2.Firmalar tomonidan texnologiyalarga investitsiya kiritishlar sababablari. Texnologiya raqobatbardoshlik ustunligi sifatida Servis sohasida axborot tizimini bosqichma bosqich amalga oshirishning o‘rtadagi bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, MDH davlatlari servis korxonalari bilan o‘zaro alaqalarni o‘rnatishda internetdan foydalanish hisoblanadi. Servis tizimi sohasida axborot texnologiyalarini joriy etish quyidagi masalalarni yechishni talab qiladi; - operator tomonidan chet ellik va mahalliy sheriklar, davlat, firma, korxona ishi barqarorligi, mahsulot va xizmatlar bahosi kabilar bo‘yicha ma’lumot bazasini yaratish; - mahalliy va chet ellarda ishlab chiqarilgan maishiy mashinalar va asbob-uskunalarning turli xillari va modellari baholari va ularga bozordagi talabni tahlil qilish; - maishiy mashinalar va asbob-uskunalarning funksional, organik va estetik xususiyatlari tavsifidagi ma’lumot va reklama tavsifidagi ma’lumotni shakllantirish; - tayyorlovchi - zavodlar bilan shartnomalarning bajarilishi, servis korxonasining maishiy mashinalar va asbob-uskunalarning ta’minotchilari bilan moliyaviy o‘zaro hisob-kitoblarining hisobi va nazorat tizimini shakllantirish; - kafolat muddati va kafolat muddatidan keyingi paytda ta’mirlanish mobaynida mavjud bo‘lgan nosozliklar, nuqsonlar tufayli barcha voz kechishlarni tadqiqot qilish, texnologik va ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish; - ishlab chiqarilayotgan va ta’minlanayotgan mahsulotlarning ishonchliligini va ishlab chiqarishning barqarorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqarish va joriy etish, hamda maishiy mashinalar va asbob uskunalarni ta’mirlashning yangi komponentlari, materiallari va progressiv usullarini yaratish; - turli xildagi servis ishlari (xizmatlari) uchun buyurtmalarni qabul qilish bo‘yicha hujjatlashtirishni shakllantirish. Zamonaviy axborot banklari va axborotni ayrboshlash tizimlari konkret turdagi iste’molchilar va axborotni ushlovchilar manfaatlariga asoslanadi va maksimal darajadagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Axborot banklari va ma’lumot bazalarining yaratilishi, servis sohasida marketing faoliyatini tashkil etish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Ushbu sohada marketingni rivojlantirish hozirgi davr talablari darajasidan kelib chiqadi va zaruriy faoliyat hisoblanadi. Xorijiy firma va korxonalar o‘z faoliyatlarida samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish texnika va texnologiyalariga e’tiborni kuchaytirishdan tashqari, mahsulot sifatini oshirish va uni reklama qilishga alohida e’tibor qaratmoqdalar. Masalan, YAponiyaning “Omron” firmasi o‘ziga “Barchaning yaxshi hayoti, yaxshi dunyo uchun” degan iborani shior qilib olgan. Amerikaning “Katerpiller” kompaniyasining shiori “Dunyoning har bir burchagida 48 soat xizmat ko‘rsatish” bo‘lsa, “Ribok” firmasi “YAxshi bahodagi narx” iborasini shior qilib olgan. Bunday misollardan yana bir nechtasini keltirib o‘tish mumkin.