Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti


II BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI



Download 77,32 Kb.
bet6/11
Sana30.12.2021
Hajmi77,32 Kb.
#196992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Saodat

II BOB. MAKTABGACHA TA’LIMDA PEDAGOGIK JARAYONNI REJALASHTIRISHNING AHAMIYATI

2.1. Maktabgacha ta’lim muassasalarida pedagogik jarayonlarni tashkil etish.


Fiziologiya, gigiena, psixologiya, pedagogika sohasida olib borilgan ilmiy- tadqiqotlar natijasida MTMda kichkintoylar hayotini tashkil etishning quyidagi printsiplari yuzaga keldi:

1.Наг bir yosh guruxda bolalarni jamoachilik ruhda tarbiyalash va har bir bolaning har tomonlama rivojlanishini ta'minlaydigan bir xil shart-sharoitlar yaratish. Bolalarni yosh guruxlariga taqsimlashda har bir guruhga faqat bir xil yoshdagi bolalarni tanlash va shunga qarab ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Bolalarning har xil faoliyat bilan shug'ullanishlari va bir-birlari bilan muloqotga kirisha olishlari uchun zarur bo’lgan moddiy muhitni yaratish. Buning uchun guruh xonasi va maydonchani gigienik. pedagogik, estetik talablar darajasida kerakli asbob- anjomlar bilan ta' minlash. Bolalarning yoshiga mos kun tartibiga rioya qilish va uning barqarorligini ta-minlash. Bolalar shaxsini shakllantiradigan faoliyat turlarini (uyin. rnehnat, ta'lim) tashkil etish va bu faoliyatlar uchun kun tartibidan ma' lum vaqt ajratish.

Bolalarning har xil faoliyatlarini ilmiy asoslangan printsiplar asosida almashtirib borish MTMning har xil yosh guruhlarida bolalar hayotini tug’ri tashkil etish

2. Bolalarningfaoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarni amalga oshirish va rahbarlik qilish Bolalarning har tomonlama rivojlanishini ta'minlashga qaratilgan pedagogik jarayon murakkab va rang-barangdir.

Tarbiya masalalari ta'lim-tarbiya ishining tashkiliy shakllari, bolalar faoliyatining har xil turlari: mashg’ulotlarda ta'lim berish orqali, ijodiy va qoidali o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, ularning o’z mehnati va kattalar mehnati bilan tanishtirish orqali, o’z-o’ziga xizmat kilish sayrlar o’tkazish gigienik tadbirlar orqali amalga oshiriladi.

Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTMsidagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to’g’ri tashkil etishga bog’liq.


MTMsining pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Mashg’ulotda ta'lim va tarbiya vazifalari xal etiladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishish, nutqni o’stirish va savod o’rganish, matematika, jismoniy madaniyat, tasviriy faoliyat, musiqa bo’yicha eng oddiy tasavvur va bilimlarni, malaka va ko’nikmalar sistemasini egallab oladilar. Bolalar egallab olishlari kerak bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalar MTM dasturida belgilab berilgan bo’lib, u bolalarning umumiy rivojlanishida va ularni maktab ta'limiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mashg’ulotlarda ta'lim berish didaktika printsiplari asosida bolalarning yosh va o’ziga xos xususivatlarini e'tiborga olib ma lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo’ladi.Dasturda har bir yosb guruhida xafta davomida o’tkaziladigan mashg’ulotlar soni va har bir mashg’ulot qancha davom etishi belgilab qo’yilgan. Tarbiyachi mana shunga asoslanib, o’zining xaftalik mashg’ulotlar jadvalini tuzib oladi, bu ta'limning hamma bo’limlari bo’yicha belgilangan ta'lim-tarbiya ishlarini to’g’ri taqsimlash va bir xilda amalga oshirishga imkon yaratadi. Mashg’ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:Dasturning hamma bo’limlari bo’yicha mashg’ulotlarni haftaga teng taqsimlash.Xaftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg’ulotlar qo’yiladi.Xaftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi.Kun davomida birinchi bo’lib bolalardan aqliy zo’r berishni ko’proq talab etadigan, kam harakatli mashg’ulotlar rejalashtiriladi (tevarak-atrofdagi hayot va tabiat bilan tanishtirish, ona tili, matematika). Ikkinchi mashg'ulotga engilroqlari: tasviriy faoliyat, jismoniy tarbiya, musiqa mashg’uloti va shunga o’xshashlar rejalashtiriladi.Kun davomida mashg’ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo.Mashg’ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini engilroq o’zlashtirib olishiga imkon yaratadi. O’yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. U bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishida, shaxs sifatida shakllanishida va bolalar jamoasining tashkil topishida muhim ahamiyat kasb etadi. O’yin bolaga quvonch bag’ishlaydi, ijobiy his va keehinmalarini, hayotdan olgan taassurotlarini aks ettiradi. O’yin mazmuni bola shaxsining shakllanishiga muhim ta'sir ko’rsatadi, shuning uchun kattalar bolalar o’yiniga rahbarlik qilayotib, ularda tevarak-atrofdan olayotgan taassurotlari ijobiy tomonini aks ettirish xohishini uyg’otishlari kerak. Bolalarning mustaqil faoliyati ular uchun dam olish soati hisoblanadi, ammo ish bilan bir vaqtda bolalarning o’z-o’zini tashkil eta bilish qobiliyati o’sishiga, xulk, madaniyati irodaviy sifatlarining tarbiyalanishiga, jamoa munosabatlarining shakllanishiga yordam beradi. U har xil faoliyatlarda bolalardagi o’ziga xos ijodkorlikning rivojlanishiga keng imkoniyat yaratadi. SHuning uchun bolalarning mustaqil faoliyatiga ham tarbiyachining rahbarlik qilishi taqozo etiladi: chunki xohlagan ishi bilan shug’ullanishiga imkon yaratish, kerakli material va asbob- uskunalar bilan ta'minlashda yordam berishda, tarbiyachining maslahati lozim buladi.

Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg’ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bunda bolalarning asosiy e'tibori mehnatning insonlar uchun foydasiga, uning xilma-xilligiga, ahloqiy munosabatlariga qaratiladi.

Bolalarning ovqatlanishga, mashg’ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshirikqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi.
Navbatchilik ikkinchi kichik guruxda yilning ikkinchi yarmidan boshlanadi va hamma yosh guruhlarida davom etadi. Katta guruh bolalarining qo'l mehnati, tabiatdagi mehnati, xo’jalik-maishiy mehnatlari har kuni ertalabki soatda ertalabki va kechki sayrda sistemali ravishda tashkil etib boriladi. Haftasiga bir marta butun guruh ishtirokida bolalarning jamoa mehnati tashkil etiladi, mashg’ulotlarda qo’l mehnatining yangi turi o’rgatiladi. Mehnat jarayonida bolalarning mehnat qilish malaka va ko’nikmalari takomillashadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mehnatsevarlik, javobgarlik, burch hissi kabi axloqiy sifatlari shakllanib boradi.

Bolalarning mehnat faoliyatini ularning jismoniy va aqliy faolligini o’stiradigan qilib tashkil etilishi kerak. Buning uchun ularni hamma kerakli materiallar va mehnat qurollari bilan ta'minlash lozim. O’z-o’ziga xizmat bolalar mehnatini tashkil etish shakllaridan biri hisoblanadi.

Kichkina guruhdan boshlab bolalar mustaqil kiyinish va echinishga o’rgatiladi. Katta guruh bolalari o’zlarini har doim batartib (tashqi ko’rinishi, sochi, kiyimlari, oyoq kiyimi) tutishlari kerak. Ular o’yinchoklarni, kitoblarni, ish qurollarini o’yin va mashg’ulotdan key in joy-joy iga yig’ishtirib qo’yadilar.

Har kuni ertalabki mashg’ulotdan keyin, kunduzi uyqu, kechki nonushtadan keyin sayr uyushtiriladi. Sayrda ijodiy o’yinning hamma turlari, bolalarga tanish va yangi qoidali, o’yinlar tashkil etiladi. Bolalarning o’yin, mehnat, mustaqil faoliyatlariga rahbarlik qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli material, asbob-anjomlar, o’yinchoqlar bilan ta'minlaydi, maydonchada, guruh xonasida o’yin uchun joy tayyorlaydi.

O’yin va mashg’ulotlar o’tkaziladigan joy gigienik jihatdan talabga javob berishi (yorug’, ozoda, yaxshi shamollatilgan, nam latta bilan pollari artilgan, havo temperaturasi normal bo’lishi) kerak.

Sayrda tabiatni, kattalar faoliyatini, ijtimoiy hayot voqealarini kuzatish imkoni yaratiladi sayr boshlanishida bolalarning mustaqil xatti-harakat qilishlari: yugurish, o’tirish, gaplashish va tomosha qilish uchun sharoit mavjud bo’ladi. Keyin harakatli o’yinlar, bolalarning mustaqil faoliyatlari, mehnat, kuzatish. turli-tuman ijodiy o’yinlar tashkil etiladi.

MTMda bolalar turmushini tashkil etishga katta e'tibor beriladi. Har bir yosh guruhida tashkil etilgan kun tartibi bolalarning uyquga, ovqatlanishga, faol mehnat qilishga bo’lgan ialabini to’la qondirishi, bolalaida ijobiy hissiy kayfiyatni saqlash, bolalar va kattalar o’rtasida to’g’ri munosabat o’rnatish uchun kerakli shart-sharoit yaratilishi kerak.

Amalga oshiriladigan tadbirlarda tarbiyachi bolalarda madaniy-gigienik malakalarni: ijtimoiy xulqni, xatti-harakatlar madaniyatini tarbiyalab boradi.Bolaning sog’lom bulib, to’g’ri rivojlanishi uchun tinch va chuqur, kerakli uyqu muhim ahamiyatga ega.Tarbiyachi guruh xonasida bolalarni uyquga yotqizgandan keyin xonaning shamollatilgan bo’lishini, tinchlikni ta'minlaydi. Bolalarning uyg’onganlarini sekin- astalik bilan turg’azish kerak

2.2. Pedagogik jarayonni rejalashtirish bosqichlari


Reialashtmsh maktabgacha ta’lim muassasani boshqarishni uning barcha bo'linnmalarida rejali, muntazam, ratsional hamda samarali ishlashini ta’minlovchi muhim funksiyasidir. Rejalashtirish – murakkab analitik jarayon. U o'ziga xos ishlab chiqish va uni maktabgacha ta’lim muassasalari amaliyotiga qo‘llash bosqichlariga ega. Maktabgacha ta’limmuassasalarida pedagogik jarayonni rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

1-bosqich - tahliliy. Mazkur bosqichda maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonining mavjud holati tahlil etiladi; rejani amalga oshirishga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Bu rejalashtirishning muhim bosqichi hisoblanib, Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining samaradorligini rejalashtirish jarayonining qanchalikto‘g‘ri bashorat qilinganligiga bog‘liq. Maktabgacha ta’lim muassasalari avvalgi yildagi faoliyatini tahlil etish chuqur va haqqoniy amalga oshirilishi zarur.

2-bosqich - maqsadli. U o‘z ichiga ijtimoiy buyurtma bilan bog‘liqlikda rejalashtirilgan bosqichdagi maktabgacha ta’lim muassasalarining umumiy maqsad va vazifalarini belgilash, natijalarni tahlil etish, rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarishga ta’sir ko‘rsatuvchi sabablarni aniqlash; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati turli ish rejalarining mazmunan bir-biriga mosligi; rejada belgilangan ishlarning pedagogic jamoa imkoniyatlari va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining moliyaviy-iqtisodiy holatiga muvofiqligi kabilarni qamrab oladi.

3-bosqich - mazmunli: davlat hujjatlari va qo‘yilgan maqsadlarga muvofiq o‘quv-tarbiya jarayoniga yo‘nalganlikni ajratib ko‘rsatish; maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatining alohida yo'nalishlari bo'yicha rejalashtirilgan topshiriqlarni bajarish ketma-ketligini aniqlash.

4-bosqich - normativli. Mazkur bosqichda ajratilgan yo‘nalishlar uchun mas’ul kadrlar taqsimlanadi, qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun vositalar ajratib olinadi, ishni amalga oshirish muddatlari belgilanadi.

5-bosqich - nazorat: reja boTimlarining bajarilishi yuzasidan o’tkaziladigan nazorat turlari va mazmunini aniqlash. Rejalashtirish boshqarishga bevosita rahbarlik qilish yoki uni amalga oshirish yo‘lidir. Boshqarishda belgilangan maqsad, tadbirlarni hayotga tadbiq etish uchun rejalashtirish kerak. So‘ng uni ijrochilar hukmiga havola qilish lozim. Rejalashtirish qaror qabul qilish va ijrosini nazorat qilishdir. Rejalashtirishning mohiyati shundaki, unda boshqarishning

maqsad va vazifalari aniqlanadi, har bir tadbirni bajarish muddati, mas'ul shaxs, uning ijrosini tekshirish va nazorat usuli aniqlanadi.

Rejalashtirish boshqarish modelini, fikriy nusxasini ishlab chiqish demakdir. Rejalashtirish pedagoglar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish maqsadini va bunga erishish vosita, yoMlarini belgilashdir. Bunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan talablar ketma-ketligi, bajarish muddati, shakli belgilanadi. Rejalashtirish boshqarish lozim bo‘lgan sohalarni ma’lum ketma-ketlik, chizmali, grafik yoki model tariqasida amalga oshirishi mumkin. Rejalashtirishda boshqarish bilan bog‘liq harakatlar o‘zaro muvofiqlashtirilib, yuqori natijaga erishishni tashkil etish

mumkin. Bu esa o ‘z navbatida jarayonga ishtirok etuvchilardan harakat va munosabatlami ongli va qat’iy tashkil etishni talab qiladi. Shu asosda yagona maqsadga erishish mumkin bo’ladi.

Rejalilik - bu ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham pedagogik faoliyat sohasini boshqarishning asosidir.

Rejaviylik - asosiy tamoyil. Rejali topshiriqlar barcha xizmatning natijaviyligini aniqlash uchun xizmat qiladi.

Rejalashtirishning mohiyati faoliyatning asosiy turlari va aniq ijrochilari va rejalashtirish muddati bilan bog‘liq chora-tadbirlarni aniqlashga xizmat qiladi.

Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini rejalashtirishning maqsadi bir tomondan ma’ muriy va pedagogik jamoaning, ikkinchi tomondan tarbiyalanuvchilar jamoasi harakatlari birligini ishlab chiqishda namoyon bo‘ladi. Rejalashtirishning maqsadi vazifalari bilan aniqlashtiriladi. Aynan vazifalar aniq maktabgacha ta’lim muassasalari sharoitida amaliy va “ko‘ngilli” maqsadni qo‘yadi. Rejalashtirishning asosiy vazifalari quyidagilarda ko‘rinadi:

1) tarbiya masalalari va o‘sib kelayotgan avlodni o‘qitish ishlari bo'yicha davlat organlari qarorlari ijrosini ta'minlashda;

2) pedagogik jamoa faoliyatidagi asosiy masalalarni ajratib ko‘rsatishda;

3) aniq chora-tadbirlar, ularni ijro etish muddatlari va mas'ullarini

aniqlashda;

4) alohida ijrochilami ularning faoliyatini ilmiy asoslangan reglamentlash yoMi bilan tartiblashtirishda;

5) jamoa a’zolarida mas’uliyatlilikni tarbiyalashda.

2.3. Rejalashtirish tamoyillari va uning ahamiyati


Rejalashtirishga kirishish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi mudiri butun ta’lim muassasasi faoliyatini ilmiy asosda tashkil etishga imkon beruvchi asosiy qoidalarga tayanishi zarur. Rejalashtirish tamoyillariga quyidagilami kiritish mumkin:

1. Rejalashtirining ilmiyligi rejalami boshqaruvning ilmiy uslubologik nuqtayi nazariga asoslangan holda tuzishni talab etadi. Bu erda rejadagi asosiy nuqtayi nazaming aniqligi, uning hayotiyligi, rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni o‘tkazishning pedagogik maqsadga muvofiqligi va zarurligi muhimdir;

2. Istiqbollilik rejalashtirish g‘oyasining o‘zida aks ettirib, ya’ni nafaqat yaqin va olis kelajak, balki aniq maqsad va vazifalarga yo‘naltirilganlikni hisobga olib, maqsadga qaratilgan tarzda ishlashni talab etadi. Istiqbolli va oraliq rejalashtirishni uyg'unlashtirish ta’limiy vazifalami bir necha yilga mo‘ljallab qo‘yish, ulardan qanchasini bir yilda hal qilib bo‘lmasligini aniqlashni talab qiladi;

3. Ishni real rejalashtirish sharoitida aniq pedagogik jamoaning o'ziga xosliklarini hisobga olish muhim hisoblanadi. U yoki bu rejani qo‘yishda boshqaruvchi MTMning asosiy tarkibi, tarbiyachilarining malakaviy darajasi, yosh bilan bog'liq jihatlari, kasbiy faoliyatida ijobiy motivatsiyaning mavjudligi kabi ta’lim muassasasi jamoasining asosiy tavsifiga tayanadi;

4. Rejaning obyektivligi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundaki, rejalar maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini chuqur va har tomonlama pedagogik tahlil etish va mazkur yilda uning erishiladigan natijalari, ya’ni ta’lim muassasasining obyektiv shart-sharoitlari bilan bog‘liqlikda tashkil etiladi.

5. Aniqlik. Eng awalo, mazkur tamoyil ta’lim-tarbiya jarayoni, moddiy baza, kadrlar ta’minoti holati haqida ishonchli va ko‘p hajmli axborot olishni talab etadi.

6. Majmuaviylik. Mazkur tamoyilning muhim talabi-o‘quv va tarbiyaviy ishlar va ularning moddiy-texnik ta’minotining tashkiliy jihatdan o’zaro aloqador va o'zaro bog'liqlikda amalga oshishidir. Tarbiyachilar, otaonalar va jamoat tashkilotlarining yillik rejalarining o‘zaroaloqadorligi va ma’ qullanganligidir.

7. Jamoaviylik. Mazkur tamoyil o‘quv-tarbiyaviy jarayonda barcha tarbiyachilaming ishtirok etishini talab etadi.

Maktabgacha ta'lim muassasasini boshqarish amaliyotida rejalashtirishning quyidagi uchta asosiy shakli qo‘llaniladi:

1) istiqbolli (perspektiv);

2) yillik;

3) yakuniy.




Download 77,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish