2.3. Matematik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish
Birinchi mashg'ulotlardanoq kichik guruh bolalarida o'quv faoliyati ko'nikmalari shakllantiriladi. KichMntoylar o'z o'rinlarini egallashga, tinch o'tirishga va tarbiyachining taklifi bilangina o'rinlaridan turishga o'rgatiladi. Bola pedagog (tarbiyachi)ning ko'rsatma va tushuntirishlarini tinglashga, ko'rsatayotgan narsasini idrok etishga va uning aytganlarini bajarishga, savollarga javob berishga o'rganishi kerak.
Kichkintoylarda birgalikda shug'ullanish, bir-birlariga xalaqit bermaslik, ishni bir vaqtda boshlash va tugatish, zarur bo'lib qolganida o'z navbatlarini sabr bilan kutish ko'nikmalari tarbiyalanadi. Pedagog (tarbiyachi) odobli, xulqi namunali bolalarni maqtaydi va ularning bu fazilatlari nimada ekanligini aniq tushuntirib beradi. Yosh bola gavdasini uzoq vaqt bir xil holatda saqlay olmaydi, bir xil ishni uzoq vaqt bajara olmaydi, shuning uchun tarbiyachi bolalarning qisqa muddatli dam olishlariga imkon beradi. ,,Jim o'tir", — deb ularni tergayvermaydi va boshqalar.
Kichik guruhda bolalar tarqatma material bilan ishlashning dastlabki ko'nikmalarini egallaydilar. Didaktik material har birbolaga alohida qutichada, alohida to'plami bilan beriladi. Mashg'ulot boshlangunga qadar u bolalar qo'lida bo'lishi kerak, ana shunda bolalar diqqatini o'rganilayotgan narsalarga jalb etish osonroq bo'ladi. Bolalarning foydalanishlari qulay bo'lishi uchun o'yin- choqlar va boshqa buyumlar haddan tashqari kichkina hamda og'ir bo'lmasligi kerak. Kichkintoylar qo'llanmalarni ehtiyotlik bilan ishlatishga, ishlatib bo'lgandan keyin esa qutichaga terib, ko'rsatilgan joyga olib borib qo'yishga o'rgatiladi.
ADABIYOTLAR
1. I.A.Karimov . «Barkamol avlod ¤zbеkiston taraqqiyoti poydеvori» T. «SHarq», 1997y.
2 O’zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to’g’risidagi» Qonuni T., «¤zbеkiston» 1997y.
O’zbеkiston Rеspublikasi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T., «¤zbеkiston» 1997y.
Bikbaеva N.U. Ibragimova Z.I. Kosimova X.I. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda elеmеntar matеmatik tasavvurlarni shaklantirish» T. «¤qituvchi» 1995 y
Bikbaеva N.U. va B. «Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda matеmatik tasavvurlarni rivojlantirish» T., «¤qituvchi» 1996 y.
Bikbaеva N.U. «Maktabgacha ta'lim muassasasida matеmatika mashg’ulotlarini rivojlantirish» T., «¤qituvchi» 1998
Bikbaеva N.U Aliеva U.S Matеmatika. «Maktabgacha tayyorlov guruxi uchun tarbiyachilari uchun mеtodik qo’llanma» T., «¤qituvchi» 1999y.
9. Jumaеv M.E. va boshq. Birinchi sinf matеmatika daftari.)Toshkеnt. “Sarq” 2005 yil., 64 bеt
10.Ta'lim taraqqiyoti. O`zbеkiston Rеspublikasi Xalq ta'limi Vazirligining a x b o r o t n o m a s i.
7-maxsus son.1999 yil. 136-178 bеtlar. Toshkеnt. “Sharq” Umumiy o`rta ta'lim Davlat ta'lim standarti va o`quv dasturi.
Haydarov M., Hasanboеva O. Pеdagogik amaliyotni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. TDPU, 2003 yil. 40 bеt
Jumaеv M.E, Matеmatika o`qitish mеtodikasi (KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” 2003 yil.
Jumaеv M.E, Bolalarda matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi.
(KHK uchun ) Toshkеnt. “Ilm Ziyo” 2005 yil.
Jumaеv E.E, Boshlang`ich matеmatika nazariyasi va mеtodikasi. (KHK uchun) Toshkеnt.
“Arnoprint” 2005 yil.
Jumaеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan fakultativ darslarni tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “TDPU” 2005 yil.
Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich matеmatika darslarida tarixiy materiallardan foydalanish.
Toshkеnt. “Uzkomzentr” 2003 yil
Jumaеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o`qitish mеtodikasidan laboratoriya mashg’ulotlari.(OO`Y uchun o’quv qo’llanma.) Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 252 bet
Do'stlaringiz bilan baham: |