Ta`limning yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili.
DTSning tasnifi va uni shakllantirishga qo`yilgan asosiy talablar.
Davlat ta`lim standarti (DTS) umumiy o`rta ta`lim, kasb – hunar ta`limi hamda oliy ta`lim uchun alohida – alohida ishlab chiqariladi.
Umumiy o`rta ta`limning DTS o`quvchilar umumta`lim tayyorgarligi saviyasiga qo`yiladigan majburiy minimal darajani belgilab berdi. O`z navbatida kasb – hunar ta`limining DTS o`quvchilar kasb – hunar tayyorligiga, saviyasiga qo`yilgan (Oliy ta`lim DTS talablar mutaxassislik tayyorgarligiga, saviyasiga qo`yiladigan) majburiy minimal darajani belgilaydi.
DTS ta`lim mazmuni shakllari, vositalari, usullari va ularning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Ta`lim mazmunini o`zagi hisoblangan standart vositasida, mamlakat hududida faoliyat ko`rsatayotgan turli ta`lim muassasalarida (davlat va nodavlat) ta`limning barqaror darajasini ta`minlash sharti amalga oshiriladi. DTS o`z mohiyatiga ko`ra o`quv dasturlari, darsliklar, o`quv qo`llanmalari, nizomlar, o`quv rejasi va boshqa me`yoriy hujjatlarini yaratish uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
Umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta`limning DTS o`zining tuzilishi va mazmuniga ko`ra davlat, hudud ta`lim muassasalari manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng muhimi ta`lim oluvchi shaxsi, uning intilishlari qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
DTSni, uning talablarini bajarish O`zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko`rsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy bo`ysinishdan qatiy nazar barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir.
Umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta`limning DTS quyidagi tamoyillariga tayangan holda ishlab chiqiladi.
DTS ni davlat va jamiyat talablari va shaxs ehtiyojiga mosligi;
O`quv dustarlari mazmunining jamiyat ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan – texnik rivojlanishi bilan bog`liq;
Umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta`lim mazmunining insonparvarligi;
Ta`lim mazmunining respublikadagi barcha hududlardagi birligi va yaxlitligi;
Umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta`limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsion (ilg`or) texnologiya yutuqlariga tayanish;
Pedagogik tafakkurda qaror topgan an`anaviy qarashlar bilan “Ta`lim to`g`risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmunida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
Ilg`or demokratik xorijiy mamlakatlarning ta`lim sohasida me`yorini belgilash tajribalarida milliy hususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
DTS ning tarkibiy qismi sifatida umumiy o`rta (kasb – hunar va oliy) ta`lim muassasalari uchun tayanch o`quv rejasi ishlab chiqiladi. Tayanch o`quv reja ta`lim sohalarini me`yorlash hamda ta`lim muassasalarini moliyaviy taminotini ta`minlashga asos bo`luvchi davlat muassasalarini moliyaviy taminotini ta`minlashga asos bo`luvchi davlat hujjati sanaladi. Tayanch o`quv rejasi o`quv predmeti bo`yicha beriladigan ta`lim mazmunini ta`lim oluvchiga etkazish uchun ajratilgan o`quv soatlarining minimum hajmidagi miqdorini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |