2.Yangi xizmatlarni ishlab chiqish va yaratishga undovchi omillar
Sotishlar strategiyasidagi o‘zgarishlar. Kompaniya-gigantlar (monopoliyalar), muvoffaqiyatida marketing katta rol o‘ynagan va o‘ynaydi. Lekin uning vositalari yordamida sotishlarni rag‘batlantirish sohasidagi muommolar amaliy jihatdan hal etilmaydigan bo‘lib bormoqda. Vujudga kelgan holatdan chiqishning yo‘li bo‘lib, ixtisoslashtirilgan korxonalar distribyuterlar va dillerlarni yaratishni o‘z ichiga oladigan mahsulotlarni tarqatishning qiyin tizimlarini tuzish hisoblanadi.
Ammo, ushbu korxonalar hamma vaqt ham asosiy firma balansida bo‘lishlari va bozorga faqat uning mahsulotlarini siljitishlarining imkoni bo‘lmaydi. Undan tashqari distribyuterlar va dillerlar tanlash «kengligi» nuqtai nazaridan mijozlarning xohishlarini maksimal darajada qondirish maqsadida raqobatchi gigant kompaniyalar mahsulotlarini bir joyga to‘plashadilar. Shuning uchun mahsulotlarni bozorga siljitish uchun harakat qilinayotganda, kompaniya juda ko‘p sonli bug‘inlarga suyanishga majbur bo‘ladi. Ushbu bug‘inlar ichida asosiy o‘rinni tadbirkor-sotuvchi (qayta sotuvchi tadbirkor) egallay boshladi.
Servis tadbirkori. Mahsulot o‘zi haqida gapirishi yoki sotishni rag‘batlantirishi mumkin emas. Zamonaviy iqtisodiyotning ko‘pchilik mahsulotlari qiyin tarkib va harakat tamoyillariga egadirlar. Bunday mahsulotlarni sistemaga birlashtirish, sistemali yaxlitlikka erishish va qo‘shimcha iqtisodiy samara olishga imkon beradi. Tadbirkor-sotuvchi dastlabki mahsulot qiymatini qo‘shimcha oshiradi va uning asosida (masalan blok modullar) konkret foydalanuvchi uchun konkret sistemani quradi. Shu bilan birga servis tadbirkori o‘z malakasi orqali, buyurtmachiga noyob xizmatlar ko‘rsata borib, bir firma mahsulotlariga bog‘lanib qolmaydi. Uning o‘z kelgusi sistema uchun, hatto bir nusxadagi alohida blok modullarini yaratishi va ishlab chiqarishga buyurtma berishi mumkin.
Shu narsani ta’kidlash lozimki, marketingda har qanday tovarga joylashgan xizmat sifatida qaraladi. Iste’molchi tovarni unga egalik qilish maqsadida emas, balki undan samarali foydalanish maqsadida harid qiladi. Lekin zamonaviy qiyin mahsulotdan turlicha foydalanish mumkin. Murakkab hisoblash texnikalarini ishlab chiqaruvchilar alam bilan shunday hazillashadilar: «Biz «laynerlar» quramiz, ular esa (foydalanuvchilar) ularda kartoshka tashishadilar».
Servis tadbirkori o‘z faoliyatini ushbu kelishmovchiliklarni bartaraf etishga qaratishi lozim. Ya’ni, u maqsadli yo‘naltirilgan tovarlarning dastlabki to‘plami asosida, konkret sharoitlarda qo‘llash orqali sezilarli samara olish mumkin bo‘lgan sistemani quradi. Bu yerda masala ko‘pchilik kompaniyalar mehnati yo‘naltirilgan abstrakt iste’molchiga (mijozga, buyurtmachiga) emas, balki konkret iste’molchining (buyurtmachining, mijozning) texnik-iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan ko‘rilishi lozim.
Hozirgi kunda iste’molchi (mijoz, buyurtmachi) ko‘pincha bor narsaga qoniqadi xolos, boshqa narsalar unga qiyin va samarasiz va shu sababli keraksiz ko‘rinadi. Mustaqil vositachi-maslahatchi sifatida servis tadbirkori, o‘z kasbiy tajribasi nuqtai nazaridan buyurtmachi (mijoz, iste’molchi) muammolarini ko‘ra olishi va ularni samaraliroq yechish yo‘llarini taklif etishi lozim. Bu yerda o‘ta muhim bo‘lib, mahsulotni faqat sotish emas, balki aynan mijozning muommolarini yechish hisoblanadi.
Servis tadbirkorining mahsuloti va texnologiyalari. Tadbirkor, ishlab chiqaruvchi oddiy yashash matiqidan kelib chiqqan holda o‘z mahsulotini sodda va universal qilishga harakat qiladi. Ta’luqli shakl o‘zgartirish va sozlash orqali, ushbu mahsulot katta sonli iste’molchilar uchun foydali bo‘lib boradi va ko‘p sonli foydalanuvchilarni «qamrab olish» imkonini beradi. Shubhasiz haridor mahsulotni o‘zining konkret vazifalarini hal etish uchun harid qiladi. Ular o‘z navbatida turli xil bo‘lishi mumkin. Iste’molchi odatda o‘z ishlab chiqarishi uchun vositalarni komplektlashtirish, sozlash, shakl o‘zgartirish va boshqalarini mustaqil ravishda amalga oshirishni xoxlamaydi, va aksincha to‘liq foydalanishga tayyor bo‘lgan «jihoz» (kompleksni) olishni afzal ko‘radi.
Servis tadbirkorlari aynan universal mahsulotlarni shaxsiy manfaatlarga yakka tartibdagi «moslash» ishlari bilan shug‘ullanishadilar, ya’ni ular biznesning ma’lum sohasida konkret foydalanuvchining konkret vazifalarini hal etish uchun tizimlarni yaratishadilar. Undan tashqari, ular odatda kelgusidagi qo‘llab-quvvatlash va servisni ta’minlashadilar. Qo‘shilgan qiymat esa asbob-uskuna bahosining oshishi hisobiga emas, balki asosini turli xildagi xizmatlarini taqdim etish hisobiga namoyon bo‘ladi.
Distrebyuterlar va servis tadbirkorlarining yaqin hamkorligida, ko‘pincha ayrim funksiyalarning ushbu ikki strukturalar o‘rtasidagi qayta taqsimlanishi vujudga keladi. Oxirgi paytlarda distrebyuterlarning ko‘pchiligi konkret buyurtmachi uchun sistemalarni terish bilan shug‘ullanisha boshladilar. Buning uchun ular odatda omborlar maydonlarida maxsus markazlar tashkil eta boshlashdi. Bu o‘z navbatida servis tadbirkorlarining ishlarini ancha yengillashtirdi va asosiy e’tiborni mijozlar bilan munosabatlarga, yangi buyurtmalar va xizmat qo‘rsatishlarga qaratishlariga imkon yaratdi. Shunday qilib, biznesni rivojlantirish uchun hozirgi bosqichlarda destrebyuterlar avvallari o‘zlariga xos bo‘lmagan funksiyalarni olishmoqdalar, shu tariqa tor ixtisoslashtirish davriga barham berilmoqda va destrebyutsiya shakllarining tadbirkorlik takomillashtirilishi amalga oshmoqda.
Servis iqtisodiyotidagi axborot texnologiyalari. Bahoning o‘lchovi sifatidagi jismoniy mehnat, iqtisodiyotda asta sekinlik bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotib bormoqda, u ijtimoiy turmushning barcha sohalarida minimallashmoqda. Ekran madaniyati ustun bo‘lmoqda. Ya’ni displey tasvirlarini kompyuter ekranida dinamik, aktiv muloqat tavsifida, ekran tekstining hamkor bilan o‘zaro aloqaligida qayta ishlash uchun imkon yaratadi. Ekran madaniyati matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish yoki grafiklarni chizish bilan tugamaydi, balki axborot bilan ijodiy ishlash uchun yangi displey axborot muhitini yaratishni vujudga keltirish uchun.
«Ekran» deganda kompyuter ekranidagi axborotning «porsiyasi» tushiniladi. Ushbu madaniyat o‘z ichiga ishtirokchilarning o‘zlarini tutishlari va og‘zaki so‘zlarini, animatsion modellashtirishni, yozma tekstlarni va boshqalarni bemalol oladi. Shu bilan birga uning kitob madaniyatidan farqi shundaki, ekran tekstining hamkor bilan o‘zaro munosabatlarining dinamik, o‘zgaruvchan muloqat tavsifidadir.
Ekran madaniyati yangi intellektual mahsulotlar iqtisodiyotining asosi bo‘lib bormoqda. Bilimlarni to‘plash va uzatishning elektron shakli jamiyatni axborotlashtirishning asosi bo‘ldi. Qotib qolgan emperik emas, balki dinamik bilimlar va ilmiy asoslangan ishlab chiqarish tajribasi, bevosita ishlab chiqarish kuchi bo‘lib bormoqda va ishlab chiqarishga fantalab va chiqitsiz texnologiyalarning joriy etilishini ta’minlamoqda. Servis iqtisodiyotining asosini yangi axborot iqtisodiyoti tashkil etadi. Bilimlarni to‘plash, uzatish va foydalanishning elektron shakli, «ekran madaniyati» asosida intensiv kompyuter o‘qitilishi tarmoqli axborot texnologiyalari bazasida biznes va tadbirkorlik sohalaridagi o‘zgarishlar, tadbirkorlik faoliyatidagi oldindagi o‘zgarishlar uchun muhim bo‘lib hisoblanadi. Axborotlashtirish sohasidagi ushbu yutuqlar jamiyatning yangi ishlab chiqaruvchi kuchlarining to‘g‘ilishi uchun asosni yaratdi.
Zamonaviy axborot texnologiyasi tadbirkorga har qanday elektron massivlar (ma’lumot bazalariga) bir zumda va oddiy ulanish imkonini beradi va ulardan biznes yoki madaniyat maqsadida aktiv o‘rganish, malaka oshirish, dam olish va ijod maqsadlarida foydalanish imkonini beradi. Yangi axborot texnologiyalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, u ketma ket ishlab chiqarish jarayonini paralelga aylantirish imkonini beradi. Bu shuni anglatadiki, mahsulotni yaratish va ishlab chiqarish jadallashmoqda. Servis tadbirkorining ishlab chiqarishni tashkil etishni shunday amalga oshirish mumkinki, asosiy operatsiyalarni birgalikda bajarish biznes-sheriklar va iste’molchilarga ma’lum bo‘ladi. Natijada iqtisodiyot absolyut «tiniqlikka» aylanib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |