4. Iluquqiy qadriyatlar - bu jamiyat va madaniyat, davlat va
luiquq yo`nalishlarini o`zida mujassam etib, har bir kishida huquqiy
bilim, tafakkur va dunyoqarashni shakllantiradi. Huquqiy
qadriyatlar - umuminsoniy qadriyatlar va jahon andozalari, huquqiy
madaniyat bo`yicha sharq falsafasi, o`zbek milliy mafkurasi, tarixiy-
luiquqiy meros va tajriba asosida kamol topadi. Huquqiy qadriyatlar
cng avvalo umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon
isivilizatsiyasiga, bu sohada boshqa xalqlar erishgan tajribalarga,
xalqaro huquqning me`yorlariga asoslanadi. Tenglik, erkinlik,
birodarlik, xalqlar va millatlararo do`stlik, insonning o`z xohish- mazhab; ikkinchisi -ummat; uchinchisi -xalq, qavm. Millat so`zi Qur`oni karimda ham qo`llanilgan. Qur`onda har bir millat vakili o`z milliy qadriyatlarini rivojlantirishi sababli o`z millatidan, qavmidan kechib boshqa millatga o`tib olish gunoh deb ta`riflangan. Ycvropa adabiyotida qo`llaniladigan «Naatsiya» so`zi qabila, xalq dcgun ma`noni bildiradi, binobarin, bu ikki tushunchada ham immyyan ctnik birlikning o`ziga xosligini bildiruvchi ma`no yotadi.
Milliy qadriyatlar - millatga mansub bo`lgan umumjahon laruqqiyoti qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Milliy qadriyatlar -o`z millatidan, o`z yurtidan faxrlanish, o`zbek davlati fuqarosi ekanligidan g`ururlanish kabilardir.
irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustunligi - huquqiy qadriyatlar hisoblanadi. Huquqiy qadriyatlar O`zbekistonda Konstitutsiya va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o`z ongi, uning ma`naviy-axloqiy dunyoqarashi va huquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mustahkamlanadi.
5. Mehnat qadriyatlari - tabiat bilan uyg`unlikda yashash,
undan ibrat olish, uning go`zalliklaridan zavqlanish va tabiat
qo`ynida mehnat qilish kabilarni tashkil etadi. Mehnat qadriyatlari -
mehnat madaniyatining barcha elementlarini qamrab oladi. Har bir
yosh avlod hayotga qadam qo`yar ekan, o`z ajdodlaridan faqat
mehnat vositalarigina emas, balki mehnat madaniyatini ham meros
qilib oladi. Shuning uchun ham mehnat qadriyatlari o`quvchilarning
qobiliyatlari, imkoniyatlari va haqiqiy kuchlarini namoyon etish va
takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mehnat qadriyatlarida
hunarmandchilik, kasb-hunar egallash muhim o`rin tutadi. Bunda
zardo`zlik, yo`rmado`zlik, bo`zchilik, yog`och o`ymakorligi,
zargarlik, gilamchilik, kashtado`zlik, muqovasozlik, naqqoshlik,
pichoqchilik, o`ymakorlik kabi hunarlarni o`rganish - mehnat
qadriyatlarining negizini tashkil etadi.
6. Turmush qadriyatlari - tarixan muayyan ijtimoiy
munosabatlar uchun xos bo`lgan hayot va faoliyat shakllari tizimi
bo`lib, ular bevosita hayot sharoitlarining o`ziga xos xususiyatlarini
ifodalaydi. Odamlarning xulq-atvori, yurish-turishi, muomalasi va
tafakkur tarzi orqali namoyon bo`ladi. Turmush madaniyatining
ma`naviy-ahloqiy va huquqiy rivojlanishini qamrab oladi. Turmush,
xulq-atvor madaniyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat
a`zolarining ijtimoiy-huquqiy faolligi kabilar turmush qadriyatlari
asosida namoyon bo`ladi.
7. Diniy qadriyatlar - yolg`iz diniy qoidalar, ko`rsatmalar,
tamoyillaridan iborat bo`libgina qolmay, u kishilar o`rtasidagi
ma`naviy-ahloqiy, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa
munosabatlarning ham ifodasidir. Islom dini jamiyatdagi ma`naviy
barqarorlikni ta`minlash bilan birga, kishilarni iymon-e`tiqodli bo`lib yashashga da`vat etadi. Chunki, iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug`lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi. Halol va pok yashashni o`zining burchi deb biladi. Diniy qadriyatlarga suyanish, musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni o`quvchi yoshlar ongiga singdirish - shaxs kamolotida, uning dunyoqarashi, axloqi, faoliyati mazmunini belgi-lashda asosiy mezonlardan hisoblanadi. Diniy qadriyatlar xalqimiz lurmush tarzi va hayotining negizini tashkil etadi. Diniy qadriyatlar barcha millat kishilari uchun muqaddas boylik bo`lib, ularni ezgulikka, poklikka da`vat etadi. Diniy qadriyatlar nafaqat oxiratda, baiki bu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e`tirof etadi.
8. Umummadaniy qadriyatlar tufayli xiyobonlar,
Nityiliinlilitr, o`yingolilar, tomoshagohlar, san`at saroylari,
/iyoiHlKohliii, maklablar, madrasalar, kutubxonalar, madaniyat
mui`kn/.liiii kabi nuuissasalatda xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan
nufu/.li tadbirlar, luili millat xalqlarini birlaslitirgan anjumanlar
o`tka/iladi. Umummadaniy qadriyatlarga ega bo`lgan liar bir millat
do`.si, mclimon. lurisl sil`atida madaniy-ma`naviy yodgorliklarga o`z
huimiilini i/hor qiladi. Xalqaro munosabatlarda qat`iyatlilik,
dounlik. u/.oqni ko`ra bilish, xorijda ishlayotgan, ta`lim olayotgan
O`/bekiston vakillarining yurtimiz, halqimiz sha`niga-shan,
shtihraliga-shuhrat qo`shishi umummadaniylikning amaliy namoyon
bo`lishidir.
9. Umuminsoniy qadriyatlar bu millatni, elatni tashkil
qiluvchi kishilarning milliy madaniyatini, merosini, qadriyatlarini,
in l-odallarini, an`analarini o`zlashtirishdagi faoliyatini rivojlantirish
bo`lib, u milliy ong va milliy o`zlikni anglashning subyektidir.
Uniiiminsoniy qadriyatlar asosida shaxsni axloqiy shakllantirishda
inillalparvarlik, xalqparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
yuksak insoniylik, mehr-oqibat, iymon-e`tiqod, or-nomus, insof-
diyonat kabi fazilatlardan foydalanish, shuningdek «ota-ona,
qarindosh-urug`laming hurmatini joyiga qo`yish, oilaning
muqaddasligi tuyg`ularining barkamol bo`lishiga erishish, o`zaro munosabatlarda yonma-yon yashayotganlar manfaatlarini hisobga olish» muhim ahamiyatga ega.
Umuminsoniy qadriyatlar shaxsning umumiy, axloqiy, intellektual, irodaviy, emotsional xislatlarini o`zida aks ettiradi.
Shaxsning umumiy xislatlariryoqimlilik, ko`rkamlik, jozibadorlik, ozodalik, fusunkorlik, basavlatlik, salobatlilik, rivoj-langanlik, hurmatga sazovorlik, shoironalik, ruhlanganlik, ulug`sifatlik, o`ziga xoslik, yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlik...
Shaxsning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, do`stlik, g`amxo`rlik, jonkuyarlik, samimiylik, kuyunchaklik, odamiylik, bolajonlik, iymondorlik, fidokorlik, xushmuomalalik, baodoblik, iltifotlilik, ochiq yuzlik, kechirimlik, mehmondo`st, xushaxloqlik, hamjihatlik...
Intellektual fazilatlari:zehnlilik, bama`nilik, xotirjamlik, sog`lom fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, lo`ndalik, notiqlik, tanqidiylik, dadillik, omilkorlik, savodxonlik, qiziquvchanlik, ishqibozlik...
Irodaviy xislatlari:faollik, qat`iyatlilik, tezkorlik, kuydi-pishdilik, jo`shqinlik, zardalilik, sabotlilik, bir so`zlilik, barqarorlik, botirlik, dovyuraklik, intizomlilik, erksevarlik, jiddiylik, nafsini tiyishlik, o`zini yo`qotmaslik, bosiqlik, o`ziga talabchanlik, kamsuqumlik, odamoxunlik, o`zini idora eta bilishlik...
Emotsional xislatlarirxushchaqchaqlik, ko`tarinkilik, tan-tanavorlik, kulib turishlik, hazinlik, ishonuvchanlik, xayolchanlik, kelajakka ishonch bilan qarashlik, ezgulik, kek saqlamaslik, mushfiqlik, olijanoblik, otashinlik, nozik tabiatlik, xayolilik, xijolatlilik, iffatlilik, xushfe`llilik va boshqalar.
10. Badiiy qadriyatlar - san`at durdonalari boMib, insonda estetik hissiyotni ifyg`otadi, uni estetik jihatdan tarbiyalaydi. Badiiy qadriyat - mana shu qadriyat mezonlari talablariga javob beruvchi san`at asari, uning asosida go`zallik o`zining ko`plab ko`rinishlarida asosiy mezonlar belgisi hisoblanib, unda estetik va "badiiy qadriyatlar ma`lum nisbatlarda bo`ladi. Badiiy qadriyatlarning mazmunida u yoki bu san`at tili yordamida estetik mazmun va badiiy obrazda berilgan «go`zallik qonunlari bo`yicha» aks cttirilgan va qayta yaratilgan borliq aks etadi.
Ijtimoiy-larixiy rivojlanish, davrning dolzarb vazifalari, ishlab chiqilgan ma`naviy va badiiy qadriyatlar sababli O`rta Osiyo ko`rgazmali badiiy san`ati - miniatyura san`ati o`rta asrlarda yuksak rivojlanish ilarajasiga erishdi. Kitob rangtasvirida o`rta asrlar jainiyalining odob-ahloq qoidalari va dunyoqarashi, estetik H`oyalari, qahramonlik-vatanparvarlik dostonlari va xalq og`zaki ijodi hamdalarining mahalliy badiiy an`analar bilan bog`liqligi, ularda davrning ijtimoiy buyurtmasi va go`zallik to`g`risidagi asrlar davomida shakllanib kelgan barqaror xalq tasavvurlari aks ettiriladi.
Firdavsiy, Nizomiy, Sa`diy, Jomiy, Navoiy, Dehlaviyning asarlari rassom-miniatyurachilar orasida eng mashhur bo`lgan. Miniatyura rangtasvir syujetlari hukrndorning davlatni boshqarishi va tmi ulug`lash, uning mardligi, janglari, ov, donishmandlarning falsaliy suhbatlari va numo/aralari, saroydagi katta bazmlar va tadbirlari ko`rinishlaridan iborat. Miniatyura rangtasviri yo`niilishlari o`sha /anion xususiyatlari, ma`naviy qiziqishlari `I`qiivi`liiliii`iiin^ (iisavviuitii sliakllantirishga xizmal qiladi.
Dotlonliii vn qissnlarcla hayot tasvirlangani sababli iiilniutyiiiiilimla nalaqat liukindoilar, balki hayot mazmunini ifoda rluvchi hunannaiKl va boshqa kasb-kor egalari ham uchraydi. Hayot o`/.ining barcha bo`yoqlari, baxtli va tashvishli kunlari bilan aks ettiriladi. Miniatyuralarda jamiyat, xalq g`oyalari, go`zallik to`g`risidagi tasavvurlar o`z ifodasini topadi, dunyoning go`zalligi ochib beriladi.
O`rta Osiyo miniatyurasiga xos boigan xususiyatlar hayotga ishonch va quvonch bilan qarash; badiiy umumlashtirish; ko`tarinki ruhda talqin qilish, ko`p qirrali hikoya qilish; kinoyalilik; hayotni diqqat bilan kuzatish; ko`rinish, shakl go`zalligi, yorqin manzaralarga intilish, dono mushohada, axloqiy mushohada, axloqiy xushmuomalalilik holatlarini ko`rsatish kabilardan iborat.
XV-XVI asrlar - miniatyura san`ati rivolanishining cho`qqisi bo`lgan davrdir. Bunda mashhur musavvir-miniatyurachilar: Sulton Ali, Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar faoliyat yuritganlar.
XV asrda iste`dodli musavvir, badiiy miniatyurachi Kamoliddin Behzod o`zini namoyon qildi. Behzod tengi yo`q mahoratga ega edi. U mukammallik cho`qqisiga erishdi. Musavvir o`z badiiy tamoyillarini gavdalantirdi.
Behzod ijodida Amir Temur fenomeni - «Zafarnoma» asariga miniatyura-illyustratsiyalar katta o`rin egallaydi. Musavvir jahonni zabt etgan sarkarda Temurning janglari va yurishlari syujetlarini tasvirlaydi. Uning ayniqsa egilgan shoxlari va olov kabi qip-qizil rangli barglari bilan qolgan daraxtlar, g`aroyib tuzilishdagi xarsanglar bilan tog` bag`irlaridagi janglar sahnalari qiziqtiradi.
Behzodning Nizomiy qalamiga mansub «Iskandarnoma» dostoniga ishlagan miniatyuralari ajoyib, estetik to`laqonli va badiiy ahamiyatli hisoblanadi. Misol uchun, «Iskandar va darvesh» miniatyurasi markazida siyrak o`simliklar bilan ba`zi yerlarida daraxtlar qad ko`tarib turgan baland qoya, pastki qismida(o`ng tarafida) qorong`u g`or, unga kiraverishda Iskandar bilan soqollari o`sgan, sochlari oqargan nuroniy yuzli, juda ozib ketgan, beligacha yalang`och xudojo`y ko`rinishli donishmand suhbatlashib o`tiribdi.
Darvesh oldiga kelgan yosh, gavdali, kelishgan, baquvvat, xushbichim kiyingan, och yashil to`n kiygan, boshiga oq salla o`ragan; hurmat bilan tiz cho`kib o`tirgan hukmdor diqqat bilan donishmandning so`zlarini tinglamoqda. Qo`llarining harakatlari, bir-biri tomon egilib o`tirishlari, ularning yuz ifodalaridan jiddiy suhbat borayotganini tushunib olamiz. Ular shoshilmay, puxta o`ylab, juda muhim muammoni hal qilmoqdalar. Bu shunchaki oddiy suhbat emas, balki o`zaro manfaatli muloqot, bu muloqot davomida birinchi qarashda donishmand bosh qahramonga o`xshaydi, chunki Behzod uning ma`naviy ustunligini shunday tasvirlab beradi.
Miniatyurada Behzodning katta mahorati namoyon bo`ladi, undagi barcha tasvirlar mazmun yaratadi va ko`p ma`noga ega, har bir detal syujetning chuqur ichki mazmunini ochib beradi.
O`tmish ta`limotiga ko`ra, butun dunyo buyuk Kof tog` tizmasi bilan o`rab olingan. Kof tog`i - dunyoning markazi. U yovuzlik va tartibsizlik tomonini ezgulik, tartib va madaniyat tarafidan ajratib turadi. Tog`ning narigi tomonida katta afsonaviy, insoniyat farovonligi yo`lida mo`jizalar yaratish kuchiga ega Semurg` qushi yashaydi.
Shunday qilib, tog`lar - muqaddas, olijanob, ruhlantiruvchi, qora yulduzlarsiz osmon esa - yovuzlik, halokat alomati - musavvir tomonidan barchasi puxta o`ylangan. Xuddi mana shu holat kartinaga alohida dramatizm ruhini beradi. Iskandarning boshi uzra qora kulfat yog`ilmoqda. Bu uning davlati, xalqi hayotiga halokat olib kelayapti.
Qoyalar, togiar qatlamlarining aylanasimon tuzilishlari, chinor tanasining aylanasimon egilishi, g`orga kirish qismining egik(oval) tuzilishi, hodisalar bo`layotgan joyning aylanasimonligi, hatto Iskandar soqchilarining to`planib turishlari doira atrofida birlashganliklarini eslatadi - bularning barchasi miniatyurada qandaydir tckis ichki harakatni yuzaga keltiradi. Chiziqlarning mana shu aylanasimon dinamikasi «dunyoning aylanishi» to`g`risida, niulii hnrcha hodisalar aylunu bo`yicha sodir boiishi. hayot -• u-jjiinn>n IomIu nylanishi» ckaniga ishoradir. Musavvirning , lilc`dodli liiiu/.iylik va inctaloralardan loydalanish, kartinani dclallashlirishlarda namoyon boiadi.
Miniatyurada Behzodning iste`dodli - ilhomlanishi va ijodiy hayoli, Nizomiyning «Iskandarnoma» dostonini chuqur bilishi, /amonaviy hayotiy va tarixiy hodisalar, asrning muhim muammo-larini bilishini ko`rsatadi.
Behzod takomillashib borayotgan dunyoning chuqur o`zaro aloqadorligini, umuman yovuzlikning barbod etuvch kuch ekanini ko`rsatib berishga, unga ma`naviy-axloqiy xususiyatlarni qarama-qarshi qo`yishga erishgan. Musavvir butun vujudi bilan inson bo`lgani sababli hayotning barcha ko`rinishlarda tasvirlash va chuqur anglab yetishga tinimsiz intilish faoliyatining asosiy mazmuni bo`lgan.
O`rta Osiyo Uyg`onish davri badiiy qadriyatlari quyidagilarda o`z aksini topadi:
jihozlar, buyumlar, asosan turar joylar va maqbaralarni bezatish uchun mahalliy manzaralar bilan devoriy rangtasvir (tabiiy va hatto kosmik motivlar; hukmdorlar portretlari, saroy va davlat hodisalari);
poetik a*sarlar va tarixshunoslik kitoblariga, shu jumladan, Temurning g`alabalari,, «Zafarnoma» kitobiga miniatyura badiiy-illyustrativ rangtasviri;
O`rta Osiyo miniatyurasi o`ziga va o`z xususiyatlariga ega (milliy koloritli va tarixiy);
XVI asr mashur musavvir-miniatyurachilari: Sulton Ali, Abdulla Mahmud Muzaxxib, Muhammad Qosim va boshqalar Navoiy, Nizomiy, Jomiy, Sa`diy, Dehlaviy, Firdavsiy va Sharqning boshqa shoirlari asarlariga illyustratsiyalar yaratganlar;
ajoyib musavvir ajdodimiz Kamoliddin Behzodning ijodi, ayniqsa uning «Zafarnoma» tarixiy kitobi va Nizomiyning «Iskandarnoma» asariga chizgan illyustratsiyalari O`rta Osiyo miniatyura rangtasvirining gullab-yashnashiga asos bo`ldi. Ushbu asarlarda nafaqat tarixiy hodisalar, balki chuqur tarixiy mazmun ham ochib berilgan.
O`rta Osiyoda yuksak Uyg`onish davri badiiy qadriyatlari(devorlarga surat chizish, badiiy-illyustrativ miniatyu-ralar) - so`zsiz O`rta Osiyo O`rta asrlar badiiy madaniyatida Renessansning yuksalisli omili, rangtasvirning rivojlanishi, O`rta Osiyo va boshqa mamlakatlarda keyingi yillarda tasviriy san`atda yuksak badiiy qadriyatlar paydo bo`la boshlashining tarixiy-badiiy asosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |