Ta’lim bosqichlari. Har bir rivojlangan mamlakat o‘z ta’lim tizimiga ega. Ta’lim tizimining shakllanishi jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq.
Respublikada ta’lim quyidagi turlarda amalga oshiriladi (4-rasm):
Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Ushbu bosqichda ta’limni tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro jamg‘armalar ham faol ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |