Kurs ishi maqsadi: Bolalardagi nutqning rivojlanishi haqida allomaarning fikrlari, Bolalarda nutq paydo bo‘lish jarayoni, MTTda bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlash va togrilash, MTTda ravon nutqni rivojlantirish metodlari va qollaniladigan didaktik oyinlarni organish.
Kurs ishi ob’ekti: . Maktabgacha ta’lim muassasasi,oila va ta’lim jarayoni.
Kurs ishi predmeti. Bogchagacha yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar va ularda ravon nutqni rivojlantirish va ulardagi nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish ustida ishlash metodlari, mazmuni, shakl va usullari.
Kurs ishining vazifasi:
1.Bolalardagi nutqning rivojlanishi haqida allomaarning fikrlarini organish; 2.Bolalarda nutq paydo bolish jarayoni organish; 3.MTTda bolalar nutqidagi kamchiliklarni aniqlash va togrilashni kuzatish; 4.MTTda ravon nutqni rivojlantirish metodlari va qollaniladigan didaktik oyinlar izlab toppish.
Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi II bob, 4 qism,, xulosalar va tavsiyalar, ilovalar, adabiyotlar ro`yxati 42 betdan iborat
I Bob. Bolalar nutqini rivojlantirish
Bolalardagi nutqning rivojlanishi haqida allomaarning fikrlari.
Ta’lim va tarbiya muammosi juda qadimdan mavjud. U orta asrlardagi garb va sharq mutafakkirlarining asarlarida korib chiqilgan. Osha davrlarning buyuk mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Jaloliddin Dovoniy, Alisher Navoiy va boshqalar feodal zulm va mutaasib ruhoniylarning qattiq qarshiligiga qaramasdan jahon fani, madaniyati, maorifiga beqiyos hissa qoshdilar. Otgan davrlarda mehnatkashlaring oz munosabatlarini uning yoshlarga tarbiyaviy ta’sirini yanada kuchaytirish maqsadida yolga qoyish borasidagi tajribalarini nafaqat xalq pedagogikasining qator shakllari, usullarini qayta tiklash uchun, balki shaxsni shakllantirishni boshqaruvchi obyektiv umumiy ijtimoiy qonunlar, xalq turmush tarzini tushunish uchun ham organish lozim.
Sharqning qomusiy mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873950) insonni har tomonlama takomillashtirish, ularni umumiy baxtsaodatga yetaklash yollari va usullarini ozining ijtimoiy-siyosiy ta’limoti markaziga qoyadi, bu esa uning dunyoqarashlarning Forobiy bu fazilatlarni har bir yetuk insonda korishni istaydi. Ibn Sino (9801037) pedagogika masalalariga ijodiy yondashgan. U bola tabiatini nafaqat tabib, balki yetuk pedagog sifatida ham chuqur bilishini namoyon qilgan. Olimning bolalarga ta’lim va tarbiya berish haqidagi koplab fikrlari ozining chuqurligi, insonparvarlik ruhi bilan yogrilganligi va tarbiyadek murakkab muammoni togri talqin qilishi bilan kishini lol qoldiradi.
Ibn Sino taklif qilgan tarbiya va ta’lim mazmuni aqliy tarbiya, jismoniy soglomlashtirish, estetik tarbiya, axloqiy tarbiya va hunar orgatishni oz ichiga oladi. Ibn Sino bola tarbiyasining butun mashaqqati va murakkabliklarini juda chuqur tushungan. «Tib qonunlari»ning «Tarbiya haqida» nomli bolimida qoyilgan masalalar aniq hal etiladi, bola xarakterini tarbiyalash haqida qimmatli fikrlar bildiriladi. Ibn Sinoning ilmiy-pedagogik ijodida oilaviy tarbiyaga alohida e’tibor qaratiladi va bunda bosh rol oila boshligi ya’ni otaga beriladi. Ibn Sino nima uchun bolani onasi emas, balki tarbiyachi tarbiyalashi lozimligini tushuntirib beradi. Uning fikrlariga qaraganda, bolaning onasi oz farzandi tarbiyasida koproq hissiyotlarga beriladi va bola tarbiyasida togri yolni tanlay olmaydi. Ibn Sino tarbiyachi oldiga aniq vazifalarni qoyadi: u oz shogirdini qachon jazolashi yoki ragbatlantirishi mumkinligini yaxshi bilmogi lozim. Ibn Sino bola shaxsini hurmat qilish, bolaning tabiiy yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda uning qiziqishlarini organishga chaqiradi. U yoshga qarab davrlarga bolib chiqishga harakat qilgan. Osmirlikkacha bolgan davrni u beshta davrga bolgan: chaqaloqlik (bola tugilganidan boshlab yolga yurib ketgunicha bolgan davr); bolalik davri (yolga yurgandan song); organizm chiniqqani va qoziq tishlari chiqqanidan keyingi davr; osmirlik va jinsiy yetilish davri; osmirlik davri (osish toxtatuguncha bolgan davr). Ibn Sino bola tarbiyasining barcha murakkabliklari va qiyinchiliklarini tushungan. U jismoniy jazoning me’yoridan ortib ketishiga qarshi chiqqan. Uning fikriga kora, risoladagidek tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalarga insoniy munosabatda bolish darkor. Tarbiyachining ozi bola shaxsini hurmat qilishi, uni sevishi va bola bilan yaxshi munosabatda bolishi lozim.
Yan Komenskiyning pedagogik merosi ulkan va kop qirralidir. Olimning chop etilgan falsafiy va pedagogik asarlari uning tarixiy ahamiyatini belgilab berdi. «Onalar maktabi»da qayd etilgan bolani dastlab oilada tarbiyalash va rivojlantirish goyalari bugungi kunda ham oz dolzarbligini yoqotmagan. Hajmi kichik, biroq mazmuni juda chuqur bolgan mazkur asarni unda qoyilgan muammolarning dolzarbligi va ahamiyatliligi, ularni amalga oshirish uchun taklif qilinayotgan yollar va vositalarning soddaligi hamda ishonchliligi, nihoyat oila, ayollar, bolalar va ularni tarbiyalashga bolgan munosabatning insoniy yonalishga egaligi boyicha uni mumtoz asarlar sirasiga kiritish mumkin. «Inson zotini himoyalash eng avvalo beshikdan boshlanishi lozim». Bundan ortiq sodda va dono fikr bolmaydi. Uddaburon olimlar qaysi bir ijtimoiy tarbiya tizimini kashf qilmasinlar, baribir bolalar hayot kechiradigan, ular jismonan va ma’nan rivojlanadigan muhit sifatida oila eng samarali tarbiya tizimi hisoblanadi. Qatorlashgan goyalar tizimiga ega bolgan «Onalar maktabi»ni birlamchi oilaviy tarbiya boyicha birinchi asar deb hisoblash mumkin. «Onalar maktabi»ning bosh goyasi oiladagi birlamchi tarbiyaning bola uchun quvonchli bolishi, uning kelajagini baxtli, ota-onalar uchun yoqimli va umidbaxsh, jamiyat uchun foydali qilishdan iboratdir. Komenskiy tabiiy iqtidorni ilk yoshdan boshlab har tomonlama rivojlantirish goyasidan kelib chiqqan holda onalar maktabi oldiga qiyin vazifalarni, ya’ni: bolalarga bilish (bilimga ehtiyojmandlikni tarbiyalash, bilimga chanqoqlik)ni, harakat qilish (mehnatkash bolish, ozini boshqara olish va yaxshi amallar qilish)ni va gapirish (nutq va fikrlashni rivojlantirish)ni orgatish vazifalarini qoyadi. Shu munosabat bilan u aqliy, jismoniy va ma’naviy tarbiyalash, nutq va fikrlashni rivojlantirish boyicha aniq maslahatlar beradi. U sensor rivojlantirish va tarbiyalashga alohida e’tibor bergan, chunki usiz aql va nutqni muvaffaqiyatli rivojlantirib bolmaydi. Buyuk pedagogning mazkur qoidaga rioya qilishni «didaktikaning oltin qoidasi» deb atagani ham bejiz emas. Nutqqa taalluqli bolgan boshqa bir goyani Komenskiy ona tilini oqitish, ona tilida orgatishni talab qilish shaklida ifodalagan. Maktabgacha yoshda ona tilini orgatish, Komenskiy xulosasiga kora, bu eng avvalo bola hayotining birinchi yilidan boshlab nutqni rivojlantirish, boginlar va sozlarni aniq talaffuz qilish, gaplarni sintaktik jihatdan togri tuzish, narsalarning nomini togri aytish va mos fikr bildirishdan iborat. Ushbu maqsadda Komenskiy ota-onalarga bolalar bilan muloqot qilishda narsalar nomlarini va sozlarni buzmasdan, togri aytish, bolalarga talaffuzi qiyin bolgan va nisbatan uzun sozlarni aytishni mashq qildirish va buning uchun oyin uslubidan foydalanishni maslahat beradi. Komenskiyning xizmati shundan iboratki, u pedagoglar ichidan birinchilardan bolib bola nutqini rivojlantirishda, uning ona tilini butun gozalligi va milliy xususiyatlari bilan birgalikda ozlashtirib olishida she’riyat, ertaklar, maqollar va matallar, tez aytishlarning tutgan orniga birinchi bolib e’tiborni qaratdi. Gapirishni boshlayotgan bolalar kattalar nutqini tushunishlari uchun ular sozlovchining yuzini va uning qol harakatlarini korishlari, uning savollarini tushunishlari va togri javob berishlari darkor, deb yozgan edi Komenskiy. Ona tabassumi va bola tomonga chozilgan qollar, imlash, hoshni qimirlatib qoyish, qayguli yuz va barmoq bilan doq urish bularning barchasi sozlovchining kayfiyatini ifo dalaydi, buni bola qabul qilib oladi va u aytilgan fikrni tushunishga yordam beradi. Bu ritorik harakatlar muloqotda juda asqotadi, nutqni va fikrlashni rivojlantiradi.
Ushinskiy ona tili - xalqonalikning eng yaxshi ifodasi deb tan olgan hamda ta’lim va tarbiya ishida ona tili asosiy orinni egallashi lozim, deb hisoblagan. Ona tilining bola ruhiy kuchlarini har tomonlama rivojlantirish, til mohiyati va uning vujudga kelishining bosh manbai ekanligi haqidagi ta’limot K.D.Ushinskiy pedagogik ta’limotida markaziy orinlardan birini egallaydi hamda uning metodik tizimini tushunish uchun asos bolib xizmat qiladi.
K.D.Ushinskiy ona tilini birlamchi oqitishning uchta asosiy maqsadlarini shakllantirgan:
Soz imkoniyatlarini rivojlantirish;
Bolaga fikrni ifodalash uchun ona tilining eng yaxshi shakllaridan foydalanishni orgatish, bolalarni ona tilining boyliklarini egallashga jalb qilish.
Til qonunlarini, uning grammatikasini organish. Ona tilini birlamchi oqitishning barcha uch maqsadiga ketma-ket emas, balki bir vaqtning ozida erishiladi.
1861-yilda Ushinskiyning «Ona tili» nomli asari chop etildi. Mazkur asar Konstantin Dmitriyevichning bolalarga birlamchi savod orgatish va ularni tarbiyalash bilan bogliq pedagogik goyalar hamda estetik tamoyillarining oziga xos yakunlari va amaliy ifodasi boldi. Oqish kitobining butun mazmuni muayyan tizim boyicha berilgan. «Ona tili» kitobi nafaqat bilimlar qomusi, balki badiiy ensiklopediya ham hisoblanadi. Uning 1-qismidan 19 ta ertak, 30 ta topishmoq, 123 ta maqol va matal, 13 ta tez aytish, 14 ta qoshiq, 14 ta turli shoirlar she’rlari hamda Ushinskiyning ozi yozgan 43 ta hikoya joy olgan. Ushinskiy birinchi bor kitoblarida bolalarni oz zamondoshlari Tyutchev, Nekrasov, Ogarev, Turgenev asarlari, shuningdek, Karamzin, Lermontov, Krilov asarlari bilan tanishtirdi. Kitobni tuzish tartibi quyidagicha: u bolaning tabiat, kishilar va jamiyat haqidagi bilimlarini kengaytirgani va chuqurlashtirgani holda uni tanish narsadan notanish narsalar tomon boshlab boradi. Ushinskiy 6 yoshgacha bolgan bolalar nutqini tavsiflar ekan, uning ayrim xususiyatlarini, masalan: tovushning tushunarsizligi, lugat boyligining yetarli emasligi, ozaro bogliqlikning yoqligini alohida ta’kidlagan. U bolalar bilan mashgulot otkazishning turli shakllarini taklif qilgan:
bolalar hayotidan hikoyalar;
bolaga narsalarning xususiyatlarini korishda, 6 yoshga kelib esa narsalar juftligini bir-biriga taqqoslash, ular ortasidagi umumiylik va farqlarni topishda yordam beruvchi mashqlar;
suratlar asosida hikoya qilish, bu bolalarga savollarga javob berish, songra esa ravon, tushunarli va erkin hikoya qilib berishni orgatadi;
bolalarni oqish va yozishga tayyorlovchi amaliy mashqlar.
K.D.Ushinskiyning til va uning bolaning ruhan shakllanishida tutgan orni haqidagi ta’limoti nutqni rivojlantirish metodikasini mustaqil fan sifatida ajratish uchun muhim ahamiyatga egadir.
1. Til haqida, uning vujudga kelishi haqidagi ta’limot metodikaning nazariy asoslari ishlab chiqildi; uning har bir odamning rivojlanishida tutgan orni korsatib berildi, bu esa bolalarni rivojlantirish va tarbiyalashda ona tilining yetakchi orin tutishini asoslash imkonini berdi.
2. Bolalar nutqini rivojlantirish ishi maktab ta’limiga qadar boshlanadigan ish sifatida alohida bolimga ajratilgan.
3. Bolalar nutqini rivojlantirishga bolaning uzoq davom etadigan ona tili, uning mazmuni va shakllarini ozlashtirish jarayoni sifatida qaralgan. Ushbu murakkab jarayon ustoz tomonidan togri va faol rahbarlik qilishni talab qiladi.
4. Ona tilini oqitish jarayoniga rahbarlik qilishning asosiy qoidalari: ona tilini birlamchi oqitishning maqsadlari; ularni amalga oshirish mazmuni va shakli; nutqni rivojlantirishda korgazmaviylikning ahamiyati ishlab chiqilgan va asoslab berilgan.
5. Bola nutqini uning fikrlashi, ma’naviy va estetik his-tuygulari bilan birgalikda rivojlantirishni ta’minlovchi ish usullari korsatib berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |