Kasbiy faoliyat bilan bog‘liqlikda yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘lishi mumkin:
1) faoliyatning ob’ektiv shart-sharoitlari. YA’ni shaxsning o‘z faolligini namoyon qilishga to‘sqinlik qilinishi, boshqacha aytganda bar’erlarning mavjudligi;
2) shaxsning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari.
O‘qituvchining kasbiy faoliyati bilan bog‘liq muammolarni yuzaga keltiruvchi ob’ektiv shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:
1) o‘qituvchi mehnatini tashkil etishda metodik ta’minotning etarli bo‘lmasligi;
2) o‘qituvchi faoliyatini baholashdagi formalizm (yuzakilik);
3) o‘qituvchining ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |