Mitotik siklning Gi davri, tashqi muhit omillarining ta’siriga anchagina sezgir bo’ladi. Mana shu vaqt davomida DNK sintezi uchun sharoit yaratiladi, ya’ni DNK molekulasi tarkibiga kiruvchi va sintezlanishi uchun kerakli nukleotidlar, kofaktorlar va zarur fermentlar sintezianadi. Shuningdek hujayra oqsillarining bir qismi va qisman RNK sintezianadi.
Mitotik siklning sintetik davri maxsus yadro oqsillari -gistonlarning
biosintezi va DNK sintezi bilan xarakterlanadi. DNK molekulasining sintezi uning miqdorining ikki baravar ortishi bilan tuxtaydi.
Mitotik siklning G2 davrida esa hujayraning umumiy oqsillari va RNK molekulasining sintezi davom etadi. Oldingi davrlardagiga nisbatan tubulin oqsilining sintezi keskin ortib ketadi. Mitoz davri mobaynida va metafazaning oxirigacha RNK va oqsillarning sintezi davom etadi.
O’simliklardagi mitotik siklning bosqichlari gormonlar tomonidan nazorat qilinadi, Masalan Gr va G2-davrlarning o’tishi xususan RNK va oqsillar sintezini hamda nafas olish jarayonining jadal bo’lishligi uchun auksin gormoni zarur. Sitokinin hujayralarning bo’linishga o’tishi uchun xizmat qiladi.
Shuni ham takidlab o’tish zarurki, bo’linuvchi hujayralarda bir qancha organoidlar, xususan GA, mitoxondriyalar, plastidalar tizimining tiklanishi kuzatiladi.
Hujayralarning cho’zilishi. Bo’linuvchi hujayralar o’lchamining kattalashishi sitoplazma tarkibining sintezlanishi tufayli ro’y beradi.
Sitoplazma tarkibining sintezlanishi esa azotli birikmalar va boshqa oziq elementlarining hujayraga kirishi tufayli ro’y beradi.
Ko’p hujayrali o’simliklarda hujayralar bo’linishdan to.’xtaganidan so’ng o’sishning tezkor tipiga ya’ni cho’zilish tufayli o’sishga titadi. Ushbu holat faqatgina o’simliklar hujayralarigagina xos bo’lib barg yuzasi maydonining kengayishiga, poya va ildizning o’sishiga xizmat qiladi.
Cho’zilishli-o’sish hujayra markaziy vakuolasi hajmining kengayishi hisobiga bo’ladi. Vakuola tomonidan suvning surilishiga esa undagi osmotik faol moddalar miqdorining yuqoriligi sabab bo’ladi. Vakuol hajmining oshishi bilan bir vaqtda hujayra devorining yumshashi va cho’zilishi kuzatiladi.
Meristematik hujayralarning cho’zilishga o’tishi hodisasi yaxshi o’rganilmagan hisoblanadi. Hujayralarning chuzilishga o’tish holati tashqi muhitning noqulay omillariga nisbatan chidamliligidadir. Masalan RNK va oqsil sintezi ingibitorlari, hatto rentgen nurlari ta’siri ham cho’zilishni to’xtata olmaydi.
Bo’linishdan to’xtagan meristema hujayralari vakuollasha boshlaydi. Oqsil sintezlovchi tizim qayta quriladi. Bo’linuvchi hujayralarda asosan sitoplazmada turgan ribosomalar bo’linishi to’xtagan hujayralarda katta miqdorda ER membranalariga birikadi. Shuningdek RNK sintezi ortadi va bo’linishi to’xtagan hujayralarda RNK/oqsil nisbatining, bo’linuvchi hujayralardagiga nisbatan ortishi kuzatiladi. Amiloplastlarda kraxmalning yig’ilishi va pektin moddalarining sintezlanishi kuchayadi.
Hujayraning bo’linishdan to’xtab cho’zilishga o’tishi jarayoni kam o’rganilgandir. Ammo bu jarayonda fitogormonlar, xususan auksin va sitokinin gormonlarining o’rni katta deb hisoblanadi.
Hujayralarning cho’zilish tufayli o’sish davri yaxshi o’rganilgandir. Bu vaqtda oldingi davrdagi cho’zilish mexanizmi ishi ushlab turiladi. Yuksak o’simliklar hujayralarining cho’zilishi asosan auksin tufayli faollanadi.
Auksinning ta’siri tufayli hujayra devorlarining plastik cho’ziluvchanligi ortadi. Shuningdek auksin sitoplazmadan hujayra devorlari tomonga qaratilgan H+-ionlarining tashiluvi kuchayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |