Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Sifat va qimmatni ishlab chiqish dastaklari. Kompleksli loyihalash



Download 0,51 Mb.
bet115/130
Sana13.02.2023
Hajmi0,51 Mb.
#910617
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

4.Sifat va qimmatni ishlab chiqish dastaklari. Kompleksli loyihalash
Servis tadbirkorlarining firmali stili. Firmali stil tadbirkor (tadbirkorlik firmasi) jozibador imidjini (obrazini) yaratishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Adabiyotda qo‘yidagi ta’rif beriladi:
«firmali stil – bu tovarlar (xizmatlar), firmalardan chiquvchi barcha ma’lumotlar, uning ichki va tashqi jihozlanishining vizual va ma’noli birligini ta’minlovchi rangli, grafik, so‘zlik, tipografik, dizaynerlik doimiy elementlarning to‘plamidir». Firmali stilni yaratish quyidagilarga imkon yaratadi:
- bozorda raqobatchilar tomonidan taklif etilayotgan o‘xshash mahsulotlar (xizmatlar) umumiy turkumidan konkret servis tadbirkorning mahsulotini (xizmatini) ajratish;
- kam harajatlar bilan bozorda sotish uchun mahsulotlarni taklif etish;
- iste’molchilarga servis tizimi tadbirkori mahsulotlari reklamasining ta’sirini kuchaytirish.
Firma stilining asosiy elementlariga qo‘idagilar kiradi:
- tovar belgisi;
- logotip (firmaning shriftli yozuvi);
- slogan (firmaning shiori);
- firmali rang;
- firmaning shriftlar komplekti va hokazo.
Jumladan, firma stiliga firma ichidagi stantandarlar komplekti kiradi. Masalan «Makdonalds» ovqatlanish korxonalari uchun-bu xizmat ko‘rsatish madaniyati, shu jumladan xodimlar xushmuomalaligi, binolarning tozaligi, taomlarni olish tezligi va hokazolar.
Tadbirkorning (tadbirkorlik firmasining) firmali stilining asosiy elementi - bu savdo belgisidir. Uning belgilanishi-mijozlarning xotirasida korxonaning shartli belgisini saqlab qolishga yordam berishdir. Ushbu belgilar qulay talaffus qilinadigan so‘z yoki ma’noli grafik ishorada bo‘ladi. Tadbirkorlik firmasining savdo belgisi o‘zining mahsulotlari (xizmatlari) sifatining ishonchli kafolati bo‘lib xizmat qilishga mo‘ljallangan va yodda qoladigan reklama hisoblanadi.
Savdo belgisi qonun bilan himoyalanadi va guvohnoma bilan tastiqlanadi. «Firmali stil» iborasi bilan bir qatorda xozirgi sharoitda sinonim sifatida «brend» (ingliz tilidan «brend» - tamg‘a) iborasidan keng foydalanilmoqda. Buni shunday izohlash mumkinki, servis tadbirkori faoliyatidagi brendning asosiy belgilanishi - qadimgi davrlardagidek hunarmandning shaxsiy tamg‘asi rolini bajarishdir.
Brend fanning ishtirokidagi xizmatlar, axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish va sotishda ham yakka tartibdagi iste’molchilar, ham korporativ buyurtmachilar bilan ishlashda muhim hisoblanadi. Brend-bu «o‘rash mashinasidir». Brendda tadbirkorlik hissiyoti, faoliyat madaniyati va boshqalar bir joyda to‘planadi. Brend yordamida o‘z mahsulotlariga nisbatan mijozlarning ishonchi va hurmatini qozonish mumkin. Hozirgi kunda brend ko‘pchilik holatlarda tadbirkorning ish hayotini belgilaydi. Ko‘pchilik holatlarda esa, foydaga qaraganda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Foyda tadbirkorlik faoliyatining noyob tavsifi bo‘lib hisoblanadi. Haqiqatda, mijoz servis tadbirkoridan mahsulotni harid qilayotgan paytda, uni tadbirkor foydasi umuman qiziqtirmasi kerak.
Bozor munosabatlari sharoitida aynan brend (farqlanish) raqobat afzalliklarini beradi. Brendni ishlab chiqarishda tadbirkorlik faoliyatining kelajagini inobatga olish lozim. Tadbirkor o‘z ishini kengaytirishda brenddan foydalanishni o‘rganishi lozim. Brend-bu boshqaruv jihozidir va undan korxonani samarali boshqarishda foydalanish kerak. Brend xodimlarning aqli va yuragi, tuyg‘ulari va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishi lozim. Brend qadriyatlarning ramziy ma’nosini ifodalaydi, ularga insonlar ishonadi va bu katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi sharoitda servis tadbirkori faqat yangi, progressiv texnologiyalardan foydalangan holda raqobatchilardan o‘zib ketishi mumkin. Intellektual mulk sifatidagi savdo belgisini himoya qilish uchun tadbirkor ko‘yidagilarni bilishi zarurdir:

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish