2.Marketing va tezkor boshqaruvni integratsiyasi. Marketing-miks Mayda korxonalar bu yo’nalishda juda sust rivojlanishmoqda. Taklif etilayotgan tovar va xizmatlarni sotish bozori istiqbolini belgilash zarurati mayda korxona egalarini marketingni turli yo’nalishlari bilan mustaqil ravishda shug’ullanishga majbur qiladi. Ammo bilimlarni yetishmasligi va bu biznes yo’nalishiga yaxlit yondashuvni bo’lmasligi bu ishlar samarasini yo’qqa chiqaradi. Servis firmasini chet el bozorlariga chiqqishida marketing mutaxassislari oldiga ular bizni amaliyotimizda yechadigan vazifalardan ancha farqlanib turuvchi yangi vazifalar yuzaga keladi. bu vaziyatda ishlab chiqaruvchi boshqa mamlakatdagi ommaviy iste’molchini turli ta’b, odatlarini hisobga olishi zarur. Chet el bozorlariga kirishda servis firmasi avvalo, boshqa mamlakat iste’molchilarini mo’ljallarini, etno milliy madaniyatida oilaviy bog’liqlar ahamiyatini, an’analar va ta’lim tizimini o’zaro munosabatini, shuningdek aholini hayot tarzi va ularni iste’mol standartlarini hisobga olishlari lozim. Shu bilan birgalikda boshqa davlat aholisi ichidagi muhim etnik, diniy va hududiy iste’molchilar segmentini aniqlash ham o’ta muhimdir. Bu holda marketing bo’yicha mutaxassisga iste’molchilar xatti-harakatiga bevosita aloqador bo’lmagan kundalik xatti-harakat, his-ruhiy holat, lingvistik kabi ko’pgina mayda-chuydalarni hisobga olishga to’g’ri keladi. Chet el iste’molchialrini hayotiy mo’ljallarini va odatlarini o’ziga xosligi, shuningdek ular talablarini nodatiy segmentlanishi boshqa davlat xizmat ishlab chiqaruvchilarini yangi bozorda o’z servis mahsulotlarini sotish taktikasini tuzatishga majbur qiladi. Ba’zi hollarda marketing strategiyasini muhim asoslarini qayta ko’rib chiqishga ham to’g’ri keladi. Xizmatlar marketingida servis mahsulotini sotishdagi pozisiyasini tamoyil va usullaridan foydalanishni ko’rib chiqamiz. Bu yo’nalish marketologlar va reklama vakillari e’tiborini ommaviy va aniq iste’molchi ongiga qaratadi. Hozirgi kunda har bir odamni o’sib borayotgan tovar va xizmatlarni turli tumanligi bilan to’qnash kelishini, uni o’ta kommunikativ maydon markazida bo’lishini va uni diqqati katta hajmdagi reklama ma’lumotlari bilan yuklanganligini hisobga olgan holda har bir servis firmasi o’z iste’molchisi tomon o’zini yo’lini topa olishi kerak. Bu maqsadda aniq firma reklamasi o’z xizmatini iste’molchilar ongida pozisiyalashi kerak, ya’ni ularni raqobatchilar xizmatidan farqlanadigan, yengil taniladigan qilishi, odamlar ongiga o’z informasiyasini barqaror kirib borish usullarini topishi lozim. Bularni hammasi xizmatni odamlar ongida qulay pozisiyalanishiga yordam beradi. Firma tomonidan o’z servis mahsulotini pozisiyalash usullarini o’zlashtirilishi uni sotuvini ancha yengillashtiradi. Bir vaqtni o’zida bu jarayon jamiyat ongi va odamlar ruhiyati bilan manipulyasiyalashga yo’l qo’ymaydigan insonparvarlik va ruhiy chegaralanishlarni hisobga olgan kasbiy etika bilan muvofiqlashtirilishi kerak. Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar sifatida yig‘indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir. YAxshi marketing kompleksi firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing kompleksi konsepsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan.