«Eng daxshatlisi, - filologiya fanlari doktori H. Homidov yozganidek,
yomon muallim, ustod iymon–e’tiqodni kuydirib, odamlarni Yazdon yo’lidan
qaytarib, johillik sari yetaklaydi. Vatan ravnaqi odamlarning ijodiy mehnatini
ko’ra olmaydi, yer ochib, qo’sh haydab, ekin ekkanlaru bog’ bunyod etganlarga
rashq ko’zi bilan qaraydi, xalqni esa qutlug’ an’analaridan mahrum etadi».
Har bir yoshning poklik, haqi halol, qo’li to’g’ri, nekbin bo’lib voyaga
yetkazilishi ko’zda tutilgan. Ana shu ehtiyoj va talablardan kelib chiqib
«Avesto»da tarbiyachilar, muallimlar, ustod-u mudarrislarning burchlari
belgilangan. Ustoz haqida gap ketganda «Avesto»ning aksariyat qismlarida
«ustodlar ustodi», «barcha bilim va hunarlar kaliti» Yazdon madh etiladi: u hamma
narsaning yaratuvchisi, har ikki olam sehrini bilguvchi, barcha bilimlar egasi uni
bandalariga in’om etuvchidir. Zardusht esa barcha pok niyatli odamlarga Yazdon
buyurgan ilmlarni «yaxshilik yo’sini ila o’rgatib, ularni yaxshi bilan yomonni
ajrata oladigan qiladi, to’g’ri yo’lga hidoyat etadi» deyiladi. Zeroki, «kimda–kim
aql-u farosat bilan yomonlikka qarshi kurashsa, u Ahura Mazda yo’lini tutgan
bo’ladi». Xullas Yashtlarda Zardusht odamlar ruhiyatiga rost so’z, pok aqida, halol
niyatni singdiradigan ustozlar peshvozi sifatida madh qilinadi.
Yaxshi ustozlar «sog’lom aql, xushli farzandlar, jasur, dono va turli tillarni
biladigan o’g’il–qizlar, elni balo-qazolardan himoya eta oladigan o’g’lonlar,
«yaxshi kelajak, porloq hayotni ravshan ko’z bilan ko’ra oladigan avlodni»
tarbiyalaydi. Bunday muallim yoshlar qalbida o’z dini, xalqi, yurtiga mehr
uyg’otadi, ularni halol mehnat evaziga rizq-ro’z topib yashashga o’rgatadi.
Nekbinlik, pokdomonlik, do’stlik-u hamkorlik, hamjihatlik-u xushravobinlik
odamlarga faqat yaxshilik istash o’quvchilarga donishmand ustozlardan yuqadi,
yodgorlik bo’lib qoladi. Goh va Yashtlardagi aksariyat parchalarda yaxshilik
yomonlikka, adolat zulmga, donolik nodonlikka zid qo’yib tasvirlanib, birinchisi
olqishlanib, ikkinchisi illat sifatida qoralanganidek, yaxshi ustozlar nodon
ustozlarga qarshi qo’yib tasvirlangan. Yomon ustoz o’z loqaydligi, farosatsizligi,
uquvsizligi, hunari, bilimi, malakasini takomillashtirish yo’lida zahmat
chekmasligi
bilan
yosh
avlodning,
umuman,
odamlarning
zehnini
o’tmaslashtiribgina qolmay, aqlini zanglatadi, hayotga, mehnatga bo’lgan
munosabatlarini zaiflashtirib «ma’naviy jihatdan qashshoqlashtirib qo’yadi».
Zardushtning Tangri bilan muloqoti – Miroj voqeasi bayonida ham yaxshi
va yomon ustozlar haqida mulohazalar mavjud. «Noshud yomon muallim o’quvchi
qalbidan hiradmanlikni yo’qotar ekan, ey Yazdon! Yomon ustoddan o’z
panohingda asra», - deydi Zardusht.
Ilm va tarbiya tufayli barkamollikka erishishni targ’ib etuvchi
umumbashariy g’oya Qur’oni karim va payg’ambar Hadislarida alohida
ta’kidlanadi. Ularda uqtirilishicha, ilm insoniy barkamollik vositasi bo’lib,
beshikdan qabrgacha o’rganish zarur. Bu yo’lda to’rtta shart – olim bo’lmoq yoki
ilm o’rgatuvchi bo’lmoq, tinglovchi bo’lmoq yohud ilmga muhabbatli bo’lmoq
zarurligi uqtirilib, «beshinchisi bo’lma, halok bo’lasan», deyiladi.
«Avesto», avvalo, ta’lim-tarbiya va ezgulik kitobidir. Unda axloq va
axloqsizlik, poklik va razillik o’zaro zid bo’lib, u ezgulik va yovuzlik olamlari
o’rtasidagi kurashning tarkibiy qismidir. Bunda yaxshi andisha, yaxshi so’z va
yaxshi amal ilohiylashtirilib, bu uch asl nom bilan atalgan muqaddas ruhlarga uch
marta namoz o’qilgan, bularning teskarisi bo’lgan yovuz ruhlar esa la’natlangan.
Chunki inson komillikka intilar ekan, axloq aqidalariga e’tiqodli bo’lib, zulmat
ichida qolmasligi uchun o’z qalbida haqiqat va rostlik chirog’ini yoqishi, jaholat
pardasini chil-parchin qilmog’i kerak, deb ta’lim berilgan. Bu hol ma’rifatga
asoslangan ezgulik olami – axloq dunyosi bilan jaholatga qoplangan yovuzlik
olami – tubanlik dunyosi o’rtasidagi kurash talqinlarida yorqin aks etadi.
Zardushtiylik ta’limotida ezgulik, avvalo, yaxshi fikrni ifoda etuvchi ezgu
so’zdan boshlanadi. Bunday so’zlar ancha bo’lib, har biri ezgulikning muayyan
qirralarini ifodalaydi va kishilar ruhiyatiga ta’sir etadi. Bunday so’zlarni
mohiyatiga ko’ra, shartli ravishda quyidagicha guruhlash mumkin.
1) Eng ezgu so’z – Oliy iloh nomi – «Ahura Mazda» so’zi.
2) Yakka Tangri nomidan aytiladigan ilk so’zlar – ilohiy duolar.
3) Dunyoviy mohiyat kasb etuvchi rost, haqqoniy so’zlar.
Zardushtning Ahura Mazdadan «mening dilimga solgan ilk so’zing ne edi»,
deb so’rashi ham tasodifiy emas. «Yasna»ning 19 – Gohida Oliy Iloh bu ilk so’z –
«Ahuna Vayrah» deb javob beradi. Mazdaparastlarning ushbu mashhur duosi har
bir zardushtiy tilida doimo takrorlanadigan olqish va hamdu sanolar bo’lib, uning
mazmuniga ezgu amal, andesha, bunyodkorlik, darveshlarga panohparvarlik Ahura
yo’li ekanligi ulug’lanadi. Unga amal qilgan kishi esa ezgulik ne’matlaridan
bahramand bo’ladi. Bu Ahura Mazda tilidan shunday bayon etiladi: «Kimki bu
jahoniy tirikligi davomida «Ahuna Vayrah»ni yoddan tilovat qilsa yohud uni
xotirasida saqlasa yohud uni lab ostida sekin zikr qilsa yohud kuylayotgan
chog’ida uni olqishlasa Men–Ahura Mazda uning ruhini Chirvod ko’prigidan olib
o’tib, uch karra behishtga – eng oliy tiriklik – eng oliy Osha – Haqiqat, eng oliy
yorug’likka olib boraman.
Ezgulik ma’nosini anglatuvchi so’zlar muqaddas bo’lib, ularga munosabat
axloqiy me’yorlarga dahldor hodisa sifatida qaralgan. Shunday so’zlar qatorida
«Ahu» va «Rtu» so’zlari, ayniqsa, qadrlangan va Ahura Mazda farzlari tarkibida
ularga katta o’rin berilgan. Bu ikki so’z ko’p hollarda birgalikda ishlatilib, Oliy
iloh va Zardushtning sifatlari tarzida keladi va dunyoviy shodlik, jonni saqlash,
inson umrini asrash ma’nolarini ifodalaydi. Shuning uchun ham bu so’zlarning
zardushtiylar tomonidan «aytilgan, tilga keltirilgan va o’qilgan barcha so’zlar
orasida eng zaruri» ekanligini ta’kidlab, Ahura Mazda kishilarga shunday iltijo
qiladi: «Bu so’z shu qadar qudratlidirki, agar insonlar uni o’rgansalar va yodlarida
saqlasalar, ular o’lim nimaligini bilmaydilar. Bu bizning so’zimiz. Har bir jahon
ahli Osha – Haqiqatning oliy nurlari va Hidoyati bilan uni yod olsinlar, fikr
qilsinlar».
«Avesto»da ta’kidlanishicha, barcha ezgu so’zlar Ahura Mazdaga
tegishlidir. Bu so’zlarning tub mohiyati axloqning uch tamoyiliga ham «ezgu»
so’zining qo’shilishida (ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal) yorqin mazmun–
mohiyatini izohlab, kishilarni ularga rioya qilishga undaydi (20 – Gohda).
Jumladan, «Do’stlikka chinakkam do’st bo’lganlarga eng oliy ezgulik muyassar
bo’ladi», «Osha – Haqiqatning jamiki fayz–shukuhi, kuch–qudrati haqiqat
istovchilarga muyassar bo’ladi», «Haqiqatni aniqlovchilarga haqiqatning mukofoti
nasib etadi» kabilar.
Kishilarni ezgulikka yo’llashda ezgu so’zning o’rni alohida ta’kidlanib, u
pok fikrning ifodasi va inson axloqining tarkibiy qismi hisoblangan. Shuning
uchun kishilarga so’zda, mulohazada va kundalik hayotda pok e’tiqodga suyanish
tavsiya etilgan. Hususan, so’z va ish birligi g’oyasi alohida ta’kidlangan.
Zardushtiylar hayotida so’zning o’rni va qudrati, inson shaxsi va
ma’naviyatini boyitishdagi ahamiyatiga donishmandlik ramzi sifatida alohida urg’u
berilgan. Subutsizlik, aytilgan so’zga amal qilmaslik qattiq qoralangan.
Vendidodning 4 fargardi, 2–bo’lim, ikkinchi qismida Zardusht «Ey dunyoni
yaratuvchi zot! Ey haqiqat! qasamlarning sanog’i nechtadir, deb so’raydi. Ahura
Mazda mening qasamlarim oltita bo’lib, birinchisi so’z qasamidir, deb javob
beradi. Qasamlar boshida so’z qasami turishi bejiz emas. Chunki insonning ichki
dunyosi va fikri, avvalo, so’zda ifodalanadi, iymon e’tiqodi aytgan so’zida va
qilgan ishida aks etadi. So’zdagi ma’no–mazmun shaxsning aql–farosat darajasini
belgilaydi. Shuning uchun ham Vendidodning uchinchi qismida kim so’z qasami
yolg’iz so’zning o’zigina deb tushunsa, uni qo’l qasami bilan tuzatish va unga
tavqi to’latish zarurligi aytilgan. Bundan tashqari, yaxshilik ma’budasini
ulug’lovchi duolar faqat ezgu so’zlar bilan ifodalanishi so’zga e’tiborini yanada
kuchaytirgan. Zardushtiylik marosimlarida «Men zardushtiylik diniga sodiq
bo’lishga va’da beraman, men ezgu fikrlar, yaxshi so’zlar, yaxshi ishlarga
ishonaman» kabi so’zlar orqali qasamyod qilishgani bejiz emas.
Quyoshni samoviy safarda kuzatuvchi ma’bud Mitra ta’rifiga bag’ishlangan
Yashtda ham ezgu so’z talqinlariga keng o’rin berilgan. Bunda kishilar Mitraga
sig’inib, «muqaddas so’zlar-u sidqidildan so’zlamoq» namunasini ko’radilar.
«Avesto»dagi ezgu so’zlar real va ruhiy olamga bab-baravar tegishlidir. U
insonning jismi va ruhini poklashga, jismoniy va ma’naviy yetuklikka xizmat
qiladi. Uning qalbi ezgu niyatlar va Tangriga sadoqat tuyg’ularini jo etadi, yovuz
kuchlar kirdikorlarini fosh qiladi. Bunda ustozlar, kohinlar o’gitlari va murabbiylar
faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, ta’lim jarayonida bunga katta
e’tibor berilgan.
Inson xarakterini belgilovchi beshta asosiy xususiyat «Avesto»da
ta’riflangan. Ulardan ikkitasi bevosita ezgu so’zga aloqadordir. Bular so’zning aniq
va ma’noli bo’lishi hamda oliy Tangri Ahura Mazdaga e’tiqod faqat ezgu so’z
bilangina ifodalanishidir. Zero, kitobda «eng muhim so’z qaysi?» savoliga
«burch», «saxiylik», «yaxshi niyatni ifodalovchi so’z» kabi javoblarni uchratish
mumkin. Shuningdek, inson faoliyatining mohiyatiga aloqador o’zak vositalar
sifatida aql, bilim, odob qatorida ezgu ish bilan uyg’unlashgan ezgu so’z ham qayd
etiladi.
Rostgo’ylik va haqgo’ylik tangrining nomi bo’lib, «Avesto»da bular
odamlarni hidoyat yo’liga boshlovchi fazilatlardir. Rostgo’ylik, ezgu so’z kishilar
qalbini pok, dilini ravshan qilib, unga amal qilganlar tangri inoyatiga musharraf
bo’lishi ta’kidlanadi. Shuning uchun rostgo’ylikka undovchi har bir kalima
ilohiylik bilan muhrlangandir.
Qadimda kishilarning so’zda sehr bo’lishi haqidagi qarashlari «Avesto»da
ham aks etgan. Jumladan, Vendidodning yigirma birinchi fargardida so’zning
sehrli kuchi, xastaliklarni davolashdagi o’rni xususida fikr yuritiladi. Ezgu so’zlar
bilan davolashda oliy ilohni ulug’lovchi duo va oyatlarni bexato qiroat bilan
o’qish, muhimi har bir kalimada haloskorlik mo’jizasi borligiga ishonish talab
qilinadi. Zero, ezgu so’z ruhiyatga oziq, xasta dilga malham, kayfiyatga
ko’tarinkilik bag’ishlovchi vosita sifatida e’zozlangan.
«Avesto»da ezgulikni ifoda etuvchi va bevosita dunyoviy ma’no ustuvor
bo’lgan so’zlar ishtirokidagi hikmatlarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish
mumkin:
1)
Do'stlaringiz bilan baham: |