Urganch Davlat Universiteti Pedogogika fakulteti Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana04.02.2022
Hajmi0,92 Mb.
#429969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Saboxat

III. XULOSA 
IV.Foydalanilgan adabiyotlar 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov shunday degan edi: 
«Avesto» bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir karra shunga iqror bo’lamizki, 
bu mangu kitobda ifoda etilgan buyuk g’oyalar, falsafiy hikmatlar o’zining hayotiy 
mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. 
«Avesto»ning tub ma’no–mohiyatini belgilab beradigan «ezgu fikr, ezgu 
so’z, ezgu amal» degan tamoyilda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo’lgan 
saboqlar borligini alohida ta’kidlab o’tmoqchiman». 
Darhaqiqat, «Avesto» - hikmat va saboqlar xazinasidir. Bu asar jahon 
sivilizatsiyasi va umumbashariy ma’naviyat taraqqiyotiga beqiyos katta ta’sir 
ko’rsatdi, insonning har jihatdan barkamol va ozod bo’lishini madh etdi. Meloddan 
avvalgi II ming yillik o’rtalaridan I ming yillik boshlarigacha o’lkamizda yuzaga 
kelgan «Avesto» ko’p qirrali asar bo’lib, u ilk davlatchilik munosabatlari, ijtimoiy–
iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, ma’rifiy-axloqiy qarashlarning ibtidosi va takomili 
haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. 
Demokratik huquqiy jamiyatni qaror toptirish jarayoni davom etayotgan 
bugungi sharoitda yangicha ijtimoiy munosabatlarni shakllantirish madaniy meros, 
jumladan «Avesto» saboqlaridan keng foydalanishni taqozo etmoqda. Zero, 
jamiyat a’zolari, xususan, yoshlarning har tomonlama barkamol inson bo’lib 
yetishishlarida ajdodlar an’anasi va o’tmish qadriyatlari muhim vosita bo’lib 
xizmat qiladi. Binobarin, O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash Milliy 
dasturida qayd ta’kidlanganidek, «milliy o’zlikni anglashning o’sib borishi, 
vatanparvarlik, o’z vatani uchun iftihor tuyg’usining shakllanayotgani, boy milliy, 
madaniy-tarixiy an’analarga va xalqimizning intellektual merosiga hurmat yoshlar 
tarbiyasidagi muhim omil sanaladi». 
Zero, «Avesto»da ifodalangan masalalar asosini ma’naviy-axloqiy qarashlar 
tashkil etadi. Axloqiy me’yorlar hayotning bosh mezoni sifatida belgilangan bu 
asarda shaxsning jismoniy, ma’naviy, ruhiy kamoloti, xulq atvori haqida ibratomuz 
fikrlar o’z ifodasini topgan. Xususan, shaxs tarbiyasida oila, jamiyat, mehnat, 
hunar va ta’lim hamda ustozning o’rni kabi qator masalalar yoritilgan.
Shuning uchun ham ko’p asrlar davomida Sharqda yoshlarga ilmu ma’rifat 
o’rgatish va odob-axloq fazilatlarini singdirishda zardushtiylik ta’limotiga amal 
qilib kelingan. Bu esa, «Avesto»dagi pedagogik, hususan, axloqiy tarbiyaga oid 
qarashlarni chuqur o’rganish zaruriyatini tug’dirmoqda. Bugungi kunga qadar 
«Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarga oid ayrim maqolalar e’lon qilingan 
bo’lsa-da, ammo bu sohada maxsus dissertatsion tadqiqot amalga oshirilmagan.
Zardushtiylarning odob, yaxshi xulqqa doir hayotiy tajribalaridan hozirgi 
avlod, umuman, yangilanayotgan jamiyat a’zolarining ma’naviy-axloqiy 
kamolotiga erishish yo’lida ijodiy foydalanish imkonini yaratadi. 
«Avesto»ga qiziqish o’zining uzoq tarixiga ega. U dastlab kitob shaklida 
tartib berilishi, so’ngra parokanda qismlarining qayta tiklanib, tugal holga 
keltirilishi (VI asr o’rtalarida) hamda XVIII asrdan hozirgacha tarjima va tadqiq 
etilishi kabi jarayonlarni boshdan kechirdi. Zardushtiylik ta’limoti, uning 
payg’ambari Zardusht hamda «Avesto» haqidagi qator qimmatli ma’lumotlar 


Firdavsiy, Tabariy, Beruniy va boshqa Sharq allomalarining ilmiy-tarixiy hamda 
badiiy asarlarida uchraydi.
«Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish
Zardushtiylik insonning muayyan bosqichda tabiat va jamiyatga munosabati, 
narsa va hodisalarni o’ziga xos tushunish tarzi, ruxiy–ma’naviy e’tiqodi kabi 
omillar zaminida paydo bo’lgan. Xalqimiz ma’naviyatining shakllanishiga katta 
ta’sir ko’rsatgan ilk milliy-tarixiy, diniy-falsafiy va axloqiy–ta’limiy asoslar, 
avvalo, ana shu ta’limot bilan aloqadordir.
Tabiiyki, bu ta’limot birdaniga shakllanmadi. Moddiy–iqtisodiy va ma’naviy 
hayotning barcha jabhalarini insonparvarlik tamoyili asosida isloh qilishga 
qaratilgan zardushtiylik murakkab yo’lini bosib o’tdi. Barcha dinlardagi qat’iy 
qonun–qoidaga asoslanganlik unga ham xosdir. Zardushtiylik o’z farzlari va 
sunnatlari bilan ko’pxudolilik, jaholat, qirg’in, qavm va elatlararo nizolar, 
ma’naviy tubanlik, axloqsizlik kabi illatlarga qarshi kurashda vujudga keldi, 
chiniqdi, tugal ta’limotga aylandi.
Ilohiy va dunyoviy salohiyat sohibi, ezgulik yalovbardori Zardusht asos 
solgan bu din mazmuni umumbashariy ta’limiy mohiyati bilan katta nufuzga ega 
bo’ldi. Zero, «Sharq dinlari nafaqat ijtimoiy ong shakli, balki turmush tarzi hamdir, 
chunki ular ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi». Bu fikr 
zardushtiylikka to’la dahldordir. Uning muqaddas kitobi «Avesto» boshqa diniy 
kitoblar kabi qomusiy xarakterga ega bo’lib, odam va olam munosabatlari, shaxs 
faoliyati haqida juda boy ma’lumotlar beradi. Muhimi shundaki, bu qarashlarning 
umumiy mazmunini yagona nuqtada jamlovchi va zardushtiylikning tub 
mohiyatini ifodalovchi bosh g’oya bor: bu – go’zal ahloq, ma’naviy poklik, 
yetuklik hamda ezgu fikr, ezgu so’z va ezgu amaldir. Bu g’oyaga alohida urg’u 
berilishi va inson tafakkurining mutloq borliq bilan aloqadorligining ustuvorligi 
jihatiga ko’ra zardushtiylik boshqa dinlardan farqlanadi. 
Pedagogika fanlari doktori S.Nishonova uqtirganidek, «Avesto»dagi axloqiy 
uchlik g’oyasi eng qadim davrlardan boshlab, kishilik jamiyati taraqqiyotining 
keyingi 
bosqichlarida 
yaratilgan 
barcha 
ta’limiy asarlar mazmunining 
shakllanishiga asos bo’ldi. Bu fikrni professor I.Jabborov ham quvvatlab, «Turli 
diniy tasavvurlar bilan boyigan zardushtiylikni sinkretik (qorishiq) din hisoblaydi 
va uning boy axloqiy g’oyasi keyinchalik jahon dinlari ta’limotlariga ta’sir 
ko’rsatganini» ta’kidlaydi.
«Avesto»dagi axloqiy qarashlarga munosabatda zardushtiylik ta’limoti 
rivojidagi bosqichlar, kishilarning turli davrlarga oid turmush tarzi va ma’naviy-
maishiy sharoitlarni hisobga olish zarur. Tadqiqotlarda bunday bosqichlar uchtaligi 
ta’kidlanadi. Jumladan: 
1) Jamiyat hali sinflarga bo’linmagan davrlarda urug’, qabila va elatlarning 
ijtimoiy-axloqiy qarashlari aks etgan bo’lib, unda ko’pxudolilik aqidasi saqlangan 
va tabiat kuchlarini ilohiylashtirish mavjud edi. 
2) Ko’pxudolilikdan yakka Tangri Ahura Mazda ta’limotiga o’tish va Zar-
dusht payg’ambarlik faoliyatining boshlanish davri. 


3) Ezgulik va yovuzlik kurashi, mazdaparastlik-zardushtiylik dini ta’limoti 
davri. 
Bu bosqichlarning har biridagi ijtimoiy-axloqiy qarashlar «Avesto»ning 
muayyan qismlarida o’z ifodasini topgan. Jumladan, birinchi bosqichga xos 
qarashlar, asosan, Yasht va Vendidodda aks etsa, ikkinchi bosqich uchun bevosita 
muallifi Zardusht bo’lgan Got (goh)lar xarakterli deb hisoblanmoqda. Uchinchi 
bosqichda yuqoridagi davrlarda mavjud bo’lgan qarama–qarshi aqidalar, 
kuchlarning yakka Tangri g’oyasi uchun murosasiz kurash jarayoni bayon etiladi. 
Ikkinchidan, deyarlik ikki ming yillik davrda shakllanib, takomillashib borgan bu 
ma’naviy ta’limot tarixiy sharoit va zamonlar taqozosi bilan muayyan o’zgarishga 
uchragani tabiiydir. «Avesto»ning asl nusxasi qadimgi sankrit tiliga yaqin tilda 
yozilgan bo’lib, turli ofat va johilliklar natijasida uning ayrim qismlari nobud 
bo’lgani ma’lum. So’nggi asrlarda «Avesto» qismlariga turli axloqiy–ma’naviy, 
huquqiy qarashlar, diniy urf–odatlar talqinlari qo’shilib borgan. Jumladan, sosoniy-
lar sulolasining dastlabki podshohi Ardasher Bobokon Hirbadan nomli do-
nishmandga «Avesto»ni qayta tiklash vazifasini buyurdi. U bir qancha zardushtiy 
ulomalar bilan hamkorlikda obidani qayta yozib olib, tartib beradi, shuningdek 
Shopur II davrida Ozarpod Mehrospod ham «Avesto»ning parokanda qismlarini 
to’plab, alohida majmua tuzadi . IX asrda o’rta forsiy tilda yozilgan «Dinkard» 
asarida «Avesto»ning tarkibiy qismlari, zardushtiylikning axloqiy, diniy–falsafiy 
va ma’naviy mundarijasi haqida ma’lumotlar keltirilgan . 
Zardushtiylik dini va «Avesto» kitobining shakllanish va qaror topishidagi 
bu uzoq davrlar, shubhasiz, ular g’oyaviy mazmunidagi qarashlarning tarkibiy 
takomili, ijtimoiy tuzumlar bilan bog’liq jihatlarini ham ifodalaydi. Jumladan, 
zardushtiylikning ilk kurtaklari paydo bo’layotgan ibtidoiy jamoa davri uchun 
xarakterli axloqiy–ma’naviy qarashlar umummanfaatlarini ifoda etgan bo’lsa, 
sinfiy jamiyat va mulkiy tabaqalashish kuchaya borgan sari ular mohiyatida yuqori 
tabaqa vakillarining manfaatlari ham aks etgan. Lekin «Avesto»ning asosiy 
mazmun–mohiyatini ezgulikni ulug’lash, inson shaxsining kamolotini ta’minlash 
uchun kurash g’oyasi belgilaydi. Zero, Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy 
aqidalarni o’rganib, ibodat bilan shug’ullanishga da’vat etibgina qolmaydi, balki 
ularni faolikka, yaratuvchilikka undab, jaholatga qarshi ma’rifat uchun intilishga 
ruhlantiradi. Shuning uchun ham avestoshunos olimlarning Zardusht Sharq falsafiy 
tafakkuriga axloq kategoriyasini olib kirganligini tan olishlari tasodifiy emas. 
Zardushtiylik ta’limoti voqelikni ilohiy tafakkur asosida tushunishga 
asoslangan. Bu hol bashariyat ijtimoiy ongidagi dastlabki bosqichlarga oid tabiat 
va jamiyat haqidagi ibtidoiy tushunchalar bilan bog’liqdir. Jumladan, eramizdan 
avvalgi IX asrda shakllana boshlagan bu ta’limotda insonlarning tabiat hodisalarida 
ilohiy qudrat va pinhoniy sirni tasavvur qilganliklari, muayyan timsollarni ularning 
ifodasi sifatida tushunganliklari aks etgan. Ko’pxudolik ham shunday tasavvurlar 
natijasidir. Davrlar o’tishi bilan voqelikni ilohiylashtirish jarayoni yakka xudolikka 
olib keldi. Natijada umuminsoniy qarashlar ham ilohiylashtirildi, dunyoviy hayot 
muqaddaslashtirildi. 
Bu hol zardushtiylik 
ta’limotidagi ta’limiy–axloqiy 
qarashlarda ham aks etdi. 


Shu bilan birga, «Avesto» va uning turli davrlarda yaratilgan qismlari 
mazmunida dunyoviylik, ma’bud va ma’budalar mohiyatida insoniylik (ko’pincha 
hukmdor, jahonpahlavon, malika) xislatlari namoyon bo’la boshladi. Boshqacha 
aytganda, ilohiy mifologik qarashlar saqlangan holda ular aniq hayotiy va inson 
taqdiri muammolari tasviriga qaratildi. Natijada barkamol inson va jamiyat 
munosabati kontseptsiyasi vujudga keldi. Mazdaparastlik ta’limotining butun 
mohiyati ana shu kontseptsiya talqinida namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham 
«Avesto»dagi ta’limiy-axloqiy qarashlarni o’rganish, undagi hayotbaxsh 
g’oyalardan bugungi ta’lim tizimida foydalanishga oid ilmiy-metodik tavsiyalar 
ishlab chiqish o’ta dolzarb pedagogik muammo hisoblanadi. 

Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish