash, himoya etish uchun birlashish, kurashish o`zlikni anglaganlikning namunasidir.
Milliy o`zlikni anglash, millatning abadiyligini ta’minlovchi, uning moddiy va ma’naviy boyliklarini, manfaatlarini himoya etish, ko`z qorachig`idek asrash, umrboqiyligini ta’minlashda har bir fuqaroni ongli ravishda jipslashishga, birlashishga da’vat etuvchn, o`z mazmunida milliy g`urur, muhabbat, vatanparvarlik, sadoqat, iftixor kabn tushunchalarni mujassam etuvchi yuksak tuyg`udir.
Milliy o`zlikni anglash umuminsoniy qadriyatlarni inkor ztish yoki boshqa millat ma’naviy va moddiy boyliklarini hurmat qilmaslik holatidan uzoqroqdir. Aksincha, o`zga millat va xalqlarning tili, dini, moddiy va ma’naviy qadriyatlari, an’analarini bilish; hurmat qilish zamirida o`z milliy merosini shaklan va mazmunan boyitish o`zlikni anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Milliy o`zlikni anglash millatchilik, mahalliychilik kabi holatlardan butunlay yiroqdir. O`zligini anglagan inson hech qachon sotqinlikka, xiyonatga, razolatga qo`l urmaydi.
O`zbek millati tarixida milliy istiqlol tantanasi tub burilish yasadi. Milliy o`zliknn anglash davlat siyosati darajasiga ko`tarildi.
Xalqimiz asrlar davomidagi ong, tafakkur qulligidan ozod bo`ldi. SHo`rolar tuzumi davrida o`z milliy ma’naviyatimiz, an’analarimiz, ruhiyatimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimiz umumsovet qozoniga qo`shilib, o`z qadr-qimmatini butunlay yo`qota boshlagan edi. Ularni sof milliy qadriyat tarzida saqlamoqchi, umr-boqiyligini ta’minlamoqchi, shakl va mazmun jihatidan takomillashtirmoqchi, yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalamoqchi bo`lgan millatimizning jasur farzandlari «xalq dushmani» yorlig`i bilan qatag`on qilindi, jisman yo`qotildi.
SHukrlar bo`lsinki, mamlakatimiz mustaqilligi va istiqlol in’om etgan buyuk ne’matlardan biri erkinlik va o`zligimizni anglash imkoniyati vujudga kelganligi bo`ldi
O`zbek oilasida otaning o`ziga xos munosib o`rni bor. U oilaning sarbonidir. Otaning oiladagi urnini ulchaydigan toshu-tarozi yuq. Oilada otaning obru-e’tibori kadrlanadi, farzandlar otaga suyanadi, ergashadi, ishonadi, faxrlanadi. Lekin oilada ota-ona qo`sh-xukiz. Ularni et bilan tirnoqday ajratib bulmaydi. Oilalar bir xil emas. Ularni bir qolipga sig`dirish mumkin emas. Ba’zan otasiz qolgan farzandlarni onalar uzlari ishlab bolalarni boqadi, uzlari tarbiyalaydilar. Birok unday oila farzandlari tarbiyasida qandaydir nuqsonlar uchraydi.
«Otalar so`zi aklning ko`zi» kursatuvi orkali ota ta’sirida xulqu-odob, iroda, matonat, fidoiylik, sabr-toqatlilik tarbiyalanadi. Iroda - inson biror ishni qilish uchun o`zida kuch, ishonch topa bilishi, g`ayrat bilan ishga kirisha bilishidir. Sabr-bardoshlilik, shoshma-shosharlikka yo`l quymaslikdir.
3.Otaning ijobiy ishlari farzandlar uchun namuna.
Otalik tuyg`usi - inson qalbidagi iymonlilikning namoyon bo`lishidir. Farzand ko`rish oson, lekin unga xaqiqiy ota, ma’naviy rahnamo bo`lish hammaning qo`lidan kelavermaydi.
Farzandni dunyoga keltirish otalik, erkaklik burchining faqat bir tomonidir. Uning eng asosiy vazifasi esa farzandini yaxshi tarbiyalab, jamiyatda o`zining munosib o`rnini egallashini ta’minlashdir.
Farzandlarga otaning pand-nasihatlari emas, balki qilgan ishlari, yurish - turishlari xam ibratlidir...
Otalik mehri inson qoniga, tomiriga, xhjayrasiga singib ketgan ma’naviy qadriyatdir.
SHariat xukmlarida:
- Er o`z xotinini avaylab, to`g`rilik va zulm o`tkazmay tarbiyalashi;
- Er o`z xotini uchun alohida bir uyni ajratib berishi;
- Xotinini o`rtacha taom bilan ta’minlashi;
- Farzandlarini kerakli darajada tarbiya qilishi;
- Xotinga mehrini chin ko`ngildan berishi;
- Xotini, qizlariga xar doimo e’tibor, yordam berishi;
- Uy-ruzg`or ishlarida xotini bilan maslahatlashishi;
- Xotinning qarindoshlariga yaqindan yordam va hurmat ko`rsatish;
- Xotini qiz tug`sa baraka... .suyunish... .va xokazo.
Otaning yana bir muhim burchi - farzandlarini mehr-muhabbat bilan tarbiyalashidir. Hayotda qiz otaning, ota qizning tayanchidir.
Hadisda «kimki uchta qiz farzandni o`stirib tarbiyalab, voyaga etkazib, munosib joyga uzatsa, uning mukofoti jannatdir». Otaning uz umr yo`ldoshiga bo`lgan adolati, munosabati, mehr-muhabbati, rahm-shafqati ham farzandlariga tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega. Farzandlar adolat nimaligini otaning onaga nisbatan munosabatidan biladilar.
Erkak ko`p ishlarda o`z ayoliga ko`maklashishi, oila uchun bo`lgan harajatlarda qo`li ochiq, sahiy bo`lishi ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila boshlig`i bo`lgan erkak oila extiyojlarini, g`am- tashvishlarini o`ylashi, uz umr yo`ldoshiga nisbatan bo`lgan ishonchi, hurmati farzandlari ma’naviyatida chuqur iz qoldiradi. Bundan bolalar otani ko`proq hurmat qilishga urinadilar.
Farzandni sevish - uning onasini hurmat qilishdan, uy ishlarida unga yordamlashishdan boshlanmog`i darkor. Bunday mehr-muruvvat farzand tug`ilgandan boshlab emas, balki u ona qornida bo`lgan davridanoq boshlanishi kerak. Ruhshunoslar - homiladagi bola o`z extiyojlarini ona tili orqali aytadi. Homilador ayol ba’zi narsalarni iste’mol qilgisi keladi. Bular onaning uzi uchun emas, balki qalbida unib usayotgan farzand uchun kerak.
Farzand dunyoga kelib, kuzini ochgandan keyin, uning tasavvurlari shakllanishida otaning,boshqalarning otaga bulgan munosabati katta axamiyatga egadir.
Oilaning asosi ota-onadir. Ota-ona o`rtasidagi o`zaro muhabbat, ishonch, hamkorlik va hamfikrlik, izzat-ikrom, munosabatlar samimiyligi – oila mustahkamligini ta’minlash uchun zamindir – farzand uchun namuna maktabidir. Tabiatan erkak va ayol jinsiga xos xususiyatlar bo`lgani kabi, oilada ular bajarishi lozim bo`lgan mehnat turlari, farzand, oila, qarindosh-urug`, jamiyat oldidagi burch va vazifalari mavjuddir. Er-xotinning oqilligi o`z burch va vazifalariga mas’uliyat Bilan yondashishi oqibatida boshqariladigan oilada moddiy va ma’naviy barqarorlik, tinchlik, sog`lom ma’naviy muhit hukmron bo`ladi. XX asr Turkiston jadidchiligining ulkan namoyondasi Abdurauf Fitrat aytganlaridek: «Er-xotin mushkulotdan iborat bo`lgan hayot safarida birga bo`lib, jismoniy va ruhiy osoyishtalikka sherik, insoniy vazifalarni bajarishda dastyor, qayg`u va umidsizlik damlarida g`amxo`r, saodat va baxtiyorlik chog`ida bir-birlariga hamdam bo`lishlari lozim. SHunday ekan, ular albatta, eng avvalo, bir-birlarini kamoli diqqat va tajriba yuzasidan imtixon qilishlari zarur»1.
Ota-onaning tinch-totuvligi va o`zaro mehr-muhabbati ularning dunyoqarashi, ma’naviy saviyasi, qiziqishi, e’tiqodi, moddiy tengligi, jamiyatdagi mavqei, husn-latofati, qalblarining moyilligiga bog`liqdir. Ushbu xususiyatlari bir-birlariga monand er-xotin tarbiyalagan farzandlar go`zallikka ishtiyoqmand, ruhiy tetik, bag`ri butun, hayotga qiziquvchan, tinch-totuv oilaviy hayot kechirishga tayyor bo`lib o`sadilar. Aks holda ota-ona va farzandlar o`rtasida mehr-oqibatsizlik, o`z hayotidan, jamiyatdan norozilik, oilada notinchlik, hech narsaga qiziqmaslik, beparvolik, loqaydlik, jizzakilik holatlari hukm suradi. Bu esa oilaning inqirozi uchun zamin hisoblanadi. Bunday nosog`lom muhitda dunyoga kelib, tarbiyalangan bolalarda xiyonatga, turli noahloqiy xatti-harakatlarga (ichish, chekish, o`g`irlik qilish, jinoyatchilik, giyohvandlik va boshqalar) ruhiy tanglik holatlariga moyillik kuchli bo`ladi. SHuning uchun er va xotinning bir-biriga mosligi oila barqarorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy aytganidek: «Er bilan xotin bir-biriga mos tushsa, o`rtada boylik va saranjomlik bo`lur. Uy bezagi undan va uylanganning tichnligi undan.
Husni bo`lsa, ko`ngilga yoqimli bo`lur, yaxshiligi bo`lsa jon ozig`idir. Aqlli bo`lsa, turmush intizomli va ro`zg`or kerak-yarog`i tartibli va saranjomli bo`ladi.
… Nosoz juft uy uchun ham achchiq va yashirin qo`rqinchli kasallikdir. Uyatsiz bo`lsa, ko`ngil undan ozorlanadi, yaramas bo`lsa, ruh undan azob tortadi. Tili yomon bo`lsa, kuyovning ko`ngli yaralanadi. YOmon ishlik bo`lsa, erga yuz qoralik keladi.
Mayxo`r bo`lsa, uy obodligi yo`qoladi va buzuqi bo`lsa, uy ichi rasvogarlikka aylanadi»1.
Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.
Erkak oilaning boshlig`i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. SHundan kelib chiqib Kur’onda so`z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birovdarini birovdaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o`z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).
Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Paygambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo`lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o`z uyida yashovchilar uchun targ`ib o`rnatuvchi hisoblanadi. O`z navbatida ayolning ham o`z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o`z urug`ingiz sarboni va o`z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz».
Hakiqiy musulmon erkak kishi Muhammal Payg`ambarning fikricha kuyidagi koidalarga rioya kilishi kerak: 1. Xotini bilan hamisha yaxshi muomalada bo`lishi. 2. Agar ular (xotini) juda bema’ni ish qilishmasa, ularga ozor bermaslik va mabodo noo`rin ish qilgan taqdirda ularni beozor urish mumkinligi. 3. Har qanday holatda ham ayolga qarshi hech qanday ish qilmaslik. 4. CHunki erkakning xotinida va o`z navbatida xotinni o`z erida ham haki borligi. 5. Erga yoqmaydigan kishilarni uyga kiritmaslikni talab kilish. 6. Xotinni eridan o`ziga nisbatan yaxshi boqishini va yaxshi kiyintirishini talab qilishga xaqli ekanligi.
Bu borada erlarni xotini bilan yaxshi yashashi hakida Qur’oni Karimda shunday deyiladi: «Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko`rsangizlar ham (sabr kilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar yomon ko`rgan narsada Alloh ko`p yaxshiliklarni qilib qo`ygan bo`lishi mumkin» (Qur’on, Niso surasi 4:19).
Hakikiy musulmon kishi islom dini qadriyatlariga amal qilmasligi mumkin emas. Hatto uyga kirar ekan, u birinchi bo`lib xotini va bolalariga salom berishi va ularga yaxshilik tilashi kerak. «...Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo`lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalom alaykum», denglar») (Nur surasi 24:61).
Erkak kishi tegishli ravishda o`z oilasiga g`amxo`rlik qiladi. Bunday g`amxo`rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o`z oilasi va farzandlari uchun to`liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo`lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolacharingiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir».
Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo`lishi kerak:
... U eri yo`qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo`qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o`z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi 4:34).
U sababsiz taloq so`ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so`ragan ayol hatto jannat bo`yini hidlamaydi».
Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo`yicha eridan ruxsat so`raydi.
Bolani chakaloklikda ko`tarish, o`stirish va unga g`amxo`rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg`ambar deganki: «o`z erlariga yaxshi munosabatda bo`lgan, bolalar tuqqan (agar tug`olsa) va doim o`z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...». Bu nafakat buyuk, balki o`ta muhim vazifa hamdir.
SHoh Jahon Jamna daryosi bo`yiga o`z umr yo`ldoshi Arjumandbonu begimga qurilgan Tojmahal maqbarasini buyuk insoniy muxabbat, sadoqatga qo`yilgan haykaldir. SHoh Jahon shu maqbaralarni tiklaganda jon bergan... Ko`zi yumilmay ochiq qolgan. Erkaklar, ayollar o`z umr yo`ldoshiga mehribon, oqibatli, sadoqatli bo`lgan, sevgini o`z qalbida beg`ubor saqlashi shikast etkazmay, ma’naviy kamoloti darajasining ko`rsatkichidir.
O`zbeklar hamma vaqt farzand ko`rishni, baxt, farzandsiz likni baxtsizlik deb qadrlaganlar. «Bolali uy bozor». Bolalar tashvishi bilan bog`liq bo`lgan ishlarni ham ota-onalar ichki bir mas’uliyat sifatida quvonch bilan, quvonch aralash tashvish bilan bajaradilar. Bolalarining tashvishi qanchalik ko`p bo`lsa ham ota -onalar hech vaqt buni o`zlari uchun og`ir yuk deb bilmaydilar. Ba’zan ishdan charchab yoki biror narsadan ranjib qolganlarida bolalarning g`alvasi ortiqcha...
Ota-ona uchun ko`p farzandlari o`ynab yurgan uy hech vaqt tor bo`lmaydi. Bolalarsiz huvillab qolgan, bahaybat xonadon tor ko`rinadi. Bolalar oiladagi ma’naviy muhitnigina emas, balki er bilan xotin o`rtasidagi munosabatni ham mustahkamlaydi. Farzandli oilalarda er bilan xotinlarning bir~biriga bo`lgan hurmati oshadi...
Bolalarning ko`pchiligi ulg`aygani sari ota - onaning bir - biriga kerakliligi yanada oshadi. Farzand bo`lmasa har qanday kuchli muxabbat xam darz keta boshlaydi, farzandsiz turmush bo`lmaydi. U har qanday oila uchun ham fojeadir.
Ota -ona hamda farzandlar o`rtasidagi ishonch, xurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustaxkamlanganligining yana bir zamini- dir.
SHariatda oilaviy turmushning ma’naviy, xuquqiy asoslari keng yoritib borilgan. Ulardan biri - har bir yigit o`zi uylanadigan qizni, qiz esa yigitni ko`rib, bilib olmog`idir.
Oila – muqaddas. Oila qurish - o`ta mas’uliyatli ishdir. «Oila – eskilik unsuri emas». U muqaddas oilada milliy kelajagi mujassam. YOshlarni tarbiyalash, kamolotga etkazish, ilm-hunar berish, uyli-joyli qilish – aksariyat oilalarning eng oliy maqsadidir. O`zbekning hayotdan ko`zlagan asl muddaosi - bola-chaqali bo`lish, bularning to`yini, orzu-havasini ko`rish. YOsh avlodni hayotga yo`llantirish, bular uchun muayyan boshlang`ich nuqta – start pozitsiyasi yaratib berish turli millatlarda turlichadir. Ayrim xalqlar mentalitetida farzandlar voyaga etgach, oilasi, ota-onasini tashlab, faqat o`z kuchi bilan mustaqil oyoqqa turish uchun uyini tark etadi. O`zi ham oila qurib, farzand ko`rib, uni katta qilganda – u ham avlodlar vorisligiga chek quyib, oilasini tark etadi.
O`zbeklarda yoshlar uchun juda yuqori start pozitsiyasi yaratib, hayotga yo`llanadi. Uylanayotgan yigitga kamida 1-2 xonali uy, turmushga chiqayotgan qizga mebel jihozlari va uy anjomlari taqdim etiladi. Ikki yosh farzandli bo`lgach, o`z navbatida, estafetani qabul qilib, keyingi avlodni hayotga tayyorlay boshlaydi. Ushbu milliy qadriyat oilaviy munosabatlarda ham vujudga kelishi mumkin bo`lgan begonalashuv jarayonini bartaraf etadi, avlodlar vorisligi uchun zamin yaratadi. Ayni paytda bu qadriyat, yoshlardagi boqimandalik, beg`amlik, o`z hayoti uchun mas’uliyatni faqat kattalarga topshirib qo`yish kabi illatlarni inkor etadi, o`z kelajagini o`z qo`li bilan yaratishga ishtiyoqni rag`batlantiradi. Ahil oilalarda aksariyat masalalar o`zaro fikr almashuv, maslahat va kengash orqali hal etiladi. Er-xotin, qaynona-kelin, aka-ukalar orasida sodir bo`ladigan ba’zi ixtiloflar mahalla va qarindosh-urug`lar vositachiligida bartaraf etiladi.
Mahalla – o`z-o`zini boshqarishning o`zbek xalqi yaratgan eng katta yutug`i, oqilona shaklidir. Mahalla – tarbiya maskani, har bir oilaga tayanch va suyanch ekanligi ko`pchilikka ayon. O`zbek xalqining hayoti, kundalik turmushi, qadriyatlari bilan tanishgan xolis fikrli xorijliklar mahallani noyob qadriyat, buyuk kashfiyot sifatida e’tirof etmoqdalar.
Qo`ni-qo`shnichilik munosabatlari uzoq tarixga ega bo`lib, asrlar davomida bu borada muayyan qadriyatlar shakllangan. Jahon tarixining oxirgi bir necha asrida hukmron bo`lgan begonalashuv jarayoni bu sohaga ham o`z ta’sirini o`tkazgan. Ayrim erlarda qo`shnilarga mutlaqo befarqlik yuzaga kelgan. Bunday holatni oldini olish muhim.
O`zbek xalqining qadriyatlari tizimida qo`shnilarga munosabat katta o`rin egallaydi. Xalq yaratgan maqol va matallar (mas., «yon qo`shnim – jon qo`shnim», «uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo`shni afzal», «hovli olma – qo`shni ol» va h.q) uning bu masalada o`ziga xos falsafasi borligidan dalolat beradi.
YAxshi qo`shnichilik munosabatlari buzilgan, arzimas sabab bilan qo`shnilar yuz ko`rmas bo`lgan hollarda qanchalar teran milliy qadriyat oyoq osti bo`lganligi, bag`rkenglik va murosa tamoyili lat eganligi ayon bo`ladi.
Keksalarga hurmat – inson yaratgan uning ma’naviy mavjudligini ifoda etuvchi qadriyat. Tirik tabiatning «yashab qolish uchun kurash», «faqat kuchlilar engadi» qabilidagi qonunlari mavjud. Nasl qoldirish, yangi avlodga mehr qo`yish, uni oyoqqa turg`azguncha jon fido qilish hayvonlarda ham bor. Ammo, qariyalarni e’zozlash, keksalarga ehtirom, mehr-muruvvat ko`rsatish - insoniy fazilatdir. Bularsiz milliy g`oyamizni tasavvur eta olmaymiz.
Rivoyat qilishlaricha, bir qabilada shunday odat bo`lgan ekan: otasi qarib, kuchdan qolgach, o`g`li orqalab, kimsasiz toqqa eltib tashlarkan. Bir farzand otasiga rahmi kelib, yashirincha ovqat olib borib, padarini o`limdan saqlabdi. O`g`lini parishon ko`rgan ota buning sababini so`raganda, yurtda vabo tarqalgani, chorasi topilmayotganini bilibdi. Donishmand chol aytgan yo`l-yo`riq tufayli balo daf bo`libdi. YAna bir payt tabiiy ofatdan, keyingi safar dushmanning hujumidan qariyaning maslahatlari qabilani qutqaribdi. Yigitning «dono»ligi sabablarini yurtdoshlari so`raganda, u o`lim jazosi xavf solsa ham, otasini asrab qolganini, uning o`git va maslahatlari as qotganini aytibdi. SHu-shu keksalar hurmatini joyiga qo`yish rasm bo`libdi.
Kattalarni hurmat qilishdek milliy qadriyat, ba’zan yoshi va ilmi ulug`lar qolib, mansab va lavozimi yuqorilarga qulliq qilish kabi holatlarni e’tirof etmaydi. Ayni paytda, xalq tomonidan ko`rsatiladigan yuksak ehtirom keksalarga ham katta mas’uliyat yuklaydi.
Ayol zotiga ehtirom – insoniyatning yarmini tashkil etadigan xotin-qizlarga bo`lgan munosabatning eng yuqori cho`qqisidir. Tarixda ayollar iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan hukmron bo`lgan davr matriarxat deb atalgan. Hukmronlik erkaklarga o`tgan davrlarda ayolning haq-huquqlari va erkinliklarini kamsitadigan munosabatlar joriy etilgan. Demokratiyaning eng muhim yutug`i – har ikki jinsning teng huquqli va erkin bo`lishini ta’minlashdir.
O`zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O`zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar. Oilada ayolning o`ziga xos mavqei va o`rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti, san’ati va falsafasi milliy g`oyasida aks etadi. SHuningdek ayollarining go`zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi.
Onaga bo`lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. SHuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo`shiladi. Milliy istiqlol g`oyasi Onalar uchun, jamiyatdagi barcha ayollar uchun farovon hayot, go`zal turmush yaratishni maqsad qilib, xotin-qizlarning erkinligi va o`z qadr-qimmatini anglab etishiga, o`z salohiyat va imkoniyatlarini yuzaga chiqarishiga sharoit yaratishni bosh g`oyasi orqali mujassamlashtirgan.
Milliy g`oyaga ma’naviy poydevor bo`ladigan milliy qadriyatlar doirasiga urf-odat va marosimlar, bularga asos bo`lgan insoniylik va jamoachilik tamoyillari, axloqiy fazilatlar kiradi. Uning tayanchi, negizi bo`lib ham xizmat qiladi. CHunki, bu qadriyatlarda millatni, xalqni ruhi mujassam.
4.Oilada farzand tarbiyasiga bo`lgan ahloqiy nizom va qadriyatlar.
Hozir jamiyat qonunlar va davlat konstitutsiyasi bilan boshqarilsa, avvallari ana shu qonunchilik asosini o`z hayotiy tajribalarida sinalgan axloqiy-huquqiy qadriyatlarni so`z sehriga to`ydirib, turli-tuman irim shaklidagi ta’qiqlar, keyinchalik diniy e’tiqodning kuchayishi ta’sirida uvol (harom ham uning tarkibidagn hodisa) deyilguvchi ta’qiqlar yuzaga kelgan va ko`p hollarda ularga amal qilib kelingan. Tarbiyaviy va huquqiy mohiyatga ega bu hodisa jahon xalqlarining barchasiga xos. Mutaxassislar tilida buni «tabu»—«man qilish» dsb ham yuritiladi va xalqaro miqyosda ifodalaniladi. Bu hodisa har bir xalqda o`zgacha tarzda namoyon bo`lib, o`sha xalqning o`zligini ifoda etuvchi milliy mohiyat kasb etadi. Xuddi shu xususiyati tufayli bosqinchi salaflaridan estafetani olgan qizil mafkura ham etmish yillik hukmronligi davomida uni xurofot va bid’atga yo`yib xalqning ma’naviy madaniyati, taomillari, marosimlari, diniy e’tiqodini ifodalovchi ijobiy mohiyatini rad etib keldi. Biroq ta’qiblarga qaramay, ta’qiq (tabu)lar hamon yashab kelyapti, ularning xayrli jihatlari milliy qiyofamizning oynasiga aylanib qolmoqda.
Modomiki, oila jamiyatning tarkibiy qismi hisoblanar ekan, quyida biz kelib chiqish tarixi, tabiati, qo`llanish usullarini yoritmoqchi bo`lgan ta’qiqlar ham asosan, oila hayotida qo`llaniladi, oila a’zolarining amal qilishi majburiy bo`lgan urf-odat sanalmasa-da, ma’lum qadar yaxshilikka yo`yib rioya etadigan yoki ko`nglidan o`tkazadigan taomildir.
Xalqimiz turmush faoliyatida yashab kelayotgan ayrim ta’qiqlarning kelib chiqish ildizi kishilik olamining ibtidoiy davriga borib taqaladi. Ma’lumki, ibtidoiy odam olamni dualistik tarzda tasavvur etgan. Ana shunday qarash ranglar va yo`nalishlarning ham ramziy ifodalanishlarida o`z aksini topgan. Masalan, o`tmishdanoq oq rang — yorug`lik, poklik, ezgulikning. Qora rang esa — yovuzlik, o`limning ramziy ifodasi sifatida talqin etilgan. O`rta Osiyo mifologiyasida Ahuramazda boshchiligidagi ezgulik olami yorug`lik, oqlik, baxt bilan aloqador. Ahriman tomonidagi qora kuchlar esa ismi jismiga monand holda qora rang va yovuzlik bilan bog`liq.
«Avesto»da qurg`oqchilik va ofat keltiruvchi yovuz-ilohalardan bnri Anashua qora ot suratida tasvirlangan. Unga qarshi kurashuvchi yog`in-sochin va daryo suvlari «egasi» Tishtriya esa oq otdir.
Xuddi shunday ranglarning ramziy ifodasiga oid dualistik qarash ta’qiqlarning ham yaratilishiga asos bo`lgan: kelin to`y kechasi qora va sariq rangdagi kiyim kiymasligi lozim, baxti oq-oppog`u baxtiyor bo`lsin, deya unga oq kiyim kiydiradilar. SHuningdek, to`y dasturxoni qora matodan tikilmasligi lozim. Bunday ta’qiqlarga amal qilishning ham sababi bor, albatta. To`y udumlarimizda oq rangga qat’iy amal qilishning boisi kelin-kuyovga baxt, totli oilaviy hayot tilashdir. Ranglarga o`xshab, yo`nalishlarning ham ma’lum ramziy ifodalari mavjud: «o`rindan chap oyoq bilan turish — o`sha kunni ko`ngilsiz o`tkazishdir», — degan ishonch keng tarqalgan. Bu chap va o`ng tomon tushunchalarini yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik tushunchalari bilan birlashtiruvchi, g`oyalarning oddiy assotsiatsiyasining bir ko`rinnshidir, xolos. Xuddi mana shu ishonch hozirgi ta’qiqlarimizning ham mohiyatini ifodalab beradi. Xalqimizda ko`pincha o`ngni — to`g`rilik, rostlikning, chapni esa — egrilik, adashishning ramziy ifodasi sifatida tushunish odatga aylanib. qolgan. SHuning uchun kelin-kuyovning ostonasiga ilk qadamini chap oyog`idan boshlashi ta’qiqlangan yoki nikoh kuni kelin-kuyov uzukni chap qo`lga va o`rta barmoqqa kiygizmasliklari lozim. CHunki chap qo`lga o`tkazsa, hayotda egri yo`lga kirib-ketadi, o`rta barmoqqa esa faqat o`lik yuvuvchilar taqishadi, deb irim qilinadi. Bunday ta’qiqlar asosida ramziy ifoda tursa-da, ular hozirgi kunda to`y marosimlarida kelin-kuyovga tilak, niyat bildirishning bir shakli sanaladi, xolos.
O`tmishda sochni qirqish, erga tashlash ta’qiqlangan, chunki o`sha davr kishilarining tasavvuriga ko`ra, soch organizmning bir qismi hisoblangan, bordi-yu u sehrgarlar qo`liga tushib qolsa, ular bundan soch egasini ta’qib etishda foydalanadi, deya ishonganlar. Agar soch tolasi dushman qo`liga tushsa, u odamlarga kasallik va baxtsizlik keltirarmish.
Ushbu ta’qiqlarning turli variantlari hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Masalan, peshona sochi qirqilmaydi, aks holda rizqi qirqilishiga sabab bo`larmin yoki sochni kuydirish uvol, aks holda soch egasi o`ladi yoki azob chekadi, deb irim qilinadi. Bularga o`xshash ta’qiqlar qoldiq sifatida saqlanib, irim darajasida qolib ketgan. Biroq yana bir qator ta’qiqlar mavjudki, ular ibtidoiy tasavvurlar zamirida yaratilgan bo`lsa-da, ma’lum bir axloqiy, gigienik talablarga rioya etishga undashi jihatidan hozirgi kunda ham ahamiyatlidir. CHunonchi, taroqda ilashib qolgan sochni erga tashlash mumkin emas, aks holda soch egasi bosh-og`riq bo`larmish. O`tmishda esa qiz bolaning, ayolning bosh yalang yurishi man etilgan. Bu xosiyatsiz sanalgan. CHuikn ayol boshidagi ro`mol - oila sardorligi ramzi sanalib, u bog`lanmasa, oila sardori o`ladi, deya irim qilingan.
Ko`rinadiki, yuqoridagi ta’qiqlirning buzilishidan kelib chiquvchi jarayonlar irim sifatida talqin qilingan. Biroq ularning asl mohiyati zamirida kishilarni estetiq, gigienik, ma’naviy jihatdan takomilga etkazish talabi turadiki, bu barcha davrda ham kishilar turmush faoliyatida o`z ahamiyatini saqlab qoladi.
Hozirgi kunda ta’qiqlar, ayniqsa, kishilarning ezgu niyatini ifodalashi jihatidan xarakterlidir. Xuddi shu niyatning o`zida xalqning axloqiy-ma’naviy qarashlari o`z ifodasini topadi. Zero, muqaddas hadislarda aytilganidek, «mo`minning niyati qilgan ishidan afzalroqdir. Munofiqning amali niyatidan yaxshiroqdir. Har bir kishi niyatiga qarab ish tutadi. Mo`min kishi bir amali solih qilsa, qalbida nur paydo bo`ladi».
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, oila, er, xotin, farzand, ilm, ma’rifat, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, Qur’on, diniy bag`rikenglik, Olloh, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusum, muhit, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ma’naviyat, an’ana, urf-odat, buzg`unchi, yot g`oyalar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Farzandlar uchun ahloqiy tarbiyaning ahamiyati nimadan iborat?
2.Ma’naviyat va ahloq tushunchalarining mohiyatini aytib bering.
3.Ma’naviy barkamol, jismoniy sog`lom farzandlarni tarbiyalashda ota-onaning o`rni nimadan iborat?
4.Ota-ona oldidagi vazifalar, farzandning ota-ona oldidagi burchi nimalardan iborat?
5.Oilada farzand tarbiyasiga bo`lgan ahloqiy nizom va qadriyatlarga nimalar kiradi?
6.YOsh avlodni tarbiyalashda ota-onaning mas’uliyati nimalardan iborat?
7.Milliy o`zlikni anglash, deganda nimani tushunasiz?
8.Otaning qaysi jihatlari farzandlar uchun namuna?
9.SHariatda ota va ona, shuningdek farzand va ularning vazifalari, burchlari haqida nimalar deyilgan?
10.Farzandlarni komil inson qilib tarbiyalashda qaysi jihatlarga e’tibor berish zarur?
6-mavzu. YOshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhitning ta’siri
Reja:
1.Oiladagi ruhiy muhit va uni shakllantirish omillari.
2.Oiladagi ma’naviy sog`lom ruhiy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri.
3.Xalqimiz urf-odatlarini, an’analarini, qadriyatlarini va islom dinini oiladagi ruhiy muhitga ta’siri.
4.Eng oliy qadriyat Vatan va vatanparvarlik.
2.Oiladagi ma’naviy sog`lom ruhiy muhitning farzand tarbiyasiga ta’siri.
Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarixchilari qiziqib kelishgan. Buni tarixchi Strabonning asarlaridagi mas-sagetlar axloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko`rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o`lkamiz hududida ko`plab qabilalarga bo`linib yashagan. Ular uchun o`zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan.
O`tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo`lgan farzandni orzu qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O`zbek xalq og`zaki ijodiyoti namuna-larida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g`ururlilik, sadoqatli (jon do`sti) do`st bo`la olish, o`z burchini, o`z so`zini oqtash, mardlik, jasoratga qodir-lik eng zarur fazilatlar bo`lgan. O`zbek olimi, professor Y.Jumaboevning qayd qilishicha, ajdodlarimiz « ... o`z burchini ado etish, dushman ustidan galaba qilish yo`lida qahramonlarcha o`z jonlaridan kechishga, har qanday mashaq-qatlarga bardosh- berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o`z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to oxirigacha kurashishga shay» turganlar.
Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon bo`lganligini sak qabilasiga mansub cho`pon SHiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko`rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarixchisi Gerodot shoh Doroning O`rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qilaturib, SHiroqningmingboshi Ranosbatga qara-ta aytgan quyidagi so`zlarini keltiradi:
«Men g`alaba qildim, chunki saklarni, mening yurt-doshlarimni sizlarning hammangizdan sakdash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo`ldim».
Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiy lik mavjud bo`lganligini ko`rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, O`rxun-Enisey yozma obidalari, moniylik, mazdakiylik kabi oqimlar ta’limotlarini o`rgangan olimlarning ilmiy xulosalari mavjud. Avestoning eng eski qismlaridan biri «YAsna»da chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo`lishi maqsadiga etkazishini e’tiqod darajasiga ko`tarishgan. Lekin qo`lida qurol bilan, zo`rlik ishlatib, yaylovlarni er bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-toroj qiluvchi ko`chmanchilar-ni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida «biz», «ular» (bosqinchilar) antitezasi paydo bo`lgan. Bu esa o`z navbatida yosh avlodlarda vatapparvarlik, millatparvarlik, fidoyilik kabi fazilatlarni shakllaitirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.
Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: o`y-niyat - so`z - ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyiichalik lug`atimizga kirib kelgan «vijdon» so`zi bilan ham ifodalash mumkii. «Men YAxshi niyat, YAxshi so`z va YAxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» — deb yozilgan «YAsna»da. «YAxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo`lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko`maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shay-lik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o`z maslakdosh biro-darlari bilan do`stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o`z fikri-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg`azab bo`lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi, chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo`qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo`ya harakatlar qiladi», — deb hisoblangan.
Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo`shilishga, el bilan birga bo`lishga, elning tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilganligi o`z-o`zidan ko`rinib turibdi. Zamonlar o`tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo`yiladigan talablar ham o`zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o`zlaridagi xislatlarning nafaqat Xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg`ay bordilar. Jumladan, YAxshi so`zlar - ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oklash, hamma oldi-berdilarda halol bo`lish, o`zgalarning haqini emaslik, buzuqlikdan o`zini to`xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyiy bordi.
Ajdodlarimizning ko`hna tarbiyaviy tizimi hozirgi kunlarda biz to`qnashgan axloqiy, madaniy, jismoniy, ekologik muammolarni bartaraf qilish nuqtai nazaridan bebahodir. Zoroastrizm axloqli kishining sog`-salomat, kuchli bo`lishi kerakligini uqtirish bilan birga uning ma’naviyatiga asosiy e’tiborni qaratgan. Jumladan, ayol kishiga hurmat, uni e’zozlash, ona sifatida qadrlash g`oyalari markaziy o`rinlardan biriii egallagan. Demak, bu g`oya yosh avlodga kundalik turmushda, yaxshi bolaning namunaviy siymosi orqali ijtimoiy tarbiyada izchil singdirib borilgan.
Markaziy Osiyoda islom ta’limotinint tarqalishi nafaqat diniy, balki axloqiy, ta’lim-tarbiya sohasida ham katta burilish yasadi. Ajam mamlakatlari xalqtari, sunniylikning hanafiya mazhabi tarkibida o`z milliy an’analarini shariat ahkomlari bilan uyg`unlashtirdilar.
Qur’oni karimdagi, hadislardagi ota-ona, farzandlarning ota-onalari oldidagi qarzlari haqidagi ibratlar barcha musulmonlarga farzandlarini oqibatli qilib tarbiyalashni farz qildi.
Movarounnahrda machitlar ochilib, imomlar o`gil bolalar uchun maktablar tashkil qila boshladilar. Turkiy til yangi so`z — «maktab» (ar. «yozuv o`rgatiladigan joy») bilan boyidi. XII asrdan boshlab islom dini turkiy tillarda yozilgan she’rlarda — Ahmad YAssaviyning «Hikmat» to`plami, keyinchalik So`fi Olloyorning ikki to`plamida va boshqa to`plamlarda ommalashtirila borildi.
Madrasa va maktablarga dunyoviy bilimlar kirib kela boshladi. Bunga Qur’oni karimning «Har bir musulmon va muslimaning ilm olishi farzdir», — degan oyati asos bo`ldi. Buning natijasi o`laroq, Al-Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Forobiy, Ibn Sino kabi allomalar qomusiy bilimlarning yuksak cho`qqilarini egalladilar.
Aflotun fikriga kura, «muxabbat-eng etuk e’tikod, xar bir shaxs uchun shakllanish jarayondir». Ishq utida yonish xamma narsani unitish emas, balki boshqalardan ibrat olib, uzida yaxshi fazilatlarni shakllantirish xamdir. YAxshi, pokiza kiyinishga, me’yor darajasida uziga zeb berishga, uy- ruzg`or ishlarini ozoda va pokiza olib borishga, axloq, odob borasida xam kuzga tashlanishga xarakat kiladi. Sevgan kishisining e’tiboriga sazovar bulishga intilish insonni ma’naviy poklanish yuliga chorlaydi... Uzi guzal bulsa xam farosatsiz, axloq xam odobi tuban, ishyokmas, erkatoy qizni xech kim umr yuldosh tanlashga botina olmaydi.
O`zbekiston xalk artisti Gavxarxon Matekubova «Ba’zi tuy va ziyofatlarda pul ketidan quvib, uzlariga rakkosa nomini olgan yosh qizlarimizning uy xarakatlarida va bexayoliklarini kurib, raqqosa kasbini tanlaganligi uchun afsuslanasan kishi.... Eng yomon tomoni shundaki, davradagi shilqim qizlarni kurgan ota-ona uz qizlarining rakqosa bulishi uchun xech qachon rozilik berishmaydi. Natijada bu soxada uta ishtiyoqmand, talantli yoshlar orzusi gunchalik chogidayok sunadi». («Oila va jamiyat» 1995 yil 6 iyul).
Erkak va ayol Allox baxsh etgan extiyoj asosida bir-biriga intiladi. Bu intilish asosida ruxiy, jismoniy lazzat xam yotadi. Bulmasa inson avlodi davom etmas edi. Lekin avlod insonga lazzatlanishdan tashqari uz xatti-xarakatlarini boshqarish uchun unga aql, idrok, ong, idora xam bergan. Insonning insoniyligi uzini boshqara bilishda bilinadi.
Sevgida biologik extiyojlaridan ma’naviy omil va ma’suliyat ustunlik kilish baxtli oila kurishning asosiy shartlaridandir. Bu ikki omil mushtarak bulsa muxabbat xaqikiy, xayotiy axamiyat kasb etadi, uzoq mustaxkam shirin turmushga ma’naviy asos bulib qoladi. Xayotning ma’naviy omillarini unutib, bir-birini chiroyiga uchib turmush qurish xar doim xam kutilgandek natija bermaydi.
Ishqning birinchi uchquni tashqi qiyofani qurishdan boshlanadi. Ichki ruxiy olamni chuqurroq bilish asosidagina bu birinchi xis, tuyg`u xaqiqiy muxabbatga aylanadi. Xaqikiy muxabbat asosidagina yoshlar bir-biriga xamdard, xamkor, mexribon, okibatli bulib qoladilar.
Frantsuz yozuvchisi A Sent-Ekzyuneri «Sevish - ikki yoshning bir-biriga qarshi emas, balki birgalikda bir tomonga qarashidir», - degan edi.
Xamma ayol xam xotin zotiga mansub, lekin ba’zilar bir umrlik vafodor umr yuldosh bula olmaydi. Erkaklar tug`risida xam shunday firkni aytish mumkin.
Ma’naviy omillar xisobga olinmay tugilgan sevgi oddiy xis- tuygudir.
Muhabbatning yozilmagan qonunlari ko`p. Lekin bu borada minglab yillar davomida to`plangan tajriba va an’analar borki, ularni paymol etib xam bulmaydi.
Muhabbat - ikki yosh o`rtasidagi ahloq, xayo, andisha, uyat, oru-nomus iffatdan to`qilgan ma’naviyat pardasidir.
Ma’naviyatsizlik tufayli baxt qushini qulidan uchirgan bir umr baxtsiz bo`lib koladi.
«Osonlikcha qo`lga kiritilgan amal, boylik, zebu-ziynat baxtlilik belgisi emas. Xaqikiy baxt fakat halol mehnat, mashaqqat, azob-ukubat bilan qo`lga kiritiladi».
F.M. Dostoevskiy «Dunyoda sevgisiz yashaganlar ham bor. Lekin ular hayot lazzatlaridan to`la baxramand bo`lmagan bo`lsa kerak. YAshash kun ko`rish emas, balki undan orom olishdir, xushnud bo`lishdir, qanoat hosil kilishdir. Dunyodagi xech kanday boylik, mansab insonga bergan roxat-farog`atni, ko`tarinkilik kayfiyatini bera olmaydi» - deya tushuntiradi.
Sof muxabbat tuyg`usi barcha butun insoniyatda bor. Insoniyatning go`zal umumiy ma’naviy jihatlaridan biri ham shudir. Sevgi, oila munosabatlarida ma’naviyatsizlikka yuz tutish umuminsoniy qadriyatlardan xam yuz o`girishdir.
Sevgi, muhabbat bobida xam ota-onalarning ibrati farzandlar uchun katta hayotiy maktabdir.
3.Xalqimiz urf-odatlarini, an’analarini, qadriyatlarini va islom dinini oiladagi ruhiy muhitga ta’siri.
Hozirgi zamon O`zbekiston jamiyatida islom dini va oila o`rtasida uzviy aloqa mavjud. Oilada real shakllangan vaziyatni tahlil qilish umumiy tavsiflar bilan bir qatorda oilaviy hayotda er-xotin va farzandlarning ijtimoiy roli, ayollarning o`rni va rolini ko`rib chiqishni talab etayotganligini ko`rsatmoqda. Buning tasdig`i sifatida shuni aytish mumkinki, islom dini erkaklar va ayollarning bir qolipga solingan rolini taklif etadi, ular uni o`zlashtirishi va so`zsiz bajarishi kerak.
Din musulmonlarni chin yo`lga yo`naltirib, uning hayotini ikir-chikirlargacha boshqaradi. Musulmonlarning asosiy rasm-rusumlari va an’analari ko`proq oila bilan bog`langanligini ta’kidlash lozim. Musulmon kishining hayot tarzi va xulq-atvori, uning diniy dunyoqarashi Alloh kalomlarida mustahkamlangan hayotiy kadriyatlar va yo`nalishlarning yaxlit, tartibga solingan tizimini o`zida ifoda etadi.
Islom dinida nikoh - bu farzandlar tarbiyalash va baxtli oila qurish uchun o`zaro yordam, samimiylik va sabr-matonatlilik prinpiplariga tayangan holda bir-birini sevadigan va xohlaydigan erkaklar va ayollarning birgalikda yashashidir.
Qur’on erkak va ayol o`rtasidagi aloqalarni juda aniq tarzda tasvirlaydi: «U zot sizlar hamdam bo`lishlaringiz uchun o`zlaringizdan juftlar yaratishi va o`rtalaringizda oshnolik va mehr-muhabbat paydo qilishidir» (Rum surasi. 30:21).
Hadislarda keltirilishicha Muhammad (s.a.v.) payg`ambarimiz bunday degan: «Sizlarning qaysingiz xuddi men singari o`z oilasi (xotini) uchun namuna hisoblansa, o`sha eng yaxshi kishidir». Oila ma’naviy va ahloqiy tomondan qanchalik mustahkam bo`lsa, uning xursandchiligi va baxti shuncha ishonchli bo`ladi.
Oilaviy munosabatlarning rivojlanishida islom dini funktsiyasi. Islom dini oilaviy munosabatlarni rivojlantirishda asosiy jihatlar yoki funktsiyalarni ajratib ko`rsatadi. Reproduktiv funktsiya, ya’ni naslni davom ettirish funktsiyasi eng muhimi xisoblanadi. Bunda farzandlar jismonan va ruhan soglom, o`qish va ijtimoiylashuvga kodir bo`lishi muhim. Oila jamiyatning yuksalishiga o`z imkonidan kelib chiqib hissa ko`shadigan munosib va islomiy urf-odatlarni kadrlaydigan va bajaradigan avlodni tarbiyalashga harakat kiladi.
Sotsiologik tadqiqot ma’lumotlariga ko`ra O`zbekiston oilalarining 5,3 foizi beshta farzandli bo`lishni, 4.9 foizi oltita va undan ko`p farzandli bo`lishni xoxlaydi. So`rab chiqilganlarning 3,6 foizigina «Xudo qancha bersa shuncha» deb javob berdi. Ushbu toifa orasida qishloqda yashovchilarga nisbatan (2,5 foiz) shaharda yashovchilar (4,8foiz) ko`pchilikni tashkil kiladi.
Hozirgi vaktda ikkita-uchta farzanddan iborat oila eng maqbuli hisoblanadi. So`rab chiqilgan O`zbekiston oilalarining chorak kismida (24,5 foiz) farzandlar soni uchtadan oshmaydi, respondentlarping 22,8 foizida esa ikki farzand bor, har bir beshinchi respondeit (20,6 foiz) to`rtta farzandga ega. SHunday kilib, hozirda o`zbekistonliklar ko`proq o`rtacha mikdordagi farzandli oilalarga yo`naltirilgan va bunday qaror diniy yo`l-yo`riqlar bilan kamrok izohlanadi.
Musulmonchilikda er-xotin vafodorligining muayyan normalari mavjud va agar ushbu normalar buzilsa, har bir musulmon kishini nafakat Xudo tomonidan jazo, balki ijtimoiy jazo va tanbeh kutadi. Bu borada «Qur’oni Karim»da shunday deyilgan: «Mo`minlarga ayting) ko`zlarini (nomahram ayollarga tikishdan) to`ssinlar... Mana shu ular uchun toza yo`ldir. Albatta, Alloh ular qilayotgan hunarlardan xabardordir. Mo`minalarga ham ayting» ko`zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to`ssinlar...» (Nursurasi 24: 30-31).
Ko`rinib turibdiki, islom dini, er va xotin bir-biriga sodiq bo`lishni talab etadi.
Oilaviy tarbiya yoki ona-onalar timsoli munosib farzand tarbiyalashning asosiy shartlaridai biri hisoblanadi. Mana shuning uchun maktabga borishidan avval farzandga ijobiy ta’sir ko`rsatish imkoniyatini qo`ldan boy bermasliklari kerak. Oilaning asl nufuzi shunchaki nasihatlar bilan emas, balki turmush tarzi, ota-onalar, xulq-atvori namunalari bilan ortadi. Ma’naviylik o`rgatilmaydi, misol va yaxshi o`gitlar orqali kattalar va yaqin kishilardan qabul qilinadi.
Oilada haqikiy tarbiya bilan shug`ullanish katta mehnatni talab qiladi. Bu bolani parvarish qilishga sarflanadigan jismoniy mehnatga ham, uni ma’naviy kamol toptirishga sarflanadigan aqliy mehnatga ham tegishlidir. Bunda ota-ona ham muhim rol o`ynaydi.
Farzandning zukko, ehtirosli va jismoniy etuk inson bo`lib etishida er-xotiining o`zaro yordam berishi muhim hisoblanadi.
Va, nihoyat, farzandning iymonli, e’tiqodli qilib voyaga etkazishda nikohning rolini ham unutmaslik kerak, chunki nikoh diniy yo`lda oilani mustahkamlaydi. Ota-onalar farzandning jismoniy, axlokiy va ma’naviy kamol toiishida ko`pincha, Qur’on va Hadisga suyanadilar
4.Eng oliy qadriyat Vatan va vatanparvarlik.
Vatan (arabcha «vatan» — ona yurt) kishilarning yashab turgan, ularning avlod va ajdodlari tug`ilib o`sgan joyi, hududi, ijtimoiy muhiti, mamlakati.
Vatan insonning ruhiyati, turmush tarzi, ongi va tafakkuri, o`tmishi, buguni va kelajagi mujassam bo`lgan tushunchadir.
Vatan ostonadan, o`zi tug`ilib o`sgan go`shadan boshlanadi. SHuning uchun u yashab, nafas olib turgan xonadonga, ulgayib voyaga etishishida muhtasham va qudrat-li makon bo`lgan ona zaminga mehr-muhabbat va sadoqat abadiy bo`lmog`i zarur. Har bir insonning Vatanga bo`lgan muhabbati ona suti, ona allasi va ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. O`z ota-onasi, avlod-ajdodlari, ularning an’analari, urf-oda-lari, kasb-korini sevmaydigan farzand o`zgalarni ham sevmaydi. SHuningdek, millati, xalqi adabiyoti, san’ati, dini va madaniyatidan g`ururlanib, o`zi o`sgan yurt tabiatidan ilhomlanib, uning muqaddas tuprog`i qadrini anglab etmaydi. Bu esa manqurtlikdan o`zga narsa emas.
Zero, hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O`z yurtida obro`-e’tibori bo`lmagan inson o`zga yurtda ham qadrlanmaydi. SHuning uchun ham xalqimizda «O`zga yurtda sulton bo`lguncha, o`z yurtingda cho`pon bo`l», «Uzga yurtda shoh bo`lgandan, o`z yur-tingda gado bo`lgan afzal», «O`lsang o`l, Vataningda bo`l!» kabi naqllar bejiz aytilmagan. Har kimning o`z xonadoni, uy-joyi, o`z ona yurti naqadar qadr-qimmatli ekanligini o`zga yurtga safarga, yashashga borgan inson biladi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Furqat pa boshqa bobokalonlarimizning o`zi tug`ilib o`sgan Vatanlaridan uzoqda kuchli Vatan sog`inchi bilan yashaganlari, ona yurt tuprog`ini, unda o`sgan mevalarni ko`zlariga to`tiyo qilganlari, yurt ishqida iztirob chekkanlari barchaga ayon. Ularning ruhiy kechinmalari, haqiqiy vatanparvar kishining holati»dir. Haqiqiy vataniarvar u qaerda yashamasin, Vatanning yaxshi kunida ham, yomon kunida ham uni tark etmaydi, u bilan birga bo`ladi.
Insondagi eng oliy tuyg`u — Vatan tuyg`usidir. O`zi tug`ilib-o`sgan ona yurtini jon qadar sevadigan, o`zga yurt tabiatidan o`z yurti tabiatichalik zavq olaolmaydigan, diyoridagi katta-kichik yutuqlardan faxrlanadigan, hatto mitti chumoli harakatidan zavqlanadigan butun aql-zakovati, qalb qo`ri, kuch va imkoniyatini shu jamiyat va tabiat go`zalligi, rivojiga baxshida etaolgan insondagina bu tuyg`u namoyon bo`ladi.
Vatan ham, Vatanga muhabbat tuyg`usi ham ilohiy ne’mat bo`lib, butun qon tomirlarida shu tuyg`u jo`sh urgan insonda vatanfurushlik, vatanga xiyonatdek jirkanch vahshiylikka moyillik hech qachon bo`lmaydi. SHoir «O`zga yurtning bog`lari-yu bog`chasi, o`z yurtingning yon-tog`incha ko`rinmas» deb bejiz aytmagan.
«Vatan tuyg`usi - bu Vatanni himoya qilib, Vatan deya fido bo`lgan To`maris, SHiroq, Spitamen, Najmiddin Kubro, Solihbek dodxoh, mulla Aliqul dodxoh singari yuzlab sheryuraklarni eslashdir. Tomirida oxirgi tomchi qoni qolguncha dushmanga qarshi kurashgan Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Abdumalik To`ra, Qurbonjon dodxoh, Madaminbek, Namozbotir singari bo`ysunmas bahodirlarning, og`ir kunlarda qardoshlarga elkadosh bo`lay deb, harbiy vazirlik lavozimidan iste’foga chiqib, ota yurti Turkistonga kelib, ayovsiz janglarda halok bo`lgan Anvar poshshoning, qullikdan o`limni afzal bilgan Oqmasjid, CHimkent, Avliyoota, Toshkent, Jizzax, Samarqand, Zirabuloq himoyachilarining nomini yodga olishdir.
Vatan tuyg`usi - bu mustamlaka tuzumiga qarshi bosh ko`targan Toshkent, Jizzax, Andijon qo`zg`olonchilari, Dukchi Eshon xotirasini unutmaslikdir.
Vatan tuyg`usi - bu zulm-istibdoddan qutulish uchun xalqni ma’rifatli bo`lishga chorlagan, milliy uyg`onishga da’vat etgan, najot ilmda, birlikda va harakatda deb bilgan fidoyi ziyolilarni, ularning rahnamolari bo`lmish Munavvar Qori, Mahmudxo`ja Behbudiy, Abdullaxo`ja, Avloniy, Fitratning nomlarini doimo yodda saqlashdir.
Vatan tuyg`usi — bu Ikkinchi Jahon urushida fashizmga qarshi mardona jang qilgan vatandoshlarnmiz yodini ehtirom bilan eslashdir».
Vatan himoyasi yo`lidagi qahramonlar insonniyat tarixidan hech qachon o`chmaydi. Vatanni asrash, har bir qarich erini qo`riqlash, bu muqaddas burch bo`lib, ozod va mustaqil Vatanga ega bo`lish hech qachon osonlikcha qo`lga kiritilmagan. Vatan erki, mustaqilligi va ozodligi yo`lida qurbon bo`lganlarni abadiy eslash, xotirlash har bir kishining xalq, millat, Vatan oldidagi imoni va vijdonidir.
Vatan muqaddasdir. Undan qimmat, undan aziz, undan shirin, undan ulug` ne’mat, boylik yo`qdir. SHu boylikni qadrlagan, undan cheksiz faxrlangan insongagina oilasi, xalqi, atrof muhiti, jamiyatiga mehr-muhabbatli bo`ladi. Xurshid Davron ta’biri bilan aytganda, «Muhabbatsiz yurakka Vatan sig`maydi. Har bir go`dak, har bir kishi o`z davri bilan Vatanni yod etadi. Dardsiz yurakka Vatan sig`maydi. Vatan dardi, Vatan muhabbati bilan yashagan yurakkina insoniyatni sevadi, insoniyat uchun kuyinadi».
Insonni dunyoga keltirishdek mo`’jiza yaratgan ona bilan Vatan hamohangdir. Vatan ona kabi inson taqdirida mo`’jizalar makonidir. SHuning uchun ikki mo`’jizakor yonma-yon ona-Vatan deb yuritiladi.
Inson ona uchun qanchalik jonfidolik qilsa, Vatan uchun ham shunchalik qayg`uradi, uni ardoqlaydi, sevadi, avaylab-asraydi, turli ofatlardan, dushmanlardan qo`riqlaydi. Kerak bo`lsa, ona Vatan uchun jonini qurbon qiladi. Munis va mo`’tabar Ona insonni shu yorug` dunyoga keltirsa, Vatan uni hayot belanchagida o`stiradi, ulg`aytiradi; shaxsni shaxs sifatida namoyon etadi. SHu boisdan inson uchun ona-Vatandan ulug`roq, mo`’tabarroq, qimmatliroq makon yo`q. Xalq ichida Ona deganda — Vatan, Vatan deganda esa Ona tasavvur etilishida ham majoziy ma’no bor. Ba’zi bir sabablarga ko`ra, o`zga yurtlarda yashayotgan vatandoshlarimiz ham «Ona-yurtim», «ota-yurtim», «kindik qonim to`kilgan yurt» deb sog`inch va faxr bilan gapirishlarida ham olam-olam ma’no mujassam. Ularning uylari to`riga bir hovuch Vatan tuprog`ini muqaddas kitob bilan yonma-yon osib qo`yishlari, xonadonlarida dutor yoki tanburni saqlashlari, o`zbek xonandalari kuy va qo`shiqlarini doimo tinglashlari, o`zbek urf-odatlari, tilini unutmaslik uchun qilgan sa’y-harakatlari Vatanga bo`lgan cheksiz e’tiqodning namunasidir.
Imon-e’tiqodli inson Vatanni sevadi, unga xiyonat
qilmaydn. Payg`ambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytganlaridsk: «Hubbul—vatani minal imoni - Vatanni suymoq iymondandur».
Tayanch so`z va iboralar: jamoatchilik, ruhiy muhit, tabiiy, biologik, iqtisodiy, omillar, huquqiy omil, oila, er, xotin, farzand, tarbiya, ahloq, din, munosabat, qadriyat, e’tiqod, o`git, mustaqillik, bola tarbiyasi, islomiy aqidalar, burch, shariat, hadis, Qur’on, musulmonchilik, an’ana, rasm-rusum, muhit, mehr-muhabbat, samimiylik, tushuntirish, davlat siyosati, yoshlar tarbiyasi, ishonch, sevgi, muhabbat.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1.Oiladagi ruhiy muhitning shakllantirish omillari nimalardan iborat?
2.YOshlarning ma’naviy kamolotida oiladagi ruhiy muhit qanday 3.shakllantiriladi?
4.Farzandlarni tarbiyalashning qanday usul va vositalarini bilasiz?
5.Ajdodlarimiz yaratgan farzand tarbiyasiga oid ahloqiy uchlikka nimalar kiradi?
6.Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning oiladagi ruhiy muhitga ta’sirini qanday baholaysiz?
7.Oilaviy munosabatlarning rivojlanishida islom dinining o`rni qanday?
8.Eng oliy qadriyat haqida nimalarni bilasiz?
9.«Ona» va «Vatan» so`zlarining qanday aloqadorligi bor?
7-mavzu. OILA HAYOTIDA XALQ BAYRAMLARINING O`RNI.
Reja:
1.Xalqning urf-odat va an’analari.
2.Umumxalq bayramlari – marosimlar gultoji.
3.Qurbon va ramazon xayitlari.
4.Qadimiy marosimlardan – to`ylar haqida o`ylar.
1.Xalqning urf-odat va an’analari.
YAngi avlod tomonidan shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni tartibga solishning ijtimoiy ishlab chiqilgan va tarixiy yuzaga kelgan shakllarining o`zlashtirilishi hayotiy faoliyatning insonga xos usuliga erishishning muhim yo`llaridan biri hisoblanadi. O`tmishning ma’naviy merosi nafaqat haykallar, ilm va san’at ko`rinishida saklanib qolmaydi va etkazilmaydi, balki u insonning ijtimoiy kamol topishi bilan birga ijtimoiy boshqaruvning turli shakllarini o`z ichiga oladi. Ular orasida urf-odatlar va an’analar katta ahamiyatga ega.
Xalqning urf-odatlari va an’analari - bu ko`p asrlar davomida uning tarbiyaviy sa’y-harakatlari natijasidir. Bu tizim orqali xalqimiz o`z ma’naviy madaniyati, fazilati va psixologiyasini boyitadi. «Nuroniy otaxonlarimiz, munis onaxonlarimizga hamisha hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo`lish, ularning xizmatini qilib, duosini olish, jajji go`daklarga, aziz farzandlarimizga gamxo`rlik qilish, ularni ardoqlashdek xalqimizga xos bo`lgan, asrlar davomida saqlanib kelayotgan olijanob odatga har birimiz sodiq bo`lishimiz, uni asrab-avaylashimiz, rivojlantirishimiz ham farz, ham qarzdir».
Milliy urf-odatlar va an’analar mohiyatini tushunmaslik, milliy o`zlik, xalqning o`ziga xosligi, uning psixologiyasi va turmush tarzidan uzoqlashish, o`tmishga beparvo munosabatda bo`lish manbadan uzoqlashishga olib keladi, avlodlarning ayuqasiga putur etkazadi.
Xalq urf-odatlari va an’anataridan nasihatomuz va kesatib foydalanmaslik zarur. Ota-onalar va pedagoglar ularning mohiyatini yaxshi tushunishi lozim va aniq maqsadga yo`naltirilgan ta’sir ko`rsatish yo`li bilan ularning asosida bolalarda kattalarga nisbatan hurmatda bo`lish, kichiklarga g`amxo`rlik qilish, xayrixoxlik, mehnatsevarlik, mehmondo`stlik, o`qish va o`qituvchilarga hurmat bilan munosabatda bo`lish singari axloqiy fazilatlarni shakllantirishi kerak.
O`sib kelayotgan avlodni tarbiyalashda xalq an’analarining roli SHarq va G`arbning mashhur olimlari va mutafakkirlari asarlarida o`z aksini topgan. Urf-odatlar va an’analarni tadkiq qilishga bagishlangan falsafiy adabiyotda ushbu ijtimoiy hodisalar, odatda, bir-birga tenglashtiriladi. Urf-odatlar turkumiga kiruvchi ijtimoiy hodisalar ba’zan urf-odatlar deb, ba’zan esa an’analar deb nomlanadi.
An’analar - bu yangi avlodda asrlar davomida yaratilgan xalqning ijtimoiy va madaniy merosini davom ettirish jarayonidir. Jamiyat tomonidan belgilab olingan yo`nalishlar, xulq-atvor normalari, qadriyatlar, g`oyalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va hokazolar an’anatar sifatida ishlatilishi mumkin. An’analar bevosita insonning ma’naviy dunyosiga yo`naltirilgan, ular bilvosita emas, balki ushbu munosabatlar tomonidan talab etiladigan ma’naviy fazilatlarni shakllantirish orqali ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashtirish va qayta tiklash vositasini bajaradi.
Urf-odatlar aniq vaziyatlarda xatti-xarakatlarni aniq boshqarib, yosh avlodni katta avlod boshlab bergan oqimga buradi. Urf-odatlar va an’analar - katta avlod o`zining ijtimoiy xulq-atvori, ahloqiy maslaklari va hissiyotlari, ijtimoiy faoliyat uslublarini yoshlarga beradigan yonma-yon yuradigan yo`llardir.
Urf-odatlar va an’analar ular uchun umumiy bo`lgan ikkita ijtimoiy funktsiyani bajaradi, yangi avlod turmushida ushbu munosabatlarni barqarorlashtiruvchi vosita sanaladi. Biroq bu funktsiyalarni ular quyidagi alohida yo`llar bilan bajaradi: urf-odatlar - muayyan vaziyatlardagi xatti-harakatlarni batafsil ko`rsatmalar yo`li bilan; ana’analar - insonning bevosita ma’naviy dunyosiga qaratilgan va ushbu munosabatlar tomonidan talab etiladigan ma’naviyat sifatlarini shakllantirish orkali o`z rolini bajaradi. Bundan tashqari, ularning har biri o`zining g`oyaviy mazmuniga ega formulasi bor.
Urf-odatlarnipg g`oyaviy mazmuni (formulasi) doimo xulq-atvor qoidasi - muayyan vaziyatda xatti-harakatlar ko`rsatmasi hisoblanadi. An’nalarning g`oyaviy mazmuni (formulasi) deganda har doim xulq-atvorning normasi va printsipi, eng avvalo, xulq-atvor xususiyatini tasdiklash uchun zarur bo`lgan ma’naviy sifatlar tushuniladi.
Masalan, milliy o`zbek an’analari - kattalarni hurmat qilishdir. Ushbu an’ananing normasi (yoki printsipi) - ularning holati, unvoni, mansabidan kat’i nazar, yoshi jihatidan katta bo`lgan kishini har doim hurmat kilishdir. Urf-odat (batafsil ko`rsatma) kattalarni hurmat qilish - kattalarga salom berish, transportda yoki boshqa jamoat joylarida kattalarga joy berish, kattalar suhbatini bo`lmaslik, ularni o`tkazib yuborish va boshqalar. Urf-odatlar va an’analar o`rtasida ikkita asosiy ajratuvchi chiziqlar o`tadi. Birinchi chiziq ularning oddiyligi va murakkabligi, tez-tez qaytarilishi bo`yicha ijtimoiy munosabatlarning (sotsial va ijtimoiy) ikki turini ajratadi. Ikkinchi chiziq ularning funktsiyaviy belgilari orqali o`tadi.
Har bir xalqning o`ziga yarasha urf-odatlari, marosimlari bo`ladi. Agar biz dunyo xalqlarining hayotiga nazar tashlasak bir-biriga o`xshamagan, turli-tuman marosimlarni ko`ramiz.
Marosimlar jamiyat, xalq va shaxs hayot faoliyatidagi muhim o`zgarishlar, ijtimoiy ahamiyatga molik voqea-hodisalar bilan bog`liq bo`lib, ular ibrat orqali tarbiyalash, ruhiy-estetik ta’sir ko`rsatish vazifasini (funkiiyasini) bajaradi. Marosimlarda milliy, diniy urfolatlar va rasmrusumlar ham o`z ifodasini topadi.
O`zbek xalqiniig paydo bo`lishi tarixi qanchalik uzoqqa borib taqalsa, uning milliy an’analari, urf-odatlari, marosimlari ham shunchalik teran tarixiy ildizga ega. Ular xalqning ma’naviy ehtiyojlari zaminida paydo bo`lib, shakllanib, sayqallanib o`z mazmunida shu xalqning orzu-o`ylari, istaklari, turmush tarzi, axloq normalarini mujassam etadi. SHuning uchun ham har bir xalq, millat, elat ularni ko`z qorachig`iday avaylab-asrashi, taraqqiy ettirishi, kelgusi avlodlarga ma’naviy qadriyat sifatida etkazmog`i lozim. Darhaqiqat, an’analar, urf-odatlar, marosim va bayramlar xalqning, millatning ma’naviyati, qadriyatlarining ajralmas qismidir.
CHunki asrlar mobaynida shakllangan, avloddan-avlodga bebaho va noyob meros sifatida sayqallanib, to`ldirilib, xalqchillashib, zamonaviylashib kelayotgan urf-odatlar va marosimlar milliy istiqlol g`oyasi va milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz qalbi va ongiga singdirishda muhim vositadir. Bugungi kunda eng sara urf-odat va an’analarimizning jamiyatni birlashtiruvchi, xalqimizni jipslashtiruvchi, odamlar o`rtasida mehroqibatni kuchaytiruvchi, ularni safarbar etuvchi xususiyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish lozim. «Milliy an’analarni o`rganish,— deb yoziladi «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» kitobida, targ`ib etish bilan bir qatorda to`y-ma’rakalarni, odat va udumlarini ixchamlashtirish, bu boradagi isrofgarchilik va dabdababozlikka yo`l qo`ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor».
Professor I.Jabborovning yozishicha: «Bayramlar va marosimlar ijtimoiy va shaxsiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oluvchi va kishilar o`zaro munosabatlarining turli jihatlari va shakllarida namoyon bo`luvchi muayyan urf-odatlar va an’analar, axlokiy tamoyillar va huquqiy tartibotlarning tarixan shakllangan yig`indisidir». Ularning muhim belgilari va xususiyatlari barqarorligi, ommaviyligi, rivojlanishidagi takroriyligi, davomiyligi va uzluksizligidadir.
Odat tusiga kirgan marosimlar kishilar xulq-atvorini boshqarar ekan, nafaqat jamoatchilik fikrlari nufuziga, balki qabul qilingan va qaror topgan qonun-qoidalar kuchiga ham suyanadi.
2.Umumxalq bayramlari – marosimlar gultoji.
Har bir xalqning o`z umumxalq bayramlari bor. CHunki umumxalq bayramlari marosimlar ichida eng go`zali, chiroylisi yoki gultojidir. O`zbek xalqining shunday go`zal shodiyona kunlaridan biri Mustaqillik bayramidir.
1991 yil 31 avgustda O`zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi «O`zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e’lon qilish to`g`risida» qaror qabul qildi. Qarorda: «1 sentabr O`zbskiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin»,— deb kat’iy belgilab qo`yildi. Muqaddas orzu ushaldi. SHunday qilib xalqimizning asriy orzusi amalga oshdi va o`zining Mustaqillik bayramiga erishdi. Har yili ushbu bayramda katta tantanali yig`ilish, Mustaqillik maydonida maxsus kontsert dasturi bo`lib o`tadi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shaharlari va qishloqlarida shod-xurramlik bilan Mustaqillik kuni bayram qilinadi. Mahalla va guzarlarda xalqqa osh tarqatiladi, xalq o`yinlari, badiiy jamoalarning katta bayram kontsertlari namoyish etiladi.
Mamlakatimiz Prezidentining Farmoni e’lon qilinib, mehnatda o`rnak ko`rsatgan, mustaqillikni mustahkamlashga katta hissa qo`shgan kishilar Davlat mukofotlari bilan taqdirlanadilar. Respublikamizda kattakatta ishlab chiqarish korxonalari, yirik qurilishlar, madaniy-maishiy ob’ektlar bayram arafasida ishga tushiriladi yoki foydalanishga topshiriladi.
Mustaqillik bayramida istiqlolga erishgan xalqimizni ruhi, uning boy o`tmishi va sermazmun buguni hamda buyuk kelajagi aks etadi.
Markaziy Osiyoda «Navro`z» bayrami va marosimlari juda uzoq davrlardan beri nishonlanib kelinardi. Lekin xudosizlikka asoslangan sobiq Ittifoq davrida bu bayramga diniy tus berilib, nishonlanmay qo`yilgan edi. «Navro`z» rasmiy bayramlar qatoriga kiritilmagan va norasmiy ta’qiqlangan.
Lekin 60-yillarning o`rtalarida xalq bu bayramga e’tibor bera boshladi, matbuot, radio-televidenieda ba’zan yoritila boshladi. 80-yillarniig o`rtalarida «Navro`z»ni O`zbekistonda xalq bayrami sifatida nishonlash masalasida yangi to`siqlar paydo bo`ldi. 1985-1987 yillarda ommaviy axborot vositalari bu bayramni chetlab o`tishdi. Bu borada katta tortishuv yuzaga keldi. Respublikaning taniqli yozuvchilari, olimlari va madaniyat xodimlari tomonidan «Navro`z» qadimdan davom etib kelayotgan haqiqiy xalq bayrami ekanligi, uning mohiyati din bilan emas, tabiat qonunlari bilan bog`liqligi va uni eng yaxshi an’analar asosida davom ettirish lozimligi haqida jiddiy so`zlar aytildi.
Buning natijasida «Navro`z» haqiqiy xalq bayrami sifatida keng nishonlanadigan bo`ldi. 1990 yildan boshlab 21 mart, ya’ni «Navro`z» bayrami nishonlanadigan kun, mamlakatimizda dam olish kuni deb e’lon qilindi. O`zbekiston mustaqillikka erishgandan so`ng «Navro`z» respublikamizning asosiy rasmiy bayramlaridan biriga aylandi.
«Navro`z» bayrami o`ziga xos katta tarixga ega. Bu bayram asli qadimiy dehqonchilik kalendari bilan bog`liq bo`lib, Erning shimoliy yarim sharida bahorgi kecha bilan kunduz teng kelgan kunlari 20-21 martda boshlanadi. O`sha davrda butun tabiat uyg`ona boshlaydi. Bunday yangilanish jarayonining boshlanishi SHamsiya (Quyosh) yili hisobida 21 martga to`g`ri kelgan birinchi yangi kunni «Navro`z» deb ataganlar.
O`rta asrning buyuk mutafakkiri Beruniy mazkur yil hisobining boshlanish oyi hisoblangan farvardin oyi to`g`risida shunday yozadi: «Navro`z» yangi yilning birinchi kuni bo`lib, uning forscha nomi ham shu ma’noni taqozo etadi. «Navro`z» eronliklar zijlari bo`yicha o`tmish zamonlarda ular yillarni kabisa qilgan vaqtlarida Quyoshning saraton burjiga kirish paytiga to`g`ri kelar edi. So`ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo`ldi. Endi u bahor yomg`irining birinchi tomchisi to`qilishidan gullar ochilguncha, daraxtlar gullashidan mevalar etilguncha, hayvonlarda shahvat ko`zg`olishidan to nasl vujudga kelguncha va o`simlik unib chiqa boshlaguncha davom etgan vaqtda keladi. SHuning uchun «Navro`z» olamning boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan».
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida rivoyat qilinishicha: «Navro`z» kuni payg`ambar Alayhissalomga holva solingan kumush jom hadya qilingan. Payg`ambar: «Navro`z» nima?»,— deb so`raganlar. «Eronliklarning ulug` hayiti»,— deganlar. Keyin payg`ambar holvani eb, jomni sindirib suhbatdoshlariga taqdim etgantar. Ular: «Koshki biz uchun har kuni «Navro`z» bo`lsa edi», — degan.
Mashhur olim Umar Xayyom «Navro`znoma» asarida «Jamshid shu kunni (Farvardin oyining boshi) «Navro`z» atalsin deya farmon beradi va odamlarga har yili farvardinning kirishini bayram qilishni, uni yangi yil deb hisoblashni buyurdi», — deya yozadi. Ulug` shoir Alisher Navoiy ijodida ham «Navro`z» o`z ifodasini topgan. «Saddi Iskandariy» dostonida Navro`zning bayram qilinishi kuyydagicha aks etgan:
Ki bu sir erur olam afruz ham,
Xususan erur falli Navro`z ham.
«Navro`z» haqida juda ko`p tarixiy asarlar, rivoyatlar mavjud. YUqoridagilardan tashqari Firdavsiyning «SHohnoma», Mahmud Qoshg`ariyning «Devonu lug`otit-turk», Xoja Ali Termiziyning «Navro`znoma», «Solnoma» asarlarida, shuningdek Mashrab, Ogahiy, Muqimiy, Furqat, Nodira, Uvaysiy, Zebuniso ijodlarida Navro`z haqida fikrlar bayon etiladi. Ogahiy Navro`zni shunday kuyladi:
Ey yor sanga tangri taborak bo`lsun,
Navro`z ila toza yil muborak bo`lsun,
Ilohi, har kuning Navro`z bo`lsun,
Hamisha tole’ing Feruz bo`lsun.
Mustaqil O`zbekistonda «Navro`z» har yili katta tantana bilan nishonlanmoqda. «Navro`z» arafasida umumxalq hasharlari o`tkaziladi. Oy davomida xayriya ishlari: etim va nogironlarga, muxtojlarga yordam berish, qariyalarni qadrlash, ular holidan xabar olib ziyorat qilish, kasallar holidan habar olib, ularga sovg`a-salomlar ulashish, bolalar uylariga turli sovg`alar topshirish tadbirlari amalga oshiriladi. Barcha kasb egalari «Navro`z»ga atab o`zlariniig xayriyalarini, hadyalarini tayyorlaydilar.
«Navro`z» arafasida va bayram kunlari sumalak, halim, ko`k somsa, ko`k chuchvara va boshqa turli-tuman taomlar pishiriladi. Qizlar «Navro`z»da kiyadigan liboslarni tayyorlashga kirishadi. «Navro`z»ga san’at ahllari alohida, maxsus tayyorgarlik ko`radilar. Ular «Navro`z» ga bag`ishlangan kuy, qo`shiq, raqs tomoshalarini qunt bilan tayyorlaydilar va turli joylarda, sayilgohlarda xalqqa ijro etib beradilar. «Navro`z» kunlari shahar va qishloqlarda katta tamoshalar, tantanalar va xalq sayillari bo`lib o`tadi.
Poytaxtimizning «Milliy bog`i»da har yili Respublikada eng yirik «Navro`z» teatrlashtirilgan tomoshalari bo`lib o`tadi. Bu markaziy tadbirda san’atkorlar bahorni kutib olish, tabiatning yangilanishi, insonlar dillarining poklanishi va dalalardagi yangi mehnat mavsumiga bag`ishlangan kuy va qo`shiqlar ijro etishadi. Har bir viloyat vakillari maxsus tomoshalar ko`rsatishadi.
«Navro`z»ga bag`ishlangan tomoshadan keyin barcha viloyatlar markazlarida, poytaxtning asosiy maydon va ko`chalarida umumxalq sayillari bo`lib o`tadi, turli tanlovlar, musobaqalar tashkil etiladi.
Hozirgi davrda mustaqil diyorimiz uchun «Navro`z» kishilarga yasharish va bunyodkorlik, poklanish va yangilanish, ruhiy ko`tarinkilik olib keladigan asosiy bayram bo`lib koldi.
3.Qurbon va ramazon xayitlari.
YUrtimizda islom dini bilan bog`liq Ro`za va Qurbon hayiti bayramlari umumxalq bayrami sifatida nishonlanib kelingan. Lekin sobiq Ittifoq davrida bu bayramlar ham ta’qiqlangan edi. Mustaqillikning qo`lga kiritilishi bilan ushbu bayramlar milliy qadriyat sifatida qayta tiklandi. 1992 yil 27 martda O`zbekiston Prezidentining «Ramazon hayitini dam olish kuni deb e’lon qilish to`g`risida» Farmoni e’lon qilindi. Farmonda, jumladan shunday deyiladi: «Mustaqil O`zbekiston Respublikasi musulmonlarining istak va xohishlarini inobatga olib hamda fuqarolar o`rtasida mehr-oqibatni barqarorlashtirish maqsadida diniy bayram — Ramazon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb tayinlansin».
1992 yildan boshlab har yili mamlakatimizda Ramazon va Qurbon hayiti umumxalq bayrami sifatida nishomlanadi. Ushbu bayram kunlari birinchi navbatda dunyodan o`tganlar ruhiga tilovat qilinadi, keksalar va nogironlarga yordam beriladi, qarindosh-urug`lar, yakin kishilar bir-birlarini tabriklashadi, omonlik tilashadi. Bolalarga turli sovg`a-salomlar ulashiladi. Mahallalarda qizlar «kelin ko`rdi»ga borishadi. Umuman bu hayitlar xalqimizning hamjihatligiga, mehr-shafqatning kuchayishiga, oqibatli bo`lyshga xizmat qilib kelmoqda.
4.Qadimiy marosimlardan – to`ylar haqida o`ylar.
Hamma xalqlarda ham qadimiy marosimlarning biri to`ydir. Bizning xalqimiz to`yga tayyorgarlik ko`rib yashashadi. O`g`il tug`ilsa, sunnat to`yiga tayyorgarlik ko`riladi. Qiz tug`ilsa, sep yig`ila boshlanadi. SHu sababli to`y xalqimizning qadimiy marosimi, karindosh-urug` va do`stu-yorlar diydoriga to`yish, ular bilan uchrashish, yaxshi kuy-qo`shiqni eshitish, ko`pkariyu kurashni tomosha qilish vositasi sifatida qadrlanadi. Keksalarimiz doimo «Topganing to`yga buyursin», «To`ydan boshing chiqmasin», «Uying to`yxona bo`lsin» deb duo qilishadi.
Bizning xalqimizda to`ylarning bir qancha turlari mavjud, jumladan beshik to`yi, nikoh, xatna to`yi, xovli to`yi, muchal to`yi, payg`ambar eshi, yubileylar, oltin to`y, kumush to`y va h.k.
To`y qilinishdan maqsad nima? Agar buning mohiyatiga chuqurroq yondoshadigan bo`lsak, nima uchun bir inson ko`p yillar topgan-tutganini bir kunda elga edirib-ichiradi? degan savol tug`ilishi tabiiy. To`y qilgan odam ba’zan qarzga ham botadi, leknn shunga qaramay, elga to`y qilib beradi? Nima uchun? Maqsad xalq orasida obro` olishmi? YOki odamlarni qoyil qilishmi? YOki palonchi to`y qilmadi. Elning to`yini egan degan gapdan qochishmi?
Agar to`y qilishning bosh maqsadini o`ylab ko`rsak, farzandlarga xalqning duosini olib berish ekanligini bilamiz. Lekin sobik Ittifoq vaqtida ushbu muammo, ya’ni inson uchun duoning qudrati muammosi chetga surilib ko`ydi.
Ammo xorijda duoning kuchini o`rganish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, yaxshi natijalarga erishganligi ma’lum. Islom ilmida ham duoning kuchi ijobiy baholanadi.
Ota-bobolarimiz: «Oltin olma, duo ol, duo oltin emasmu»,— deb bejiz aytishmagan. SHu sababli otalar-onalar bolalariga ko`pchilikning duosini olib berish uchun to`y qiladilar. Ammo, sobiq Ittifoq davrida bu narsa butunlay unutiladi, xudosizlar jamiyati to`ylarga kundalik tantana tusini berdi. SHu sababli to`ylar faqat xursandchilik qilish, eb-ichish, o`yin-kulgi qilish, ichkilikbozlikni kuchaytirish, tomosha ko`rsatish vositasiga aylanib qoldi va kim o`zarga to`y qilish, artistlarni ko`paytirish, kunlab ko`pkari berish poygasi boshlanib ketdi.
Aslida to`yning haqiqiy mazmun-mohiyati butunlay o`zgarib ketdi. Hozirgi kunda, ya’ni mustaqillikdan keyin ham to`ylarni asl holiga qaytarish, tarbiyaviy ahamiyatini kuchaytirish kiyin kechmoqda.
SHu sababli bir ijtimoiy tuzumdan ikkiichisiga o`tish jarayonida xalq an’nalari, urf-odatlari va marosimlarini davr ruhiga moslashtirish, ularni milliy, qolaversa, umum-insoniy qadriyatlar darajasiga ko`tarish kun tartibiga ko`yiladi.
Xalqimiz o`zining xursandchiligini ham, xafagarchigini ham turli marosimlar, rasm-rusumlar, Udumlar orqali namoyish qiladi. Jumladan, xalqimiz tomonidan o`tkaziladigan to`y tantanalari, motam marosimlari, ular bilan bog`lik xilma-xil urf-odatlar fikrimizning dalilidir.
To`y va marosimlar qanchalik yaxshi bo`lmasin, ular xalqimizning ma’naviy yuksalishida ijobiy rol o`ynamasin, uni o`tkazish bilan bog`lik ba’zi ortiqcha rasm-rusumlar, odat tusiga kirib borayotgan sun’iy udumlar jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, oilalarni maishiy barqarorligining ta’minlashiga o`zining salbiy ta’sirini o`tkazishi tabiiydir.
Ortiqcha dabdababozlik, shuhratparastlik kabi salbiy holatlar, soxta obro` orttirish, o`zini unutib marosimlar o`tkazilishi harom, mehnatsiz qing`ir yo`llar bilan topilgan boyliklar hisobiga bo`layapti.
Albatga shunaqangi usul bilan soxta «insonparvarlik» namunalarini ko`rsatib, mehmonnavozlik qilish, o`zini shu yo`l bilan o`zgalarga tantilikda namuna qilib ko`rsatish, marosimlarni o`tkazishdagi kim o`zarga harakat qilishlar xalqimizga salbiy ta’sirini ko`rsatmay qolmaydi.
SHunday ekan, xalqimizning juda go`zal, mazmunan rangba-rang to`yu marosimlarini o`tkazishda kim o`zarga yo`l ko`ymay, balki ular mazmunini esda qoladigan, yoshlarimiz tarbiyasiga yordam beradigan tarzda tashkil etsak hayotimiz yanada go`zallashadi.
Bu narsa bugungi gap emas. Millatimiz ichidan etishib chiqqan taraqqiyparvar ziyolilar — jadidlar xalqniig ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirish uchun turli xurofot va zararli bid’atlarga qarshi kurashishni maqsad qilib qo`ygan edilar hamda ular o`z asarlari orqali serhasham va dabdabali to`y-ma’rakalarni o`kazishni keskin qoraladilar.
Ma’rifatparvar jadidlar — Abdulla Avloniy, Ashurali Zohiriy, Abdulhamid CHo`lpon, Ishoqxon Ibrat va boshqalar «Sadoyi Turkiston», «Sadoyi Farg`ona» kabi nashrlarda xalqning maishiy turmushiga alohida e’tibor berishib, xususan milliy to`ylar va ularning o`tkazilishiga nisbatan qimmatli fikrlar bildirdilar. CHo`lpon «Sadoyi Farg`ona» gazetasida to`ylardagi isrofgarchilik haqida: «Avvallari qandoq yaxshi bo`lsa, so`ngi kunlarda va so`ngi yillarda kundan-kun orqaga qadam tashlamoqdalar... Ul vaqtlarda bundoq behuda isroflik to`ylar ham bo`lmas edi» deb yozgan edi. Muallifning fikricha, burun dehqonlar yoz davomida ishlab topgan mablag`larini qish davomida eb-ichar edi, bugungi iqtisodiy nochorliklarga isrofgar to`ylar ham qo`shildi.
Farg`ona jadidlarining taniqli namoyondasi Ishoqxon Ibrat to`ylardagi isrofgarchiliklar, ortiqcha harajatni keskin tanqid qiladi: «Hali ham biz o`z dinimizcha harakat qilmay, aqcha topmoq, hoyu-havas ovloq to`ylarga o`n ming behuda sarf qilamiz, qaysi ulamo halol deb bularga fatvo bergan... Bu ahvoli ba’dlar, bu maraz dardu dorusi ilmdir». Ibrat bu fikrlari bilan zamona yoshlarini ilm o`rganishga chaqiradi va ilmli kishilarning ortiqcha hoyu-havasga berilmasligini uqtiradi.
Jadidlar «SHo`royi islomiya» tashkilotining to`y-ma’rakalarni tartibga solish to`g`risida «Najot» ro`znomasida e’lon qilingan qarornomasida shunday satrlar bitilgan: «Turkiston musulmonlarining s’ezdi mana shu holni e’tiborga olub, oramizda bo`lib turgan ba’zi bid’at va xurofotlarni, chunonchi to`y, ma’raka, gap, bazm... va janoza kuni bo`ladurg`on xurofatlarni bikkuliya (hammasiga) barham berishga qaror qildi». SHuningdek, mazkur qarornomada janoza, qiz, sunnat tuylarini o`tkazish tartibi batafsil ko`rsatib berilgan.
Ushbu qarornoma hozirgi davrda ham o`z dolzarbligini umuman yo`qotmagan. CHunki, XXI asrning boshlarida ham mamlakatimizda o`tkazilayotgan to`y-ma’rakalarda isrofgarchilikka, dabdababozlikka, ortiqcha harajatlarga yo`l qo`yish, bu ma’rakalarga obro` va e’tibor topishning bir vositasi sifatida munosabatda bo`lishdek zararli illat hamon jamiyatimiz taraqqiyotiga g`ov bo`lib turibdi.
Turkiston jadidlari yo`lboshchisi Mahmudxo`ja Behbudiyning (1875-1919) «A’molimiz yoinki murodimiz» («Oyina», 1913 yil 6—7-sonlar), «Bizni kemiruvchi illatlar» («Oyina», 1915 yil, 13-son) kabi maqolalari bosilib chiqdi va ularda to`yu-marosimlarni tartibli, ixcham o`tkazish ta’kidlanadi.
Taraqkiyparvar jadidlar Turkistonning turg`unlik, qoloqlik va jaholat girdobidan qutulishga nimalar xalaqit berishi va taraqqiyot sari qoloqlikni bartaraf etishga halaqit berayotgan sabablarni oldindan ko`ra olganlar. Go`yoki shariat bilan himoyalanganday tuyuluvchi, biroq aslida musulmon qonun-qoidalariga zid holda kishilarning engil bo`lmagan hayotini yanada mushkullashtiruvchi zararli urf-odatlar xalqni taraqqiyotdan orqaga tortmoqda.
Demak, millatparvar ziyolilar o`lkamizning juda ayanchli ahvoli, aholining erk va hurriyatga intilishlarini bo`g`ish sabablarini, iqtisodiy va ma’naviy hayotdagi turg`unlik holatlarini anglab, jamiyatni isloh qilish, barcha eskirib qolgan, zararli urf-odatlarni, marosimlarni qo`lay, kamchiqim qilib o`tkazish g`oyasini ilgari surdilar.
Sobiq sho`ro tuzumi davrida bir qator «yangicha urf-odatlar» tikishtirildi. Natijada o`tkazilayotgan marosim va tadbirlardan milliylik ko`tarildi. Oqibatda to`ylarimizda ichkilikbozlik kuchaydi. Hatto nikoh to`ylarida «gorko» deyishgacha borib etilli. Qariyalarning pand-nasihatlariga quloq solmay, ularni eskilik sarqitiga chiqarib ko`yildi. Ota-onaning roziligisiz, umr yo`ldoshining kim ekanligini, tag-tugini surishtirmasdan «yonib turgan sevgi» asosida oila qurish natijasida ozgina qiyinchilikka bardosh berolmay ko`pchilik oilalar buzilib ketdi. Ajralish odatiy holga aylandi. Natijada minglab bolalar ko`chada, qarovsiz qoldi yoki bolalar uylariga topshirilib, ota-ona mehriga zor bo`lib o`sishi natijasida jinoyatchilik ko`paydi.
Afsuski, hozirgi kunda ham dabdabali, kim o`zarga, ko`z-ko`z uchun bo`layotgan to`ylar kam emas. Aslida, agar to`y munosabati bilan bir qator qadrdon va vatandosh yor-birodarlar bir joyga yig`ilib, xursandchilik qilib, samimiy suhbat qilsalar, albatga bir millat va xalq o`rtasida bo`lgan samimiy muhabbat va mehribonlik ziyoda bo`ladi. Ba’zilar orasida oldingi kek va qudrat shu bahonada yo`qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |