Oliy ta`limda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etish tizimi.
Oliy ta`limda ta`lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning metodik ta`minoti.
Oliy ta’limda o‘quv jarayonining mohiyati davlat ta’lim standarti fan bloklarida ko‘rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o‘zlashtirib olish, zarur malaka, ko‘nikmalarni egallashdan iborat. Talaba bilimlarni o‘qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o‘quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo‘llay olish malakalarini ham egallashi zarur.
O‘quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o‘stirish, tug‘ma iqtidor (iste’dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat .
Inson hayotida o‘qish-o‘rganish jarayoni umr bo‘yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik hodisa. Demak, oliy o‘quv yurtida ta’lim olish davrida talaba o‘z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o‘qib – o‘rganish malaka va ko‘nikmalarini hosil qilishi lozim. Oliy ta’limda o‘quv jarayoni – talaba bilan professor-o‘qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Talaba - o‘quv jarayonining subyekti, professor-o‘qituvchi ta’lim jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi.
2. Pedagogika, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o‘quv (didaktik) jarayoni, jumladan oliy ta’lim muassasasidagi o‘quv jarayoni ham, to‘rtta bir-biri bilan uzviy bog‘liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-maqsad (M.M.); 2-talabaning o‘quv-biluv faoliyati (O‘.F); 3-o‘zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4-ta’limning natijasi (N).
Demak, Oliy ta’limda o‘quv jarayoni (O‘.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin. O‘J=M.M+O‘.F+B+N .
3. O‘quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o‘quv vazifasi)ni bajarish nazarda tutilganiga qarab, ta’lim-tarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo‘ladi. Bunday texnologiyalar soni juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ta’lim-tarbiya vazifasini bajarish qulay bo‘lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma’lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. SHuni esda tutish lozimki, ta’limning maqsadi (o‘quv-biluv vazifasi) va o‘quv jarayoni o‘zaro bir-biriga aynan mos bo‘lishi kerak ya’ni har bir didaktik maqsadga ma’lum bir ta’lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin va har bir darsda erishish mumkin bo‘lgan o‘quv vazifasi qo‘yilishi zarur.
4. Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo‘llash paytida moslik va jadallik prinsiplariga rioya qilinadi.
Moslik prinsipi – ta’lim-tarbiya jarayonini talabaning bilim o‘zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o‘sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o‘qishga bo‘lgan xohish va qiziqishi moslik prinsipining ko‘rsatkichi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |