Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi


«Avesto»da pedagogik g’oyalarning ifodalanishi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Saboxat

2.2. «Avesto»da pedagogik g’oyalarning ifodalanishi 
Zardushtiylik ta’limotida shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy–ma’rifiy yetukligi 
g’oyasi asosiy o’rin tutadi. Bu g’oya «Avesto», «Dinkard», (Din sarguzashti», 
«Bundahshin» «Olamning yaratilishi») kabi kitoblarda va boshqa sharhlarda 
muayyan voqealar bayoni, savol-javoblar yohud pand–nasihatlar shaklida o’z 
ifodasini topgan. Kishilar, xususan, yoshlar ongiga axloqiy aqidalarni singdirishda 
ezgulik tamoyili bosh me’zon vazifasini o’tagan. Bu aqidalarni egallashda, avvalo, 
Ahura Mazda yaratgan yaxshilik olami ma’budlarini olqishlash, ular sha’niga 
namoz o’qish va qurbonliklar qilish zarurligi alohida ta’kidlanadi. 
Shaxs kamolotini ta’minlashga yo’naltirilgan qarashlar ifodasi bo’lgan 
mazdaparastlik ta’limotida ezgulik motivlarini kuylovchi tarbiyaviy o’gitlar, 
asosan, ikki yo’nalishda aks etadi. Birinchisi – Ahura Mazda va u yaratgan 
ma’budlar, «O’lim bilmas valiylar» va payg’ambar Zardusht faoliyati bilan 
bog’liq, voqealardan chiqadigan xulosalar–saboqlar bo’lib, u bilvosita rivoyatlar, 
ilohiy sarguzashtlar talqinida ifodalanadi. Ikkinchisi esa bevosita pand–nasihat 
xarakteridagi kohinlar, ustozlar, Zardusht o’gitlari bo’lib, umumga qaratilgan 
murojaati shaklidadir.
Birinchi yo’nalish ko’proq «Avesto»ning boshqa nasklarida, shuningdek 
«Dinkard» va uning alohida nusxalarida hamda «Bundahshin»da kengroq aks 
ettirilgan. 


«Avesto»ning barcha qismlaridagi axloqiy tarbiyaga xos bosh xususiyat – 
ezgulik g’oyasi orqali jamiyatni ma’naviy sog’lomlashtirish, insonni manfur va 
yomonlik illatlaridan xalos etishga intilishning ustuvorligidadir. Shu sababli 
zardushtiylarning turmush tarzi, ta’lim tizimi odamlar orasidagi o’zaro 
munosabatlarining asosiy mezoni axloq me’yorlari ekanligi ham tasodifiy emas.
Zardushtiylar hayotida ezgulikning tarkibiy qismlaridan biri – axloqiy 
tarbiya yagona tizim bo’lib, unda ta’lim jarayoni muhim halqadir. Bu jarayon 
asosini mazdaparastlik dini aqidalari, Ahura Mazda farzlari va Zardusht o’gitlarini 
o’rganish tashkil etadi. Ayniqsa, Yasht va Gohlarda bu masalalarga keng o’rin 
berilgan. Kishilar ruhiyatiga ezgu fikr, rost so’z va halol amalni singdirish ularni 
axloqiy poklash yo’li deb tan olingan. Bu fazilatlar bevosita oliy iloh Ahura Mazda 
tilidan yohud uning payg’ambari Zardusht tomonidan bayon etiladi. Bunda axloq–
odobga ilm sifatida qaralib, tarbiyachi-murabbiylar, e’zgulik targ’ibotchilari 
o’rniga alohida e’tibor berilgan. Ular «yaxshi» va «yomon» toifalarga bo’linib, 
yaxshi muallimlar Yazdonga yaqin kishilar sanalib, «aql-u farosat bilan yovuzlikka 
qarshi kurashganlari uchun Ahura Mazda yo’lini tutganlar» deb hisoblangan.
Yuksak axloq sohibi shunday zotki, u Osha – Haqiqat bilan andisha qilib, 
faqat ezgulik yo’lini tanlaydi, komillik, abadiydik va saodatga intiladi. Bu jihatdan 
tarbiyachining o’rni o’zgacha, Yasnaning 32 – Gohida aytilganidek, «yomon 
tarbiyachi o’z ta’limi bilan ilohiy so’zlarni teskari qiladi va tiriklik idrokini xarob 
aylaydi, odamlarni rostlikning bebaho sarmoyasidan va ezgu niyatdan bahrasiz 
aylaydi».
Ilohiy so’zlar – bu, avvalo, Ahura Mazda nomi bilan va uning sha’niga 
aytiladigan duolardir, ularni «teskari qilish» durvand–devlarga qo’l kelishidan 
ogohlantiradi, shuningdek, «tiriklik idrokiyu», «rostlik sarmoyasi» bo’lgan axloqiy 
kamolotga putur yetkazishi ta’kidlanadi. Bundan tashqari, yomon tarbiyachi 
nazarida quyosh va zaminni ikki ko’z bilan ko’rmoq gunohdir. Bu o’rinda 
zardushtiylik ta’limotida g’oyat e’zozlangan ikki ilohiy tushuncha – quyosh va 
zamin (yer)ga bunday salbiy munosabat axloqiy tubanlik va yovuzlikka mayllik 
nishonasi bo’lib, kishilarni porsolikdan chalg’itishga qaratilgan.

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish