Urganch davlat universiteti «pedagogika va psixologiya» kafedrasi



Download 3,25 Mb.
bet30/414
Sana31.12.2021
Hajmi3,25 Mb.
#206851
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   414
Bog'liq
Умумий педагогика мажмуа экалогия

Электртаълим рeсурслари

1. www. тдпу. уз

2. www. пeдагoг. уз

3. www. Зиёнeт. уз

4. www. eду. уз

5. тдпу-ИНТРАНEТ. Пeд

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

“Tasdiqlayman”

Ro`yxatga olindi: UrDU o`quv ishlar bo`yicha prorektor

№_________________ ______dots. S. Xo`janiyozov

“______” __________2017 yil ________________2017 yil


“UMUMIY PEDAGOGIKA”
fani bo‘yicha
bakalavriat yo‘nalishlari talabalari uchun
ISHCHI DASTUR

Bilim sohasi: 100 000- Ta’lim

Ta’lim sohasi: 140000 – O`qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani

Ta’lim yo`nalishi: - Ekalogiya

URGANCH - 2017

Tuzuvchilar : “Pedagogika va psixologiya”

kafedrasi o`qituvchilari

Dosmetova M.

Kasimova H.

Taqrizchi: p.f.n.dots. Sh.Ismailova

Ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil “ _____ ” dagi – sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida tuzib chiqildi.

Ishchi o`quv dasturi “Pedagogika va psixologiya” kafedrasining 2017 – yil – dagi majlisida muhokama qilingan. Bayonnoma № 1

Kafedra mudiri: dots. Sh. Ismailova.

Ishchi o`quv dasturi Pedagogika fakulteti ilmiy kengashining

2017 – yil – dagi majlisida muhokama qilingan. Bayonnoma № 1

Fakultet ilmiy kengashi raisi: f-m.f.n. X. Madatov


I. “PEDAGOGIKA NAZARIYASI VA TARIXI”


Kirish

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fani bo’yicha namunaviy dastur umumkasbiy fanlar bloki bo’yicha ishlangan Davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fani tegishli yo’nalishda oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, ularni kasbiy tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o’qitish o’qituvchi kadrlarni ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg’or yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik madaniyatni rivojlantirish, ijodiy tafakkurni tarkib toptirish, tarbiyachi, o’qituvchi hamda yoshlar murabbiysi sifatida pedagogik jarayonlarni to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’lim-tarbiya masalalari davlat siyosatida ustuvor o’rin tutish bilan birga keng jamoatchilik ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi: “Maktab, ta’lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazarida bo’lishi Asosiy qonunimizda belgilab qo’yilgan. SHu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo’llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir”.

“Pedagogika nazariyasi”dan talabalar ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, o’qituvchi shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. SHuningdek, talabalar oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilar sifatida ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini anglay olishlari, shunga muvofiq kasbiy faoliyatni yo’lga qo’yish layoqatini o’zlashtirishlari lozim. Bakalavrlar – bo’lg’usi o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim va ishlab chiqarish (maktabgacha, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari amaliyoti) integratsiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.

“Pedagogika tarixi” talabalarni milliy pedagogik meros, turli tarixiy davrlarda shakllangan yosh avlod ta’limi va tarbiyasiga bo’lgan yondashuvlar mazmuni, jahon ta’limi tajribasi bilan tanishtirish asosida ularning umumpedagogik bilimlarini boyitadi. Talabalar milliy pedagogik meros namunalari bilan tanishish jarayonida ta’lim va tarbiya g’oyalarining shakllanishi muayyan davrda yuzaga kelgan ijtimoiy zaruriyat, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga bevosita bog’liq ekanligini anglab etadilar. SHu bilan birga ushbu fan talabalarda asrlar davomida shakllangan ta’limiy va tarbiyaviy qadriyatlarga nisbatan chuqur hurmatni qaror toptirish, an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlarni qiyosiy o’rganish, yosh avlod tarbiyasida barcha davrlar uchun birdek amaliy qiymatga ega pedagogik g’oyalardan foydalanish ko’nikma-malakalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

O’quv fanining maqsadi va vazifalari

Fanning maqsadi – bo’lajak mutaxassis sifatida talabalarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-metodologik asoslari bilan qurollantirish, pedagogik faoliyat mazmuni, ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etish yo’llari, ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan yaqindan tanishtirish orqali ularda pedagogik tafakkurni, ijobiy fikrlash qobiliyatini, ta’lim oluvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlashga doir zarur malakalarni, vaziyatni to’g’ri baholash, oqilona qarorlarni qabul qilish, ijtimoiy yordamga muhtoj o’quvchilarga bilim berish, ularni maqsadga muvofiq tarbiyalash ko’nikmalarini shakllantirish, milliy pedagogik meros g’oyalarini, SHarq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ta’lim muassasalari amaliyotiga maqsadli tatbiq etish tajribasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi:

– talabalarda didaktika, tarbiya nazariyasi, ta’lim menejmenti va pedagogik fikrlar tarixiy taraqqiyotining mohiyatini yorituvchi nazariy bilimlarni hosil qilish;

- talabalarning komil inson, yetuk mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishga oid davlat siyosatining mazmuni, ustuvor tamoyillari, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari, yosh avlod ta’lim-tarbiyasini samarali tashkil etishga oid qadriyatlar, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, ilg’or texnologiyalardan xabardor bo’lishlari uchun qulay muhitni yaratish;

- bo’lajak mutaxassislarda didaktik va shaxs tarbiyasini tashkil etish masalalarini o’zida aks ettiruvchi manbalarda ilgari surilgan g’oyalar, SHarq mutafakkirlari (Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy, jadidizm harakatining yetakchi vakillari) va G’arb ma’rifatparvarlari (YAn Amos Komenskiy, Konstantin Ushinskiy) qarashlarini tahliliy o’rganish asosida ta’lim muassasasi amaliyotiga samarali tatbiq etish ko’nikmalarini shakllantirish;

- talabalar tomonidan ta’lim muassasalari faoliyatlarini boshqarish, ularga rahbarlik qilishning zamonaviy usullari, ijtimoiy yordamga muhtoj shaxslarga ta’lim berish, ularni shaxs sifatida rivojlantirish borasidagi xalqaro tajribalarning o’rganilishini, ulardan kasbiy faoliyatda o’rinli, samarali foydalanish malakalari puxta o’zlashtirilishini ta’minlash;

- bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogik muammolarni hal qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishda ilmiy, texnik va texnologik yutuqlarni qo’llay olishga tayyorlash.


Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va

malakalariga qo’yiladigan talablar

“Pedagogika nazariyasi va tarixi” o’quv fanini o’rganish jarayonida bakalavrlar quyidagi pedagogik tushunchalar, ularning mohiyatiga oid nazariy bilimlarni puxta o’zlashtirishlari zarur: pedagogika, didaktika, tarbiya nazariyasi, tarbiya turlari, ta’lim menejmenti, uzluksiz ta’lim, uzluksiz ta’lim turlari, ta’lim ishtirokchilari, maxsus pedagogika, pedagogika tarixi, milliy pedagogik meros, jahon ta’lim tizimi.

SHuningdek, talabalar:

fan metodologiyasi;

pedagogik antropologiya;

pedagogik jarayon mohiyati;

pedagogik faoliyat mazmuni;

pedagog shaxsida namoyon bo’lishi zarur bo’lgan sifatlar;

ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari;

ilmiy-pedagogik tadqiqot ob’ektlari va metodlari;

ta’limiy va tarbiyaviy tamoyillar;

an’anaviy va zamonaviy pedagogik ta’limotlar;

ta’lim va tarbiya shakllari, metodlari, vositalari;

ilg’or pedagogik texnologiyalar;

maxsus pedagogikaning asosiy yo’nalishlari;

milliy pedagogik meros va jahon ta’limi tajribasining yosh avlodni shakllantirishdagi ahamiyati;

komil inson, malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining o’ziga xos jihatlari to’g’risida tasavvurga ega bo’lishlari;

O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi siyosati, kadrlar tayyorlash milliy modeli;

ta’lim va tarbiya jarayonlarining o’zaro birligi va aloqadorligi;

o’qitish va tarbiya qonuniyatlari;

ta’lim nazariyasi (didaktika)ning umumiy asoslari;

ta’lim turlari va bosqichlari;

ta’limni tashxis qilish;

tarbiya nazariyasining muhim tarkibiy elementlari;

oila, jamoa va muhitning shaxs tarbiyasidagi o’rni;

o’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash;

oila tarbiyasi va o’z-o’zini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlari;

O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, uning muhim bosqichlari;

ta’limni boshqarish;

shaxsga ta’lim va tarbiya berish g’oyalarining shakllanish tarixi;

SHarq va G’arb mutafakkirlarining shaxs ta’limi, tarbiyasini tashkil etishga oid qarashlari;

tarbiya, maktab va pedagogik fikrning taraqqiy etish tarixi;

jahon ta’lim tizimi an’analaridan xabardor bo’lishlari;

ta’lim va tarbiya jarayonida milliy pedagogik meros namunalari, jahon ta’limi an’analaridan foydalanish;

pedagogik faoliyatni rejalashtirish;

kasbiy faoliyatni tashkil etishda ta’lim-tarbiyaning zamonaviy shakl, metod, vosita va texnologiyalarini qo’llash;

ta’lim oluvchilar faoliyatlarini nazorat qilish;

o’quvchilarning bilimlarini to’g’ri tashxis qilish va xolis baholash;

qobiliyatli, iqtidorli o’quvchilarni tanlay bilish, ularni rag’batlantirish, iste’dodlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;

alohida o’quvchi, o’quvchilar jamoasi, ota-onalar bilan yakka tartibda va guruh bo’lib ishlash;

o’quvchilar jamoalarini boshqarish;

ta’lim va tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish;

oila va ta’lim muassasalari o’rtasida o’zaro hamkorlikni qaror toptirish;

pedagogik faoliyat mohiyatini yorituvchi ish hujjatlarini to’g’ri yuritish;

ta’lim menejmentini oqilona olib borish;

O’zbekiston Respublikasida pedagogika fanining rivojlanish istiqbollarini belgilash ko’nikma va malakalariga ega bo’lishilari lozim.
Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro

bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani o’quv rejada 2 kursning 3-4-semestrlarida har biri mustaqil fan sifatida o’qitiladi.

Mazkur fan – Falsafa tarixi va nazariyasi, G’oyalar falsafasi, Aksiologiya, Umumiy psixologiya, YOsh va pedagogik psixologiya, YOsh psixologiyasi va gigienasi, O’zbekiston tarixi, Jahon xalqlar tarixi, O’zbek adabiyoti, Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari, Ma’naviyatshunoslik, Jahon dinlar tarixi, Informatika va axborot texnologiyalari, Etika, Estetika, Madaniyatshunoslik va o’qitish metodikasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada o’rganiladi.

Fanning ta’lim sohasidagi o’rni

Har bir jamiyatning taraqqiyoti va istiqboli ta’lim tizimining jadal rivojlanishi, ijtimoiy hayot, ishlab chiqarish bilan o’zaro muvofiq kelishi, jahon ta’limining eng yuqori natijalariga tenglasha olishi, davr talablariga javob berishi va mavjud sub’ektiv ehtiyojlarni qay darajada qondira olishiga bevosita bog’liq. Ta’lim tizimida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar, o’qitish mazmunining tobora yangi g’oya va qarashlar bilan boyib borayotganligi, yosh avlod intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi yangi texnologiyalarning yaratilayotganligi, ta’lim oluvchilarda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, ularni “ommaviy madaniyat” ta’sirida himoyalash zaruriyatining yuzaga kelayotganligi “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fani imkoniyatlaridan samarali foydalanish natijalariga ham bog’liq. SHunga ko’ra ushbu fan asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo’lib, malakali pedagog kadrlar tayyorlash tizimining muhim bo’g’ini hisoblanadi.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalar tomonidan “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanining puxta o’zlashtirilishi uchun zamonaviy ta’lim turlari, pedagogik texnologiyalar, jahon ta’limining eng ilg’or yutuqlaridan izchil foydalanish muhim ahamiyatga ega. Fan asoslarini o’zlashtirishda o’quv darsliklari, o’quv va metodik qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, pedagogik, psixologik va tegishli mutaxassisliklarga doir entsiklopediyalar, lug’atlar, o’qitishning texnik vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari kabilardan o’rinli foydalaniladi. Ma’ruza, seminar, laboratoriya mashg’ulotlarining ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida tashkil etilishi ta’minlanadi.

Fanni o’qitish jarayonida shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari (dasturiy, modul, innovatsion, interfaol, muammoli, rivojlantiruvchi, masofaviy va mustaqil ta’lim, o’yin texnologiyalari), o’qitishning samarali shakllari, zamonaviy metodlari, vositalari, pedagogik va axborot texnologiyalarini muntazam qo’llash nazarda tutilgan. “Pedagogika nazariyasi va tarixi” fanini o’qitishda quyidagi interfaol metodlarni qo’llash ta’lim jarayonining muvaffaqiyatini ta’minlaydi: “Bumerang”, “Baliq skleti”, “Nilufar guli”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Keys”, “CHarxpalak”, “Qarorlar shajarasi”, “Venn diagrammasi”, “Qanday?”, “Nima uchun?” va hokazo.
II. “PEDAGOGIK MAHORAT”

Kirish


Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi uchun “Pedagogik mahorat” o’quv fani bo’yicha namunaviy dastur umumkasbiy fanlar bloki bo’yicha ishlangan Davlat ta’lim standartiga muvofiq tuzilgan. “Pedagogik mahorat” o’quv fani tegishli yo’nalishda oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy-pedagogik sifatlarni shakllantirish, ularni kasbiy jihatdan tayyorlashda muhim o’rin tutadi. Zamonaviy sharoitda “Pedagogik mahorat” fanini o’qitish bo’lajak o’qituvchi kadrlarni so’nggi ilmiy, texnik va texnologik yutuqlar, umuminsoniy g’oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda tayyorlash, ularda pedagogik malaka, mahorat va madaniyatni rivojlantirish, ijodiy pedagogik tafakkurni shakllantirish, o’qituvchi sifatida pedagogik jarayonlarni to’g’ri tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo’naltirilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov barkamol inson, malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida yosh avlodni “...mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim”ligi har bir pedagog tlmonidan chuqur anglashi muhim talab ekanligiga e’tiborni qaratadi.

“Pedagogik mahorat” fanidan talabalar ta’lim jarayonida ijodiy psixologik muhitni hosil qilish, o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikni qaror toptirish, muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish orqali yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashga doir zamonaviy pedagogik bilimlar, amaliy ko’nikma va malakalarning zarur hajmini, o’qituvchi shaxsda namoyon bo’lishi zarur bo’lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni muvaffaqiyatli egallashlari lozim. SHuningdek, talabalar oliy ta’lim tizimida bo’lajak o’qituvchilar sifatida ta’lim oluvchilarning yosh, psixologik va shaxsiy xususiyatlarini, uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarining o’ziga xos jihatlarini anglay olishlari, shunga muvofiq kasbiy faoliyat yuksak mahorat bilan tashkil etish qobiliyati, madaniyatini o’zlashtirishlari lozim. Bakalavrlarning kasbiy tayyorgarligi, ularning malakali, mahoratli o’qituvchilar sifatida shakllanishlari nazariya va amaliyot birligi, umumiy va mutaxassislik fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng ilg’or g’oyalari uyg’unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika, texnologiyalarning so’nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
O’quv fanining maqsadi va vazifalari

“Pedagogik mahorat” fanining maqsadi – bakalavrlarni kasbiy malakalarni puxta o’zlashtirish, pedagogik texnikani samarali egallash qoidalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik mahorat va madaniyatning boshlang’ich elementlarini shakllantirishdan iborat. Zamonaviy sharoitda o’qituvchining kasbiy bilim, yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarga egaligi uning barkamol shaxs, malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonidagi muhim o’rnini belgilab beradi. Binobarin, yosh avlod tarbiyasini samarali tashkil etishda o’qituvchining shaxsi, umumiy madaniyati, dunyoqarashi, bilim darajasi va kasbiy mahorati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Fanning vazifalari:

- talabalarni pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat, pedagogik madaniyat kabi tayanch tushunchalar mohiyati bilan tanishtirish;

- talabalarga pedagogik qobiliyat, pedagogik madaniyatning tarkibiy elementlari, pedagog odobiga qo’yiladigan muhim talablar, pedagogik nazorat va pedagogik texnikani samarali egallash yo’llari, pedagogik mahorat darajalariga oid nazariy bilimlarni berish;

- talabalar tomonidan pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat va pedagogik madaniyatning samarali o’zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;

- talabalarda bo’lajak o’qituvchi sifatida pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat va pedagogik madaniyat elementlarining namoyon bo’lishiga erishish;

- talabalarni o’z ustida ishlash, ijodiy izlanishlar olib borishga yo’naltirish orqali kasbiy malakalarini, pedagogik mahoratlarini doimiy ravishda oshirib borish.


Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

“Pedagogik mahorat” fanini o’rganish jarayonida bakalavr tayanch tushunchalar: pedagogik vaziyat, pedagogik vazifalar, pedagogik vazifalarning turlari, pedagogik vazifalarni hal qilish bosqichlari, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqot, muloqot turlari, yozma va og’zaki muloqot, muloqot uslubi, pedagogik muloqot tizimi, o’qituvchining nutq madaniyati, notiqlik san’ati, nutq texnikasi, pedagogik nizolar, pedagogik nizo turlari, o’qituvchining aktyorlik mahorati, pedagogik qobiliyat, pedagogik odob, pedagogik nazorat, pedagogik texnika, pedagogik mahorat, pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy elementlari, pedagogik madaniyat, pedagogik madaniyatning tarkibiy qismlari, pedagogik boshqaruv, o’quvchilar faoliyatini pedagogik boshqarish, yosh o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatolar, pedagogik san’at, o’qituvchining o’z-o’zini hissiy boshqarishi, pantomimika, mimika, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligi, muvaffaqiyatli vaziyatlar, o’quvchilar uchun muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari va vositalari, ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish usullari kabilarni puxta o’zlashtira olishlari zarur.

SHuningdek, talabalar:

- pedagogik vaziyatlarning o’ziga xosligi;

- pedagogik vazifalarning turlari va ularni ijobiy hal qilish yo’llari;

- pedagogik vazifalarni bosqichma-bosqich hal qilish;

o’z xatti-harakatlarini boshqara olish va bunda ratsionallikka erishish;

- o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi muloqotni to’g’ri tashkil qilish;

- nutq madaniyati hamda notiqlik san’atini o’zlashtirish;

- pedagogik, shu jumladan, nutq texnikasi qoidalariga e’tibor qaratish;

aktyorlik mahorati, pedagogik nazokat, odob, mahorat va boshqaruvni o’zlashtirish;

- pedagogik nazokati va odobini takomillashtirib borish;

nazokat bilan so’zlash texnikasiga rioya qilish;

ta’lim va tarbiya jarayonida aktyorlik elementlaridan foydalanish;

- pedagogik qobiliyatni rivojlantirish;

pedagogik jarayonda har qanday nizolarning oldini olish;

kasbiy mehnatni rasmiy va ijodiy tashkil eta olish;

vaqtdan unumli foydalanish;

kasbiy mahoratni doimiy ravishda oshirib borish;

ilg’or pedagogik tajribalarni faoliyatida ijodiy qo’llay olish ko’nikmalarini puxta o’zlashtirishlari;

- yosh o’qituvchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan tipik xatolarning oldini olish;

- o’z-o’zini hissiy boshqarish;

- pantomimika va mimikadan to’g’ri, o’rinli va maqsadli foydalanish;

- o’quvchilar bilan o’zaro hamkorlikka erishish;

- o’quvchilar uchun ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli vaziyatlarni yaratish;

- pedagogik vaziyatni to’g’ri baholash;

- turli tasodifiy vaziyatlardan chiqa olish;

- pedagogik nizolar mohiyatini to’g’ri baholash va oqilona hal qilish malakalariga ega bo’lishlari lozim.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro

bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy ketma-ketligi

“Pedagogik mahorat” fani o’quv rejada 3 kursning 5- yoki 6-semestrlarida o’qitiladi.

Mazkur fan – Pedagogika nazariyasi va tarixi, Pedagogik texnologiya, Ijtimoiy pedagogika, YOsh va pedagogik psixologiya, fanlarni o’qitish metodikasi, Mantiq, Etika, Estetika, O’zbekiston tarixi, Maktab gigienasi va fiziologiyasi kabi fanlar bilan uzviy aloqada o’rganiladi.


Fanni ta’lim sohasidagi o’rni

Respublika uzluksiz ta’lim tizimida jamiyat tomonidan berilayotgan barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashdek ijtimoiy vazifa muvaffaqiyatini ta’minlashda o’qituvchi (pedagog) kadrlarning o’rni va roli beqiyos. Ta’limning turli yo’nalishlari bo’yicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularda eng yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish uzluksiz ta’lim tizimi bosqichlarida faoliyat yuritayotgan o’qituvchi (pedagog)larning zimmalariga mas’uliyatli vazifalarni yuklaydi. Bunday vazifalar sirasiga ta’lim jarayonini modernizatsiyalash, takomillashtirish, uni jahon ta’limi standartlariga ko’tarish alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’limiy islohotlar dasturlarida belgilab berilgan vazifalarni bajarish uchun o’quv muassasalarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchi (pedagog)larning o’zlari yuqori darajada kasbiy malaka va pedagogik mahoratga ega bo’la olishlari zarur. SHunga ko’ra “Pedagogik mahorat” fani asosiy ixtisoslik fanlaridan biri bo’lib, oliy ta’lim tizimida muhim o’rin tutadi.

Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

“Pedagogik mahorat” fani asoslarini o’qitishda ta’lim jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish talab qilinadi. O’quv mashg’ulotlarini olib borishda ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, ta’limni noan’anaviy shakl va metodlar yordamida tashkil etish mazkur jarayonga yangicha yondashishni ifodalaydi.

Ushbu fan bo’yicha talabalarga nazariy bilimlarni berishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma va elektron materiallar, pedagogik entsiklopediya va lug’atlar, ta’limning texnik vositalaridan samarali foydalaniladi. O’rganilayotgan mavzu mohiyatiga ko’ra ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg’ulotlari shaxsga yo’naltirilgan ta’lim turlari yordamida tashkil etiladi. SHuningdek, fanni o’qitish jarayonida interfaol metodlar (“Esse”, “Klaster”, “6x6x6”, “To’rtinchisi ortiqcha”, “Baliq skleti”, “Keys-stadi”, “Nima uchun”, “CHarxpalak, “Bumerang”, “Galereya” va boshqalar), zamonaviy texnik vositalar, axborot texnologiyalarini qo’llash nazarda tutiladi.

1.5. Fanni o’qitish semestrlari va uslubiy ko’rsatmalari.

“Umumiy pedagogika” fanidan talabalar I-II- III semestr mobaynida 174 soatlik auditoriya va 132 soatlik mustaqil ta’lim olishadi.

1.6. Umumiy va o’quv ishlari turlari bo’yicha xajmi.


MA’RUZA MASHG’ULOTLARI




Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni

Ajr. s

Foydalanadigan metodlar

Foydalanadigan adabiyotlar





Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish